Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etish
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
83,5 KB
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etish
Mashg’ulot rejasi:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari.
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni boshqarish.
3. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oila hamkorligi.
Tayanch tushunchalar: menejment, boshqaruv, nazorat, boshqaruv
uslubi, avtokratik uslub, liberal uslub, demokratik uslub, rejalashtirish, yillik
rajalashtirish, hamkorlik, maktabgacha ta’lim va oila hamkorligi.
4.1. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy
asoslari
"Menejment" inglizcha so'z bo'lib, o'zbek tilida boshqaruvni tashkil etish
(boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish,
tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma'nolarini anglatadi. Menejment
ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya'ni insonlar yoki ularning
guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va
vositalari majmuidir.
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil
etishni va unga rahbarlik qilishni, ya'ni turli xil sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan
insonlarning
xatti-harakatlarini,
munosabatlarini
muvofiqlashtirish,
ularning
imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to'g'ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va
boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvalo insonlami boshqarish, ularni o'z
faoliyatiga qiziq-tirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o'ziga ishonish
tuy-g'ularini shakllantirish, sohalar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni
egallashiga ko'maklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning
faoliyatini boshqarish demakdir.
L.Fishman fikriga ko'ra, ta'lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan,
o'ziga xos pog'onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta'lim
oluvchilar jamoasi. Shunga ko'ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga
oshirish mumkin: integral model, birinchi pog'ona - pedagogik jamoa faoliyatini
boshqarish; ikkinchi pog'ona - bolalar faoliyatini boshqarish40.
Bundan tashqari, olimlar ta'lim menejmetining bir qator o'ziga xos
xususiyatlarga ega ekanligini ham ta'kidlab o'tishadi. Ular orasida quyidagi
xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
- ta'lim menejmenti "maqsadga muvofiqlik" so'zi bilan aniqlanadigan ma'naviy
o'lchovga ega;
- ta'lim menejmenti - bu fan va san'at (chunki bunda insonlar o'rtasidagi o'zaro
munosabatlar katta rol o'ynaydi):
- menejment mazmunida o'z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat
manfaatlarining o'zaro dialektik birligi;
-ta'limni boshqarishdajamoatchilikning faol qatnashuvi.
Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan
olimlardan M.Sharifxo'jaev, Yo.Abdullayevlar boshqaruv o'ziga xos yuksak san'at va
mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning
bajarilishini nazorat qilish ekanligini ta'kidlab, quyidagicha ta'rif beradilar:
"Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish
jarayonidir". Ta'lim menejmentida boshqaruvning quyidagi turlari mavjud:
Avtokratik rahbar
Bunday turdagi rahbar:
> buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki
rag'batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;
> o'zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a'zolarini bevosita muloqotda bo'lishini
chegaralab qo'yadi;
> o'zining noo'rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
> o'ziga bo'ysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi
ko'radi;
> muttasil buyruq berishga, hammani o'z istaklariga so'zsiz bo'y-sindirishga
intiladi;
> ko'p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo'ysinuvchilari bilan muomila-da
bo'lganda uning rahbarlik g'ururi balandligi, o'zini katta tutishi sezilib turadi;
> o'ziga bo'ysinuvchilar oldida qovog'i solingan kayfiyatda bo'ladi. Xullas,
avtokratik rahbar o'ziga bino qo'ygan, dimog'dor, o'z qobili-
yati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o'tkazishga inti-ladigan
kishilardan yetishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o"sha yerda dag'allik, takab-burlik,
tazyiq o'tkazish, majbur qilish kabi o'ta salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtokratik boshqamv usulini har jihatdanyomon deb bo'lmaydi. Ba'zi bir
hollarda bo'ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik
uslubini tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.
Liberal rahbar
Bunday turdagi rahbar:
> irodasiz, tashabbussiz bo'ladi;
> o'z zimmasiga mas'uliyat olishni yoqtirmaydi;
> ishni o'z holiga tashlab qo'yadi;
> idoraga nisbatan qat'iy bo'lishdan hayiqadi;
> o'zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
> biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
> talabchan emas, sust nazorat qiladi;
> suiste'mollarga bevosita yo'l qo'ymasa ham o'zini bilmaslikka soladi.
Bunday rahbar tashqaridan ko'rsatiladigan ta'sirga moyilligi bilan ко'zga
tashlanib turadi. Demokratik rahbar bunday turdagi rahbar:
> boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;
> ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;
> ularning bildirgan fikriga quloq soladi;
> ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;
> barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo'ladi, ustunligini
bildirmaydi;
> buyruq berish yo'li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
> buyruq rahbarlik uslubi bo'ysinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy
faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o'rtoqlik va ishchan muhitini yaratadi.
Boshqaruvchi qaysi boshqaruv shaklini qo'llashidan qat'iy nazar o'zining
mustaqil dunyoqarashi, mustaqil fikri va quyidagilarni o'z ichiga olgan ma'naviy
qiyofasi bo'lishi kerak.
Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan qat'iy nazar
o'zining asosiy majburiyati, ya'ni qo'l ostidagilarni o'zining misolida tarbiyalashni
unutmasligi kerak.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunida, O'zbekistonda
ta'lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning
boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari
tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatilgan.
Maktabgacha ta'lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufiga
kiradi. Maktabgacha ta’lim Vazirligining mahalliy organlariga quyidagilar kiradi:
Maktabgacha ta’lim viloyat boshqarmasi, Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh
boshqarmasi, tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi.
Respublikamizda davlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan birga nodavlat
maktabgachata' lim muassasalari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim
muassasasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek «O'zbekiston Respublikasida
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida»gi Nizom(2017)ga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish
muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlash;
- bolaning shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini
rivojlantirish;
- bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta'minlash;
- bolaning rivojlanishidagi nuqsonlami zarur tarzda tuzatish;
- bolaning milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
- bolalarni maktabda o'qishga tayyorlash.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassasa sifatidagi tashkiliy-huquqiy
shaklda tashkil etiladi va qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko'rsatadi. Yuridik va
jismoniy shaxslar, shu jumladan nodavlat mulkchilik shaklidagi yuridik va jismoniy
shaxslar nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasining muassislari bo'lishlari
mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi,
mustaqil moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshiradi, dumaloq muhrga, burchakli
shtampga va o'z logotipi yozilgan blankaga ega bo'ladi.
Nodavlat maktabgacha
ta'lim
muassasasi qonun hujjatlariga
muvofiq
belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta'lim faoliyatini amalga
oshirish huquqiga ega bo'ladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolati davlat
organi tomonidan, attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasida ta'lim va tarbiya dunyoviy
xususiyatga ega bo'ladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim mazmuni O'zbekiston
respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya qilingan dasturlar bilan
belgilanadi. Muassasa o'z (mualliflik) dasturidan foydalanishga haqlidir. Ushbu
dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda
qancha vaqt bo'lishi muassasa ustavida hamda muassasa rahbari (yohud muassis)
bilan ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'rtasida tuzilgan
shartnomada belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash
davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq
boshqa tillarda olib boriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam
ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus
biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan
birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-proflaktika
tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga
rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi
xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O'zbekiston
respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiyot, sanitariya-
gigiena normalari va talablari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning uzluksizligini ta'minlash
maqsadida shartnoma asosida o'z faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan
birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalar 2 yoshdan boshlab 6-7
yoshgacha tegishli tibbiy xulosa hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularning
chiqib ketishi tartibi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavi bilan
belgilanadi.
Nodavlat muassasa guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta'lim
muassasalari uchun belgilangan sondan ortiq bo'lmasligi kerak.
Maxsus
pedagogik
ma'lumotli
shaxslar
nodavlat
maktabgacha
ta'lim
muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga egadir. Sud tomonidan
yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug'ullanishita'qiqlangan
shaxslar pedagogik faoliyatgaqo'yilmaydilar.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari belgilangan tartibda pedagog
kadrlar malakasini oshirishni va ularni qay ta tayy orlashni ta'min-laydi, ularning
sha'ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari,
mualliflik dasturlari, uslubiy qo'llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun
shart-sharoitlar yaratadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagoglari va boshqa xodimlar
bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning
o'rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta'lim jarayonining qatnashchilari
hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta' lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi,
ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta'lim muassasalarining
ustavlarida belgilanadi.
Bolalarni qabul qilishda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalarni
yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini
tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o'rnini
bosuvchi shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar nodavlat maktabgacha ta'lim
muassasasining ustavi va shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnoma o'qitish,
tarbiyalash, qarab turish va parvarlik qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlaming
huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o'z ichiga oladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimi o'rtasidagi
munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy
xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili har yili 2-sentabrdan boshlanadi,
keyingi yilning 1-iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangimga qadar
sog'lomlashtirish davri boshlanadi.
Bugungi kunda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o'z faoliyatini
Vazirlar mahkamasining 2017 yil 17 iyundagi 528-sonli qaroriga ko’ra "O'zbekiston
Respublikasida nodavlat maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Nizom(2-ilova) asosida
amalga oshiradi.
4.2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonni
boshqarish
Rejalashtirish maktabgacha ta’lim muassasani boshqarishni uning barcha
bo’linmalarida rejali, muntazam, ratsional hamda samarali ishlashini ta'minlovchi
muhim funksiyasidir. Rejalashtirish – murakkab analitik jarayon. U o'ziga xos ishlab
chiqish va uni maktabgacha ta'lim muassasalari amaliyotiga qo’llash bosqichlariga
ega. Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonni rejalashtirish quyidagi
bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqich - tahliliy. Mazkur bosqichda maktabgacha ta'lim muassasalaridagi
o'quv-tarbiya jarayonining mavjud holati tahlil etiladi; rejani amalga oshirishga ta'sir
etuvchi omillar aniqlanadi. Bu rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanib,
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining samaradorligini rejalashtirish
jarayonining qanchalik to'g'ri bashorat qilinganligiga bog'liq. Maktabgacha ta'lim
muassasalari avvalgi yildagi faoliyatini tahlil etish chuqur va haqqoniy amalga
oshirilishi zarur.
2-bosqich - maqsadli. U o'z ichiga ijtimoiy buyurtma bilan bog'-liqlikda
rejalashtirilgan bosqichdagi maktabgacha ta'lim muassasala-rining umumiy maqsad
va vazifalarini belgilash, natijalarni tahlil etish, rejalashtirilgan topshiriqlarni
bajarishga ta'sir ko'rsatuvchi sabablarni aniqlash; maktabgacha ta'lim muassasalari
faoliyati turli ish rejalarining mazmunan bir-biriga mosligi; rejada belgilangan
ishlarning pedagogik jamoa imkoniyatlari va maktabgacha ta'lim muassasalari
faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy holatiga muvofiqligi kabilarni qamrab oladi.
3-bosqich - mazmunli: davlat hujjatlari va qo'yilgan maqsadlarga mu-vofiq
o'quv-tarbiya jarayonigayo'nalganlikni ajratib ko'rsatish; maktabgacha ta'lim
muassasalari faoliyatining alohida yo'nalishlari bo'yicha rejalashtirilgan topshiriqlarni
bajarish ketma-ketligini aniqlash.
4-bosqich - normativli. Mazkur bosqichda ajratilgan yo'nalishlar uchun mas'ul
kadrlar taqsimlanadi, qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun vositalar ajratib olinadi,
ishni amalga oshirish muddatlari belgilanadi.
5-bosqich - nazorat: reja bo'limlarining bajarilishi yuzasidan o'tkaziladigan
nazorat turlari va mazmunini aniqlash.
Rejalashtirish boshqarishga bevosita rahbarlik qilish yoki uni amalga oshirish
yo'lidir. Boshqarishda belgilangan maqsad, tadbirlarni hayotga tadbiq etish uchun
rejalashtirish kerak. So'ng uni ijrochilar hukmiga havola qilish lozim. Rejalashtirish
qaror qabul qilish va ijrosini nazorat qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati shundaki,
unda boshqarishning maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni bajarish
muddati, mas'ul shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli aniqlanadi.
Rejalashtirish boshqarish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish demakdir.
Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish maqsadini va
bunga erishish vosita, yo'llarini belgilashdir. Bunda amalga oshirilishi lozim bo'lgan
talablar ketma-ketligi, bajarish muddati, shakli belgilanadi. Rejalashtirish boshqarish
lozim bo'lgan sohalarni ma'lum ketma-ketlik, chizmali, grafik yoki model tariqasida
amalga oshirishi mumkin. Rejalashtirishda boshqarish bilan bog'liq ha-rakatlar o'zaro
muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga erishishni tashkil etish mumkin. Bu esa o'z
navbatida jarayonga ishtirok etuvchilardan harakat va munosabatlami ongli va qat'iy
tashkil etishni talab qiladi. Shu asosda yagona maqsadga erishish mumkin bo'ladi.
Rejalilik - bu ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham pedagogik faoliyat sohasini
boshqarishning asosidir. Rejaviylik - asosiy tamoyil. Rejali topshiriqlar barcha
xizmatning natijaviyligini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Rejalashtirishning mohiyati faoliyatning asosiy turlari va aniq ijrochilari va
rejalashtirish muddati bilan bog'liq chora-tadbirlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini rejalashtirishning maqsadi bir
tomondan ma'muriy va pedagogik jamoaning, ikkinchi tomondan, tarbiyalanuvchilar
jamoasi harakatlari birligini ishlab chiqishda namoyon bo'ladi. Rejalashtirishning
maqsadi vazifalari bilan aniqlashtiriladi. Aynan vazifalar aniq maktabgacha ta'lim
muassasalari sharoitida amaliy va "ko'ngilli" maqsadni qo'yadi.
Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilarda ko'rinadi:
1) tarbiya masalalari va o'sib kelayotgan avlodni o'qitish ishlari bo'yicha davlat
organlari qarorlari ijrosini ta'minlashda;
2) pedagogik jamoa faoliyatidagi asosiy masalalarni ajratib ko'r-satishda;
3) aniq chora-tadbirlar, ularni ijro etish muddatlari va mas'ullarini aniqlashda;
4) alohida ijrochilarni ularning faoliyatini ilmiy asoslangan reglament-lash yo'li
bilan tartiblashtirishda;
5) jamoa a'zolarida mas'uliyatlilikni tarbiyalashda.
Rejalashtirishga kirishish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi mu-diri butun
ta'lim muassasasi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga imkon beruvchi asosiy
qoidalarga tayanishi zarur. Rejalashtirish tamoyillariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1. Rejalashtirining ilmiyligi rejalarni boshqaruvning ilmiy metodologik nuqtayi
nazariga asoslangan holda tuzishni talab etadi. Bu erda rejadagi asosiy nuqtayi
nazarning
aniqligi,
uning
hayotiyligi,
rejalashtirilayotgan
chora-tadbirlarni
o'tkazishning pedagogik maqsadga muvofiqligi va zarurligi muhimdir;
rejalashtirish g'oyasining o'zida aks ettirib, ya'ni nafaqat yaqin va olis kelajak,
balki aniq maqsad va vazifalarga yo'naltirilganlikni hisobga olib, maqsadga
qaratilgan tarzda ishlashni talab etadi. Istiqbolli va oraliq rejalashtirishni
uyg'unlashtirish ta'limiy vazifalarni bir necha yilga mo'ljallab qo'yish, ulardan
qanchasini bir yilda hal qilib bo'lmasligini aniqlashni talab qiladi;
3. Ishni real rejalashtirish sharoitida aniq pedagogik jamoaning о 'ziga
xosliklarim hisobga olish muhim hisoblanadi. U yoki bu rejani qo"yishda
boshqaruvchi MTMning asosiy tarkibi, tarbiyachilarining ma-lakaviy darajasi, yosh
bilan bog'liq jihatlari, kasbiy faoliyatida ijobiy motivatsiyaning mavjudligi kabi ta'lim
muassasasi jamoasining asosiy tavsifiga tayanadi;
4. Rejaning obyektivligi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, rejalar
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini chuqur va har tomon-lama pedagogik
tahlil etish va mazkur yilda uning erishiladigan natijalari, ya'ni ta'lim muassasasining
obyektiv shart-sharoitlari bilan bog'liqlikda tashkil etiladi.
5. Aniqlik. Eng avvalo, mazkur tamoyil ta'lim-tarbiya jarayoni, moddiy baza,
kadrlar ta'minoti holati haqida ishonchli va ko'p hajmli axborot olish-ni talab etadi.
6. Majmuaviylik. Mazkur tamoyilning muhim talabi - o'quv va tarbi-yaviy ishlar
va ularning moddiy-texnik ta'minotining tashkiliy jihatdan o'zaro aloqador va o'zaro
bog'liqlikda amalga oshishidir. Tarbiyachilar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining
yillik rejalarining o'zaroaloqadorligi va ma' qullanganligidir.
7.
Jamoaviylik.
Mazkur
tamoyil
o'quv-tarbiyaviy
jarayonda
barcha
tarbiyachilarning ishtirok etishini talab etadi.
So'ng uni ijrochilar hukmiga havola qilish lozim. Rejalashtirish qaror qabul
qilish va ijrosini nazorat qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati shundaki, unda
boshqarishning maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni bajarish muddati,
mas'ul shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli aniqlanadi.
Rejalashtirish boshqarish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish demakdir.
Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivo-jlantirish maqsadini va
bunga erishish vosita, yo'llarini belgilashdir. Bunda amalga oshirilishi lozim bo'lgan
talablar ketma-ketligi, bajarish muddati, shakli belgilanadi. Rejalashtirish boshqarish
lozim bo'lgan sohalarni ma'lum ketma-ketlik, chizmali, grafik yoki model tariqasida
amalga oshirishi mumkin. Rejalashtirishda boshqarish bilan bog'liq ha-rakatlar o'zaro
muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga erishishni tashkil etish mumkin. Bu esa o'z
navbatida jarayonga ishtirok etuvchilardan harakat va munosabatlami ongli va qat'iy
tashkil etishni talab qiladi. Shu asosda yagona maqsadga erishish mumkin bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashti-rishning
quyidagi uchta asosiy shakli qo'llaniladi:
1) istiqbolli (perspektiv);
2) yillik;
3) yakuniy.
Istiqbolli rejalashtirish: Maktabgacha ta'lim muassasa ishining istiqbolli
rejasi bolalarning maktabgacha ta'lim muassasasini uzoq mud-datda xalq xo' j aligini
rivoj lantirishning rej alariga muvofiq rivoj lantirishning eng asosiy yo'nalishlarini
aniqlash maqsadida besh yilga tuziladi. Unga davlat va idoralarning maktabgacha
ta'lim muassasa ishining yangi sifat darajasini ta'minlovchi xalq ta'limi va
maktabgacha ta'lim muassasasi tarkibida tarbiyalash masalalari haqidagi ko'rsatmalar
kiritilishi lozim. Istiqbolli rejalashtirishning taxminiy tuzilishi
I. Maktabgacha ta'lim muassasaning muhim vazifalari va uni rivojlantirishning
tashkiliy-pedagogik muammolari.
II. Kadrlar bilan ishlash.
III. Ta'lim - tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, unga rahbarlik va uni nazorat
qilish muammolari.
IV. MTMning oila, maktab, jamoatchilik bilan hamkorlikdagi ishi.
V. Maktabgacha ta'lim muassasaning o'quv-moddiy bazasini mustahkamlash.
Bu bo'limlarning taxminiy mazmunini yoritib o'tamiz.
I. Maktabgacha muassasaning muhim vazifalari va uni rivojlantirishning
tashkiliy-pedagogik muammolari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning MTM va oiladagi mehnat tarbiyasining
yo'lga qo'yilishini yaxshilash, ularda mehnatsevarlik va mehnat ahllariga hurmatni
tarbiyalash;
- jamoaning bolalarni tarbiyalashda oilaga yordamini kuchaytirish va bolalar
tarbiyasi uchun uning ma'suliyatini oshirish bo'yicha ishi, oila va MTM kelishilgan
holdagi harakatlarini ta'minlash, pedagogik umumiy ta' lim tiziminini ishlab chiqish;
- tarbiyachilarning doimiy mustaqil o'qishlari va kasb mahoratlarini o'stirish
uchun zaruriy sharoitlarni yaratish va ularning siyosiy ong - bilim doiralarini
kengaytirish.
II. Kadrlar bilan ishlash:
- ilg' or tajriba maktablari, seminar, to’garak, konferentsiyalar ishlarida
qatnashtirish,
malaka
oshirish
kurslarida
o'qitish
orqali
tarbiyachilarning
dunyoqarashlarini rivoj lantirish hamda kasb mahoratiii takomillashtirish;
- tarbiyachilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning ishlarini
ma'naviy va moddiy rag'batlantirishni takomillashtirish bo'yicha tadbirlar;
- ilg'or pedagogik tajribani o'rganish, umumlashtirish va joriy etishga doir ish.
III. Ta'lim-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, unga rahbarlik va uni nazorat
qilish muammolari:
- maktabgacha yoshdaga bolalarni o'qitish va tarbiyalashda MTM va maktab ishi
mazmuni, shakl va uslublaridagi izchillikni ta'minlash;
- maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiyaviy ishiga maktabgacha
yoshdagi bolalarni jismoniy, axloqiy, mehnat, aqliy, estetik tarbiyalash birligini
ta'minlovchi kompleks yondashuvni amalga oshi-rishga doir ish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl, uslub va
vositalarini takomillashtirishga doir ish;
- mashg'ulotlarda o'quv materialini tushuntirishning yuksak g'oyaviyligi: va
ilmiyligi, tushunarliligi va ko'rgazmaliligi, aniqligi, ravshanligi va jonliligini
ta'minlashga doir ish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash ishini takomillashtirish;
-maktabgachayoshdagi bolalarni badiiy-estetikjihatdantarbiyalashni yaxshilash:
ularda go'zallikni his qilishni, tabiat va jamiyatdagi go'zallik-ni tushunish va qadrlash
ko'nikmasini, estetik did va badiiy ijod moho-ratdarini tarbiyalash.
IV. Maktabgacha ta'lim muassasasining.oila, maktab, jamoatchilik bilan
hamkorlikdagi ishi;
- pedagogik umumiy ta'limni ta'minlashga doir (ota-onalar maktablari,
lektoriylar, konferentsiyalar, to'garaklar va shu kabilar);
- maktablar, jamoatchilik tashkilotlarining maktabgacha ta'lim muas-sasalari
ustidan otalig'i;
V. Maktabgacha ta'lim muassasaning o'quv-moddiy bazasini mus-tahkamlash:
(jihozlar) o'yin, o'quv, sport, xo'jalik) ni olish va remont qilish; o'yin, mehnat, o'quv
faoliyati uchun qo'llanma, atributlarni tayyorlash;
- uslubika kabinetini ijtimoiy-siyosiy, uslubik, badiiy adabiyot bilan to'ldirish;
maktabgacha ta'lim muassasasi binosini va hududini obodonlash-tirish,
ko'kalamzorlashtirish.
Yillik rejalashtirish: Yillik reja aniq, real, maktabgacha ta'lim muas-sasasining
butun hayotini qamrab oladigan, barcha ta'lim-tarbiyaviy ishlarining uzviyligi va
izchilligini nazarda tutadigan, pedagoglar jamoasining o'tgan yildagi faoliyati
natijalarini hisobga oladigan bo'lishi kerak.
Rejaning mazmuni, asosiy bo'limlari, uni tuzish uslubikasi haqida uslubik
adabiyot va yo'riqnoma xatlarda tavsiyalar berilgan. Ular maktabgacha ta'lim
muassasa tashabbusini qandaydir andaza doirasida bo'g'ib qo'ymaydi. Barcha uchun
shart bo'lgan ilmiy asoslangan talablar bilan birga ijodiy variantlash uchun ham o'rin
qoldirilgan. Yillik rejani tuzishda kasaba uyushmasi tashkiloti. shifokor, tibbiyot
hamshirasi, tarbiyachilarning qatnashishlari muhimdir. Shundagina u bog'cha
xodimlari jamoa, ijodiy fikryatning natijasi bo'ladi.
Yillik rejalashtirish butun o'quv yilini qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o'quv
yili davomida amalga oshiriladi va ta'lim jarayonini tashkil etilishiga qarab bir necha
bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Yillik ish rejasi o'quv yilining boshlanishidan oldin avgust oyi pedagogik
kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Yillik reja o'quv yilining
boshlanishiga toman (shahar) uslub kabinetining maktabgacha tarbiya uslubisti
tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasining o'quv yili uchun yillik ish rejasini
davlatimiz tomonidan barcha sohalar bo'yicha qabul qilingan qonun hujjatlari,
maktabgacha ta'lim bo'yicha me'yoriy hujjatlari, "Bolajon" dasturi "Davlat talablari",
"Maktabagcha ta'lim konsepsiyasi" shuningdek maktabgacha ta'lim muassasaning
o'tgan yildagi ishining tahlili asosida ishlab chiqiladi.
Yillik reja aniq, maktabgacha ta'lim muassasasining butun hayotini qamrab
oladigan, barcha ta'lim-tarbiyaviy ishlarining uzviyligi va izchilligini nazarda
tutadigan, pedagoglar jamoasining o'tgan yildagi faoliyati natijalarini hisobga
oladigan bo'lishi kerak.
Rejaning mazmuni, asosiy bo'limlari, uning tuzilishi va uslubikasi haqida
uslubik adabiyot va yo'1-yo'riq hujjatlarida tavsiyalar berilgan. Barcha uchun shart
bo'lgan ilmiy asoslangan talablar bilan birga ijodiy variantlash uchun ham o'rin
qoldirilgan. Ytllik rejani tuzishda kasaba uyushmasi tashkiloti va shifokor, tibbiyot
hamshirasi, tarbiyachilarning qatnashishlari muhimdir. Shundagina u maktabgacha
ta'lim muassasasi xodimlari jamoa, ijodiy fikrining natijasi bo'ladi.
Yillik ish rejaning strukturasi
Kirish qismi.
I. Maktabgacha ta'lim muassasa ishining asosiy vazifalari.
II. Tashkiliy-pedagogik ish.
III. Kadrlar bilan ishlash.
IV. Ta'lim-tarbiyaviy ishga rahbarlnk va uni kontrol qilish.
V. Ota-onalar bilan ishlash.
VI. Ma'muriy-xo'jalik ishi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida yillik rejani tuzish uchun muassasaning
istiqbol rejasi asos bo'ladi.
Yakuniy rejalashtirish choraklar uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan
ko'rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko'rinishlari
tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar va ota-onalar qo'mitasining faoliyatini boshqarishga
yordam beradi. Bu rejalar tarbiyachilarning ish rejalari bilan aloqadorlikda
aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish
vazifasining to'la amalga oshirilishi ta'lim muassasasi faoliyati samaradorligini
oshiradi.
4.3 Maktabgacha ta'lim muassasasi va oila hamkorligi
Maktabgacha ta'lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad,
mazmun bo'lishi kerak. Maktabgacha ta' lim muassasasining ota-onalar bilan
ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish
tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha
ta'lim muassasasi xodimlari ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi
ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz: