MAKEDONIYALIK ALEKSANDRNING BAQTRIYA VA SO‘G‘DIYONAGA YURISHLARI

Yuklangan vaqt

2025-02-25

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

30

Faytl hajmi

1,0 MB


 
 
 
 
 
 
MAKEDONIYALIK ALEKSANDRNING BAQTRIYA VA 
SO‘G‘DIYONAGA YURISHLARI 
 
 
 
Reja: 
1. Yozma manbalar ma’lumotlari. 
2. Siyosiy voqealar. Aleksandr va Spitaman. Yunon–makedonlarga qarshi 
kurash. 
3. Tarixiy geografiya. 
 
1. Yozma manbalar ma’lumotlari. 
 
Arrian, Kursiy Ruf hikoyalari. Strabon «Geografiyasi». Mil.avv. 329 
yilda Makedoniyalik Aleksandrning Baqtriya va So‘g‘diyona yerlariga harbiy 
yurishlari boshlangan. Bu yurishlar O‘rta Osiyo tarixida eng yaxshi o‘rganilgan 
mavzulardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aleksandrning qo‘shinida askar–jangchilar 
bilan birga bo‘lajak tarixchilar Ptolemey, Aristovul, Onesikrit, Kallisfen va Xareslar 
xizmat qilib, turli xil siyosiy va madaniy voqealarni yozib borganlar. Ularning 
maa’lumotlari bizgacha yetib kelmagan, lekin dastlabki manbalardan so‘nggi yunon 
tarixchilari va geograflari foydalanganlar. 
Jumladan, Diodor (mil.avv. 90 – 21 yillar) «Tarixiy kutubxona», Strabon 
(mil.avv. 61 – mil. 24 yillar) «Geografiya», Pompey Trog (mil.avv.I–mil. I asr) 
«Filipp tarixi» asarlarini, Plutarx (mil. 46–127 yillar), Klavdiy Ptolemeylar (II asr) 
o‘z hikoyalarini, Pliniy (I asr) «Tabiiy tarix» nomli kitobini yaratdilar. Ammo
MAKEDONIYALIK ALEKSANDRNING BAQTRIYA VA SO‘G‘DIYONAGA YURISHLARI Reja: 1. Yozma manbalar ma’lumotlari. 2. Siyosiy voqealar. Aleksandr va Spitaman. Yunon–makedonlarga qarshi kurash. 3. Tarixiy geografiya. 1. Yozma manbalar ma’lumotlari. Arrian, Kursiy Ruf hikoyalari. Strabon «Geografiyasi». Mil.avv. 329 yilda Makedoniyalik Aleksandrning Baqtriya va So‘g‘diyona yerlariga harbiy yurishlari boshlangan. Bu yurishlar O‘rta Osiyo tarixida eng yaxshi o‘rganilgan mavzulardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aleksandrning qo‘shinida askar–jangchilar bilan birga bo‘lajak tarixchilar Ptolemey, Aristovul, Onesikrit, Kallisfen va Xareslar xizmat qilib, turli xil siyosiy va madaniy voqealarni yozib borganlar. Ularning maa’lumotlari bizgacha yetib kelmagan, lekin dastlabki manbalardan so‘nggi yunon tarixchilari va geograflari foydalanganlar. Jumladan, Diodor (mil.avv. 90 – 21 yillar) «Tarixiy kutubxona», Strabon (mil.avv. 61 – mil. 24 yillar) «Geografiya», Pompey Trog (mil.avv.I–mil. I asr) «Filipp tarixi» asarlarini, Plutarx (mil. 46–127 yillar), Klavdiy Ptolemeylar (II asr) o‘z hikoyalarini, Pliniy (I asr) «Tabiiy tarix» nomli kitobini yaratdilar. Ammo
 
 
Aleksandr yurishlari haqida keng va to‘liq ma’lumotlar rimlik Kvint Kursiy Ruf va 
yunon Arrian asarlarida saqlangan.  
Arrian (mil.90/95–175 yillar) “Aleksandr anabasisi” degan asarning 
muallifidir. Anabasis – bu “davlat ichkarisiga dengizdan uzoqlashgan harbiy yurish»  
yoki “Aleksandr yurishlari” deb tarjima qilinadi. Kursiy Ruf (mil.avv. I asrning oxiri 
– mil. I asrning o‘rtalari) «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli kitobni yaratgan. 
Ammo Arrianga nisbatan uning hikoyalarida badiiy to‘qimalar ko‘p uchraydi. 
Quyida Arrian va Kursiy Ruf asarlaridan olingan  ayrim ma’lumotlarning 
tarjimasi keltiriladi (ular rus tiliga M.Ye.Sergeenko va V.S.Sokolovlar tomonidan 
tarjima qilingan).  
Arrian, III kitob, 27–bob, 9. “Aleksandr yaqinlashib kelishi haqida eshitib, 
Bess Oks daryosidan kechib o‘tadi va kemalarini yondirib, Nautaka – so‘g‘diylar 
yeriga yo‘l oladi”. 10. «Spitaman va Oksiart bilan birga so‘g‘diylar suvorilari hamda 
Tanais daylari unga ergashadilar. Baqtriya chavandozlari Bessning qochishidan 
xabar topib, har tomonlarga qarab o‘z uylariga yo‘l oladilar.  
Aleksandr Drapsakga yetib keladi, qo‘shinlariga dam berib, ularni 
Baqtriyadagi eng yirik shaharlar – Aorn va Baqtra tomonga yurgizadi. Bu 
shaharlarni hujum qilib zabt etadi va Aorn qal’asida Androkolning o‘g‘li Arxelay 
boshchiligidagi qo‘riqchi  qo‘shin qoldiradi. Himoyasiz taslim bo‘lgan boshqa 
baqtriylarga hokim bo‘lib fors Artaboz tayinlanadi». 
2. «U o‘zi Oks daryosiga qarab yo‘l oladi. Oks Kavkaz tog‘laridan boshlab 
oqadi hind daryolaridan tashqari Aleksandr Osiyoda qurgan daryolar ichida bu eng 
yirik daryodir: umuman eng yirik daryolar Hindistonda joylashgan. Oks 
Girkaniyadagi katta bir dengizga qo‘shiladi». 
III, 30,6. «Aleksandr chavandoz qo‘shinlarini mahalliy otlar bilan ta’minlab 
So‘g‘diyona poytaxti Maroqandaga yo‘l oladi». 7. «Shu joydan Tanais daryosiga 
qarab yuradi. Tanais ham Kavkaz tog‘laridan boshlanadi, Aristovul so‘zlariga ko‘ra, 
varvarlar1 uni Orksant daryosi deydilar: bu daryo ham Girkan dengiziga qo‘shiladi». 
                                                 
1 Юнон тилида сўзлашмаган ажнабийлар
Aleksandr yurishlari haqida keng va to‘liq ma’lumotlar rimlik Kvint Kursiy Ruf va yunon Arrian asarlarida saqlangan. Arrian (mil.90/95–175 yillar) “Aleksandr anabasisi” degan asarning muallifidir. Anabasis – bu “davlat ichkarisiga dengizdan uzoqlashgan harbiy yurish» yoki “Aleksandr yurishlari” deb tarjima qilinadi. Kursiy Ruf (mil.avv. I asrning oxiri – mil. I asrning o‘rtalari) «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli kitobni yaratgan. Ammo Arrianga nisbatan uning hikoyalarida badiiy to‘qimalar ko‘p uchraydi. Quyida Arrian va Kursiy Ruf asarlaridan olingan ayrim ma’lumotlarning tarjimasi keltiriladi (ular rus tiliga M.Ye.Sergeenko va V.S.Sokolovlar tomonidan tarjima qilingan). Arrian, III kitob, 27–bob, 9. “Aleksandr yaqinlashib kelishi haqida eshitib, Bess Oks daryosidan kechib o‘tadi va kemalarini yondirib, Nautaka – so‘g‘diylar yeriga yo‘l oladi”. 10. «Spitaman va Oksiart bilan birga so‘g‘diylar suvorilari hamda Tanais daylari unga ergashadilar. Baqtriya chavandozlari Bessning qochishidan xabar topib, har tomonlarga qarab o‘z uylariga yo‘l oladilar. Aleksandr Drapsakga yetib keladi, qo‘shinlariga dam berib, ularni Baqtriyadagi eng yirik shaharlar – Aorn va Baqtra tomonga yurgizadi. Bu shaharlarni hujum qilib zabt etadi va Aorn qal’asida Androkolning o‘g‘li Arxelay boshchiligidagi qo‘riqchi qo‘shin qoldiradi. Himoyasiz taslim bo‘lgan boshqa baqtriylarga hokim bo‘lib fors Artaboz tayinlanadi». 2. «U o‘zi Oks daryosiga qarab yo‘l oladi. Oks Kavkaz tog‘laridan boshlab oqadi hind daryolaridan tashqari Aleksandr Osiyoda qurgan daryolar ichida bu eng yirik daryodir: umuman eng yirik daryolar Hindistonda joylashgan. Oks Girkaniyadagi katta bir dengizga qo‘shiladi». III, 30,6. «Aleksandr chavandoz qo‘shinlarini mahalliy otlar bilan ta’minlab So‘g‘diyona poytaxti Maroqandaga yo‘l oladi». 7. «Shu joydan Tanais daryosiga qarab yuradi. Tanais ham Kavkaz tog‘laridan boshlanadi, Aristovul so‘zlariga ko‘ra, varvarlar1 uni Orksant daryosi deydilar: bu daryo ham Girkan dengiziga qo‘shiladi». 1 Юнон тилида сўзлашмаган ажнабийлар
 
 
10. «Shu yerda oziq–ovqatlar g‘amlashga chiqqan makedonlar mahalliy aholi 
tomonidan qirib tashlanadi, keyin ularning o‘zlari tik va chiqib bo‘lmaydigan 
qoyaga qochib bekinadilar. Ular 30 mingga yaqin bo‘lgan». 
11. “Makedonlar qoyaga chiqish uchun bir necha marta harakat qiladilar; 
dastlab ular varvarlar o‘qlari ostida ortga chekinadilar; ko‘p askarlar yarador bo‘ladi; 
Aleksandrning soniga o‘q tegib, suyagining bir qismini ushatib qo‘yadi. Shunga 
qaramasdan tog‘ hujum bilan olinadi. Makedonlar varvarlarning bir qismini joyida 
qirib tashlaydilar, ularning ko‘plari o‘zlarini qoyalardan tashlab halok bo‘ladilar, 
shuning uchun ham 30000 dan 8000 kishi tirik qoladi”. 
IV, 5, 2. «Spitaman o‘z jangchilarn bilan Maroqanda qal’asini qo‘riqlayotgan 
makedonlarga hujum qiladi Aleksandr Maroqandaga yordamchi qo‘shin 
yuborganidan xabar topib, Spitaman qal’a qamalini to‘xtatib, So‘g‘diyonadagi 
basileya – podsho shahriga otlanadi. Farnux va uning lashkarboshlari Spitamanni 
davlatdan butunlay chiqarib yuborishga harakat qiladilar va So‘g‘diyona 
chegaralariga yetib kelib, ko‘chmanchi skiflarga hujum qiladilar». 4. «Spitaman 
yana 600 ta skif otliqlarini o‘z qo‘shiniga qo‘shib oladi va skif ittifoqdoshligidan 
ko‘ngli ko‘tarilib, hujum qilayotgan makedonlarga qarshi jang qilishga qaror qiladi. 
Skif dashtlarining tekisligida turib u dushmanning hujumini ham kutmadi, 
dushmanga hujum ham qilmadi; faqat uning chavandozlari piyoda makedonlarning 
atrofida ot qo‘yib chopib yurdilar va ularga o‘q otdilar». 5. «Farnuhning askarlaridan 
ular osonlik bilan qutuldilar, chunki  ularning otlari chaqqonroq bo‘lib, o‘sha paytda 
hali charchamagan edi, Andromax qo‘shinlaridagi otlar esa olis yo‘llarda charchab, 
yemish kamligidan zaiflashgandi. Skiflar jang maydonida turgan va cheqinayotgan 
makedonlarga g‘ayrat bilan hujum qiladilar». 6. Ko‘pdan–  ko‘p makedonlar 
yaralanadi va halok bo‘ladi; xullas  askarlar to‘rtburchak bir qator saflanib, 
Politimet2 daryosi tomonga chekinadilar; bu yerda o‘rmon bo‘lib, o‘rmonga 
changalzorlar varvarlarning o‘qlariga to‘siq bo‘ladi va piyoda askarlarning 
harakatlariga ko‘proq foyda keltiradi». 
                                                 
2 Зарафшон
10. «Shu yerda oziq–ovqatlar g‘amlashga chiqqan makedonlar mahalliy aholi tomonidan qirib tashlanadi, keyin ularning o‘zlari tik va chiqib bo‘lmaydigan qoyaga qochib bekinadilar. Ular 30 mingga yaqin bo‘lgan». 11. “Makedonlar qoyaga chiqish uchun bir necha marta harakat qiladilar; dastlab ular varvarlar o‘qlari ostida ortga chekinadilar; ko‘p askarlar yarador bo‘ladi; Aleksandrning soniga o‘q tegib, suyagining bir qismini ushatib qo‘yadi. Shunga qaramasdan tog‘ hujum bilan olinadi. Makedonlar varvarlarning bir qismini joyida qirib tashlaydilar, ularning ko‘plari o‘zlarini qoyalardan tashlab halok bo‘ladilar, shuning uchun ham 30000 dan 8000 kishi tirik qoladi”. IV, 5, 2. «Spitaman o‘z jangchilarn bilan Maroqanda qal’asini qo‘riqlayotgan makedonlarga hujum qiladi Aleksandr Maroqandaga yordamchi qo‘shin yuborganidan xabar topib, Spitaman qal’a qamalini to‘xtatib, So‘g‘diyonadagi basileya – podsho shahriga otlanadi. Farnux va uning lashkarboshlari Spitamanni davlatdan butunlay chiqarib yuborishga harakat qiladilar va So‘g‘diyona chegaralariga yetib kelib, ko‘chmanchi skiflarga hujum qiladilar». 4. «Spitaman yana 600 ta skif otliqlarini o‘z qo‘shiniga qo‘shib oladi va skif ittifoqdoshligidan ko‘ngli ko‘tarilib, hujum qilayotgan makedonlarga qarshi jang qilishga qaror qiladi. Skif dashtlarining tekisligida turib u dushmanning hujumini ham kutmadi, dushmanga hujum ham qilmadi; faqat uning chavandozlari piyoda makedonlarning atrofida ot qo‘yib chopib yurdilar va ularga o‘q otdilar». 5. «Farnuhning askarlaridan ular osonlik bilan qutuldilar, chunki ularning otlari chaqqonroq bo‘lib, o‘sha paytda hali charchamagan edi, Andromax qo‘shinlaridagi otlar esa olis yo‘llarda charchab, yemish kamligidan zaiflashgandi. Skiflar jang maydonida turgan va cheqinayotgan makedonlarga g‘ayrat bilan hujum qiladilar». 6. Ko‘pdan– ko‘p makedonlar yaralanadi va halok bo‘ladi; xullas askarlar to‘rtburchak bir qator saflanib, Politimet2 daryosi tomonga chekinadilar; bu yerda o‘rmon bo‘lib, o‘rmonga changalzorlar varvarlarning o‘qlariga to‘siq bo‘ladi va piyoda askarlarning harakatlariga ko‘proq foyda keltiradi». 2 Зарафшон
 
 
7. “Karan – gipparx3 Andromaxga xabar qilmasdan otliqlarni bekintirish 
uchun daryodan kechib o‘ta boshlaydi; piyoda qo‘shin ham suvoriylar ortidan 
buyruqsiz yo‘l oladi; umuman tartibsiz va qo‘rquv holatida bo‘lgan askarlar daryoga 
jarlik qirg‘oqlaridan tushadilar”. 8. “Makedonlarning xatolarini sezib qolgan otliq 
varvarlar har ikkala qirg‘oqdan otlari bilan daryoga tashlanadilar... Ularning 
ba’zilari daryodan kechib o‘tganlar va uzoqlashganlarning ortidan quvadilar, boshqa 
birlari daryoni kechib o‘tayotganlarga ro‘para bo‘lib, ularni ortga, suvga 
uloqtiradilar yoki o‘q otadilar hamda daryoga kelayotganlar ortidan hujum qiladilar. 
Og‘ir ahvolga uchragan makedonlar daryo o‘rtasidagi kichik orolga tashlanadalar. 
Spitaman askarlari ularni o‘rab olib, hammasini qirib tashlaydilar; boshqa bir kichik 
qismini asirlikka olib, barchasini o‘ldiradilar”.  
IV, 6, 1. «Aristovulning aytishicha, ko‘pdan–ko‘p jangchilar changalzorda 
yashirinib turgan skiflarning pistirmasiga qamalib halok bo‘lgan, ular o‘z 
panagohlaridan jang qizigan paytida makedonlarga hujum qilganlar. Varvarlar 
hovliqish va tartibsizlik vaziyatidan foydalanib, ularining hammasini qirib 
tashlaganlar. 40 ta otliq va 300 ta piyodalardan tashqari hech kim qutulib qolmagan». 
6, 3. «Shu mag‘lubiyat haqida Aleksandrga xabar yetib kelganda u 
askarlarning achchiq taqdirlaridan qayg‘uga tushadi va Spitamanga qarshi shiddatli 
hujum qilishga qaror qiladi. U o‘zi otliqlar qo‘shinining yarmiga, qalqonchilarning 
hammasiga, o‘qchilarga, agrianlarga va tez yurar piyoda askarlarga yo‘lboshchi 
bo‘lib Maroqandaga yo‘l oladi, uning bilishicha, Spitaman shaharga qaytib qal’ani 
yana kamal qilgan». 4. «Uch kun davomida Aleksandr  1500 stadiy masofadan o‘tib, 
to‘rtinchi kunning tongida shaharga yetib keladi. Spitaman Aleksandr shaharga 
yaqinlashib kelishi haqida eshitib, uni kutmasdan qochib ketdi. 5. Aleksandr  uning 
izidan quvadi. Jang maydoniga yetib, u halok bo‘lgan askarlarni dafn qiladi va 
chekinganlar ortidan sahrogacha quvib boradi. Shu yerdan ortga qaytish yo‘lida u 
davlatni xarob qiladi va unga xabar berishlaricha, makedonlarga hujum qilishda 
ishtirok etib, so‘ng qal’alariga yashiringan varvarlarni qirib tashladi. U Politimet 
daryosi suvlaridan foydalanuvchi butun mamlakat yerlaridan o‘tdi».  
                                                 
3 Отлиқ қўшиннинг йўлбошчиси
7. “Karan – gipparx3 Andromaxga xabar qilmasdan otliqlarni bekintirish uchun daryodan kechib o‘ta boshlaydi; piyoda qo‘shin ham suvoriylar ortidan buyruqsiz yo‘l oladi; umuman tartibsiz va qo‘rquv holatida bo‘lgan askarlar daryoga jarlik qirg‘oqlaridan tushadilar”. 8. “Makedonlarning xatolarini sezib qolgan otliq varvarlar har ikkala qirg‘oqdan otlari bilan daryoga tashlanadilar... Ularning ba’zilari daryodan kechib o‘tganlar va uzoqlashganlarning ortidan quvadilar, boshqa birlari daryoni kechib o‘tayotganlarga ro‘para bo‘lib, ularni ortga, suvga uloqtiradilar yoki o‘q otadilar hamda daryoga kelayotganlar ortidan hujum qiladilar. Og‘ir ahvolga uchragan makedonlar daryo o‘rtasidagi kichik orolga tashlanadalar. Spitaman askarlari ularni o‘rab olib, hammasini qirib tashlaydilar; boshqa bir kichik qismini asirlikka olib, barchasini o‘ldiradilar”. IV, 6, 1. «Aristovulning aytishicha, ko‘pdan–ko‘p jangchilar changalzorda yashirinib turgan skiflarning pistirmasiga qamalib halok bo‘lgan, ular o‘z panagohlaridan jang qizigan paytida makedonlarga hujum qilganlar. Varvarlar hovliqish va tartibsizlik vaziyatidan foydalanib, ularining hammasini qirib tashlaganlar. 40 ta otliq va 300 ta piyodalardan tashqari hech kim qutulib qolmagan». 6, 3. «Shu mag‘lubiyat haqida Aleksandrga xabar yetib kelganda u askarlarning achchiq taqdirlaridan qayg‘uga tushadi va Spitamanga qarshi shiddatli hujum qilishga qaror qiladi. U o‘zi otliqlar qo‘shinining yarmiga, qalqonchilarning hammasiga, o‘qchilarga, agrianlarga va tez yurar piyoda askarlarga yo‘lboshchi bo‘lib Maroqandaga yo‘l oladi, uning bilishicha, Spitaman shaharga qaytib qal’ani yana kamal qilgan». 4. «Uch kun davomida Aleksandr 1500 stadiy masofadan o‘tib, to‘rtinchi kunning tongida shaharga yetib keladi. Spitaman Aleksandr shaharga yaqinlashib kelishi haqida eshitib, uni kutmasdan qochib ketdi. 5. Aleksandr uning izidan quvadi. Jang maydoniga yetib, u halok bo‘lgan askarlarni dafn qiladi va chekinganlar ortidan sahrogacha quvib boradi. Shu yerdan ortga qaytish yo‘lida u davlatni xarob qiladi va unga xabar berishlaricha, makedonlarga hujum qilishda ishtirok etib, so‘ng qal’alariga yashiringan varvarlarni qirib tashladi. U Politimet daryosi suvlaridan foydalanuvchi butun mamlakat yerlaridan o‘tdi». 3 Отлиқ қўшиннинг йўлбошчиси
 
 
IV, 7, 1. «Bu yerdagi ishlarni tugatib, Aleksandr Zariaspga yetib keladi. Bu 
joyda u qishni o‘tkazishga qoladi...».  
15, 4. «Shu paytda  Aleksandrning oldiga bir yarim ming chavandozlarga 
yo‘lboshchi bo‘lib xorasmiylarning podshosi Farasman yetib keladi. U kolxlar va 
amazonka qabilalariga qo‘shni bo‘lib yashaganligi haqida hikoya qilib, 
Aleksandrning amazonkalar, kolxlar va Eviksin dengizidagi qabilalarni istilo qilish 
istagi bo‘lsa, yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga va qo‘shinlarining yurishi uchun barcha 
shart–sharoitlar yaratib berishga xayrixoh ekanligini bildiradi». 
15, 5. «Aleksandr Farasmanga minnatdorlik bildiradi va do‘stlik ittifoqchiligi 
haqida shartnoma tuzib, Pont dengizi tomonga yurishga hozir vaqt yo‘q, deb javob 
beradi. U Farasmonni Baqtriya satrapi fors Artaboz huzuriga yuborib, vataniga 
jo‘natadi». 
15, 7. «U o‘zi Oks daryosiga yo‘l oladi. Juda ko‘p sug‘diylar istehkomlarida 
to‘planishib, ularga tayinlangan hokimga qarshi bo‘lib chiqadilar,   bundan   
xabardor    bo‘lgan  Aleksandr So‘g‘diyona tomonga yurishni maqsad qiladi». 
1. “Aleksandr askarlarining ma’lum bir qismi bilan So‘g‘diyonaga yetib 
keladi, Poliperxont, Attal, Gorgiy va Meleagrlar Baqtriyada qoladi, ularga shu 
davlatni nazorat qilish bilan birga varvarlarning g‘alayonlar ko‘tarishiga yo‘l 
qo‘ymaslik va boshlagan qo‘zg‘olonlarni bostirish haqida buyruq beriladi». 2. «O‘z 
qo‘shinlarini u beshta ayrim qismga bo‘lib oladi. Birinchisi – Gefestion 
boshchiligida, ikkinchisi – Ptolemey Lag boshchiligida, uchinchisi– Perdikka 
boshchiligida, to‘rtinchisi – Ken va Artaboz boshchiligida, beshinchi qism bilan u 
o‘zi Maroqandaga otlanadi». 
4. “Aleksandr shu ishlar bilan band bo‘lgan paytda, Spitaman skif–
massaget yerlaridan 600 ta otliq massagetlar bilan bir qal’aga yetib keladi. 
Qal’a qo‘riqchilarining boshlig‘i va uning askarlari ham dushman tomonidan 
hujum  xavfni kutmaganlar, askarlar qiriladi. Yo‘lboshchi asirlikka olinadi. 
Shu qal’ani qo‘lga kiritishgandan ko‘ngillari ko‘tarilib, ular bir necha kundan 
so‘ng Zariaspga yetib keladilar, ammo shaharga hujum qilmadilar va katta 
o‘ljani qo‘lga olib ortga qaytishga qaror qildilar”.
IV, 7, 1. «Bu yerdagi ishlarni tugatib, Aleksandr Zariaspga yetib keladi. Bu joyda u qishni o‘tkazishga qoladi...». 15, 4. «Shu paytda Aleksandrning oldiga bir yarim ming chavandozlarga yo‘lboshchi bo‘lib xorasmiylarning podshosi Farasman yetib keladi. U kolxlar va amazonka qabilalariga qo‘shni bo‘lib yashaganligi haqida hikoya qilib, Aleksandrning amazonkalar, kolxlar va Eviksin dengizidagi qabilalarni istilo qilish istagi bo‘lsa, yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga va qo‘shinlarining yurishi uchun barcha shart–sharoitlar yaratib berishga xayrixoh ekanligini bildiradi». 15, 5. «Aleksandr Farasmanga minnatdorlik bildiradi va do‘stlik ittifoqchiligi haqida shartnoma tuzib, Pont dengizi tomonga yurishga hozir vaqt yo‘q, deb javob beradi. U Farasmonni Baqtriya satrapi fors Artaboz huzuriga yuborib, vataniga jo‘natadi». 15, 7. «U o‘zi Oks daryosiga yo‘l oladi. Juda ko‘p sug‘diylar istehkomlarida to‘planishib, ularga tayinlangan hokimga qarshi bo‘lib chiqadilar, bundan xabardor bo‘lgan Aleksandr So‘g‘diyona tomonga yurishni maqsad qiladi». 1. “Aleksandr askarlarining ma’lum bir qismi bilan So‘g‘diyonaga yetib keladi, Poliperxont, Attal, Gorgiy va Meleagrlar Baqtriyada qoladi, ularga shu davlatni nazorat qilish bilan birga varvarlarning g‘alayonlar ko‘tarishiga yo‘l qo‘ymaslik va boshlagan qo‘zg‘olonlarni bostirish haqida buyruq beriladi». 2. «O‘z qo‘shinlarini u beshta ayrim qismga bo‘lib oladi. Birinchisi – Gefestion boshchiligida, ikkinchisi – Ptolemey Lag boshchiligida, uchinchisi– Perdikka boshchiligida, to‘rtinchisi – Ken va Artaboz boshchiligida, beshinchi qism bilan u o‘zi Maroqandaga otlanadi». 4. “Aleksandr shu ishlar bilan band bo‘lgan paytda, Spitaman skif– massaget yerlaridan 600 ta otliq massagetlar bilan bir qal’aga yetib keladi. Qal’a qo‘riqchilarining boshlig‘i va uning askarlari ham dushman tomonidan hujum xavfni kutmaganlar, askarlar qiriladi. Yo‘lboshchi asirlikka olinadi. Shu qal’ani qo‘lga kiritishgandan ko‘ngillari ko‘tarilib, ular bir necha kundan so‘ng Zariaspga yetib keladilar, ammo shaharga hujum qilmadilar va katta o‘ljani qo‘lga olib ortga qaytishga qaror qildilar”.
 
 
6. «Zariaspda kasal bo‘lib qolgan bir necha otliq — «do‘stlar» 
skiflarning hujumi haqida eshitib, ular Zariaspni qo‘riqlash uchun yollangan 
80 ta chavandozga va ba’zi bir «podsho yigitlari»ga boshliq bo‘lib 
massagetlar ortidan quvadilar. Hech narsani kutmagan skiflarga hujum qilib, 
birinchi jangda ulardan o‘ljasini tortib olib, juda ko‘p qaroqchilarni qirib 
tashlaydilar. Tartibsiz holda ortga qaytgan vaqtda ular Spitaman va 
skiflarning qo‘liga tushib, 7ta «do‘stlar» va 60 ta yollangan chavandozlardan 
ajraladilar». 
17, 1. «Krater bu haqda xabar olib, massagetlarga qarshi shiddatli 
yurish boshladi. Ular bundan xabardor bo‘lib, cho‘lga qochadilar. Krater 
Spitamanning izidan quvib, unga sahro chegaralarida yetib oladi, uning 
boshchiligida yana mingta otliq massagetlar bor edi. 2. Makedonlar va skiflar 
o‘rtasidagi kuchli jangda makedonlar g‘alaba qozonadilar. Skiflarning bir yuz 
ellikta chavandozlari halok bo‘ladi. Boshqalari osonlik bilan cho‘lga 
bekinadilar; ularning ketidan quvish makedonlar uchun og‘ir bo‘ladi».  
4. «Spitaman va uning tarafdorlari makedonlarning qo‘riqchilari barcha 
joylarni to‘sib–olganliklarini ko‘rib aniq bir joyga kochishga yo‘l topmadilar, 
Ken qo‘shinlariga hujum qilish va aynan shu jangda g‘alaba qozonishga qaror 
qiladilar. Ular Baga4 nomli so‘g‘diylar va skif–massagetlar chegaralaridagi 
joyga yetib keladilar va 3000 ko‘chmanchi chavandozlarni So‘g‘diyona 
tomonga yurishga rozi qiladilar». 5.Bu skiflar juda ham qashshoq ahvolda 
yashaganlar; ularning shaharlari va o‘troq makonlari yo‘q edi; boylik 
mulklaridan ajrab qolish uchun qo‘rqinch sezgilari ham yo‘q edi va shunga 
ko‘ra ularni har qanday urushlarga rozi qilish hech narsa  emasdi. Ken 
Spitaman yaqinlashib kelishini sezib unga qarshi chiqadi». 6. Shiddatli jang 
boshlanib, u makedonlar uchun g‘alabali yakunlanadi; bu jangda 
dushmanlarining 800 ta otliqlari, Ken qo‘shnidan esa 25 ta chavandoz va 12 
ta piyoda askar halok bo‘ladi. Ko‘pchilik baqtriyaliklar Spitamandan qochib, 
uni yakka qoldiradilar va Ken oldiga yetib kelib, asirga tushadilar. 7. 
                                                 
4 Тахминан Бухоро воҳаси
6. «Zariaspda kasal bo‘lib qolgan bir necha otliq — «do‘stlar» skiflarning hujumi haqida eshitib, ular Zariaspni qo‘riqlash uchun yollangan 80 ta chavandozga va ba’zi bir «podsho yigitlari»ga boshliq bo‘lib massagetlar ortidan quvadilar. Hech narsani kutmagan skiflarga hujum qilib, birinchi jangda ulardan o‘ljasini tortib olib, juda ko‘p qaroqchilarni qirib tashlaydilar. Tartibsiz holda ortga qaytgan vaqtda ular Spitaman va skiflarning qo‘liga tushib, 7ta «do‘stlar» va 60 ta yollangan chavandozlardan ajraladilar». 17, 1. «Krater bu haqda xabar olib, massagetlarga qarshi shiddatli yurish boshladi. Ular bundan xabardor bo‘lib, cho‘lga qochadilar. Krater Spitamanning izidan quvib, unga sahro chegaralarida yetib oladi, uning boshchiligida yana mingta otliq massagetlar bor edi. 2. Makedonlar va skiflar o‘rtasidagi kuchli jangda makedonlar g‘alaba qozonadilar. Skiflarning bir yuz ellikta chavandozlari halok bo‘ladi. Boshqalari osonlik bilan cho‘lga bekinadilar; ularning ketidan quvish makedonlar uchun og‘ir bo‘ladi». 4. «Spitaman va uning tarafdorlari makedonlarning qo‘riqchilari barcha joylarni to‘sib–olganliklarini ko‘rib aniq bir joyga kochishga yo‘l topmadilar, Ken qo‘shinlariga hujum qilish va aynan shu jangda g‘alaba qozonishga qaror qiladilar. Ular Baga4 nomli so‘g‘diylar va skif–massagetlar chegaralaridagi joyga yetib keladilar va 3000 ko‘chmanchi chavandozlarni So‘g‘diyona tomonga yurishga rozi qiladilar». 5.Bu skiflar juda ham qashshoq ahvolda yashaganlar; ularning shaharlari va o‘troq makonlari yo‘q edi; boylik mulklaridan ajrab qolish uchun qo‘rqinch sezgilari ham yo‘q edi va shunga ko‘ra ularni har qanday urushlarga rozi qilish hech narsa emasdi. Ken Spitaman yaqinlashib kelishini sezib unga qarshi chiqadi». 6. Shiddatli jang boshlanib, u makedonlar uchun g‘alabali yakunlanadi; bu jangda dushmanlarining 800 ta otliqlari, Ken qo‘shnidan esa 25 ta chavandoz va 12 ta piyoda askar halok bo‘ladi. Ko‘pchilik baqtriyaliklar Spitamandan qochib, uni yakka qoldiradilar va Ken oldiga yetib kelib, asirga tushadilar. 7. 4 Тахминан Бухоро воҳаси
 
 
Mag‘lubiyatga uchragan skiflar va massagetlar yaqinda ular bilan birga jang 
qilgan baqtriylar va so‘g‘diylarning ot–aravalaridagi yuklarini talab, 
Spitaman bilan dasht ichiga qochadilar. Aleksandr o‘zi sahroga hujum 
qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib va shu maqsadda uni qaytarib 
olish uchun ular Spitamanning boshini kesib Aleksandrga yuboradilar». 
Kursiy Ruf. VII kitob, IV bob, 26: «Baqtriyaning tabiati boy va turli–
tumandir. Ba’zi joylarda ko‘pdan– ko‘p daraxtzorlar va tok novdasi, shirin 
meva serob hosil qiladi; unumdor yerlarni ko‘p sanoqli buloq–daryolar 
sug‘oradilar; hosildor tuprog‘ida bug‘doy ekiladi; boshqa yerlar o‘tloqlar 
uchun qoldiriladi». 27. «Davlatning katta bir kisminn hosilsiz dashtlar 
egallaydi; suvsizlik tufayli tashlab qo‘yilgan viloyatlarda na odamlar, na 
mevalar bor. Pontdan5 esayotgan shamollar tekisliklarga qumlarni surib, 
keltiradi; olis masofadan qum uyumlari katta tepaliklarga o‘xshab ketadi; shu 
yerda burungi yo‘llarning izlari yo‘qolib qoladi». 28. «Shuning uchun ham 
bu tekisliklardan o‘tib yurganlar, xuddi dengizchilarga o‘xshab, o‘z yo‘llarini 
tundagi yulduzlar orqali topadilar». 
V. “Aleksandr baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu 
joydagi qo‘riqchilar qo‘shini bilan birga ot–arava yuklarini qoldiradi. O‘zi 
esa harakatdagi qo‘shinlarga yo‘lboshchi bo‘lib, So‘g‘diyona sahrosiga yo‘l 
oladi...». 
V. 13. «Xullas, kechki payt u Oks daryosiga yetib keladi. Ammo uning 
izidan kelayotgan ko‘pdan–ko‘p askarlar unga yetolmaydilar va orqada 
qoladilar, shuning uchun ham u baland tog‘ Ustida o‘t yondirishga buyruq 
beradi, ortda qolganlar uchun alanga nuri lagerga yaqinlashib kelishlarini 
bildiradi».  
V. 16, 17, 18. «Ushbu tunni Aleksandr katta ruhiy hayajon bilan uyqusiz 
tugatdi. Keyingi kun ham oson bo‘lmadi; kemalar  yo‘q edi va daryoning ochiq 
qirg‘oqlarida ko‘prik qurish uchun daraxtzorlar yo‘q edi. Shu vaziyatdan u yagona 
xulosa chiqaradi. U askarlarga somon bilan to‘ldirilgan meshlarni tarqatishga qaror 
                                                 
5 Қораденгиз
Mag‘lubiyatga uchragan skiflar va massagetlar yaqinda ular bilan birga jang qilgan baqtriylar va so‘g‘diylarning ot–aravalaridagi yuklarini talab, Spitaman bilan dasht ichiga qochadilar. Aleksandr o‘zi sahroga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib va shu maqsadda uni qaytarib olish uchun ular Spitamanning boshini kesib Aleksandrga yuboradilar». Kursiy Ruf. VII kitob, IV bob, 26: «Baqtriyaning tabiati boy va turli– tumandir. Ba’zi joylarda ko‘pdan– ko‘p daraxtzorlar va tok novdasi, shirin meva serob hosil qiladi; unumdor yerlarni ko‘p sanoqli buloq–daryolar sug‘oradilar; hosildor tuprog‘ida bug‘doy ekiladi; boshqa yerlar o‘tloqlar uchun qoldiriladi». 27. «Davlatning katta bir kisminn hosilsiz dashtlar egallaydi; suvsizlik tufayli tashlab qo‘yilgan viloyatlarda na odamlar, na mevalar bor. Pontdan5 esayotgan shamollar tekisliklarga qumlarni surib, keltiradi; olis masofadan qum uyumlari katta tepaliklarga o‘xshab ketadi; shu yerda burungi yo‘llarning izlari yo‘qolib qoladi». 28. «Shuning uchun ham bu tekisliklardan o‘tib yurganlar, xuddi dengizchilarga o‘xshab, o‘z yo‘llarini tundagi yulduzlar orqali topadilar». V. “Aleksandr baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu joydagi qo‘riqchilar qo‘shini bilan birga ot–arava yuklarini qoldiradi. O‘zi esa harakatdagi qo‘shinlarga yo‘lboshchi bo‘lib, So‘g‘diyona sahrosiga yo‘l oladi...». V. 13. «Xullas, kechki payt u Oks daryosiga yetib keladi. Ammo uning izidan kelayotgan ko‘pdan–ko‘p askarlar unga yetolmaydilar va orqada qoladilar, shuning uchun ham u baland tog‘ Ustida o‘t yondirishga buyruq beradi, ortda qolganlar uchun alanga nuri lagerga yaqinlashib kelishlarini bildiradi». V. 16, 17, 18. «Ushbu tunni Aleksandr katta ruhiy hayajon bilan uyqusiz tugatdi. Keyingi kun ham oson bo‘lmadi; kemalar yo‘q edi va daryoning ochiq qirg‘oqlarida ko‘prik qurish uchun daraxtzorlar yo‘q edi. Shu vaziyatdan u yagona xulosa chiqaradi. U askarlarga somon bilan to‘ldirilgan meshlarni tarqatishga qaror 5 Қораденгиз
 
 
qiladi; ular meshlar ustida daryodan suzib o‘tishni boshlaydilar: daryodan birinchi 
bo‘lib kechib o‘tganlari qo‘riqchilar xizmatini bajarib, boshqalarni kutib oladilar. 
Shu tarzda qo‘shinlar oltinchi kuni daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tib olishga 
muvaffaq bo‘ladilar». 
VII. 6, 17. “Aleksandr Maroqandaga yetib keladi. Uning mudofaa 
devorlarining uzunligi 70 stadiy; shahar qo‘rg‘oni ikkinchi devor bilan o‘ralgan».  
VII. 1, 2. “Tanais ortidagi skif davlatining podshosi makedonlar tomonidan 
daryo bo‘yida asos solingan shaharni qullik bo‘yinturug‘i bo‘lishini sezib, uni 
vayron qilish va makedonlarni daryo qirg‘og‘idan uzoq masofaga quvib chiqarish 
uchun katta bir otliq qo‘shin bilan birga o‘z akasi Karatazis nomli yo‘lboshchini 
yuboradi. Tanais baqtriylarni yevropalik skiflardan ajratadi». 4. «Ular Istr 
daryosining narigi yog‘idagi boshqa bir viloyatni egallab, Osiyoning chegara 
yerlarida joylashgan Baqtriyaga ham qo‘shni bo‘ladilar. Ular joylashgan shimol 
yerlaridan nariroqda qalin o‘rmonzorlar va aholi yo‘q jimjit sayhon yerlar 
boshlanadi; Tanais va Baqtriya bo‘ylab joylashgan yerlar, umumiy madaniy izlarga 
ega”. 5. «Aleksandr tayyorgarlik ko‘rmasdan birinchi bo‘lib jang qilishga erishadi, 
uning ko‘z o‘ngida dushman chavandozlari otda chopadilar, u esa yaradorlikdan 
butunlay tuzalmagan... Xullas, u do‘stlarini maslahatta chaqiradi». 6. «U 
dushmandan emas, noqulay vaziyatdan qo‘rqan edi. Baqtriylar isyon ko‘tardilar, 
skiflar bezovta qilardilar; uning o‘zi zo‘rga oyoqda turib, otga minishga ham, 
yo‘lboshchi bo‘lishga va askarlarni ruhlantirishga ham imkon topmadi...». 
30. «Yetib kelayotgan xabarlar uning to‘xtovsiz g‘alabalari sha’niga mos 
kelmas edi».  
31. «Yuqoridagi hikoyaga ko‘ra, u baqtriylar qo‘zg‘oloniga aybdor 
Spitamanga qarshi Menedemni yuboradi. U makedonlar yaqinlashib kelishi  haqida 
eshitib va shahar atrofida qamalib qolish vaziyatidan saqlanish uchun panagohga 
bekinadi, shu yerdan o‘tishi mumkin bo‘lgan dushmanga hujum qilishga qaror 
qildi». 
 32. «Yo‘l pistirma uchun qulay joyni kesib o‘tadi, shu yerda u daxlarni 
yashintiradi. Har bir otlarida ikkita qurollangan chavandozlar bo‘ladi, kutilmaganda
qiladi; ular meshlar ustida daryodan suzib o‘tishni boshlaydilar: daryodan birinchi bo‘lib kechib o‘tganlari qo‘riqchilar xizmatini bajarib, boshqalarni kutib oladilar. Shu tarzda qo‘shinlar oltinchi kuni daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tib olishga muvaffaq bo‘ladilar». VII. 6, 17. “Aleksandr Maroqandaga yetib keladi. Uning mudofaa devorlarining uzunligi 70 stadiy; shahar qo‘rg‘oni ikkinchi devor bilan o‘ralgan». VII. 1, 2. “Tanais ortidagi skif davlatining podshosi makedonlar tomonidan daryo bo‘yida asos solingan shaharni qullik bo‘yinturug‘i bo‘lishini sezib, uni vayron qilish va makedonlarni daryo qirg‘og‘idan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir otliq qo‘shin bilan birga o‘z akasi Karatazis nomli yo‘lboshchini yuboradi. Tanais baqtriylarni yevropalik skiflardan ajratadi». 4. «Ular Istr daryosining narigi yog‘idagi boshqa bir viloyatni egallab, Osiyoning chegara yerlarida joylashgan Baqtriyaga ham qo‘shni bo‘ladilar. Ular joylashgan shimol yerlaridan nariroqda qalin o‘rmonzorlar va aholi yo‘q jimjit sayhon yerlar boshlanadi; Tanais va Baqtriya bo‘ylab joylashgan yerlar, umumiy madaniy izlarga ega”. 5. «Aleksandr tayyorgarlik ko‘rmasdan birinchi bo‘lib jang qilishga erishadi, uning ko‘z o‘ngida dushman chavandozlari otda chopadilar, u esa yaradorlikdan butunlay tuzalmagan... Xullas, u do‘stlarini maslahatta chaqiradi». 6. «U dushmandan emas, noqulay vaziyatdan qo‘rqan edi. Baqtriylar isyon ko‘tardilar, skiflar bezovta qilardilar; uning o‘zi zo‘rga oyoqda turib, otga minishga ham, yo‘lboshchi bo‘lishga va askarlarni ruhlantirishga ham imkon topmadi...». 30. «Yetib kelayotgan xabarlar uning to‘xtovsiz g‘alabalari sha’niga mos kelmas edi». 31. «Yuqoridagi hikoyaga ko‘ra, u baqtriylar qo‘zg‘oloniga aybdor Spitamanga qarshi Menedemni yuboradi. U makedonlar yaqinlashib kelishi haqida eshitib va shahar atrofida qamalib qolish vaziyatidan saqlanish uchun panagohga bekinadi, shu yerdan o‘tishi mumkin bo‘lgan dushmanga hujum qilishga qaror qildi». 32. «Yo‘l pistirma uchun qulay joyni kesib o‘tadi, shu yerda u daxlarni yashintiradi. Har bir otlarida ikkita qurollangan chavandozlar bo‘ladi, kutilmaganda
 
 
ular navbat bilan yerga tushib otliqlar jangidagi dushmanlarga to‘sqinlik qiladilar». 
33. «Askarlarning epchilligi otlarning chaqqonligiga o‘xshab ketadi. Spitaman 
changalzorni o‘rab olishga buyruq berib; dushmanlarga qarshi birdaniga ortdan, 
ro‘para va yon tomonlardan hujum qiladi».  
34. «Menedem hamma tomondan o‘rab olinadi, u notanish joyda pistirmaga 
tushgan va boshqa hech iloji yo‘qligini ko‘rib, o‘z askarlariga son jihatdan ustun 
bo‘lgan dushmanlarni qirib tashlashga va mag‘rur halok bo‘lishga chaqiradi». 35. 
«Uning ostida kuchli ot bo‘lgan; ko‘p xollarda varvarlar safiga tashlanib, ularga 
daxshatli zarar keltiradi. 36. «Dushmanlar unga ko‘pdan–ko‘p o‘q otadilar. Sanoqsiz 
yaralardan zaiflanib... u jonidan judo bo‘ldi va ot ustidan yerga tushib qoladi».  
39. «Bu jangda 2000 ta piyoda askarlar va 300 ta chavandozlar halok bo‘ladi. 
Jang maydonidan 
kelgan askarlarni o‘lim jazosi bilan qo‘rqitib, 
Aleksandr mag‘lubiyat haqidagi xabarni ehtiyotlik bilan sir saqladi». 
IX. 20. «Krater bilan qo‘shinlarining katta bir qismiga ortidan yurishga 
buyruq berib, Aleksandr Maroqandaga yetib keladi, uning kelishidan Spitaman 
xabar topib, bu yerdan Baqtra tomonga qochishga majbur bo‘ladi». 
X. 
I. «So‘g‘diyona – keng hududiy masofadagi dashtli davlatdan iborat, 
cho‘llarning kengligi 80 stadiyga yaqinlashadi. To‘g‘ri yo‘nalishda – bu yirik 
davlatdir, mahalliy aholi tomonidan Politimet degan daryo mamlakat bo‘ylab 
shiddatli oqadi. Qirg‘oqlar suv yo‘li o‘zanini toraytirgandan so‘ng daryo g‘or ichiga 
oqadi va yerga singib ketadi». 4. «So‘g‘diylar asirlaridan podshoga 30 ta kuchli 
erlarni olib keladilar, ular podsho buyrug‘iga binoan o‘lim jazosiga berilishlarini 
eshitib, mag‘rur holatda g‘oyat xursand bo‘lib kuylaydilar....». 4. “Podsho ularning 
mardligidan ajablanib, ortga qaytarishga buyruq beradi va o‘lim oldidan ularning 
shodlanish sabablarini surishtiradi. Ular aytadilarki, agar o‘zlariga boshqa birov 
o‘lim jazosini berganda, qayg‘ulanib o‘lardilar, ammo o‘z ajdodlarining yoniga 
ularga hamma qabilalar ustidan g‘olib chiqqan ulug‘ podsho yuborganligidan 
xursand bo‘lib, o‘z jonajon qo‘shiqlarini aytdilar va butun jasurlar orzusi bo‘lgan 
faxrli o‘limni bayram qildilar”.
ular navbat bilan yerga tushib otliqlar jangidagi dushmanlarga to‘sqinlik qiladilar». 33. «Askarlarning epchilligi otlarning chaqqonligiga o‘xshab ketadi. Spitaman changalzorni o‘rab olishga buyruq berib; dushmanlarga qarshi birdaniga ortdan, ro‘para va yon tomonlardan hujum qiladi». 34. «Menedem hamma tomondan o‘rab olinadi, u notanish joyda pistirmaga tushgan va boshqa hech iloji yo‘qligini ko‘rib, o‘z askarlariga son jihatdan ustun bo‘lgan dushmanlarni qirib tashlashga va mag‘rur halok bo‘lishga chaqiradi». 35. «Uning ostida kuchli ot bo‘lgan; ko‘p xollarda varvarlar safiga tashlanib, ularga daxshatli zarar keltiradi. 36. «Dushmanlar unga ko‘pdan–ko‘p o‘q otadilar. Sanoqsiz yaralardan zaiflanib... u jonidan judo bo‘ldi va ot ustidan yerga tushib qoladi». 39. «Bu jangda 2000 ta piyoda askarlar va 300 ta chavandozlar halok bo‘ladi. Jang maydonidan kelgan askarlarni o‘lim jazosi bilan qo‘rqitib, Aleksandr mag‘lubiyat haqidagi xabarni ehtiyotlik bilan sir saqladi». IX. 20. «Krater bilan qo‘shinlarining katta bir qismiga ortidan yurishga buyruq berib, Aleksandr Maroqandaga yetib keladi, uning kelishidan Spitaman xabar topib, bu yerdan Baqtra tomonga qochishga majbur bo‘ladi». X. I. «So‘g‘diyona – keng hududiy masofadagi dashtli davlatdan iborat, cho‘llarning kengligi 80 stadiyga yaqinlashadi. To‘g‘ri yo‘nalishda – bu yirik davlatdir, mahalliy aholi tomonidan Politimet degan daryo mamlakat bo‘ylab shiddatli oqadi. Qirg‘oqlar suv yo‘li o‘zanini toraytirgandan so‘ng daryo g‘or ichiga oqadi va yerga singib ketadi». 4. «So‘g‘diylar asirlaridan podshoga 30 ta kuchli erlarni olib keladilar, ular podsho buyrug‘iga binoan o‘lim jazosiga berilishlarini eshitib, mag‘rur holatda g‘oyat xursand bo‘lib kuylaydilar....». 4. “Podsho ularning mardligidan ajablanib, ortga qaytarishga buyruq beradi va o‘lim oldidan ularning shodlanish sabablarini surishtiradi. Ular aytadilarki, agar o‘zlariga boshqa birov o‘lim jazosini berganda, qayg‘ulanib o‘lardilar, ammo o‘z ajdodlarining yoniga ularga hamma qabilalar ustidan g‘olib chiqqan ulug‘ podsho yuborganligidan xursand bo‘lib, o‘z jonajon qo‘shiqlarini aytdilar va butun jasurlar orzusi bo‘lgan faxrli o‘limni bayram qildilar”.
 
 
VIII. 10 “Podsho Bazaira nomli  viloyatga yo‘l oladi. 11. Bu  
viloyatning eng katta boyligi – keng daraxtzorlarda va qo‘riqxonalarda 
saqlanib yashayotgan hamda maxsus urchitilgan turli hayvon zotlari 
bo‘lganligidir. Bunga ko‘p buloqlarga ega o‘rmonzorlar ataylab ajratilgan: 
shu daraxtzorlar istehkomlar bilan o‘ralgan va ovchilar uchun burjlar va 
makonlar qurilgan». 13. «Ma’lum bo‘lishicha qo‘riqxonalaridan birida to‘rt 
avlodlar hayoti davomida hech kim ov qilmagan. Aleksandr askarlari bilan 
qo‘riqxonaning ichiga kirib hayvonlarni ov qilishga buyuradi». 
14. «Kamdan–kam uchraydigan kattalikdagi sher Aleksandrning 
ro‘parasiga yugurib chiqadi, uning yonida tasodifan turgan va keyinchalik 
podsho bo‘ladigan Lisimax hayvonni shoxdor tayoq bilan kutib olishga tayyor 
bo‘ldi. Ammo podsho o‘zni chetlashtirib va ovga xalaqit bermaslikka buyurib 
yagona o‘zim ham Lisimshaxga o‘xshab sherni o‘ldirishim mumkin deb 
gapiradi». 15. «Axir bir paytlar Suriyada ov qilib Lisimax yagona o‘zi 
kamyob kattalikdagi hayvonni o‘ldirgan. Biroq hayvon Lisimaxning chap 
yelkasini suyagigacha talab uni o‘lim xolatiga keltirgan. Shu haqida 
Lisimaxga malomat bilan eslatib, podsho o‘z jasoratini so‘zlarida emas, 
amalda isbotladi: u sherni yaqinlashtirib bir zarba bilan o‘ldiradi...». 
19. «Shu joydan u Maroqandaga qaytadi. U Artabozni faxrli yoshiga 
ko‘ra hokimligidan ozod qilib, viloyatni Klit idorasiga o‘tkazadi. Xuddi shu 
Klit Granik daryosi yonida Aleksandrni o‘z qalqoni bilan bekitib, podsho 
boshi ustida Rezak tomonidan ko‘tarilgan qilichli qo‘lni kesib tashlaydi».  
Strabon, «Geografiya». XI – kitob, XI bob, 3: «Oldingi zamonlarda 
baqtriylar, so‘g‘diylarning turmush tarzi va urf–odatlari ko‘chmanchilarning 
turmushi tarzidan ko‘p farq qilmagan, ammo baqtriylarning a’analari ancha 
yuqori madaniyatga ega bo‘lgan; lekin ular haqidagi Onesikritning fikri 
maqtovga sazovor bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarilik va kasallikdan 
qattiq toliqqan odamlarni ular maxsus boqilgan va o‘zlarining mahalliy 
tillarida «go‘rkovlar» degan itlarga tashlaganlar, Baqtriylar poytaxti 
devorlaridan tashqari joylar toza bo‘lgan, lekin davlat ichkarisidagi
VIII. 10 “Podsho Bazaira nomli viloyatga yo‘l oladi. 11. Bu viloyatning eng katta boyligi – keng daraxtzorlarda va qo‘riqxonalarda saqlanib yashayotgan hamda maxsus urchitilgan turli hayvon zotlari bo‘lganligidir. Bunga ko‘p buloqlarga ega o‘rmonzorlar ataylab ajratilgan: shu daraxtzorlar istehkomlar bilan o‘ralgan va ovchilar uchun burjlar va makonlar qurilgan». 13. «Ma’lum bo‘lishicha qo‘riqxonalaridan birida to‘rt avlodlar hayoti davomida hech kim ov qilmagan. Aleksandr askarlari bilan qo‘riqxonaning ichiga kirib hayvonlarni ov qilishga buyuradi». 14. «Kamdan–kam uchraydigan kattalikdagi sher Aleksandrning ro‘parasiga yugurib chiqadi, uning yonida tasodifan turgan va keyinchalik podsho bo‘ladigan Lisimax hayvonni shoxdor tayoq bilan kutib olishga tayyor bo‘ldi. Ammo podsho o‘zni chetlashtirib va ovga xalaqit bermaslikka buyurib yagona o‘zim ham Lisimshaxga o‘xshab sherni o‘ldirishim mumkin deb gapiradi». 15. «Axir bir paytlar Suriyada ov qilib Lisimax yagona o‘zi kamyob kattalikdagi hayvonni o‘ldirgan. Biroq hayvon Lisimaxning chap yelkasini suyagigacha talab uni o‘lim xolatiga keltirgan. Shu haqida Lisimaxga malomat bilan eslatib, podsho o‘z jasoratini so‘zlarida emas, amalda isbotladi: u sherni yaqinlashtirib bir zarba bilan o‘ldiradi...». 19. «Shu joydan u Maroqandaga qaytadi. U Artabozni faxrli yoshiga ko‘ra hokimligidan ozod qilib, viloyatni Klit idorasiga o‘tkazadi. Xuddi shu Klit Granik daryosi yonida Aleksandrni o‘z qalqoni bilan bekitib, podsho boshi ustida Rezak tomonidan ko‘tarilgan qilichli qo‘lni kesib tashlaydi». Strabon, «Geografiya». XI – kitob, XI bob, 3: «Oldingi zamonlarda baqtriylar, so‘g‘diylarning turmush tarzi va urf–odatlari ko‘chmanchilarning turmushi tarzidan ko‘p farq qilmagan, ammo baqtriylarning a’analari ancha yuqori madaniyatga ega bo‘lgan; lekin ular haqidagi Onesikritning fikri maqtovga sazovor bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qarilik va kasallikdan qattiq toliqqan odamlarni ular maxsus boqilgan va o‘zlarining mahalliy tillarida «go‘rkovlar» degan itlarga tashlaganlar, Baqtriylar poytaxti devorlaridan tashqari joylar toza bo‘lgan, lekin davlat ichkarisidagi
 
 
hududning katta bir qismi odamlar suyaklari bilan to‘ldirilgan. Aleksandr bu 
urf–odatni yo‘q qildi. Shunga o‘xshagan hikoyalarni kaspiylar haqida ham 
aytib beradilar: ular 70 yoshdan oshgan o‘z ota–onalarini qamab qo‘yadilar 
va och qoldiradilar”.  
XI. 4. «Aytishlaricha, Aleksandr Baqtriya va So‘g‘diyonada 8ta 
shaharga asos solgan va ko‘plarini vayron qilgan. Vayron qilganlari 
jumlasidan Baqtriyadagi Kariata (bu yerda Kallisfen qo‘lga tushib qamoqqa 
olingan), So‘g‘diyonadagi Maroqanda va Kira – Yaksart daryosidagi Kir 
tomonidan  qurilgan oxirgi shahar; bu fors, davlatining chekkasi bo‘lgan. 
Aleksandr Kirni hurmat–izzat qilgan bo‘lsa ham, bu shahar aholisining 
ko‘pdan–ko‘p qo‘zg‘olonlari sabablariga ko‘ra, uni vayron qilishga buyruq 
bergan...».  
XI. 5. «So‘g‘diyona ichidan oqayotgan daryoni, Aristovulning 
aytishicha, makedonlar Politimet deb atashgan (xuddi shunday ular boshqa 
ko‘p nomlarni almashtirganlar va qisman o‘zgartirganlar). Ariylar yeridan 
oqayotgan Ariy daryosiga o‘xshab bu daryo davlat yerlarini sug‘orib dasht va 
sahro viloyatiga intiladi va qumlar ichida yo‘qolib ketadi». 
 
8.2 Siyosiy voqealar. Aleksandr va Spitaman.  
Yunon–makedonlarga qarshi kurash 
 
Mil.avv. 329 yilda Aleksandr 15 kun davomida muz– qorli Hinduqush 
tog‘idan o‘tib Baqtriyaning 
markazi Baqtra, Aorn 
va Drapsak shaharlarini jangsiz istilo qiladi. Baqtriya va So‘g‘diyonaning 
satrapi – hokimi Bess oxirgi ahamoniy      podsho Doro III ni o‘ldirishda 
qatnashib, o‘zini Artakserks nomida «ulug‘ podsho» deb e’lon qiladi va 
So‘g‘diyonaning Nautaka viloyatiga qochishga majbur bo‘ladi.  
Baqtradan Maroqanda shahrigacha yetib borish vaqti  to‘g‘ri 
yo‘nalishda 12 kunga teng bo‘lgan. Ahamoniylar davridan boshlab bir kunlik 
yo‘l o‘lchovi, Gerodotning aytishicha 50 stadiy yoki 5 farsax (28 km).
hududning katta bir qismi odamlar suyaklari bilan to‘ldirilgan. Aleksandr bu urf–odatni yo‘q qildi. Shunga o‘xshagan hikoyalarni kaspiylar haqida ham aytib beradilar: ular 70 yoshdan oshgan o‘z ota–onalarini qamab qo‘yadilar va och qoldiradilar”. XI. 4. «Aytishlaricha, Aleksandr Baqtriya va So‘g‘diyonada 8ta shaharga asos solgan va ko‘plarini vayron qilgan. Vayron qilganlari jumlasidan Baqtriyadagi Kariata (bu yerda Kallisfen qo‘lga tushib qamoqqa olingan), So‘g‘diyonadagi Maroqanda va Kira – Yaksart daryosidagi Kir tomonidan qurilgan oxirgi shahar; bu fors, davlatining chekkasi bo‘lgan. Aleksandr Kirni hurmat–izzat qilgan bo‘lsa ham, bu shahar aholisining ko‘pdan–ko‘p qo‘zg‘olonlari sabablariga ko‘ra, uni vayron qilishga buyruq bergan...». XI. 5. «So‘g‘diyona ichidan oqayotgan daryoni, Aristovulning aytishicha, makedonlar Politimet deb atashgan (xuddi shunday ular boshqa ko‘p nomlarni almashtirganlar va qisman o‘zgartirganlar). Ariylar yeridan oqayotgan Ariy daryosiga o‘xshab bu daryo davlat yerlarini sug‘orib dasht va sahro viloyatiga intiladi va qumlar ichida yo‘qolib ketadi». 8.2 Siyosiy voqealar. Aleksandr va Spitaman. Yunon–makedonlarga qarshi kurash Mil.avv. 329 yilda Aleksandr 15 kun davomida muz– qorli Hinduqush tog‘idan o‘tib Baqtriyaning markazi Baqtra, Aorn va Drapsak shaharlarini jangsiz istilo qiladi. Baqtriya va So‘g‘diyonaning satrapi – hokimi Bess oxirgi ahamoniy podsho Doro III ni o‘ldirishda qatnashib, o‘zini Artakserks nomida «ulug‘ podsho» deb e’lon qiladi va So‘g‘diyonaning Nautaka viloyatiga qochishga majbur bo‘ladi. Baqtradan Maroqanda shahrigacha yetib borish vaqti to‘g‘ri yo‘nalishda 12 kunga teng bo‘lgan. Ahamoniylar davridan boshlab bir kunlik yo‘l o‘lchovi, Gerodotning aytishicha 50 stadiy yoki 5 farsax (28 km).
 
 
So‘g‘diyonaga yurishlar Baqtra shahridan boshlangan.Aleksandr oziq–ovqat 
mahsulotolarini yetarli g‘amlab olib, Oks – Amudaryoga yo‘l oladi.  
Rim tarixchisi Kursiy Rufning fikriga ko‘ra,  Baqtradan Oks 
daryosigacha bo‘lgan masofa 400 stadiy (75 km) bo‘lgan. Bu masofani 
Aleksandr askarlari ikki yarim kun davomida bosib o‘tib,  Amudaryoni 
Termiz va Kalif o‘rtasida kechib o‘tadilar. Amudaryodan kechib o‘tishning 
eng qadimgi joyi Termizdan g‘arbdagi Sho‘rob va Cho‘chqa Guzar bo‘lgan. 
Sho‘rob o‘rnida mil. avv. VI—IV asrlarga oid qishloq xarobalari topilgan. 
 
 
Makedoniyalik Aleksandr    
 
Bu vaqtda Bess – Artakserks So‘g‘diyona ichkarisiga qarab ketadi, 
ammo yangi podshoni so‘g‘diylar Spitaman, Arimaz, Avstan (Gavstan) va 
Datafernlar asirlikka olib Aleksandrga topshirishga tayyor bo‘ladilar. 
Aleksandr bundan xabardor bo‘lib, shoshilich ravishda lashkarboshi 
Ptolemey Lagni Nautakaga yuboradi. Arrianiing aytishicha, Oksdan 
Nautakagacha o‘n kunlik yo‘l bo‘lgan, ammo bu masofani Ptolemey 
qo‘shinlari to‘rt kun ichida bosib o‘tganlar. Soqchilar o‘zlari qo‘riqlab turgan 
Bessni 
maxsus 
joyda 
qoldirib, 
Spitaman 
tarafdorlari 
bilan 
birga 
makedoniyaliklar uchun noma’lum bo‘lgan tomonga qarab ketadilar.
So‘g‘diyonaga yurishlar Baqtra shahridan boshlangan.Aleksandr oziq–ovqat mahsulotolarini yetarli g‘amlab olib, Oks – Amudaryoga yo‘l oladi. Rim tarixchisi Kursiy Rufning fikriga ko‘ra, Baqtradan Oks daryosigacha bo‘lgan masofa 400 stadiy (75 km) bo‘lgan. Bu masofani Aleksandr askarlari ikki yarim kun davomida bosib o‘tib, Amudaryoni Termiz va Kalif o‘rtasida kechib o‘tadilar. Amudaryodan kechib o‘tishning eng qadimgi joyi Termizdan g‘arbdagi Sho‘rob va Cho‘chqa Guzar bo‘lgan. Sho‘rob o‘rnida mil. avv. VI—IV asrlarga oid qishloq xarobalari topilgan. Makedoniyalik Aleksandr Bu vaqtda Bess – Artakserks So‘g‘diyona ichkarisiga qarab ketadi, ammo yangi podshoni so‘g‘diylar Spitaman, Arimaz, Avstan (Gavstan) va Datafernlar asirlikka olib Aleksandrga topshirishga tayyor bo‘ladilar. Aleksandr bundan xabardor bo‘lib, shoshilich ravishda lashkarboshi Ptolemey Lagni Nautakaga yuboradi. Arrianiing aytishicha, Oksdan Nautakagacha o‘n kunlik yo‘l bo‘lgan, ammo bu masofani Ptolemey qo‘shinlari to‘rt kun ichida bosib o‘tganlar. Soqchilar o‘zlari qo‘riqlab turgan Bessni maxsus joyda qoldirib, Spitaman tarafdorlari bilan birga makedoniyaliklar uchun noma’lum bo‘lgan tomonga qarab ketadilar.
 
 
Yo‘lboshchilar va jangchilarsiz qoldirilgan Nautaka hamda Maroqanda 
shaharlarini Aleksandr osonlik bilan qo‘lga kiritadi. Faqat Maroqanda 
atrofida joylashgan bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatgan so‘g‘diylar uy–
qo‘rg‘onlari podsho buyrug‘iga binoan vayron qilinadi.  
Aleksandr Maroqanda shahrida o‘z harbiylaring bir qismini qoldirib, 
Sirdaryo –Yaksart tomonga yo‘l oladi. Maroqanda va hozirgi Xo‘jand 
o‘rtasidagi Ustrushona tog‘larida makedoniyalik qo‘shinlarga mahalliy aholi 
– mamakenlar hujum qiladilar. Aleksandr yaralanadi. Kuchli jang 
Aleksandrning g‘alabasi bilan yakunlanib, unda 22 ming ustrushonaliklar 
halok bo‘ladi. 
Sirdaryo etagidan uzoq bo‘lmagan Kiropolis shahri qamal qilinadi. Shu 
davrda Yaksartning shimoliy qirg‘og‘ida saklar to‘planib makedonlarga 
hujum uyushtirish hozirlanadilar. Aleksandr hozirgi Bekobod va Xo‘jand 
oralig‘ida Sirdaryodan kechib o‘tadi va kattiq jangdan so‘ng saklar 
chekinadilar.  
Aleksandr ortga qaaytib Yaksart bo‘yida Aleksandriya Esxata (uzoq, 
chekka Aleksandriya) shahriga asos soladi. Shu davrda kutilmaganda 
So‘g‘diyonadan xavotirli xabar keladi – Spitaman boshchiligida yunon-
makedonlarga 
qarshi 
qo‘zg‘olon 
boshlanadi 
va 
Maroqandadagi 
Aleksandrning harbiy qismlari qamal qlinadi.  
Qo‘zg‘olonchilarni tor–mor qilish uchun Aleksandr Farnux va Karan 
boshchiligidagi piyoda hamda otliq asrkarlarni Maroqandaga shoshilinch 
jo‘natadi. Politimet – Zarafshon bo‘yidagi jangda Spitaman yunonlar ustidan 
g‘alaba qozonadi, ikki mingdan ortiq yunon–makedonlar halok bo‘ladilar. 
Aleksandr uchun bu ham katta mag‘lubiyat bo‘lib, Spitamanga qarshi jiddiy  
tayyorgallik qo‘rishni  talab qiladi. 
Aleksandr 
asosiy 
kuchlari 
bilan 
Maroqandaga 
yetib 
keladi, 
ammo,Spitaman Maroqandadan shimolga va keyinchalik Buxoro vohasiga
 
chekinadi. G‘azablangan Aleksandr (u hali biror marta yengilmagan
Yo‘lboshchilar va jangchilarsiz qoldirilgan Nautaka hamda Maroqanda shaharlarini Aleksandr osonlik bilan qo‘lga kiritadi. Faqat Maroqanda atrofida joylashgan bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatgan so‘g‘diylar uy– qo‘rg‘onlari podsho buyrug‘iga binoan vayron qilinadi. Aleksandr Maroqanda shahrida o‘z harbiylaring bir qismini qoldirib, Sirdaryo –Yaksart tomonga yo‘l oladi. Maroqanda va hozirgi Xo‘jand o‘rtasidagi Ustrushona tog‘larida makedoniyalik qo‘shinlarga mahalliy aholi – mamakenlar hujum qiladilar. Aleksandr yaralanadi. Kuchli jang Aleksandrning g‘alabasi bilan yakunlanib, unda 22 ming ustrushonaliklar halok bo‘ladi. Sirdaryo etagidan uzoq bo‘lmagan Kiropolis shahri qamal qilinadi. Shu davrda Yaksartning shimoliy qirg‘og‘ida saklar to‘planib makedonlarga hujum uyushtirish hozirlanadilar. Aleksandr hozirgi Bekobod va Xo‘jand oralig‘ida Sirdaryodan kechib o‘tadi va kattiq jangdan so‘ng saklar chekinadilar. Aleksandr ortga qaaytib Yaksart bo‘yida Aleksandriya Esxata (uzoq, chekka Aleksandriya) shahriga asos soladi. Shu davrda kutilmaganda So‘g‘diyonadan xavotirli xabar keladi – Spitaman boshchiligida yunon- makedonlarga qarshi qo‘zg‘olon boshlanadi va Maroqandadagi Aleksandrning harbiy qismlari qamal qlinadi. Qo‘zg‘olonchilarni tor–mor qilish uchun Aleksandr Farnux va Karan boshchiligidagi piyoda hamda otliq asrkarlarni Maroqandaga shoshilinch jo‘natadi. Politimet – Zarafshon bo‘yidagi jangda Spitaman yunonlar ustidan g‘alaba qozonadi, ikki mingdan ortiq yunon–makedonlar halok bo‘ladilar. Aleksandr uchun bu ham katta mag‘lubiyat bo‘lib, Spitamanga qarshi jiddiy tayyorgallik qo‘rishni talab qiladi. Aleksandr asosiy kuchlari bilan Maroqandaga yetib keladi, ammo,Spitaman Maroqandadan shimolga va keyinchalik Buxoro vohasiga chekinadi. G‘azablangan Aleksandr (u hali biror marta yengilmagan
 
 
edi) Maroqanda va Quyi Zarafshon dashtlari oralig‘idagi tinch aholini qirib 
tashlaydi. 
Mil. avv 328 yilda Spitaman Baqtriyada va Quyi Zarafshonda yunon-
makedonlarga qarshi hujum uyushtiradi. Ammo, bu janglar qo‘zg‘olonchilar 
uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanadi va Spitaman saklar bilan  cho‘lga 
qochishga majbur bo‘ladi. Saklar Aleksandrning ko‘chmanchilar yerlariga 
hujumga 
tayyorgarlik 
ko‘rayotganida 
xabardor 
bo‘lib, 
Spitamanni 
o‘ldiradilar. 
Sug‘diyona xarobaga aylanib qoladi, juda ko‘p sug‘diylar tog‘larga 
qochib yashirinadilar. Mil. avv. 327 yilda 
Aleksandr  Hisor tizmasida 
joylashgan Oksiart egallab turgan «So‘g‘d qal’asi»ni qo‘lga kiritib, uning 
go‘zal qizi Ravshana–Ruxshanakka (Roksana) uylanadi. 
Yana bir qudratli qal’a (Xorien yoki Sizimitr) Sug‘diyona va Baqtriya 
chegaralaridagi tog‘larda joylashgan. Bu yerda Xorienning oila a’zolari 
hamda yaqin qarindoshlari, tarafdorlari va xizmatkorlari yashiringan edi. 
Xorien o‘z ixtiyori bilan Aleksandrga bo‘ysunishga rozi bo‘lgan. Albatta, 
Oksiart va Xorienga o‘xshagan shaxslar o‘z hayotini, tinchligini va mol–
mulklarini himoya qilganlar. Jasur Spitaman ham o‘zini saqlashi mumkin edi, 
ammo u chet el bosqinchilariga qarshi vatanning mustaqilligi uchun kurashdi. 
Spitaman uchun vatanparvarlik va ona yer mudofaasi muqaddas burch 
bo‘lgan. 
Rus olimi V.V.Grigorev vatanparvar so‘g‘diylarga va ularning boshlig‘i 
Spitamanga xurmat–izzat bilan juda yuksak baho bergan: “Agar Doro 
Aleksandrdan o‘z podsholigini himoya qilolmagan bo‘lsa, Bess razil nomard 
chiqqan bo‘lsa ham, ammo bu yerda, Turonda, shunday yuraklar topildiki, 
ular chet elliklarga bo‘ysunish sezgisiga itoat etmadilar, shunday qo‘llar 
topildiki ular chaqirilmagan begonalarga qarshi xalq qasosini namoyon 
etdilar”. Shuni ta’kidlash joizki, Spitaman Zardusht singari qadimiy Spitaman 
urug‘idan kelib chiqqan. Shu bois uning nomini “Spitaman” deb atash tarixiy
edi) Maroqanda va Quyi Zarafshon dashtlari oralig‘idagi tinch aholini qirib tashlaydi. Mil. avv 328 yilda Spitaman Baqtriyada va Quyi Zarafshonda yunon- makedonlarga qarshi hujum uyushtiradi. Ammo, bu janglar qo‘zg‘olonchilar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanadi va Spitaman saklar bilan cho‘lga qochishga majbur bo‘ladi. Saklar Aleksandrning ko‘chmanchilar yerlariga hujumga tayyorgarlik ko‘rayotganida xabardor bo‘lib, Spitamanni o‘ldiradilar. Sug‘diyona xarobaga aylanib qoladi, juda ko‘p sug‘diylar tog‘larga qochib yashirinadilar. Mil. avv. 327 yilda Aleksandr Hisor tizmasida joylashgan Oksiart egallab turgan «So‘g‘d qal’asi»ni qo‘lga kiritib, uning go‘zal qizi Ravshana–Ruxshanakka (Roksana) uylanadi. Yana bir qudratli qal’a (Xorien yoki Sizimitr) Sug‘diyona va Baqtriya chegaralaridagi tog‘larda joylashgan. Bu yerda Xorienning oila a’zolari hamda yaqin qarindoshlari, tarafdorlari va xizmatkorlari yashiringan edi. Xorien o‘z ixtiyori bilan Aleksandrga bo‘ysunishga rozi bo‘lgan. Albatta, Oksiart va Xorienga o‘xshagan shaxslar o‘z hayotini, tinchligini va mol– mulklarini himoya qilganlar. Jasur Spitaman ham o‘zini saqlashi mumkin edi, ammo u chet el bosqinchilariga qarshi vatanning mustaqilligi uchun kurashdi. Spitaman uchun vatanparvarlik va ona yer mudofaasi muqaddas burch bo‘lgan. Rus olimi V.V.Grigorev vatanparvar so‘g‘diylarga va ularning boshlig‘i Spitamanga xurmat–izzat bilan juda yuksak baho bergan: “Agar Doro Aleksandrdan o‘z podsholigini himoya qilolmagan bo‘lsa, Bess razil nomard chiqqan bo‘lsa ham, ammo bu yerda, Turonda, shunday yuraklar topildiki, ular chet elliklarga bo‘ysunish sezgisiga itoat etmadilar, shunday qo‘llar topildiki ular chaqirilmagan begonalarga qarshi xalq qasosini namoyon etdilar”. Shuni ta’kidlash joizki, Spitaman Zardusht singari qadimiy Spitaman urug‘idan kelib chiqqan. Shu bois uning nomini “Spitaman” deb atash tarixiy
 
 
haqiqatga javob beradi. Biroq, adabiyotlarda bu ism an’naviy “Spitamen” 
shaklida noto‘g‘ri yoritiladi. 
Aleksandr Baqtriya, Sug‘diyona va Ustrushonaning bir qismini istilo 
qilib, mil.avv. 327 yilda Hindistonga hujum boshlaydi. O‘rta Osiyoda 
Xorazm, Choch, Farg‘ona va saklar yurti mustaqil bo‘lib qoladi. So‘g‘diyona, 
Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya yangi davlatga qo‘shilib, keyinchalik 
ularning tuprog‘ida ayrim yunon–makedon davlatlari vujudga keladi. 
 
 
Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari 
 
Aleksandrning tarixi jahon adabiyotlarida juda ham mashhurdir. Uning 
faoliyati va yurishlari haqida yunonlar, rumiylar, forslar va arablar qadimgi 
zamonlarda hamda o‘rta asrlarda ko‘p asarlar yozganlar. Bu asarlarning 
mualliflari Aleksandrni tarixiy shaxs sifatida turlicha baholaganlar (jahon 
xalqlarini va davlatlarni birlashtiruvchi podsho, adolatli dunyo davlatiga asos
haqiqatga javob beradi. Biroq, adabiyotlarda bu ism an’naviy “Spitamen” shaklida noto‘g‘ri yoritiladi. Aleksandr Baqtriya, Sug‘diyona va Ustrushonaning bir qismini istilo qilib, mil.avv. 327 yilda Hindistonga hujum boshlaydi. O‘rta Osiyoda Xorazm, Choch, Farg‘ona va saklar yurti mustaqil bo‘lib qoladi. So‘g‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya yangi davlatga qo‘shilib, keyinchalik ularning tuprog‘ida ayrim yunon–makedon davlatlari vujudga keladi. Makedoniyalik Aleksandrning harbiy yurishlari Aleksandrning tarixi jahon adabiyotlarida juda ham mashhurdir. Uning faoliyati va yurishlari haqida yunonlar, rumiylar, forslar va arablar qadimgi zamonlarda hamda o‘rta asrlarda ko‘p asarlar yozganlar. Bu asarlarning mualliflari Aleksandrni tarixiy shaxs sifatida turlicha baholaganlar (jahon xalqlarini va davlatlarni birlashtiruvchi podsho, adolatli dunyo davlatiga asos
 
 
solishni maqsad qilgan shaxs yoki bosqinchi, xalqlarni zabt etuvchi, o‘lim va 
zulm keltiruvchi    podsho kabi fikr – xulosalar). Plutarxning aytishicha, 
“Aleksandr Osiyoga qaroqchi bo‘lib o‘tmadi, uning orzusi kutilmagan omad 
bergan o‘lja–boyliklarni qo‘lga kiritish maqsadidan tashqari bu dunyoda 
hammani bir qonunga tobe qilish va bir davlatga to‘plab, insonlarni bir xalqqa 
birlashtirish edi”. 
Sharqdagi o‘rta asrlarga oid adabiyotlarda makedoniyalik  Aleksandr  
jasur podsho va bahodir jangchi sifatida ham yoritilib, uning bosqinchilik 
urushlari, mahalliy aholini qirib tashlash, shaharlarni vayron qilishiga e’tibor 
berilmagan. Aleksandr Sharq xalqlarini ahamoniylar zulmidan ozod qilib, 
ularining ustiga yunon-makedonlar zulmini o‘rnatdi. Podsholar va hokimlar 
almashib, siyosat o‘zgardi, ammo xalqlar mustaqil bo‘lmadi. Bu zulmdan 
qutulish uchun O‘rta Osiyo xalqlariga ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. 
Makedoniyalik Aleksandr   o‘z davrining farzandi edi. Shu zamonning 
siyosiy jarayonlari shunday podsho shaxsni talab etdi va so‘nggi davrlarda 
ham bosqinchilik urushlarining o‘choqlari ikki tomonlama — G‘arbda va 
Sharqda paydo bo‘lib, yuzlab mamlakatlarga, shaharlarga, xalqlarga azob va 
o‘lim keltirdi. Bu voqealarga vaqt o‘zi to‘g‘ri baho bergan. 
Aleksandrning harbiy yurishlari  Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng 
savdo–sotiq hamda madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Aleksandr  
va uning yaqin lashkarboshilarining vafotidan so‘ng mahalliy hamda yunon 
madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning ta’sirini 
moddiy 
madaniyatning 
rivojlanishida, 
qurilish 
va 
me’morchilikda, 
kulolchilik va tasviriy san’atda, yangi alifbo va yozuvlarning tarqalishida, 
tangashunoslikda hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar 
Qadimgi Sharqning juda ko‘p madaniy yutuqlarini qabul qiladilar va 
o‘zlarining madaniy ta’sirlarini ham mahalliy aholining madaniyatiga joriy 
etadilar. 
Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari yozma manbalarda Qadimgi 
Sharq va O‘rta Osiyodagi tarixiy–geografik ma’lumotlarning ko‘payishiga
solishni maqsad qilgan shaxs yoki bosqinchi, xalqlarni zabt etuvchi, o‘lim va zulm keltiruvchi podsho kabi fikr – xulosalar). Plutarxning aytishicha, “Aleksandr Osiyoga qaroqchi bo‘lib o‘tmadi, uning orzusi kutilmagan omad bergan o‘lja–boyliklarni qo‘lga kiritish maqsadidan tashqari bu dunyoda hammani bir qonunga tobe qilish va bir davlatga to‘plab, insonlarni bir xalqqa birlashtirish edi”. Sharqdagi o‘rta asrlarga oid adabiyotlarda makedoniyalik Aleksandr jasur podsho va bahodir jangchi sifatida ham yoritilib, uning bosqinchilik urushlari, mahalliy aholini qirib tashlash, shaharlarni vayron qilishiga e’tibor berilmagan. Aleksandr Sharq xalqlarini ahamoniylar zulmidan ozod qilib, ularining ustiga yunon-makedonlar zulmini o‘rnatdi. Podsholar va hokimlar almashib, siyosat o‘zgardi, ammo xalqlar mustaqil bo‘lmadi. Bu zulmdan qutulish uchun O‘rta Osiyo xalqlariga ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Makedoniyalik Aleksandr o‘z davrining farzandi edi. Shu zamonning siyosiy jarayonlari shunday podsho shaxsni talab etdi va so‘nggi davrlarda ham bosqinchilik urushlarining o‘choqlari ikki tomonlama — G‘arbda va Sharqda paydo bo‘lib, yuzlab mamlakatlarga, shaharlarga, xalqlarga azob va o‘lim keltirdi. Bu voqealarga vaqt o‘zi to‘g‘ri baho bergan. Aleksandrning harbiy yurishlari Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng savdo–sotiq hamda madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Aleksandr va uning yaqin lashkarboshilarining vafotidan so‘ng mahalliy hamda yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning ta’sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va me’morchilikda, kulolchilik va tasviriy san’atda, yangi alifbo va yozuvlarning tarqalishida, tangashunoslikda hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar Qadimgi Sharqning juda ko‘p madaniy yutuqlarini qabul qiladilar va o‘zlarining madaniy ta’sirlarini ham mahalliy aholining madaniyatiga joriy etadilar. Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari yozma manbalarda Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyodagi tarixiy–geografik ma’lumotlarning ko‘payishiga
 
 
asos solgan. Harbiy yurishlardan oldin Aleksandr Qadimgi Sharq aholisining 
joylashuvi va mamlakatlarning hududiy chegaralari bilan tanishib olishda 
Skilak, Gekatey, Gerodot va Ktesiylarning xabarlariga asoslanishi mumkin 
edi. O‘rta Osiyo va Hindistonga yetib kelgandan so‘ng yunon–
makedonlarning tarixiy–geografik ma’lumotlari ancha kengayadi. Dastavval, 
dunyo chegaralari («oykumena») Yaksart va Hind daryosidan o‘tmaganligi 
ma’lum bo‘ladi. Yaksartning narigi  yog‘idagi bepoyon  cho‘llar, Hind daryosining 
narigi yog‘ida yana bir sersuv daryo Gang dahshatli o‘rmonzorlar va baland 
cho‘qqili tog‘lar Aleksandrni ajablantirib, dunyo chegaralarining bu yerda 
boshlanmaganligi podshoni achchiq afsuslantiradi. Butun dunyo xalqlarini 
umumiy davlatga birlashtirish, Aleksandr uchun hech qachon yechilmaydigan 
muammo hayoliy orzu bo‘lib qoladi.  
Aleksandrning Hindistonga yurishlari paytida So‘g‘diyona, Eron, Old 
Osiyodan to Afina shahrigacha bo‘lgan hududlarda uning halok bo‘lganligi haqidagi 
qayg‘uli xabar tarqaladi. Ko‘pchilik uchun, ayniqsa davlat taxtini qo‘lga olib podsho 
bo‘lish maqsadini qo‘ygan shuhratparast hokimlar uchun bu xushxabar edi. Ular 
Aleksandrga nisbatan qo‘rquvni yo‘qotib juda xursand bo‘ladilar, boshqalar esa 
qayg‘ulanadilar. Afina shahrida motamga tayyorgarlik boshlanganda bir so‘zlovchi 
paydo bo‘lib, bunday deydi: «Afinaliklar, Aleksandr halok bo‘lmadi, bo‘lmasa 
uning jasadini butun dunyo birdaniga his qilar edi». Aleksandrning ulug‘vorligi va 
shon–sharafligi e’tirof qilindi.  
Shu davrda uzoq Hindistonda yunon–makedoniyalik askarlar harbiy 
yurishlarni davom ettirishga rozi bo‘lmaydilar. To‘xtovsiz janglar va shaharlarni 
qamal qilish, notanish xavfli yurtlar, yangi va yangi tog‘lar bilan bepoyon ketma-ket 
cho‘llar, keng chuqur daryolar ularning joniga tegib, endi boshqa qiziqtirmasdi. 
Begona o‘lkalarning yo‘llarida makedoniyaliklarni har bir qadamda o‘lim yoki 
yaradorlik kutib olardi. Nayza va xanjarlarni zang bosib, ularni yaroqsiz holga 
keltirib qo‘ydi. Bosqinchilarning chidamligida ham aniq bir chegara bor. Yunon–
makedonlar Sharqdagi urushlardan va qon to‘qilishidan charchagan edilar.
asos solgan. Harbiy yurishlardan oldin Aleksandr Qadimgi Sharq aholisining joylashuvi va mamlakatlarning hududiy chegaralari bilan tanishib olishda Skilak, Gekatey, Gerodot va Ktesiylarning xabarlariga asoslanishi mumkin edi. O‘rta Osiyo va Hindistonga yetib kelgandan so‘ng yunon– makedonlarning tarixiy–geografik ma’lumotlari ancha kengayadi. Dastavval, dunyo chegaralari («oykumena») Yaksart va Hind daryosidan o‘tmaganligi ma’lum bo‘ladi. Yaksartning narigi yog‘idagi bepoyon cho‘llar, Hind daryosining narigi yog‘ida yana bir sersuv daryo Gang dahshatli o‘rmonzorlar va baland cho‘qqili tog‘lar Aleksandrni ajablantirib, dunyo chegaralarining bu yerda boshlanmaganligi podshoni achchiq afsuslantiradi. Butun dunyo xalqlarini umumiy davlatga birlashtirish, Aleksandr uchun hech qachon yechilmaydigan muammo hayoliy orzu bo‘lib qoladi. Aleksandrning Hindistonga yurishlari paytida So‘g‘diyona, Eron, Old Osiyodan to Afina shahrigacha bo‘lgan hududlarda uning halok bo‘lganligi haqidagi qayg‘uli xabar tarqaladi. Ko‘pchilik uchun, ayniqsa davlat taxtini qo‘lga olib podsho bo‘lish maqsadini qo‘ygan shuhratparast hokimlar uchun bu xushxabar edi. Ular Aleksandrga nisbatan qo‘rquvni yo‘qotib juda xursand bo‘ladilar, boshqalar esa qayg‘ulanadilar. Afina shahrida motamga tayyorgarlik boshlanganda bir so‘zlovchi paydo bo‘lib, bunday deydi: «Afinaliklar, Aleksandr halok bo‘lmadi, bo‘lmasa uning jasadini butun dunyo birdaniga his qilar edi». Aleksandrning ulug‘vorligi va shon–sharafligi e’tirof qilindi. Shu davrda uzoq Hindistonda yunon–makedoniyalik askarlar harbiy yurishlarni davom ettirishga rozi bo‘lmaydilar. To‘xtovsiz janglar va shaharlarni qamal qilish, notanish xavfli yurtlar, yangi va yangi tog‘lar bilan bepoyon ketma-ket cho‘llar, keng chuqur daryolar ularning joniga tegib, endi boshqa qiziqtirmasdi. Begona o‘lkalarning yo‘llarida makedoniyaliklarni har bir qadamda o‘lim yoki yaradorlik kutib olardi. Nayza va xanjarlarni zang bosib, ularni yaroqsiz holga keltirib qo‘ydi. Bosqinchilarning chidamligida ham aniq bir chegara bor. Yunon– makedonlar Sharqdagi urushlardan va qon to‘qilishidan charchagan edilar.
 
 
Hindistonda Aleksandr oykumena chegaralarida joylashgan aholini zabt 
etish maqsadiga erishmaydi va o‘z orzulari bilan yakka bo‘lib qoladi. Uzoq 
Hind daryosi chegaralarida Aleksandr harbiylariga ulug‘ podsho, vatan tuyg‘usi va 
urushlar xudosi bo‘lgan bo‘lsa ham uning jangovar askarlari oldinga bir qadam ham 
yurishni orzu qilmaydilar. Ular yurishlarni to‘xtatishni iltimos qiladilar. Agar 
podsho bunga  rozi bo‘lmasa, u barcha sodda jangchilarni qirib tashlab, Gang 
daryosiga sharqiy otasi – misrlik xudo Amon bilan birgalikda yurish mumkin, deb 
o‘ylaydilar makedonlar.  
Aleksandr sharqiy yurishlar to‘xtatilishini e’lon qilib, yana bir yuksak 
g‘alabani qo‘lga kiritadi – jangchilar behad xursandchilikka sazovor bo‘ladilar. 
Mil.avv. 325 yilda makedonlarlar kemalardan foydalanib, Hind daryosi orqali 
okeanga yetib boradilar. Shundan so‘ng Nearx boshchiligida harbiylarning bir qismi 
kemalarda Fors qo‘ltig‘iga qarab suzadilar. Aleksandr va makedonlarning boshqa 
bir qismi Gedrosiyo sahrolar ikchkarisiga kirib, Eronga yo‘l oladilar. Mil.avv. 324 
yilda ularning hammasi dengiz va  sahro yo‘llarida juda qattiq azob tortib, Erondagi 
Suza shahrida uchrashadilar.  
 Makedoniya, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Hindistongacha cho‘zilgan 
sayhon yerlarda yirik davlatga asos solinadi. Bu davlatning poytaxti qilib Aleksandr 
Bobil shahrini e’lon qiladi. Ammo uning asoschisi vafotidan so‘ng (mil.avv.323 yil) 
taxt uchun kurash boshlanib, bu davlat ayrim qismlarga bo‘linib, parchalanadi. 
Jahon tarixida yangi jarayonlar boshlanadi.
Hindistonda Aleksandr oykumena chegaralarida joylashgan aholini zabt etish maqsadiga erishmaydi va o‘z orzulari bilan yakka bo‘lib qoladi. Uzoq Hind daryosi chegaralarida Aleksandr harbiylariga ulug‘ podsho, vatan tuyg‘usi va urushlar xudosi bo‘lgan bo‘lsa ham uning jangovar askarlari oldinga bir qadam ham yurishni orzu qilmaydilar. Ular yurishlarni to‘xtatishni iltimos qiladilar. Agar podsho bunga rozi bo‘lmasa, u barcha sodda jangchilarni qirib tashlab, Gang daryosiga sharqiy otasi – misrlik xudo Amon bilan birgalikda yurish mumkin, deb o‘ylaydilar makedonlar. Aleksandr sharqiy yurishlar to‘xtatilishini e’lon qilib, yana bir yuksak g‘alabani qo‘lga kiritadi – jangchilar behad xursandchilikka sazovor bo‘ladilar. Mil.avv. 325 yilda makedonlarlar kemalardan foydalanib, Hind daryosi orqali okeanga yetib boradilar. Shundan so‘ng Nearx boshchiligida harbiylarning bir qismi kemalarda Fors qo‘ltig‘iga qarab suzadilar. Aleksandr va makedonlarning boshqa bir qismi Gedrosiyo sahrolar ikchkarisiga kirib, Eronga yo‘l oladilar. Mil.avv. 324 yilda ularning hammasi dengiz va sahro yo‘llarida juda qattiq azob tortib, Erondagi Suza shahrida uchrashadilar. Makedoniya, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Hindistongacha cho‘zilgan sayhon yerlarda yirik davlatga asos solinadi. Bu davlatning poytaxti qilib Aleksandr Bobil shahrini e’lon qiladi. Ammo uning asoschisi vafotidan so‘ng (mil.avv.323 yil) taxt uchun kurash boshlanib, bu davlat ayrim qismlarga bo‘linib, parchalanadi. Jahon tarixida yangi jarayonlar boshlanadi.
 
 
Makedoniyalik Aleksandr davlatining qulashi va O‘rta Osiyoda yangi 
davlatlarning tashkil topishi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Александр давлати 
мил.авв.323 йил 
Македония давлати 
Миср давлати 
Сурия (Салавкийлар давлати) 
 
Ўрта Осиё ҳарбий 
ўлкаси 
сатраплар 
 
Антиох, 
мил.авв.293-260 йй. 
     Сўғдиёна  
Бақтрия  
Марғиёна 
Парфия 
Парфия давлати 
Юнон-Бақтрия давлати 
Парфия 
Мил.авв.250 йил 
I-III асрлар 
Кушон подшолиги 
Парфия 
Сурҳон воҳаси, Жанубий 
Тожикистон, Афғонистон, 
Шимолий Ҳиндистон, Шарқий 
Туркистон
Makedoniyalik Aleksandr davlatining qulashi va O‘rta Osiyoda yangi davlatlarning tashkil topishi. Александр давлати мил.авв.323 йил Македония давлати Миср давлати Сурия (Салавкийлар давлати) Ўрта Осиё ҳарбий ўлкаси сатраплар Антиох, мил.авв.293-260 йй. Сўғдиёна Бақтрия Марғиёна Парфия Парфия давлати Юнон-Бақтрия давлати Парфия Мил.авв.250 йил I-III асрлар Кушон подшолиги Парфия Сурҳон воҳаси, Жанубий Тожикистон, Афғонистон, Шимолий Ҳиндистон, Шарқий Туркистон
 
 
Osiyoda Aleksandrning boshqaruv faoliyati asoslari  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8.3. Tarixiy geografiya. 
 
“Avesto”ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan 
ahamoniylar yozma manbalarida va yunon tarixchilari asarlarida taqror etilgan. 
Mil.avv.II ming yillikning oxiri va  I ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyoda 
yashab o‘tgan qabilalar yangi etnomadaniy jarayonlarga asos solib, shu hududda 
so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg‘iyonaliklar va sak–massagetlar paydo 
bo‘ladi. Ushbu elatlarning tarixi o‘zaro keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida 
rivojlanib, bir–biriga yaqin bo‘lgan.  
Подшо   
Этерия  
Забт этилган ҳудудларда маҳаллий 
ҳокимлар – Артабоз – Бақтрия, 
Оксиарт-Сўғдиёна  
Ҳарбий таянч истеҳкомлар, юнон-
македон отлиқ ва пиёда 
қўшинлари  
Юнон-македон 
саркардаларидан 
подшо ҳамроҳлари, 
дўстлари 
Македонлар яроғ-аслаҳалари 
билан қуролланган маҳаллий 
аҳоли қўшинлари 
Гефестион, Салавка, 
Птоломей, Клит, 
Кратер, Неарх 
Ҳарбий 
йўлбошчилар 
кенгаши 
Қўшинлар йиғини
Osiyoda Aleksandrning boshqaruv faoliyati asoslari 8.3. Tarixiy geografiya. “Avesto”ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan ahamoniylar yozma manbalarida va yunon tarixchilari asarlarida taqror etilgan. Mil.avv.II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O‘rta Osiyoda yashab o‘tgan qabilalar yangi etnomadaniy jarayonlarga asos solib, shu hududda so‘g‘dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg‘iyonaliklar va sak–massagetlar paydo bo‘ladi. Ushbu elatlarning tarixi o‘zaro keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida rivojlanib, bir–biriga yaqin bo‘lgan. Подшо Этерия Забт этилган ҳудудларда маҳаллий ҳокимлар – Артабоз – Бақтрия, Оксиарт-Сўғдиёна Ҳарбий таянч истеҳкомлар, юнон- македон отлиқ ва пиёда қўшинлари Юнон-македон саркардаларидан подшо ҳамроҳлари, дўстлари Македонлар яроғ-аслаҳалари билан қуролланган маҳаллий аҳоли қўшинлари Гефестион, Салавка, Птоломей, Клит, Кратер, Неарх Ҳарбий йўлбошчилар кенгаши Қўшинлар йиғини
 
 
Qadimgi yunon va rim mualliflari O‘rta Osiyo viloyatlari (Baqtriya, 
So‘g‘diyona) chegaralari to‘g‘risida yozib ko‘rsatganda, antik davr tarixchilari 
mahalliy elatlarning aralash joylashuvi vaziyatini hisobga olmaganlari kabi, turli 
viloyatlarning o‘ziga xos geografik xususiyatlari hamda xalqlarning hududiy 
joylashini chegaralarini aniq belgilab berolmaganlar. Gerodot asarida “Baqtriya 
xalqi” tushunchasi tilga olinib, Baqtriyaning hududiy chegaralari haqida 
ma’lumotlar yo‘q.  
O‘rta Osiyoda eng qadimgi xalqlarning alohida shakllanishi va etnik 
hududlarning ajrala boshlash masalasi juda murakkab ilmiy muammo hisoblanadi. 
Buning sababi, yozma manbalarda qadimgi xalqlarning hududiy ajrala borishi va 
ma’lum chegaralarga ega yeralrda joylashish jarayoni aniq ko‘satilmagan. 
Baqtriya, baqtriyaliklar (yoki So‘g‘diyona, sug‘diylar hamda saklar) nomlari 
yozma manbalarda bosqinchilarga qarshi turgan elatlar yoki davlatning bir qismi 
bo‘lib nazarda tutilgan. 
O‘rta Osiyoda aholi joylashgan viloyatlarning nomlari turli davrlarga oid 
yozma manbalarda saqlanib qolgan. Biz ko‘rib chiqayotgan hududlar yunon–rim 
mualliflari asarlarida Marg‘iyona, Baqtriyona, Xorasmie, So‘g‘diyona bo‘lsa, 
shunga mos ravishda qadimgi fors yozuvlarida Marg‘ush, Baqtrish, Xuarazmi, 
So‘g‘da “Avesto”ning eng qadimgi qismlarida tilga olingan Mouru, Bahdi, 
Xvarizam va So‘g‘dadir. 
Qadimgi fors yozuvlarini o‘rganish asosida O‘rta Osiyoning siyosiy tarixi 
to‘laroq tadqiq qilindi. Qadimgi fors yozuvlarida O‘rta Osiyo o‘lkalari 
satrapliklarining sanab o‘tilishi, ularni ahamoniylar tomonidan bosib olinishi aniq 
ko‘rsatib beriladi, lekin ushbu o‘lkalarning chegaralari va tarixiy geografiyasi 
to‘g‘risida yetarli darajada ma’lumotlar yo‘q. 
Yozma manbalarda O‘rta Osiyo viloyatlarining nomlarini keltirilishi ma’lum 
izchillikka ega bo‘lsada, ularning tartib sanalari turlichadir: 
 
 
Mamlakatlar 
Videvdat 
Ahamoniylar yozuvlari
Qadimgi yunon va rim mualliflari O‘rta Osiyo viloyatlari (Baqtriya, So‘g‘diyona) chegaralari to‘g‘risida yozib ko‘rsatganda, antik davr tarixchilari mahalliy elatlarning aralash joylashuvi vaziyatini hisobga olmaganlari kabi, turli viloyatlarning o‘ziga xos geografik xususiyatlari hamda xalqlarning hududiy joylashini chegaralarini aniq belgilab berolmaganlar. Gerodot asarida “Baqtriya xalqi” tushunchasi tilga olinib, Baqtriyaning hududiy chegaralari haqida ma’lumotlar yo‘q. O‘rta Osiyoda eng qadimgi xalqlarning alohida shakllanishi va etnik hududlarning ajrala boshlash masalasi juda murakkab ilmiy muammo hisoblanadi. Buning sababi, yozma manbalarda qadimgi xalqlarning hududiy ajrala borishi va ma’lum chegaralarga ega yeralrda joylashish jarayoni aniq ko‘satilmagan. Baqtriya, baqtriyaliklar (yoki So‘g‘diyona, sug‘diylar hamda saklar) nomlari yozma manbalarda bosqinchilarga qarshi turgan elatlar yoki davlatning bir qismi bo‘lib nazarda tutilgan. O‘rta Osiyoda aholi joylashgan viloyatlarning nomlari turli davrlarga oid yozma manbalarda saqlanib qolgan. Biz ko‘rib chiqayotgan hududlar yunon–rim mualliflari asarlarida Marg‘iyona, Baqtriyona, Xorasmie, So‘g‘diyona bo‘lsa, shunga mos ravishda qadimgi fors yozuvlarida Marg‘ush, Baqtrish, Xuarazmi, So‘g‘da “Avesto”ning eng qadimgi qismlarida tilga olingan Mouru, Bahdi, Xvarizam va So‘g‘dadir. Qadimgi fors yozuvlarini o‘rganish asosida O‘rta Osiyoning siyosiy tarixi to‘laroq tadqiq qilindi. Qadimgi fors yozuvlarida O‘rta Osiyo o‘lkalari satrapliklarining sanab o‘tilishi, ularni ahamoniylar tomonidan bosib olinishi aniq ko‘rsatib beriladi, lekin ushbu o‘lkalarning chegaralari va tarixiy geografiyasi to‘g‘risida yetarli darajada ma’lumotlar yo‘q. Yozma manbalarda O‘rta Osiyo viloyatlarining nomlarini keltirilishi ma’lum izchillikka ega bo‘lsada, ularning tartib sanalari turlichadir: Mamlakatlar Videvdat Ahamoniylar yozuvlari
 
 
Yash
t 
Behistun 
Suza Naqshi Rustam 
Marg‘iyona 
3 
3 
yo‘q 
yo‘q 
yo‘q 
Baqtriya 
yo‘q 
4 
16 
6 
5  
So‘g‘diyona 
5 
2 
17 
7 
6 
Xorazm 
6 
yo‘q 
15 
11 
7 
 
Ahamoniylar yozuvlarida (Gerodotning «Tarix» asarida) Marg‘iyona 
mustaqil viloyat sifatida ajratilmagan. So‘g‘d esa shu manbalarda chekka viloyat 
sifatida ko‘rsatiladi. “Avesto”ning Videvdat kitobidagi ro‘yxatda Baqtriyaning 
So‘g‘ddan keyii tilga olinishi qadimgi fors yozuvlarida So‘g‘dning har doim 
Baqtriyadan  so‘ng sanab o‘tilishi, ular orasida hududiy chegara bo‘lgan bo‘lishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. Gekatey, Gerodot va Ktesiyning asarlarida O‘rta Osiyo 
aholining hududiy joylashuvi, alohida daryolar, tog‘lar, voha va dashtlar bilan 
bog‘langan holda yoritilgan.  
Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari tarixiy geografiyaning dolzarb 
muammolarini hal qilishda asos bo‘ldi. Manbalar shu nuqtai nazardan hozirgi tarixiy 
adabiyotlarda yetarli darajada yoritilgan. 
Yunon davri yozma manbalarida, Maroqandaga yurish qilayotgan Aleksandr 
qo‘shinlari yo‘lida Amudaryo Baqtriya va So‘g‘d o‘rtasidaga chegara sifatida 
ko‘rsatilgan. 
Oks–Amudaryodan 
shimolroqda 
 
so‘g‘diylar 
yerlarining 
joylashganligi to‘g‘risida dalillar uchramaydi. Strabon «Oks daryosi Baqtriya 
yerlarini So‘g‘diyonadan ajratadi» deb hisoblagan. Uning fikriga ko‘ra, Baqtriya 
Areya chegarasi bo‘ylab, shimol yo‘nalishda Marg‘iyona va So‘g‘diyona oralig‘ida 
bo‘lib, Oks– Amudaryodan janub tomonida joylashgan. 
Bu manbalar ahamoniylar davri ma’lumotlari bilan to‘g‘ri keladi. Chunki bu 
yozuvlarda Baqtriya, So‘g‘d bilan Areya yoki So‘g‘d bilan Parfiya oralig‘ida 
joylashgan deb ta’kidlanadi. Ammo qadimgi fors manbalarida O‘rta Osiyo 
viloyatlarining chegaralari haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Yash t Behistun Suza Naqshi Rustam Marg‘iyona 3 3 yo‘q yo‘q yo‘q Baqtriya yo‘q 4 16 6 5 So‘g‘diyona 5 2 17 7 6 Xorazm 6 yo‘q 15 11 7 Ahamoniylar yozuvlarida (Gerodotning «Tarix» asarida) Marg‘iyona mustaqil viloyat sifatida ajratilmagan. So‘g‘d esa shu manbalarda chekka viloyat sifatida ko‘rsatiladi. “Avesto”ning Videvdat kitobidagi ro‘yxatda Baqtriyaning So‘g‘ddan keyii tilga olinishi qadimgi fors yozuvlarida So‘g‘dning har doim Baqtriyadan so‘ng sanab o‘tilishi, ular orasida hududiy chegara bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Gekatey, Gerodot va Ktesiyning asarlarida O‘rta Osiyo aholining hududiy joylashuvi, alohida daryolar, tog‘lar, voha va dashtlar bilan bog‘langan holda yoritilgan. Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari tarixiy geografiyaning dolzarb muammolarini hal qilishda asos bo‘ldi. Manbalar shu nuqtai nazardan hozirgi tarixiy adabiyotlarda yetarli darajada yoritilgan. Yunon davri yozma manbalarida, Maroqandaga yurish qilayotgan Aleksandr qo‘shinlari yo‘lida Amudaryo Baqtriya va So‘g‘d o‘rtasidaga chegara sifatida ko‘rsatilgan. Oks–Amudaryodan shimolroqda so‘g‘diylar yerlarining joylashganligi to‘g‘risida dalillar uchramaydi. Strabon «Oks daryosi Baqtriya yerlarini So‘g‘diyonadan ajratadi» deb hisoblagan. Uning fikriga ko‘ra, Baqtriya Areya chegarasi bo‘ylab, shimol yo‘nalishda Marg‘iyona va So‘g‘diyona oralig‘ida bo‘lib, Oks– Amudaryodan janub tomonida joylashgan. Bu manbalar ahamoniylar davri ma’lumotlari bilan to‘g‘ri keladi. Chunki bu yozuvlarda Baqtriya, So‘g‘d bilan Areya yoki So‘g‘d bilan Parfiya oralig‘ida joylashgan deb ta’kidlanadi. Ammo qadimgi fors manbalarida O‘rta Osiyo viloyatlarining chegaralari haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.