MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA OTA -ONALAR BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI
Yuklangan vaqt
2024-10-21
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
28,9 KB
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA OTA -ONALAR BILAN
ISHLASHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI
Reja:
1. Farzand tarbiyasida ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini
oshirish.
2. Ota-onalar bilan ishlash usullari.
3. Ota-onalar o‘quvini tashkil qilish.
4. Ota-onalar qo‘mitasi va jamoachilik bilan ishlash.
5. MTTning ota-onalar bilan ishining yillik rejasi va umumiy majlislar.
Kalit so’zlar: ota-oan, farzand, yillik reja, umumiy majlislar, qo’mita.
Farzand tarbiyasida ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish.
Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini oshirish,
ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb
masalasidir. O`zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va
rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha yaxlit tarbiya
tizimi ham oila, ham maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Bola tarbiyasida bu ikki yo`nalish biri ikkinchisining o`rnini bosa olmaydi, balki biri
ikkinchisini to`ldiradi. Sog`lom muhitda sog`lom bola o`sib ulg`aydi. Sog`lom
muhitni yaratish oilada oila a`zolarining maktabgacha ta`lim muassasalarida
pedagogik xodimlarning nechog`lik bilimdonligiga, zukkoligiga bog`liqdir. Ko`p
xollarda bir xil yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko`rish mumkin.
Masalan: bir yoshli bolalarning ba`zilari 10 taga yaqin so`zni ayta oladi. Mustaqil
yura oladi. Ayni shu yoshdagi ayrim bolalarning esa mustaqil yura olmasligining,
zo`rg`a 1-2 ta so`zni ayta olishining guvoxi bo`lamiz. Shuningdek, maktabga
boruvchi bolalar jismonan baquvvat, sog`lom, fikri teran, tevarak-atrofdagi narsa va
hodisalar to`g`risida oddiy mushohada qiladigan. “Yazshi” bilan “Yomon”ni,
“Gunoh” bilan “Savob”ni ajrata oladigan bo`ladi. Aynan shu yoshdagi ba`zi
bolalarda esa bunga teskari bo`lgan xususiyatlarni uchratish mumkin. Bunday
notekislikka asosiy sabab kattalarning e`tiborsizligi yoki bola tarbiyasi bo`yicha
yetarli bilimga ega bo`lmasligidir.
Bolani jismonan. Ma`nan, ruhan yetuk inson qilib tarbiyalashda oila va
bog`chaning hamkorligi muhim ahamiyati kasb etadi. Shuning uchun xar bir oiladagi
pedagogik madaniyatni takomillashtirish zarur. Bog`cha murabbiylari tarbiya
borasida
ota-onalarga
ota-onalarga
ham
ta`sir
o`tkaza
olishlari,
oila
pedagogikasining nozik jihatlarini chuqur bilishlari kerak. Har bir guruh xonalarida
ota-onalar sizlar uchun burchak tashkil qilinib, doimiy ravishda har bir oyda guruh
bolalari taraqqiyotidagi o`zgarishlar aniq tahlil qilib ko`rsatilishi va shu asosda ota-
onalar uchun tegishli maslahatlar, tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Ayrim
bolalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o`tkazib, tegishli yo`l-y`oriqlar
beriladi. Masalan: nutqida, jismoniy o`sishida, xulqida kamchiligi bo`lgan bolalarni
faqat tarbiyachining harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning oiladagi faoliyati
ham, bog`chadagi faoliyati ham yagona maqsadga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak.
JISMONAN O`SISHI
№ Ismi va
sharifi
Sakrash Yugurish Muvozanat
Saqlash
Tishlab
olish va
irg`itish
Emaklash
tirmashib
chiqish
Harakat-
chanligi
1.
Raximov
Dilshod
Sekin
2.
Karimov
Sherzod
Tez
3.
Ikromova
Xalima
Meyorida
4.
Mansurov
Ali
Tez
- a`lo
- yaxshi
- past
NUTQ FAOLIYATI
№
Ismi va sharifi
Yoshi
Tovushlarni talaffuz qilishi
Izoh
S | Z | Sh | J | Ch| R | L | T|D|
P| G
1
Raximov
Dilshod
5 yosh
4 oy
sh + + + + + + + + + +
Juda sekin
gapiradi
2
Karimov Sherzod 5 yosh
6 oy
+ + + + + L + + + + +
Nutq sur`ati
tez
3
Ikromova Xalima 5 yosh
3 oy
+ + + + + + + + + + +
+
4
Mansurov
5 yosh
4 oy
sh + + + + y + + + + +
So`zlarni
o`rnini
almashtiradi.
Tarbiyachi tomonidan yuqoridagi jadvallar asosida ota-onalar burchagida
qo`yiladi. Har qaysi bolaning kamchiligi xisobga olinib, ota-onaga alohida bartaraf
qilish yo`l-yo`riqlari beriladi. Ilk matematik tushunchalar, ruhiy rivojlanishi, tabiat
haqidagi tushunchalar, tasvirlash faoliyati bo`yicha ilk ko`nikma va malakalar,
badiiy adabiyot, xulq-atvori boyicha ko`rsatkichlari ham xuddi shu tartibda tahlil
qilinib tegishli maslahat beriladi.
Bolalar bog`chasida o`tkaziladigan ota-onalar yig`ilishlarini eski tartibda faqat
ma`ruzalar o`qish usulidan voz kechgan xolda chaynvord yechish, jumboqli
masalalar yechish, anketa savollarga javob olish, ishchanlik o`yinlari o`tkazish kabi
noan`naviy uslublardan foydalanish ota0onalarning bevosita bola tarbiyachi
bo`yicha pedagogik bilimlarga ega bo`lish istak xoxishini paydo qiladi.
Ota-onalar yig`ilishida quyidagi mazmunda anketa savollarga javob olish ham
ota-onalarni bola tarbiyasi bilan shug`ullanishga undaydi.
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizning nomi, tug`ilgan yilingiz, ma`lumotingiz
va
manzilingiz.
2. Nechta farzandingiz bor? Bu guruhdagi farzandingiz nechanchisi? Ismi va sharifi.
3. Oilangizda farzandlaringiz uchun qanday sharoitlar mavjud. (tagiga chizing),
mahsus xona, burchak, o`yinchoqlar, rasm chizish uchun anjomlar, plastinkalar,
rasmli kitobchalar, sport anjomlari, yassi oyoqlikka qarshi massaj qiluvchi anjomlar.
4. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug`ullanasiz?
5. Farzand tarbiyasida qiynalmayapsizmi? Xa yoki yoq. (tagiga chizing).
6. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti? (tagiga chizing) tarbiyaga
oid bilimlarning yetishmasligi, davlat ishi bilan band bo`lishlik, bog`cha bilan oila
o`rtasida hamkorlikning yo`ligi.
7. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko`proq shug`ullanadi, bobosi, buvisi,
onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar. (tagiga chizing)
8. Siz ko`proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha
olmaysiz?
9. Farzandingiz ko`proq nimaga qiziqadi?
10. Farzandingizning kelajakda kim bo`lishini xoxlaysiz?
11. Farzandingizning qiziqishshini, mustaqil harakat qilishini, fikr yuritishni
rag`batlantirasizmi? (tagiga chizing) ha yoki yo’q.
12. Bolangiz nima sababdan u yoki bu nourin xatolarga yo’l qo’yishi hollariga
e`tibor berasizmi? Ha yoki yo`q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi?/tagiga
chizing/.
13. Oilangizda o`zaro munosabatni qanday baholaysiz? Juda ham yaxshi,
unchalik xam yaxshi, unchalik yaxshi emas, yomon, juda ham yomon./tagiga
chizing/.
14. Farzandingiz to`g`risida boshqalardan ma`lumot olishga qiziqasizmi? Ha
yoki yo`q. Kimlardan olasiz?Qo`shnilardan,qarindosh-urug`lardan, tarbiyachidan,
/tagiga chizing/.
15. Tarbiyaga oid adabiyotlarni, ro’znoma va oynomalarni muntazam o’qib
borasizmi?/tagiga chizing/.
Tarbiya haqidagi qanday ro`znoma va oynomalarga obuna bo`lgansiz?
16.Tarbiyaga oid oynai jahon ko`rsatuvlarini tomosha qilasizmi? Ha yoki
yo`q./tagiga chizing/.
17. Farzandingizga ertak, maqol,she`r,hikoyat,rivoyatlar aytib berasizmi? Ha
yoki yo`q./tagiga chizing./
18.Bir oyda necha marta farzandingizning bog’chadagi faoliyatini kuzatgansiz?
19. Bola tarbiyasi bo’yicha qilayotgan ishlaringizni qanday baholaysiz?
Namunali,qoniqarsiz./tagiga chizing./
20.
Farzandingizga
milliy
qadriyatlarni
singdiryapsizmi?Ha
yoki
Yo`q.”yaxshi” bilan “yomon”ni, “gunoh” bilan “savob” ni ajrata oladimi? /tagiga
chizing./
Har bir guruh xonasining ota-onalar burchagida quyidagi maslahatlarning
ko’rsatilishi ham ular uchun katta yordan bo’ladi.
- Farzandingiz oldidagi har tomonlama namuna bo’ling.
- Bola bilan g’amxorlik, ruhlantiruvchi, tinchlantiruvchi ohangda gaplashing.
- Bola siz bilan gaplashayotganida uni diqqat bilan eshiting.
- Bola bilan muloqatda bo’lganda tevarak-atrofdagi narsalarning nomini
ko’proq ishlating.
- Sekin gaplashing.
- Sizlarning izohlaringiz juda ham sodda,tushinarli bo’lmog’i lozim.
- Sabr –toqatli bo’ling.
- Dastaval boladan “nima?” keyinchalik “nima uchun?” savollariga javob
olishga harakat qiling.
- Bolaning savol berishga intilishini rag’batlantiring.
- Bolaga aniq va qattiq talablar qo’ying.
-
Farzandingizni
qiziquvchanligini
va
tasavvurini
rag’batlantiruvini
rag’batlantiring.
- Oilada farzand uchun alohida xona yoki burchak tashkil qiling.
- Sog’lomlashtirish jihozlari, urli xil o’yinchoqlar, bola yoshiga mos qo`shiq,
she`r,ertak yozilgan plastinkalar,kitobchalar,rasm chizish anjomlarining yetarli
bo’lishini ta`minlang.
- Har doim farzandingizga nima “yomon” , nima “yaxshi”, nima “gunoh”,nima
“savob” ekanligini singdirib boring./sharqona odatlar./
- Tarbiyada qiz bolaga alohida,o’g’il bolaga alohida yondoshing.
- O’g’lingiz haqiqiy “alpomish” avlodlarini eslatuvchi, tog’ni talqon qilguvchi
polvon, dovyurak, jismonan baquvvat bo’lib yetishsin.
- Qizingizda o’ziga xos ibo,xayo,iffat,andisha kabi ma`naviy fazilatlar ufurib
tursin.
Shu tariqa maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari va ota-onalar
hamkorlikda uzluksiz ta`limning bosh bug’ini hisoblangan maktabgacha ta`lim
tizimining vazifalarini amalga oshiradi.
Bugungi kunda bolalar bog’chasiga bortilmagan bolalarni maktabga tayyorlash
kechiktirib bo’lmaydigan masaladir.Buning uchun maktabgacha ta`lim muassasalari
qoshida “onalar o`quvi”ni tashkil qilish maqsadga muofiqdir.Buning uchun alohida
xona jihozlanadi.
- “Ta`lim to’g’risida”gi qonunning 11,30-moddalari maktabgacha yoshdagi
bolalarga qo’yiladigan davlat talablari ota-onalar o’quvi rejasi,ota-onalar ro’yhati,
o’quv muddati ko’rsatilgan jadval, bolalarni rivojlantiruvchi o’yinlar, maslahatlar
yozib ko’rsatiladi.
- Uslubiy adabiyotlar, o’yinchoqlar, didaktik materiallar bilan to’ldiriladi.
- Mashg’ulotlar, ma`ruzalar bolalar bog’chasi hodimlari tomonidan
o’tiladi,muddati ota-onalar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ota-onalar o’quvi rejasi.
№
Mavzular
soati
bajaruvchi
muddati
1
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarga
qo’yiladigan
davlat
talablari
1
Pedagog
2
Bola taraqqoyotidagi
notekis
va
uning
sabablari.
1
Psixolog
3.
Oilada
bolalarning
rivojlanishi
uchun
1
Pedagog
sharoit
yaratish
/alohida
xona
yoki
burchak./
4.
Bolalarning o’ziga xos
xususiyatlari va ularni
xisobga olish.
1
Psixolog
5.
Lotin
yozuviga
asoslangan
o’zbek
alifbosiga
o`tishning
sabablari.
1
Pedagog
6.
Bosma
va
yozma
harflarning
yozilishi
hamda
talaffuz
qilinishi.
1
Pedagog
7.
Bosma
va
yozma
harflarda
so’zlar
yozishni mashq qilish.
1
Pedagog
8.
Matn o`qishni mashq
qilish.
1
Pedagog
9.
Bolalarda
uchraydigan kasallik
va
ularning
oldini
olish.
1
Vrach
10.
Bolalarni
sog’lomlashtirish
borasida
olib
borilayotgan
ishlar
mazmuni.
1
Vrach
11.
Bola hayotida o’yinlar
va ularning ahamiyati.
1
Pedagog
12.
Didaktik
o’yinlar
uchun
material
tayyorlash.
1
Pedagog
13.
Bolalar
nutqini
rivojlantirishning yo’l-
yo’riqlari.
1
Pedagog
14.
Bolalarning
fikrlash
qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi
omillar.
1
Psixolog
15.
Bolalarga
milliy
qadriyatlarni
singdirish.
1
Pedagog
16.
Oilada
shaxslararo
munosabatlar va uning
bolalar
psixikasiga
ta`siri.
1
Psixolog
17.
Farzand
tarbiyasi
bo’yicha
ota-
onalardan
anketa
savollariga javob olish
va umumlashtirish.
1
Psixolog
18.
Bolalarning maktabga
tayyorgarligining
belgilari,uni aniqlash
yo’llari.
1
Psixolog
19
Bolalarda
oddiy
mehnat ko`nikmalari
va
malakalarini
tarbiyalash.
1
Pedagog
20.
Bolalarga
ekologik
tarbiya berish usuli.
1
Pedagog
Jami: 20 soat.
Har bir mavzu yetarlicha ota-onalar tushuna oladigan qilib, amaliy jarayonlar
bilan bog’lab, video tasmalarda bolalar hayotidan lavhalar ko`rsatish, ota-onalarning
o`zlari bilan ish o’yinlari tashkil qilish orqali yuritiladi.Uzundan-uzun zeriktiradigan
ko`rik ma`ruza o`qishning hech qanday samarasi bo`lmaydi.
Maktabgacha ta`lim sohasi bo`yicha yetuk bilimga , katta tajribaga ega bo`lgan
maxsus xodimlarga bu vazifani ishonib topshirish orqali katta natijaga erishish
mumkin.
Ota-onalar farzand tarbiyasi to`g`risidagi uslubiy adabiyotlarni o`qish,
teleko`rsatuvlarni ko`rish, radio eshittiruvlarni eshitish, ro`znoma va oynomalardagi
tegishli maqolalarni o`qish,o`rganish orqali borasidagi pedagik-psixolik bilimlarga
ega bo’ladi.
Soha mutaxassislarining ana shunday amaliy yordamlari tufayli “Qadrlar
tayyorlash bo`yicha milliy dastur”da ko’rsatilgan bolalarni oilada tarbiyalashdek
bosh masala hal qilinadi.
Ota-onalar bilan yakka va jamoatchilik tarzida ishlash
MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka holda
ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida pedagogik
tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalshda ijobiy natijalarga
erishish mumkin.
MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng
tarqalgan shakllaridan bir qanchasini keltiramiz: ota-onalar bilan yakkama-yakka
ishlash.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga
ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib ularni
o‘zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTMlarimiz tajribasida ota-onalar bilan
yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan:
- oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga
maslahatlar berish, ota-onalarning MTM hayoti bilan tanishishlari;
- ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onalarning
guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol
javob kechalari. ko‘rsatmali ishlar.
Ishning bu turi ko‘rgazmali, bolalarni ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar
kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning
barcha masalari bo‘yicha materiallar solingan papka.
- ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va
ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga
tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi
shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola
yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir.
Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odob
bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini
ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘ lgan hurmati va ishonchi ortadi.
Tarbiyachi bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil
qiladi, ota onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida
gapiradi. Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-
onalar uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin.
Oilani borib ko‘rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish
ustuniga yozib qo‘yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi
tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda pedagogik madaniyatni oshiradi.
Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar.
Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo‘llanadigan
suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish vaqtida o‘tkazilishi
mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota-onalarni bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga