MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TA’LIM-TARBIYA MAZMUNI VA METODIKASI
Yuklangan vaqt
2024-10-20
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
53
Faytl hajmi
201,5 KB
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TA’LIM-TARBIYA
MAZMUNI VA METODIKASI
Mashg’ulot rejasi:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etishning
didaktik tamoyillari va shakllari
2. O’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat turi sifatida
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy va estetik tarbiyani amalga
oshirish. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini aqliy, huquqiy va
ekologik tarbiyalashning o’ziga xosliklari
Tayanch tushunchalar: ta’lim, tarbiya, didaktika, tamoyil, qonuniyat, mashg’ulot
shakli, o’yin, o’yin metodi, jismoniy va estetik tarbiya, aqliy tarbiya, huquqiy
madaniyat, ekologik madaniyat.
3.1. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil
etishning didaktik tamoyillari va shakllari
Didaktika maktabgacha pedagogikaning nisbatan mustaqil qismi bo’lib unda
о’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’
z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Didaktika "grekcha" so'zdan olingan bo'lib,
"didacticos"- o'rgatish, o'qitish ma'nosini bildiradi. Bu atamani nemis pedagogi
Volfgang Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u
ilmiy fanning nazariy va uslubologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi.
Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor
Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida "Buyuk
didaktika" asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Komenskiy hammani hamma narsaga
o'rgatish san'ati" deb tushundi.
Didaktika "nimaga o'qitish?", "nimani o'qitish?" "qanday o'qitish?" "qayerda
o'qitish" kabi savollarga javob izlaydi. Didaktikada ta'limni tashkil etishning umumiy
masalalari,
o'qitish
jarayonining
mohiyati,
ta'-limning
mazmuni,
o'qitish
qonuniyatlari, o'qitish tamoyillari, uslublari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
O'qitish jarayoni pedagogning o'rgatuvchilik faoliyatini va ta'lim oluvchilarning
maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o'z ichiga oladi. Shu o'rinda bu jarayonlarning
tahliliga e'tibor qarataylik. Ta'limda pedagogning boshqaruvchilik roli o'z kasbining
ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar
davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy
qarashlar jarayonida qo'lga kiritgan yutuqlarini egallashni shart qilib qo'yadi.
Bularning barchasi pedagogning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini
amalga oshirishida o'z aksini topmog'i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish
mumkinki, ta'lim jarayonida pedagog ta'lim oluvchilariga qo'lga kiritilgan bilimlarni
o'rgatadi. O'quv faoliyatida ularni ko'nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu
bilan bir paytda u ta'lim oluvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi,
qiziqish va qobiliyatlarni shakllantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Pedagogning faoliyati ta'lim oluvchi
shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Yanada aniq qilib aytsak, butun mashg'ulot jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda
ta'lim oluv-chilarbilanbirgalikdagi faoliyatni tashkil etadi. Ta'lim oluvchilarga qiyin-
chiliklarni yengib o'tishda yordara beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta'lim
jarayonini tashxisqiladi.O'znavbatida ta'lim oluvchilarning faoliyati mashg'ulot
jarayonida o'rganishga, bilim, ko'nikma hamda malakalami egallashga, o'zini
jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo'naltiradi. Ta'lim jarayonida ta'lim
oluvchilarning faoliyati ko'p qirrali yo'nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat
bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalariga ta'lim, ta'lim jarayoni, ta'lim tamoyillari,
ta'lim uslublari, ta'lim shakllari, ta'lim vositalari, bilim, ko'nikma, malaka, o'qitish,
o'qish kiradi. Тa’lim -tevarak-atrofdagi olamni bilishning maxsus tashkil etilgan va
tarbiyachi rahbarlik qiladigan alohida turi. Та'lim jarayoni - tarbiyachi bilan
bolalarning birgalikdagi faoliyati bo'lib, ikki tomonlama xarakterga egadir. Ta'lim
tamoyillari -ta'lim uslubiyati va tashkil etilishi mazmuniga qo'yiladigan talablarni
aniqlaydigan eng muhim qoidalar. Та'lim uslublari - pedagog bilan ta'lim oluvchining
o'quv vazifalarini hal etishga qaratilgan, o'zaro bog'langan faoliyati yo'llari va
usullari. Та’lim vositalari — mashg'ulot jarayonining tashkil etilishi va o'tib borishini
ta'minlaydigan xilma-xil o'quv jihozlari, o'quv qo'llanmalari va boshqalar. Bilim - bu
ta'lim oluvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy
mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko'ra foydalana oladigan faktlar,
ma'lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir. Ко 'nikma-bи o'zlashtirib
olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq
harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat. Malaka - avtomatlashgan,
o'rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. O'qitish -
ta'lim oluvchilarai bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish hamda ularning
bilish faoliyati nati-jasida bu bilim, ko'nikma va malakalami egallab olishga doir
maxsus tashkil etilgan va biror maqsadga qaratilgan faoliyatdir. О 'qish - bilim,
ko'nikma va malakalami egallab olishning murakkab jarayoni bo'lib, ta'lim
oluvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch-g'ayratini talab etadi hamda
ularning rivojlanishini rag'batlantiradi.
Ta'lim jarayoni qonuniyatlari
Katta maktabgacha yosh davrida bolada quyidagi o'quv faoliyati unsurlari
shakllantiriladi:
1) faoliyat turi bilan bog'liqlikda maqsadni va natijiga erishish usullarini aniqlay
olish;
2) namunaga muvofiq olinadigan natija bilan taqqoslashda namoyon bo'ladigan
o'z-o'zini nazorat qila olish;
3) oraliq natijalarga erishish jarayonida joriy nazoratni amalga oshira olish;
4) natijaga erishishga yo'nalganlik bilan bog'liqlikda faoliyatni reja-lashtira
olish.
Ta'lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ta'sir ko'rsatuvchi zaruriy,
sababiy, o'zgaruvchan aloqadorliklar yig'indisi ta’lim qonuniyatlari deb ataladi.
Ta'lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlari mavjud:
- Ta'lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi, jamiyatning talablari
va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va
imkoniyatlari darajasiga bog'liq.
- Ta'lim mazmuni ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va
ilmiy-texnik taraqqiyot surati, bolalarning yosh imkoniyatlari, ta'lim nazariyasi va
amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o'quv yurtining moddiy-texnik va
iqtisodiy imkoniyatlariga bog'liq.
- Ta'lim sifati (samaradorligi) avvalgi bosqich mahsuldorligi va mazkur
bosqichda erishilgan natijalar, o'rganilayotgan material xususiyati va hajmi, ta'lim
oluvchilarga tashkiliy-pedagogik ta'sir ko'rsatish hamda bolalarning bilim olishga
qobiliyatlari va ta'lim vaqtiga bog'liq.
- Ta'lim uslublari samaradorligi uslublarni qo'llashda bilimlari va ko'nikmalari,
ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, ta'lim oluvchilarning yoshi, ta'lim olish
imkoniyatlari, moddiy-texnik ta'minot hamda o'quv jarayonini tashkil etishga bog'liq.
- Ta'limni boshqarish mahsuldorligi ta'lim tizimida qayta aloqalarning
intensivligi va tuzatish, ta'sir ko'rsatishlaming asoslanganliligiga bog'liq.
- Ta'limni rag'batlantirish samaradorligi ta'limning ichki rag'batlari (sabablari)
hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag'batlariga bog'liq.
Ta'lim qonuniyatlaridan kelib chiquvchi dastlabki, asos va qoidalar ta'lim
tamoyillari deb ataladi. Zamonavoiy didaktikada ta'limning mazmunli va tashkiliy-
uslubiy tamoyillari ajratiladi.
Ta'limning mazmunli tamoyillari ta'lim mazmunini tanlash bilan bog'liq bo'lgan
qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi muhim asoslarni o'zida ifoda etadi:
- Ta'limning ilmiylik tamoyili ta'lim mazmunini zamonaviy fan va texnika
rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to'plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi.
Bu tamoyil o'qitish jarayoni ta'lim oluvchilarni obyektiv ilmiy dalillar, hodisalar,
qonunlar bilan tanishtirishga yo'naltirilgan bo'lishni talab etadi.
- Ta'limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim va
tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim jarayonida har
tomonlama barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi.
- Та 'limning tabiat bilan uyg 'unligi tamoyili ta'lim oluvchilarga ularning yosh
davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun
tushunarli bo'lishini ta'minlaydi. Tabiat bilan uyg'unlik g'oyasi asta-sekinlik, ketma-
ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta'lim tamoyilining asosi hisoblanadi.
- Та' limda insonparvarlik tamoyili bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati,
uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta'minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy
imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi, unga hayotda o'z o'rnini topishda yordam
ko'rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.
- Ta'limning tashkiliy-uslubiy tamoyillari muayyan ijtimoiy, psixologik va
pedagogik talablarni inobatga olish bilan bog'liq bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
- Ta'limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish bosqichlarining
obyektivligini anglatadi. Izchillik ta'lim mazmuni, uning shakli va usullari, o'quv
jarayoni ishtirokchilari bo'lgan subyektlarning o'zaro munosabatlariga taalluqli. U
alohida partsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o'quv vaziyatlari, predmet
va hodisalar o'rtasidagi bog'liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o'zlashtirish
asosida ularni yagona yaxlit o'quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi. Ketma-
ketlik u yoki bu o'quv materialini o'zlashtirish sur'ati, uning elementlari o'rtasidagi
o'zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
Onglilik va ijodiy faollik tamoyili. Bilimlami ongli ravishda o'zlash-tirish
quyidagi omil va shartlarga bog'liq: ta'lim motivlari, ta'lim oluv-chilarning faollik
darajasi, o'quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tash-kil etilishi, tarbiyachi tomonidan
qo'llanuvchi ta'lim uslublari va vosi-talarining samaradorligi va boshqalar. Ta'lim
oluvchilarning faolliklari rep-roduktiv va ijodiy xarakterga ega bo'lishi mumkin.
Mazkur tamoyil ta'lim oluvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini
nazarda tutadi.
- Ko'rgazmalilik tamoyili didaktikaning "oltin qoidasi" hisoblanib, unga binoan
ta'limda inson sezgi organlaridan foydalanish kerak. Ko'r-gazmalilikdan o'quv
jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni o'zlashtirish, uni mustahkamlash,
mashqlarni tashkil qilish hamda bolalarning dastur materiallarini o'zlashtirishlarini
tekshirish va baholashda foydalanish mumkin.
- Ta'limning tushunarliligi tamoyili ta'lim oluvchilarning mayjud im-
koniyatlarini hisobga olish, jismoniy va psixik sog'lig'iga yomon ta'sir etuvchi
intellektual va emotsional qiyinchiliklardan voz kechishni talab etadi. Ta'limning
tushunarliligi ta'lim oluvchilar egallab olishi zarur bo'lgan bilim, amaliy ko'nikma va
malakalari hajmini to'g'ri aniqlashdir.
- Та limning bolalarning yoshi va individual xusiisiyatlariga mos kelishi
tamoyili ta'lim oluvchilarning yoshiga ko'ra va individual yondashuvni anglatadi.
Agarda qo'yilayotgan talablar yoki taTimning tashkiliy tuzilishi ta'lim oluvchilarning
yosh imkoniyatlaridan ortda qolsa yoki ilgarilab ketsa, o'quv faoliyatining samarasi
pasayadi. Individual yondashish ta'lim oluvchilarning murakkab ichki dunyosini
o'rganish, yuzaga kelgan munosabatlar tizimini tahlil qilish va shaxs shakllanishi
sodir bo'ladigan ko'p turdagi sharoitlarni aniqlashni talab etadi.
- Oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning birligi tamoyiliga
ko'ra pedagog tarbiyalanuvchini shaxs sifatida hurmat qilishi zarur. Oqilona
talabchanlik maqsadga muvofiq bo'lsa, ta'lim-tarbiya jarayoni, shaxsning to'liq va
barkamol rivojlanishini ta'minlay olsa samarasi anchayuqori bo'ladi.
Bolalarning o'quv faoliyatini tashkil etish. Та’limni tashkil etish shakli deganda
pedagog va bolaning maxsus tashkil etilgan faohyati tushuniladi va kun tartibida
ma’lum bir vaqtda o'tkaziladi. Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar
o'rtasidagi o'zaro ta'sir xususiyati, o'tkazish joyi, shuningdek, kun tartibida egallagan
o'rniga qarab bir-biridan farqlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv faoliyatini tashkil etishning uchta
asosiy shakli mavjud: individual, guruhli va ommaviy (frontal). Bolalarning o'quv
faoliyatini tashkil etishning har bir shakli didaktik maqsadi, bolalarning mustaqillik
darajasi, jamoaviy va individual ishga munosabati, pedagogik rahbarlik bilan
bog'liqlikda o'ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi.
Bolalarning o'quv faoliyatini tashkil etishning individual shakli o'zida bir qancha
ijobiy jihatlarni aks ettiradi: o'quv faoliyati mazmuni, uslubi va sur'atini to'la
individualashtirish imkoniyatining mavjudligi hamda aniq bir masalani hal etishda
ta'lim oluvchining har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi
kabilar. Biroq ta'limning individual shakli ayrim kamchiliklarga ham ega: vaqtning
tejamli emasligi (bir guruhda yigirma nafar bola bo'lsa, pedagog har biri uchun 20-25
minutdan vaqt sarflaydi. Demak, pedagog qariyb olti soat individual o'qitish bilan
shug'ullanadi); pedagog ta'sirining cheklanganligi (pedagogning vazifasi bolaga
topshiriq berish va uning bajarilishini tekshirishdan iborat); boshqa bolalar bilan
hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga
salbiy ta'sir ko'rsatadi); jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Biroq ba'zan o'quv faoliyatining individual shaklidan foydalanish zaruriyati
tug'iladi. Eng avvalo, rivojlanishida nuqsoni bor, tez-tez kasallikka chalinuvchi
bolalar bilan individual tartibda ishlash, ularni zarur bilim va ko'nikmalarni
egallashlariga yordamlashish, psixik jarayonlarni boshqarishga qobiliyatlilikni
rivojlantirish ehtiyoji mavjud. Shuningdek, maxsus qobiliyatlar (rasm chizish, qo'shiq
aytish, matematikaga doir)ga ega bolalar bilan ham individual tarzda mashg'ulotlar
olib borish talab etiladi.
Guruhdagi har bir bola bilan pedagog uning ta'lim olganlik darajasi, bilim va
ko'nikmalarni egallashdagi uzilishlarni o'z vaqtida aniqlash uchun vaqt-vaqti bilan
nazorat-tashxis etish tavsifiga ega individual mashg'ulotlarni o'tkazadi.
Bolalarning o'quv faoliyatini tashkil etishning guruhli shakli mash-g'ulotlarni
kichik guruhlarda amalga oshirishni talab etadi. Buning uchun guruh olti nafar
boladan oshmagan holda kichik guruhlarga bo'linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish
bolalarning o'z xohish-istaklari, umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga
oshirilishi mumkin, biroq ularning o'zlashtirish darajasiga ko'ra guruhlarga ajratish
tavsiya etilmaydi. Aksincha, kuchli o'zlashtirish darajasiga ega bolalar bilan pastroq
o'zlashtiruvchi bolalardan iborat tarzda guruhni shakllantirish maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish texnologiyasi ham turlicha bo'lishi
mumkin. Ba'zan mashg'ulot birdaniga kichik guruhlarga bo'lingan holda o'tkaziladi.
Bunday holatda pedagog bolalarni qanday tartibda joylashtirish haqida o'ylashi lozim.
Har bir guruh a'zolari bir-biriga qulay tarzda o'tirishlari, shu bilan birga oraliq
masofani ham hisobga olish lozim. Chunki guruhlarda ishlash jarayonida kichik
guruh a'zolari bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, o'zaro hamkorlikda topshiriqni
bajarishadi. Shuning uchun ham bunday mashg'ulotlarda hamma vaqt tinchlikni
saqlab turish imkoniyati bo'lmaydi. Mashg'ulotga doir topshiriq hamma uchun bir
xilda yoki alohida-alohida berilishi mumkin. Mashg'ulot berilgan topshiriqni o'ziga
xos tarzda taqdim etish bilan tugallanadi.
Zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning o'quv faoliyatini
tashkil etishning ommaviy (frontal) shakliga ham alohida zaruriyat mavjud.
Ommaviy tarzda o'tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuni ko'pincha badiiy tavsifga ega
faoliyat ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, musiqa mashg'ulotlari,
sahna ko'rinish larini namoyish etish, o'yin-sayohatlar, san'at asarlari bilan tanishish
va boshqalar. Bunday mashg'ulotlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi
"emotsional ta'sir ko'rsatish" yaxshi samara beradi, bolaning o'z-o'zini namoyon eta
olishiga imkon beradi.
Mashg'ulot - maktabgacha ta'limda o'qitishning - asosiy shakli. Mashg'ulot -
maktabgacha ta'limda o'qi- - tishning asosiy shakli sanalib, u hamma bolalar uchun
majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin
va vaqt ajratilgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi
mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan
bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg'ulotini tashkil
etadi.
Maktabgacha ta'lim yoshi guruhlari bilan bog'liqlikda mashg'ulotlarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan
mashg'ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir.
Katta va tayyorlov guruhlaridagi mashg'ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va
mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish
kabi malakalar tarkib toptirib boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, mas'uliyat hissi
takomillashib boradi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish-istagi
tarbiyalanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasada mashg'ulotlar bolalarni maktabga tayvorlashda
katta ahamiyatga ega. Bu mashg'ulotlarda bolalar o'quv faoliyati ko'nikmalari hosil
qiladilar, ancha intizomli, uyushgan bo'lib boradilar. Ularda barqaror diqqat, diqqatni
bir narsaga qarata olish, irodaviy zo'r berilish qobiliyati rivojlanadi. Sistemali o'qish
natijasida bilishga qiziqish paydo bo'ladi.
Bolalarni jamoada o' qitish muayyan afzalliklarga ega: birgalikda ishda ular bir-
birlariga faol ta'sir etadilar, tashabbus, fahm-farosat ko'rsatish imkoniga ega
bo'ladilar.
Bolalar oldilariga ko'pchilikdan kuch-g'ayrat talab qiladigan vazifalar qo'уganda
birgalikdagi kechinmalar paydo bo'ladi, jamoa tuyg'usi vujudga keladi. Ekskursiyalar,
rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, qurish-yasashga oid ishlarni
birgalikda bajarish, umumiy o'yinlarda va musiqa mashg'ulotlardagi raqslarda,
harakatlarni rivojlantirish mashg'ulotlarida birlashish, badiiy adabiyotni o'qish tufayli
yuzaga kelgan birgalikdagi kechinmalar - bularning hammasi inoq bolalar jamoasini
vujudga keltirishda yordam beradi hamda jamoada yashash va ishlash ko'nikmasi
hosil qiladi.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab
etadi, ya'ni u bolaning faol harakatlanishi bilan bog'liq bo'lib, bola ma'lum natijaga
erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi.
Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolaning yoshi, imkoniyatini e'tiborga
olish zarur. Shuningdek, mashg'ulotning vaqti, kun tartibidagi o'rni, dasturning har bir
bo'limlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur. Har
bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, uning mazmuni va har bir
mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi "Bolajon" tayach
dasturida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan.
Mashg'ulotning turlari va tuzilishi. Mashg'ulotlardagi o'qitish jarayonida
bolalarda maktabga va o'qishga qiziqish tarbiyalanadi, to'g'ri xulq-atvor ko'nikmalari,
ma'suliyat hissi, ishchanlik, o'zini tuta bilish, ishda zo'r berish odati hosil qilinadi.
Bolalarga kerakli bilim va malakalarni mashg'ulot jarayonida, yangi pedagogik
texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali usullari-dan foydalanib berilsa,
bolaning yosh, ruhiy fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiya berishning
samaradorligi oshadi. Bolalar mashg'ulotlarning turli xil ko'rinishlarini egallashlari
orqali, yoshlari o'sib borish davomida, maktabga bo'lgan qiziqishlari ham o'sib
rivojlanib boradi va ular maktabni ham hech qiynalmay o'qib, davom ettirib boradilar.
Didaktik-maqsadiga ko'ra mashg'ulotlar quyidagi turlarga bo'linadi: yangi bilim
va
ko'nikmalami
hosil
qiluvchi
mashg'ulotlar,
o'zlashtirilgan
bilimlarni
mustahkamlovchi mashg'ulotlar, nazorat mashg'ulotlari va majmuaviy mashg'ulotlar.
Yangi bilim va ko'nikmalami hosil qiluvchi mashg'ulotlarni o'tkazishdan maqsad
- ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlar, voqealar
to'g'risidagi bilimlarini kengaytirishdir. Bunday mashg'ulotga yangi obyektni
kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashg'ulotlar
hamma yosh guruhlarida o'tkaziladi.
Bolalarning
o'zlashtirgan
bilimlarini
mustahkamlovchi
mashg'ulotlardan
ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarni anglab olish va umumlashtirishga
o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa (xona o'simliklari,
daraxtlar, hayvonlar) solishtiriladi, didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Bunday
mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olgan-u,
nima yaxshi o'zlashtirilmaganligini bilib oladi. Tarbiyachi mashg'ulotlar jarayonida
bolalarning bilimini yangi ma'lumotlar bilan boyitadi.
Nazorat mashg'ulotlari bolalarning dastur bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini
tekshirish va aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning
faoliyati
natijalarini
umumlashtirib,
xulosalash
imkonini
beradi.
Nazorat
mashg'ulotlari chorak, yarim yillik va yil oxirida o'tkazilishi mumkin.
Majmuaviy mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim tajribasida keng tarqalgan bo'lib,
bunday mashg'ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar
mustahkamlanadi va takrorlanadi, tizimga solinadi, olgan bilim va ko'nikmalami
amalda qo'llashga o'rgatiladi.
Mashg'ulot o'ziga xos tuzilishga ega bo'lib, har qanday mashg'ulot o'zida uchta
tarkibiy qismni aks ettiradi: tashkiliy qism, mashg'ulotning borishi (jarayon) va
yakuniy qism.
Tashkiliy qism bevosita bolalarni mashg'ulotga jalb etish: ulaming e'tiborini
amalga oshiriladigan faoliyatga qaratish, bajariladigan ishga nisbatan qiziqishni hosil
qilish, jo'shqin kayfiyatni yaratish, o'quv vazifalarini ochib berishga yo'naltiriladi.
Tushuntirish ishlari mohirona, bo-siqlik bilan hamda emotsional tarzda olib boriladi.
Tushuntirish va ko'rsatish usullari asosida bolada qanday tarzda harakatlanish, ketma-
ketlikda bajarish, natijaga erishishga doir oddiy ko'rinishdagi ish rejasi hosil qilinadi.
Mashg'ulotning borishi - belgilangan o'quv vazifalari bilan bog'liqlikda bilim va
ko'nikmalami o'zlashtirish bilan tugallanadigan bolalarning mustaqil aqliy yoki
amaliy faoliyati. Mashg'ulotning mazkur bosqichida har bir bolaning rivojlanish
darajasi, idrok etish sur'a-ti, flkrlashining o'ziga xosliklari bilan bog'liqlikda ta'lim
usullari individuallashtiriladi. Agar pedagogning aniq tushuntirib bera olmasligi
oqibatida o'quv vaazifalarini bajarishda ko'pchilikda xatolar kuzatilsa, hamma
bolalarning diqqatini ommaviy jalb etish zarariyati yuzaga keladi.
Tez va oson yodda saqlab qola oladigan, tahlil qila oladigan, pedagog
ko'rsatmalari bilan o'zining harakatlari, natijalarini taqqoslay oladigan bolalarga
nisbatan kam yordam ko'rsatiladi. Agar bolalarda vazifani bajarishda qiyinchiliklar
pay do bo'lsa, maslahat berish, qaytadan eslatib o'tish, yo'naltiruvchi savollardan
foydalanish mumkin. Pedagog har bir bolaga o'ylash, qiyin vaziyatlardan o'zi
mustaqil chiqib keta olishiga imkoniyat yaratadi. Ba'zi bolalarga qo'shimcha
tushuntirish, ko'rsatish, pedagogning bevosita yordami talab etilsa, boshqalariga
og'zaki ko'rsatma berish yetarli bo'ladi. Pedagog har bir bolaning u nimani
o'rganganligini ko'rsatib beruvchi, uning harakatlaridan guvohlik beruvchi natijalarni
olishiga harakat qiladi. Natijaga erishish - mashg'ulotdagi amaliy va o'quv
faoliyatining yakuniy mahsuli. Bu esa, bolaning irodasini mustahkamlaydi, bilim va
ko'nikmalami egallashga qiziqishini oshiradi.
Mashg'ulotning yakunlanishi bolalarning o'quv faoliyati yuzasidan xulosalar
chiqarish va natijalarni baholashni o'zida aks ettiradi. Olingan natijaning sifati
bolalarning yosh va individual xususiyatlari, o'quv vazifasining murakkabligiga
bog'liqdir. Kichik guruhlarda pedagog bolalarni tahsinlaydi, tirishqoqliklari,
topshiriqni bajarishdagi intilishlari uchun ularni maqtaydi, ta'lim mazmuni bilan
bog'liqlikda ulardagi ijobiy kayfiyatni oshiradi. O'rta guruhda bolalarning faoliyati,
ularni
topshiriqni
bajarishga
munosabatlarini
baholashda
tabaqalashtirilgan
yondashuvga asoslaniladi. Bunday yondashuvni tadbiq etishdan maqsad bolaning
o'quv vazifasi mohiyatini tushunishi, pedagogning ko'rsatmalariga e'tiborli bo'lish,
belgilangan ketma-ketlikda ishni bajarish zaruriyatini anglab yetishlariga erishishdir.
Baho bolani o'z muvafaqqiyatini, shu bilan birga xato va kamchiliklarini ko'ra olishga
o'rgatadi. Katta guruhda bolalar o'z faoliyati natijalarini baholash va o'z-o'zini
baholashga jalb etiladi. Didaktik maqsadiga ko'ra mashg'ulotlar quyidagi turlarga
bo'linadi:
yangi
bilim
va
ko'nikmalarni
hosil
qiluvchi
mashg'ulotlardir.
Mashg'ulotning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil
etilganligi bilan bog'liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o'ylab chiqilmagan,
shoshilinch tuzilgan va bolalar imkoniyatlariga moslashtirilmagan mashg'ulot sifatli
bo'la olmaydi. Mashg'ulotga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy
natijaga erishishni ta'minlovchi o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini
ta'minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir. Bunda mahoratli o’qituvchi-
tarbiyachi ta’lim usullarini to’g’ri tanlashi kafolatlangan maqsadga erishishni
ta’minlaydi. Ta’lim usullari bu pedagog bilan ta'lim oluvchining o'quv vazifalarini
hal etishga qaratilgan, o'zaro bog'langan faoliyati yo'llari va usullari majmuidir.
Tarbiyachining mashg'ulotga tayyorgarligi quyidagi uch bosqichda amalga
oshiriladi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). Shu bilan birga
tarbiyachi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, mashg'ulotni erkin olib borishga
erishishi lozim. Mashg'ulotga tayyorgarlik asosini bo'lajak mashg'ulotning
algoritmlari, samaradorligi bog'liq bo'lgan omillar va holatlarni hisobga olishni
ta'minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxis qilish bilan boshlanadi.
Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning
natijalarini belgilashdir. Unda bolalarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va
xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi,
o'quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, mashg'ulotning tuzilishi,
yangi axborotni o'zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtinsh, bilim, ko'nikma va
malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo'ladi.
Bashoratlash bo'lajak mashg'ulotni tashkil etilishining turli variantlarini
baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma' qulini tanlab olish.
Loyihalashtirish (refalashtirish)bolalammg o'quv faoliyatini boshqarish dasturini
уaratish bo' lib, u mashg'ulotga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Shuning uchun pedagog mashg'ulotning texnologik modeli va kartasini ishlab
chiqishi lozim. Mashg'ulot loyihasi qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o'zi uchun
boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so'rash, qayerda mavzuni
kiritish, mashg'ulot keyingi bosqichiga qanday o'tish, oldindan ko'zda tutilmagan
qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo'yicha qayta o'zgartirish)ni
belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Mashg'ulot loyihasi an'anaviy rejadan
boshqarishga doir ta'sir ko'rsatishlarning aniq va tushunarli belgilab olinishi,
kutiladigan natijalarning oldindan aniqlanganligi bilan farq qiladi.
Ekskursiya ta'limni tashkil etish shakli. Ekskursiya - bolalarga ta'lim berishning
maxsus shakli. U zida tabiiy sharoitda bolalarni tabiat, madaniy obyektlar, kattalar
mehnati bilan tanishtirish imkoniyatini beradi.
Ekskursiya vaqtida bolalar olamning turfa xilligi, rivojlanishini anglaydilar,
narsa-hodislar orasidagi aloqadorliklarni kuzatadilar. Ilk va kichik guruhda
ekskursiya maktabgacha ta'lim muassasasining ichkarisida, yer maydonchasida, o'rta
guruhdan boshlab muassasadan tashqarida o'tkazila boshlanadi.
Ekskursiya uyushtirishni rejalashtirishda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:
1) ekskursiya narsa-hodisalarni dastlabki yorqin, yaxlit idrok etilishini
ta'minlashi kerak;
2) bolalarning tanish obyekt yoki hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish,
chuqurlashtirish, umumlashtirish uchun takroran ekskursiya uyushtiriladi. Takroriy
ekskursiya bola dastlabki ekskursiya paytida kuzatgan obyekt, hodisalarning yangi
sifat va xususiyatlarini ochib be-rishga xizmat qiladi;
3) dasturiy materialni bosqichma-bosqich murakkablashtirish ikki yo'nalishda
amalga oshirilishi zarur: kuzatilgan hodisalar ko'lamini kengaytirish va u yoki bu
hodisalar haqidagi bilimlarni ketma-ketlikda chuqurlashtirish va umumlashtirish;
4) har bir ekskursiyada ta'limiy va tarbiyaviy vazifalar birgalikda hal etilishi
lozim. Shuning uchun o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalar hajmini
rejalashtirish hamda qanday his-tuyg'u, munosabat, axloqiy sifat, estetik ehtiyojlarni
faollashtirish avvaldan o'ylanishi kerak.
Ekskursiya o'zaro bir-biri bilan bog'langan aniq tarkibiy tuzilishga ega:
tayyorlov bosqichi, ekskursiyaning borishi va ekskursiyadan keyin amalga
oshiriladigan ish.
Tayyorlov bosqichi ham pedagogni, ham bolalarni ekskursiyaga tayyorlashni o'z
ichiga qamrab oladi. Pedagog ekskursiya mavzusini, uning mazmun-mohiyatini,
o'tkazilish muddatini belgilaydi. Shuningdek, ekskursiya uyushtiriladigan obyektning
joylashgan o'rni va holatini ham ko'zdan kechiradi. Ekskursiya davomida beriladigan
namunaviy savollarni tuzadi, she'r, maqol va topishmoqlardan namunalar tanlaydi.
Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash ularda o'rganish ko'zda tutilgan obyekt va
hodisalarga doir qiziqish va ehtiyojni hosil qilishni talab etadi. Buning uchun
quyidagi pedagogik usul va vositalardan foydalaniladi:
1) ekskursiya jarayonida bolalar kuzatishi mumkin bo'lgan narsa-buyumlar va
hodisalar haqida qiziqarli ma'lumotlar berish;
2) bolalardagi mavjud tajribalarga tayanish;
3) bolalarga emotsional ta'sir ko'rsatish maqsadida san'at asarlaridan
foydalanish.
Ekskursiyani amalga oshirish jarayonida ta'limning turli uslublari (kuzatish,
suhbat, tushuntirish)dan foydalaniladi. Dastlab bolalarga obyekt bilan to'liq tanishish
imkoniyati beriladi. Shu bilan birga bolalarning kuzatilayotgan obyektni aniq idrok
etishlarini badiiy iboralar yordamida amalga oshirish mumkin: pedagogning o'zi yoki
bolalardan biri she'rdan parcha o'qiydi. Obyekt yaxlit tarzda idrok qilib bo'linganidan
so'ng, bolalar uni chuqurroq anglab olishlari uchun tahlil qilishga o'tiladi. Bunda turli
xil savollardan foydalaniladi:
1) dalillar keltirishni talab etuvchi savollar (qanday nomlanadi, qanday
qismlardan iborat, qanday xususiyatlar va o'ziga xosliklarga ega);
2)
fikrlashni
faollashtiruvchi,
qiyoslash,
taqqoslash,
farqini
ajratish,
umumlashtirishni talab etuvchi savollar (munosabat, aloqadorliklarni hosil qilish
uchun);
3) anglash faolligini rag'batlovchi, ijodiy fikrlash, xulosalar chiqarishga
undovchi savollar.
Ayrim ekskursiyalar jarayonida suhbat asosiy uslub sifatida xizmat qiladi.
Ayniqsa, bolalarni turli kasb egalari (oshpaz, temirchi, sotuvchi, fermer, xususiy
tadbirkor) faoliyati bilan tanishtirish paytida mazkur uslubdan foydalanish yaxshi
samara beradi. Buning uchun tarbiyachi suhbat jarayonida foydalaniladigan
savollarni avvaldan tayyorlab olishi zarur. Shuningdek, ekskursiya jarayonida
bolalarning fikriy faolligini qo'llab-quvvatlash lozim. Ana shu maqsadda bilish-
izlanishni
rag'batlovchi
usullardan
foydalaniladi:
bolalarga
ular
nimalarni
o'ylayotgani, ularni nimalar qiziqtirayotgani, ularning fikricha nima tushunarsiz
ekanligi haqida savollar beriladi; ular guvohi bo'layotgan obyekt, hodisaga mos she'r,
maqol, topishmoqni yodga tushirish so'raladi. Ekskursiya so' nggida bolalar nimalarni
ko'rganliklari, bilib olganliklari haqida umumiy xulosalar chiqariladi. Bir nechta
bolaga ularga nimalar qiziqarli bo'lganligi haqida gapirib berishni taklif etish
mumkin.
Ekskursiyadan so'ng amalga oshiriladigan ish bilimlarni kengaytirish,
aniqlashtirish,
tizimlashtirishga,
ekskursiya
jarayonida
tug'ilgan
his-tuyg'u,
munosabatlarni mustahkamlashga yo'naltiriladi. Buning uchun quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1) ekskursiya davomida to'plangan materiallar(tosh, yong'oq, na'matak va
boshqalar)ni chiroyli qilib bezatish;
2) bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlarini boyitish maqsadida badiiy
asarlarga (kitoblar, musiqa, qo'shiq, amaliy san'at buyumlari)murojaat qilish;
3) kitob burchagida ("Bizning shahrimiz", "Bizning bog'", "O'zbekiston -
serquyosh o'lka" albomlarini tuzish), tabiat burchagida (maketlar tayyorlash,
kolleksiyalar to'plash, gerbariy tuzish) ishlash;
4) o'yinlarni (teatrlashtirilgan, didaktik, syujetli-rolli) tashkil etish;
5) ma'lum bir belgilangan mavzu yuzasidan amalga oshirilgan o'quv ishining
yakuniy qismi bo'yicha umumlashtiruvchi suhbat o'tkazish.
3.2. O’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat turi
sifatida
O'yin maktabgacha ta'lim yoshidagi bola-larning asosiy faoliyati bo'lib, u orqali
bola shaxs sifatida shakllanadi. O'yin bolaning kelajakdagi o'quv, mehnat faoliyati,
kishilar-ga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O'yin
bolalarning jismoniy rivojlanishi, maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya
ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o'rin
tutadi. O'yinning maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar hayotida tutgan o'rnini
umumlashtirib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon
bo'ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab unga o'rab tur-gan tevarak-atrofni
bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o'yinlari o'zining barcha xilma-xilligi bilan unga
yangi narsani bilish, o'yin mazmunida aks etganjihatga o'z munosabatini bildirish
imkonini beradi. Bola-o'sib va rivojlanib boruvchi mavjudotdir. Harakat - uning to'la-
to'kis o'sib-ulg'ayishining shartlaridan biri. Faol harakatlarga ehtiyoj o'yinning barcha
turlari, ayniqsa, harakatli va o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan didaktik o'yinlar orqali
to'liq qoniqtiriladi. Shuningdek, o'yinlar bolaning muloqotga kirishishga bo'lgan
ehtiyojini qondirishda katta imkoniyatga ega.
2. O'yin maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir.
Ilmiy asoslangan o'yinlar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar hayoti va
faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda
tarbiyachi yetakchi o'rin egallab, u eng awalo, o'yin orqali ta'lim-tarbiyaga doir
qanday vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi
lozim. Shuningdek, bolalar o'yiniga ajratilgan vaqtni mashg'ulot yoki kun tartibidagi
boshqa tadbirlarni cho'zib yuborish orqali egallash mumkin emas. Maktabgacha
ta'lim muassasasi tayanch dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badantarbiya,
sayr, mashg'ulotlar o'tkazish bilan bir qatorda o'yin ham kiritilgan. O'yin
bolalaihayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi. O'yin ertalab
nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg'ulotlar
o'rtasida, ochiq havoda, uyqudan keyin o'tkaziladi. Ertalab rolli o'yinlar, qurish-
yasash, harakatli o'yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg'ulot o'rtasida harakatli,
qoidali o'yinlar o'tkaziladi. Ular asosan, mashg'ulotning mazmuniga bog'liq bo'ladi.
Sayr vaqtida ochiq havodagi o'yinlardan foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi
o'yinlarga qurilish o'yinlari, ertak bo'yicha qo'yiladigan o'yin, rolli, didaktik o'yinlar
kiradi.
3. O'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Peda-gogika
fani o'yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisob-laydi. O'yin orqali
bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko'nikma va malakalari, harakat
usullari, axloq me'yorlari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab
oladilar. O'yinda bolaning o'z tengqurlari va kattalar bilan bo'ladigan munosabat
usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
4. O'yin bolalarga ta'lim-tarbiya berishning uslub va usulidir. O'yin jarayonida
bolalarning bilimlari va tasawurlari boyib, chuqurlashib bora-di. O'yinda u yoki bu
rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga qaratishi lozim. Bola
o'ynayotganida kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to'g'risidagi
tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera
boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning
bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o'yin bolalardagi bilim va
tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to'g'ri rahbarligida uning tushun-
chalari kengayadi.
Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-Vatanga, o'z xalqiga, boshqa millat
vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O'yin orqali
tarbiyachi bolalarda jasurlik, rostgo'ylik, o'zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi
sifatlarni tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloq-ni, ularning hayotga, bir-biriga
bo'lgan munosabatini shakllantiruvchi mak-tab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi
bolalarning o'yiniga rahbarlik qilayotib, ulami jamoa orqali ham tarbiyalab boradi.
O'yin jarayonida bolalar o'z xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga,
o'yinda o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
Maktabgacha ta'limda qo'llaniladigan bolalar o'yini o'zining mazmuni,
xususiyati, tash kil etilishiga ko'ra xilma-xildir, umumlashtirgan holda, uni ikki
guruhga tasniflash mumkin: 1) ijodiy o'yinlar; 2) qoidali o'yinlar.
Maktabgacha ta'limda qo'llaniladigan o'yinlar va ularni tashkil etish uslubiyati.
Ijodiy o'yinlami bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda oldindan belgi-langan qoidalar
boimaydi. O'yin qoidasini bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi. Ijodiy
o'yinlarga syujetli-rolli o'yinlar, sahnalashtirilgan o'yinlar, qurilish-yasashga doir
o'yinlar kiradi.
Syujetli-rolli o'yin o'z xususiyatiga ko'ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-
atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o'yin mazmuniga manba
bo'lib xizmat qiladi. Mazkur turdagi o'yinlarning o'ziga xdsligi ularda syujet, rol va
xayol qilingan vaziyatning mavjud bo'lishidir. Buning uchun albatta, bolalar biror
narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha tasawurga ega bo'lishi lozim. Masalan, bolalar
"parovoz" o'yinini o'ynashmoqchi bo'lishadi. Bunga o'yinning qanday borishi
to'g'risida syujet (voqeaning borishi) kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog'liq
bo'ladi. Bolada awal g'oya tug'iladi, keyin mazmuni rivojlanadi. Ba'zan bolalar
o'yinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, ular orasidan kirn
"parovoz" bo'lishi, qolganlar uning orqasidan ergashishi, qayerga borganda navbat
almashishlarini oldindan kelishib olishadi.
Syujetli-rolli o'yinlarda tarbiyachi yetakchi rol o'ynaydi. Tarbiyachi bolalarning
qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib, ularning ijobiy tomonlarini rivojlantirish uchun
sharoit yaratishi va bolalarni kerakli yo'nalishda tarbiyalab borishi lozim. Tarbiyachi
syujetli-rolli o'yinlarga rahbarlik qi-lishda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratishi lozim:
1) bolalar o'yiniga rahbarlik qilish uchun ularning o'yinini bilish va har doim
kuzatib borishi lozim;
2) tarbiyachi bolalarning o'yin davomidagi muloqotlari, xatti-harakat-larini
muntazam kuzatib, tinglab borishi lozim. Bu tarbiyachiga bolalarning qiziqishlari,
xohish-istaklarini bilib olib, ularni to'g'ri yo'lga solish, ijobiy xususiyatlarini yanada
rivojlantirish imkonini beradi;
3) syujetli-rolli o'yinlami o'ynash uchun ma'lum joy ajratish lozim;
4) o'yin jarayonida kerak bo'ladigan o'yinchoqlarni bolalar mustaqil o'zlari
yasashlari uchun ularga kichkina yog'och bo'laklari, mix, loy, qog'oz, karton, bo'yoq
va kerakli asboblar - bolg"acha, qo'l arra, qaychi, pichoq kabilami berish kerak. Biroq
o'yinchoqlar yasash ustida ishlash faqat tarbiyachining rahbarligi ostida bajarilishi
lozim;
5) o'yin mavzusini tanlashga yordam berish bolalami o'ynashga o'rgatish
usullaridan biridir. Tarbiyachi bolalarning rolli o'yinlari mavzusini boyitibgina
qolmay, balki uning syujetini, mazmunini boyitish to'g'risida ham o'ylashi kerak;
6) tarbiyachi hamma bolalarning o'yinga qatnashishlari ustida g'am-xo'rlik
qilishi kerak. O'yinda ko'pincha ular rol talashib bir-birlari bilan kelisha olmay
qoladilar. Bolalami bunday kelishmovchiliklarni haqqoniy echishga o' rgatish lozim.
Sahnalashtirilgan o'yinlar bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma'lum
bir rolni bajarishiga, o'yin jarayonidagi personajlaming aytadigan so'zlarining yod
olinishiga asoslangan bo'lib, bolalarda iro-da, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning
harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlami tarbiyalashda samarali vosita
sanaladi. Sahnalashtirilgan o'yinlami tashkil etish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga
qamrab oladi:
I bosqich. Sahnalashtirish uchun badiiy asarni tanlash. Badiiy asarni tanlashda
quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) ertak yoki hikoyada qatnashuvchilar soni
ko'p bo'lishi kerak; 2) asarning nafaqat mazmuni, balki unda harakatlaming ham turfa
xil bo'lishiga e'tibor qaratish lozim; 3) asar ifodali o'qishga mos bo'lishi kerak; 4) asar
mazmuni qiziqarli va emotsional bo'lishi zarur; 5) asar bolalarning yoshiga mos
kelishi lozim.
II bosqich. Sahnalashtirish uchun tanlangan ertak yoki hikoyaning mazmunini
o'qib berish.
III bosqich. Asarning bolalar tomonidan eslab qolinishiga erishish: qayta o'qib
berish, har bir bolaning aytadigan gaplari ustida individual ish olib borish, rasmlar
namoyish etish.
IV bosqich. O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga kerakli
materiallar, kiyimlar tayyorlash hamda rahbarlikni to'g'ri amalga oshirish.
Sahnalashtirilgan o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
oddiydan murakkabga qarab yo'naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o'rta
guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari
uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning
kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Bolalarning qurilish, buyum yasash o'yinlari rollarga bo'linib o'y-naydigan
o'yinning tarkibiy qismidir. Biror narsani qurish bolalarning o'z fikrlarini ro'yobga
chiqarish usulidir. Qurilish materiallari bilan о'tkaziladigan о'yinlarda bolalarning
texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuv-chanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning
eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar.
Qurilish materiallari bilan bog'liq o'yinlarni o'tkazishda quyidagi jihatlarni
hisobga olish lozim:
1) qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir paytda o'ynashlari uchun
yetarli bo'lishi lozim;
2) guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydigan, uni quradigan va bir necha
kungacha saqlab qo'yishning iloji bo'lgan joy bo'lishi kerak;
3) qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo'lgan
g'ildirakli shkaf bo'lishi, uni bolalar istagan tomonlariga sudrab olib yurishlariga
imkon yaratilishi kerak;
4) qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o'yinchoqlar, o'yinchoqli
odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo'lishi mumkin;
5) bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material
bo'lishi zarur;
6) bolalarga qurilish usullarini o'rgatish lozim;
7) qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha, hatto
undan ko'proq muddat saqlash kerak.
3.3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy va estetik tarbiyani
amalga oshirish. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini
aqliy tarbiyalashning o’ziga xosliklari
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bola shaxsini har tomonlama to’liq
shakllantirish, ruhiy va jismoniy to’kisligi uchun barcha tarbiya turlarini berishni
o’ziga xos tomonlari inobatga olinadi. Bola rivoji uchun har bir tarbiya turining o’z
o’rni bor.
Maktabgacha ta'lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy
maqsadi bolalardagi turli ko'nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik,
tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir.
Muntazam ravishda o'tkaziladigan jismoniy mashg'ulotlar bolalarning o'sish va
rivojlanish jarayoniga ijobiy ta'sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.
Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini
jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni
rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maxsus bilimlarni
o'zlashtirib olish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini
maqsadga yo'naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish
tizimi.
Bolalarning
jismoniy
madaniyatini
shakllantirish
ko'pgina
vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishni talab etadi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo'lib,
pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isayev,
E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko'rsatishadi:
1) bolalarning jismoniy to'g'ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning
morfologik va funksional rivojlanishini ta'minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish,
uning tashqi muhitning noqulay "vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini
mustahkamlash;
2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil
harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari - kuchlilik,
chidamlilik, chaqqonlik va epchillikning yuksak uyg'unlikda rivojlanishini
ta'minlaydi;
3) hayotiy muhim harakatga oid ko'nikma va malakalarni shakllantirish - bolada
maxsus harakatga doir bilim, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir
tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o'z xatti-harakatlarini boshqara
olish imkoniyatiga ega bo'ladi;
4)
jismoniy
madaniyatning tizimli mashg'ulotlariga barqaror
qiziqish
vaehtiyojlarnitarbiyalash. Sog'lomturmushtarzi asosidabolaning doimiy ravishda o'z-
o'zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy
mashqlar bilan shug'ullanish va bolalarning jismoniy mashg'ulotlarga faol munosabati
natijasida yuzaga keladi;
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum
nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiena haqida,
jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida
aniq tasavvurlarga ega bo'lishi zarur.
B.T.Lixachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko'rsatadi:
1) rivojlantiruvchi - bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini
takomillashtirish, o'zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta'minlash;
2) tarbiyaviy - bolalarda ma'naviy-axloqiy sifatlarning tarkibiy topi-shiga
erishish. Boshqacha aytganda, "Sog'lom tanda - sog' aql";
3) ta'limiy - bolalarni jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish,
uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib yetish;
4) sog'lomlashtiruvchi - bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib top-tirish,
ularning baquvvat va tetiklashuviga ko'maklashish;
5) umummadaniy - bo'sh vaqtni mazmunli va foydali o'tkazish. I.P.Podlasiy
tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari
V.A.Slastenin, I.F.Isayev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga
jismoniy tarbiyaning yana ikkita funksiyasi alohida ajratib ko'r-satilgan: 1)
tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbi-yalanuvchilarda axloqiy
sifatlarni tarbiyalash.
Pedagog olima P. Yusupovaning fikricha, maktbagacha ta'lim yoshi-dagi bolalar
organizmining o'ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o'sadi va rivojlanadi. Shu bilan
birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan
bo'ladi, shunga ko'ra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarni jismoniy
tarbiyalashda quyidagilar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:
1.
Sog'lomlashtiruvchi
vazifalar.
Bolalar
sog'lig'ini
mustahkam-lash,
organizmning shakl va funksiyalarini uyg'un rivojlantirish, ish qo-biliyatini oshirish,
har xil tashqi ta'sirlarga chidamjnlikni kuchaytirish, uzoq umr ko'rishini ta'minlash.
2. Ta'limiy vazifalar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga xos bo'lgan o'ta
qabul qiluvchanlik, sharoitning o'zgarishiga engil moslashish qobiliyati bir qator
ta'limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli
ko'nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik,
chidamlilik, tezkorlik, egiluv-chanlik, muvozanat, ko'z bilan chamalash)ni o'stirish,
qad-qomat, gigiena ko'nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni
o'zlashtirish.
Boladagi harakat ko'nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velo-sipedda uchish
va boshqalar) nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini
osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor va shamolning, suvda suzayotib suvning
xossalari bilan tanishadi. Ana shu asosda jismoniy mashqlar, gigiena malakalarini
egailash bilan bog'liq bo'lgan dastlabki bilimlar tarkib toptiriladi.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo'nalishi (yuqoriga, pastga,
oldinga, orqaga, o'ngga, chapga, to'la aylanish), jismoniy tarbiya asboblarining nomi
va qay maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga
qarash qoidasini bilashlari kerak.
3. Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg'ulotlariga muhabbatni,
mashg'ulot natijalari, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik,
intizomlilik, kamtarlik, ko'ngilchanlik, va hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik,
haqqoniylik, o'rtoqlik hissi, o'zaro yordam), jamoada shug'ullanish malakasi,
jismoniy tarbiya asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas'uliyat bilan bajarishlarini
tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat'iylik, o'z kuchiga ishonch,
qiyinchiliktarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalar)ni namoyish qilish
uchun qulay sharoit yaratiladi.
"Bolajon" tayanch dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy
tarbiyalashning vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berilgan:
- bolalarning salomatligini mustahkamlash va chiniqtirish;
- ularni jismoniy jihatdan baquvvat qilish;
- bolaning axloqiy tomondan ijodiy sifatlarini tarbiyalash;
- bolalarda maqsadga to'g'ri yo'naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun
sharoit yaratish; (Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. - Т.: «O'qituvchi»,
1993. - 40-41-b.)
4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg'ulotlariga barqaror qiziqish va
ehtiyojlarni tarbiyalash: Sog'lom turmush tarzi asosida bolaning doimiy ravishda o'z-
o'zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy
mashqlar bilan shug'ullanish va bolalarning jismoniy mashg'ulotlarga faol munosabati
natijasida yuzaga keladi;
5) jismoniy madaniyat va sport,tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum
nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiena haqida,
jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida
aniq tasavvurlarga ega bo'lishi zarur.
V.A.Slastenin, I.F.Isayev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga
jismoniy tarbiyaning yana ikkita funksiyasi alohida ajratib ko'rsatilgan:
1) tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash;
2) tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash.
- harakatlarning muhim hayotiy turlarini shakllantirish, yurish, yugurish,
sakrash, emaklash, o'rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo'l,
tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish;
- o'yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni
rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va
boshqalarga tenglashib tik tutish malakasini oshirish;
-bola qomatini to'g'ri shakllantirishga ta'sir ko'rsatish vayassi oyoqlilik
kasalligining oldini olishga yordam berish;
-jismoniy mashq va o'yinlarning foydasi, asosiy gigienik talablar va qoidalar
haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish;
- faol harakatga qiziqishni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiyaning amalga oshirishning asosiy omillari:
Tabiiy omillar tabiat in'omlari (suv, havo, quyosh)ning sog'liqni mustahkamlash,
bolaning morfologik va jismoniy to'g'ri rivojlanishiga ko'maklashish imkoniyatlarini
o'zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat "bola organizmini chiniqtirish"
atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni
mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta'sirlarga qarshilik ko'rsatish, hayotiy
sharoitlarning o'zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan
tadbirlar tizimi tushuniladi. Havo orqali chiniqtirishda sovuqhavo bilan jismoniy
mashqlar majmuasi birgalikda ta'sir ettiriladi. Havo vannasidan uyqu vaqtida yoki
havo bulut bo' lgan vaqtlarda foy dalaniladi. Uyqu vaqtida bolalar salqin у erga qo'
yilgan karavotga yotqiziladi. Havo vannasidan foydalanishda quruq, shamoldan holi
tekis maydon tanlanadi. Tarbiyachi bu maydonchada yengil kiyingan bolalar bilan
10-15 daqiqa engil harakatli o'yinlar yoki mashqlar bajaradi. Havo vannasi asta-sekin
10-15 daqiqadan 25 daqiqagacha olib boriladi.
Suv bilan chiniqtirish barcha yosh gurahlarida yilning hamma fasl-larida
o'tkazilishi mumkin. Suv bilan chiniqtirishda bolalarning tibbiy-fiziologik o'ziga
xosliklari hisobga olinishi lozim. Suv, havo temperaturasining o'zgarib borishi bola
organizmining termoregulyatsion apparatini mashq qildiradi, tashqi sharoitga, ob-
havoning o'zgarishiga odatlanish reaksiyasini shakllantiradi. Bola organizmining
chiniqishi bilan bir qatorda, uning irodasi ham chiniqib boradi.
Quyosh nurida chiniqtirish orqali organizmda "D" vitamini paydo bo'lishiga
yordam beradi. Ammo undan ortiqcha foydalanish bolada bosh og'rig'i, uyqusizlik,
ishtaha bo'g'ilishi, kamqonlik, lanjlik bo'lishiga olib keladi. Sil, bezgak kasalligi bilan
og'rigan bolalarga quyosh vannasi mutlaqo ma'n etiladi.
Quyosh vannasi dastlab to'rt daqiqadan qabul qilinadi, tananing har bir tomoni
bir daqiqadan toblanadi. Quyosh vannasi qabul qiladigan may-doncha quruq, tekis,
havo yaxshi aylanadigan, kuchli shamollardan pana bo'lishi lozim. Yaqinroqda dush,
bolalar kiyinadigan, yechinadigan joy bo'lishi kerak.
O'zbekiston sharoitida quyosh vannasini ertalab soat to'qqiz-o'n bir oralig'ida
olgan ma'qul. Bolalar fanerdan yoki taxtalardan yasalgan so'rilarga oyoqlarini quyosh
tomonga, boshlarini esa soya tomonga qarab yotqiziladi. Quyosh vannasi qabul
qilingandan so'ng ularning ustidan suv quyish yoki cho'miltirish lozim. Bunda
bolaning ruhi yengillashadi, terlari yuviladi, qizigan tana va sovuq o'rtasidagi farq
organizmni chiniqtiradi.
Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o'ziga
xosliklarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim.
Jumladan: ilk yosh guruhida:
-har kuni ertalab badantarbiyaqilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish;
- badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar
ko'magida);
-yozda ochiq havoda iloji boricha ko'proq bo'lish; -kattalar nazorati ostida kichik
ochiq suv havzasida (basseynda) cho'-milish (gigiena talablariga amal qilgan holda).
Kichik guruhda:
- har kuni ertalab badantarbiya qilish;
- harakatlarni namunaga muvofiq bajarish;
- badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar
ko'magida);
- ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish;
- bolalarni yuz-qo'llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik,
sovundan to'g'ri foydalanish, badanini ho'l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda
iloji boricha ko'proq bo' lish. cho'milish, dushdan foydalanish;
- ochiq suv havzasida (basseynda) cho'milish (gigiena talablariga amal qilgan
holda).
О 'rta guruhda:
- har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni
ochib qo'ygan holda bajarish; ochiq havoda esa sport kiyimida bajarish;
- qo'l, oyoq, gavda uchun mashqlami aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni
to'g'ri tutish;
- har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday ob-havoda ham
harakatli o'yinlar o'ynash;
-har kuni oyoqlami yuvish, sekin-asta suv haroratini pasaytirib borish;
- xona haroratidagi suvda ho'llangan gubka yoki pahmoq qo'lqop bilan dastlab
qo'llarni, keyin oyoqlarni, ko'krakni, qorin va orqani teskari yo'nalishda teri
qizarguncha artish.
Katta guruhda:
- har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish;
- badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil ki-yimda
predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlami suv muolajalari bilan tugallash;
- muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish,
mashqlami, qomatni to'g'ri tutgan holda bajarish;
-yuz, bo'yin, qo'lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish;
- badantarbiyadan so'ng darhol gubka yoki uy haroratdagi suvda ho'llangan
kichikroq pahmoq sochiq bilan tana a'zolarini artish: avval qo'llarni, keyin badanni
quruq sochiq bilan tana qizarguncha, quruq qilib tezda artish;
- faqat kattalarning ruxsati bilan cho'milish, kattalarning nazorati ostida
cho'milishning asosiy qoidalariga rioya qilish;
-yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xfrvfi yo'q joylarda yu-rish;
- chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish.
Tayyorlov guruhida:
- har kuni ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish;
- badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiyimda
buyumlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlami suv muolajalari bilan tugallash;
- muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan muskullarni tarang holga keltirish,
mashqlami qomatni to'g'ri tutgan holda bajarish;
- xonada yengil kiyimda bo'lish, derazaning kichik darchasini ochib qo'yish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish;
-yuz, bo'yin, qo'lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish;
- badantarbiyadan so'ng darhol gubka yoki uy haroratidagi suvda ho'llangan
kichikroq pahmoq sochiq bilan tana a'zolarini artish, avval qo'llarni, keyin badanni
quruq sochiq bilan tana qizarguncha, qumq qilib tezda artish;
- faqat kattalarning ruxsati bilan cho'milish, kattalarning nazorati ostida
cho'milishning asosiy qoidalariga rioya qilish;
- yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish xavfi yo'q joylarda yurish.
Gigienik shart-sharoitlar. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning jismoniy
to'g'ri rivojlanishi uchun gigienik shart-sharoitlar - uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun
tartibi kabilarni hisobga olish zarur.
Bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi
gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim
sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo'lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va
yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizfmining, organizm charchashining oldini
oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to'ymasa nerv tizimining
buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo'zg'aluvchan bolalar aksariyat yomon
uxlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta'minlay
olmaydi. Shunda bunday bolalar kichkiginagina, arzimagan sharpadan ham uyg'onib
ketaveradi. Bola qanchalik yomon uxlasa, uning axloq me'yori, o'zaro munosabati,
muomalasi shuncha yomonlashadi, bunday holni biz injiqlik deb tushunamiz. Yaxshi
uyqu bolaning sog'lomligidan darak beradi.
Bola yaxshi uxlashining asosiy sharti uning yoshiga mos bo'lgan sut-kalik
rejimni hayotining birinchi kunidan boshlab to'g'ri tashkil etishi-dir. Bola tez va
yaxshi uxlashi uchun kerakli shart-sharoit yaratish, uyg'oqlik vaqtida faollashtiruvchi
har xil harakatlarni tashkil etish kerak. Shuningdek, bolalar yaxshi uxlashlari uchun
ularni kuchli qo'zg'atadigan aqliy va jismoniy ish qildirmaslik kerak. Bolalarda
uyqudan oldin salbiy hislarni uyg'otmaslik kerak, bunday muomala natijasida
bolaning miya yarimsharlarida yuqori qo'zg'olish o'chog'i hosil bo'ladi. Uyqudan
oldin kattalarning bola bilan muomalasi nihoyatda tinch, samimiy, bolalami uyquga
tayyorlovchi bo'lishi lozim. Bolalarni uyquga tayyorlash ularda mustaqillikni
tarbiyalash bilan bog'liq holda olib boriladi. Bir yoshning oxiriga kelib, bolalar o'z
oyoq kiyimini, paypog'ini mustaqil yechishga o'rgatilishi mumkin. Uch yoshga kelib
mustaqil yechinishga, kiyimni chiroyli taxlab qo'yishga, o'z karavoti oldiga borib,
unga chiqib olishga o'rgatiladi. Avvaliga bu uyquga tayyorgarlik bo'lgan bo'lsa,
keyinchalik borib bu hamma narsa bolalarda uyquni keltiruvchi vosita bo'lib xizmat
qiladi. Agar mana shu jarayonlar bo'lmasa bolaning uxlashi qiyin kechadi.
Agar bola yaxshi uxlasa tetik, quvnoq bo'lib uyg'onadi va hafsala bilan kiyina
boshlaydi. Bolani bevaqt uyg'otish uning nerv tizimi va xulqiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Bolalarni birdaniga uyg'otish juda zararli, chunki ko'pchilik bolalar uyquga
to'ymaydi. Bolarni har doim bir vaqtda uyg'otilsa, ularning miyasida ko'nikish paydo
bo'ladi. Buning natijasida sekin "turinglar" degan tovushdan hatto eng qattiq uxlab
yotgan bolalar ham uyg'onib ketishadi. Uyg'otilmasa, uyg'ongan bolalar kiyinguncha
30-45 daqiqa ichida hamma bolalar uyqusi pishib, o'zlari sekin-asta uyg'onishadi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o'z ta'sirini
ko'rsatadi. Kiyim har doim bolani o'rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi
kerak. U yengil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaxshi o'tkazadigan
bo'lishi, oson yuviladigan, yaxshi ho'llanadigan, namni shimadigan, elastik va
badanni bevzovta qilmaydigan bo'lishi lozim.
Yozgi kiyim rangi ochiq, asosan oq gazlamadan, qishki kiyim - to'q rangli
materialdan tikilishi lozim. Bolalarning kiyimi ularning yoshiga yarasha, yengil,
qulay, qismaydigan, estetik didiga javob beradigan arzon materialdan tikilishi kerak.
Shuningdek, bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1-1,5 sm bo'lishi kerak.
Vaqt-vaqti bilan bolalarga qishda binoning ichida, yozda maydonchada yalangoyoq
yurishga ruxsat berish kerak. Notekis joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini
yo'qotadi, bola organizmini chiniqtiradi.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki
ovqat) osoyishta vaziyatda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa,
uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart-sharoit
hosil qiladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik malakalarni,
stol atrofida o'zini to'g'ri tutib o'tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng
muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo' lishini ta'minlash
muhim ahamiyatga egadir.
Bolalarni ilk уoshidanboshlab ovqatni mustaqil yeyishga o'rgatish ularda
ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg' otishga yordam
beradi. Ikkinchi yoshning boshidan qoshiqqa o'rgatish, to'rtinchi yosh-dan
sanchqidan, beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish malakalarini tar-biyalab borish
zarar. Bundan tashqari bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo'-lini yuvish, tartibli yeb-
ichish, chapillatmay, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to'g'ri
o'tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan keyin og'izni chayqash kabi
maishiy-gigienik malakalar ham tarbiyalab boriladi. Mazkur jarayonda kattalarning
namunasi, tushuntirish, o'rgatish, nazorat kabi tarbiya uslublarining ahamiyati katta.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi xilma-xil faoliyat
hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir.
Kun tartibini tashkil etuvchi barcha qismlarni (ovqatlanish, uyqu, o'yin, sayr,
mashg' ulotlar) bir me' yorda takrorlash natijasida bolalarda faoliyatning bir turidan
ikkinchi turiga o'tishni yengillashtiruvchi mustahkam ko'nikma hosil bo'ladi. Aynan
kun tartibiga rioya etish bolaning nerv faoliyati tizimi va barcha fiziologik
jarayonlarning o'tib borishiga samarali ta'sir ko'rsatadi.
Kun tartibiga qo'yiladigan asosiy talab bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga
olishdir. Kichik guruhlarda uyqu, ovqatlanish, yechinish' yuvinish va boshqalarga
ko'p vaqt ajratiladi. Katta bo'lgan sari bolalarning mustaqilligi ortib, o'yin va
faoliyatning boshqa turlariga ko'proq e'tibor beriladi. Umuman olganda, kun tartibi
ham gigienik, ham tarbiyaviy funksiyani bajaradi.
Kun tartibini tuzish va uni tashkil etishda quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish
zarur:
1) kun tartibini tuzishda yil fasllarining e'tiborga olinishi. Musalan, yozda
bolalarning ko'proq ochiq havoda bo'lishi, ertalab ertaroq uyg'o-tilib, kechqurun
uxlashga kechroq yotqizilishi va boshqalar;
2) kun tartibini bajarishda bolalarning salomatligi, ularning rahiy rivojlanish
darajasining hisobga olinishi. Masalan, zaiflashgan, kasallangan bolalarning uxlash,
ochiq havoda bo'lish vaqti ko'paytiriladi. ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuniga ham
o'zgartirish kiritiladi;
3) kun tartibini o'zgarmasligiga alohida e'tibor qaratish. Ya'ni bolalar vaqtida
ovqatlanishlari, shug'ullanishlari, o'ynashlari, uxlashlari talab eti-ladi. Bu bolalarda
barqaror dinamik ko'nikmalarni hosil qiladi, ularni tartiblilikka, intizomlilikka
o'rgatadi;
4) kun tartibini tuzishda ota-onalarning ish vaqtining boshlanishi va tugashi
ham hisobga olinishi. Ayrim ota-onalar ish vaqtining biroz kech tugashini hisobga
olgan holda, individuallashtirilgan va tabaqalashtirilgan кип tartiblari ishlab
chiqiladi. ,
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan
bog'liqlikda maxsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan
harakatlar yig'indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir xilma-xil
yondashuvlar mavjud bo'lib, ko'proq umumlashgan tasnif o'zida gimnastika, o'yin,
sayr kabilarni qamrab oladi.
Pedagogik nuqtayi nazardan gimnastika organizmga nafis ta'sir etish yoki uning
alohida tizim va funksiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Gimnastikaning
asosiy, gigienik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud.
Maktabgacha
ta'lim
muassasalari
o'quv
dasturlari
bilan
bog'liqlikda
tarbiyalanuvchilar asosiy gimnastika (narsa buyumlar va narsa buyumlarsiz
bajariladigan umumiy rivojlanishga doir mashqlar, sakrash, yugurish, elementar
akrobatik mashqlar) bilan shug'ullanishlari lozim.
O'yin bolaning jismoniy kuchini, qo'llarining qattiqligini, qad-qomatining
tikligini, ishonchli ko'zlarni rivojlantirishga xizmat qilib, unda o'tkir zehn, topqirlik,
tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning tarbiyaviy ahamiyati katta
bo'lib,
bolalarda
g'amxo'rlik,
o'z
jamoasi
uchun
qayg'urish,
birgalikdagi
harakatlanishdan quvonish, do'stlik va o'rtoqlik hissini kuchaytiradi. Maktabgacha
ta'lim yoshidagi bolalarda asosan ochiq havoda tashkil etiluvchi harakatlantiruvchi
o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta'lim yoshida keng qo'llashni talab etadigan jismoniy
mashqlardan yana biri sayrdir.
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o'tkazilishi mumkin. Sayr
bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo'lib, ularning sog'ligi va jismoniy taraqqiyotiga
har tomonlama ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolaning sayr vaqtida ochiq havoda bo'lishi
natijasida qon kislorodga to'yadi, temperaturaning o'zgarib turishi, havoning namligi,
shamol ta'siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi, organizmni chiniqtiradi.
Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalaming estetik rivojlanishidagi o'ziga xos
xususiyatlar. Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi subyektiv
omillar estetik ehtiyoj deb ataladi. Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san'at
asarlarini estetik jihatdan o'zlashtirishgakirishishi estetik qiziqish deb ataladi. Ijtimoiy
voqelik, tabiat, san'at bilan bevosita muloqot jarayonida - nazariyalar, qarashlar,
badiiy ta'lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong deb ataladi.
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati estetik
muiohaza deb ataladi. Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig'indisi
orqali shakllanadigan va shaxsning buyum, hodisalarga estetik baho be-rishida у
aqqol namoyon bo' ladigan hodisa estetik did deb ataladi. Shaxsning tabiat, jamiyat
va san'atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go'zallik borasidagi
bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.
Maktabgacha ta' limning ilk yosh davri bolalari ham tevarak-atrofdagi, musiqa,
she'riyat, tasviriy san'at asarlari, tabiatdagi go'zallikni idrok eta oladilar, shuningdek,
o'zlari rasm chizish, yasash, kuylash, raqs tushish, she'r yodlay olish qobiliyatiga ega
bo'ladilar. Bolalarda kuzatiladigan bunday holatlar estetik tarbiyani maktabgacha
ta'lim davridanoq boshlash haqida xulosa qilishga imkon beradi.
Estetik tarbiya - shaxsda tabiat, mehnat, ijtimoiy munosabatlardagi go'zallikni
estetik ideal nuqtayi nazaridan idrok etish va baholash, shuningdek, voqelikni
go'zallik
qonunlariga
ko'ra
o'zgartirish
ehtiyojini
his
etish
qobiliyatini
shakllantirishga yo'naltirilgan muntazam ta'sir jarayonidir.
Estetik tarbiya - bolani tarbiyalashning muhim jihatini o'zida aks ettirib, u hissiy
tajriba, shaxs emotsional sohasini boyitishga imkon beradi, borliqni axloqiy jihatdan
anglashga ta'sir ko'rsatadi, bilish faolligini oshi-radi, hatto jismoniy rivojlanishga ham
ko'maklashadi. Estetik tarbiya nati-jalari estetik rivojlanishda o'z aksini topadi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni estetik tarbiyalashning vazifalarini ikki
katta guruhga ajratish mumkin:
1. Bolalarda tevarak-atrofga estetik munosabatni shakllantirish: tabi-atdagi,
san'atdagi go'zallikni ko'ra olish va his etish, go'zallikni tushuna olish; badiiy didni,
go'zallikni anglashga ehtiyojni tarbiyalash.
2. Xilma-xil san'at turlariga oid badiiy ko'nikmalarni shakllantirish: bolalarni
rasm chizish, turli buyumlarni yasash; qo'shiq kuylash, musiqa-ga mos
harakatlanishga o'rgatish; so'z boyligini oshirish.
Maktabgacha ta'lim yoshining turli davrlari bilan bog'liqlikda estetik tarbiyani
amalga oshirishning o'ziga xosliklari ham aniq namoyon bo'ladi.
Ilk yoshli bolalarda hali ularning estetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning
hissiy va sensor rivojlanishi to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdanxursand
bo'ladi, bir maromdagi tovush vaharakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi
yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi
bolalarda hissiy kechin-malarning shakllanishida kattalar muhim rol o'ynaydi.
Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u
yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishiga yordam beradi. Va, aksincha,
kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alo-mati yoki ho'mrayib
qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy
munosabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki asta-sekin takomillasha boradi.
Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi
ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda
musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista
va tezligigajavob ta'siri paydo bo'ladi.
O'rta yosh guruhi davrida bolalar estetik idrokining rivojlanishida muhim
o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo'lib
qoladi. Ammo u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga bog'liq
bo'lib qoladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar,
ba'zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo'lib
qoladilar.
Bolalarda go'zallikni idrok etish jarayoni aniq ifodalangan, ta'sirli, faol tusda
bo'ladi. Bu ayniqsa, ular qo'g'irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllami tomosha
qilganlarida aniq namoyon bo'ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga qo'shilib
bemalol harakat qiladilar, ularning muayyan vaziyatda o'zlarini qanday tutishlarini
aytib turadilar, go'yo o'zlarini ular bilan birga o'ynayotgandek his etadilar. Bu
yoshdagi bolalar tanish bo'lgan san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va
ba'zi bir xulosalar chiqaradilar. Bolalarni she'rni hikoyadan, badiiy asarning ba'zi bir
janrlarini, tasviriy san'at va musiqaning ayrim turlarini (ertakni hikoyadan, marshni
raqsdan, allani o'yindan va boshqalar) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Katta yosh guruhining oxiriga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat
bilan tinglaydilar, tasviriy san'at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy
qahramonlar
xatti-harakatlardan
quvonadilar,
yomonlikni
qoralaydilar.
Boladamusiqaviy va shoironatinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa
janrlariga, adabiy va tasviriy san'ai asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo
bo'ladi. Bolalarda badiiy ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda
topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiva va rasmlar
ishlaydilar. Endi ular o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo'lib
qoladilar.
Kuzatayotgan san'at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o'qilayotgan
she'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy
asarlardagi ba'zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar.
Tevarak atrofdagi go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining xilma-xil
turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Tarbiyalanuvchilarni estetik tarbiyalash omillari va vositalari .
Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko'p jihatdan estetik kamolotiga
ta'sir o'tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog'liq.
Bunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaxsning estetik
voqelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday
shakllari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari
o'rtasidagi chegara nisbiy hamda shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya
omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o'tashi va aksincha bo'lishi ham mumkin.
'Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini
amalga oshirish uchun ma'lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o'rab turgan
muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Agar muhit estetiklikka
asoslangan bo'lsa, agar bola odamlar orasidagi xushmuomala munosabatni ko'rsa,
tevarak-atrofdan olingan taassurotlar ijobiy tavsifga ega bo'lsa, u kichikligidanoq
estetik borliqni o'zi uchun me'yor sifatida qabul qiladi. Turmush estetikasi o'zida
ko'plab detallarni qamrab oladi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to'g'ri tashkil etish
uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.
Maktabgacha ta'lim yoshida boshqa уosh davrlariga qaraganda aqliy rivojlanishning
yuqori sur'atda taraqqiy etishi kuzatiladi. Ayniqsa, ilk yosh guruhi bolalarining aqliy
rivojlanishiga alohida e'tibor qaratish zarur. Zamonaviy tadqiqotlar natijalari shuni
ko'rsatadiki, ikki yoshgacha bolalarda juda katta hajmdagi bilish faolligi kuzatiladi.
Bolaning ongi tez rivojlanib, u uch yoshga kelganda katta kishilarning aql kuchining
sakson foiziga tenglashadi. Mazkur holat maktabgacha yoshdagi bola ongini ortiqcha
zo'riqishlardan asrashni talab etadi.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
aqliy
rivojlanishida
yo'l
qo'yilgan
kamchiliklarni keyinchalik bartaraf etish qiyin kechadi. Ta'lim-tarbiya jaravonida yo'l
qo'yilgan kamchiliklar kelajakda bolaning har tomonlama rivojlanishiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Masalan, oilada, maktabgacha ta'lim muassasasida bolaning qurilish
materiallari, konstruktorlar bilan o'ynashiga e'tibor qaratmaslik oqibatida maktabda
geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o'zlashtirishda qiyinchilik tug'diruvchi fazoviy
idrok etishning rivojlanmasligiga olib keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishidagi asosiy o'ziga xoslik -
obrazli bilish shakllarini (idrok etish, obrazli fikrlash, tasavvur) egallashda yorqin
namoyon bo'ladi. Bolada rivojlanadigan bilish jarayonlari xilma-xil faoliyat turlarida
aks etadi. Bolada tasavvurning rivojlanishi orqali u faoliyatning manzarasini ko'z
oldiga keltira oladi, amalga oshirishi lozim bo'lgan ishni rejalashtiradi, undan nima
talab qilinayotganligini aniqlay oladi. Bola o'zlashtirayotgan bilimlar faqatgina uning
fikrlash doirasini o'stiribgina qolmay, balki kishilarga, ularning xatti-harakatlariga,
tabiat, san'at kabilarga munosabatni qaror toptiradi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari:
Aqliy tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
• belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;
• dunyoqarashni shakllantirish;
• aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;
Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta'sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy
imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi hamda fikrlash-tushunchasining
rivojlanish jarayonini tushunish mumkin.
Aqliy rivojlanish atamasi bilan bir qatorda "aqliy kamolot" atamasi ham
qo'llaniladi. Aqliy kamolot - bu yoshning o'sib, tajribaning boyib borishi munosabati
bilan bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining
majmuasidir.
Maktabgacha ta'lim yoshida bilimlar tez sur'atlar bilan boyib boradi, nutq
shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini
egallab oladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishini
ta'minlash ularning kelajakdagi butun faoliyatlari uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Bola ijtimoiy muhit ta'sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Tevarak-atrofdagi
kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan birga tarkib topgan mshun-
chalar tizimini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta'lim yoshidayoq bola tilni
shunchalik egallab oladiki, undan muomala vositasi sifatida erkin foydalana oladigan
bo'lib qoladi.
Aqliy rivojlanish quyidagi tushunchalar tizimini o'z ichiga qamrab oladi:
aqlning teranligi - bola yangi materialni egallashda mavhumlashtira olishi
mumkin bo'lgan belgilarning muhimligi uni o'zlashtirish bosqichi va ularning
umumlashganlik darajasida namoyon bo'ladi;
aqlning sustligi- qarama-qarshilikda bir qoliplikka, fikrlashdagi odatiylikka
moyillikda, bir harakatlar tizimidan boshqasiga o'tishdagi qiyinchilikda namoyon
bo'ladi;
fikrning moslashuvchanligi maqsadga muvofiq o'zgaruvchan-likni talab etadi;
aqlning barqarorligi bolaga vazifalarni fikriy hal etish, ularning butun belgilarini
xotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror vazifani hal
etishda aniq ко'rinadi;
fikriy faoliyatning anglanganligi - uning mahsuli sifatida so'z orqali ifoda etish
imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati;
aqlning mustaqilligi -yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning yangi yo'llarini
faol izlashda namoyon bo'ladi;
fikrning tejamkorligi - kam vaqt sarflab yetarlicha bilimlarni egallay olishda aks
etadi.
Aqliy tarbiya deganda ta'lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini,
iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish tizimi tushuniladi. Maktabgacha ta'lim
yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning faol fikrlash
- bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;
- shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;
- bilish faoliyatini shakllantirish;
- doimiy ravishda o'z bilimlarini to'ldirish, umumta'limiy tayyorgarlik darajasini
oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;
- ta'lim oluvchilarni bilish faoliyati uslublari bilan qurollantirish;
- fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish.
Mazkur vazifalarni maktabgacha ta'lim bilan bog'liqlikda quyida ko'rib
chiqamiz. Ilk yoshdan boshlab bolani aqliy tarbiyalashning asosiy vazifasi ularning
bilish faolligini oshirishdir. Bilish faolligini oshirish orqali bola uni o'rab turgan
tevarak-atrofni o'rganadi. Bola atrof-muhitni o'yin, mehnat, sayr, mashg'ulotlar,
kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish jarayonida anglab boradi.
Bilish faoliyati idrok etish va fikrlash tarzida amalga oshadi. Idrok etish orqali
bola narsa-buyumlarning tashqi xususiyatlarini (rang, shakl, o'lcham va boshqalar)
anglaydi. Mazkur xususiyatlarini aks etishi orqali ongda narsa-buyumning timsoli
yaratiladi. Bolaning fikrlashida. narsa-buyumlarning ichki, yashirin xususiyatlari,
narsa-hodisalar orasidagi sa-bab-aloqadorlik aks etadi. Fikrlashning natijasi so'zlar
yordamida ifoda etiladi. Bolalarning fikrlashlari natijasi fikr yoki savol ko'rinishida
namo-yon bo'ladi. Stol atrofida o'tirgan 5 yoshli Alisherning oyisiga bergan savoli:
"Ko'zni nima harakatga keltiradi?"
Idrok etish va fikrlash orasida chambarchas aloqadorlik mavjud. Idrok etish bola
hayotining ilk oylaridan shakllanadi, fikrlashning rivoj-lanishi esa qariyb ikki
yoshdan boshlanadi. Fikrlashning asosida hissiy (sensor) tajribani chuqurroq bilib
olish uchun qo'llaniladigan idrok etish yotadi. Maktabgacha ta'lim yoshida idrok etish
tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish uchun fikrlashga yordam
beradi. Fikrlash esa o'z navbatida idrok etishning takomillashuvi va rivojlanishiga,
uning maqsadga yo'naltirilganligi, samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.