Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi

Yuklangan vaqt

2024-12-12

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

38,1 KB


 
 
 
 
 
 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi 
 
 
Reja: 
1.Sensor tarbiya mazmuni 
2.Sensor tarbiya vazifalari. 
3.Dastur asosida bolalarni sezish qobiliyatlarini rivojlantirish. 
 
 
Tayanch tushuncha: 
Sezgi – bu atrof olamdagi moddiy dunyoni, narsa va hodisalarning inson ongida aks 
etishi. 
    Ta’limni insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi uni ta’limga 
nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy 
qadriyatlar ustivorligini ta’minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit o’zaro 
munosabatlarining uyg’unlashuvi Prezident I.A.Karimov «Erkin fuqaro ongli 
yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma’naviyatini shakllantirish bizning 
bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur» deb ta’kidlaydilar. 
Bu tasavvurlarning xususiyati, ularning aniq ravonligi, to’laligi voqelikni aks 
ettirishni ta’minlovchi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasiga ya’ni, sezgi va 
idrokning rivojlanganligiga bog’liqdir. Xissiy bilish maktabgacha yoshidagi 
bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq etakchi o’rin tutadigan mantiqiy 
bilish xissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni 
muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi. 
Tevarak atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning 
asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning 
aniqligi, to’laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor 
tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. “Sensor” 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi Reja: 1.Sensor tarbiya mazmuni 2.Sensor tarbiya vazifalari. 3.Dastur asosida bolalarni sezish qobiliyatlarini rivojlantirish. Tayanch tushuncha: Sezgi – bu atrof olamdagi moddiy dunyoni, narsa va hodisalarning inson ongida aks etishi. Ta’limni insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi uni ta’limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligini ta’minlanishi, inson jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi Prezident I.A.Karimov «Erkin fuqaro ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma’naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo’lishi zarur» deb ta’kidlaydilar. Bu tasavvurlarning xususiyati, ularning aniq ravonligi, to’laligi voqelikni aks ettirishni ta’minlovchi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasiga ya’ni, sezgi va idrokning rivojlanganligiga bog’liqdir. Xissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida ahamiyatga ega. Fikrlash va nutq etakchi o’rin tutadigan mantiqiy bilish xissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hisoblanadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to’laligi sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivojlantirishdir. “Sensor”  
 
so’zi lotincha “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” 
ma’nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.  
Inson ko’rish, sezish va hakozolar yordamida tevarak – atrofdagi narsa va 
hodisalar to’g’risida bilimga ega bo’ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, 
tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo’ladi.  
Bog’cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini 
sezish orqali idrok etilgan ta’surotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy 
bo’lsa, insonnining tevarak-atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng 
bo’ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi 
bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.  
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat 
tarbiyasining asosi hisoblanadi.  
Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davridir. Shuning 
uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish 
qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan 
pedagogik ta’sir sistemasidir.  
Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg’a suruvchi usullar majmui 
bo’lib, ma’nan etuk, mustaqil fikrlovchi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim 
o’rin tutadi. Shifokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan maktabgacha tarbiya 
metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasidagi  barcha tizimlar 
orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o’z farzandlariga rahmdillik, mehr-
muruvvat tuyg’ularini uyg’ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona 
odamlarga balki o’z ota-onasiga ham xissiz bo’lib qoladilar. Montesori metodikasi 
bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar 
nazarda tutilishi kerak: 
1. Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish. 
2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali xali to’liq shakllanmagan barcha 
ruhiy jarayonlarni  rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to’liq 
rivojlanmagan bo’ladi. 
3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo’lish. 
4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so’z boyliklarini oshirish. 
so’zi lotincha “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok”, “sezish qobiliyati” ma’nolarini anglatadi. Borliqni bilish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi. Inson ko’rish, sezish va hakozolar yordamida tevarak – atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida bilimga ega bo’ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayonlari hosil bo’ladi. Bog’cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan ta’surotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo’lsa, insonnining tevarak-atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo’ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivojlanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi. Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi. Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o’rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir sistemasidir. Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg’a suruvchi usullar majmui bo’lib, ma’nan etuk, mustaqil fikrlovchi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o’rin tutadi. Shifokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan maktabgacha tarbiya metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasidagi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-onalar o’z farzandlariga rahmdillik, mehr- muruvvat tuyg’ularini uyg’ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odamlarga balki o’z ota-onasiga ham xissiz bo’lib qoladilar. Montesori metodikasi bo’yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sensor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak: 1. Barcha tashqi xissiyotlarni shakllantirish. 2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali xali to’liq shakllanmagan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to’liq rivojlanmagan bo’ladi. 3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo’lish. 4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so’z boyliklarini oshirish.  
 
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o’z-o’ziga 
xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish. 
Yuqorida ko’rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi 
sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa aqliy 
faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni. Sensor tarbiyaning maqsadi 
maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o’stirishdan iborat. 
Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat 
nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi etarli bo’lib qolmay, balki ular buyumlarni 
chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomilada bo’lganda xilma-xil 
sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning 
ana shu tomonlariga alohida e’tibor berishi, bolalrga tegishli topshiriqlar berishi: 
buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo’yishda ularning og’irligini his qilish, 
buyumni qo’lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - issiq yoki sovuqligini ana 
shunga o’xshashlarini aniqlashi kerak. 
Bolalarning yoshi ulg’ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o’zgarishi 
bilan idrok etish jarayoni va unga qo’yidigan talab ham murakkablashadi. 
Navbatchilar likobchalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va 
chinni idishlarning og’irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligini, 
plastmassa buyumlarning engilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, 
stullarni joy-joyiga qo’yish boshqa harakat sezgilarini uyg’otadi, fazoviy 
munosabatlarni, kontur chiziqlar va xakozolarni idrok qilishni talab etadi. 
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi: 
Bolalarda perseptiv harakatlarni shakllantirish. 
Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabti to’g’risidagi umumlashgan 
tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shaklllantirish. Sensor etalonlar 
ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, 
geometrik shakllar, notalarda, ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi 
ana shunday etalaonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og’zaki 
ifodalanishi bilan tanish bo’lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo’ladi, u o’zi 
uchragan buyumlarni ma’lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, 
shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini aytib beradi. 
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o’z-o’ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlantirish. Yuqorida ko’rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullarini tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa aqliy faoliyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni. Sensor tarbiyaning maqsadi maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o’stirishdan iborat. Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi etarli bo’lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomilada bo’lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e’tibor berishi, bolalrga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo’yishda ularning og’irligini his qilish, buyumni qo’lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - issiq yoki sovuqligini ana shunga o’xshashlarini aniqlashi kerak. Bolalarning yoshi ulg’ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o’zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo’yidigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar likobchalarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og’irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligini, plastmassa buyumlarning engilligini his qiladilar. Stollarni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo’yish boshqa harakat sezgilarini uyg’otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va xakozolarni idrok qilishni talab etadi. Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi: Bolalarda perseptiv harakatlarni shakllantirish. Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabti to’g’risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shaklllantirish. Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qilingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, notalarda, ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalaonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og’zaki ifodalanishi bilan tanish bo’lsa, uning tevarak-atrofni bilishi oson bo’ladi, u o’zi uchragan buyumlarni ma’lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini aytib beradi.  
 
Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish 
jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish. 
Sensor tarbiyaninng mazmuni o’z ichiga tevarak-atrofdagi hamma sensor 
belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga 
oshiriladi va har xil sensor asosga egadir. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini 
aytishga o’rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo’yoqlarni aralashtirish natijasida 
yangi rang yoki tuslar paydo bo’lishi to’g’risida tasavvur hosil bo’ladi, shuningdek 
ular (nutqning tovush tomonlarini, so’zning tovush tuzilishini tahlil qilish 
qobiliyatini) va musiqa tinglash o’quvini rivojlantirish ham sensor tarbiya 
mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning 
sifatini paypaslab, ko’rib farqlash va ularni to’g’ri aytish (silliq, mayin, dag’al, 
yumshoq, og’ir, engil, sovuq, issiq va boshqalar) ko’nikmalarni rivojlantirish ham 
sensor tarbiya vazifalaridan biridir.  
Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini 
o’zlashtirdalar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini angaydilar. Dastlab 
bolaning “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarinitng nisbiyligini, vaqtning 
davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo’ladi. Bunga 
tajribaning to’planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida erishiladi. 
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma 
faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin. 
Sensor tarbiya usuli. Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli 
faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy 
va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi 
uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini 
bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin 
bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o’rgatiladi, suratlarni ko’zdan 
kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliliga 
erishilishini ko’rish qobiliyati rivojlanadi. 
MTTda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga 
o’simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshriladi. Bu suv, er, quyosh 
issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish. Sensor tarbiyaninng mazmuni o’z ichiga tevarak-atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o’rgatiladi, ularda rang tuslari haqida, bo’yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tuslar paydo bo’lishi to’g’risida tasavvur hosil bo’ladi, shuningdek ular (nutqning tovush tomonlarini, so’zning tovush tuzilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o’quvini rivojlantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifatini paypaslab, ko’rib farqlash va ularni to’g’ri aytish (silliq, mayin, dag’al, yumshoq, og’ir, engil, sovuq, issiq va boshqalar) ko’nikmalarni rivojlantirish ham sensor tarbiya vazifalaridan biridir. Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o’zlashtirdalar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini angaydilar. Dastlab bolaning “kecha”, “bugun”, “ertaga” tushunchalarinitng nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo’ladi. Bunga tajribaning to’planib borishi va biror maqsadga qaratilgan ta’lim natijasida erishiladi. Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalarning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mumkin. Sensor tarbiya usuli. Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o’rgatiladi, suratlarni ko’zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliliga erishilishini ko’rish qobiliyati rivojlanadi. MTTda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o’simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshriladi. Bu suv, er, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.  
 
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lish tufayli gul, toshlarning 
nomini osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, 
tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar “oldinga”, “orqaga”, “tepada - pastda”, 
“uzoq-yaqin”, “chapda-o’ngda” kabi fazoviy tasavvurlarni o’zlashtirib oladilar va 
hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o’lchamining 
farqiga etadilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar. 
Bolalar tabiat bilan tobora ko’proq aloqada bo’lishlari tufayli ta’surotlari, 
eshitib ta’sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, 
barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg’irning shatir-shuturi va 
momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o’rgatish zarur. 
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri – tekshirishdir.  
Tekshirish – buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat 
bo’lib, uning natijalaridan keyinchalik ma’lum bir mazmunli faoliyatda 
foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy 
munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o’ziga xos 
xususiyatlarini ajratib ko’rsatish va farqlashga o’rganadilar. 
Mashg’ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol 
o’ynaydi. Holbuki shu mashg’ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni 
tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. 
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchklab qarash, ba’zi tolvushlarni 
yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchklab qarash, 
narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachi 
bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o’rgatib, ular qiladigan ishlarning 
ma’nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda 
idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo’ladi: axir, daraxt shoxlari yaxshilab 
ko’zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo’ladi. 
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko’rishda tegishli 
tekshirish usullari tanlanadi.  
Masalan, qog’oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi 
bolalarga qog’oz va gazlamani g’ijimlaganda nima bo’lishini eshitib ko’rishni, 
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar “oldinga”, “orqaga”, “tepada - pastda”, “uzoq-yaqin”, “chapda-o’ngda” kabi fazoviy tasavvurlarni o’zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o’lchamining farqiga etadilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar. Bolalar tabiat bilan tobora ko’proq aloqada bo’lishlari tufayli ta’surotlari, eshitib ta’sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg’irning shatir-shuturi va momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o’rgatish zarur. Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri – tekshirishdir. Tekshirish – buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo’lib, uning natijalaridan keyinchalik ma’lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayonida bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini ajratib ko’rsatish va farqlashga o’rganadilar. Mashg’ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o’ynaydi. Holbuki shu mashg’ulotlarda bolalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rahbarlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Bolalar biror buyumni nima uchun sinchklab qarash, ba’zi tolvushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o’rgatib, ular qiladigan ishlarning ma’nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va biror maqsadga qaratilgan bo’ladi: axir, daraxt shoxlari yaxshilab ko’zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo’ladi. Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko’rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi. Masalan, qog’oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qog’oz va gazlamani g’ijimlaganda nima bo’lishini eshitib ko’rishni,  
 
qog’oz va bir parcha gazlamani yirtib ko’rishni, qog’oz va gazlamadan qilingan 
qo’g’irchoq ko’ylagini suvda yuvishni taklif etadi. 
To’plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko’chiradilar, 
undan kundalik hayotlarida foydalanadilar: “Kel, qumga suv quyamiz, u nam 
bo’ladi, biz undan tonnel quramiz”, “Bu chelakni ko’tarma, unda qum bor, u juda 
og’ir”. 
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini, va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir 
xossalarga ko’ra taqqoslash uchun didaktik o’yin va qo’llanmalardan ham 
foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma-hil mashg’ulotlar, 
mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo’shimcha 
material hisoblanadi.  
                   
             Nazorat uchun savollar: 
1. Sensor tarbiyaning asosiy vazifasi qaysilar? 
2. Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima? 
3. Sensor tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat? 
4. Maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimlarining necha foizi sezish orqali idrok 
etiladi? 
 
qog’oz va bir parcha gazlamani yirtib ko’rishni, qog’oz va gazlamadan qilingan qo’g’irchoq ko’ylagini suvda yuvishni taklif etadi. To’plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisalarga ko’chiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadilar: “Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo’ladi, biz undan tonnel quramiz”, “Bu chelakni ko’tarma, unda qum bor, u juda og’ir”. Buyumlarning xususiyatlarini, nomini, va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir xossalarga ko’ra taqqoslash uchun didaktik o’yin va qo’llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma-hil mashg’ulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo’shimcha material hisoblanadi. Nazorat uchun savollar: 1. Sensor tarbiyaning asosiy vazifasi qaysilar? 2. Sensor tarbiyaning asosiy usuli nima? 3. Sensor tarbiyaning maqsadi nimalardan iborat? 4. Maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimlarining necha foizi sezish orqali idrok etiladi?