Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

Yuklangan vaqt

2024-10-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

138,5 KB


 
 
 
 
 
 
Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi, maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari 
 
 
 
Mashg’ulot rejasi 
1.1. Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi va ilmiy tadqiqot 
metodlari  
1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari.  
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va 
unga ta’sir etuvchi omillar  
1.4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. 
 
Tayanch tushunchalar: pedagogika, maktabgacha pedagogika, metod, 
ilmiy tadqiqot usullari, tushuncha, rivojlanish, shakllanish, qonuniyat, 
omillar, yosh davrlari. 
 
1.1. Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi va ilmiy tadqiqot 
metodlari 
 
         Inson tarbiyasi insonning o’zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. SHu 
sababli, insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, 
ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka 
yetaklash yo’llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifatliligi 
va ma’naviy komilligiga erishish ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga 
oshiriladi. Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir 
Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari Mashg’ulot rejasi 1.1. Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi va ilmiy tadqiqot metodlari 1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar 1.4. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: pedagogika, maktabgacha pedagogika, metod, ilmiy tadqiqot usullari, tushuncha, rivojlanish, shakllanish, qonuniyat, omillar, yosh davrlari. 1.1. Maktabgacha pedagogika asoslarining mavzu bahsi va ilmiy tadqiqot metodlari Inson tarbiyasi insonning o’zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. SHu sababli, insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishish ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi. Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir  
 
shaxsni hamma yosh davrlarida uyg’un rivojlantirish qonuniyatlari to’g’risidagi 
fandir. Shu bois, pedagogika fani insonni har tomonlama tarbiyalash haqidagi fan 
bo’lib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yo’lida xizmat qiladi. 
Maktabgacha pedagogika esa bolaga tug’ilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama 
tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganadi va bog’cha sharoitida ta’lim- tarbiya ishini 
tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi. Inson tarbiyasiga oid 
qonunlar dastlab xalq og’zaki ijodida: ertak, qissa, pandnoma, maqol va matal 
kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan. Ta’lim-
tarbiya ishlarining takomillashib borishida SHarq va G’arbning qomusiy olim va 
pedagoglarining o’rni kattadir. 
        Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, 
Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan 
mutafakkirlar o’zlarining qator asarlarida ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor bilan 
qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o’zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» 
asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi. Abdulla 
Avloniy esa tarbiya haqida g’oyat ibratli fikrlarni bildiradi. «Pedagogika — Abdulla 
Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani, demakdir». «Dars ila tarbiya 
ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi—biluvchi, tarbiya oluvchi—amal 
qiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lo’nda ta’rif berib, ta’lim bilan 
tarbiyani esa jon bilan tanga o’xshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin 
emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha, tarbiyani yoshlikdan 
berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya 
beradi, keyin tarbiya bilan butun jamo- atchilik shug’ullanadi, chunki bunda inson 
taqdiri hal etiladi deydi. Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. 
Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his- tuyg’ulari shakllanadi. Eng muhimi 
ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan 
xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va 
individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama 
rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ham 
shaxsni hamma yosh davrlarida uyg’un rivojlantirish qonuniyatlari to’g’risidagi fandir. Shu bois, pedagogika fani insonni har tomonlama tarbiyalash haqidagi fan bo’lib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yo’lida xizmat qiladi. Maktabgacha pedagogika esa bolaga tug’ilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganadi va bog’cha sharoitida ta’lim- tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi. Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalq og’zaki ijodida: ertak, qissa, pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan. Ta’lim- tarbiya ishlarining takomillashib borishida SHarq va G’arbning qomusiy olim va pedagoglarining o’rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o’zlarining qator asarlarida ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o’zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi. Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida g’oyat ibratli fikrlarni bildiradi. «Pedagogika — Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani, demakdir». «Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi—biluvchi, tarbiya oluvchi—amal qiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lo’nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga o’xshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha, tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamo- atchilik shug’ullanadi, chunki bunda inson taqdiri hal etiladi deydi. Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his- tuyg’ulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ham  
 
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr 
bo’lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik 
rivojlanishiga poydevor bo’ladi. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi va vazifasi. “Maktabgacha 
pedagogikasi” fani “Pedagogika” fanining bir qismi bo’lib, o’zining nazariy, ilmiy va 
amaliy asoslariga ega. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari: 
yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida 
yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan 
olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy 
qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikasi fanining milliy asoslari- 
ta’lim-tarbiya 
muammolarini, 
muayyan 
millatning 
milliy 
qadriyatlarini 
umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lagan holda hal etish, har bir 
millatning ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya 
masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini 
milliylashtirishdan iborat. O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida 
har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o’stirish, xulq-
atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogika fanining dolzarb muammolaridan 
sanaladi. Maktabgacha ta’lim atamasi 1997 yil YUNESKO xalqaro tashkiloti 
tomonidan qabul qilingan.  
     Maktabgacha ta'lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning 
asosiy maqsadi – bu bolalardagi turli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, 
ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni 
rivojlantirishdan iboratdir.    
Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning 
maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni 
o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi tarbiyachi  murabbiylarning 
o’z oldiga aniq maqsad qo’yishi, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan yetuk 
shaxs qilib tarbiyalash uchun o’z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon 
talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi usul va vositalaridan keng 
bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo’lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo’ladi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi va vazifasi. “Maktabgacha pedagogikasi” fani “Pedagogika” fanining bir qismi bo’lib, o’zining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari: yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikasi fanining milliy asoslari- ta’lim-tarbiya muammolarini, muayyan millatning milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog’lagan holda hal etish, har bir millatning ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylashtirishdan iborat. O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini o’stirish, xulq- atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogika fanining dolzarb muammolaridan sanaladi. Maktabgacha ta’lim atamasi 1997 yil YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan qabul qilingan. Maktabgacha ta'lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi – bu bolalardagi turli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi tarbiyachi murabbiylarning o’z oldiga aniq maqsad qo’yishi, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan yetuk shaxs qilib tarbiyalash uchun o’z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi usul va vositalaridan keng  
 
foydalana olish kabi tarbiyachilik mahoratini shakllantirishga qaratiladi. O’sib 
kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud 
muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida 
ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh avlodga 
ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim-
tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha 
ta’lim pedagogikasi fanining qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari 
asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb 
muammolaridir. Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish muammolarini hal etish maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani oldiga 
qator vazifalarni qo’ymoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari 
esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga qarab 
belgilanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tomonlama kamol 
toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir. 
Bu sohada SHarq va G’arb xalqlari yaratgan og’zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, 
pedagog va olimlarning ta’lim-tarbiyaga doir ilg’or fikrlarini o’rganib, tahlil qilib, 
barkamol insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish biz uchun juda qimmatlidir: 
- ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar 
bog’chalari amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak tarbiyachi — o’qituvchilarga 
o’rgatish hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib, 
bo’lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish; 
- maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish.  
     Bunday vazifalarda tadqiq etish; 
   - birinchidan, bolalar sog’lig’ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy 
rivojlanishini ta’minlaydi;   
   - ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi;  
   - uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o’lkaga muhabbat, kattalarga 
hurmatni, o’rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, 
uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;  
foydalana olish kabi tarbiyachilik mahoratini shakllantirishga qaratiladi. O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim- tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir. Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal etish maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani oldiga qator vazifalarni qo’ymoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga qarab belgilanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir. Bu sohada SHarq va G’arb xalqlari yaratgan og’zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta’lim-tarbiyaga doir ilg’or fikrlarini o’rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish biz uchun juda qimmatlidir: - ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar bog’chalari amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak tarbiyachi — o’qituvchilarga o’rgatish hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib, bo’lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish; - maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. Bunday vazifalarda tadqiq etish; - birinchidan, bolalar sog’lig’ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi; - ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi; - uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o’lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, o’rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;  
 
   - to’rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi.  
Bunda asosiy vazifa tarbiyalanuvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni, ya’ni 
ma’lumotni shakllantirishdir. Ma’lumot bu ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan 
va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan 
dunyoqarash majmui. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati 
haqida o’zbek olimasi Yusupova P. o’zining “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” 
nomli o’quv qo’llanmasida batafsil to’xtalib o’tgan.  
Keyingi yillarda jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bo’yicha olib 
borilgan ilmiy- pedagogik tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash 
vazifalarini ularning psixik-fiziologik imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilash 
zarurligini ko’rsatib berdi. Ular bolalar bog’chasining “Bolajon” tayanch dasturida 
o’z aksini topgan.  
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Ilmiy 
tadqiqot ishlari ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan bog’liq vazifalarni xalq 
ta’limining hamma bo’g’inlaridagi o’quv-tarbiyaviy ishlarni kelgusida yanada 
yaxshilash yo’llarini topish uchun amalga oshiriladi. 
Ilmiy tadqiqot metodlari (metod — lotincha yo’l degan ma’noni anglatadi)orqali 
amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot ishida olimlar pedagogika, maktabgacha ta’lim 
pedagogikasi va psixologiya fanining vakillari, maktab o’qituvchilari, bolalar 
bog’chalari tarbiyachilari va shuningdek, tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita 
bog’liq bo’lgan kishilar qatnashadilar. 
Pedagogik voqea-hodisalarning qonuniyatlarini ochish har xil yo’llar bilan 
amalga oshirilishi mumkin. Tadqiqotning empirik darajasida har xil faktik materiallar 
yig’iladi, ular to’liq yoritib boriladi, shuningdek voqealar o’rtasidagi ob’ektiv 
bog’liqliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan voqea qar tomonlama puxta o’rganiladi. 
Tadqiqotning nazariy darajasi o’rganilayotgan voqeaning mohiyatini aniqlashga 
yo’naltirilgan maxsus tizimlashtirish va tahlil usulidir. Ilmiy tadqiqot ishini olib 
borishda qo’llaniladigan maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining rivojlanishini 
ta’minlaydigan ilmiy tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi. 
- to’rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi. Bunda asosiy vazifa tarbiyalanuvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni, ya’ni ma’lumotni shakllantirishdir. Ma’lumot bu ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati haqida o’zbek olimasi Yusupova P. o’zining “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi” nomli o’quv qo’llanmasida batafsil to’xtalib o’tgan. Keyingi yillarda jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bo’yicha olib borilgan ilmiy- pedagogik tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalarini ularning psixik-fiziologik imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda belgilash zarurligini ko’rsatib berdi. Ular bolalar bog’chasining “Bolajon” tayanch dasturida o’z aksini topgan. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Ilmiy tadqiqot ishlari ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan bog’liq vazifalarni xalq ta’limining hamma bo’g’inlaridagi o’quv-tarbiyaviy ishlarni kelgusida yanada yaxshilash yo’llarini topish uchun amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot metodlari (metod — lotincha yo’l degan ma’noni anglatadi)orqali amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot ishida olimlar pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiya fanining vakillari, maktab o’qituvchilari, bolalar bog’chalari tarbiyachilari va shuningdek, tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan kishilar qatnashadilar. Pedagogik voqea-hodisalarning qonuniyatlarini ochish har xil yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Tadqiqotning empirik darajasida har xil faktik materiallar yig’iladi, ular to’liq yoritib boriladi, shuningdek voqealar o’rtasidagi ob’ektiv bog’liqliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan voqea qar tomonlama puxta o’rganiladi. Tadqiqotning nazariy darajasi o’rganilayotgan voqeaning mohiyatini aniqlashga yo’naltirilgan maxsus tizimlashtirish va tahlil usulidir. Ilmiy tadqiqot ishini olib borishda qo’llaniladigan maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining rivojlanishini ta’minlaydigan ilmiy tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi.  
 
      Adabiyotlarni o’rganish metodi. Adabiyotlarni o’rganish jarayonida milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi buyuk mutafakkir pedagogik 
olimlarning asarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari ta’lim - tarbiya 
borasida qabul qilingan qarorlar tadqiqot mavzusiga oid darslik, risola va maqolalar, 
pedagogik. Psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o’rganiladi. 
       Kuzatish metodi. Kuzatish - adabiyotlarni o’rganishdan keyin boshlanadigan 
jarayon. Kuzatishda tadqiqotchi ma’lum pedagogik hodisani, maqsadni ko’zlab 
tashkil etadi. Tadqiqotchi kuzatishga oldindan puxta tayyorlanadi, kuzatishdan 
ko’zda tutilgan maqsadni aniqlaydi, uning dasturi rejalari tuziladi, kuzatish manzili, 
muddati belgilanadi. Kuzatish ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. 
Qisqa kuzatish deganda  
ob’ektning kundalik faoliyatidagi o’zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish 
tushuniladi. Uzoq muddatli kuzatish esa maqsad — reja va dastur asosida olib 
boriladi va ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelish tushuniladi. Kuzatish  yakunlarini 
qayd qilishda kino, video yozuvi, televidenie va boshqa texnikaviy vositalardan 
foydalanish mumkin. 
       Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo’lgan masalalarni oydinlashtirib 
olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. Suhbat yakka tartibda 
hamda jamoa tarzida olib boriladi. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea- 
hodisalari to’g’risidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab 
olishga bevosita yordam beradi. Suhbatdan metod sifatida foydalanishda, albatta, 
uning maqsadi va rejasini aniqlab olish kerak bo’ladi. Suhbat metodi jarayonida 
intervьyu olish ham muhim sanaladi. O’rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq 
javoblar magnit tasmasiga yozib olinadi va tahlil etiladi. 
       Hujjatlarni va bolalarning ishlarini o’rganish. Bolalar ishlarini o’rganish 
ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni o’rganish 
orqali o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga 
maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, 
bolalar bog’chasi tarbiyalanuvchilarning rasmlari, loy va plastilindan yasalgan 
buyumlar va shu kabilar kiradi. Masalan, bolalar ancha ilgari chizgan rasmlarini 
Adabiyotlarni o’rganish metodi. Adabiyotlarni o’rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi buyuk mutafakkir pedagogik olimlarning asarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari ta’lim - tarbiya borasida qabul qilingan qarorlar tadqiqot mavzusiga oid darslik, risola va maqolalar, pedagogik. Psixologik tadqiqotlar, dissertatsiyalar o’rganiladi. Kuzatish metodi. Kuzatish - adabiyotlarni o’rganishdan keyin boshlanadigan jarayon. Kuzatishda tadqiqotchi ma’lum pedagogik hodisani, maqsadni ko’zlab tashkil etadi. Tadqiqotchi kuzatishga oldindan puxta tayyorlanadi, kuzatishdan ko’zda tutilgan maqsadni aniqlaydi, uning dasturi rejalari tuziladi, kuzatish manzili, muddati belgilanadi. Kuzatish ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish deganda ob’ektning kundalik faoliyatidagi o’zgarishlardan ma’lum xulosaga kelish tushuniladi. Uzoq muddatli kuzatish esa maqsad — reja va dastur asosida olib boriladi va ma’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelish tushuniladi. Kuzatish yakunlarini qayd qilishda kino, video yozuvi, televidenie va boshqa texnikaviy vositalardan foydalanish mumkin. Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo’lgan masalalarni oydinlashtirib olish maqsadida, oldindan tuzilgan reja asosida o’tkaziladi. Suhbat yakka tartibda hamda jamoa tarzida olib boriladi. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea- hodisalari to’g’risidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab olishga bevosita yordam beradi. Suhbatdan metod sifatida foydalanishda, albatta, uning maqsadi va rejasini aniqlab olish kerak bo’ladi. Suhbat metodi jarayonida intervьyu olish ham muhim sanaladi. O’rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit tasmasiga yozib olinadi va tahlil etiladi. Hujjatlarni va bolalarning ishlarini o’rganish. Bolalar ishlarini o’rganish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni o’rganish orqali o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, bolalar bog’chasi tarbiyalanuvchilarning rasmlari, loy va plastilindan yasalgan buyumlar va shu kabilar kiradi. Masalan, bolalar ancha ilgari chizgan rasmlarini  
 
qarab chiqish, tahlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarning qay darajada 
murakkablashib borganini aniqlash hamda ular bilan keyingi olib boriladigan ishlarni 
belgilashga yordam beradi. 
     Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritishdir. 
Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi.  
      Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning 
asosiy turlari bo’lib, ular ko’pgina ishlarni o’z ichiga oladi. Tabiiy eksperiment 
sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini 
buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment — bu ham kuzatish, lekin u 
pedagogik jarayonning o’tish sharoitlarini muntazam o’zgartirish munosabati bilan 
maxsus tashkil etiladi. Laboratoriya ishi ham ilmiy tadqiqotning ancha qat’iy shakli 
hisoblanadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: 
Eksperimentni rejalashtirish — eksperiment o’tkazish va natijalarni sharhlash. 
Eksperimentni tashkil etish va o’tkazish tartibi belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan 
holda olib borilishi kerak. SHarhlash bosqichida ma’lumotlar yig’iladi va qayta 
ishlanadi. 
      Tajriba o’rganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba tushunchasi 
ko’p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng ma’nosi ta’lim va tarbiya amaliyotidir. 
Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi  maktabgacha muassasalarda olib boriladigan 
ta’lim-tarbiya 
ishlari 
qay 
darajada 
amalga 
oshirilayotganini 
o’rganishdir. 
Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini 
o’rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok etish va qayta 
ishlab chiqish, ya’ni ilg’or tajribani umumlashtirish, yoyish katga ahamiyatga egadir. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib 
tarbiyalashdagi o’rni. 
         Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir-biri bilan uzviy bog’langan 
quyidagi tushunchalar mavjud: tarbiya, ta’lim, ma’lumot. Tarbiya—kishilik 
jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga 
vorislik vazifasini bajarib kelgan bo’lsa-da, ammo har bir jamiyatda tarbiyaning 
mazmuni maqsadi, vazifalari, o’ziga xosligi bilan farqlanadi. Tarbiya ijtimoiy hayot 
qarab chiqish, tahlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlarning qay darajada murakkablashib borganini aniqlash hamda ular bilan keyingi olib boriladigan ishlarni belgilashga yordam beradi. Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritishdir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari bo’lib, ular ko’pgina ishlarni o’z ichiga oladi. Tabiiy eksperiment sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment — bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o’tish sharoitlarini muntazam o’zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etiladi. Laboratoriya ishi ham ilmiy tadqiqotning ancha qat’iy shakli hisoblanadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: Eksperimentni rejalashtirish — eksperiment o’tkazish va natijalarni sharhlash. Eksperimentni tashkil etish va o’tkazish tartibi belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. SHarhlash bosqichida ma’lumotlar yig’iladi va qayta ishlanadi. Tajriba o’rganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba tushunchasi ko’p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng ma’nosi ta’lim va tarbiya amaliyotidir. Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi maktabgacha muassasalarda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotganini o’rganishdir. Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini o’rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok etish va qayta ishlab chiqish, ya’ni ilg’or tajribani umumlashtirish, yoyish katga ahamiyatga egadir. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi o’rni. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi tushunchalar mavjud: tarbiya, ta’lim, ma’lumot. Tarbiya—kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, o’sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajarib kelgan bo’lsa-da, ammo har bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, o’ziga xosligi bilan farqlanadi. Tarbiya ijtimoiy hayot  
 
uchun zarur hodisa bo’lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va 
ko’nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish 
hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni 
maqsad qilib qo’yadi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash muammolari 
dastlab xalq og’zaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda 
mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan. 
Abdulla Avloniy tarbiya haqida gapirar ekan, haqli ravishda shunday degan 
edi:“Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot-yo halokat, yo sadoqat - yo 
falokat masalasidir”. Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, imon-
e’tiqod, mehr-muruvvat, rostgo’ylik, adolatgo’ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va 
bilimdonlik kabi g’oyalar vositasida shakllanib boradi. Ta’lim – bolalarga bilimni 
tartibli bayon qilish jarayoni bo’lib, muayyan ko’nikma va malakalarni singdirish, 
ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini, 
e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va 
ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon bo’lib va 
o’qitishni o’z ichiga oladi. O’qitish –pedagogik faoliyat bo’lib, bilim malaka, 
ko’nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik 
qilishdir. O’qish - o’quvchining bilim, malaka, ko’nikmalarini egallashdagi amaliy 
faoliyatidir. U o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishshsh ta’minlaydi.  
Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bo’lib, u ijtimoiy hayot voqealarni ob’ektiv 
aks ettiradi. Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri to’grisidagi 
umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, ko’nikmalar tizimining egallab olinishi 
natijasidir. Ma’lumot kishining bilishga bo’lgan talabini ta’minlab, undagi 
qobiliyatlarni 
ma’lum 
darajaga 
ko’taradi 
va 
amaliy 
faoliyatgatayyorlaydi. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib 
tarbiyalashdagi o’rni biqiyosdir. 
Maktabgacha ta’lim turli yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash bilan birga, 
ularni sog’lom, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy 
psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam 
ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi, unda o’qishga 
uchun zarur hodisa bo’lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va ko’nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo’yadi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash muammolari dastlab xalq og’zaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan. Abdulla Avloniy tarbiya haqida gapirar ekan, haqli ravishda shunday degan edi:“Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot-yo halokat, yo sadoqat - yo falokat masalasidir”. Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, imon- e’tiqod, mehr-muruvvat, rostgo’ylik, adolatgo’ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va bilimdonlik kabi g’oyalar vositasida shakllanib boradi. Ta’lim – bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bo’lib, muayyan ko’nikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini, e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon bo’lib va o’qitishni o’z ichiga oladi. O’qitish –pedagogik faoliyat bo’lib, bilim malaka, ko’nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir. O’qish - o’quvchining bilim, malaka, ko’nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishshsh ta’minlaydi. Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bo’lib, u ijtimoiy hayot voqealarni ob’ektiv aks ettiradi. Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri to’grisidagi umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, ko’nikmalar tizimining egallab olinishi natijasidir. Ma’lumot kishining bilishga bo’lgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko’taradi va amaliy faoliyatgatayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi o’rni biqiyosdir. Maktabgacha ta’lim turli yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash bilan birga, ularni sog’lom, har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi, unda o’qishga  
 
intilish hissini uyg’otadi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada 
hamda davlat va davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha bolalar muassasatarida 
amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha bolalar ta’lim-
tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq sog’lom, yetuk, maktabda 
o’qishga tayyor tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. 
Maktabgacha ta’limning vazifalari: 
Bolalarni xalqning boy milliy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash. 
 
Bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish. 
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish ehtiyojini, o’qishga 
intilishini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga 
tayyorlash. 
 
Bolalar tafakkurini rivojlantirish o’zining fikrini mustaqil va erkin 
ifodalash malakalarini shakllantirish. 
 
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini ta’minlash. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy 
va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq 
ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo’nalishlariga 
ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: 
 
bolalar yaslisi, bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi, xonadon 
bolalar 
bog’chasi, (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida); 
 
bog’cha maktab majmuasi; 
 
tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo’nalishlarda 
rivojlantiradigan (til o’rganish, badiiy-estetik, sport va boshqa yo’nalishlar bo’yicha) 
maktabgacha ta’lim muassasasi. 
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini 
bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim 
muassasasi.  
intilish hissini uyg’otadi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha bolalar muassasatarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini maktabgacha bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq sog’lom, yetuk, maktabda o’qishga tayyor tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Maktabgacha ta’limning vazifalari: Bolalarni xalqning boy milliy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash.  Bolalarda milliy g’urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish.  Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim olish ehtiyojini, o’qishga intilishini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash.  Bolalar tafakkurini rivojlantirish o’zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish.  Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini ta’minlash. Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo’nalishlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:  bolalar yaslisi, bolalar bog’chasi, bolalar yasli bog’chasi, xonadon bolalar bog’chasi, (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida);  bog’cha maktab majmuasi;  tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo’nalishlarda rivojlantiradigan (til o’rganish, badiiy-estetik, sport va boshqa yo’nalishlar bo’yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi. Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi.  
 
Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari va muolajalari 
ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi bolalar bog’chasi. 
Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasi (aralash turdagi muassasa 
tarkibiga sog’lomlashtiruvchi guruhlar turlicha miqdorda bo’lishi mumkin). 
Maktabgacha ta’limning turlari ota -onalar (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) 
tomonidan tanlanadi. 
1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari 
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, 
qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan 
sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, 
asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha pedagogika fanining asosiy 
kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga 
erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim 
kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish,o’qish), 
bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish. 
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari 
bilan 
boshqalardan 
ajralib 
turuvchi, 
muayyan 
xulq-atvor 
va 
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. 
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib 
toptirish jarayoni. 
Ta’lim –bolalarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan 
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini 
shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. 
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida 
aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. 
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. 
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan 
shakli. 
Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog’lomlashtiruvchi bolalar bog’chasi. Aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasi (aralash turdagi muassasa tarkibiga sog’lomlashtiruvchi guruhlar turlicha miqdorda bo’lishi mumkin). Maktabgacha ta’limning turlari ota -onalar (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan tanlanadi. 1.2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Maktabgacha pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish,o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish. Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta’lim –bolalarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.  
 
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, 
hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. 
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan 
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab 
jarayon. 
 
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari 
va unga ta’sir etuvchi omillar 
“Shaxs” tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, 
shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga 
xizmat kiladi. Individ shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit 
inson sifatida xis etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i 
kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh 
sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga 
oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. 
Malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va 
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. 
Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, 
ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan 
kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. 
Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida individ inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan 
miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. 
Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan 
yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib 
borishi, mikdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining 
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar “Shaxs” tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat kiladi. Individ shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida xis etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. Malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida individ inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, mikdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ifodalaydi. Rivojlanishining  
 
manbai qarama-qarshiliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining 
rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni 
vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat 
rivojlanishining qonuniyaglari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir 
butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy 
qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. 
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan 
birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida 
o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga 
berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, 
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib o’rin egallaydi. CHunki 
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va 
bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, 
shaxsni rivojlantirishi vazifasini to’g’ri xal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi 
omillar, shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi 
uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga 
muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa 
mavjud. 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi  omillar. 
Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning 
ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom 
etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning ta’siri kuchli 
bo’ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri 
yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo’nalish deb 
nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotelь, 
Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, 
tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, degan g’oyani ilgari suradi. XVI 
asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs 
rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini 
inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida 
manbai qarama-qarshiliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyaglari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. SHaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirishi vazifasini to’g’ri xal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o’rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning ta’siri kuchli bo’ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotelь, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, degan g’oyani ilgari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida  
 
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga 
o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. 
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm  oqimi va 
uning vakillari  D.Dьyui, A.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai 
nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb 
qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga 
ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) 
omilga bog’laydi. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy 
omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik 
rivojlanishi u yashaydigan muhitta bog’lik deb ko’rsatadi. Muhit deganda inson 
yashaydigan sharoitdagi barcha tashki ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya 
tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga 
moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular ijtimoiy muhitning 
rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida 
rivojlanib, tarakkiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nael (biologik 
omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq 
amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini 
aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik 
deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb 
xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati ta’sirida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson 
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy hayot maxsulidir. 
Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki 
yo’q qilishi mumkin. SHaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko’rsatadi. 
Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero, 
birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat 
va texnik faoliyat bilan bog’lik ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, 
tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi. 
yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dьyui, A.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog’laydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bog’lik deb ko’rsatadi. Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashki ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, tarakkiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nael (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati ta’sirida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy hayot maxsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin. SHaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga ta’siri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’lik ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi.  
 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. 
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan 
rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. SHunday 
qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakch o’ringa ega bo’lib, tarbiya 
tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga 
qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs 
shakllanishiga doir to’rt yondashuv qaror toptan: 
1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti-
harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga 
bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. 
2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy 
faoliyati davomida boshkalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri 
ostida ijtimoiylashadi. 
3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash 
kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi - kizikishlari, qobiliyatlari 
ijtimoiy hodisa sanaladi. 
4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat 
uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. SHu 
bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning 
rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. 
 
1.3. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari 
Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va 
psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni 
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga 
tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni 
muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos 
xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining 
o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-
xil bo’ladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin. To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. SHunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakch o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to’rt yondashuv qaror toptan: 1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo’lib, uning butun xatti- harakatlari tug’ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo’ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. 2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug’iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshkalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi. 3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo’nalganligi - kizikishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. 4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo’lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o’ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko’rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. 1.3. Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi. Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma- xil bo’ladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Abdulla  
 
Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tgan. Bolaning o’ziga xos 
xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik 
jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. M: ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez 
anglash, sust fikr yuritishi, xovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, 
serg’ayrat yokig’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala 
ishlaydigan, 
yig’inchoqligi 
yoki 
ishga 
tez 
kirishib 
ketishi 
kabilar 
nerv 
faoliyatitizimining ta’siri bo’lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual, o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish 
muhim. Temperament (lot. “temperamentum’' -qismlarning bir-biriga munosabati) 
shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda 
quyidagi davrlarga bo’linadi: 
go’daklik (1 yoshgacha); 
bolalik yoshi (1-2 yosh); 
ilk yosh guruhi (2-3 yosh); 
kichik yosh (3-4 yosh); 
o’rta yosh (4-5 yosh) ; 
katta yosh (5-6 yosh); 
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh) 
Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to’qqiz 
oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o’taydi. 
Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo’ladi. SHuning uchun 
ham bu ta’sirning ijobiy bo’lishini ta’minlash lozim. 
Bir yoshgacha bo’lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida 
bo’lib, u ona suti bilan ozikdanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo’lmasa ham 
nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga 
ega bo’ladi. SHuning uchun ham go’daklik rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo’lgan 
davrda dastlabki so’zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari 
go’dakni to’g’ri parvarish qilishni yo’lga qo’yishlari lozim. Oilada bolani 
Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tgan. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. M: ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, xovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yokig’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyatitizimining ta’siri bo’lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual, o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum’' -qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo’linadi: go’daklik (1 yoshgacha); bolalik yoshi (1-2 yosh); ilk yosh guruhi (2-3 yosh); kichik yosh (3-4 yosh); o’rta yosh (4-5 yosh) ; katta yosh (5-6 yosh); maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh) Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to’qqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o’taydi. Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo’ladi. SHuning uchun ham bu ta’sirning ijobiy bo’lishini ta’minlash lozim. Bir yoshgacha bo’lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo’lib, u ona suti bilan ozikdanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo’lmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo’ladi. SHuning uchun ham go’daklik rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo’lgan davrda dastlabki so’zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go’dakni to’g’ri parvarish qilishni yo’lga qo’yishlari lozim. Oilada bolani  
 
tarbiyalashda ota-ona bilan bola o’rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-
onalar hech qachon tarbiyani o’z xoliga tashlab qo’ymasligi, ya’ni bolaning ilk 
yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy 
tajribani o’rganadi, kuzatadi va o’zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini 
o’rganadi. Bola nimaga o’rgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustaxkamlash 
zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning 
samaradorligini ta’minlaydi. 
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr 
o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan davr mobaynida 
bolaning nutqi va o’zgalar tomonidan aytilgan so’zlarni tushunish qobiliyatlari jadal 
rivojlangan bo’lsa, 2-3 yoshga kelib, o’zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni 
boshlanadi, bola musiqa, badiiy so’z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unta 
xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o’rgatish lozim. 
Ularda kattalarga jo’r bo’lib qo’shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, 
ohangni his etish ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda 
ular orasida o’zaro 
muloqotga kirishish ko’nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy 
ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko’nikmalarni rivojlantirishta 
va ularni malakalarga aylantirishga yo’naltirilmog’i lozim. 
Kichik guruh; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.  Bola 3 yoshga 
qadam qo’yganda jismoniy o’sishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib 
boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo’lib uynash 
ko’nikmalari shakllanadi. O’yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini 
farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda ko’rish-yasash faoliyatining 
dastlabki ko’rinishlari namoyon bo’ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati kisman 
markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni 
boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o’yin faoliyati yetakchi 
rol o’ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va 
rivojlantirishga keng yo’l ochadigan ta’limiy mashg’ulotlar tizimini belgilab berishga 
yo’naltirilgan. Shuningdek, bola 3 yoshligida ularda diqqat qisman markazlashadi, 
tarbiyalashda ota-ona bilan bola o’rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota- onalar hech qachon tarbiyani o’z xoliga tashlab qo’ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o’rganadi, kuzatadi va o’zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o’rganadi. Bola nimaga o’rgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustaxkamlash zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o’zgalar tomonidan aytilgan so’zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo’lsa, 2-3 yoshga kelib, o’zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so’z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unta xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o’rgatish lozim. Ularda kattalarga jo’r bo’lib qo’shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o’zaro muloqotga kirishish ko’nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko’nikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yo’naltirilmog’i lozim. Kichik guruh; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo’yganda jismoniy o’sishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo’lib uynash ko’nikmalari shakllanadi. O’yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda ko’rish-yasash faoliyatining dastlabki ko’rinishlari namoyon bo’ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati kisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o’yin faoliyati yetakchi rol o’ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochadigan ta’limiy mashg’ulotlar tizimini belgilab berishga yo’naltirilgan. Shuningdek, bola 3 yoshligida ularda diqqat qisman markazlashadi,  
 
xotira mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz 
qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o’yin faoliyati yetakchi rol o’ynaydi. 
O’rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola to’rt yoshga 
yettach, uning jismoniy o’sishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi 
tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar pustlogining faoliyati takomillashib boradi. 
Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o’zgarishlar sodir bo’ladi, 
ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko’nikmasi shakllanadi. 
Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi 
bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni uzi mustaqil bajarishga 
intiladi. Bu yoshda bola nixoyatda serharakat, o’yinqarok, o’ta qiziquvchan bo’ladi. 
U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to’g’ri 
ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, salomatligini muxofaza qilish, ruhiy holatini 
nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. 
Ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga 
yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. 
Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. 
Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi 
mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to’g’ri usishini ta’minlashga alohida 
e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chakalok yuragiga nisbatan 4-5 barobar 
kattalashgan, biroq muskullari xali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti 
yoshga yetganda miya pustlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi 
ko’rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga 
juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi 
ravon bo’lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan takdirda 
uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligining 
rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar bolaning fikr 
ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik 
tafakkuri, 
hisoblash 
ko’nikmalarini 
rivojlanishi 
lozim. 
Dastlabki 
iqtisodiy 
tushunchalarga 
ehtiyoj 
seziladi. 
Bolaning 
faraz 
qilish 
qobiliyatini 
jadal 
rivojlantirishga aloxida e’tibor karatish maqsadga muvofiqdir. 
xotira mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o’yin faoliyati yetakchi rol o’ynaydi. O’rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola to’rt yoshga yettach, uning jismoniy o’sishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar pustlogining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o’zgarishlar sodir bo’ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni uzi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nixoyatda serharakat, o’yinqarok, o’ta qiziquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, salomatligini muxofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to’g’ri usishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Ularning yuragi chakalok yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari xali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga yetganda miya pustlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq nutqi ravon bo’lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan takdirda uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga aloxida e’tibor karatish maqsadga muvofiqdir.  
 
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. 
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi, 
uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar uzini 
idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu 
yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi 
hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi Bu yoshda bola chiniqadi. 
qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va 
tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda 
gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda 
faoliyatning yangi turi bo’lgan ta’lim olishga o’qishga ishtiyoq uyg’otish lozim. Bu 
o’rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki 
o’quv elementlarini o’rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul 
qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim 
olishga tayyor bo’lishi kerak. Bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini 
aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. SHu bilan bir qatorda 
maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega 
bo’lishi shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axlok-odobi va 
shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo’lganda, u 
olti yoshli bolalarni o’qitish huquqiga ega bo’ladi. SHuning uchun ham 6-7 yoshli 
bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o’qitadigan tarbiyachilar 
pedagogik- psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va 
shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak, maktabgacha yoshdagi 
bola shaxsining rivojlanishi o’ziga xos, murakkab jarayon sanaladi. Maktabgacha 
ta’lim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy 
ta’limotga asoslanadi. 
Bu yoshdagi bolalarning tulaqonli rivojlanishida biologik (irsiyat), ijtimoiy 
(ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, 
maktabgacha ta’lim yoshining o’zi ham yettita o’ziga xos, alohida davrlarga 
ajratiladi. SHu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o’qitish va 
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar uzini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la boshlaydi. Bu yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi Bu yoshda bola chiniqadi. qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi, Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo’lgan ta’lim olishga o’qishga ishtiyoq uyg’otish lozim. Bu o’rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o’quv elementlarini o’rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim olishga tayyor bo’lishi kerak. Bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. SHu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo’lishi shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axlok-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo’lganda, u olti yoshli bolalarni o’qitish huquqiga ega bo’ladi. SHuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o’qitadigan tarbiyachilar pedagogik- psixologik nuqtai nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. Demak, maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi o’ziga xos, murakkab jarayon sanaladi. Maktabgacha ta’lim yoshi bolalarining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Bu yoshdagi bolalarning tulaqonli rivojlanishida biologik (irsiyat), ijtimoiy (ijtimoiy muhit) va tarbiya kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, maktabgacha ta’lim yoshining o’zi ham yettita o’ziga xos, alohida davrlarga ajratiladi. SHu sababli maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o’qitish va  
 
tarbiyalash ishiga mas’ul bo’lgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar 
bolalarning yosh davri xususiyatlaridan to’la xabardor bo’lishi lozim. 
tarbiyalash ishiga mas’ul bo’lgan shaxslar - tarbiyachi va ota-onalar, vasiylar bolalarning yosh davri xususiyatlaridan to’la xabardor bo’lishi lozim.