MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISI VA DEMOKRATIK JAMIYATDA UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
78,5 KB
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISI VA
DEMOKRATIK JAMIYATDA UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va unga qo’yiladigan
talablar. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o’rni.
2. Zamonaviy tarbiyachilar kasbiy kompetentligi va uning muhim
jihatlari.
Tayanch tushunchalar: maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyachi-
o’qituvchi, kompetentsiya, kasbiy kompetentlik
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi va unga
qo’yiladigan talablar. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o’rni
Tarbiyachi
yosh
avlodimizni
xalqimizning
munosib
farzandlari
qilib
tayyorlashdek muhim, faxrli va ish bilan birga mas’ulyatli vazifani bajaradi.
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda
jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy
yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlaryni
o’sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo’lishi, o’zi yashab
turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiatning qonunyatlarini tushunishi, ijtimoiy
faol bo’lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va
fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai
nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga
oshirishga imkon beradi. tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh
avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun
o’qituvchi va tarbiyachilar, metodist o’qituvchi, katta o’qituvchi, metodist tarbiyachi
va boshqa shunga o’xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika
miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika, viloyat,
tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo’lgan chuqur hurmat va ehtiromni
bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda
bog’chada, akademik litsey va kasb- hunar kollej hamda oliy o’quv yurtlarida
shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim
asoslarini, kasb-hunar malaka va ko’nikmalarini har tomonlama puxta egallab
borishini talab qiladi. Buning uchun o’sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan
qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati,
milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog’lom
ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo’yildi. Davlat ahamiyatiga molik
bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq
ta’limining boshlang’ich bo’limi bo’lgan bolalar bog’chalari muhim rolь o’ynaydi.
2. Tarbiyachi va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar.
Ta’lim tizimi rivojlanishi maktabgacha talim tizimida ham ulkan islohotlarni
olib kirilishiga sabab bo’lmoqda. Bu islohotlarga esa maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyachilarini oldiga bir qancha vazifa va talablar qo’yilmoqda. Bu
jarayonda endi har bir tarbiyachi o’zini ustida ishlashi va mahoratini oshirib borishi
davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo’ygan talablarni amalga
oshirishning garovidir.
Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilariga quyiladigan talablarga
quyidagilar kiradi:
Bolaning sog’lig’ini saqlash va mustaqkamlash.
Aqliy qobiliyatini o’stirish.
Milliy qadriyatimiz va ma’naviyatimizning g’oyaviy-aqliy tamoyillariga
mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.
Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.
Yosh avlodda o’rtoqlik, do’stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib
toptirish.
Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o’sib kelayotgan yosh
avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin
tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash
ishini ma’lum bir maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Mustaqillik
munosabati bilan o’qituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy o’sishlariga va moddiy
ahamiyat berilmoqda.
Masalan, Respublikamizda 1992 yil 1 oktyabrni o’qituvchi murabbiylar kuni
deb nomlanishi hamda xalq maorifi xodimlarning maoshlari oshirilib turmushlari
yaxshilanib bormoqda.
Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov o’zining “Buyuk kelajagimizning huquqiy
kafolati” nomli risolasida shunday yozadi: “Tarbiyachi — ustoz bo’lish uchun
boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o’zi
ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega
bo’lishi kerak”. Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat
kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini
taqozo etadi. Shunga ko’ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o’yinlarda,
mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo’ladigan muomalada,
muloqotda ibrat, namuna bo’lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o’rganishi,
uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon
qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o’z
vaqtida yordam ko’rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.
Demak, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” g’oyalarni amaliyotga tatbiq etish
respublika
ta’lim
tizimida
olib
borilayotgan
islohotlar
muvaffaqiyatini
ta’minlashta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi murabbiylarning
ma’naviy qiyofasi, imidji hamda kasbiy mahoratlariga va kompetentsiyasiga ham
bog’likdir.
3. Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini tayyorlash tizimi.
Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo’lib, juda qadimdan
ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir.
Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi
davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o’zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati
bilan jamiyat a’zolari o’rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo’lgan kishilar,
ya’ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir.
Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs
kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega
ekanligini anglatadi. O’zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni
ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar
qo’yilmoqda. Bu borada Birinchi Prezident I.A. Karimovning “Tarbiyachilarning
o’ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib
bo’lmaydigan
dolzarb
masalaga
duch
kelmoqdamiz.
O’qituvchi-tarbiyachi
bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun avvalo, murabbiyning ana shunday
bilimga ega bo’lishi kerak” deb aytgan fikrlarini eslash joiz. Yuqoridagi qayd etilgan
fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablarning
naqadar muhimligini anglash lozim.
Demak, tarbiyachi-maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo’yicha
yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. SHuning uchun zamonaviy tarbiyachi
murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy
murabbiy o’zini mutaxassisligi bo’yicha chuqur puxta bilimga ega bo’lish, o’z ustida
tinimsiz ishlashi kerak. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya-
fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak.
Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli
foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Tarbiyachi yuksak darajadagi
pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo’lish, pedagogik
texnika, nutq, yuz, qo’l, oyoq va gavda qarakatlari, mimika, jest, pantomimika)
qonuniyatlarini chuqur o’zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan,
ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to’g’ri taxlil qilib, unga ta’sir etuvchi
vositalarni qo’llay oladigan bo’lishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka,
ko’nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo’lishi va
uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.
- Nutqning aniqligi.
- Nutqning irodaviyligi.
- Nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan xoli bo’lib, faqat adabiy tilda
ifoda etish, jargon, (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so’zlar) varvarizm
(muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqtsa o’zga millatlarga xos so’zlarning
o’rinsiz qo’llanilishi) vulgarizm (harakat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar)
hamda kontselyarizm (o’rinli bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy nutqda so’zlash)
so’zlaridan xoli bo’lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi
kerak.
- Nutqning ravonligi.
- Nutqning boyligi (so’zlash jarayonida maqsadga muvofiq tarzda hikmatli
so’zlar, maqollar, ko’chirma gaplardan foydalana olish).
Tarbiyachi o’ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o’sha faoliyatiga
nisbatan qiziqish uyg’ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib faolligini o’stirish
bolalarni xulqini xatti-harakatini real baholay olishi kerak. Har bir faoliyat uchun
kerakli materialni oldindan tayyorlab qo’yishi yangi bilimni egallagan bilimlari bilan
bog’lay olishi hamda bolalar egallab olishi lozim bo’lgan bilim, malaka va
ko’nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bo’lishi va ularni asta-sekin
murakkablashtirib borishi kerak. Tarbiyachi kun tartibini to’g’ri tashkil eta bilishi,
bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi
ularning faoliyati (o’quv, o’yin, mehnat) mazmunli bo’lishi uchun kerakli materiallar
bilan ta’minlashi zarur. Bolalarni ruhiy va jismoniy holatini aniqlaybilishi va uni
bolalar bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.
Tarbiyachi kun davomida olib boradigan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni
rivojlantirish yo’llarni topa olishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam
ravishda suhbatlar uyushtirishi, uchrashuvlar o’tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-
tarbiya berish bo’yicha amalga oshiriladigan ishining mazmuni, metodlari bilan
tanishtirib borish, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o’zining ta’lim-tarbiyaviy
ishlarida foydalanishi mumkin. Tarbiyachi bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda
bo’lish, har bir bola uchun qulay ruhiy sharoit yaratish, xafa bo’lsa ovuntira olish,
xursandchilik va xafagarchiligiga sherik bo’la olish, ayniqsa, kichik guruh bolalariga
nisbatan muloyim e’tiborli, qatьiy, sabr toqatli yumshoq ozgina hazilkash, bolaning
kuch imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydigan bo’lishi kerak. Agar tarbiyachi bolaga
mehribon
bo’lsa,
bolalar
bilan
uning
o’rtasida
mehr-oqibat,
g’amxo’rlik
munosabatlari yuzaga keladi.
Bolalar tarbiyasining shaxsiy sifatlarini bilimi, malakasi bolalarga munosabati
talabchanligini quyidagicha belgilaydilar, kichik guruh bolalari tarbiyachining ularga
bo’lgan mehr-muhabbatiga qarab (u meni qo’zichog’im “deb chaqiradi, mani yaxshi
ko’radilar”) 4-5 yoshli bolalar tarbiyachini bolalar hayotini yaxshi tashkil etilishiga
qarab «Nargiza opamiz bizga ertaklar o’qib beradilar” biz bilan birga o’ynaydilar
shuning uchun men ularni yaxshi ko’raman. Katta guruh bolalari tarbiyachini hamma
bolalarga adolatlilik bilan yaxshi munosabatda bo’lish, yaxshi ishlarni o’rgatishga,
xulqiga, axloqiga qarab baho beradilar (u ko’p narsalarni o’rgatadi, mashg’ulotlarni
yaxshi o’tadi). Eng muhimi tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning
mehnatsevarligi,mustaqilligi, tashabbuskorligi to’g’ri takdirlashi va mustaqil faoliyat
ko’rsatishlari uchun imkoniyat yaratish kerak. Buni bolalar yuqori baholaydi.