MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA ESTETIK TARBIYA BERISH MAZMUNI
Yuklangan vaqt
2025-01-17
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
42,7 KB
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA ESTETIK TARBIYA
BERISH MAZMUNI
MUNDARIJA:
KIRISH ......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA
TARBIYALASHDA ESTETIK TARBIYANING AHAMIYATI .................
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda estetikaning o'rni ...............
1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishdagi o'ziga
xos xususiyatlar…..................................................................................
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ESTETIK
TARBIYASI USTIDA ISHLASH METODI ...................................................
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini estetik tarbiyalashda o'yinli
texnologiyalardan foydalanish usullari ...............................................
2.2 Maktabgacha yoshdagi boalalrda estetik his tuyg'ularni tarbiyalash orqali
san’atni tushunishga o'rgatish ................................................................................
2.3 Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy faoliyat
mashg ulotlarni o'rgatish usuli ...............................................................................
XULOSA ....................................................................................................................
ADABIYOTLAR Ro‘YXATI: .................................................................................
2
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI HAR TOMONLAMA
TARBIYALASHDA ESTETIK TARBIYANING AHAMIYATI
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda estetikaning o'rni
Insoniyat go‘zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi va yaratadi.
Go‘zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi hisoblanadi.Uning ob'ektiv
mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, estetik tajribani yosh avlodga maqsadga
muvofiq va muntazam ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni
ta’minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Bunda estetik tarbiya
madaniyatni egallashning asosiy vositasi tarbiya va ta’limdir. Estetik tarbiya juda
keng tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga
estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) - bu bolalarga voqelikdagi, san’atdagi,
tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi
go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini
o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir
Nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni
tushunish, o‘z hayotini go‘zallik qonunlari asosida qura olish — komil insonning
eng zarur fazilatidir. Estetik tarbiya – eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot
tuyg‘ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat,
did, his-tuyg‘ular va ko‘nikmalarning o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham
ma’naviy boyib, hayoti yanada sermazmun bo‘ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan
mehr-muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda go‘zallikni
xunukdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada
rivojlantiradi. Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did-farosatlilik
mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda - har bir inson uchun
hayotiy shioriga aylanib qolgan. Donolardan biri go‘zallik axloq-odobning
tug‘ishgan singlisidir, degan edi.
Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o‘zaro chambarchas bog‘liq holda
amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-
3
harakat, go‘zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda
ko‘rinadi. Xalqimiz «Kamtarlik ham husn» deydi. Mana shu birgina iborada chuqur
ma’no bor. Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik hislati tarkib topadi. Bu hislat
kishilarning eng go‘zal belgisidir.Salbiy xatti-harakatlardan nafratlana bilish
tuyg‘usini ham estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda badiiy asarlarning roli
muhimdir. Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagida Qimmatning xulq-atvori bolalar
qalbida
nafratni
uyg‘otadi.
Zumradning
tevarak-atrofga
munosabati,
mehnatsevarligi, kamtarligi qalblarda quvonchni paydo qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim yoshlar go‘zallikni tor ma’noda
tushunadilar. Ya’ni, chiroyni ko‘pincha husn jamolda deb bilishadi. Bu bir
tomonlama tushunchadir. Har tomonlama ma’noda esa chiroy husn-jamol, qalb
go‘zalligida, ma’noli so‘zdadir. Xalqimiz bejizga «CHiroy husnu jamolda emas,
fazlu kamolda» deb aytmagan! San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish
bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va
tassavvurni ham rivojlantiradi.Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy
voqeaiarni to‘g‘ri tushunish, olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga
yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa
kishilarning kechinmalarini his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik
bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi.
Estetik taraqqiyot - shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining
shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir.
Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy
o‘zlashtirishi natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga
oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan
ta’lim va tarbiya hal etuvchi rol o‘ynaydi.
Estetik ehtiyoj — kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uninghar xil ko‘rinishlarida
estetik idrok etishga undovchi sub'ektiv omildir.
Estetik ehtiyoj go‘zallik to‘g‘risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini
yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini,
4
tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga undaydi. Estetik
qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. «Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir
qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjuddir. Badiiy tarbiya san’at asarlari
orqali tarbiyalashdir. U shaxsda san’at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok
etishni rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san’atning. ma’lum turlari
bo‘yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir.
Uning natijasi fikrning paydo bo‘lishida, uni amaliy faoliyatda qo‘llashda, o‘z
bilim va ta’surotlarini qo‘ra bilishda, histuyg‘ulari va fikrlarini samimiyat bilan
ifodalashda namoyon bo‘ladi. Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy
madaniyat buyumlarida aks etgan, shuningdek estetik ongning paydo bo‘lishi,
rivojlanishi va vazifasi to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, ob'ektiv borliqni estetik
bilishning muhim usullaridan biri bo‘lgan san’atning rivojlanish qonuniyatlarini
o‘rganadi.
Pedagogika estetikaning «go‘zallik hayot demakdir» degan qoidasidan kelib
chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar
munosabatidagi go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san’atni idrok eta bilish
qobiliyatini shakllantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.Go‘zallik kishini
olijanob qiladi, uning yuksak didli, poq yaxshi inson bo'lishiga xizmat qiladi.
Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon, beg‘apaz quvonch
uyg‘otadi. Estetik hisda idrok etilavotgan voqelikka nisbatan xudbinlik ohangi,
shaxsiymanfaat nuqtai nazaridan g‘arazli qarashlar bo‘lmaydi.
Ajdodlarimiz bu to‘g‘rida shunday yozadi: «Kishidagi go‘zallik hosil qilgan
sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan uchrashganda paydo bo‘ladigan porloq
quvonchga o‘xshaydi. Biz go‘zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni
uchratganda quvongandek zavqlanib quvonamiz». Go‘zallik insoniyatning butun
tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir qismini
tashkil etadi. Uning mavjudligi, ob'ektivligi yosh avlodga estetik tajribani tizimli
ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik tomondan taraqqiy etishini
5
ta’miilaydigan estetik tarbiya nazariyasinnig faol usullarini ishlab chiqishga
yo‘naltiradi.
Bunda tarbiya va ta’lim jamiyatning estetik madaniyatini o‘zlashtirishning
asosiy vositasi hisoblanadi. San’at o'zining hissiy ta’sir kuchi bilan kishiining faqat
hissini emas, fikr va irodasini ham maftun etadi, tarbiyalovchi roli ham mana shunda
namoyon bo‘ladi, shuning uchun u estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi
hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bilan
chambarchas bog‘liqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki,
kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik
qilganidan xursand bo‘lishiga o‘xshab ketadi.
Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik undan zavqlanmaslik yomon ishlarni
qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotdagi
voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik
tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mehnat faoliyati bolalarni
quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib, biron kerakli narsani yasayotib
o‘zlarining kuch va imkoniyatlari o‘sib borayotganini sezadilar. Agar inson estetik
jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham go‘zallikni ko‘ia oladi
va uni yaxshi, zo‘r shavq-zavq bilan bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida
mustahkam bog‘lanish bor. Kishining mustahkam cog‘ligi, jismoniy kamolotisiz
uning go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi,
harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyliharakatlar qilishi va hokazo lar
shular jumlasiga kiradi.
Ko‘pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy
faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o‘ziga xos xususiyatini va ulardagi
estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.Bu
tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissiyotlarni rivojlantirishni ulardagi
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan birga qo‘shib olib borish keraq degan
xulosaga olib keldi. Estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa
turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli - «ko‘rinadigan» va «eshitiladigan»
narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning
6
ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo‘lmay, balki uning ahamiyati muhimdir.
Estetik idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning
ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab qilinadi.
Shuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni,
kuzatuvchanlikning rivojlangan bo‘lishini talab etadi.Kishi narsa va hodisalarga
go‘zallik mezoniga asoslangan holda, alohida qadr- qimmat bilan yondoshgandagina
estetik kechinmalar paydo bo‘ladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevosita bog‘liqdir.
Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi, busiz go‘zallikni idrok etish
ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham mumkin emas. Xayol faoliyat jarayonida
shakllanadi.
o‘yin, rasm chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini talab etadi.
Dastlabki vaqtlarda xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida
yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa, ijodiy faollikning tashqi shakllaridan
sekin-asta fikrlashga o‘tadi. Bola rasm chizganda yoki o‘ynaganda obrazni
tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni idealida yaratadi.
Badiiy asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga o‘xshash voqea yuz
beradiki, bolalar asardagi qahramonlarga xayolan qo‘shilib, ularning xatti-
harakatlarida o‘z xayollari bilan qatnasha boshlaydilar. Demak, estetik kechinmalar
murakkabhodisa bo‘lib, hissiyotlar, xayol va fikrning faol ishlashini, o‘z fikr va
hissiyotlarini ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj tug‘ilishi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga
oladi.
7
1.2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik didi rivojlanishdagi
o'ziga xos xususiyatlar
Shaxsning estetik xususiyatlari tug`ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va
faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik
rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar,
qiziqishlar, his-tuyg`ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga
oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo`shqin hayoti bilan
chambarchas bog`liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning
estetik tarbiyasi to`g`risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi
to`g`risida o`ylash kerak. Bola yaltiroq bo`yoqdan xursand bo`ladi, bir maromdagi
tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning
sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy
kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o`ynaydi. Kattalarning ochiq yuz
bilan jo`shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga
ijobiy munosabatda bo`lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning
ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki xo`mrayib qarashlari,
jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga
salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki
sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu
bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta
boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g`amgin kuylariga,
ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo`ladi va
hokazo. O`rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim
o`zgarishlar yuz beradi.
Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo`lib qoladi. Ammo
shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo`lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziqishiga
bog`liq bo`ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay
8
oladilar, ba’zi bir estetik vositalarni to`g`ri anglaydigan, tasvir mohiyatini
tushunadigan bo`lib qoladilar.
Bolalarda go`zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol tusda
bo`ladi. Bu ayniqsa, ular qo`g`irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni
tomosha qilganlarida aniq namoyon bo`ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga
bemalol qo`shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o`zini qanday tutishni
aytib turadilar, o`zlarini ular bilan birga o`ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi
bolalar tanish bo`lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir
xulosalar chiqaradilar. Bolalar she’rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini,
tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan,
allani o`yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat
bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy
qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada
musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa
janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo
bo`ladi. Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda
topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to`qiydilar, applikatsiya va rasmlar
ishlaydilar. Endi ular o`zlarining va o`rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo`lib
qoladilar. Kuzatayotgan san’at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari, o`qilayotgan
she’rlarning eng nozik tomonlarini ko`ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy
asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o`z nutqlarida ishlatadilar.
Tevarak-atrofdagi go`zallikka, san’atga, badiiy va o`yin faoliyatining har xil
turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi. Shunday qilib, maktabgacha
ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash
maqsadlaridan va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o`rnidan kelib chiqib,
estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir. Estetik tarbiyaning vazifalari
tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga
9
qarab belgilanadi. Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik,
ma’lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni
shakllantirish bilan uzviy bog`langandir.
Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga
oshiriladigan bilim, malaka va ko`nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik
ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o`z ichiga oladi. Bular quyidagi
yo`llar bilan amalga oshiriladi: O`yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda
ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish. Orqali tevarakatrofdagi borliqqa
nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash; san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida
estetik tarbiya berish.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning
hamma turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi
ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo`yishga o`rgatiladi. Bolalarning mustaqil
ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko`ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda,
har xil o`yinlarda amalga oshiriladi.
Bolalar o`zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin
namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur.
Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka
tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o`ziga xos qobiliyat va
imkoniyatlarini o`rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga,
musiqaga havas juda erta uyg`onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday
mutaxassis bo`lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar
bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat
bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi
iste’dodning ilk kurtaklarini ko`rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning
shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklarni avaylab o`stirishlariga, ularga to`g`ri
rahbarlik qilishlariga bog`liq.
10
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ESTETIK
TARBIYASI USTIDA ISHLASH METODI
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini estetik tarbiyalashda
o'yinli texnologiyalardan foydalanish usullari
Shaxsning estetik xususiyatlari tug'ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va faol
pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik
rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar,
qiziqishlar, his-tuyg'ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga
oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin hayoti bilan
chambarchas bog'liqdir. Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning
estetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi
to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan xursand bo'ladi, bir maromdagi
tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning
sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi.
Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol
o'ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga
buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishlariga yordam
beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik
alomati yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hokazolar bolalarda
shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining
ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq
xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda
vositalarini ham idrok eta boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning
qattiq va sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo boladi va hokazo.
O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim o'zgarishlar
yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bolib qoladi. Ammo
shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va
11
qiziqishiga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik
baholay oladilar, ba’zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tasvir mohiyatini
tushunadigan bo'lib qoladilar.
Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol tusda
bo'ladi. Bu ayniqsa, ular qo'g‘irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha
qilganlarida aniq namoyon boladi.
Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol qo'shilib harakat qiladilar,
ularda muayyan vaziyatda o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan
birga o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo'lgan san’at
asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir xulosalar chiqaradilar.
Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va
musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va
hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular
musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini
sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan
quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar.
Bolada musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim
musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish
paydo bo'ladi. Bolalarda badiiyijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil
ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar to'qiydilar, applikatsiya va
rasmlar ishlaydilar. Endi ular o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan
bo'lib qoladilar. Kuzatayotgan san’at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari,
o'qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, seza boshlaydilar.
Badiiy asarlardagi ba’zi she'riy obrazlarni eslab qoladilar va o'z nutqlarida
ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi go'zallikka, san’atga, badiiy va o'yin faoliyatining har
xil turlariga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali
bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini
shakllantirishda
tutgan
o'rnidan
kelib
chiqib,
estetik
rivojlanishlarini
takomillashtirishdir.
Estetik
tarbiyaning
vazifalari
tarbiyaning
umumiy
12
maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma’lum
natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni
shakllantirish bilan uzviy bog'langandir. Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning
estetik faoliyati orqali amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni estetik
hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o'z
ichiga oladi.
Bular quyidagi yo'llar bilan amalga oshiriladi: O'yin, mehnat jarayonida,
maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari bilan tanishtirish. Orqali Hozirgi
taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil
qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar. Xalqaro miqiyosidagi ilmiy
amaliy-anjuman. 2022 yil 28-29 aprel tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik
munosabatni tarbiyalash; san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya
berish.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning
hamma turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi
ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo'yishga o'rgatiladi. Bolalarning mustaqil
ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko'ngil ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda,
har xil o'yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar o'zlarining badiiy ijodiy mahoratlarini,
qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-
sharoitni yaratib berishi zarur.
Bolalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi
yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o'ziga xos qobiliyat va
imkoniyatlarini o'rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga
havas juda erta uyg'onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday mutaxassis
bo'lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar
bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat
bilan kuzatayotib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi
iste'dodning ilk kurtaklarini ko'rishlari mumkin.
13
2.2 Maktabgacha yoshdagi boalalrda estetik his tuyg'ularni tarbiyalash orqali
san’atni tushunishga o'rgatish
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan biri uning yoshiga
bog‘liq bo‘lgan xususyaitlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichida
o‘zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o‘zgarishlariga ega
bo‘lib, ular shaxsning хarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita
ta’sirini o‘tkazadi.
Pedagogika estetikaning “go‘zallik hayot demakdir” degan qoidasidan kelib
chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar
munosabatidagi go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san’atni idrok eta bilish
qobiliyatini shaklantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi. Mamlakatimizda
ham har bir ta’lim turida beriladigan ta’lim sifati va samaradorligi masalasi muhim
hisoblanadi.
Jumladan,
birgina
maktabgacha
ta’limda
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining
ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”,
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari
to‘g‘risida”,
“Maktabgacha
ta’lim
muassasalarining
faoliyatini
tashkillashtirish to‘g‘risida”, “o‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” va shu kabi bir necha qaror va
farmoishlari qabul qilinib amaliy faoliyatga tadbiq etilishi natijasida nodavlat
maktabgacha ta’lim turlari soni kun sayin ortib bormoqda, maktabgacha ta’limga
innovatsion texnologiyalar joriy etilib, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash
borasida tayyorlov kurslari tashkil etildi. San’atning estetik tasavvurlarni
shakllantirilishi to‘g‘risida gapirganimizda shuni aytish lozimki, u o‘zida bir
davrning o‘zida mavjud va o‘tmishdan qolgan an’analarni aks ettiruvchi va kelajak
uchun etkazuvchi vosita vazifasini o‘taydi. San’atni idrok etish orqali shaxsning,
jamiyatning, estetik ongi tarkib topadi.
U san’atni anglaydigan va undan estetik zavq oladigan bo‘ladi estetik ong
shaxsda estetik qadriyatlarni yaratishga undaydi. Estetik tasavvurlarning o‘ziga
14
xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni xis qilish shakli –
«ko‘rinadigan» va «eshtiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi.
Oddiy idrok qilishda narsalarning ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim
bo‘lmaydi, balki uning ahamiyati muhimdir.
Estetik idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilinayotgan narsaning obrazi,
uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarni ko‘ra bilish talab qilinadi. Shuning uchun
estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni kuzatuvchanlikning
rivojlangan bo‘lishini talab etadi.
Kishi narsa va xodisalarga go‘zallik mezoniga asoslangan xolda alohida qadr
qimmat bilan yondashgandagi estetik kechinmalar paydo bo‘ladi. Estetik hislar
fikrlash bilan bevosita bog‘liqdir. Demak, estetik kechinmalar murakkab xodisa
bo‘lib, xissiyotlar, xayol va fikrning faol ishlashini, o‘z fikr va xissiyotlarini
ifodalashga, faoliyatga ehtiyoj tug‘ilishi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
San’atning komunikativ funksiyasi ikki –uch yo‘nalishda kuzatiladi.
Birinchidan san’at orqali bir shaxs ikkinchi shaxs bilan, jamiyat bilan
muloqotga kirishadi. Shu tariqa uning ijtimoiy tajribasi ortib boradi.
Ikkinchidan san’at orqali u faqat o‘z zamonasining estetik hodisalari,
qadriyatlari bilangina emas, balki ajdodlarning umumbashariy qadriyatlarning eng
sira namunalari bilan tanishish orqali estetik qadriyatlar yaratilishining tarixiy,
taraqqiyparvar xususiyatlari bilan tanishadi.
Uchinchidan, san’at olami, uning mazmuni va funksiyasini o‘zining
shaxs sifatida shakllanish jarayoniga safarbar etadi
San’atning shaxs kamolida, ayniqsa maktabgacha yoshidagi bolalarda olam
haqidagi real tasavvurlarni shakllantirishdagi o‘rni beqiyos chunki san’at tabiatdagi
hodisa va jarayonlarni, ular orqali olam tasvirini, insonlar faoliyatini bilish imkonini
beradi. San’at ma’rifiy xarakter kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
sezgilarining o‘sishida tarbiyachilarning asosiy vazifasi turli qiziqarli mashg‘ulotlar
orqali bolalar sezgi organlarining sezgirlik kuchini o‘stirishga harakat qilishidan
iborat bo‘lishi kerak. Biroq buning uchun bolalarni normal mashq qildiraverish emas,
15
balki bolalar sezgi organlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan mashqlarni aniq va
mazmunli o‘yinlar bilan bog‘lab
o‘tkazish kerak. Chunki bolalarda uzoqdagi narsalarning farqini ajrata olish
sezgirligini takomillashtirish uchun har xil rangdagi va har xil kattalikdagi qutichalar
kubiklarini ma’lum uzoqlikka, qo‘yib, farqini ajrata olish o‘yinini o‘tkazish mumkin.
Bunda masofani ayrim bolalarga nisbatan uzoqlashtirish mumkin. Shu yo‘l
bilan bolalarni uzoqni ko‘rish sezgirliklarini aniqlash va takomillashtirish mumkin.
Kichik yoshdagi bog‘cha bolalari bu davrda ko‘p narsalarni rangiga qarab aniqlaydi.
(masalan “sabzi”, sariq rangda bo‘ladi, “bodring yashil bo‘ladi” kabi ) Bog‘cha
bolalari ranglarning farqini yaxshi ajrata olsalar ham, ba’zi murakkab ranglarning
nomini bilmaydilar. Masalan, “sarg‘ish, “ko‘kimtir”, “pushti”, “jigar rang”, “to‘q
qizil”, “och havo rang”, “zangori” “binafsha rang”, “oqimtir”, “tim qora” kabi.
Bolalar ranglarning bunday murakkab nomlarini tarbiyachilaridan eshitish
orqali o‘zlashtiradilar. Ba’zi paytlarda esa o‘zlari bilganlariday ayta boshlaydilar.
Masalan, “tim qorani”, “ja qora” deb, “pushti rangni”, “sal qizil deb”, “yashil”,
“zangori”, “binafsha ranglarni, umumiy ravishda ko‘k deb ataydilar. Rangning
nomlarini to‘g‘ri ayta bilish qobiliyati bolaning turmush tajribasi o‘rta borishida
yuzaga keladigan xususiyatidir. Har bir tarbiyachi o‘z ish tajribasidan biladiki,
kichik guruh bolalariga nisbatan katta guruppa albatta mashq qilish va turmush
tajribasining ortishi natijasidir.
Bolalar yorqin ranglarni juda yoqtiradilar. Yorqin ranglar ularga zavq
bag‘ishlaydi. Har bir oilada bolalarning ranglarni to‘g‘ri idrok qilish, qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun sharoit yaratilishi kerak. Ma’lumki bolalarning barcha
faoliyatlari muayyan makon va zamonda amalga oshiriladi. Biroq zamon ham
makon kabi ob’yektiv narsa bo‘lishiga qaramay bolalar zamonni katta odamlar kabi
idrok qila olmaydilar. Buning ham asosiy sababi bolalarda turmush tajribasining
o‘zligidadir.Bolalar zamonning o‘tuvchanligini idrok qila olmaydilar, bu narsani
ularga ko‘rgazmali ravishda ko‘rsatib ham bo‘lmaydi, natijada bolalar zamon
o‘lchovlarini ma’lum narsa va hodisalar orqali idrok qilishga intiladilar.
16
Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt o‘lchovlari bor.
“kecha”, “bugun”, “o‘rtaga”, “avval”, “keyin”, “katta”, “oy”, “yil”, “kun”, “ertalab”,
“peshin”, kechqurun”, “kechasi”, “soat”, “minut”, “sekunt” kabi. Ana shu asosiy
o‘lchovlardan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin va to‘g‘ri foydalana olmaydilar.
Chunki bu o‘lchovlar nisbiy va atstrakt harakterga ega. Ertaning bugunga,
bugunning kechaga, kechaning o‘tgan o‘tgan kunga o‘z –o‘zidan aylanib qolishini
bollar ayrim vaqt tasavvur eta olmaydilar. Lekin ularning kundalik hayotlaridagi
doimiy ravishda takrorlanib turadigan kun tartibi bu asosiy zamin o‘lchovlarini birin
ketin ajratib olishga yordam beradi, bundan tashqari bog‘cha yoshidagi bolalar
ayrim vaqt o‘lchovlarini asosiy belgilariga qarab tez farqlay oladilar. Masalan “kun
(quyosh) chiqqanda –ertalab bo‘ladi”, “qarong‘i bo‘lib”, “hamma uxlaganda –
kechasi bo‘ladi” deb aytadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada estetik hislarni shakllantirish
psixologiyasi muhim ekanligini ko‘rdik. Buning uchun quyidagilarga asosiy
e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq:
1. Milliy qadriyatimizning qadimiy ildizlari qadriyatlarni rivojlantirishda
e'tiborni kuchaytirish.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya milliy halq
o‘yinlari, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda estetik hislarni shakllan jarayonini
uzviy, uzliksiz va muntazam bo‘lishini ta’minlash.
4. Tabiat qo‘yniga sayohatga olib borish estetik hislarni shakllantirishini
rivojlantiradi.
5. Rasm chizish orqali estetik tuyg‘ularni shakllantirilishini o‘rganib chiqdik.
6. Loy va plastik materiallardan turli xil hunarmandchilik buyumlarini
yasashga o‘rgatish bolalarda estetik tuyg‘ularni shakllanishiga olib keldi.
2.3 Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy
faoliyat mashg ulotlarni o'rgatish usuli
17
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-
2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ2707-sonli Qarorida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash
darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim
dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar belgilab
qo‘yildi.
Maktabgacha ta’limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-
tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy
vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish
ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda
ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini
mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va
ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri estetik tarbiya
jarayonida tasviriy san’at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab,
ularni to‘g‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik
qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish galdagi vazifalaridan biridir.
Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez,
takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda
bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga
o‘rganadilar.
Bolalar
maktabgacha
ta’lim
tashkilotida
tasviriy
faoliyati
mashg‘ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni
shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatning birlamchi
yo‘nalishi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi.
Tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat hisoblanadi.
Badiiy faoliyat mashg‘ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish
uchun, borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng
imkoniyatlarni ochib beradi.
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari jarayonida: