MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA SENSOR TARBIYA BERISH
Yuklangan vaqt
2025-01-17
Yuklab olishlar soni
6
Sahifalar soni
55
Faytl hajmi
82,2 KB
1
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA SENSOR TARBIYA BERISH
Mundarija:
I BOB.Kirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish o’rganishning nazariy asoslari
1.1 Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini sensor tarbiya orqali
rivojlantirishning nazariy asoslari
1.2 Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik psixologik
imkoniyatlari
II.BOB.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni sensorli tarbiyalash usullari
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish orqali bilim, ko’nikma va
malakalarni rivojlantirishda erishilgan natijalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
2
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini sensor tarbiya orqali
rivojlantirishning nazariy asoslari.
Sensor tarbiya lotincha so‘z bo‘lib, hissiyotlarni tarbiyalash, bolalarning hissiy
jarayonlarini muayyan maqsadga yo‘naltirilgan holda to‘laqonli rivojlantirishni
nazarda tutadi. Bu jarayonda bolalarning hissiyotlari, tasavvurlari, idroklari
tarbiyalanadi.
Sensor
jarayonlar
o‘zida
bilishning
dastlabki
bosqichini
mujassamlashtiradi. Bolalarning hissiy bilish sohasini shakllantiradi.Shuning uchun
ham sensor tarbiya aqliy tarbiya jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra
sensor tarbiya bolalarning aqliy rivojlanishlari va estetik tarbiyalari uchun asos
yaratadi. Bu jarayonda hissiyotlardan unumli bilishga o‘tiladi. Idrok qilishdan
tafakkurga tomon rivojlanish vujudga keladi. Bolalarda izchil intellektual faoliyat
tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham sensor tarbiya jarayoni bolaning amaliy
faoliyati rivojlanishida alohida o‘rin egallaydi.
Sensor tarbiya jarayoni o‘zida buyumlarning shakllari, hajmi, ular orasidagi
munosabatlar ko‘lamini idrok etish, musiqa tinglash qobiliyati, nutqni tovush
jihatdan tahlil qilish ko‘nikmasining takomillashishini ta’minlaydi. Shuning uchun
ham sensor tarbiya maktabgacha ta’lim jarayonida alohida ahamiyatga ega. Chunki
aynan shu davrda boladagi hissiy jarayonlar jadal rivojlanadi. Bu davrda hissiy
a’zolarning mashq asosida rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Chuqur
o‘ylangan pedagogik-psixologik asoslarga tayangan holda tashkil etilgan faoliyat
jarayoni bolada turli-tuman hissiy layoqatlarning shakllanishiga imkon beradi.
O‘tgan XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, bolalarning sensor tarbiyasiga alohida
e’tibor qaratila boshlandi, uning ilmiy asoslarini chuqurlashtirishga kirishildi. Chunki
maktabgacha ta’lim jarayoni bolaning kelajakdagi taraqqiyotini ta’minlovchi muhim
bosqich hisoblanadi. Pedagoglarning diqqat-e’tibori xuddi
mana shu bosqichni ilmiy-
metodik jihatdan ta’minlashga qaratildi. Mazkur bosqichda amalga oshiriladigan
ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolaning imkoniyatlarini maksimum
darajada ro‘yobga chiqarish uchun qulay pedagogik sharoit yaratadi. Chunki
bolaning har bir yosh davri o‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ega.
3
Masalan, kichik maktabgacha ta’lim davri boladagi idrok qilish jarayonining jadal
rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun ham sensor tarbiya va bola idrokining vujudga kelishi masalasi
ko‘pgina mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qaratib kelmoqda. Chunki sensor tarbiya
bolaning atrof-muhitni to‘liq idrok etishini ta’minlashga yo‘naltirilgandir. Atrof-
muhitdagi narsa-buyumlarni to‘liq idrok etgan taqdirdagina bola uni o‘z nutqida
ifodalay oladi. Olamni idrok etish, bilish asosi sifatida bolaning hissiy tajribasi
muhim ahamiyatga ega. Aqliy, estetik, axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyati bolaning
hissiy rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. Bola atrofdagilarni qanchalik aniq ko‘ra
olsa, tovushlarni tinglasa, ularni farqlasa, o‘ziga xos jihatlarini sezsa, nutqi
rivojlanishi uchun muhim asos vujudga keladi.
Bugungi kunda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga
pedagoglar e’tiborini qaratish alohida dolzarblik kasb etmoqda.
4
bilan muloqoti unga hodisalar va narsalarning mohiyatini aniqlash imkonini beradi.
Bularning barchasi bolaning hissiy layoqatini rivojlantiradi va so‘z boyligini oshiradi.
Ayni vaqtda ta’lim amaliyotida qat’iy talablar va davlat buyurtmasi asosida tashkil
etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan ehtiyoj kuchaymoqda. Chunki
O‘zbekiston davlati va jamiyati shaxsning erkin rivojlanishi uchun qulay pedagogik
imkoniyatlarni yaratishga alohida g‘amxo‘rlik qilmoqda. Maktabgacha ta’lim
bosqichida har bir bola davlat talablarida nazarda tutilgan so‘z boyligi, mazkur
so‘zlardan nutqda foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayonining mazmuni tubdan yangilanmoqda.
Mazkur jarayonda M.Montessori usulidagi yangi pedagogik texnologiyalar tadbiq
etilmoqda. Shu tariqa maktabgacha ta’lim jarayoniga qimmatli g‘oyalar, tajribalar
tadbiq etilmoqda. Bolaning har tomonlama rivojlanishi va muhim nutqiy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishida sensor tarbiya alohida o‘rin egallaydi. Buning uchun
maktabgacha ta’lim jarayoniga sensor tarbiyani keng tadbiq etish taqozo qilinmoqda.
Masalaga shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim
muassasalarida pedagogik jarayonni sensor tarbiya asosida bolalarning nutqini
o‘stirish maqsadini ko‘zlagan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
G.L. Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushunish (idrok qilish) jarayonini tahlil qilib,
ko‘ruv idroki va buyumlarga ko‘z yugurtirib, ularning nomlarini tushunish
rivojlanishiga yordam beradi, - degan xulosaga keladi. Z.I. Barabanova esa, bolaning
nutqni idrok qilish jarayonini tekshirib, undagi turli analizatorlarning ahamiyatiga
baho beradi. Uning ta’kidlashicha, qo‘zg‘atuvchi 10 marta namoyon bo‘lishida
ko‘rish analizatorlarining yo‘nalishi bolada 86 % gacha saqlanadi, eshitish
analizatorlarining 60% esa yo‘qola boshlagan.
D.B. Elkonin ning ta’kidlashicha esa, nutqni tushunish vujudga kelishining asosoy
shartlari quyidagilardan iborat:
1.Umumiy holatdan asosiy fikrni ajrata olish;
2.Narsalarga diqqatini qaratish;
5
3.Favqulodda holatga qarab anglanadigan his-tuyg‘uning mavjudligi va boshqalar. Ilk
va maktabgacha kichik yoshdagi bolalarni buyumlarning shakli, hajmi va rangi
bilan
tanishtirish, ularning nomlarini o‘rgatish hamda xususiyatlari haqida aniq
tasavvur
hosil qilishda sensor tarbiya
jarayonidan unumli
foydalanish zarurligini
kuzatishlarimiz yaqqol ko‘rsatmoqda. Sensor tarbiya maqsadga muvofiq tarzda
yo‘lga qo‘yilsa, bolalarning nafaqat nutqi, balki axloqiy-estetik tasavvurlari
boyitiladi, jismoniy rivojlanishlari ta’minlanadi.
Sensor harakatlar bolalarning nutqini rivojlantirish jarayonida muhim ahamiyatga
ega. Bolalarda buyumlarning shakli va rangini farqlash ko‘nikmasi shakllangan
bo‘lsa, ular atrofdagi narsalarning xususiyatlari haqida aniq tasavvurga ega
bo‘ladilar. Bu esa ularning tasvirlash, rasm chizish, loy, plastilin, qog‘oz va matodan
turli xil narsalar yasash hamda qurish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
6
shartidir. Sensor tarbiya jarayonida bolalar turli buyumlar, tabiat hodisalari, hayvonot
va o‘simliklar olami bilan tanishtirilishlari natijasida ularning o‘ziga xos jihatlarini
bilib oladilar. Bu o‘z navbatida ular nutqining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Buyumlarning turli-tuman ranglari, shakllari, hajmi va fazoviy holatlarini bolalar o‘z
ko‘zlari bilan ko‘rgandagina ular haqida aniq tasavvurga ega
bo‘ladilar va har birining
nomlarini yodda saqlaydilar. Ba’zi buyumlar, qushlarning tovushlarini musiqaga
qiyoslagan holda idrok etadilar. Buyumlarning qattiq-yumshoq, yengil-og‘ir, sovuq
yoki issiqligini qo‘llari bilan ushlab sezadilar va nutqlarida ifodalaydilar.
Sensor tarbiya bolaning sezgilari va idrokini muayyan maqsadga yo‘naltirgan,
ayniqsa ularning nutqini rivojlantirishga qaratilgan holda tashkil etish kerak. Har
qanday nutqni rivojlantirish jarayoni bolaning borliqni sezishi va idrok etishi bilan
bevosita bog‘liq holda amalga oshiriladi. Chunki bolaning nutqi uning fikr ifodalash
jarayonida amal qiladigan hodisadir. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolaning
og‘zaki nutqi, ya’ni so‘zlash faoliyati rivojlantiriladi. Bolaning so‘z boyligi ortib,
nutqi rivojlangan sari uning fikrlash jarayoni tezlashadi. Bu jarayonda ularning
sezgilari, idroklari, hissiyotlari, xotiralari, o‘y-xayollari tarkib topib, namoyon bo‘la
boshlaydi.
Bolalar ko‘rish, sezish, ularning nomlarini o‘rganish yordamida tevarak-atrofdagi
narsa va hodisalar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar. Agar bolaning sezgilari va
idroki sensor tarbiya jarayonida takomillashtirilsa, uning tevarak-atrof, olam haqidagi
tasavvurlari shunchalik kengayadi. Bolalarning sensor tarbiyasi, ularda sezgi va
idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining kengayishi uchun muhimdir.
Pedagogikada sensor tarbiya deganda bolalarda ta’sirchanlik qobiliyati, sezish hamda
idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir turlari tushuniladi.
Pedagogikada sensor tarbiyaning mazmuni va usullarini aniq belgilash,
psixologiyada idrok va sezish muammolarining qanday tushunilishiga bog‘liq.
Bunda:
7
1.Idrok qilish jarayonida bola o‘z hayotiy tajribasi davomida nimani egallangan?
2.Bolaning
nutq faoliyatini rivojlantirish qanday amalga oshiriladi? degan
savollarga javob izlash alohida ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim nazariyasida sensor tarbiyaga nisbatan turlicha yondashuvlar
mavjud. Bunday yondashuvlar F.Frebel, M.Montessori, O.Dekroli, YE.I.Tixeyeva va
boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. O‘zbek pedagoglaridan Sh.A.Abdullayeva,
M.Rasulova, Oxunova[, L.Nazirovalar mazkur muammo bilan shug‘ullanganlar.
Ushbu tizimning vujudga kelishi va shakllanishi psixologiyadagi idrok etish
nazariyasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar taraqqiyotining har bir bosqichi ularning ruhiy
rivojlanishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Bolalar bilan metodik mashqlarni bajarishda
ularning yoshi, individual xususiyatlariga tayangan holda mashg‘ulotlarni tashkil
etish, ular nutqining muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlash imkonini beradi.
8
Bolalarning maktabda bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun ta’lim-
tarbiyaviy ishlarni maktabgacha ta’lim muassasalarida kuchaytirish va ularni o‘rab
turgan narsa-buyumlarga nisbatan sinchkov, qiziquvchan bo‘lishga o‘rgatish zarur.
Buning natijasida bolalarning dunyoqarashlari va nutqlari rivojlanadi.
Bolalarning sezgilarini rivojlantirish orqali ularning nutqini o‘stirish nazariyasi va
amaliyotini O.Roziqov, R.Safarova, Sh.Abdullayeva, E.G’oziyev. A.Usova,
N.Sakulina, L.Venger, V.Muxin singari pedagog va psixologlar ilmiy jihatdan
asoslab
berganlar. Sezgi orqali bolalarning nutqini o‘stirish ularning mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Sensor jarayonlar sezgi a’zolari
faoliyati bilan bog‘liqligini N.Podd’yakov va V.Avanesovlar ko‘p bora
ta’kidlaganlar.
Maktabgacha yosh davrda bolalarda narsalarning nomlari, shakllari, ranglarini idrok
etish va eslab qolish jarayoni jadal kechadi. Bunda narsa-buyumlar haqidagi barcha
tasavvurlar bevosita ko‘rib, nomini eshitish va ular yordamida turli harakatlarni
bajarish jarayonida shakllanib boradi. Bolalardagi his qilish va idrok etish jarayoni
ularning so‘zlarni o‘zlashtirish va ular yordamida fikrlash ko‘nikmalarini jadal
rivojlantiradi. Shunga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarga muayyan so‘zlarni
o‘rgatayotganda aniqlik tamoyiliga tayanish lozim. Bu asrlar davomida sinalgan
didaktik tamoyillardan biridir. Uning zamirida bir qator didaktik qonuniyatlar o‘z
ifodasini topgan. Bolalarning hissiy a’zolari tashqi ta’sirlarni turlicha qabul qilishi,
aksariyat bolalarda voqea-hodisalardan ta’sirlanishning kuchli bo‘lishi kabilar.
Sensor tarbiya orqali bolalar nutqini o‘stirishda nafaqat ko‘rganlarini idrok etish,
balki tinglash layoqatining mavjud darajasini ham hisobga olish lozim. Sensor tarbiya
orqali bolalar nutqini o‘stirishda turli buyumlarning nomlari, ularning xususiyatlarini
bolalarga aniq, to‘liq yetkazish, narsalarning ranglari, shakllari, hajmi haqida
muayyan tasavvur hosil qilish zarur.
Pedagogik-psixologik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarning nutqini o‘stirishda sensor tarbiya jarayonidan foydalanish ularning
umumiy, aqliy rivojlanishlarini ta’minlash imkonini beradi.
9
Sensor tarbiyaning birinchi bosqichi hissiy tajribaga asoslangan tushunchalar: bizni
o‘rab turgan borliq, hayotni anglash, erkin fikrlash kabilarni maktabgacha yoshdagi
bolalarda shakllantirishda poydevor sifatida xizmat qilishga qaratilgan.
Aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyadagi muvaffaqiyatlar maktabgacha ta’lim
muassasalarida sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini o‘stirishga qay darajada
e’tibor berilayotganligi, ya’ni, ularning so‘zlarni ko‘rgan, eshitganlari bilan
bog‘lagan holda idrok etishlari, atrof-muhitdagi voqea-hodisalarni anglab, ular
haqida
fikr bayon qila olishlari, o‘zlari qo‘llagan so‘zlarning ma’nolarini tasavvur qila
olishlari lozim.
Bola ulg‘aygan sari uning atrofdagi narsalarga ko‘rsatadigan ta’siri, buyumlar
haqidagi tushunchalari, tasavvurlari, boshqalarning fikrlarini qabul qilish
ko‘nikmalari takomillashib boradi. Shu munosabat bilan ulg‘ayish bosqichi keyingi
psixologik rivojlanish va umumiy anglashda samarali natija beradi. Bola qancha
kichik yoshda bo‘lsa, his qilish darajasi ham uning hayotida shu qadar katta
ahamiyat
egallaydi.
Narsalarning xususiyatlarini o‘zlashtirish jarayonida ular haqida to‘liqroq tasavvurga
ega bo‘lish uchun bola buyumlarning o‘zaro farqlanuvchi xususiyatlaridan bir
vaqtning o‘zida foydalanishni o‘rganishi lozim.
Sensor tarbiya jarayonida bolalarga turli buyumlarni o‘zaro bir-biridan farqlashda
ularning nomi, shakllari, hajmi, rangi haqida tushuncha berish kerak. Ko‘pgina
pedagoglar va psixologlar, jumladan L.Venger, V.Muxinalarning fikrlariga ko‘ra,
sensor tarbiya bola uchun o‘zini o‘rab turgan olamni hissiyotlar yordamida anglash
hamda uning nutqi va fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonidir. Bularning
barchasi maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlar davomida sensor
tarbiyaning muhim shartlaridan bo‘lib hisoblanadi.
1.2 Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik
psixologik imkoniyatlari .
Sensor
tarbiyaning
bola
nutqini
rivojlantirishdagi
ahamiyatini
baholash
pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Chunki bu davrda
10
bolalarning fazoviy jismlar, tevarak-atrofdagi buyumlar, ularning nomlari
haqidagi
tushunchalari va so‘z zaxiralari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi. Rivojlanishning
mazkur bosqichida bolalarning xotiralari, sezgilari va idroklari jadal rivojlana
boshlaydi. Ularning tevarak-atrofdagi buyumlarning nomlari va xususiyatlarni
bilishga bo‘lgan qiziqishlari muntazam ortib boradi.
Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar buyumlarning nomlari, ular orasidagi tafovutlar,
narsalarning rangi, shakli, hajmi, yumshoq-qattiqligi, hidi va mazasini ajrata
biladilar.
Sensor tarbiya asoschilaridan biri Mariya Montessori maktabgacha tarbiya
pedagogikasining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biridir. M.Montessori tizimi
narsalarning nomi, hajmi, rangi, shaklini farqlashga oid mashqlar (ko‘rish, sezish
mashqlari), narsa va buyumlarning sathlari, xususiyatlarini farqlashga doir
mashqlar,
harorat, og‘irlik hamda tovushlarning baland-pastligi, hid va ta’mni
farqlashga xos
mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Bolani sensor tarbiyalashda Mariya Montessori harakatlarning ta’sirlarini
farqlaydigan mashqlarga taqqoslash va ajratishga alohida ahamiyat bergan.
Mashqlarni bajarish jarayonida bolaning erkin va mustaqil bo‘lishi talab qilinadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini sensor tarbiya vositasida rivojlantirish
masalasi ko‘plab mutaxassislarning diqqat markazida bo‘lgan. Jumladan,
N.M.Shchelavanov, N.M.Aksarina, A.V.Zaporojets, L.A.Venger, YE.I.Radina,
G.M.Lyamina, N.F.Ladiginalar ilk yoshdagi bolalarning sensor rivojlanishiga doir
xususiyatlarni o‘rganishga ko‘proq e’tibor berish zarur, degan fikrni ilgari surganlar.
Taniqli
mutaxassislar
F.Frebel,
M.Montessori,
O.Dekroli,
YE.I.Tixeyeva,
A.V.Zaporojets, A.P.Usova, N.P.Sakulinalar to‘laqonli sensor rivojlanishni
ta’minlashga yo‘naltirilgan sensor tarbiyani haqli ravishda maktabgacha tarbiyaning
asosiy tomonlaridan biri, deb hisoblaydilar. Ular maktab yoshidagi bolalar ongini
rivojlantirishning asosi hissiyot orqali tarbiyalashdan iborat ekanligini alohida
ta’kidlaganlar.
11
Sensor rivojlanish bola umumiy aqliy rivojlanishining poydevorini tashkil qiladi,
zero, to‘laqonli idrok etish bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida
muvaffaqiyatli tarbiyalanishlarida muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda
maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq о‘stirishda ayrim muammo va kamchiliklar
chiroyli qilib yoritilgan. Oilada ota onaning farzand tarbiyasi bilan birga bola bilan
qanday gaplashish, unga ertaklar aytib berishi hamda tarbiyachilarni mohirona
faoliyatiga oydinlik kiritib berilgan. Oilada va bog‘chada nutqida nuqsoni bо‘lgan
bolalarga tavsiya va takliflar berilgan. Bolalarning har bir toifasi o'ziga xos
psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega, ularni psixologik-pedagogik o'rganish
strategiyalarini aniqlash kerak. Shunday qilib, birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar
natijasida anomal rivojlanishning shakllanishi murakkab bo'lib, u bir tomondan har
bir bola uchun individual nuqsonlar, ikkinchidan esa shunga o'xshash nuqsonlar bilan
tavsiflanadi. Bu o'ziga xoslik rivojlanish nogironligining har bir turiga taalluqlidir va
bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus ta'lim sharoitlarini
aniqlashga yordam beradi. Shunday qilib, rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan
odamlarning zamonaviy psixodiagnostikasi nazariy va uslubiy tizimlarga asoslanadi,
ular quyidagilardan iborat. Rivojlanish buzilishining har bir turi o'ziga xos psixologik
tuzilishga ega. Ushbu tuzilma birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar o'rtasidagi
munosabatlar bilan belgilanadi. Rivojlanish buzilishining har bir turi o'ziga xos
kamchiliklarga ega. Rivojlanishda nuqsonlari bo'lgan odamlarni tashxislash natijalari
psixologik-pedagogik diagnostika yo'li bilan belgilanadi, rivojlanish buzilishining
turi bilan cheklanmaydi. U bolaning rivojlanishining individual psixofizik
xususiyatlarini ishlab chiqishni, shuningdek, individual tuzatish ishlari dasturlari
bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga oladi. Psixologikpedagogik diagnostika nuqsonni
ifodalash darajasini murakkablashtiradigan etakchi nuqsonlarning rivojlanishini
aniqlaydi va ular bo'yicha zarur tuzatish-pedagogik ishlarni amalga oshirishga
qaratilgan. Agar test bola maktabga borishdan oldin o'tkazilsa, bolaning qaysi
maktabga maxsus tuzatish yoki umumiy ta'lim maktabiga tayyorligi aniqlanadi.
Psixodiagnostika rivojlanishdagi nuqsonlarni va ularning o'ziga xos psixologik-
12
pedagogik xususiyatlarini aniqlaydi. Boladagi bu xususiyatlarni bilish maktabgacha
va maktab ta'lim dasturini, ta'lim muassasasining turini, bolaning qobiliyatiga mos
keladigan individual tibbiy psixologik-pedagogik dasturni ishlab chiqishga yordam
beradi. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni samarali ta’lim, tarbiyalash va
ijtimoiy moslashuvi ularning rivojlanish imkoniyatlari va xususiyatlarini to‘g‘ri
baholashga bog‘liq. Rivojlanishdagi nuqsonlarni har tomonlama psixologik-
pedagogik diagnostika qilish orqali bu vazifaga erishish mumkin. Psixologik-
pedagogik diagnostikada rivojlanish nuqsonlari bo'lgan bolalardagi kamchiliklarni
aniqlash bolaning psixo-fizik xususiyatlarini hisobga olgan holda unga individual
psixologik-pedagogik yondashuvni ta'minlaydi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan
bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim va maktab muassasalari mavjud. Ushbu
bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun ta'lim sharoitlari yaratilgan.
Professor N.Shchelovanov his qilish orqali tarbiyalashda go‘daklikni “oltin davr” deb
hisoblaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasida mazkur muammo markaziy o‘rin
egallaydi.Maktabgacha ta’lim pedagogikasining taniqli vakillari (Y.Kamenskiy,
F.Frebel, M.Montessori, O.Dekroli, YE.Tixeyeva va boshqalar) tomonidan bolalarni
buyumlarning belgi va xususiyatlari bilan tanishtiradigan turli didaktik o‘yinlar
hamda mashqlar ishlab chiqilgan. Ularning sensor tarbiya prinsiplari va nuqtai
nazarlariga asoslangan tahlillari bolalar nutqini rivojlantirishda sensor tarbiyadan
foydalanishning
yangi
shakllari
va
metodlarini
ishlab
chiqishni taqozo
qilmoqda.A.Zaporojets, A.Usova, N.Sakulina, A.Venger, Podd’yakovlar tomonidan
zamonaviy didaktik prinsiplar asosida ishlab chiqilgan sensor tarbiyani tashkil
etishga oid yondashuvlar negizida mazkur jarayonni rivojlantirish zaruriyati mavjud.
Sensor tarbiya nazariyasida 4 ta qat’iy tan olingan tamoyil mavjud. Ular quyidagilar:
1) bolalarga atrof-muhit, unda mavjud bo‘lgan narsalar haqida yetarlicha
ma’lumotlar berish, tushuncha va tasavvurlar hosil qilish;
2) narsa va buyumlarning turli-tuman xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish va
ulardan mazkur xususiyatlarning barchasini o‘zlashtirishni talab qilish imkonsiz
13
ekanligini anglab yetish;
3) bolaning atrof-muhitni bilish asosida to‘g‘ri mo‘ljal olishi, narsa va
buyumlarning nomi, rangi, shaklini bilish darajasini aniqlash maqsadida o‘ziga xos
tekshirishlar o‘tkazish;
4) bolada muayyan narsalar haqida tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishni
nazarda tutish, bunda bola o‘zida mavjud bo‘lgan tushuncha va tasavvurlarni
yangilari bilan taqqoslay olishi lozim.
Bola o‘zi egallagan tushunchalar, bilimlar va axborotlar zaminida yangi narsalar va
hodisalarni taniydi va idrok eta boshlaydi.
Insoniyat o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida narsalarning ranglari, shakllari va
hajmlarining muayyan andozasini yarata olgan. Bunday tasavvurga ega bo‘lgan
bolalar o‘zlashtirgan bilimlarini o‘rgangan yangi ma’lumotlari bilan taqqoslash va
ulardan tegishli xulosa chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Atrof-muhitdagi
rang-
baranglikni o‘zlashtirish bolaga mavjud voqelikni imkon qadar aniq idrok etish uchun
qulaylik yaratadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillarni go‘daklik va maktabgacha yoshdagi
bolalar nutqini o‘stirish jarayoniga tadbiq etish lozim. Buning uchun:
1.
Bolalar narsa va buyumlarning nomi va xususiyatlarini qanday izchillikda farqlay
boshlashi;
2.
Narsa va buyumlarning nomi, xususiyati, hajmi, rangini ifodalovchi so‘zlarning
qanday talaffuz qilinishi, bolalarning mazkur narsalar bilan qay tarzda aloqaga
kirishishiga bog‘liq.
Bu masalani sensor tarbiya nuqtai-nazaridan yondashgan holda tahlil etishga harakat
qilamiz.
14
Amalga oshirilgan tadqiqotlar bolalarda ular hayotining dastlabki davridan boshlab
turli shakl, hajm va rangdagi narsalarga alohida qiziqish paydo bo‘lishini ilmiy
jihatdan asoslab bergan.
Bolani buyumlarning shaklini tanishga ilk yoshdan boshlab o‘rgatish lozim. Kichik
yoshdagi bolalarni his qilish orqali buyumlarning xususiyatlarini anglashga
o‘rgatishda rus olimlarining nazariy qarashlari va tajribalariga tayanish maqsadga
muvofiqdir. Atrof-muhit bilan bolalarni tanishtirish jarayonida narsalarning nomi,
xususiyatlari, rang-tusi, hajmi va shaklini qanday tartibda o‘rgatish lozimligi rus
pedagoglari tomonidan asoslab berilgan.
Jumladan, N.Sakulina bolalarni rang bilan tanishtirish masalasini o‘rganish asosida
shuni alohida ta’kidlaydiki, ularni atrof-muhitni kuzatishga o‘rgatish jarayonida
muayyan tasavvur hosil qilgandan keyingina ranglarni farqlashga o‘rgatish lozim.
Olimaning fikricha, bolalarda bunday tajribani hosil qilish uchun ular bilan 3-4
yoshdan boshlab izchil tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazish lozim. Bu yoshdagi bolalarda
5-6 ta rangni farqlash, tanishga nisbatan ehtiyoj, qiziqish paydo bo‘ladi. Shu tariqa
bolalarni narsa va buyumlarning rangi, shakli, hajmi bilan tanishtirish ularning
nutqini boyitishda samaradorlikka erishish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim jarayonidagi muhim vazifalardan biri, bolalarning nutqini
o‘stirish va uni izchil takomillashtirishdan iborat.
“Ilk qadam” tayanch dasturida bolalarning “Nutq va tafakkurning rivojlanganlik
darajasi”ga oid asosiy bo‘limlar ko‘rsatib berilgan. Bunda bolalarning nutqiy
tafakkurini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish, ularning mantiqiy tafakkuri va
hisoblash malakasini o‘stirish hamda bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish
kabi jihatlariga keng e’tibor qaratilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, tabiat, har xil
kasbdagi kishilar mehnati, ba’zi bir ijtimoiy voqealar, narsa va hodisalar, ularning
sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik
imkoniyatlari
15
Mustaqil respublikamiz uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib
tarbiyalash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning
ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy farovonligi fuqarolarning aqliy va axloqiy
salohiyati hamda ularning ma’naviyatlilik darajaga bog‘liq.
Ma’lumki, fikrni bayon etish va tafakkur qilish nutq orqali amalga oshadi. Bolada
tafakkur qanchalik rivojlantirilsa, uning fikr bayon qilish ko‘nikmasi shuncha
mukammal bo‘ladi. Har bir shaxs oldida fikrlash va fikr mahsulini to‘g‘ri ifodalash
mas’uliyati mavjud ekan, yoshlarda mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish
maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq boshlanishi lozim. Bunda sensor tarbiya
imkoniyatlaridan foydalanish pedagogik jihatdan qulaylik tug‘diradi.
Ko‘plab ruxshunoslar tomonidan ruhiy jarayonlarni tahlil etish natijalari shuni
ko‘rsatadiki, bola nutqining rivojlanishi o‘ziga xos jarayon hisoblanadi. L.S.
Vigotskiy, A.N. Leontyev, S.L. Rubinshteyn, P.P. Blonskiy, A. Vallon, J. Piaje va
boshqalarning asoslashlariga ko‘ra, ruhiy jarayonlar, ayniqsa idrokning shakllanishi
va rivojlanishi ularning ijtimoiy tajribasidir.
16
tarzdagi etalonlar tarkibiga musiqa va nutq tovushlari, geometrik shakllar, spektr
nurlari kabilarni kiritish mumkin. Har bir bola mazkur etolonlarni ta’lim-tarbiya
jarayonida o‘zlashtiradi, so‘ngra ulardan tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni
o‘zlashtirish, tahlil qilish, ularning mohiyatini anglash hamda sensor tajribalarini
takomillashtirish uchun sezgi meyorlari sifatida foydalanadi.
Psixologiyada perseptiv harakatlar (hissiy idrok etishga oid harakatlar), obrazlarning
tuzilishi, voqelikdagi narsa va hodisalarning obyektiv xususiyatlarini aks ettirish
mexanizmi sifatida talqin etiladi. Bu xususiyatlarga “o‘xshatish”, ulardan nusxa
ko‘chirish tufayli obyektning obrazi tasavvur etiladi (A.N.Leontyev)
Shaxs idrokini
tadqiq qilishga bag‘ishlangan bir qator asarlar (A.N. Leontyev, A.V.
Zaporojets, B.G.
Ananyev, V.P. Zinchenko, L.A. Venger) shundan guvohlik beradiki, sensor
jarayonlar o‘ziga xos yo‘naltiruvchi harakatlardan iborat bo‘lib, ular bolaning amaliy
bilish faoliyatiga xizmat qiladi.
O‘z vaqtida I.M.Sechenov maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonini
ta’riflab, miyaning reflektorlik faoliyati g‘oyasini ilgari surgan edi. Bunda u
psixikaning obyektiv olamni aks ettirish imkoniyatiga tayanadi. Olim buyumlar
haqidagi tasavvurlar tashqi signallar ta’siri ostida vujudga kelishini asoslab beradi.
Bunda muayyan buyumning tasviri ko‘zning to‘r pardasida ko‘p marotaba aks etib,
muskullarni taranglashtiradi va harakatlantiradi. Ko‘rish omili bilan muskullar
sezgisining uyg‘unlashuvi ta’sirida turli shakllarga baho berishga asoslangan
harakatlarning tajribasi mujassamlashadi. Turli buyumlarning shakllarini o‘zaro mos
tarzda aniqlash ko‘nikmasi xuddi mana shu baholash imkoniyatiga bog‘liqdir. Ilk
yoshdagi bolalarda bunday tajriba kam bo‘ladi. Buyumlarning shakllari faqat ko‘rish
orqaligina emas, balki ushlab sezish vositasida ham bilib olinadi.
I.M.Sechenov qo‘lning sezish organi sifatidagi ahamiyatini batafsil tavsiflagan edi.
Uni yaqin masofadan turib buyumlarni tahlil qilishda ko‘zning birinchi yordamchisi
sifatidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratgan. Bola o‘zining ko‘z harakatlarini qanchalik
boshqara olsa, qo‘l harakatlarini ham shunchalik boshqara oladi. Bola har bir narsani
ushlab ko‘radi, aylantiradi va to‘nkaradi. Buning natijasida u buyumlarni bir qadar
17
aniq va to‘liq idrok qila boshlaydi. “Shuning uchun ham, - ta’kidlaydi I.M.Sechenov,
- buyumlarni idrok qilishda qo‘l bilan sezishni mashq qilish muhim ahamiyatga ega”.
B.G. Ananyev, R.Y. Abromovich-Lextman, A.A. Pressman, YE.F. Ribalkolar o‘z
tadqiqotlarida bolaning idrok qilish qobiliyatida amaliy faoliyatning yetakchi
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib berganlar. N.L. Figurin, M.P. Denisova kabi
fiziologlar va psixologlar bolalar juda kichik yoshlaridan narsalarning shakliga qarab
farqlashning eng oddiy turlarini bilishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltiradilar.
Ular 5-6 oylik vaqtidan boshlab hajmli va yassi jismlarni (kublar, sharlar, koptoklar,
ovalsimon, kvadrat, to‘rtburchak, uchburchak shaklidagi narsalar) o‘zaro bir-biridan
farqlay boshlashlarini ta’kidlaganlar. L.A. Venger esa, o‘z tajribalari asosida hatto 3-
4 oylik go‘daklar ham narsalarning shakliga ko‘ra ularni farqlay oladilar, degan ilmiy
xulosani ilgari surgan edi. Lekin, u bolaning bu harakati diqqatni bir obyektdan
ikkinchisiga o‘tkazish natijasidagina sodir bo‘lishini
18
ilgari o‘zlari ko‘rgan turli shakllardagi jismlarni boshqacha shakl yoki holatda
namoyish qilinganda, ularni yangicha qiziqish bilan kuzatishlarini asoslab beradi.
Lekin bola ulg‘aygan sari mazkur narsalarga o‘zgacha qiziqish bilan yondasha
boshlaydi.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalar
atrofdagi
narsalarni
juda
tez
o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham ularning turli shakllari, hajmi, ular orasidagi
masofani tez va aniq ilg‘aydilar. Bularning barchasi boladagi ko‘rish, nazorat qilish,
ilg‘ash ko‘nikmalari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘rish barmoqlarning harakatini
moslashtirish imkonini beradi. Bu o‘rinda turli obyektlarning xususiyatlarini harakat
yordamida chamalash jarayoni vujudga keladi. Bu esa bolada idrokning sensor
imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
Maktabgacha
yoshdagi bolalarga sensor tarbiya
berishda
qo’llaniladigan
metodlarning ahamiyati. Idrokning bundan keyingi taraqqiyoti uning ikkinchi
ko‘rinishi bo‘lgan taqqoslash imkoniyatini vujudga keltiradi. Maktabgacha yoshdagi
barcha bolalar narsa yoki buyumlarning qattiq yoki yumshoqlik holati, hajmi, vaznini
o‘zaro farqlagan holda o‘zlashtirib oladilar. Bolaning taqqoslay olish imkoniyati
buyumlarning harakatini ilg‘aganda, narsalarni bir-birining ustiga taxlaganda,
qutichalarni yopib-ochganda, piramidalar yoki halqachalarni o‘zaro mos tarzda
joylashtirganda, qo‘g‘irchoqlar yoki qog‘ozlarni yig‘ib muayyan tartibda
joylashtirganda, taxtachalarning teshiklarini yassi jismlar bilan berkitganlarida sodir
bo‘ladi. Bunday vaziyatda bola
ko‘rgan va tasavvur qilgan narsalarini o‘zaro qiyoslab
ularni chamalash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Ilk va kichik maktab yoshidagi bolalar
kublar yoki qo‘g‘irchoqlarni taxlash jarayonida ba’zan xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Bu
tabiiy hol, albatta. Lekin, maktabgacha o‘rta, katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar
esa bunday ishlarni osongina bajaradilar. Chunki bunday harakatlarni ilk yoshlaridan
boshlab bajargan bolalarda muayyan ko‘nikmalar hosil bo‘ladi.
L.A.Venger ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda idrokning rivojlanishini muayyan
didaktik vositalar yordamida amalga oshirgan edi. Buning uchun bola jismlarni
izlash, topish, farqlash, tenglashtirish, buyumlarning o‘ziga xos tabiatini ilg‘ash,
ya’ni narsalarga tashqi tavsif berish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.
19
Bolaning moddiy borliqni anglash jarayoni, his etish orqali qabul qilish yo‘li bilan
amalga oshadi. Hissiyotlar va ular bilan bog‘liq reflekslar yig‘indisi psixologik nuqtai
nazardan birinchi signal tizimini tashkil qiladi. Moddiy borliqdagi narsa- hodisalarni
kuzata olish ko‘nikmasi bolada chaqaloqlik davridayoq vujudga keladi. Bola
buyumlarni qo‘li bilan ushlaydi, silkitadi va birinchi navbatda og‘ziga soladi.
Bularning barchasi bolalar buyumlarning xususiyatlarini bilishga intilishlaridan
dalolat beradi. Bunday harakatlar stixiyali tarzda amalga oshadi. Mazkur harakatlar
bola tomonidan tasodifiy tarzda bajariladi. Shuning uchun ham kattalar bolalar oldiga
cheklovlar qo‘yadilar. Bunday cheklovlar birinchi navbatda gigiyenik xavfsizlikni
ta’minlashni nazarda tutadi.
Shu bilan bir qatorda, ajdodlarimiz bolalarga imkon qadar kamroq cheklov qo‘yish
zarurligini uqtirganlar. Agar bolada muayyan buyumning barcha xususiyatlarini
o‘rganish uchun yetarlicha sharoit mavjud bo‘lmasa, unda mazkur buyumlar haqida
dastlabki tasavvurlarni hosil qilish lozim. Buning uchun sensor tarbiya vazifalarini
20
aniq begilash kerak.
2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni sensorli tarbiyalash usullari.
Buni quyidagi yo‘nalishda amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
- bolalarda sensor etalonlarni tarkib toptirish;
-muayyan ko‘nikma va etalonlarni bolaning kundalik faoliyatiga singdirishga
erishish.
Ayon bo‘ladiki, yuqorida ko‘rsatilgan har uchala yo‘nalish o‘zaro chambarchas
bog‘liqdir. Idrok etish ko‘nikmalari, qo‘shimcha tushuncha va etalonlarlarning
umum
qabul qilingan ko‘rinishida xotirada muhrlanadi.
Moddiy olamdagi obyektlarni sensor tavsiflash jarayonida bolalarning ko‘nikmalari
ta’lim-tarbiya omili ta’sirida o‘zgaradi. Buyumlarning sensor tavsifi har doim ham
bir-biriga mos kelavermaydi. Buyumlar va ularning sensor tavsiflari bolaning
umumlashtira olish imkoniyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Buyumlar va ularning
sensor tavsifi haqidagi tasavvurlar bolaning bevosita qabul qilish va umumlashtira
olish tajribasiga tayangan holda shakllantiriladi.
Dastlabki kuzatishlar, idrok etish voqelikni tushunishga yordam beradi. Sensor
tasavvurlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlar bu yo‘nalishdagi
topshiriqlarni bolalarga bajartirishda alohida imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim.
Ilk yoshdagi bola bilan maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning idroki o‘rtasidagi
farqlar narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan oddiy harakatlardan ular idrokiga yanada
yuqoriroq talablar qo‘yadigan va uning yaxshi rivojlanishi uchun ham qulayroq shart-
sharoitlar yaratadigan samarali faoliyatning ancha murakkab turlariga o‘tish bilan
bog‘liqdir. Masalan, rasm chizish, biror bir narsa qurish-yasash, buyumlarni ustma-
ust taxlash, o‘yinchoqning teshigini topish yoki berkitish kabilar shular
jumlasidandir.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sensor tarbiya
masalasi pedagoglar tomonidan bir qadar chuqur o‘rganilganligini yuqorida ta’kidlab
o‘tgan edik. Bunday tadqiqotlar natijasida bola idroki va ko‘rish qobiliyatining
rivojlanish qonuniyatlari, maktabgacha ta’lim jarayonida uni takomillashtirish
yo‘llari belgilab berilgan. Shuningdek, didaktik o‘yinlar, rasm chizish va qurish-
21
yasash kabi samarali faoliyat turlarida sensor tarbiyadan foydalanish metodlari ishlab
chiqilgan. Lekin, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirishda
sensor tarbiyadan foydalanish yo‘llari yetarlicha o‘rganilmagan. 2-6 yoshli
bolalarning idrok qilish usullari pedagogik-psixologik jihatdan yetarlicha tadqiq
qilinmagan.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar intellektual taraqqiyotining 9/10 qismini
sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Bolaning sezgilari va idroki
qanchalik boy bo‘lsa, ularning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shunchalik
shakllangan bo‘ladi.
Bolalarning sensor ko‘nikmalari, ularda sezgi va idrokning samarali rivojlanishi
uchun muhim ahamiyatga ega. Bolalarga aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi
berishda sensor tarbiya muhim o‘rin egallaydi.Ayniqsa, maktabgacha
yosh davri
sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy
bilish qobiliyatlarini shakllantirish, sezgi idrokni takomillashtirishga qaratilgan
pedagogik jarayondir.
Sensor tarbiyaning mazmuni va metodlari psixologiyada idrok va sezgisini
rivojlantirish muammosi qanday talqin qilinishi bilan belgilanadi. Maktabgacha
ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida ham aqliy va jismoniy nuqsonlari
bor bolalar bor. Ushbu nuqsonlarning ko'rinishi har xil bo'lishi mumkin. Katta
guruhning harakati, hissiy yoki intellektual sohalaridagi nuqsonlar aniq
ifodalanmagan: eshitish, ko'rish, fazoviy-kognitiv hislar, tayanch -harakat tizimi,
fonemik bilish, hissiy-irodaviy buzilishlar, nutq rivojlanishidagi nuqsonlar ,
xattiharakatlari buzilgan bolalar , aqliy zaiflik, somatik. kechikish. Maktabgacha
yoshda aniq aqliy yoki jismoniy rivojlanish kamchiliklari aniqlanganda, engil
kamchiliklar uzoq vaqt davomida sezilmaydi. Rivojlanishdagi nuqsonlarni
tashxislash uch bosqichni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqich skrining deb ataladi. Bu
bosqichda bolaning rivojlanishidagi kechikishlar, aqliy va jismoniy nuqsonlar
aniqlanadi, ammo ularning tabiati va chuqurligini aniqlash qiyin. Ikkinchi bosqich -
rivojlanish nuqsonlarining differentsial diagnostikasi. Ushbu bosqichning maqsadi
22
rivojlanish nuqsonining turini (turini, toifasini) aniqlashdir. Uning natijalariga ko'ra,
bolaning imkoniyatlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim muassasasining
turi va dasturi, ularni tarbiyalashning optimal pedagogik yo'nalishi belgilanadi.
Differensial diagnostikada psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning faoliyati
yetakchi rol o'ynaydi. Uchinchi bosqich - fenomenologik. Uning maqsadi - bolaning
individual xususiyatlarini, ya'ni fikrlash faoliyatining xususiyatlarini, hissiy va
irodaviy ko'lamini, mehnat qobiliyatini, shaxsiy o'rganish va rivojlantirish uchun
individual sharoitlarni tashkil qilish. Rivojlanishdagi nuqsonlarning psixologik-
pedagogik diagnostikasini samarali amalga oshirish uchun “rivojlanishdagi
nuqsonlar” tushunchasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Rossiyalik olimlar
tomonidan qo'yilgan bir qator tamoyillarga amal qilish muhim (LS Vygotskiy , VI
Lubovskiy , S.D. Zabramnaya ) rivojlanishida nuqsoni bo'lgan odamlarni
tashxislashda. Rivojlanishdagi nuqsonlarni tashxislashning asosiy tamoyillaridan biri
bu har tomonlama yondashuv bo'lib, unda bolaning rivojlanish xususiyatlari barcha
zarur mutaxassislar (shifokor, defektolog, psixolog ) tomonidan nafaqat uning bilim
faoliyati, balki xatti-harakati, hissiy irodasi, shuningdek, baholanadi. ko'rish sifatida.
eshitish, harakat doirasi, nevrologik holat, somatik holatni har tomonlama tekshirish
va baholashdir . Bolani tibbiy va psixologik-pedagogik ko'rikdan o'tkazish tizimli
asosda amalga oshiriladi. Tibbiy tekshiruvlar shifokorlar (pediatr yoki terapevt,
nevrolog, bolalar psixiatr, oftalmolog, otorinolaringolog, kerak bo'lganda audiolog)
tomonidan amalga oshiriladi. Bolani psixologik-pedagogik o'rganish pedagog-
defektolog va psixolog tomonidan amalga oshiriladi . TPPK (tibbiy-psixologik-
pedagogik komissiya) maxsus (tuzatish) muassasalarini kadrlar bilan ta'minlash
muammosini hal qiladi, shuningdek, maslahat, diagnostika va tuzatish yordamini
ko'rsatadi. Yakka tartibdagi ta’lim va tibbiyot muassasalari, shuningdek, ota-onalar,
pedagoglar va o‘smirlar o‘z tashabbusi bilan TPPKga murojaat qilish huquqiga ega.
23
muammoga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Pedagoglar tomonidan esa,
sensor tarbiyaning turli imkoniyatlari ochib berilgan.
Taniqli pedagoglar Fribel, M. Montessori, O. Dekrolilar tomonidan yaratilgan
yondashuvlar, bolalarning qo‘l muskullarini rivojlantirish, bolalarni turli ranglar,
shakllar, hajmlarni ifodalovchi so‘zlarni idrok etishga o‘rgatish kabilar shular
jumlasidandir.
Montessorining didaktik qarashlari o‘z-o‘zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq
yaratilgan bo‘lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug‘ullanish
imkonini beradi. Biroq, u ularda sezgi a’zolari va nutqning rivojlanishi, samarali
amaliy faoliyat bilan bog‘lanmaganligini alohida ta’kidlagan edi. Ular tomonidan
ilgari surilgan qarashlar, ayniqsa, bugungi kunda maktabgacha ta’lim jarayoniga
keng tadbiq etilmoqda. Bu esa bolalarning aqliy hamda jismoniy rivojlanishi,
tuyg‘ularini shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bugungi
kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida ushbu metodlarni keng qo‘llashga
ahamiyat berilmoqda. Barcha tarbiyachilar mazkur metodlardan keng foydalanish
maqsadida har bir guruhda alohida-alohida burchaklar tashkil etganlar.
Shuning uchun ham pedagoglar va psixologlar faoliyatning turli turlarini amalga
oshirish jarayonida sensor tarbiya imkoniyatlaridan keng foydalanish yo‘llarini
tadqiq qilmoqdalar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga sensor tarbiya vositasida ularning
nutqini rivojlantirishda tarbiyachilar muhim o‘rin egallaydilar. Chunki ular
bolalarning his-tuyg‘ularini muayyan pedagogik tizim vositasida aniq maqsadga
yo‘naltiradilar. Sensor tarbiya vositasida bolalar nutqini rivojlantirishdan
ko‘zlanadigan asosiy maqsad, ularning idroklarini jadal shakllantirish, qobiliyatlarini
ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Sensor tarbiya bolalar narsalar, voqea-hodisalarni
chuqurroq idrok etishlari, ularni his etishlari uchun muhimdir. Tarbiyachi bolalar
oldiga muayyan topshiriqlar qo‘yganda, masalan, buyumlarni bir joydan ikkinchi
joyga olib qo‘yishda ularning vaznini his qila olishlari, ularni ushlab shakli, harorati,
sifatini sezishlariga alohida e’tibor qaratishi kerak.
24
Bolalarda ijtimoiy hamda hissiy tajribaning ortishi barobarida, idrok jarayoniga
qo‘yiladigan talablar murakkablashadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar sensor
vazifalarni qanchalik ko‘p bajarsalar, ularning ongi, ko‘zi, qo‘li, xotirasi, tafakkuri
shunchalik tez taraqqiy etadi.
Sensor tarbiya mazmuni o‘z ichiga tevarak-atrofdagi barcha hissiy holatlarni qamrab
oladi. Bular bolalarning kundalik faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
Mazkur yoshdagi bolalarga ranglarni farqlash, ularning nomini aytish o‘rgatiladi,
ranglar, bo‘yoqlar haqidagi dastlabki tasavvurlar shakllantiriladi. Sezgi va idrok
muayyan maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli
rivojlanadi.
Samarali sensor faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar
yasash), sezgi hamda idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishi bilan bir
qatorda, narsalarning shakli, rangi, joyini bolalar bilib olishlari uchun ham muhim
ahamiyatga ega.
25
xususiyatlari, quyoshning haroratini bolalar sezgi orqali anglashlari uchun qulaylik
yaratadi. “Oldinga-orqaga”, “tepada-pastda”, “uzoqda-yaqinda”, “chapga-o‘ngga”
kabi fazoviy tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar.
Bolalar ko‘proq tabiat bilan muloqotga kirishishlari tufayli ularning tasavvurlari
kengayib, tinglash imkoniyatlari ortadi. Bolalarga qushlarning sayrashi, barglarning
shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatur-shuturi, momaqaldiroqning
gumbirlashi, do‘lning shovqin bilan, qorning esa ovoz chiqarmasdan yog‘ishi,
chaqmoqning ba’zan ovoz chiqarishi-ba’zan ovoz chiqarmasligini sezish, his qilishga
o‘rgatish zarur.
Psixologlarning guvohlik berishlaricha, bolalardagi analizatorlar ular tug‘ilgan
paytdan boshlab harakatlanadi. Sensor jarayonlar muayyan vaqt o‘tgach aniq
tasavvurlarga aylanadi.
Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, go‘dak dunyoga kelgandan so‘ng
dastlabki oylarda sensor tizimlarning shakllanishi jadal kechadi. Chunki sensor tizim
muayyan yoshda ma’lum darajaga yetishi lozim.
B.G.Ananyevning fikricha, inson tug‘ilganidan keyin dunyoni ilb bor anglashi,
narsalarni qismlarga ajratgan holda tasavvur qilish shaklidir. Bu esa fazoviy vazn va
uning harakatini ifodalovchi chegara sifatida namoyon bo‘ladi. Bolaga ta’sir etuvchi
narsalar va hodisalar atrof-muhitning muayyan shakli sifatida aks etadi. Bir
yoshgacha bo‘lgan davrda boladagi idrok ikki shaklda: 1) narsalarning vazni; 2)
buyumlarni moddiy borliqdagi birliklar sifatida idrok qilish jarayoni amalga oshadi.
Bunday tabaqalashgan idrokning shakllanishida turli o‘yinlar, ishoraviy harakatlar va
kattalar bilan muloqot muhim o‘rin egallaydi. Buning natijasida bola atrof-muhitdagi
narsalarning xususiyatlari, voqea-hodisalarni ko‘proq anglay boshlaydi. Bola 2-3
yoshga yetganda narsalar bilan aloqaga kirishish ko‘nikmalarini egallaydi. Ularning
nomlari, turlari, o‘ziga xususiyatlarini idrok qiladi.
N.A.Figurin, M.P.Denisovalarning e’tirof etishlaricha, bola tug‘ilishi bilan yorug‘lik
va o‘z atrofidagi narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq, uning
ko‘rganlari bilan idroki orasida bog‘liqlik mavjud emas. Chaqaloqlarda ko‘z
26
harakatining rivojlanishi dastlabki 3 oyda jadal kechadi. B.G.Ananyevning
ta’kidlashicha, bolaning ilg‘ash imkoniyatlari ancha kengayib barqarorlik kasb eta
boshlaydi. K.N.Kornilov esa bolada 10-17 haftalik chog‘idanoq tovushdan ham faol
ta’sirlanish vujudga kelishini asoslab bergan edi. Tovush va uni eshitish atrof-
muhitni idrok etishning dastlabki hissiy ifodasi hisoblanadi. Demak, tovush
narsalarni tasavvur etishga yordam beradigan, bolaning aqliy qobiliyatini o‘stiruvchi
vositadir. Bunday yondashuv R.Y.Lextman-Abramovichning tadqiqotlarida ham
asoslab berilgan.
Bola tug‘ilishi bilan uning e’tibori avvalo harakatdagi buyumlarga qaratiladi. Chunki,
buyumlarning harakati, mazkur harakatning o‘zgarib turishi bolada atrof- muhitni
idrok qilish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bolaning buyumlar harakatini kuzatishi unda
sensor rivojlanish va sensor vazifalarni amalga oshirish ko‘nikmasini tarkib
toptirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Bola tomonidan ranglarni idrok etish, his qilish, rang ko‘rishning anatomik asoslari
borasida olimlar o‘rtasida turlicha fikrlar mavjud. Preyyer, R.Marsden, A.Mex,
27
U.Uayzlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, bola dastlabki yosh davridan
boshlab
ranglarni
farqlaydi.
N.A.Figurin,
N.I.Kosatkin,
M.P.Denisova,
N.I.Karasnogorskiy, R.Steples, F.Malrie, S.Valentaylar esa, bolada ranglarni ajratish
jarayoni 3-5 oylikda namoyon bo‘la boshlaydi, deb hisoblaydilar. G.V.Rozengrad-
Pupko, N.X.Shvechkina, A.I.Sulina, A.Barbin, A.Dekarlarning fikricha, bolalarda bir
yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida ranglarni farqlash ko‘nikmasi tarkib
topadi.
YE.A.Arkin,
A.Bine,
YE.I.Ignatyev,
N.Pronin,
D.Sinold,
B.I.Xachapuridzelar bolaning ranglarni farqlashi va so‘z orqali ifodalashi ikki
yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, deb hisoblaydilar. Bu borada
olimlar orasida fikrlarning xilma-xilligi mavjud. Masalan, L.A.Vengerning
ta’kidlashicha, bolalarda ranglarni idrok etish yoki idrok eta olmaslik mezonlari
sifatida ularga berilgan topshiriqlarning turlichaligini, ya’ni nur yoki rangdan
ta’sirlanishini idrok etishning ko‘rinishi va rang ajratish darajasi sifatida baholash
mumkin.
N.A.Figurin hamda M.P.Denisovalarning ta’kidlashlaricha, turli ko‘rinish va
kattalikdagi narsalarni tabaqalashtirgan holda farqlashni bolalar o‘z hayotlarining
dastlabki oylardayoq muvaffaqiyatli tarzda amalga oshiradilar. Tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, shar, kub, koptok, to‘rtburchak, uchburchak kabilarni bolalar 5-6
oylik
davrlaridanoq farqlay boshlaydilar.
Bolalarda buyumlarning rangi va shakliga ko‘ra farqlashga imkon beradigan sensor
jarayonlar ularning 6 oylik davridan boshlab namoyon bo‘ladi. Buyumlarni sensor
idrok qilish jarayoni sensomotor meyorlar asosida amalga oshadi. R.Y.Lextman-
Abramovich va F.I.Fradkinalar quyidagi bosqichlarni alohida ajratib ko‘rsatadilar:
1.Bolalarda
muayyan obyektga
tegishli bo‘lmagan eshitish
va
ko‘rish
qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi;
2.
Bolalarda tashqi ta’sirlarga nisbatan ijobiy hissiyotlarning paydo bo‘lishini
belgilaydigan sensor harakatchanlikning vujudga kelishi (1 oylikdan - 2,5
oylikgacha bo‘lgan davrda);
3.
Bolada harakatlarning o‘zgarishi, ularning maqsadli ahamiyat kasb etishi,
28
idrokdagi sensor va motor jihatlarining uyg‘unlashuvi (2,5 oylikdan – 4,5
oylikgacha bo‘lgan davrda);
4.
Dastlab muayyan obyekt, keyinchalik esa natijaga yo‘naltirilgan harakatlarning
paydo bo‘lishi (4,5 oylikdan – 7 oylikgacha bo‘lgan davrda);
5.
Bolalarda bosqichma-bosqich aynan bir vaqtning o‘zida ikki obyekt bilan
munosabatning vujudga kelishi, narsalarning joyini o‘zgartirish, ularda maqsadga
yo‘naltirilgan harakatlarning hosil bo‘lishi (7 oylikdan – 10 oylikgacha bo‘lgan
davrda);
Bolalarda buyumlarning oddiy xususiyatlarini anglash ko‘nikmasi shakllanishi (10
oylikdan boshlab).
29
•
Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan
unumli foydalana olish mahoratiga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi yuksak
darajadagi
pedagogik mahorat, chunonchi kommunikativlik, kasbiy layoqatlilik ko‘nikmalariga
ega bo‘lishi, pedagogik texnika, nutq, yuz-qo‘l va oyoq, gavda harakatlarini chuqur
o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi,
hatti-harakatlari sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay
oladigan bo‘lishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim, ko‘nikma, malakalardan
xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqida
quyidagi xususiyatlar aks etishi lozim:
•
nutqning aniqligi va sofligi;
•
nutqning irodaviyligi va ravonligi;
•
nutqning boyligi va ta’sirchanligi.
2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish orqali bilim,
ko’nikma va malakalarni rivojlantirishda erishilgan natijalar .
O‘quv bilimlarni faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi, hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha ta’lim
oluvchiga savollar beradi, ularni baholaydi. Maqsad va vazifaning belgilanishi;
2.Mashg‘ulot nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib
olishlarini aytadi;
3.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;
4. O‘quvmashg’ulot o‘quv ishlarini baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan
tanishtiradi. Ta’lim oluvchi bilimini faollashtirish;
5 Maktabgacha ta’lim muassasalarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish
mavzusi yuzasidan tezkor- so‘rov savol-javob, aqliy hujum , o‘ylang va juftlikda fikr
almashing va boshqalar orqali bilimlarni faollashtiradi. Yangi o‘quv materialining
bayoni;
6.Nazariymashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o‘qitish jarayonini tashkil etish
bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Asosiy holatlarni yozdiradi;
30
7.Slaydarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy
nazariy ma’lumot bayon qiladi.Yangi o‘quv materialini mustahkamlash;
8.Mustahkamlash uchun savollar beradi.Jarayon kichik guruhlarda davom etishini
ma’lum qiladi;
9.Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhlarda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi. Har
bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni Uy vazifasini taqdim
etadilar.Savollarga javob beradilar. Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar. Diqqat
qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob
beradilar. Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruhlarga bo‘linadilar.Kichik guruhda
ishlash bilan tanishtiradi, Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi 10.Guruhlarda ishlarni
boshlashga ruhsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini
tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi .Bajarish jarayonini
kuzatadi, maslahatlar beradi;
11.Ishga ajratilgan vaqt tugaganligini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil
etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savol berishlarini,shu bilan birga
o‘zaro bir-birlari bilan bahslashishlarini eslatadi. Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha
xulosalar qiladi;
12.Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi. 13.Mavzuni har bir qismi bo‘yicha
xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga
qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy mashg’ulotlaridagi ahamiyati bilan
bog‘lab mavzuni yakunlaydi;
O ‘quv so`z va iboralar: Induktiv-keltirib chiqarish , hulosa chiqarishga asoslangan
mantiqiy bilish metodi,tafakkur formasi. Deduktiv-umumiydan yakkaga qarab borish
yo‘ki bir qancha ma’lum umumiy hukmlardan yangi yakka bir hukm keltirib
chiqarishdan iborat xulosa chiqarish turi mantigiy tafakkur formasi. Abstraksiyalash-
narsa va xodisalarning ayrim belgi va sifati yo‘ki hususiyatini fikran ulardan ajratib
olib ,uni mustaqil fikr ob’ektiga aylantirishdan iborat aqliy operatsiya. Maktabgacha
ta’lim bola 6-7 yoshga yetguncha davlat va nodavlat ta’lim muasasalarida xamda
oilalarda amalga oshiriladi. Aqliy kamolot bu yoshning o‘sib, tajribaning boyib borishi
31
munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliymashg’ulotndai ro‘y
beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarining majmuasidir. Bolalarning 6-7 yoshdan
boshlab maktabga o‘qishga o‘tishi munosabati bilan ularni maktab ta’limini
tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada bolishini ta’minlash tarbiyachining
javobgarligini yanada oshiradi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosi
psixologik nuqtai nazardan quyidagi masalalarni o`z ichiga oladi: Tushunchaning
tuzilishi va shaklining paydo bo`lishi; Tushunchalarni shakllantirish uchun aqliy
harakatlar va aqliymashg’ulot yo`llarini, usullarini rivojlantirish. Psixologik,
pedagogik tadqiqotlarni ko`rib chiqib shunday xulosa qilish mumkinki, bolalarda
matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi rahbarligida , maqsadli tashkil
qilinganmashg’ulot jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi rahbarligida ta`lim
jarayonida umumlashtirish, fikrlash, mantiqiy bog`lash,bilimlari rivojlanadi va bu
pedagogik jarayonda o`z aksini topadi. Fan-texnikani va hayotning zamonaviy
rivojlanish darajasi maktabgacha ta`lim oldiga o`sib kelayotgan yosh avlodlarga
ta`lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz takomillashtirish vazifasini qo`yadi.
Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali tarbiyachilar bilan mashg`ulotlarni
tashkil etish yo`llari, shakllari hamda uslublarini , bilim va ko`nikmalar sifatini
ko`tarish ishlari amalga oshirishmoqda. Ta`lim-tarbiya sifatini ko`tarish talablarini
qo`yayotganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha
ta`lim faqatgina anuq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o`zlashtirilgan
bilimlar olingan natijalar asosida bolalarga matematik tushunchalarni rivojlantirilishi
lozimdir. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablari “Talim to‘g‘risida”gi Qonun , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son ”2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar
mahkamasining 2017-yil 21- noyabrdagi 929-son ”O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risida”gi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim
muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish
instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.Ushbu hujjat
32
birinchi navbatda oilaga bolaning to‘laqonli rivojlanishida ta’lim –tarbiyasida, uni
maktabda ta’lim olishiga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining
maqsadi maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar,
maktabgacha ta’lim muassalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda
barcha bolalarning teng huquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq
etishga yo‘naltirilgan. Bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan.Davlat talablari ularning
rivojlanishiga:
1 Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; 2
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3 Nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalari;
4 Bilish jarayonining rivojlanishi;
5. Ijodiy rivojlanish yonalishlari orqali belgilab berilgan. Bu beshta yirk soha kichik
sohalarga bo`linib ,birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.Xar bir
bolalarning rivojlanishiga qo‘yilgan talab, talabni egallash uchun bolalar qilishlari
kerakligini ko‘rsatuvchi komponentlar,indicator (talabni indicator belgilaydi),
ta’limga yondashuv va talabni egallashga yo‘naltirish maqsadida uy yoki MTT amaliy
mashg’ulot turlari va bola havfsiz muhitni tashkil etishga oid tavsiyalar bilan berilgan.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar
tomonidan tog‘ri tashkil etilishi, ma’sul shaxslar tomonidan uni nazorat qilinishining
afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola
tarbiyasi
bilan
shug‘ullanishi
uchun
qulaylik
yaratish
maqsadida”
Ilk
qadam”o‘quvdasturi ishlab chiqildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv
dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-
huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari,
o‘quvtarbiyaviymashg’ulotning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning
ta’limning keying bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Davlat
o‘quv dasturi 7 bobdan iborat. Dastur uchta asosiy bo‘limni qamrab oladi: -maqsadli
33
- bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini
o‘z ichiga oladigan bo‘lim; mazmunli - bu dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi
va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim; tashkiliy – bu
dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar
va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar,
rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim. ”Bolalarning matematik
tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” fani mazmun jihatdan
dasturning ” Bilish jarayonining rivojlanishi” tarkibiga kiradi. Maktabgacha ta’limi
yoshida bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilim jarayonlari
takominlashadi, bola eng oddiy aqliymashg’ulot usullarini egallab oladi. Maktabgacha
talim yosh bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularning kelajakdagi
butunmashg’uloti uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kelgusida bolalarning
maktabda o‘zlashtirishilari lozim bo‘lgan natural son, geometrik figura, miqdor va
boshqa tushunchalari abstract (mavxum)dir ammo ular real borliqdagi predmetlarga
xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradi. Bolalarning real
predmetlarning miqdoriy va fazoviy hususiyatlari va munosabatlari xaqidagi
tasavvurlari qanchalik boy bo‘lsa, keyinchalik ularning bu tasavvurlardan
umumlashtirish va abstraklashtirish yo‘li bilan matematik tushunchalarga o‘tishi
shunchalik oson bo‘ladi. “Matematika” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib
«matema» ya’ni ilm-fan degan ma’noni bildiradi. Ta’lim oluvchilarga rivojlanishning
ilk pog‘onalarida matematik tushunchalarning kelib chiqish tarixini “Qanday?”
diagrammasini to‘ldirish orqali tushuntirish. Nima uchun qadimgi odamlarga
matematik bilimlar kerak bo‘lgan, ular sanash malakalarini qanday o‘rganganlar?
Uzoq o‘tmishda odamlar juda kam bo‘lishgan, cho‘lu biyobonlar, o‘t-o‘lanlar
ko‘po‘sgan joylarda kam miqdordagi podachilar qabilalari yashar edilar. Har safar
mollar o‘t-o‘lanlarni eb, maysazorlarni toptab tashlaganlaridan so‘ng podachilar
qabilasi boshqa, o‘t-o‘lanlar o‘sib yotgan erga ko‘chib borardilar. Odamlar uyni
asosan mol terisidan qurib uni Palatka yoki yurta deb atardilar. Bunday usulda qurilgan
uyni bemalol bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib yurish mumkin edi. Yurta va
34
palatkalarni daryoga yaqin, unumli erlarga qurib, u erda bemalol dexqonchilik ishlari
bilan ham shug‘ullanishlari mumkin edi. Shundan so‘ng odamlar orasida yer egalari
paydo bo‘la boshladi. Yer egalari o‘z oilasi va ularga tegishli bo‘lgan xalq bilan
ma’lum bir joyda yashash jarayonida qabilalar hosil bo‘lgan. Keyinchalik qabilalardan
qishloqlar, qishloqlardan shaharlar paydo bo‘lgan. Yahshi hosil olish albatta oson
bo‘lmagan ,uning uchun yerga keraklicha ishlov berilgan, o‘z vaqtida donni ekish,
keraksiz o‘tlardan tozalash, suv quyish, sug‘orish kerak bo‘lgan. Yer egalari oldida
polizlarga daryodan suv olib kelish uchun kanallar qazdirish, agar poliz balandlikda
joylashgan bo‘lsa unda suvni yuqoriga olib chiqish masalalari turgan. Yani bunda er
egalari bu muammolarni hal qilish uchun boshlarini ancha qotirishga to‘g‘ri kelgan.
Podachi esa xar kuni qo‘ylarini yaylovga olib chiqaradi, qaytayotganda ham
hammasini toliq qaytarib olib kelishi kerak, lekin u sanashni bilmaydi. Qo‘y, mollar
soni esa kamayib borar edi. Shundan so‘ng podachi xar kuni qo‘ylarni qo‘yhonadan
chiqara turib, xar birini chiqarganda arqonga bitta tugun tuggan. Qo‘ylarni soni qancha
bo‘lsa tugunlar shuncha bo‘lgan, qaytgach esa har bir qo‘yni qo‘yhonaga kirgizganda
arqondagi 152 bitta tugunni yechgan. Shunday qilib teng kuchga ega bo‘lgan kam yoki
ko‘plikni xosil qilingan. Rivojlanishning ilk pog‘onalarida odamlar sanashni
bilishmagan. Bir qancha predmetlarni ular “ko‘p” tushunchasi bilan ifodalashgan. Bu
ham sanoq emas edi. Bir qancha o‘xhshash pretmedlarni ajratish, taqqoslash natijasida
“to‘rt”, “besh”, “olti”, “etti”, tushunchalari kirib bordi. Oxirgi so‘z “yetti” ko‘p
tushunchasi ko‘p vaqt saqlanib turgan. Odamlar sanashni asta-sekinlik bilan o‘rgana
boshlashgan, ularni o‘qituvchisi esa hayotning o‘zi bo‘lgan. Qadimgi odamlar ovqatni
‘o‘zlariga asosan ovchilik yo‘li bilan topishgan. Bizon, bug‘ularga butun qabila bo‘lib
ov qilishardi, agar ular ozchilik bo‘lishsa o‘ljani tutisha olmasdilar. Ular orasida yoshi
ulug‘ , tajribaliroq ovchi qolganlarga rahbarlik qilgan. O‘lja qochib ketmasligi uchun
uni qurshovga olish kerak edi. Taxminan besh kishi o‘ljani o‘ng tomonidan, etti kishi
orqasidan, to‘rt kishi chap tomonidan o‘rab olib tutishi, bunda esa sanoqsiz hech iloji
yo‘q edi. Ovchilar boshlig‘i kim qaerda, necha kishilashib turishini taqsimlab berar
edi. Ular besh yoki etti sonini bilmasa ham lekin kerakli miqdorni barmoqlari bilan
35
ko‘rsatib bera olardilar. Xuddi qo‘limdagi besh barmog‘imdek bilaman degan gap ana
shu davrdan bizgacha yetib kelgan bo‘lsa ajab emas. Masalan 5 soni o‘rniga ular
“qo‘l”, 10 soni o‘rniga ikkita qo‘l deyishardi. Agar 20 soni aytilsa ularning qo‘l
barmoqlari yoniga yana oyoq barmoqlari ham qo‘shiladi. 1935 yillarda Chukotkada
yashovchi xalq ham qo‘l barmoqlari yordamida sanashgan ekan. Bir kuni yozuvchi
Semushkin Chukotkaga boribdi. U kerakli manzilga etib borguncha qadar yo‘lda
bug‘ular to‘dasini ko‘ribdi. Ularni sanab ko‘rsa ular 128 ta ekan. Semushkin bug‘ular
egasi bilan uchrashib bug‘ularni sonini so‘raganida u: - “Men ularni sanamaganman.
Agar bitta bug‘u to‘dadan yo‘qolib qolsa ko‘zlarim bilan chamalab bilaman” – debdi.
So‘ng mehmonga yarangaga borib, uni poylab o‘tirishini ungacha bug‘ular egasi
bug‘ular sonini bilib borishini aytibti. - “Biz yarangada ozgina tammadi qilib bo‘lib,
do‘stlarim bilan suxbatlashib o‘tirgan edik, ikki soatlardan so‘ng bug‘ular egasi kirib
to‘dadagi bug‘ular soni 128 ta ekanligini aytdi”. Men unga – “balki sen
yanglishgandirsan” dedim. So‘ng yana bir bor bug‘ularni sanash uchun xisobchi
chaqirtirildi. Xisobchi sanash uchun o‘zining oila a’zolarini va qo‘shni yarangadan
yana ikki kishini chaqirib o‘zini, oila a’zolarini va ikkita qo‘shnini qo‘l va oyoqlaridan
foydalanib bug‘ular miqdorini aniqladi. Shunday qilib qadimgi odamlar ularga tabiat
in’om etgan qo‘l va oyoq barmoqlaridan foydalanib sanashni o‘rganishgan.
Rivojlanishning ilk pog‘onalarida odamlar sanashni bilishmagan. Bir qancha
predmetlarni ular "ko‘p" tushunchasi bilan ifodalashgan. Bu ham sanoq emas edi. Bir
qancha o‘xshash predmetlarni ajratish, taqqoslash natijasida "to‘rt", "besh", "olti",
"etti" tushunchalari kirib bordi. Oxirgi so‘z "yetti" ko‘p tushunchasi ko‘p vaqt saqlanib
turgan. Ana shu davrda bizgacha "Yetti o‘lchab bir kes" maqoli saqlanib kelgan.
Xo‘jalik ishlarida ba’zi bir qiyinchiliklar tug‘ilishi natijasida sanoq me’yori ancha
kengaydi. Buning uchun odam qurshab turgan predmetlardan foydalana boshladi, u
153 yog‘ochlarga bolta bilan urib belgi qilar, arqonda tuguncha bog‘lar, tosharni
to‘plam qilib jamlab sanar e'dilar. Bunda odam barmoqlari alohida o‘rin tutar e'di.
Bunday qurol sanoq hisobini uzoq vaqtgacha saqlar, har doim yonda va harakatda e'di.
Qadimgi odamlar nutqi uncha boy e'mas, so‘z bilan tushuntirolmagan narsasini qo‘l
36
harakati bilan tushuntirar (huddi biz buni tilimizni tushunmagan odam bilan qo‘l
harakatlari bilan gaplashgandek) edi. Tabiiyki barmoqlar 10 ta ekan keyinchalik 10
soni "ko‘p" mazmunini anglatar, boshqa halqlarda 5 raqami chunki 1 ta qo‘lda 5 ta
barmoq bor, keyin 20 raqami ya’ni qo‘l va oyoq barmoqlaridan foydalangan holda
sanashni boshlaganlar. Rivojlanishning ilk pog‘onalarida sanoq sekin rivojlangan,
avval odamlar bir necha o‘nliklarni keyinroq yuzliklar bilan sanashgan. Juda
qadimdan odamlar, hayvonlar, o‘simliklar (sabzavot va mevalarni) uy-ruzgor
buymlarni sanash natijasida e'sa son kelib chiqqan. XXI asr - ilk tehnikani taraqqiy
e'tgan asridir. Biror 1 fanni taraqqiy e'tganini oliy matematikasiz ko‘z oldimizga
keltirib bo‘lmaydi. Odamlar ilgari barmoq tayoqchalarda sanagan bo‘lsalar, e'ndi
e'lektron hisoblash mashinasidan - komp'yuterlarda hisoblashmoqda. Ilk fanni bunday
tez taraqqiy e'tishi har 1 insonni ongi yuksakligini bildiradi. O‘sib kelayotgan yosh
avlodni barkamol har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda butun O‘zbekiston
jamoatchiligini oldiga ulkan vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifalarni amalga oshirish butun
O‘zbekiston pedagoglar, tarbiyachilar zimmasiga yuklatildi. Inson xamisha
dunyoning sir-sinoatlarini anglab yetishga intiladi. O‘zicha nimalarnidir yaratadi:
quradi, buzadi. Ularning mukammallik darajasi esa yaratuvchi inson ilmiga suyanadi.
Ilmning kuchi olamshumul kashfiyotlar zamirida bo‘y ko‘rsatib turibdi. Buni ko‘rish
uchun kundalikmashg’ulotimizga aylanib ulgurgan televizoru, kompyuterlar,
mashinalaru samolyotlardan tortib, oddiy texnika ixtirolarigacha kuzatish kifoya. Bu
kabi mo‘jizalarning zamirida esa, shak-shubhasiz, ilmlarning shoxi bo‘lmish
matematikaning hissasi bor. Ayni paytda xayotimizni matematikadan ayri holda
tasavvur etishimiz mushkul. U aqlni tarbiyalab, hayotdagi mavjud xodisa va
jarayonlarni mantiqiy mushohadalar asosida tahlil qilishni o‘rgatadi. Xayotda duch
keladigan ayrim muammoli masalalarni to‘g‘ri va aniq yechishni talab qiladi. Mana
shu xulosalar haqiqat qonunlarini yaratadi, xodisalarning matematik modellarini
ifodalaydi. Haqiqatga esa osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. Bundan tashqari,
matematika fanini zinapoyaga qiyos qilish mumkin. Pillapoyaning oldingi qismini
bosmay turib keyingisiga o‘tish oson bo‘lmaganidek, matematikaning dastlabki
37
mavzularini anglamay turib, keyingisini o‘rganib bo‘lmaydi. Matematika bir butun,
yaxlit fan. Unda xamma tushuncha, teoremalar uzluksiz va ketma-ketdir. Aslida, inson
tug‘ilgandan to bu dunyoni tark etgunicha matematik qonuniyatlar ichida hayot
kechiradi. Buning eng sodda isboti mehnatiga yarasha xaq olishidadir. Ya'ni, siz
bajargan ishda sarf qilgan kuchingiz, vaqtingiz, ilmingiz qiymatini beradigan miqdor
bor. Siz qaysi kasb vakili bo‘lishingizdan qat'i nazar, matematikaga yuzlanmasdan
ilojingiz yoq. Iqtisodchi foydaning ulushini aniqlash uchun matematik formulalarga
tayanadi. Tabib bemorining kasalini aniqlash mobaynida uning qaytalanish davrini,
oldingi holatlar 154 bo‘yicha davolanish muddatini o‘rganadi. Dorilarni qancha
miqdorda iste'mol qilish kerakligi ham aynan matematik qonuniyatdir. Dehqon
bozorga olib kelgan mahsulotini yil mobaynida yetishtirgan bo‘ladi. Unga qancha
mehnatiyu sarf-xarajat ketgani maxsulotining narxini belgilashda yordam beradi.
Matematikada mantiqiy fikrlashni o‘rgangan inson, uni hayotning xohlagan soxasida
qo‘llay oladi.
lk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari
“Talim to‘g‘risida”gi Qonun , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son ”2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar mahkamasining
2017-yil 21- noyabrdagi 929-son ”O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi to‘g‘risida”gi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti ustavini
tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.Ushbu hujjat birinchi navbatda
oilaga bolaning to‘laqonli rivojlanishida ta’lim –tarbiyasida, uni maktabda ta’lim
olishiga samarali tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablarining maqsadi maktabgacha
ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim
muassalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan holda barcha bolalarning teng
huquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishgayo‘naltirilgan.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni bilim darajasini ko‘tarish uchun avvalo
38
pedagoglar kasb salohiyatini oshirish, ta'lim jarayoni mazmuni va sifatini
takomillashtirish, ota-onalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini jonlantirish zarur.
Maktabgacha yoshdanoq bolalarda tegishli hajmda bilim, ko‘nikma, malakalari hosil
qilinadi. - quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya; -interfaol o‘yin
shaklidagi ingliz tilimashg’uloti; -mental arfimetika va matematik hisob asoslari; -
yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaxarlar haqidagi
ko‘rsatuvlar. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018
yil 7 iyuldagi 4-sonli hay'at yig‘ilishi qarori bilan “Ilk qadam” O‘quv dasturi
tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan. Maskur o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasidagi ilk va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni ta'lim olishida
qo‘llanilsin deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi
ta’lim muassasalarida:
-davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
-maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
-maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
-maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida
-ushbu davlat o ‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Maktabgacha
ta'lim
tashkilotining
davlat
o‘quv
dasturi
O‘zbekiston
Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan
Davlat talablariga muvofiq 1. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablari”va ”Ilk qadam” davlat dasturining mazmun-mohiyati,
asosiy soha va kichik sohalari. 2 ”Ilk qadam” davlato‘quv dasturi tarkibi haqida
tushuncha 3. „Ilm yo‘li“ variativ dasturi haqida tushuncha. 159 ishlab chiqilgan
me'yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta'lim tashkilotsining maqsad va
vazifalari, o‘quv-tarbiyaviymashg’ulotning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek,
bolaning ta'limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari
belgilangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim
masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni
39
o‘zlashtirishi, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan
bog‘liq bo‘lganmashg’ulot usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaningmashg’ulot va axloq sub'ekti sifatidagi
yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va
qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i
nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi
(6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari: Kommunikativ kompetensiya
– muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. - O ‘yin
kompetensiyasi – bolaning o ‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va
ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
- Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish
mahorati. - Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quvva amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish. Shuni yoddatutishlozimki,o‘yin-ta'limmashg’uloti kunduzgi
uyquni hisobga olmaganda kamida 38% ni, bolalarning ochiq havoda bo‘lishi kamida
38% ni, mustaqil ‘yinmashg’uloti kamida 24% ni, sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish (sanitariya-gigienako‘nikmalari) kamida 20% ni, ota onalarni bolalar
rivoji taraqqiyoti to‘g‘risida xabardor qilishkamida 3% ni tashkiletadi. Bolaning
kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: - jismoniy
rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy rivojlanish; -
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; - bilish jarayonining rivojlanishi; - ijodiy
rivojlanish. «Ilk qadam» o‘quv dasturining asosiy maqsadi hayoti davomida uzluksiz
rivojlanishga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish. Ushbu zamonaviy pedagogik
tizimning asosiy o‘ziga xosligi bolalardao‘qishga qiziqish uyg‘otish hisoblanadi. Bu
esa bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqtirishga alohida e’tibor berish kerak deganidir.
Ushbu jarayon davlatning yangi talablariga asoslanadi. U bola rivojlanishining beshta
asosiy yo‘nalishini qamrab oladi: – Jismonay rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish; – Ijtimoiy-hissiy rivojlanish – Nutq,muloqot, o‘qish va yozish