Maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bolalarda nutq o‘stirish bo‘yicha ishlar tizimi (Nutq funktsiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr, Organik, Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
23,8 KB
Maktabgacha yoshdagi nutq kamchiligiga ega bolalarda nutq o‘stirish
bo‘yicha ishlar tizimi
REJA:
1.
“Etiologiya” so`zi mazmuni va mohiyati.
2.
Nutq funktsiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr.
3.
Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
4.
Funksional harakterdagi nutq buzilishlari.
Tayanch sо‘zlar: etiologiya, pereferik, markaziy, organik, funksional, nerv
faoliyati, bosh miya, nutq, sabab, anatomiya, fiziologiya, perseveratsiya.
«Etiologiya» termini grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib, (etio-sabab, logos-fan,
о‘rganish) sabablarni о‘rganuvchi fan ma’nosini bildiradi. Sababiyat muammosi
qadim qadimdan insoniyat e’tiborini о‘ziga qaratib kelgan. Sabablar haqidagi fan
sifatida etiologiyaning rivojlanishi tibbiy va tabiiy fanlar qatorida umumiy ilmiy
taraqqiyot bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari «etiologiya» tushunchasining о‘zi
falsafiy kategoriyalardan biri bо‘lib hisoblangani sababli, falsafaning rivojlanishiga
uning ham aloqasi bordir.
Yirik patafiziolog I.V.Davidovskiyning tadqiqotlari bu muammoni hal
qilishga katta hissa qо‘shdi. Uning yozishicha: «Har qanday asl mazmun sabablardan
boshlanib keladi, ya’ni kauzallik va determenizm tushunchalaridan boshlanadi. Bu
ikki bir-biriga bog‘liq, biroq har xil tushunchalar ikki tomonlama talqin etiladi.
Birinchi tomondan sababiyat haqida, ya’ni sabab-oqibat munosabatlari sifatida
sharxlansa (aslida «etiologiya» tushunchasining mazmuni shunday bо‘lishi kerak),
ikkinchi tomondan hodisalar mohiyatini bilish haqida, ya’ni uning asosida yotgan
qonuniyatlarni bilish sifatida sharxlanadi».
Nutq buzilishlari etiologiyasi muammosi kasalliklarni keltirib chiqaruvchi
sabablar haqidagi umumiy ta’limotlar singari uzoq tarixiy rivojlanish yо‘lini bosib
о‘tdi.
Qadimgi grek faylasufi va shifokori Gippokrat (er.av. 460-377 y.) bir qator
nutq buzilishlarining sababini kо‘rsatib о‘tgan.
Boshqa grek faylasufi Aristotel (er.av. 384-322 y.) nutq hosil bо‘lish
jarayonini periferik nutq apparatining anatomik tuzilishi bilan bog‘lab, anatomik
tuzilishdagi
kamchiliklarni
nutq
buzilishiga
sabab
qilib
kо‘rsatgan.
Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, antik davr olimlarining tadqiqotlaridayoq
nutq buzilishlari sabablarini tushunishda ikki yо‘nalish kо‘rsatilgan. Birinchi
yо‘nalish Gippokrat nuqtai nazari bо‘lib, bosh miyaning jarohatlanishi nutq
buzilishlarini kelib chiqishiga sabab bо‘luvchi bosh omil ekanligi ta’kidlangan.
Ikkinchisi Aristotelga tegishli bо‘lib, periferik nutq apparatining buzilishlari aynan
nutq buzilishlarining sababi etib kо‘rsatilgan. Nutq buzilishlari sababini
о‘rganishning keyingi davrlarida ham bu ikki nutqai nazar saqlanib qolgan.
Nutq buzilishlari etiologiyasi haqidagi tasavvurlar, shu muammoni
о‘rganishning barcha davrlarida, ular mohiyatini tushunishni ifodalaydi.
Shuningdek, ma’lum davr va mualliflarning umumiy metodologik yо‘nalishini
ifodalaydi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining «о‘z о‘rni»
borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib о‘tilgan
bо‘lsa ham, bunga haqiqiy ilmiy tasdiq 1861 yilda, fransuz shifokori Pol Broko
tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jarohatlanishi nutq
buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligi kо‘rsatib berilgandan sо‘nggina
berilgandir. Xuddi shunga о‘xshash kashfiyot 1874 yilda Vernike tomonidan ham
amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bо‘lagi katta rol
о‘ynaydi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni rо‘y beradi.
Nutq buzilishlari etiologiyasi masalasi XX asrning 20 yillaridan jadal ishlana
boshlandi. Bu yillarda tadqiqotchilar ilk bor, kelib chiqish sabablariga qarab nutq
buzilishlarini tasniflashga urindilar. S.M.Dobrogayev (1922) nutq buzilishlari
sabablari orasida quyidagilarni ajratib kо‘rsatgan:
1.
Oliy nerv faoliyati kasalliklari.
2.
Anatomik nutq apparatida patologik о‘zgarishlar.
3.
Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.
4.
Organizmning umumiy nevropatik holati.
M.YE.Xvatsev ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga
ajratdi. Shu bilan birga u organik (anatomo-fiziologik, morfologik), funksional
(psixogen), ijtimoiy-psixologik va psixo-nevrologik sabablarni ajratib kо‘rsatdi.
Organik sabablarga homiladorlik davrida, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan
sо‘ng bosh miyaning yaxshi rivojlanmasligi va jarohatlanishi, shuningdek nutq
periferik organlaridagi turli xil organik buzilishlar kiritilgan. Organik buzilishlar
markaziy (miyaning jarohatlanishi) va periferik sabablarga (eshituv organi
jarohatlanishi, tanglay yoriqligi va arti-kulyatsion apparatning boshqa marfologik
о‘zgarishlari) ajratilgan.
Funksional sabablarni M.YE.Xvatsev, I.P.Pavlovning ta’limoti orqali
tushuntiradi. Bu ta’limot M.N.S. da qо‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining
о‘zaro munosabatini buzilishi haqida bо‘lib, M.YE.Xvatsev bu orqali organik va
funksional, markaziy va periferik sabablarning о‘zaro munosabati mavjudligini
ta’kidlaydi.
Psixonevrologik sabablarga u aqli zaiflikni, xotira, diqqat buzilishini va
boshqa psixik jarayonlar buzilishini kiritgan.
M.YE.Xvatsev ijtimoiy-psixologik sabablarga ham katta e’tiborni qaratgan
va buning ostida atrof muxitdagi turli xil yomon ta’sirlar yotganini tushuntiradi.
Biologiya, embriologiya, nazariy tibbiyot sohalarida sо‘nggi 10 yillikda
qо‘lga kiritilgan katta yutuqlar, tibbiy genetika, immunologiya va boshqa fanlarning
erishgan yutuqlari nutq buzilishlari etiologiyasi haqida chuqurroq tasavvurga ega
bо‘lish imkonini berdi va ularning kelib chiqishida ekzogen (tashqi) va endogen
(ichki) zararlarning ahamiyatini kо‘rsatdi. Nutq buzilishlarining faqat organik
(markaziy va periferik) sabablarini ajratmasdan, balki funksional sabablarni ham
ajratish, nutq buzilishi mexanizmini bola organizmiga kо‘rsatadigan ta’sirini
tushunish ham kerak. Bu nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun tо‘g‘ri yо‘l va
metodlar tanlash, ularni oldindan aytib berish va oldini olish uchun ham muhimdir.
Nutq buzilishlari sababi deganda – organizmga tashqi yoki ichki zararli
omilning ta’sir etishi yoki ularning о‘zaro aloqasini tushunish mumkin, qaysiki bu,
nutq buzilishi xususiyatini aniqlaydi.
Etiologiyada tashqi va ichki omillarning roli masalasi umumiy sababiyat
muammosining bir bо‘limi hisoblanadi. Nutq kamchiligining kelib chiqishi va uning
klinik kо‘rinishini shakllanishida bu ikki omil orasida bevosita, о‘zaro aloqadorlik
о‘rnatilgan.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida maxsus sharoitlar katta rol о‘ynaydi,
ya’ni nutq kamchiliklarini kelib chiqishiga yordam beruvchi yoki tо‘sqinlik qiluvchi
omillar. Masalan, psixik travma ta’siri ostida bolada duduqlanish yuzaga kelsa, u
tashqi sabab sifatida kо‘riladi. Quyidagilar esa duduqlanishning kelib chiqishi uchun
qulay sharoit bо‘lib xizmat qiladi: bolaning somatik zaifligi, uning nevropatik
organizmi (nerv-psixik qо‘zg‘aluvchanlikning oshganligi), M.N.S. ning erta organik
jarohatlanishi asorati va h.k.
Evolyusion-dinamik yondoshuv va psixikaning shakllanishi jarayonida
biologik va ijtimoiy dialektik birlik tamoyili, nutq buzilish etiologiyasini о‘rganish
uchun asos bо‘ladi. Bu aspektda bola nutqiy faoliyatining rivojlanishi uning M.N.S.
ning yetuklik darajasiga qarab belgilanadi va ma’lum darajada bolaning tashqi olam
bilan о‘zaro munosabati xususiyatlariga ham bog‘liqdir.
L.S.Vigotskiy ishlab chiqqan psixik rivojlanishining konsepsiyasi, bolalik
davrida nutq rivojlanishi buzilishining sababini о‘rganishda metodologik asos bо‘lib
xizmat qiladi. Psixika rivojlanishining atrof muhit ta’siri bilan bog‘liqligini
tushuntira turib, u «rivojlanishning ijtimoiy vaziyati» tushunchasini kiritdi. Bu о‘z
navbatida rivojlanishning ichki jarayonlari va tashqi sharoitlarni о‘zida namoyon
etadi.
Funksional nutqiy tizimning yetilishi asosida afferentatsiya yotadi, ya’ni turli
analizatorlar orqali tashqi olamdan signal olish. Birinchi navbatda eshituv analizatori
turli xil signallarni va eng avvalo nutqiy signallarni qabul qiladi. Eshituv
afferentatsiyasining manbasi bо‘lib, bola bilan muloqot qiluvchi katta odam
hisoblanadi. Shunga bog‘liq ravishda nutqiy muhit va nutqiy muloqotning roli juda
kattadir va ularning yetishmovchiligi nutq shakllanishini buzuvchi asosiy
sabablardan biri bо‘lishi mumkin.
Demak, nutq kamchiligiga ega kishilar orasida yoki nutqiy
chegaralangan muxitda tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishidan
orqada qoladi (kar-soqov ota-onalar yoki yaqqol nutq kamchiligiga ega ota-onalar,
uzoq muddat kasalxonada yotish, turli xil og‘ir kasalliklar tufayli ijtimoiy kontaktga
kirishishning chegaralanganligi).
Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma’lum ahamiyatga ega
bо‘lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak. Unga tovushlarni shun-daygina
eshitish kamlik qiladi (radiomagnitafon, televizor). Dastlab ma’lum yosh davri
uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim. Bolani kattalar bilan
muloqoti shaklining о‘zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bо‘ladi. Demak, hayotining
birinchi yili uchun xarakterli bо‘lgan emotsional muloqotni 2-3 yoshlarda predmetli-
xarakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bо‘lib xizmat
qiladi. Agarki, bunday о‘zgarish yuz bermasa u holda nutq rivojlanishida orqada
qolish yuzaga keladi.
Bolada predmetli-о‘yin faoliyati jarayonida tо‘plangan taassurotlar nutq
rivojlanishiga dastlabki zamin bо‘lib xizmat qiladi.
Bola nutg‘ining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va
buziladi: ijobiy emotsional muxitning yо‘qligi, haddan tashqari shovqin-suronli
muxit.
Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar
(talaffuzning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tempining buzilishi va boshqalar)
asosida taqlid yotadi.
Nutq kamchiliklari kо‘pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi
(qо‘rquv, yaqin odamini yо‘qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom etayotgan
psixik travmalovchi vaziyat va h.k.).
Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi, ayniqsa kuchli psixik travmalarda
bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: mutizm, nevrotik
duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha shartli ravishda
funksional buzilishga kiritiladi.
Shuningdek, nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish
mumkin:
1.
Bola organizmiga zararli ta’sir kо‘rsatishi bilan bog‘liq buzilishlar.
2.
Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug‘ilish yoki tо‘la shakllanmagan
homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik.
3.
Ichki organlarning turli kasalliklari, raxit, moddalar almashinuvining
buzilishi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini baholashda keskin davrlarni hisobga olish
shartdir, qaysiki bunda nutq tizimining u yoki bu tarkibiy qismini birmuncha jadal
rivojlanishi qachon sodir bо‘ladi, nutqiy faoliyatning, nerv mexanizmi
jarohatlanishining yuqori darajadagi havfi nima bilandir bog‘liq ravishda paydo
bо‘lishini о‘rganish osonroq kechadi.
Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi:
Birinchi davr (hayotining 1-2 yili). Bu davrda nutqning dastlabki urinishi
shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi, aloqaga kirishishga asos solinadi va
uning xarakatlanuvchi kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bо‘ladi. Bu yoshda
pо‘stloq nutq zonalarining birmuncha jadal rivojlanishi sodir bо‘ladi, xususan Broka
zonasi. Uning rivojlanishida bola hayotining 14-18 oylari keskin davr hisoblanadi.
Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining rivojlanishida
о‘z aksini kо‘rsatishi mumkin.
Ikkinchi davr (3 yosh) bog‘langan nutq jadal rivojlanadi. Vaziyatli nutqdan
kontekstli nutqqa о‘tiladi. Bu M.N.S. ishida katta muvofiqlikni talab etadi (nutq-
xarakat mexanizmini, diqqatni, xotirani va h.k.). M.N.S. ishida vujudga keluvchi
ayrim nomuvofiqlik xulqdagi о‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qaysarlik, negativizm
va h.k. lar kuzatiladi. Bularning hammasi nerv tizimining zararlanishiga bо‘lgan
havfni
belgilaydi.
Duduqlanish,
mutizm
yuzaga
kelishi
mumkin, nutq
rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola nutqiy muloqotga kirishishdan bosh
tortadi, kattalar qо‘ygan talablariga qarshi qat’iy norozilik bildiradi.
Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli
xil psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bо‘lishi mumkin. Gohida
adabiyotlarda bu holat «evolyutiv» termini bilan yuritiladi, ya’ni yosh davrlari bilan
bog‘liq rivojlanish. Masalan: «evolyutiv duduqlanish».
Uchinchi davr (6-7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning
M.N.S. ga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qо‘yilganda
duduqlanish hosil bо‘lishi bilan nerv faoliyatida «portlash» yuz beradi.
Bolada bor bо‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin
davrlarda birmuncha kuchli namoyon bо‘ladi. Bundan tashqari yangi nutq
kamchiliklari ham paydo bо‘lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida
keskin davrlarni yaxshi bilishi va о‘zining kundalik ishida shuni hisobga olishi
kerak.
Nutq rivojlanishida keskin davrlar moyillik vazifasini bajaradi. Bu davrlar
mustaqil ahamiyatga ega bо‘lgani singari boshqa zararli omillar bilan-genetik,
bolaning umumiy zaiflashuvi va hokazolar bilan uyg‘unlashadi.
Nutqning yoshga qarab rivojlanish dinamikasi hayotining birinchi yillarida
organizm genotipiga va unga ta’sir qiluvchi atrof muhitga bog‘liq ravishda о‘zgarib
turadi: nutq funksional tizimining rivojlanishi uchun M.N.S. ning normal yetukligi
va ishlab turishi muhim.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishida ekzogen va organik omillar kо‘proq
rol о‘ynaydi. Bu sabablar guruhi M.YE.Xvatsev tasnifi bо‘yicha jarohat joyiga qarab
organik markaziy va organik periferik guruhlarga kiritiladi.
Ekzogen-organik omillar deganda bola M.N.S. ga va bola organizmiga yaxlit
ta’sir etuvchi turli xil zararli ta’sirlarni tushunamiz. Bu omillarning ta’sir etish
vaqtiga qarab quyidagilarga bо‘linadi:
1.
Homilalik ya’ni (perinatal) bolaning ona qornidaligi vaqtidagi ta’sirlar.
2.
Tug‘ruq vaqtidagi jarohatlar (natal).
3.
Turli xil zararli omillarning tug‘ruqdan keyingi davrda ta’siri
(postnatal).
Kо‘pincha homilalik patalogiyasi tug‘ruq paytida bola nerv tizimining
jarohatlanishi bilan qо‘shilib yuzaga keladi. Bunday uyg‘unlashuv zamonaviy tibbiy
adabiyotlarda «perinatal patalogiya» termini bilan belgilanadi. Nerv tizimining
bunday jarohatlanishi turli xil patologik holatlarni, homiladorlik davrida turli xil
zararli omillarning homilaga ta’sir etishi, tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan sо‘ng
dastlabki davrlarda zararli omillarning ta’sir etishini birlashtiradi. Perinatal
patalogiya
onaning
homiladorlik
vaqtidagi
kasalliklari,
infeksiyalar,
intoksikatsiyalar, homiladorlik toksikozlari, shuningdek, turli kо‘rinishdagi
akusherlik patalogiyalari (tos suyagining torligi, chо‘zilgan yoki tezlashgan tug‘ruq,
muddatdan ilgari suv ketishi, kindikka о‘ralish, homilaning notо‘g‘ri yotishi va h.k.)
asosida yuzaga keladi.
Nerv tizimining perinatal patalogiyasida dastlabki о‘rinlarni asfiksiya va
tug‘ruq travmasi egallaydi.
Homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlar tug‘ruq travmasi va
asfiksiyani (tug‘ruq paytida homilaga kislorod yetishmasligi) keltirib chiqaradi. Bu
esa homilaning himoya va adaptatsiya mexanizmini pasaytiradi. Tug‘ruq travmasi
va asfiksiya homila miyasining notо‘g‘ri rivojlanishini kuchaytiradi.
Tug‘ruq travmasi kalla suyagi ichiga qon quyilishi va nerv hujayralarining
о‘lishiga olib keladi. Kalla suyagi ichiga qon quyilishi bosh miya pо‘stlog‘ining nutq
zonalariga ham о‘z ta’sirini о‘tkazishi mumkin. Buning oqibatida bosh miya
pо‘stlog‘i taraqqiyoti jarayonida turli xil nutq buzilishlari kelib chiqadi (alaliya).
Chala tug‘ilgan bolalarda kalla suyagi ichiga qon quyilishi xavfi kо‘proq bо‘ladi.
Bunga ularning tomir devorlarining zaifligi sabab bо‘ladi.
Nutq harakat mexanizmini ta’minlovchi miyaning ma’lum bir sohasidagi
jarohat о‘chog‘i natijasida asosan nutqning tovush talaffuz tomonida buzilishlar
vujudga keladi-dizartriY.
Nutq buzilishlari etiologiyasida ona va homila qonining immunologik
jihatdan mos kelmasligi ham muhim rol о‘ynaydi (rezus-omil, eritrotsit antigenlari
bо‘yicha). Rezus yoki antitelo guruhlari yо‘ldosh orqali о‘tib homila
eritrotsitlarining bо‘linishini keltirib chiqaradi.
Buning natijasida eritrotsitlardan M.N.S. uchun zaharli bо‘lgan modda-
bilirubin ajraladi. Uning ta’siri ostida miyaning pо‘stloq osti bо‘limlari, eshituv
yadrolari jarohatlanadi. Bu esa eshituvning buzilishi bilan birgalikda nutqning
tovush talaffuz tomonining buzilishiga olib keladi.
Ona qornidaligida miyaning jarohatlanishi natijasida birmuncha og‘ir nutq
buzilishlari vujudga keladi. Bu nutq buzilishlari qoidaga kо‘ra boshqa polimorf
nuqsonlar bilan qо‘shilib keladi (eshituv, kо‘ruv, tayanch xarakat apparati, intellekt).
Bular homilador ayolning qizilcha, toksoplazmoz va boshqa yuqumli kasalliklar
bilan kasallanganida kuzatiladi. Bu holda nutq buzilishlari va boshqa nuqsonlarning
og‘irlik darajasi homilaning ona qornidaligi davrida kо‘proq miyaning jarohatlanishi
vaqtiga bog‘liq bо‘ladi. Homiladorlikning dastlabki uchinchi oyida, shuningdek,
embriogenez davrida, ya’ni 4 haftalikdan 4 oylikkacha birmuncha og‘ir
jarohatlanishlar kuzatiladi. Homiladorlikning kech stadiyalaridagi patalogik ta’sirlar
odatda og‘ir nuqsonlarni keltirib chiqarmasa ham, nerv tizimining shakllanishini
kechikishiga, uning strukturasi miyelinizatsiyasining buzilishiga olib keladi.
Miya rivojlanishida anomaliyalari bor bolalarda kо‘pgina dizembriogenetik
stigmlar tez-tez kuzatiladi; kalla suyagi assimetriyasi, tanglay anomaliyalari,
yuqoridagi
jag‘
rivojlanishidagi
kamchiliklar,
pastki
jag‘
aploziyasi;
miyekrognatiya, prognatiya va boshqalar. Homilaga ta’sir etuvchi zararli omillar
ta’siri ostida vujudga keluvchi nutq buzilishlariga ochiq rinolaliyani misol qilish
mumkin.
Homiladorlik davrida onaning yuqumli va somatik kasalliklari, bachadon-
yо‘ldosh qon aylanishining buzilishiga, homila oziqlanishining buzilishi va kislorod
yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Agar homilaga surunkali kislorod
yetishmasligi о‘tkir kechmasa, u hech qanday buzilishni keltirib chiqarmasligi
mumkin, biroq homila shakllanish tempini birmuncha sekinlashtiradi. Buning
natijasida homila muddatiga yetib tug‘ilishiga qaramay bola tо‘la shakllanmagan,
nerv tizimi zaif tug‘iladi. Nerv tizimining miyelinizatsiya jarayoni sekinlashadi, nerv
hujayrasi va uning aksonlari differensatsiyasi izdan chiqadi, miyaning neyronlararo
aloqasining shakllanishi qiyinlashadi. Bu omillar о‘z navbatida nutq faoliyatining
shakllanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Ona qornida homila rivojlanishining buzilishi – embriopatiyalar-yuqumli
kasalliklar, dori-darmonlar ichish, ionlashgan radiatsiya vibratsiya, homiladorlik
vaqtida ichish va chekish bilan bog‘liq hollarda vujudga keladi. Alkagol va
nikotinning naslga zararli ta’siri ancha yil ilgari aniqlangan.
Ayni vaqtda nutq buzilishlari bilan uyg‘unlashgan alkagolli-embriopatik
genezli oligofreniyaning klinik kо‘rinishi о‘rganildi. Turli xil nutq nuqsonlarining
kelib chiqishiga surunkali alkogolizmning ta’siri kо‘rsatildi, jismoniy, nutqiy va
aqliy rivojlanishning orqada qolishini о‘z ichiga olgan alkagolli-embriopatik
sindrom ta’riflab berildi. Alkagolli-embriopatik sindromda bola nutqining
rivojlanishiga noqulay ta’sir etuvchi yaqqol ifodalanmagan eshituvning buzilishi
holati aniqlangan.
Alkogolizmga chalingan ota-onalarda homila о‘limining havfi ona
qornidaligi va perinatal davrlarda juda yuqoridir. Bundan tashqari, chala tug‘ilishi,
homilalik va intranatal asfiksiya, shuningdek kasalliklarga moyillik va bola
hayotining birinchi yilida о‘lim holatining yuqori darajadaligi ham alkogolizmga
bog‘liqdir.
Bu bolalar maktabgacha va maktab yoshida о‘zining jismoniy zaifligi,
nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi bilan uyg‘unlashgan psixik rivojlanishning orqada
qolganligi, xarakatchanlikning tormozlanganligi, faol diqqati, kо‘ruv va eshituv
idroki funksiyalarining buzilganligi bilan ajralib turadi. Ular diqqatining tarqoqligi
bilish faoliyatining kamligi, ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashadi.
Ayni vaqtda kо‘pgina ishlar chekishning ayol sog‘lig‘i, homiladorlik va tug‘ruqning
kechishiga yomon ta’sir etishiga bag‘ishlangan. Bolaning chala tug‘ilishi, psixik va
jismoniy rivojlanishdan orqada qolishi bilan chekishning aloqasi borligi isbotlandi.
Ma’lumotlarga kо‘ra ota yoki onaning surunkali chekishi irsiy moddaning
patologik о‘zgarishiga-mutatsiyalarga olib kelishi mumkin. Homilaga bir qator
zararli omillarning birgalikda ta’sir etishi ayniqsa havfliroqdir (alkogolizm va
chekishning homiladorlik toksikozlari bilan birga kelishi va hokazolar).
Homiladorlik toksikozlariga chala tug‘ilish, tug‘ruqdagi qisqa muddatli
asfiksiya, yengil kо‘rinishdagi miyaning minimal organik jarohatlanishini keltirib
chtqaradi (minimal miya disfunksiyasi (M.M.D.) M.M.D. ga ega bolalar uchun
diqqatning tarqoqligi, xotira pastligi, motor buzilishlar, tormozlanganlik, turli xil
nutq buzilishlari xarakterlidir.
Ayni vaqtda yengil miya yetishmovchiligida psixik dizontogenezning
alohida bir kо‘rinishi ajratilgan. Bu kо‘rinish asosida alohida oliy pо‘stloq
funksiyalarining yoshga oid vaqtinchalik yetishmaganligi yotadi. Bu nutq
rivojlanishida о‘ziga xos orqada qolish va psixik rivojlanishning notekisligini
keltirib chiqaradi.
Minimal miya disfunksiyasida miya funksional tizimi rivojlanishi tempining
sekinlashuvi alohida о‘ringa ega.
Nutq buzilishlarining kelib chiqishi bо‘yicha moyilligi bor bolalar guruhini
M.M.D. ga ega bolalar tashkil qiladi. Nutq buzilishlarini о‘z vaqtida aniqlash va
psixik rivojlanishni barvaqt rag‘batlantirish, bu toifa bolalar nutqiy va aqliy
rivojlanishining kechikishini ma’lum darajada yaxshilashi mumkin. Logoped va
pedagog-defektolog M.M.D. sindromining dastlabki belgilarini bilishi muhim.
Hayotining birinchi yilida bu sindromning asosiy belgilari «kichik nevrologik
belgilar» nomi bilan yuzaga keladi: emadigan bolalarda odatda faol xarakatlarga
halaqit bermaydigan, biroq turg‘unligi bilan farqlanuvchi mushak tonusining yengil
buzilishi, tremor kо‘rinishidagi yaqqol ifodalanmagan ixtiyorsiz xarakatlar, umumiy
titroq
sensomotor
rivojlanishning
kechikishi
(ayniqsa
kо‘ruv-motor
koordinatsiyasi), mayda qо‘l motorikasi differensirlashgan xarakatlarining
rivojlanishining orqada qolishi, predmet-manipulyativ faoliyat shakllanishini
sekinlashuvi. Yuqoridagi barcha belgilar yengil nevrologik simptomatikada kо‘rish
mumkin.
Nutq buzilishlari kо‘pincha erkak jinsiga mansub shaxslarda yuzaga keladi.
Sо‘nggi yillar tadqiqotlarida odam jinsiga qarab о‘ng va chap (nutqiy) gemisferalar
(yarimsharlar) rivojlanishida farq borligi kо‘rsatib berildi. Chap yarim shar asosan
nutqiy funksiyani amalga oshiradi, о‘ng yarim shar esa kо‘ruv-fazoviy gnozisni
amalga oshiradi. О‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan о‘ng yarim shar tezroq
shakllanadi. Qiz bolalarda esa aksincha chap yarim sharlar tezroq shakllanadi va
shunga bog‘liq birmuncha erta muddatlarda ularda nutq rivojlanishi aniqlanadi.
Bundan tashqari qiz bolalarda birmuncha yaqqol ifodalangan yarimsharlararo о‘zaro
ta’sir erta shakllanadi. Bu ularda miya jarohatlanishini kompensatsiyalashda yaxshi
yordam beradi.
Bundan tashqari о‘g‘il bolalarda nutq buzilishlarining kо‘p uchrashiga
xromasoma tuzilishidagi о‘ziga xos о‘zgarishlarga bog‘liq ravishda intelektual va
nutq buzilishlari sabab bо‘lishi mumkin.
Bolalarda nutq buzilishlarining kelib chiqishida miyaning erta organik
jarohatlanishlari katta rol о‘ynaydi.
Emotsional-deprivatsiya katta axamiyatga egadir (kattalar bilan emotsional
ijobiy aloqani yetishmasligi).
Hayotining birinchi yillarida bola va onaning о‘zaro aloqasi buzilishiga
alohida e’tibor qaratiladi. Ma’lumki, nutq funksiyasi shakllanishi uchun hayotning
birinchi yilida normal rivojlanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolaning ona bilan
yoki о‘ziga yaqin bо‘lgan boshqa kishilar bilan tо‘g‘ri о‘zaro munosabat bо‘lishini
talab etadi.
Nutq buzilishlari turli xil noqulay omillarning bola miyasiga va uning
keyingi rivojlanishiga ta’sir etishi natijasida ham kelib chiqadi. Bunday nutq
buzilishlarining tuzilishi zararli omilning ta’sir etish vaqti va miya jarohatlanishi
о‘chog‘iga bog‘liq ravishda farqlanadi.
Miya jarohatlanishida lokolizatsiya jarohatlanish darajasi va nutq buzilishlari
aspekti bо‘yicha va keyingi asoratlari orasida tо‘la bir-biriga bog‘liqlik bо‘lmaydi.
Bolalardagi chap gemisferalarning tug‘ma yoki erta orttirilgan jarohati kо‘pincha
nutq buzilishlariga olib kelmaydi (jarohatlanish nutqqacha bо‘lgan davrda hosil
bо‘ladimi yoki shakllanib bо‘lgan nutq davridami, bundan qat’iy nazar). Bu fikr 100
yil avval kо‘rsatilgan va sо‘ng tadqiqotlarda tasdiqlangan.
Kattalarda shunga о‘xshash jarohatlar ma’lum о‘ringa ega bо‘ladilar.
Ma’lumki, yaxshi rivojlangan nutqqa ega bolaning kalla suyagi travmasi kattalarga
qaraganda afaziyani ancha kam keltirib chiqaradi. Miya plastikligi ma’lum darajada
miya tuzilishining yetilmaganligi bilan belgilanadi. Bu bilan bola miyasining
jarohatlanish о‘chog‘i va og‘irligi orasida va nutq buzilishlarining kelib chiqishi
chastotasi orasida aniq bir-biriga bog‘liqlikning yо‘qligi tushuntiriladi.
Adabiyotlarda shunday nazariya keltirilgan, erta yoshlarda bolaning chap
gemisferalarining hatto butunlay olib tashlaganda ham maxsus nutq buzilishlari kelib
chiqmasligi mumkin. Bu holat bola miyasining plastikligi bilan, qolaversa bolaning
yetilmagan miyasida biroz bir-biriga aralashganroq nutq zonalarining borligi bilan
izohlanadi. Nerv tizimi plastikligi va nevronlar miyelinizatsiyalanishi darajasi
orasida teskari bog‘liqlik mavjud: miyelinizatsiya qancha kam bо‘lsa, ya’ni ular
qancha kam yetilsa plastikligi shuncha oshadi.
Bu shunda namoyon bо‘ladiki, о‘zining jarohatlangan tomonida sinapsni
(nerv hujayralari orasidagi aloqani amalga oshiruvchi) shakllantira olmaydigan nerv
hujayrasining aksoni, uni sog‘lom yarim sharda shakllantirishi mumkin. Biroq bu
faqat bir holatda amalga oshadi, agar miya pо‘stloq bо‘limlari miyelinizatsiyasi hali
tugamagan bо‘lsa va sog‘lom yarim sharda barcha sinaptik hosilalar shakllanib
bо‘lmagan bо‘lsa.
Erta yoshlarda bola bosh miyasi pо‘stlog‘ining bir tomonlama jarohatlanishi
kattalarga qaraganda о‘zgacha sifatli buzilishlarni keltirib chiqaradi. Agar kattalarda
afaziya odatda dominant chap yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga kelsa,
bolalarda ular kо‘pincha ikkala yarim shar jarohatlanishi natijasida yuzaga keladi.
Bundan tashqari, hatto о‘ng yarim sharlarning (odatda subdominant) jarohatlanishi
nutq rivojlanishida ma’lum miqdordagi buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bu holda, maktabgacha yoshda nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi
ekzogen-organik omillarning rolini baholashda quyidagilarni hisobga olish muhim:
vaqt, jarohat xarakteri va lokolizatsiyasi, bola nerv tizimining plastik xususiyati,
shuningdek, miya jarohatlanish vaqtida nutq funksiyasining shakllanganlik darajasi.
Nutq buzilishlari etiologiyasida nasliy omillar ham ma’lum ahamiyatga ega.
Kо‘pincha ular hatto ahamiyatsiz omillar ta’siri ostida nutq patalogiyalarini yuzaga
keltiruvchi «moyillik» vazifasini bajaradilar.
Ayrim holatlarda nasliy omillar boshlovchi sabab sifatida ishtirok etadi.
Masalan, adabiyotlarda shunday ma’lumotlar keltiriladi: tanglay yoriqligi bilan
shartlangan rinolaliya 10%-30% hollarda nasliy omillar bilan bog‘liq bо‘lishi
mumkin. (P.G.Svetlov, 1962 yillar A.Y.Piskunov, 1960 va boshqalar). A.E.Gusan
(1980) ma’lumotiga kо‘ra rinolaliyaning nisbiy shakllari chastotasi bor-yо‘g‘i 1,31%
ni tashkil etar ekan.
A.Gridnev (1976) ma’lumotiga kо‘ra, duduqlanuvchilar orasida nasliy
og‘irlik 17,5% ni tashkil qiladi. Yozma nutq buzilishlarining kelib chiqishida
(disgrafiya, disleksiya) nasliy omillarning roli aniqlangan. nutq buzilishlarining
kelib chiqishida nasliy omillar odatda ekzogen-organik va ijtimoiy omillar bilan
birgalikda keladi. Shuningdek ular ayrim nutq buzilishlarning keltirib chiqarishda
boshlovchi omil bо‘lib xizmat qiladilar. Bularga xromosoma sindromi va nerv
tizimining nasliy-degenerativ kasalliklarida kuzatiluvchi nutq buzilishlari nomi bilan
alohida guruhni tashkil qiladi. Ularning xususiyati kasallikning о‘zidan kelib
chiqadi.
Xromosoma sindromlari (yoki xromosoma kasalligi) tug‘ma hisoblanadi va
odatda progridiyent oqimga ega bо‘lmaydi. Deyarli barcha xromosoma
sindromlarida bolaning jismoniy, nerv-psixik rivojlanishida orqada qolish
kuzatiladi, shuningdek u yoki bu darajada nutq rivojlanishi ham buziladi.
Xromosoma sindromi ikki guruhga bо‘linadi:
Birinchi guruh-autosoma strukturasi yoki sonining о‘zgarishi bilan bog‘liq
sindromlar.
Ikkinchi guruh-jinsiy xromosomalarning о‘zgarishi bilan bog‘liq sindromlar.
Birmuncha yaqqolroq ifodalangan nutq rivojlanishidagi buzilishlar va nutq
kamchiliklari birinchi guruh sindromlarida kuzatiladi. Ular odatda intellekt
yetishmovchiligi aniq nuqsonlar va rivojlanish anomaliyalari bilan birga qо‘shilib
keladi. Bunga Daun kasalligidagi nutq buzilishi misol bо‘la oladi.
Sо‘nggi yillarda butun dunyoda alohida e’tiborni о‘ziga jalb qilib kelayotgan
muammo bu- x-xromosomasida о‘ziga xos о‘zgarishlari bо‘lgan bolalarning nutq
buzilishlari masalasidir (fragil yoki mо‘rt xromosomalar sindromi). Bu sindromda
nutq buzilishlari polimorfdir: nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi, dizartriya, gohida
duduqlanish. Perseveratsiyalar bilan birga qо‘shilib keluvchi nutq tempining
tezlashuvi, shuningdek xarakatning tormozlanganligi, affektiv buzilishlar bu
sindromga xarakterlidir.
Nerv tizimining nasliy-degenerativ kasalliklari genetik ma’lumotning
о‘zgarishi bilan namoyon bо‘ladi. Ularning asosida gen mutatsiyalari yotadi. Bu gen
mutatsiyalari ayrim oqsil strukturalari yoki fermentlar sintezini izdan chiqaradi. Bu
turli xil buzilishlarni keltirib chiqaradi.
О‘ziga
xos
nutq
buzilishlari
fenilketonuriyada
ham
kuzatiladi.
Fenilketonuriya nasliy kasallik bо‘lib, fenilalanin moddasi almashinuvi buzilishidan
kelib chiqadi. Bu nutq buzilishlarining barchasi nerv tizimi nasliy almashinuv
kasalliklari strukturasidagi sindromlar sifatida qabul qilingan. Erta boshlangan
davolov ishlari ma’lum darajada kasallikning og‘ir kechishini, intellektning
keyinchalik pasayishini va nutqning tо‘la rivojlanmaganligini oldinroq ogohlantirish
mumkin.
Logoped shunday kasalliklarning mavjudligini, ularni erta aniqlash va
davolash muhimligini, shu singari patalogiyalarga shubhalanilgan bolalarni
maqsadga muvofiq tibbiy-genetik konsultatsiyaga yо‘naltirishni yodda tutishi
muhim.
Demak, nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi etiologik omillar murakkab
va polimorfdir. Nasliy moyillik, noqulay muhit va jarohatlar yoki turli xil noqulay
omillar ta’siri ostida miya shakllanishining buzilishi qо‘shilib kelishi birmuncha
kо‘proqdir.
Nutq buzilishlari etiologiyasining muhim muammolari quyidagilardir:
1.
Miya jarohatlanishi vaqti, xarakteri va о‘chog‘ini hisobga olgan holda
pо‘stloq genezi (alaliya, afaziya) sistemali nutq buzilishlari sababini о‘rganish.
2.
Turli xil kо‘rinishdagi nutq buzilishlarining kelib chiqishida nasliy
omillar rolini aniqlash.
3.
Duduqlanishning turli xil shakllarini keltirib chiqarishga moyil
sharoitlar va sabablarni batafsil о‘rganish.
4.
Nutq buzilishlarining tarqalganligi va uning sabablari haqida statistik
ma’lumotlarni о‘rganish.
Nazoart savollari
1.
Nutq buzilishlarining asosiy sabablarini ayting.
2.
Nutq buzilishlarini keltirib chiqaruvchi sharoitni tavsiflab bering.
3.
Ekzogen-organik omillarni nutq buzilishlarining sababi sifatida
tavsiflab bering.
4.
Nutq buzilishlarini paydo bо‘lishida nasliy omillarni rolini ochib bering.
5.
Nutq buzilishlarini paydo bо‘lishida ijtimoiy omillarning rolini ochib
bering.
6.
Rivojlanish tushunchasi.
7.
Bosqich va davrlar.
8.
Senzitiv davr hususiyatlari.
9.
Yosh krizislari va ularning hususiyatlari.