Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi
Yuklangan vaqt
2024-12-12
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
46,1 KB
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi
Reja:
1. Jismoniy tarbiya tushunchasi
2. MTT da bolalarning jismoniy rivojlanishiga qo’yiladigan talablar
3. MTTda jismoniy tarbiya berish usullari.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu – bola jismoniy
tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy
tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o’rganish predmetiga
ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va
shunga
muvofiq bolaning ta’lim
va
tarbiya
jarayonidagi rivojlanishini
boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi. Bolalar jismoniy
tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o’rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy
tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning
mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali
vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib
beradi. Solom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o’z
harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini
sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o’qishga
hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini
shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari
sifatidagi
alohida
ahamiyatini
belgilab
beruvchi
muhim
vazifasi
hisoblanadi.Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o’z ichiga oladi:
organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar,
ko’rgazmali harakat, ko’rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun
turuvchi faoliyat turining o’ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan boliq ravishda
bola psixikasida muhim o’zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish
bosqichiga o’tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya
nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda
amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya
nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini
o’rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi
ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko’nikma va malakalari, jismoniy
sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko’zda tutadi. Ularni o’zlashtirish bolalarni
maktabda o’qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini
beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim
komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi
vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning
turli shakllarida (mashulotlar, harakatli o’yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.)
tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o’z yosh imkoniyatlariga ko’ra ongli harakat
qiladigan, harakat ko’nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda
mo’ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan,
ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi. Bolalarni jismoniy
tarbiyalash nazariyasi to’xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli
tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar
hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan
o’tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o’quv qo’llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va
bolalarbilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta’limtarbiya
jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi
bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini
takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha
ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni solom
va baquvvat qilib o’stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to’ri
tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning solomlashtirish
vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo’lib, bola hayotini
muhofaza qilish, uning soliini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo’li bilan
o’zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat.
Bola organizmining rivojlanishi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgani sababli, uning
vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va o’z vaqtida
qotishiga orqa umurtqadagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi
rivojlanishiga, pay-bo’im apparatlarni pishitishga yordam ko’rsatiladi. Tana
qismlarining (proporsiyalar) to’ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklar o’sishi va vaznini
bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish (tana,
oyoq, qo’l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo’yin, ko’z, ichki organlar -
yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif rivojlangan
bukuvchi muskullar guruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Yurak-
qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish,
ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarishi ritmini yaxshilash va
to’satdan o’zgaradigan yuklamaga moslashish qobilyatini rivojlantirish; ko’krak
qafasi hatakatchanligini o’stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga,
o’pka siimini oshirishga yordam ber ish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki
organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to’ri ishlashiga
yordamlashish; termoregulatsiya funksiyasiningto’ri rivojlanishiga ko’maklashish.
Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qo’zalish va tormozlanish,
ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat
analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. Ta’limiy vazifalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni
hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko’nikma va malakalarini
shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat,
ko’z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o’stirish, to’ri qaddi-qomat, gigiyena
ko’nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish.
Bolalar asab tizimining plastikligi tufayli ularda harakat ko’nikmalari nisbatan
yengil shakllanadi. Ularning ko’pchiligidan (emaklash, yurish, chanida yurish,
velosipedda sayr qilish va boshqalar) kundalik hayotda harakat vositasi sifatida
foydalaniladi. Harakat ko’nikmalari tashqi muhit bilan aloqani osonlashtiradi va uni
bilishga yordam beradi: bola emaklab o’zini qiziqtirgan narsalarga yaqinlashadi va
ular bilan tanishadi; velosipedda sayr qila oladigan bolalar qor, shamollarni oson
idrok etadilar; suzish choida esa bolalar suvning xossalari bilan tanishadilar.
Jismoniy tarbiya mashqlarini to’ri bajarish muskullar, paylar, bo’imlar, suyak
tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Mustahkam shakllangan harakat
ko’nikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash
va o’yin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli
vazifalarni olishga yo’naltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan
harakat ko’nikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin bo’lib
xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi.
Bolalarda harakat ko’nikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq
harakatlar va bu harakatlarni o’z ichigaoluvchi turli faoliyat turlarini osongina
egallash qobiliyati hosil qilinadi. Yosh guruhlarga oid harakat ko’nikmalarining
hajmi dasturda berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-
rivojlantiruvchi
mashqlar,
asosiy
harakatlar,
sport
mashqlarini
bajarish
ko’nikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport o’yinlariga
(Badminton, stol tennisi) va sport o’yinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol,
voleybol)ni bajarishga o’rgatish zarur. Harakat ko’nikmalari hajmi maktabgacha
ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi,
tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni, o’tirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-
qomatni to’ri tutish ko’nikmalariga o’rgatish muhim. Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy
gigiyenaning boshlanich ko’nikmalari (qo’l yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni
yaxshi tutish, o’yinchoqlar, jismoniy inventarlari, xona va hokazolarni toza tutish)
ko’nikmalarini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga mashulotlarning foydasi haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va
texnikasi, ularni o’tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o’yinlar va hokazolar
haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda
qismlarning nomini, harakat yo’nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga,
chapga, to’la aylanish va boshqalar), jismoniy inventarlarning nomini, ularni
saqlash, kiyim, poyabzallardan to’ri foydalanish va ularga qarash qoidasini bilishlari
lozim. Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda ongli va to’laqonli
shuullanish, maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi jismoniy tarbiya vositalaridan
mustaqil foydalanish imkonini beradi. Jismoniy mashqlar bilan shuullanish
jarayonida tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi
bilimlarni mustahkamlash zarur.
Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya
qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shuullanish ehtiyojini hosil qilish
bu mashqlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil shuullanish
malakalarini rivojlantirish, ularni o’z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan
o’tkazish. Bolalarda sport mashulotlariga muhabbat, ularning natijalariga,
sportchilarning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya
jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta
imkoniyatlari mavjud. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijobiy
xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, ko’ngilchanlik va hokazo) va
axloqiy fazilatlari – halollik, haqqoniylik, o’rtoqlik hissi, o’zaro yordam, jamoada
shuullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan
— botirlik, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen- gishda sabotlilik,
chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uc- hun juda qulay sharoit yaratiladi.
To’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy o’si shiga yordam beradi,
chunki asab tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay
sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi.
Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol va boshqalar),
shuningdek,
tafakkur
jarayonlari
(kuzatish,
taqqoslash,
analiz,
sintez,
umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi. Bolalarda harakat faoliyati sohasida
olingan bilim va ko’- nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik va
topqirlik ko’rsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbiyalash zarur.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash,
shuningdek, salbiy ruhiy holatni tezda yengib o’tish malakasini rivojlantirish juda
muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emotsiyalar barcha organlar va
organizm tizimlari ishiga yaxshi ta’sir qiladi, harakat ko’nikmalarining tez va
barqaror shakllanishini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi.
Mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni his qilish va idrok etish, go’zallikni,
harakatlarning ifodaliligini, qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport inventarlari,
tevarakatrofning go’zalligini tushunish va to’ri baholay olish qobiliyatini
rivojlantirish; estetik jihatdan ma’qul xulqqa intilishni, faoliyat, so’z va xatti-
harakatda qo’pollikka murosasiz bo’lishni tarbiyalash lozim. Mehnat tarbiyasi ham
jismoniy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bolalar solii mustahkamlanadi,
harakat ko’ nikmalari shakllanadi, mehnat qilish uchun zarur bo’lgan jismoniy
fazilatlar rivojlanadi. Bolalar binoni, maydonchani jihozlash (sakrash uchun qum
to’ldirilgan o’ralar, qor uyumlari), jismoniy tarbiya inventarini yasash va ta’mirlash
(uloqtirish uchun qopchalar tikish, ni t honlarni bo’yash va hokazo), sport kiyimlari,
poyabzalini saqlash, ularga qarash, bino va uchastkani mashulotga tayyorlash
(uchastkani qordan tozalash, to’kilgan barglarni yiib olish, maydonchaga suv quyish
va hokazo) jismoniy tarbiya mashulotlarida jismoniy inventarlar, atributlar,
o’yinchoqlarni yiib olish va joy-joyiga qo’yish bilan boliq mehnat ko’nikmalarini
egallaydilar. Bundan tashqari bolalar jismoniy inventarlarni saqlashga oid mehnat
ko’nikmalarini hosil qiladilar: gimnastika devori, skameykasi, doska, to’p, tayoqlar,
chambarak va boshqalardagi changni artadilar; foydalangan velosipedni changdan
tozalab, o’z o’rniga qo’yadilar. Bolalarda o’z-o’ziga xizmat qilish (kiyim- boshni,
poyabzalni o’zi kiyish va yechish), shuningdek, chiniqish va hokazo mashulotlarini
o’tkazishda tarbiyachiga yordam lashishga intilish ko’nikmalari shakllanadi.
Mashulotlar vaqtida bolalarda kattalar va tengdoshlari mehnatiga hurmat hissini
tarbiyalash zarur. Bolalarda maktabgacha yoshdanoq ularning mehnatga
tayyorlanishlarida jismoniy tarbiyaning rolini tushunishini shakllantirish muhimdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayoni solomlashtirish,
ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari kompleks ravishda hal etish tarzida qurilishi zarur.
Jismoniy tarbiya jismoniy mehnat jarayonida vujudga keladi, ya’ni mehnat
bilan birga amalga oshadi. Ibtidoiy jamiyatda uning hamma a’zolari qaysi yoshda
bo’lishidan qat’iy nazar mehnat qilishlari kerak bo’lgan. Bolalar va o’smirlar
kattalarning ov qilish vaqtidagi faoliyatlarini kuzatib borib, o’z tajribalarini oshirib
borganlar. Jismoniy tarbiya gohida o’yinlar, gohida maxsus mashqlar sifatida amalga
oshirilgan. U hamma uchun bir xilda teng olib borilgan, bunda tarbiya masalalarini
katta yoshdagilar o’z zimmalariga olganlar. Bu davrda jismoniy tarbiyaning
rivojlanishida urf-odatlar, turli xil o’yinlar, raqslarning tarbiyaga ta’siri katta
bo’lgan. Ibtidoiy tuzumning tugallanishi arafasida ibtidoiy tuzum o’rniga sinfiy
jamiyat (quldorlik) vujudga keldi. Bu esa shaxsiy mulkchilikning rivojlanishiga yo’l
ochib berdi. Jamiyatda o’zaro urush, yerlarni bosib olish va u yerda yashovchi
aholini qullarga aylantirish kuchayib ketib, natijada dastlabki armiyaning
shakllanishiga sharoit yaratib berdi. Armiyaning vujudga kelishi harbiy-jismoniy
tayyorgarlikka bo’lgan talabning oshithiga, armiyada jismoniy madaniyatning
tubdan o’zgarishiga olib keldi. Qadimgi Yunonistondagi Fales, Pitak, Solen, Biant,
Xilen, ikki daryo oraliida joylashgan mamlakatlardan Abu Muslim, Muqanna,
To’maris, Spitamen, Temur Malik, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi va uning
bahodir safdoshlariaqliy, jismoniy, axloqiy jihatdan yetuk barkamol insonlar edilar.
Ular mohir jangchi, kurashchi, chavandoz, qilichboz, nayza otish san’atini
mukammal egallagan davlat arboblari bo’lib yetishganlar. Jismoniy tarbiya
feodalizm va kapitalizm tuzumlarida ham rivojlanib, shakllanib bordi. Bolalarni
yoshlik davridan boshlab sportga jalb etish, sport jamiyatlari tuzish, turli xil sport
o’yinlari, musobaqalar tashkil etila boshlandi. O’zbekistonda ham sport va jismoniy
tarbiyaning rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Sharq mutafakkirlarining
konseptual-metodologik merosidan, xalq pedagogikasi an’analaridan diniy tarbiya
jarayonida xalqimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Firdavsiy, Alisher
Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulubek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa
allomalarning jismoniy tarbiyaga oid hozir ham o’z qimmatini yo’qotmagan va ilmiy
asarlardan samarali foydalanib kelgan. Chunonchi, tibbiy olamning sultoni Abu Ali
ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar bilan muntazam
ravishda shuullangan odam hech qachon davolanishga muhtoj bo’lmaydi”, – deb
aytgan. Sohibqiron Amir Temur o’z “Tuzuklari”da shunday deydi: “Qo’shin
tarkibiga yosh navkarlar olishda 3 qoidaga amal qilindi: Bitinchisi – solom va
baquvvat bo’lishi, ikkinchisi – qilichdan mohirona foydalanishi, uchinchisi – aql-
zakovatiga va barkamolligiga”. Ulu munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulubekning
pedagogik qarashlari diqqatga sazovordir. Uning “Farzandingiz solom va baquvvat
bo’lib o’sishini istasangiz, uni kichik yoshdan jismoniy mashqlar bilan
shuullantiring va chiniqtiring”, degan so’zlarining ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi
davrda O’zbekistonda va rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport yuqori
rivojlanish darajasiga ko’tarilgan. O’zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish
maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarida, o’rta maxsus va oliy
o’quv yurtlarida, maxsus sport ta’lim muassasalarining o’quv rejalariga fan sifatida
kiritilib, o’qitiladi.
O’zbekistonda sportni rivojlantirish borasida, ayniqsa, yoshlar orasida jismoniy
tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlarni jismonan solom va baquvvat, ma’nan
barkamol avlod bo’lib yetishtirish, aholining turmush darajasi va soliini
mustahkamlash, sport maydonchalari va shaharchalari, sport inshootlari qurish,
xalqaro musobaqalar tashkil etish borasida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sportni rivojlantirish va tarib qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan
biriga aylantirildi. Jumladan, Respublikamizda 1993-yil 4-mart kuni “Solom avlod
uchun” ordeni ta’sis etildi, 1995-yil 13-aprelda “Solom avlod uchun” oynomasi,
1998-yilda “O’zbekiston iftixorlari” unvoni ta’sis etildi, 2000-yil – “Solom avlod
yili”, 2001-yil “Ona va bola yili”, 2002-yilning 24-oktabrida “O’zbekistonda bolalar
sportini rivojlantirish jamarmasini tuzish” to’risida farmon qabul qilindi. 2005-yil –
“Sihat-salomatlik yili”, 2008-yil – “Yoshlar yili”, 2010-yil – “Barkamol avlod yili”,
2012-yil – “Mustahkam oila yili”, 2013-yil – “Obod turmush yili”, 2014-yil –
“Solom bola yili”, 2016 – yil “Solom ona va solom bola” yili deb e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasida sportga berilayotgan yuqori e’tibor natijasida jahon
miqyosida yuqori natijalarga erishgan Muhammadqodir Abdullayev, Artur
Grigoryan, Lazizbek Zokirov, Timur Tulyakov, Shuhrat Xojayev, Lina Chiryazova,
Olmos Yusupov, Abbos Atoyev, Rishod Sobirov, Ruslan Nuritdinov singari elga
manzur va mashhur sportchilar yetishib chiqdilar. Xususan sportchilarimiz 2016-yili
Braziliyada o’tgan Olimpiya o’yinlarida 13 ta, Paralimpiya o’yinlarida 31 ta medalga
sazavvor bo’lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni harakatga o’rgatish tarbiyachining
bevosita rahbarligi hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida
amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o’rgatishda bolaning anglash, irodaviy va
emotsional kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat ko’nikmalari
shakllanadi. Harakatlarga o’rgatish bola ichki dunyosi his- tuyusi, tafakkuri, asta-
sekin shakllanadigan dunyoqarashi, axloqiy fazilatlariga; bolalar tomonidan
bajariladigan, salomatlik va umum-jismoniy rivojlanish uchun foydali bo’lgan
harakat faoliyatiga maqsadga yo’nalgan tarzda ta’sir etadi. Ta’lim mazmunini
muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari asosida tanlangan jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar tashkil etadi. Ta’lim
jarayonida kattalar bolalarga maqsadga yo’naltirilgan faoliyatning tajribasini beradi.
Uning mazmuniga rivojlanish va takomillashishiga xizmat qiluvchi harakatlarni
egallash tajribasi ham kiradi. 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda
ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda zarur, bolaning ongli harakat
faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar; bolani harakatlarga o’rgatuvchi faoliyat
metodlari, faoliyat va ularni amalga oshirishning malaka va ko’nikmalari haqidagi
bilimlar birligi ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda tarkibiy qismlarni tashkil
etadi. Qismlardan biri ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi. Bolalikdan mustaqil
fikrlashga
o’rgatilmagan
va
hamma
narsani
tayyor
berilgandan
so’ng
o’zlashtiradigan kishi unga tabiat tomonidan berilgan sifatlarni namoyonqila
olmaydi. Shuning uchun jamiyat yosh avlodning ijodiy faoliyatga o’rganishiga
tamoman befarq qarab turolmaydi. Harakat faoliyatini tarbiyalash jarayonida kattalar
(otaonalar, tarbiyachilar) bolalar rivojlanishining psixofiziologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda, ular oldiga yangi harakat vazifalarini qo’yadilar. 2. Bolaning
mashqlar jarayonida yangi harakat vazifalarini tobora hal eta borishi va shu bilan
boliq ravishda vujudga keladigan katta imkoniyatlar harakatlar xarakteri va sifatini
o’zgartiradi. Bu yosh davri uchun juda xarakterli bo’lgan narsa yangi mashqlarga
o’rgatish jarayonida go’yo bir aylanib yangicha sifat kasb etadi. Chunonchi,
bolaning yurishi dastlabki paytda va ikkinchi yilning oxirida butunlay farq qiladi. Bu
hodisani yangilikning eski narsani diakktik inkori, barcha rivojlanishning va
ziddiyatlarni hal etishning obyektiv sharti, harakatlanuvchi omil sifatida ko’rsatish
mumkin. Har bir sohada rivojlantirish o’zidan oldingi yashash shakllarini inkor
etmasdan kechishi mumkin emas. Bunday murakkab rivojlanish jarayoni tashqi va
ichki sharoitning o’zaro aloqadorligida to’xtovsiz kechadi. Qiyinchiliklarni yengish
va yangi vazifalarni hal etish bolada ijobiy emotsional kayfiyat hosil qiladi. Bu
erishilgan maqsad, tarbiyachi bahosiga muvofiq yangi muskul sezgilari tufayli
yuzaga keladi. Paydo bo’lgan o’zgarishlarni mustahkamlash yanada yuksakroq
yutuqlarga intilish uyonishiga xizmat qiladi. Bu murakkab jarayon doimo tarbiyachi
nazorati ostida bo’lishi kerak. Bir tomondan bolaning yangi harakat vazifasini
tushunib olishini ta’minlash lozim, ikkinchi tomondan bolada mustaqillik va uni
mavjud real harakat imkoniyatlari hamda yuzaga keluvchi qiziqish, emotsiyalari
asosida amalga oshirish, ayratini uyotish zarur. Ta’lim boladan diqqatni bir joyga
to’plashni, faol tasavvur, faol fikrlashni, xotirani rivojlantirishni talab qiladi:
masalan, agar ta’lim jarayoni qiziqarlilik kasb etib, emotsional ruhda bo’lsa –
emotsional; harakat namunasi tarbiyachi tomonidan obrazli tarzda ko’rsatilsa va
bolalar tomonidan bajarilsa – obrazli; harakatli o’yin va ularni mustaqil bajarishda
barchamashq elementlarini bajarish izchilligi vazifalari tushunib va eslab qolinsa,
ozaki mantiqiy mashqlar bolalarning o’zlari tomonidan amalda bajarish bilan boliq
bo’lsa – motor harakat. Buning uchun ta’lim erkin bo’lishi kerak, shundagina
mashqlarni ongli, mustaqil bajarish mumkin. Bolalarga ta’lim berishda axloqiy
tarbiya, bolaning ma’naviy tuyusi va ongini shakllantirish, uning oliyjanoblik va
o’zaro yordam, maqsadga intilish, halollik, adolatlilik kabi axloqiy-iro daviy
sifatlarini rivojlantirish bilan bevosita boliqdir. To’ri harakatlarga o’rgatishning
butun jarayoni bolalarda estetik hislarni tarbiyalaydi. Bolalar asta-sekin egallab
boradigan chiroyli harakatlar, aniq saflanish, ularning yoshiga xos o’yin
obrazlarining ijodiy ifodaliligi, o’yinlarda she’riy matnlar, o’yin boshlanmalari,
sanashmachoqlar – bularning hammasi bolalarda estetik didni tarbiyalash vazifasiga
xizmat qiladi. Bolalar va tarbiyachilarning kostyumlari, jismoniy tarbiya
qo’llanmalari va hokazolarning tashqi bezatilishi katta ahamiyat kasb etadi. Ta’lim
jarayonini tashkil etish bolalarni ular kuchi yetadigan mehnat harakatlarida mashq
qildirish imkonini beradi. Tarbiyachi bolalardan jismoniy tarbiya jihozlarini o’zlari
tartibli va toza saqlashlarini (ixcham o’ralgan bayroqchalar, dazmollangan lenta,
ro’molchalar va h.k.) muntazam talab qilib turadi. Bu haqida birinchi navbatda
navbatchilar qayuradilar va zarur buyumlarni avaylab joylashtiradilar. Shu bilan
birga ular barcha bolalar foydalanishlari qulay bo’lishi uchun predmet va
inventarlarning joylashish tartibini ham e’tiborda tutadilar. Bolalar sharlar, to’plar
va hokazolarni vaqti-vaqti bilan yuvib, yirik jihozlarni artib turadilar. Bunday
tadbirda barcha tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida ishtirok etadilar. Shunday
qilib, harakatlarga o’rgatish jarayonida bolalarda aqliy qobiliyat, axloqiy va estetik
tuyular rivojlanadi, o’z faoliyatiga ongli munosabat va shu bilan boliq ravishda
maqsadga
intilish,
uyushqoqlik
shakllanadi.
Bularning
hammasi
o’zaro
aloqadorlikda
ta’lim
jarayoniga
umumiy
yondashishni
amalgaoshirilishi
hisoblanadi. Mazkur jarayon har tomonlama rivojlangan shaxsning shakllanishiga
xizmat qiladi.
Maktab yoshiga yetgan bolalarning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasiga
qo`yiladigan minimal talablar:
-mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish;
-buyruqqa (start) asoslanib yugurish;
-xoda ustiga o`tirib oldinga siljish;
-narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish;
-5sekund davomida arqonga osilib turish;
-arg`imchoq uchish;
-cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish;
-qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish;
-bir oyoqda "qaldirg`och" bo`lib turish;
-oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushirish va bir joydan
boshqa joyga ko`chirish;
-joyda turib 15-20 marta sakrash;
-70sm. uzunlikka sakrash;
-30sm. balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish;
-to`xtamasdan 2-3minut davomida yugurish;
-100m. masofani to`xtamasdan yugurib o`tish;
-10m. masofani emaklab o`tish;
-safda tugri turish va safni buzmasdan yurish;
-saflanish va qayta saflana olish;
-musiqa ohangiga mos holda harakat qilish;
-koptokni irg`itish va ilib olish;
-ilon izi shaklida yurish;
-to`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish;
-chiniqtirish mashqlarini bajarish;
-xalq o`yinlari "Kim chaqqon?", "Oq terakmi ko`k terak?", "Avval akam",
"Quyonim-quyonim ne bo`ldi", "Chittigul", "Bog`lam-bog`lam", "Kim oladi
shuginani-yo", "Uchdi, chopdi, sakradi", "Qushim boshi", "Qoch bolam qush keldi",
"Tortishmachoq" kabi harakatli o`yinlarda ishtirok eta olishdan iborat