Maktab geografiyasining mazmuni, tarkibi.
Geografiyadan Davlat ta’lim standarti
Geografiya ta’limi shakllari va bosqichlariga binoan turlicha tuzilishga ega.
Geografiya ta’limi hozirgi davrda quydagi qismlarga bo’linadi:
- umuta’lim maktablarida geografiya ta’limi;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida geografiya ta’limi;
- oliy geografiya ta’limi;
- Yordamchi maktablarda geografiya ta’limi;
- Malaka oshirish muassasalarida geografiya ta’limi.
Umumta’lim maktablari geografiyasining asosiy qoidalaridan biri tabiiy va
iqtisodiy geografiyani alohida - alohida o’rganishdir. Bu esa umumta’lim maktablari
geografiyasida tabiiy va iqtisodiy geografiyaning asoslarini to’la aks ettirishga
imkon beradi.
Umum ta’lim maktabi geografiya kurslari zinapoyasimon tuzilishga ega.
Bunda asta-sekin quyi sinfdan, yuqori sinflarga qarab murakkablashib boradi,
qaytarishlarga yo’l qo’yilmaydi, lekin yangi ma’lumotlar ilgari o’tilgan ma’lumotlar
asosida beriladi. Bu esa o’quvchilarni yangi ma’lumotlarni umuman darsni yaxshi
va to’la o’zlashtirishga imkon beradi.
Geografiya predmetining ayrim kurslarini o’rganish tartibi quyidagidan iborat:
- I-IV sinf - atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik;
- V sinf - tabiiy geografiya boshlang’ich kursi;
- VI sinf - materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi;
- VII sinf - O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiy geografiyasi;
- VIII sinf - O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi;
- IX sinf - Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi;
- X sinf - Amaliy geografiya.
Tabiatshunoslik kursi - tabiiy xodisalar, moddalar, yer haqida oddiy
ma’lumotlarni beradi. Bu kurs quydagi bo’limlardan iborat:
1. Vatanimiz tabiati: joy tomonlarini aniqlash (ufq va ufq chizig’i, kompas bilan
joy tomonlarini aniqlash: plan va masshtab: sinf, maktab, shahar plani, joy planini
o’qish: plan va geografik harita) vatanimiz xaritasi oldida
2.
O’zbekiston tabiatining xilma - xilligi: cho’llar (tabiati, qumli barxan, cho’l
tabiatini inson tomonidan o’zlashtirish, o’simlik va xayvonlar, cho’lda kechasi,
cho’l aholisining yumushlari, Qizilqumda kumushsimon o’rmon, cho’l mo’jizasi):
tog’ tabiati
3.
O’zbekiston tabiatini qo’riqlash:tabiat va insonni o’zaro ta’siri, tuproq, suv
va havoni qo’riqlash, Qizil kitob, qo’riqxonalar, O’zbekiston tabiati yodgorliklari.
Tabiiy geografiya kurslari o’quvchilarga geografik qobiqda sodir bo’ladigan
voqea va hodisalar, ularni kelib chiqish sabablari va rivojlanish oqibatlari, Yer
qobiqlari orasidagi aloqalar haqida har bir materik, okeanning tabiati, O’rta Osiyo
va O’zbekiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslari o’quvchilarga O’zbekiston va jahon
iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari haqida bilimlar beradi.
Amaliy geografiya - umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfi hamda
akademik litsey va kasb - xunar kollejlarining I-kursida o’tiladi. Mazukr kurs
geografiya fanining amaliy tomonlarini ochib beradi.
Oliy geografiya ta’limida mutaxasislik fanlari o’rganiladi.
Yordamchi maktablarda geografiya ta’limining tuzilishi quydagi qismlardan
iboart:
- VI sinf - tabiiy geografiya (boshlang’ich kurs);
-VII sinf - materiklar va okeanlar geografiyasi;
- VII sinf - O’rta Osiyo va O’zbekiston geografiyasi;
Yordamchi maktablardagi geografiya kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri
ularning soddalashtirilganidadir.
O’zbekiston mustaqillik erishgach Davlat ta’lim standarti ta’lim tizimimg
barcha bo’g’inlari uchun ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etildi.
“Standart” so’z inglizcha bo’lib, “nusxa”, “o’lcham”, “me’yor” degan
ma’nolarni anglatadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida
yuqorida qayd etilgan ta’lim muassasalari uchun DTS ishlab chiqildi va O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi Qaroriga binoan
amaliyotga joriy etildi. Unda “Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston
Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb belgilab
qo’yilgan.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi
tamoyillar asos qilib olingan:
- DTSning davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
- o’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-
ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;
- umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;
- umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga tayanish;
- o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar
bilan «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan
zamonaviy talablarning uzviyligi;
Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga,
saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
DTS ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini
baholash tartibini belgilaydi.
DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, Nizomlar
va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan DTS o’quv fani bo’yicha
o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma va
malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi me’yor
bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya ta’limi mazmunining
negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning geografik tayyorgarlik
darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib
hisoblanadi.
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim
maktablarida geografiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni
ta’lim mazmunining negizini ifodalaydi. Mazkur ko’rsatkichlar umumiy o’rta
ta’lim maktablari uchun geografiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda
hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.
Geografiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga
qo’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart
bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi, anglashi,
amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini
ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich
va talablar geografiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib
xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan davlat ta’lim standartida
keltirilgan ko’rsatkich va talablar maktab geografiya ta’limi mazmunini to’liq
qamrab oladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyadan tuzilgan DTSda qayd etilgan
maksimal talablar asosida o’quv dasturi tayyorlanadi. O’quv dasturida o’quv fani
bo’yicha o’rganiladigan bob va mavzular o’quvchilarning yoshlik va psixologik
xususiyatlari, mavzular o’rtasidagi uzviylik va izchillik asosida mantiqiy bir tizimga
keltirilgan holda beriladi. O’quv dasturida o’rganiladigan boblar ularni o’rganish
uchun ajratilgan soatlar ko’rsatiladi, mazkur boblar tarkibiga kiradigan
mavzularning qisqacha mazmuni yoritiladi. Geografiyadan tuzilgan o’quv dasturi
mazkur o’quv fanining mazmunini belgilab beradigan va bajarilishi majburiy
bo’lgan me’yoriy hujjat sanaladi
Geografiya ta’lim standartining tarkibiy qismlari.
Geografiya ta’lim standarti geografiya ta’limining maqsad va vazifalarini
yoritishdan boshlanadi. Geografiya ta’limining bosh maqsadi o’quvchi shaxsini
tarbiyalashdan iborat. Geografiya ta’lim standartida geografiya ta’limining asosiy
vazifalari atroflicha yoritib berilgan.
Tabiiyot va geografiya fanidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
- umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
- umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
- baholash tizimi.
Tayanch o’quv rejaga muvofiq Tabiiyot va geografiya fanidan o’quv sostlari
quyidagicha ajratilgan.
Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi
T/r
O‘quv fanlari
Sinflar
Haftalik
umumiy
soat
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1. Tabiiyot va geografiya
1
1
1
1
1
3
2
1.5
1.5
13
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga muvofiq o‘quv
fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi, mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi
va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
O‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim
mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari
hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u bilim,
ko’nikma, malaka va kompetensiyalarlardan tashkil topadi. Ularning mazmuni
qisqacha quyidagicha:
bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
ko ‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka —
o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay
olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda
qo‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning
malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy
o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar
majmuidan iborat.
DTS talablariga rioya etish va uni bajarilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi. DTS talablariga rioya qilish
ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat ta’lim standarti talablarini
bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim
sifatini ta’minlashdan iborat. DTS talablariga rioya qilish ustidan nazorat umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka talablariga
baho berish, tayanch o‘quv reja va o‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish ,
ularni
bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir
Etuvchi
omillarni,
foydalanilgan
pedagogik
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining natijaviyligini tahlili kabi ko’rinishlarda amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilish: ichki, tashqi,davlat va jamoatchilik
nazorati hamda milliy va xalqaro darajada baholash kabi turlarga bo’linadi. Bunda:
ichki nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi
tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq
ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat-jamoatchilik nazorati — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar
hamkorligida amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — Hukumatning tegishli qarori hamda
xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat
qilishning reyting tizimi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat ta’lim standartin ishlab chiqishdagi asosiy pritsiplaridan biri “davlat
ta’lim standartini davlat, jamiyat, talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi” dir.
Geografiyadan o’quv dasturlari tahlili
Maktablarda o’qitilgan har bir o’quv fanining mazmuni o’quvchilar bilishi
lozim bo’lgan bilimlar, o’zlashtirishi kerak bo’lgan o’quv ko’nikmalar, malakalar
yig’indisini ifoda qiluvchi xujjat - o’quv dasturi hisoblanadi. Unda o’quv fanini
o’qitishdan maqsad, vazifalar, o’quvchilar o’zlashtirish kerak bo’lgan bilimlar,
ko’nikmalar kompleksi o’z ifodasini topadi.
Geografiya kursining o’quv dasturini boshida uqtirish xati berilgan. Unda
geografiya kursining qanday fan ekanligi, u qanday o’quv fanlardan tashkil
topganligi ana shu o’quv fanlar mazmunidagi o’zgarishlar qisqacha bayon etilgan.
Xususan, Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi V- sinfda, Materiklar va okeanlar
tabiiy geografiyasi VI-sinfda, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi VII
sinfda, O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi VIII- sinfda, Jahon mamlakatlari
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi IX-sinfda, Amaliy geografiya o’quv fani X- sinf va
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitilishi qayd qilingan.
Geografiya kursining o’qitishga oid metodik ko’rsatmalarda “darsda va sinfdan
tashqari mashg’ulotlarda dalillar, xodisalar bilan cheklanmay, asosiy g’oyalar,
tushunchalarning o’quvchilar tomonidan puxta va ongli o’zlashtirilishiga e’tiborni
qaratish lozimligi qayd qilingan.
O’quv dasturidan ko’zlangan yana bir maqsad ta’lim bilan tarbiyaning
uyg’unligini amalga oshirishdan iborat. Geografiya o’qitishda o’qitiladigan
mavzular mazmuni bilan uzviy bog’liq holda, o’quvchilarning axloqiy,
vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat
berish lozimligi ta’kidlangan.
Geografik o’quv mavzularga o’quvchilarning qiziquvchanligini oshirish
uchun geografik harita, tabiiy-tasviriy, dinamik, jadval, sxematik ko’rgazmali va
audio, video vositalardan ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va
o’quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish
maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.
O’quv dasturida Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi o’quv fani uchun 34
soat (haftasiga 1 soat), Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’qub fani uchun
68 soat (haftasiga 2 soat), O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi o’quv
fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi
o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy
geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Amaliy geografiya o’quv
fani uchun 34 soat (akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 40 soat, haftasiga
1 soat) vaqt ajratilganligi ta’kidlanadi.
O’quv dasturida har bir o’quv fani bo’yicha o’qitiladigan asosiy mavzular
mazmuni, ularni o’tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O’quv dasturida ana shu
mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o’qitish kerakligi haqida ham
ma’lumotalr berilgan.
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’quv fanida esa kirish, materiklar
va okeanlar tabiiy geografiyasi nimani o’rganadi?, Geografik haritalar va ularning
turlari. Atlaslar va globuslar, geografik qobiq, dunyo okeani, materiklar va
okeanlar tabiati: Afrika materigi, Avstraliya materigi va Okeaniya, Antarktida
materigi, Janubiy Amerika materigi, Shimoliy Amerika materigi, Yevrosiyo
materigi, Tinch okeani, Atlantika okeani, Hind okeani, Shimoliy Muz okeani kabi
mavzular o’tiladi.
O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geograiyasi o’quv dasturida esa kirish,
O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, chegaralari va tabiiy geografik o‘lka sifatida
o‘ziga xos xususiyatlari, geografik haritalar. vaqt hisobi, O‘rta Osiyoning
geologik
tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi, O‘rta Osiyo iqlimi, O‘rta Osiyoning suvlari,
O‘rta Osiyo tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari, O‘rta
Osiyoning
hududiy
tavsifi,
O’zbekiston
tabiatining
umumiy
tavsifi,
O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari tavsifi kabi mavzular diqqat markazida
bo’ladi.
O’zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy
geografiyasi
o’quv
dasturida
kirish,
O‘zbekistonning geografik o‘rni va ma’muriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekistonning
tabiiy boyliklari, aholisi va mehnat resurslari, milliy iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishi, O‘zbekistonning regional tavsifi o’rganiladi.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy-geografiyasida jahonning siyosiy haritasi, jahon tabiiy
resurslari, jahon aholisi, jahon xo‘jaligi, Yevropa mamlakatlari, Osiyo mamlakatlari,
Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika mamlakatlari kabi mavzular berilgan.
Amaliy geografiya O’quv dasturida esa Geografiya fanlari tizimi haqida
tushuncha, Yer tabiati, jamiyat va tabiat, amaliy geografik tadqiqotlar, dunyo
aholisi, dunyoning geosiyosiy manzarasi va global muammolar, Yevropa va
Amerika subregionlari, Afrika subregionlari. Okeaniya davlatlari, Osiyo
subregionalari, O‘zbekiston Respublikasi kabi yirik mavzular egallaydi.
O’quv dasturida geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar
tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari belgilab berilgan. Malaka talablarida
o’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar turlari bo’yicha alohida-alohida
ko’rsatib berilgan.
O’quv dasturi har bir mavzuni o’tish uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars
shakillari ko’rsatilgan. O’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahoratini oshirishni
maqsad qilib, har bir o’quv fani so’ngida o’qituvchilar uchun ilmiy va metodik
adabiyotlar ro’yhati keltirilgan.
Maktab geografiyasi mazmuning tarkibiy qismlari.
Maktab geografiyasining mazmuni bilim, ko’nikma va dunyoqarash
g’oyalarini o’z ichiga oladi.
Bilim- tashqi dunyoni, obyektiv borliqni ongimizda aks-etishini yozma va
og’zaki shakli. Bilimlar nazariy va emprik bilimlarga bo’linadi. Nazariy bilimlar
narsa va xodisalarni mohiyatini, ular orasidagi bog’liqlik va aloqalarni aks etdiradi.
Nazariy bilimlar - bu umumlashgan bilimlardir, ularga nazariyalar, qonunlar,
qonuniyatlar, sabab va oqibatlar, tushunchalar kiradi.
Empirik bilimlar - geografik borliq va hodisalarni tashqi xususiyatlarini aks
etiradi. Unga tasavvur va dalillar (fakt) kiradi. Hozirgi paytda geografiyada nazariy
bilimlarning salmog’i oshib bormoqda. Geografiya kurslarining hammasi umumiy
tushunchalar (relyef shakllari, iqlim turlari, iqtisodiy rayonlar, mehnatni geografik
taqsimlanishi, sabab va oqibatlar muhim o’rin tutadi.
Nazariy bilimlar.Tushuncha- borliqning kishi tafakkurida aks etishini bir
shakli. Tushunchalar abstrakt tafakkur natijasida hosil bo’ladi. Tushuncha bilishning
asosiy birligi xisoblanib umumiy va aniq tushunchalarga bo’linadi.
Umumiy tushunchalar - deganda alohida voqea va xodisalar haqida emas, balki
umuiy bir xil nomga ega bo’lgan voqea va xodisalar tushuniladi. Masalan, daryolar,
tog’lar, xalq xo’jaligi tarmog’i, iqtisodiy rayon. Umumiy tushunchalarning
moxiyatini aniqlanganda, hamma voqea va xodisalar uchun umuiyy bo’lgan
xususiyatlar (belgilar, sifatlar) ochib beriladi. Masalan: “Geosinklinallar” deb Yer
qobiqg’ining harakatchan qismlarga aytiladi. Umumiy tushunchalar geografiya
kurslarining ilmiy asosini tashkil qiladi. Maktab dasturida quyidagi umumiy
tushunchalari ko’rishimiz mumkin: “Quyosh radiatsiyasi”, “Havo massasi”,
“Mehnat resruslari”, “Urbanizatsiya” va h.k.
Aniq tushunchalar - o’zining nomiga ega bo’lgang aniq geografik
borliq,hudud: Volga daryosi, Qora dengiz va h.k. Aniq tushunchalar: Afrika,
Fransiya, Pomir.
Tushunchalar asosiy va bo’ysungan tushunchalarga bo’linadi. Masalan, tog’
jinslari” asosiy tushuncha “magmatik tog’ jinsi” bo’ysungan tushuncha.
Sabab va oqibatlar- geografik voqea va hodisalar orasidagi sabab va
oqibatlarni aks etiradi.
Tabiiy geografiya kurslarda quyidagi sabab va oqibatlar ochib beriladi: relbf,
iqlim, quruqlik suvlari, dunyo okeani, tuproqlar.Relbf yerning ichki va tashqi
kuchlarini oqibati deb qaraladi. Tabiiy - geografik komplekslar ham sabab va
oqibatlarni ochib berish tufayli ajratiladi.
Iqtisodiy geografiya kurslarida sabab va oqibatlarni quyidagi turlari ochib
beriladi: Ijtimoiy- iqtisodiy tuzum va xo’jalik o’rtasidagi: davlatning tarixiy
rivojlanishi va xo’jaligining hozirgi xususiyatlari o’rtasidagi: davlat riivojlanishi
bilan uning iqtisodiy geografik joylanishi o’rtasidagi tabiiy sharoit va xo’jalikning
tuzulishi o’rtasidagi.
Qonunyatlar- geografik borliq (obyekt), xodisa, jarayonlar o’rtasida eng
muhim va nisbatan mustahkam aloqa va bog’liqlarni aks etiradi. Tabiiy
geografiyada quyidagi qonunyatlar ochib beriladi: bir butunlik, moddalarning
aylama harakati, davriylik, zonallik, hamda ayrim tabiat tarkiblarni vujudga kelish
qonunyatlari (iqlim , relbfi).
Nazariya- Bu kishilar ilmiy faoliyatini umumlashmasidir.Nazariya tabiat yoki
jamiyatning ayrim qismlarini rivojlanish qonunyatlarni aks etidiradi. Masalan,
tabiiy geografik rayonlashtirish nazariyasi iqtisodiy geografik rivojlantirish
nazariyasi.TTK nazariyasi x.k.
Emprik bilimlar - tasavvur- geografik borliqning (obyektning) xayoliy (xissiy)
tasviri, shakli. Tasavvurlar xayoliy va aniq turlarga bo’linadi. Aniq tasavvur voqea
va xodisalarni bevosita ko’rish orqali paydo bo’ladi. Xayoliy tasavvur esa, ma’lum
bir xodisalarni va sharoitni bayonini yoki ta’rifini o’qish orqali paydo bo’ladi.
Dalillar- maktab geografiyasi mazmunida ko’proq obyektning o’lchamlari,
yog’inlar, havo, suv sarfi, iqtisodiy dalillar uchraydi.
Ko’nikmalar- bu faoliyat usullari. Bu usullar orqali o’quvchilar olgan
bilimlarini amalda qo’llashadi.Ko’nikmalarni qo’llash har safar o’ylashni talab
qiladi, shuning uchun ko’nikmaga avtomatizim xos emas.
Malaka- avtomatik ravishda tez bajariladigan faoliyat.
Ko’nikmalar o’quv vazifasiga va maqsadlariga qarab turli guruhlarda
bo’linishi mumkin. Bu esa quyidagi ko’nikmalarni bir -biridan ajratishga imkon
beradi: obyektlar bayoni: TTK va TICHK ta’rifiva x.k.
Ko’nikmalar yordamida o’quvchilar turli xil tafakkur usullarni qo’llashi
mumkin: analiz, sintez, umumlashtirish, abstrakt qiyoslash.
Dunyoqarash
g’oyalari
-bu
aniq
geografik
bilimlarni
g’oyaviy
umumlashmasidir tabiiy geografiyada tabiatga dialektik nuqtai nazardan qarash
g’oyasi mavjud, ya’ni hamma tabiat tarkiblari bir -biri bilan chambarchas
bog’langan.