MAKTABDAGI YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH
Yuklangan vaqt
2025-01-17
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
26
Faytl hajmi
45,8 KB
MAKTABDAGI YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH
MUNDARIJA:
KIRISH ......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JISMONIY
TARBIYANI O‘RNI .................................................................... .
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiyasining umumiy
nazaryasi….......................................................................................................
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY
TARBIYANI RIVOJLANTIRISH USULI ......................................................
2.1 Maktabgacha yoshdagibolalarning jismoniy rivojlantirish monitoringini olib
borish ...................................................................................................................
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy harakatli o‘yinlar yordamida jismoniy
rivojlanish metodi ..........................................................................................
2.3 Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy
xususiyatlarini shakllantirish usuli ........................................................................
XULOSA ....................................................................................................................
ADABIYOTLAR Ro‘YXATI: .................................................................................
2
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA JISMONIY
TARBIYANI O‘RNI
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiyalashning asosiy
vazifalari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada
jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog`lom va baquvvat qilib o`stirish,
ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to`g`ri tashkil etishdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog`lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy
tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo`lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning
sog`lig`ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo`li bilan o`zini himoya qilish
va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni harakatga o`rgatish tarbiyachining
bevosita rahbarligi hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida
amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o`rgatishda bolaning anglash, irodaviy va
emotsional kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat ko`nikmalari
shakllanadi.
Harakatlarga o`rgatish bola ichki dunyosi his-tuyg`usi, tafakkuri, asta-sekin
shakllanadigan dunyoqarashi, axloqiy fazilatlariga; bolalar tomonidan bajariladigan,
salomatlik va umum-jismoniy rivojlanish uchun foydali bo`lgan harakat faoliyatiga
maqsadga yo`nalgan tarzda ta’sir etadi. Ta’lim mazmunini muvofiq maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari asosida tanlangan
jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar tashkil etadi.
Ta’lim jarayonida kattalar
bolalarga maqsadga yo`naltirilgan faoliyatning tajribasini beradi. Uning mazmuniga
rivojlanish va takomillashishiga xizmat qiluvchi harakatlarni egallash tajribasi ham
kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini
hisobga olish juda zarur, bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim
bilimlar; bolani harakatlarga o`rgatuvchi faoliyat metodlari, faoliyat va ularni
amalga oshirishning malaka va ko`nikmalari haqidagi bilimlar birligi ish
3
jarayonlaridan kelib chiqqan holda tarkibiy qismlarni tashkil etadi. Qismlardan biri
ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi.
Bolalikdan mustaqil fikrlashga o`rgatilmagan va hamma narsani tayyor
berilgandan so`ng o`zlashtiradigan kishi unga tabiat tomonidan berilgan sifatlarni
namoyon qila olmaydi. Shuning uchun jamiyat yosh avlodning ijodiy faoliyatga
o`rganishiga tamoman befarq qarab turolmaydi.
Harakat faoliyatini tarbiyalash jarayonida kattalar (otaonalar, tarbiyachilar)
bolalar rivojlanishining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular
oldiga yangi harakat vazifalarini qo`yadilar. Bolaning mashqlar jarayonida yangi
harakat vazifalarini tobora hal eta borishi va shu bilan bog`liq ravishda vujudga
keladigan katta imkoniyatlar harakatlar xarakteri va sifatini o`zgartiradi.
Bu yosh davri uchun juda xarakterli bo`lgan narsa yangi mashqlarga o`rgatish
jarayonida go`yo bir aylanib yangicha sifat kasb etadi. Chunonchi, bolaning yurishi
dastlabki paytda va ikkinchi yilning oxirida butunlay farq qiladi. Bu hodisani
yangilikning eski narsani diakktik inkori, barcha rivojlanishning va ziddiyatlarni hal
etishning obyektiv sharti, harakatlanuvchi omil sifatida ko`rsatish mumkin. Har bir
sohada rivojlantirish o`zidan oldingi yashash shakllarini inkor etmasdan kechishi
mumkin emas. Bunday murakkab rivojlanish jarayoni tashqi va ichki sharoitning
o`zaro aloqadorligida to`xtovsiz kechadi.
Qiyinchiliklarni yengish va yangi vazifalarni hal etish bolada ijobiy
emotsional kayfiyat hosil qiladi. Bu erishilgan maqsad, tarbiyachi bahosiga muvofiq
yangi muskul sezgilari tufayli yuzaga keladi.
Paydo bo`lgan o`zgarishlarni mustahkamlash yanada yuksakroq yutuqlarga
intilish uyg`onishiga xizmat qiladi. Bu murakkab jarayon doimo tarbiyachi nazorati
ostida bo`lishi kerak. Bir tomondan bolaning yangi harakat vazifasini tushunib
olishini ta’minlash lozim, ikkinchi tomondan bolada mustaqillik va uni mavjud real
harakat imkoniyatlari hamda yuzaga keluvchi qiziqish, emotsiyalari asosida amalga
oshirish, g`ayratini uyg`otish zarur.
Ta’lim boladan diqqatni bir joyga to`plashni, faol tasavvur, faol fikrlashni,
xotirani rivojlantirishni talab qiladi: masalan, agar ta’lim jarayoni qiziqarlilik kasb
4
etib, emotsional ruhda bo`lsa – emotsional; harakat namunasi tarbiyachi tomonidan
obrazli tarzda ko`rsatilsa va bolalar tomonidan bajarilsa – obrazli; harakatli o`yin va
ularni mustaqil bajarishda barcha mashq elementlarini bajarish izchilligi vazifalari
tushunib va eslab qolinsa, og`zaki mantiqiy mashqlar bolalarning o`zlari tomonidan
amalda bajarish bilan bog`liq bo`lsa – motor harakat.
Buning uchun ta’lim erkin bo`lishi kerak, shundagina mashqlarni ongli,
mustaqil bajarish mumkin. Bolalarga ta’lim berishda axloqiy tarbiya, bolaning
ma’naviy tuyg`usi va ongini shakllantirish, uning oliyjanoblik va o`zaro yordam,
maqsadga intilish, halollik, adolatlilik kabi axloqiy-irodaviy sifatlarini rivojlantirish
bilan bevosita bog`liqdir.
To`g`ri harakatlarga o`rgatishning butun jarayoni bolalarda estetik hislarni
tarbiyalaydi. Bolalar asta-sekin egallab boradigan chiroyli harakatlar, aniq saflanish,
ularning yoshiga xos o`yin obrazlarining ijodiy ifodaliligi, o`yinlarda she’riy
matnlar, o`yin boshlanmalari, sanashmachoqlar – bularning hammasi bolalarda
estetik didni tarbiyalash vazifasiga xizmat qiladi. Bolalar va tarbiyachilarning
kostyumlari, jismoniy tarbiya qo`llanmalari va hokazolarning tashqi bezatilishi katta
ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonini tashkil etish bolalarni ular kuchi yetadigan
mehnat harakatlarida mashq qildirish imkonini beradi.
Tarbiyachi bolalardan jismoniy tarbiya jihozlarini o`zlari tartibli va toza
saqlashlarini (ixcham o`ralgan bayroqchalar, dazmollangan lenta, ro`molchalar va
h.k.) muntazam talab qilib turadi. Bu haqida birinchi navbatda navbatchilar
qayg`uradilar va zarur buyumlarni avaylab joylashtiradilar. Shu bilan birga ular
barcha bolalar foydalanishlari qulay bo`lishi uchun predmet va inventarlarning
joylashish tartibini ham e’tiborda tutadilar.
Bolalar sharlar, to`plar va hokazolarni vaqti-vaqti bilan yuvib, yirik jihozlarni
artib turadilar. Bunday tadbirda barcha tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida
ishtirok etadilar. Shunday qilib, harakatlarga o`rgatish jarayonida bolalarda aqliy
qobiliyat, axloqiy va estetik tuyg`ular rivojlanadi, o`z faoliyatiga ongli munosabat
va shu bilan bog`liq ravishda maqsadga intilish, uyushqoqlik shakllanadi. Bularning
hammasi o`zaro aloqadorlikda ta’lim jarayoniga umumiy yondashishni amalga
5
oshirilishi hisoblanadi. Mazkur jarayon har tomonlama rivojlangan shaxsning
shakllanishiga xizmat qiladi.
6
1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiyasining umumiy
nazaryasi
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy
tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga
ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va
shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini
boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi.
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy
ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini
belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning
juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks
ravishda ochib beradi. Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon,
tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport
mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi
o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini
shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari
sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning
ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali
harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat
turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola
psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish
bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya
nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda
amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya
nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini
o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi
ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy
7
sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni
maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini
beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim
komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi
vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning
turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.)
tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat
qiladigan, harakat ko‘nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda
mo‘ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan,
ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi.
Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to‘xtovsiz rivojlanmoqda va bola
tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan
yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy
tajribasida sinovdan o‘tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari,
darsliklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinm1oqda. Bu
butun ta’limtarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib,
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy
tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy
vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib o‘stirish, ular organizmini chiniqtirish,
ta’lim va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi
bo‘lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini
chiniqtirish yo‘li bilan o‘zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik
xislatlarini oshirishdan iborat.
Bola organizmining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgani sababli,
uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o‘z
vaqtida qotishiga orqa umurtqadagi egik joylarning shakll anishiga, tovon
yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-bo‘g‘im apparatlarni pishitishga yordam
ko‘rsatiladi. Tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga,
8
suyaklar o‘sishi va vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar
guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon,
bo‘yin, ko‘z, ichki organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar);
ayniqsa, zaif rivojlangan bukuvchi muskullar guruhining rivojlanishiga alohida
e’tibor berish lozim. Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini
takomillashtirishga yordam berish, ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning
qisqarishi ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish
qobilyatini rivojlantirish; ko‘krak qafasi hatakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas
olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam ber ish,
burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda
ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashiga yordamlashish; termoregulatsiya
funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish.
Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qo‘zg‘alish va
tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek,
harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. Ta’limiy
vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy
vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat,
ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi-qomat,
gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni
o‘zlashtirish. Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko‘nikmalari
nisbatan yengil shakllanadi. Ularning ko‘pchiligidan (emaklash, yurish, chang‘ida
yurish, velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda harakat vositasi
sifatida foydalaniladi. Harakat ko‘nikmalari tashqi muhit bilan aloqani
osonlashtiradi va uni bilishga yordam beradi: bola emaklab o‘zini qiziqtirgan
narsalarga yaqinlashadi va ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila oladigan
bolalar qor, shamollarni oson idrok etadilar; suzish chog‘ida esa bolalar suvning
xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy tarbiya mashqlarini to‘g‘ri bajarish muskullar, paylar, bo‘g‘imlar,
suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Mustahkam shakllangan
9
harakat ko‘nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni
tejash va o‘yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli
vazifalarni olishga yo‘naltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan
harakat ko‘nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo‘lib
xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi.
Bolalarda
harakat
ko‘nikmalarining
shakllanishi
jarayonida
birmuncha
murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni o‘z ichiga oluvchi turli faoliyat turlarini
osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi. Yosh guruhlarga oid harakat
ko‘nikmalarining hajmi dasturda berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini
bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.
Bundan tashqari, bolalarni sport o‘yinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport
o‘yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga o‘rgatish
zarur. Harakat ko‘nikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning
mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-
onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni,
o‘tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni to‘g‘ri tutish ko‘nikmalariga
o‘rgatish muhim.
Bolalarda
sport
mashg‘ulotlariga
muhabbat,
ularning
natijalariga,
sportchilarning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya
jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta
imkoniyatlari mavjud. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijobiy
xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va
axloqiy fazilatlari – halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada
shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat
bilan — botirlik, qat’iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen- gishda
sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uc- hun juda qulay sharoit
yaratiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o‘si shiga
yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal
10
faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab
qolishga yordam beradi.
Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol va boshqalar),
shuningdek,
tafakkur
jarayonlari
(kuzatish,
taqqoslash,
analiz,
sintez,
umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi.
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY
TARBIYANI RIVOJLANTIRISH USULI
11
2.1 Maktabgacha yoshdagibolalarning jismoniy rivojlantirish monitoringini
olib borish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar salomatligiga barcha hodimlar
jamoasi mas’ul hisoblanadi. Tashkilot hodimlari mudiradan tortib to texnik
hodimlargacha hammasi har bir bolaning hayotini muhofaza qilish va sog‘ligigni
mustahkamlash haqida qayg‘urishga da’vat etilgan. Bolalarni jismoniy sog‘lom
o‘sishi va rivojlanishi uchun tashkilot rahbari jismoniy tarbiyaga doir barcha ishlarni
tashkil etishga javobgardir.
Tashkilot hamshirasi va pedagog hodimlar doimi bolalarning sog‘ligini
nazorat qilib turishadi. Bularga qo‘shimcha tarzda maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida yiliga ikki marta bolalarning jismoniy rivolanishini monitoring
o‘tkazish
bolalar
sog‘lom
rivojlanishining
asoslaridan
biri
hisoblanadi.
Monitoringni tashkil etish sentyabroktyabr va aprel-may oylarida yani o‘quv yil
boshi va oxirida o‘tkazilgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jismoniy rivojlanish
monitoringi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi,maktabgacha ta’lim tashkiloti hashirasi va
guruh tarbiyachisi tomonidan tashkil etiladi. Jismoniy rivojlanish monitoringini
o‘tkazishdan maqsad bolalar bilan jismoniy tarbiya va jismoniy tayyorgarlik
ishlarini samarali tashkil etishdan iborat. Pedagogik jarayonni qurishning bir qismi
sifatida monitoringni yaratish zamonaviy maktabgacha ta’limning dolzarb
ehtiyojidir. Ushbu texnologiyadan bolalarni rivojlantirish, tarbiyalash va o‘qitish
samaradorligini nazorat qilishning asosiy usuli sifatida foydalanish eng muhim
insonparvarlik tamoyilini to‘liq amalga oshirish imkonini beradi.
Pedagogik monitoring ta’lim standartlariga qaraganda kuchliroq usuldir. Bu
nafaqat tez kuzatish imkonini beradi balki, ta’lim faoliyati jarayoni va dinamikasi,
shuningdek, bolaning sog‘lig‘i va aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan taqdirda uni o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Sog‘liqni saqlash
texnologiyalariga qo‘shimcha ravishda, monitoring usulidan foydalanish maqsadga
eng qisqa yo‘l bilan yondashish imkonini beradi. Psixologik-pedagogik
monitoringning asosiy maqsadi bolalarning sog‘lig‘i va psixologik farovonligiga
12
mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarning oldini olish uchun o‘quv va dam olish
faoliyatini, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotining atrof-muhit sharoitlarini
o‘z vaqtida tuzatishdir. Ammo, bundan tashqari, monitoring bolalar bilan jismoniy
tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarining eng samarali texnologiyalari va usullarini
aniqlash imkonini beradi. Monitoringni olib borishda ikki xil nazorat turi mavjud:
Natijalarni nazorat qilishdan ko‘ra jarayonni boshqarishni tashkil qilish qiyinroq.
Shuning uchun amalda ikkinchisiga ko‘proq afzallik beriladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda nazorat qilish usuli
jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlarining sifati va samaradorligini
baholash uchun maqbuldir, chunki u bunday natijalarga nima olib kelganini, nima
va qaysi davrda og‘ishlarni to‘liq aniqlashga imkon bermaydi faoliyati kuzatildi va
bu faoliyat qanday oqibatlarga olib keladi. Pedagogik monitoring natija va jarayonni
boshqarishning optimal kombinatsiyasiga erishishga imkon beradi, faoliyatni
takomillashtirish va uning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Uning maqsadi shunchaki
faoliyat qanday amalga oshirilayotgani va uning natijalari qanday ekanligini bilish
emas. Bu pedagog va umuman maktabgacha ta’lim tashkiloti imkoniyatlarini
kengaytiradigan yangi faoliyat loyihasini yaratishdan iborat. Shunday qilib, nazorat
qilish usuli sifatida monitoring nafaqat boshqariladigan ob'ektlar haqidagi bilimlar
bilan to‘yingan, balki aniq tadqiqotni ham o‘z ichiga oladi. Bu sizga kerakli aks
ettiruvchi natijaga erishish va shu asosda yangi amaliyot uchun ko‘rsatmalar ishlab
chiqish imkonini beradi.
Monitoringni samaradorlikni baholashda aniqlikka olib boradigan yo‘l
sifatida ta’riflash mumkin. Mezon va ko‘rsatkichlarni tanlash ko‘p jihatdan
xodimlarning malaka darajasiga, ularning kasbiy mahorati darajasiga, shuningdek
tashkilotning tashkiliy madaniyati darajasiga bog‘liq bo‘lib, ularning eng muhim
ko‘rsatkichi jamoaning ish qobiliyatidir faoliyatini munosib baholaydi. Monitoring
bolalarning jismoniy fazilatlarini baholash imkonini ham beradi. Jismoniy
sifatlarning rivojlanishi kuch, chidamlilik, moslashuvchanlik, epchillik, tezlik
ko‘rsatkichlari dinamikasi bilan baholanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, jismoniy
sifatlarning rivojlanish darajasi ham aqliy rivojlanish darajasini, shuningdek, bolada
13
ma’lum moyilliklarning mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, chaqqonlik tez o‘rganish
qobiliyatini rivojlantirishni ko‘rsatadi.
Bolalarning jismoniy rivojlanishini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: -
tana uzunligi va vazni, ko‘krak qafasi atrofi va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bosh
atrofi; - funksional ko‘rsatkichlar: o‘pkaning hayotiy sig‘imi, chidamlilik
koeffitsienti, qo‘llarning mushak kuchi va boshqalar; - teri osti yog‘ qatlamining
rivojlanish
darajasi,
to‘qimalarning
tuzilishi,
mushaklarning
rivojlanishi,
mushaklarning tonusi, holati va tayanch-harakat tizimi maktabgacha yoshdagi
bolalarning jismoniy rivojlanishini monitoringi mazmuni 6 ta ish yo‘nalishidan
iborat:
1. Bolalar salomatligi holati;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarlik diagnostikasi;
3. Pedagoklarning kasbiy kompetensiyasi;
4. Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlari sifati;
5. Uzluksiz ota-onalar bilan ishlash;
6. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi uchun sharoit
yaratish.
Monitoring texnologiyasini o‘zlashtirish maktabgacha ta’lim tashkiloti har bir
tarbiyachisiga nafaqat o‘zining pedagogik faoliyati sifatini oshirishga, balki har bir
o‘quvchining jismoniy tarbiya jarayonini farqlash va individuallashtirishga imkon
beradi. Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini monitoring qilishning
mohiyati bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy ravishda to‘plash va
umumlashtirish, ularning rivojlanish dinamikasini va sog‘lig‘ini kuzatish,
pedagogik xulosalarni shakllantirish va tegishli tuzatish tadbirlarini o‘tkazishdan
iborat.
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy harakatli o‘yinlar yordamida
jismoniy rivojlanish metodi
14
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy va barkamol bo‘lib rivojlanishi
uchun eng zarur bo‘lgan jismoniy rivojlanishnig ahamiyati va ayni jismoniy tarbiya
jarayonlarini milliy harakatli o‘yinlar orqali tashkil etish haqida. Ushbu maqola
bo‘yicha tavsiyalar avvalo o‘sib kelayotgan barkamol avlodning kelajagiga
e'tiborsiz bo‘lmagan ota-onalar va tarbiyachi pedagoglar uchundir. Kalit so‘zlar:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti, bolalar, ota-onalar, tarbiyachi, pedagoglar, milliy
harakatli o‘yinar, jismoniy rivojlanish, jismoniy kamolot,jismoniy tarbiya, jismoniy
harakatlar, jismoniy sifatlar, xalq o‘yinlari, harakatlar ta’lim - tarbiya, kamolot, urf
odatlar, an'analari.
Yurtboshimiz Sh .Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: "Yoshlarga milliy
vatanparvarlik ruhida ta’lim berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan
hisoblanadi". Darhaqiqat Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim tarbiya
berishda va ularni jismonan sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashda milliy urf
odatlarimizning va qadriyatlarimizning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Bu borada
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va rivojlanish xususiyatlari inobatga
olinishi ahamiyatga molik. Bolalarning jismonan yetuk bo‘lishi ularning aqliy
jihatdan kamol topishiga zamin yaratadi.Bu borada ota onalardan va tarbiyachi
pedagoglardan yuksak bilim va mahorat talab etiladi .
Tarbiyachi va ota onalar o‘zaro hamkorlikda bolaning sog‘lom turmush
tarzini to‘g‘ri tashkil etishi,ularning qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishi ,uning
imkoniyat darajalarini hisobga olgan holda bolalarni ma’lum yo‘nalishga
yo‘naltirishi va ularga yuklamalar berishi lozim bo‘ladi . Bolaning rivojlanishi turli
jarayonlarda turlicha kechadi ,shuning uchun bolaning rivojlanishi uzluksiz va
samarali kechishi uchun bolalarga tarbiyachi va ota onalar ularni qiziqtira oladigan
va rivojlantira oladigan o‘yinlardan foydalana olishi kerak.Albatda ota onalar va
tarbiyachilar bu kabi o‘yinlarni milliyligimiz , madaniyatimizga xos va mos holatda
tashkil etsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu ishlar muvaffaqiyatli kechishi uchun bolalarning dastlabki yoshidanoq milliy
o‘yinlar vositasi sifatida jismoniy tarbiyani tashkil etshi lozim. Shuning uchun
xalqimizning asrlardan –asrlarga o‘tib kelayotgan milliy madaniy o‘yinlarini yosh
15
avlodga to‘la qonliligicha namoyon etib bera olishimiz bugungi kunning asosiy
talabi desak adashmaymiz.
Chunki milliy o‘yinlar orqali bolalarda jismoniy tarbiya shakillanishidan
tashqari vatanga bo‘lgan muhabbat, uning tarixiga qiziqish, va uning merosini asrab
avaylash tuyg‘usi shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy hayot
faoliyatini maktabgacha davrda o‘yin egallaydi . Maktabgacha ta’lim yoshi davrida
o‘yin orqali bolalarga tarbiyaning barcha turlari berib boriladi, mehnat tarbiyasi
,aqliy tarbiya ,estetik tarbiya shular jumlasidandir.Maktabgacha yosh davrda
bolalarda organizmni umumiy rivojlanishi jadal kechadi .Shuning uchun ham bu
davrda harakatli o‘yinlarni o‘rgatib borish qulaydir. O‘zbek mlliy xalq o‘yinlarining
ahamiyati bolalar uchun juda katta . Milliy o‘yinlar bolalarda ularning jismoniy
emas balki ularning ruhiy va aqliy faoliyatiga ham oz ta’sirini ko‘rsatadi .
Bola milliy o‘yinlar orqali voqelikni tushuna boshlaydi ,yani atrof muhitni
anglay boshlaydi . O‘yindagi o‘xshatishlar orqali bolalarda taqlid qilishga bo‘lgan
qiziqish ortadi. O‘yinning sodda va oson bo‘lishi uning qiziqarliligini oshiradi, va
bu bola hayot faoliyatida , kattalar uchun mehnat va o‘quv faoliyati singari asosiy
o‘rinni egallab boradi.O‘yin bulardan tashqari bolalarda hulq atvorning ijobiy
tmondan o‘zgarishiga sabab bo‘ladi .
Chunki aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda bola xulq atvor
ko‘nikmalarini tez va oson o‘zlashtiradi. Bu kabi milliy xalq o‘yinlarimizni quyidagi
misollar orqali ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi Misol uchun: Xo‘rozlar jangi O‘yin
haqida tushuncha: Diametri 3-4 m li doira o‘rtasida 2 o‘yinchi turadi. O‘yin maqsadi:
O‘yindan asosiy maqsad muvozanatni yo‘qotishga erishish hamda doiradan chetga
chiqarish. Qaysi o‘yinchi buni birinchi bo‘lib uddasidan chiqsa, g‘olib bo‘ladi.
Qoidasi. Ataylab qo‘pol turtkilar qilish man etiladi. O‘yinni faqat xushtakdan keyin
boshlash kerak. Boshqacha usullar. -xakkalashda oyoklarni ikki martadan ortiq
almashtirish mumkin emas. O‘jarlar. O‘yin haqida tushuncha: Ikki o‘yinchi bir-
birining qarshisiga o‘tiradi. Oyoq panjalarini o‘zaro birlashtirib, qo‘llari bilan
orqaga tayanadi.
16
Xushtak chalinishi bilan o‘yinchi raqibini oyog‘i bilan itara boshlaydi.
Qoidasi:Kaysi o‘yinchi birinchi bo‘lib raqibini oyog‘ini siltab tashlasa g‘alaba
qozonadi.
Boshqacha usullar. -O‘yinchi qo‘li bilan orqaga tayanmaydi. Uning qo‘llari
boshi uzra bo‘ladiki, u o‘yinga murakkablik kasb etadi.
Ro‘molchani tort. O‘yin haqida tushuncha: Qatnashuvchilar juftliklarga
bo‘linadi. Har bir o‘yinchining vazifasi raqibidan ro‘molchani tortib olish.
Ro‘molchani birinchi bo‘lib tortib olgan g‘olib sanaladi.
Qoidasi: Raqibni qo‘lidan ushlab olish, turtib yuborish man etiladi.
Boshqacha usullar. -tizzalab o‘ynash mumkin -ro‘molchani o‘yinchining oyog‘iga
bog‘lash mumkin. - ikkala oyog‘i bilan raqibga tayanish mumkin.
Oq terakmi, koʻk terak? O‘yin haqida tushuncha: Bu oʻyinda ishtirokchilar
boʻyi, kuchi va chaqqonligiga qarab teng 2 jamoaga boʻlinib (har jamoada 10 dan
20 tagacha bola qatnashadi), 15– 20 m oralikdagi masofada qoʻl ushlashib saflanib
turadilar. Birinchi jamoa sardori 2-jamoadan birining otini aytib chaqiradi: Oq
terakmi, koʻk terak! Bizdan sizga kim kerak?
Sizdan bizga, "falonchi" kerak.Shundan soʻng oʻsha chaqirilgan bola yugurib
kelib, raqib jamoa aʼzolarining qoʻl ushlashib turgan yerini koʻkragi bilan uzishga
urinadi. Agar qoʻllar ushlangan joyidan uzilib ketsa, raqib tomondagi bolalardan
xohlaganini oʻz jamoasiga olib ketadi, uzolmasa, oʻzi oʻsha jamoada qoladi. Oʻyin
shu tariqa navbat bilan davom etadi.
Qaysi jamoada oʻyinchilar qolmasa, oʻsha jamoa yut-qazgan boʻladi. Bundan
xulosa bo‘ladiki ayni Maktabgacha yoshdagi bolalarning hoyotiy faoliyati uchun
milliy harakatli o‘yinlarning ahamiyati juda muhim.
Bola ta’lim tarbiya olishdaham, o‘z o‘zini anglashda ham bu kabi o‘yinlarning
tez tez o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ta’limiy tarbiyaviy ishlarida tarbiyachilar bu kabi o‘yinlarni tashkil etish
tarbiyachilar uchun ham murakkablik qilmaydi. .Bundan tashqari milliy o‘yinlar
orqali bolalarda jismoniy tarbiya shakillanishi bilanbirgalikda, vatanga bo‘lgan
17
muhabbat, uning tarixiga qiziqish, va uning merosini asrab avaylash tuyg‘usi
shakllanib boradi.
2.3 Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar jismoniy tarbiyasining asosiy
xususiyatlarini shakllantirish usuli
Jismoniy barkamollik salomatlik garovi bo‘lib, u shaxsni har tomonlama
rivojlantirish va yoshlarni tarbiyalashga yordam beradi. Tarbiya jarayonining bosh
18
vazifasi-tarbiyaviy faoliyatning dinamizmi va barqarorligini kuchaytirish,
tarbiyaning yuqori natijalarini kafolatlash. Bu esa talabaning individual
xususiyatlarini hisobga oluvchi pedagog shaxsiyatiga asoslanadi. Salomatlik inson
hayotida, ayniqsa, yoshligida muhim rol o‘ynaydi. Salomatlik darajasi insonning
kasbiy yetukligi va ijodiy o‘sishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy yetuklikka intilish
deganda insonni turli hayotiy sharoitlarga optimal moslashuvini ta’minlovchi va faol
ijodiy turmush, o‘quv va kelajakdagi mehnat faoliyati, hayotdagi o‘rnining manbasi
hisoblanuvchi jismoniy holati, jismoniy va funktsional tayyorgarligi, gavda tuzilishi
va jismoniy rivojlanishini yaxshilovchi pedagogik jarayon tushuniladi.
Jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati ,vazifasi kuch, tezlik, chidamlilik,
chayirlik, chaqqonlik kabi sifatlarni tarbiyalashdir. Bu vazifa har tomonlama komil
shaxsni tarbiyalash bilan chambarchas boliqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
jismonan va ruhan solomlashtirish, bolaning harakat sohasini rivojlantirish,
chaqqon, kuchli, jasur bo‘lishdek hayotiy ehtiyojlar asosida harakatga bo‘lgan
qiziqishini kuchaytirishning samarali vositalarini izlab topish dolzarb masala
hisoblanadi.Bolalik davridan boshlangan jismoniy tarbiya mashulotlari ayniqsa
foydalidir. Badantarbiya, ochiq toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlari kabi
chiniqtiruvchi mashulotlar bilan shuullanish – uzoq umr va salomatlikni
ta’minlovchi omillardandir.
4,5-5 yoshlarga kelib bolalarning harakatlari ancha muvofiqlashib qoladi, ular
sakrash, to‘siqlar osha sakrab o‘tish, to‘pni ilish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar. 6
yoshlilarda engillik paydo bo‘lib, yugurish ritmi barqarorlashadi, yon tomonga
tebranishlar kamayadi, ular balandlikka, uzunlikka, to‘siqlar osha sakraydilar,
koptokni nishonga urishni o‘zlashtiradilar, ko‘z bilan mo‘ljal olish kuchayadi. Katta
maktab yoshidagi bolalarning kichiklarga qaraganda gavdasi baquvvat, mushaklari
mutanosib rivojlangan. Yurish va yugurish choidagi asosiy harakatlari asta-sekin
avtomatik darajasiga etadi, harakatlar muvofiqligi kuchayadi, qo‘l mehnatiga
qobiliyat sezilarli darajada ortadi. Turunlik ortgani uchun oddiy muvozanat
mashqlarini, chaqqonlik bilan yugurishni amalga oshirish osonlashadi. Bolalar
19
chidamliroq bo‘la boradilar, biroq ular dastlabki holatlarini tez-tez o‘zgartirib, rang-
barang harakatlarni bajarishlari lozim.
Bu yoshda ularning faoliyati asta - sekin mazmun bilan boyib, ongliroq bo‘la
boradi. Jismoniy tarbiya va sport sohasining ko‘pgina olimlari fikricha, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiyalashdan maqsad shaxsning jismoniy va
ma’naviy madaniyati asoslarini shakllantirish, salomatlik zahiralarini solom
turmush tarzida faol hamda uzoq muddat davomida amalga oshirilayotgan
qadriyatlar tizimi sifatida yuksaltirishdan iboratdir.
Ularning mulohazalaridan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarga
nisbatan tatbiq etilsa, jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan tarkib
topadi.
bolalarda salomatlik, jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini o‘zlashtirishda
ongli ehtiyojni shakllantirish;
boladagi jismoniy sifatlar, harakat ko‘nikma va malakalari rivojining zarur
hamda etarli darajasini ta’minlovchi jismoniy imkoniyatlarning tabiiylikka muvofiq
va individual - mos rivojlantirilishi;
maktabgacha yoshdagi bolalarga umumiy jismoniy ma’lumotlarni berish,
bunda ularning jismoniy tarbiyasiga oid aqliy, texnologik, axloqiy, etik va estetik
qadriyatlarni o‘zlashtirishiga erishish;
bilimlarning mustaqil mashulotlar o‘tkazishning boshlanich ko‘nikmalari
darajasida dolzarblashuvi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi tizimi, tuzilishining
innovastion qo‘shimchalariga xos asosiy muammolar quyidagilardir:
a) bolalarning psixik rivojlanishi jarayoni sharoitlarini maqbullashtirish uchun
jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish imkoniyatlari;
b) maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy sifatlarini rivojlantirish va asosiy
harakatlarini shakllantirishning yosh xususiyatlari;
v) maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning metodologik
muammolari;
20
g)
maktabgacha
jismoniy
tarbiya
mutaxassislarini
tayyorlashning
tashkiliymazmuniy asoslari. Jismoniy tarbiya mazmuni ijtimoiy tashkiliy tajribaning
muddat qisimligi odam salomatligini saqlashni va mustaxkamlashni, shuningdek
harakat madaniyatini ta’minlovchi bilimlar, malakalar, ko`nikmalarni o`z ichiga
oladi.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola egallashi lozim bo`lgan
madaniygigienik ko`nikmalarning quydagi guruhlariga ajratiladi:
a) ovqat yeyish ko`nikmalari (ovqatni tartib bilan olish, yaxshilab chaynash,
qoshiqdan, sanchqidan, salfetkadan foydalanish va hokazo:)
b) o`z tanasini parvarish qilish ko`nikmalari (yuvinish, soch tarash va
hokazo:)
v) xonada tartibga rioya etish, kiyimdan foydalanish va unga qarash
ko`nikmalari (tez kiyinish va yechinish, ko`nikmalarni tartibli, ozoda saqlash va
hokazo.)
Bolalar harakat ko`nikmalari va malakalarini egallaydigan jismoniy mashqlar
ham belgilanadi:
a) asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish,
uloqtirish,muvozanatni saqlash mashqlari): umumiy rivojlantiruvchi mashqlar,
safga turish va qayta safga turish:
b) sport mashqlari (suzish, chang`ida yurish, konki uchish va hokazolar).
Harakatli o`yinlar(syujetli, syujetsiz, sport tarkibiy qismlari bo`lgan o`yinlar va
boshqalar) ham ko`rsatilgan, yozgi va qishki davrda uchastka tashqariga qilinadigan
uzoq sayrlar ko`zda tutilgan.
Jismoniy tarbiya ishining mazmunini belgilab beruvchi asosiy xujjat “Bolalar
bog`chasida tarbiya va ta’lim dasturi”dir. U bolalarni izchil harakat malakalari va
ko`nikmalariga
o`rgatish
imkonini
beradi,
harakatlarning
muvofiqligini
rivojlantiradi va makonda yo`l topishni rivojlantiradi, jismoniy sifatlar (chaqqonlik,
tezlik, chidamliliklar)ni tarbiyalaydi. Maktabgacha yoshdagi bolaning o`sib
boryotgan organizmi to`laqonli uyqu va muntazam ovqatlanishga ehtiyoj sezadi,
chunki biror faoliyatga sarflangan kuch quvvatning o`rnini to`ldirish bilan birga
21
o`sish va rivojlantirish jarayonlari bilan bog`liq qo`shishga kuch-quvvat xam zarur
bo`ladi. Bola bosh miyasi qobig`ining asab to`qimalari uzoq vaqt faoliyat holatida
bo`la olmaydi.
Kichik yoshdagi bolalarda ayniqsa yorqin namoyon bo`ladigan asab
jarayonlarini kuchaytirish faqat bevosita xarakat qilayotgan to`qimalarning
tezcharchashiga emas, shu bilan birga miya qobig`ining charchashiga xam olib
keladi. Bola bosh miyasi asab to`qimalarining ishchanlik xarakati kattalarnikiga
qaraganda ancha pastdir.
Bola bosh miyasi qobig`i faol shakllanadi. Katta miqdordagi shartli reflektor
aloqalari vujudga keladi, bu esa qo`shimcha asab sarfini talab qiladi. Bolalar bunday
o‘yinchoqlar bilan qiziqib shuullanadilar. Biror mustaqil o‘yinlarda bolalar darhol
faollik va tashabbuskorlikni namoyon eta olmaydilar, ularning xarakatlari bir turli
va cheklangan. Lekin kattalarning topshiriini bajarish bilan boliq o‘yinlarda
bolalarning harakatlari aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi, ular harakatlarni bir
necha bor takrorlab, harakat ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar, chaqqonlik,
epchillikni rivojlantiradilar.
Bolalar hatto o‘zlari o‘yin bilan mashul bo‘lgan vaqtlarida ham ularga
rahbarlik
qilib
turish
juda
muhim.
Ulardan
ayrimlarining
o‘yinini
murakkablashtirish, boshqalariga boshlagan ishini oxiriga etkazishini o‘rgatish,
uchinchisi agar jimgina o‘ynayotgan bo‘lsa, gaplashib turish maqsadga muvofiq.
Ko‘pincha mustaqil o‘yinlarda bolalar noto‘ri va hatto xavfli harakatlarni ham
bajaradilar: kursi yoki xoda ustidan butun oyoq kaftiga tayangan holda deyarli to‘ri
oyoq bilan sakrab tushadilar; erdan butun oyoq kafti bilan itarilib yuguradilar.
Bunday hollarda har xil yo‘llardan foydalaniladi: katta odam o‘zi o‘yinga kirishadi;
bolalarga ular taqlid qila oladigan biror tanish va yaqin obrazni eslatadi (mushuk
qanday yumshoq sakrashini, qushchalar qanday shovqinsiz uchishlarini) Bolalarga
o‘rgatilishi kerak bo‘lgan dastlabki o‘yinlar muayyan syujet va qoidalarga ega
bo‘lmaydi. Bola oddiy, qiziqarli topshiriqlarni bajaradi: kelib, o‘yinchoqni qo‘liga
oladi, kattalar oldiga yugurib borib, ular qo‘lida nima yashirilganligini ko‘radi.
(«Bayroqchani ol», «Mening yonimga yugur», «Bayroqchani top»).
22
O‘yinlarni o‘rgatishda muayyan izchillikka rioya qilish kerak. Masalan,
«meni tutib ol» o‘yini «seni tutib olaman» o‘yiniga qaraganda soddaroq. Birinchi
xolatda bola o‘zidan katta kishini tutib olishi lozim; ikkinchi o‘yinda tutilish xavfi
yuzaga keladi, shuning uchun bola ko‘proq jismoniy kuch sarflashiga to‘ri keladi.
O‘yinlar tobora mazmunan boyroq va xilma- xilroq bo‘lib borishi, yanada
murakkabroq topshiriqlarni o‘z ichiga olishi zarur.
Agar bola dastlab o‘yinchoqni olish uchun o‘zi istagan sur’atda yugurgan
bo‘lsa, o‘yin yaxshi o‘zlashtirilib olinganidan so‘ng yugurish sur’atini kattalar
belgilashi kerak. Ayni vaqtda syujetli – rolli o‘yinlarda bolaning o‘yin va, ayniqsa,
real (haqiqiy) o‘zaro munosabatlari tajribasi tafakkurning alohida xususiyati asosini
tashkil etib, u tufayli boshqa kishilarning nuqtai nazari o‘rganiladi, ularning keyingi
xatti – harakatlarini oldindan qo‘ra bilish va shunga qarab o‘z xatti – harakatlarini
shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Rolli o‘yin tasavvurning rivojlanishida
belgilovchi ahamiyatga ega. o‘yin faoliyatida bola bir xil predmetlarni boshqalari
bilan almashtirishni, o‘ziga har turli rollarni olishni o‘rganadi.
Bularning barchasi tasavvurning rivojlanishiga yordam beradi. Katta
maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yinlarida o‘rinbosar predmetlar ham, ko‘pgina
boshqa o‘yin harakatlari ham shart emas. Bolalar predmetlar va ular bilan boliq
faoliyatlarni tenglashtirib, o‘z tasavvurlarida yangi vaziyatlarni yuzaga keltira
boshlaydilar. O‘yin ichki tomondan amalga oshirilishi mumkin. Bola shaxsining
rivojlanishiga o‘yinning ko‘rsatadigan ta’siri shundan iboratki, u orqali bola
kattalarning yurish – turishi, o‘zaro munosabati bilan tanishadi, bular uning o‘z
xattiharakatlari uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi; bola o‘yinda muloqot olib
borishning asosiy ko‘nikmalarini, tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatish uchun
zarur sifatlarni o‘zlashtiradi. Bolani butunlay qamrab olgan o‘yin uni zimmasidagi
rolga muvofiq qoidalarga bo‘ysunishga majburlaydi, his-tuyularning rivojlanishi
hamda xattiharakatlarni iroda orqali boshqarish qobiliyatining takomillashishiga
ko‘mak beradi.
O‘yin faoliyati tarkibida o‘quv faoliyati ham shakllana boshlaydi va
keyinchalik u etakchi o‘rinni egallaydi. o‘quv elementlarini katta odam kiritadi, ular
23
o‘yin mohiyatidan bevosita kelib chiqmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘ynab
turib o‘qiydi – u o‘qishga xuddi muayyan qoidalari mavjud bo‘lgan o‘ziga xos rolli
o‘yinga qaraganday qaraydi. Biroq mazkur qoidalarga amal qilish asosida bola o‘zi
sezmagan holda eng sodda o‘quv faoliyatlarini o‘zlashtiradi. Maktabgacha yoshdagi
bolada o‘qishga ishtiyoq paydo bo‘lib, dastlabki bilimlar shakllana boshlaydi.
Xulosa
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy – uslubiy adabiyotlar tahlili davomida
ma’lum boʻldiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy
tayyorgarligi boʻyicha yetarlicha ma’lumotlar juda kam.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida mashgʻulotlarni tashkil etish masalalari
ishlab chiqilmagan, pedagogik jarayon yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tasdiqlangan
ma’lumotlar yetarli emas. Aniqlandiki, 5-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi
va jismoniy tayyorgarlik darajalari dastur talablariga muvofiq emas.
24
Tezkorlik sifati 18,2-51,8%; 24,3-27,2%; 29,0-26,7% ga, koordinatsion
qobiliyatlar 40,3-38,7%; 32,8-29,7%; 17,3-17,9% ga, tezkor-kuch sifati (joyidan
turib uzunlikka sakrash) 28,9-61,7% ga, 6-18,1%, 15,0-13,5% ga kam.
Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari oʻrtasida
koorelyatstsion bogʻliqlik (oʻrta va yuqori) darajasi borligi aniqlandi. (r=0,35 dan
r=0,95 gacha). Shu bilan birga 5 yoshdagi oʻgʻil bolalar va 7 yoshdagi qiz bolalarda
harakat tezligi hamda chaqqonlik, tezkor-kuch sifatlari koʻrsatkichlari oʻrtasida
nisbatan past darajada oʻzaro bogʻliqlik kuzatilganligini belgilab oʻtish joiz.5-7
yoshdagi oʻgʻil va qiz bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda jismoniy
tayyorgarligini baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari mezonlari shartli
ravishda Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-sonli ―Ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari‖ me’yoriy
xujjatda belgilab qoʻyilgan. Salomatlik pasporti‖ ishlab chiqilgan. U bolani
maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan vaqtdan boshlab to bitirgunga qadar olib
boriladi. Shu orqali maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining
jismoniy tayyorgarligini yakka tartibda baholash imkoni yaratiladi. Maktabgacha
ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy tarbiya jarayoniga milliy
oʻyinlar (10-30%) va musobaqa tarzidagi oʻyin uslublarini kiritish bolalarda
mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishini uygʻotishga, ularning umumiy jismoniy
tayyorgarligini oshirishga hamda dastur materiallarini yanada mustahkam
egallashga yordam berdi
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya” Tuzuvchi-mualliflar:
T.S.Usmonxo‘jayev, S.T.Islomova. T.: “Ilm Ziyo” nash. 2006.
2. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy va kengaytirilgan jismoniy
tarbiyasi”. Tuzuvchi-mualliflar: K.M.Mahkamjonov, M.Sh.Rasuleva va bosh.
T.: “Ilm Ziyo” nash. 2006.
3. “Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya” Tuzuvchi-mualliflar:
T.S.Usmonxo‘jayev, S.T.Islomova. T.: “Ilm Ziyo” nash. 2006.
25
4. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy va kengaytirilgan jismoniy
tarbiyasi”. Tuzuvchi-mualliflar: K.M.Mahkamjonov, M.Sh.Rasuleva va bosh.
T.: “Ilm Ziyo” nash. 2006.
5. “O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiyalash-yuksak
ma’naviyatli kelajak avlodni tarbiyalash negizidir” mavzusidagi respublika
ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2009.
6. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash” (metodik tavsiya).
G.Q.Jalolova. Toshkent, 2004.
7. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash” (metodik tavsiya).
G.Q.Jalolova. Toshkent, 2004.
8. 1. Sadikovich S. S. Physical Culture and Sports as the Basis for a Healthy
Lifestyle for Young People. – 2022.
9. Усмонов Ш. Х., Самадов С. С., Фармонов А. Ч. Физкультурноспортивные
интересы и мотивационные установки студентов //Вопросы науки и
образования. – 2021. – Т. 4. – С. 129.
10.
Самадов С. Ўқувчи ёшларни спортга йўналтиришда жисмоний
машқларнинг таъсирини белгиловчи омиллар: 10.53885/w4652-5783-4488-
q С. Самадов ўқитувчи Бухоро давлат университети //Научно-
практическая конференция. – 2022. – С. 756-759.
11.
Kh K. R., Shukurov R. S., Samadov S. S. The Inquiry On The Changes Of
Ralations Towards The Basics Of The Culture Of Healthy Life In The Students
Of Elective Courses //International Journal of Progressive Sciences and
Technologies. – 2021. – Т. 25. – №. 2. – С. 112-118.
12.
Ostonov J. S., Ibragimov M. M. Bokschi sportchilarda psixologik
muhofazaning ijtimoiypsixologik xususiyatlari //Science and Education. – 2022.
– Т. 3. – №. 4. – С. 1534-1539.
13.
Saliyev S. A., Ibragimov M. M. WAYS TO DEVELOP BOXERS'PHYSICAL
SKILLS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2022. –
С. 98- 102.
26
14.
Mukhammadovich I. M. The Importance of Functional Training in the Training
of Boxers //Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science. – 2022.
– Т. 1. – №. 6. – С. 15-19.
15.
Ilxanovich X. R., Muxammadovich I. M. Methods of Training Young Boxers
According to the System of Tasks //Vital Annex: International Journal of Novel
Research in Advanced Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 153-159.
16.
Самадов С. С. Мактабгача ёшдаги болалар ривожланишининг ёш
хусусиятлари ва жисмоний тарбия машғулотлари //Science and Education.
– 2022. – Т. 3. – №. 5. – С. 1383-1388.