MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

20

Faytl hajmi

42,4 KB


 
 
 
 
 
 
MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY 
MUNOSABATLAR 
 
 
 
Reja: 
1.Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va tuzilishi. 
2.Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi. 
3.Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati. 
4.Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari. 
5.Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor 
bo‘lishi. 
6.M’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari.
MA’MURIY-HUQUQIY NORMALAR VA MA’MURIY-HUQUQIY MUNOSABATLAR Reja: 1.Ma’muriy-huquqiy normalar tushunchasi va tuzilishi. 2.Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi. 3.Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati. 4.Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari. 5.Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi. 6.M’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari.
 
 
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko‘ra, huquq – ijtimoiy munosabatlarga 
ta’sir etuvchi vosita sifatida, doimo muayyan xulq-atvor, xatti-harakat qoidasi 
sifatida o‘zini namoyon etadi.1  
Har qanday huquq tarmog‘ining mazmun-mohiyati va ijtimoiy yo‘nalishi 
huquqiy normalar xususiyati bilan belgilanib, ularning yig‘indisi huquq tizimi u yoki 
bu tarmog‘ining mazmunini tashkil etadi. 
Huquqiy norma (“norma”) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “qoida”, 
“namuna” ma’nosini anglatadi. Har bir huquq normasi o‘zida biron-bir xatti-harakat, 
xulq-atvor, muayyan yurish-turish qoidasini ifodalaydi.  
Huquqning har bir tarmog‘i, shu jumladan ma’muriy huquqning normalari har 
qanday huquq normasi uchun xos bo‘lgan umumiy belgilarga, shuningdek, o‘ziga 
xos bo‘lgan xususiyatlarga ega.  
Ma’muriy-huquqiy normalar – muayyan xatti-harakat qoidalaridan iborat 
bo‘lib, davlat tomonidan belgilanadi, boshqa ijtimoiy normalardan, masalan, axloq 
normalaridan farqlanadi. Shu sababli, ularga rioya etish majburiy bo‘lib, ular 
buzilgan hollarda, davlatning majburlov choralari qo‘llaniladi. 
Boshqa huquq tarmoqlarining normalari kabi, ma’muriy -huquqiy normalar 
ushbu munosabatlar sub’ektlarining yuridik va majburiyatlarini aniqlash, 
shuningdek, ular tomonidan huquqlar buzilgan va majburiyatlar bajarilmagan 
hollarda javobgarlikni belgilash yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.  
Demak, ma’muriy -huquqiy normalar – ma’muriy huquq tarmog‘ining 
boshlang‘ich elementi sifatida, quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 
birinchidan, ma’muriy -huquqiy normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi va 
ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi; 
ikkinchidan, ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini, xatti-harakatini tartibga soladi; 
uchinchidan, ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy 
munosabatlar ishtirokchilarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini aniqlab 
beradi;
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko‘ra, huquq – ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida, doimo muayyan xulq-atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida o‘zini namoyon etadi.1 Har qanday huquq tarmog‘ining mazmun-mohiyati va ijtimoiy yo‘nalishi huquqiy normalar xususiyati bilan belgilanib, ularning yig‘indisi huquq tizimi u yoki bu tarmog‘ining mazmunini tashkil etadi. Huquqiy norma (“norma”) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “qoida”, “namuna” ma’nosini anglatadi. Har bir huquq normasi o‘zida biron-bir xatti-harakat, xulq-atvor, muayyan yurish-turish qoidasini ifodalaydi. Huquqning har bir tarmog‘i, shu jumladan ma’muriy huquqning normalari har qanday huquq normasi uchun xos bo‘lgan umumiy belgilarga, shuningdek, o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Ma’muriy-huquqiy normalar – muayyan xatti-harakat qoidalaridan iborat bo‘lib, davlat tomonidan belgilanadi, boshqa ijtimoiy normalardan, masalan, axloq normalaridan farqlanadi. Shu sababli, ularga rioya etish majburiy bo‘lib, ular buzilgan hollarda, davlatning majburlov choralari qo‘llaniladi. Boshqa huquq tarmoqlarining normalari kabi, ma’muriy -huquqiy normalar ushbu munosabatlar sub’ektlarining yuridik va majburiyatlarini aniqlash, shuningdek, ular tomonidan huquqlar buzilgan va majburiyatlar bajarilmagan hollarda javobgarlikni belgilash yo‘li bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, ma’muriy -huquqiy normalar – ma’muriy huquq tarmog‘ining boshlang‘ich elementi sifatida, quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: birinchidan, ma’muriy -huquqiy normalar davlat tomonidan o‘rnatiladi va ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi; ikkinchidan, ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini, xatti-harakatini tartibga soladi; uchinchidan, ma’muriy huquq tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini aniqlab beradi;
 
 
to‘rtinchidan, huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganida 
davlatning majburlov choralari orqali ijtimoiy munosabatlarni himoya qiladi.  
Ma’muriy-huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlari – ma’muriy huquq 
predmeti hamda huquqiy tartibga solish uslubining xususiyatlari bilan belgilanadi.  
Ma’muriy-huquqiy normalar – O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimi boshqa 
tarmoqlarining normalaridan farqli ravishda, maxsus qo‘llanish sohasiga ega bo‘lib, 
bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy 
munosabatlardir. Shu sababli, ma’muriy -huquqiy normalarning mazmunini davlat 
boshqaruvi jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan xatti-harakatlar doirasi tashkil 
etadi. Ular yordamida davlat organlari, mansabdor shaxslar, xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar, jamoat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning davlat boshqaruvi sohasida 
qachon va qanday tartibda harakat qilganlarida qonunchilik talablari aniq va 
maqsadga muvofiq bo‘lishi belgilanadi. Shu bilan birga, ma’muriy -huquqiy 
normalarda qanday harakatlarni amalga oshirish mumkin va qaysilaridan o‘zini 
tiyish kerakligi ko‘rsatiladi.  
Ma’muriy huquq normalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatning 
birorta holatiga ko‘rsatma beriladi yoki unga belgilangan shart-sharoitlarda rioya 
etilganida ruxsat beriladi va nihoyat, muayyan harakatlarni amalga oshirish man 
etiladi. Shu tariqa, davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar 
ishtirokchilarining davlat, jamiyat va shaxs manfatlariga muvofiq keladigan 
huquqlari va majburiyatlarini belgilash orqali, ular xatti-harakatining o‘rnatilgan 
huquqiy tartibi yaratiladi.  
Ma’muriy-huquqiy normalarning boshqa bir xususiyati shundan iboratki, ular 
xususiy emas, balki ommaviy manfaatlarni amalga oshirish vositasi hisoblanadi.  
Ma’muriy huquqning tartibga solish uslubi bilan belgilangan ma’muriy -
huquqiy normalarning alohida xususiyatlariga imperativlik (buyruq berish) 
xususiyati kiradi, ularda muayyan harakatlarni amalga oshirish uchun qat’iy yozma 
buyruqlar, ko‘rsatmalar mavjud bo‘ladi.  
Demak, ma’muriy -huquqiy normalar – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan, 
davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan
to‘rtinchidan, huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganida davlatning majburlov choralari orqali ijtimoiy munosabatlarni himoya qiladi. Ma’muriy-huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlari – ma’muriy huquq predmeti hamda huquqiy tartibga solish uslubining xususiyatlari bilan belgilanadi. Ma’muriy-huquqiy normalar – O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimi boshqa tarmoqlarining normalaridan farqli ravishda, maxsus qo‘llanish sohasiga ega bo‘lib, bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlardir. Shu sababli, ma’muriy -huquqiy normalarning mazmunini davlat boshqaruvi jarayonida amal qilinishi shart bo‘lgan xatti-harakatlar doirasi tashkil etadi. Ular yordamida davlat organlari, mansabdor shaxslar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, jamoat tashkilotlari va jismoniy shaxslarning davlat boshqaruvi sohasida qachon va qanday tartibda harakat qilganlarida qonunchilik talablari aniq va maqsadga muvofiq bo‘lishi belgilanadi. Shu bilan birga, ma’muriy -huquqiy normalarda qanday harakatlarni amalga oshirish mumkin va qaysilaridan o‘zini tiyish kerakligi ko‘rsatiladi. Ma’muriy huquq normalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatning birorta holatiga ko‘rsatma beriladi yoki unga belgilangan shart-sharoitlarda rioya etilganida ruxsat beriladi va nihoyat, muayyan harakatlarni amalga oshirish man etiladi. Shu tariqa, davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining davlat, jamiyat va shaxs manfatlariga muvofiq keladigan huquqlari va majburiyatlarini belgilash orqali, ular xatti-harakatining o‘rnatilgan huquqiy tartibi yaratiladi. Ma’muriy-huquqiy normalarning boshqa bir xususiyati shundan iboratki, ular xususiy emas, balki ommaviy manfaatlarni amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Ma’muriy huquqning tartibga solish uslubi bilan belgilangan ma’muriy - huquqiy normalarning alohida xususiyatlariga imperativlik (buyruq berish) xususiyati kiradi, ularda muayyan harakatlarni amalga oshirish uchun qat’iy yozma buyruqlar, ko‘rsatmalar mavjud bo‘ladi. Demak, ma’muriy -huquqiy normalar – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan
 
 
ijtimoiy 
munosabatlarni 
tartibga 
solish 
maqsadida 
ushbu 
munosabatlar 
sub’ektlarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini belgilaydigan, shuningdek, 
huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganda ularning javobgarligini 
o‘rnatadigan va majburiy choralar bilan ta’minlanadigan xulq-atvor qoidalaridir. 
Ma’muriy-huquqiy normalar, huquqning har qanday tarmog‘i singari o‘zining 
ichki mantiqiy tuzilishiga ega bo‘lib, ayni paytda ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir. 
Yuridik adabiyotlarda ma’muriy -huquqiy normalarning tuzilishi (tarkibi) 
bo‘yicha turlicha yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida huquqiy 
normalar uch qismga bo‘lingan: 
1) Ma’muriy-huquqiy normalarning gipotezasi – huquqiy normaning 
harakatga kelishini va uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshirilishini, 
shuningdek, hayotiy sharoit va mavjud holatlarni belgilab beradi; 
2) Ma’muriy-huquqiy normalarning dispozitsiyasi – huquqiy normaning bir 
qismi bo‘lib, unda huquq tarmog‘i tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar 
ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari, xatti-harakatlari doirasi ko‘rsatib 
o‘tiladi. Huquqiy norma dispozitsiyasida – ko‘rsatma, ruxsat berish, man etish, ya’ni 
ma’muriy munosabatlar ishtirokchilari xulq-atvorining mazmuni ko‘rsatib o‘tiladi; 
3) Ma’muriy-huquqiy normalarning sansiyasi – bu huquqiy normaning 
tarkibiy qismi bo‘lib, unda dispozitsiyasi qismida belgilangan talabning bajarilishi 
yoki bajarilmaganligi uchun qo‘llaniladigan ta’sir etish choralari nazarda tutiladi. 
 
 
2. Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi 
 
Ma’muriy-huquqiy normalar o‘zining tartibga solish yo‘nalishi va unga 
muvofiq holda yuridik mazmuni bilan nihoyatda xilma-xildir. Shu sababli davlat 
boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ma’muriy -huquqiy 
normalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun ularni tasniflash katta 
ahamiyatga egadir.
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ushbu munosabatlar sub’ektlarining yuridik huquqlari va majburiyatlarini belgilaydigan, shuningdek, huquqlar buzilganda yoki majburiyatlar bajarilmaganda ularning javobgarligini o‘rnatadigan va majburiy choralar bilan ta’minlanadigan xulq-atvor qoidalaridir. Ma’muriy-huquqiy normalar, huquqning har qanday tarmog‘i singari o‘zining ichki mantiqiy tuzilishiga ega bo‘lib, ayni paytda ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir. Yuridik adabiyotlarda ma’muriy -huquqiy normalarning tuzilishi (tarkibi) bo‘yicha turlicha yondoshuvlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida huquqiy normalar uch qismga bo‘lingan: 1) Ma’muriy-huquqiy normalarning gipotezasi – huquqiy normaning harakatga kelishini va uning dispozitsiyasi qanday sharoitlarda amalga oshirilishini, shuningdek, hayotiy sharoit va mavjud holatlarni belgilab beradi; 2) Ma’muriy-huquqiy normalarning dispozitsiyasi – huquqiy normaning bir qismi bo‘lib, unda huquq tarmog‘i tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari, xatti-harakatlari doirasi ko‘rsatib o‘tiladi. Huquqiy norma dispozitsiyasida – ko‘rsatma, ruxsat berish, man etish, ya’ni ma’muriy munosabatlar ishtirokchilari xulq-atvorining mazmuni ko‘rsatib o‘tiladi; 3) Ma’muriy-huquqiy normalarning sansiyasi – bu huquqiy normaning tarkibiy qismi bo‘lib, unda dispozitsiyasi qismida belgilangan talabning bajarilishi yoki bajarilmaganligi uchun qo‘llaniladigan ta’sir etish choralari nazarda tutiladi. 2. Ma’muriy-huquqiy normalarning tasnifi Ma’muriy-huquqiy normalar o‘zining tartibga solish yo‘nalishi va unga muvofiq holda yuridik mazmuni bilan nihoyatda xilma-xildir. Shu sababli davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ma’muriy -huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun ularni tasniflash katta ahamiyatga egadir.
 
 
Aksariyat huquqshunos olimlari ma’muriy -huquqiy normalarni ikki guruhga: 
moddiy va protsessual normalarga bo‘ladi. Bunday tasniflash mezoni sifatida ayrim 
hollarda ma’muriy -huquqiy normalar mazmuni, boshqa hollarda esa, ma’muriy -
huquqiy tartibga solish predmetining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.  
Moddiy ma’muriy -huquqiy normalar - davlat boshqaruvini tashkil etish va 
amalga oshirish bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar ishtirokchilarining huquq va 
majburiyatlari hajmi va mazmunini, shuningdek, ularning javobgarligini belgilaydi. 
Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi 
qonun1ning 7-moddasiga binoan “Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan 
nazoratni amalga oshiradi”. Mazkur norma moddiy huquqiy norma bo‘lib, O‘zR 
Vazirlar Mahkamasining vakolatini belgilab bergan.  
Protsessual ma’muriy -huquqiy normalar - tartibga solinayotgan ijtimoiy 
munosabatlar ishtirokchilari uchun moddiy ma’muriy -huquqiy normalarda nazarda 
tutilgan, davlat boshqaruvi sohasidagi yuridik huquq va majburiyatlarni amalga 
oshirish tartibini belgilaydi. Boshqacha aytganda, ular davlat boshqaruvini tashkil 
etish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyat tartibini belgilaydi va amaldagi 
qonunchilik bilan belgilangan ushbu faoliyatdagi jarayon qoidalariga rioya etilishini 
talab qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g‘risida”gi qonun1ning 22-moddasiga binoan “Mahalliy ijroiya hokimiyati 
organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo‘limlar va boshqa bo‘linmalardan iborat 
bo‘lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan 
belgilanadi”. Ushbu norma mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari va 
majburiyatlarini bevosita amalga oshirishga ko‘maklashuvchi protsessual huquqiy
 
 norma hisoblanadi.  
O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining boshqa tarmoqlaridan1 farqli 
ravishda, ma’muriy huquqda, odatda, moddiy va protsessual normalar yagona 
manbalarda ko‘rsatib o‘tiladi. Jumladan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun 
ma’muriy javobgarlikni belgilovchi moddiy va protsessual normalar yagona qonun
Aksariyat huquqshunos olimlari ma’muriy -huquqiy normalarni ikki guruhga: moddiy va protsessual normalarga bo‘ladi. Bunday tasniflash mezoni sifatida ayrim hollarda ma’muriy -huquqiy normalar mazmuni, boshqa hollarda esa, ma’muriy - huquqiy tartibga solish predmetining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Moddiy ma’muriy -huquqiy normalar - davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari hajmi va mazmunini, shuningdek, ularning javobgarligini belgilaydi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun1ning 7-moddasiga binoan “Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi”. Mazkur norma moddiy huquqiy norma bo‘lib, O‘zR Vazirlar Mahkamasining vakolatini belgilab bergan. Protsessual ma’muriy -huquqiy normalar - tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari uchun moddiy ma’muriy -huquqiy normalarda nazarda tutilgan, davlat boshqaruvi sohasidagi yuridik huquq va majburiyatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi. Boshqacha aytganda, ular davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyat tartibini belgilaydi va amaldagi qonunchilik bilan belgilangan ushbu faoliyatdagi jarayon qoidalariga rioya etilishini talab qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun1ning 22-moddasiga binoan “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo‘limlar va boshqa bo‘linmalardan iborat bo‘lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi”. Ushbu norma mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari va majburiyatlarini bevosita amalga oshirishga ko‘maklashuvchi protsessual huquqiy norma hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining boshqa tarmoqlaridan1 farqli ravishda, ma’muriy huquqda, odatda, moddiy va protsessual normalar yagona manbalarda ko‘rsatib o‘tiladi. Jumladan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi moddiy va protsessual normalar yagona qonun
 
 
hujjatida – O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksida o‘z ifodasini topgan.  
Ma’muriy-huquqiy normalarni ularning aniq yuridik mazmuniga qarab 
tasniflanishi alohida ahamiyat kasb etadi. U huquqning barcha tarmoqlari uchun 
umumiy bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish uslubining u yoki 
bu doirasi: ko‘rsatma berish, man etish va ruxsat berishga asoslanadi. Shu nuqtai 
nazardan ma’muriy -huquqiy normalarning uch turi ajratiladi: majburiyat yuklovchi, 
taqiqlovchi va vakolat beruvchi normalar. 
Majburiyat yuklovchi ma’muriy -huquqiy normalar ushbu normalar 
gipotezasida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda, muayyan 
harakatlarni albatta amalga oshirish lozim bo‘lgan yuridik hokimiyat ko‘rsatmalarini 
o‘z ichiga oladi.  
Majburiyat yuklovchi ma’muriy -huquqiy normalar shaxsni qandaydir xatti-
harakatni sodir etishga majbur qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga 
rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini 
hurmat qilishga majburdirlar”.  
Taqiqlovchi ma’muriy -huquqiy normalar - ushbu normalar u yoki bu 
harakatlarni amalga oshirishning taqiqlanishini nazarda tutadi. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonun1ning 6-moddasiga 
binoan “Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor 
shaxslarning, shuningdek, amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat 
vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga 
ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor 
qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi”. Mazkur huquqiy norma orqali 
notarius yoki tegishli shaxs tomonidan ma’lumotlarni oshkor qilish mumkin 
emasligi (taqiq) belgilangan.  
Vakolat beruvchi ma’muriy -huquqiy normalar - davlat boshqaruvi sohasidagi 
ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari doirasida 
o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilish imkoniyatini nazarda tutadi, ya’ni bu yerda
hujjatida – O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida o‘z ifodasini topgan. Ma’muriy-huquqiy normalarni ularning aniq yuridik mazmuniga qarab tasniflanishi alohida ahamiyat kasb etadi. U huquqning barcha tarmoqlari uchun umumiy bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish uslubining u yoki bu doirasi: ko‘rsatma berish, man etish va ruxsat berishga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan ma’muriy -huquqiy normalarning uch turi ajratiladi: majburiyat yuklovchi, taqiqlovchi va vakolat beruvchi normalar. Majburiyat yuklovchi ma’muriy -huquqiy normalar ushbu normalar gipotezasida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda, muayyan harakatlarni albatta amalga oshirish lozim bo‘lgan yuridik hokimiyat ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Majburiyat yuklovchi ma’muriy -huquqiy normalar shaxsni qandaydir xatti- harakatni sodir etishga majbur qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”. Taqiqlovchi ma’muriy -huquqiy normalar - ushbu normalar u yoki bu harakatlarni amalga oshirishning taqiqlanishini nazarda tutadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonun1ning 6-moddasiga binoan “Notariusning, notarial harakatlarni amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek, amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor bo‘lib qolgan shaxslarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi”. Mazkur huquqiy norma orqali notarius yoki tegishli shaxs tomonidan ma’lumotlarni oshkor qilish mumkin emasligi (taqiq) belgilangan. Vakolat beruvchi ma’muriy -huquqiy normalar - davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilariga yuridik hokimiyat ko‘rsatmalari doirasida o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilish imkoniyatini nazarda tutadi, ya’ni bu yerda
 
 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar ham, man etishlar ham yo‘q. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari 
to‘g‘risida”gi qonun1ning 3-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish 
huquqiga ega”. Mazkur normada ko‘rsatib o‘tilgan huquq bevosita fuqaroning 
erkiga bog‘liq bo‘lib, uning xohish-irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, vakolat beruvchi huquqiy normalarda 
shaxsning harakat qilish doirasi aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Shaxs faqatgina mana shu 
doirada harakat qilib, o‘zining xohish-irodasini ifoda etishi mumkin. 
 
 
3. Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati 
 
Huquqiy normalarni hayotga samarali tatbiq etishning muhim sharti – 
ularning harakat doirasini aniq belgilash hisoblanadi. Huquqiy normalarning 
harakatlanishi – ularda nazarda tutilgan yuridik oqibatlarning vujudga chiqishidir. 
Yuridik adabiyotlarga binoan huquqiy normalarning harakati (amal qilishi) quyidagi 
yo‘nalishlarni qamrab oladi: 
1) Ma’muriy -huquqiy normalarning harakatlanish mavzusi. ma’muriy -
huquqiy normalar davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan turli mazmundagi 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, davlat organlarida xizmatni o‘tash 
tartibini belgilovchi normalar, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni 
ta’minlashga qaratilgan normalar, ma’muriy huquq sub’ektlarining huquqiy 
maqomini belgilab beruvchi normalar yoki ma’muriy javobgarlikni belgilovchi 
normalar va h.k.lar; 
2) Ma’muriy-huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi (amalda 
bo‘lishi). Normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi – norma nazarda tutilgan 
qonun yoki boshqa normativ hujjatning yuridik kuchga kirishi yoki uni yo‘qotish 
vaqtini anglatadi. Normativ hujjatlar odatda: a) qonun yoki boshqa normativ hujjatda 
ko‘rsatib o‘tilgan muddatda; b) matbuotda e’lon qilingan vaqtdan boshlab; v)
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar ham, man etishlar ham yo‘q. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun1ning 3-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega”. Mazkur normada ko‘rsatib o‘tilgan huquq bevosita fuqaroning erkiga bog‘liq bo‘lib, uning xohish-irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, vakolat beruvchi huquqiy normalarda shaxsning harakat qilish doirasi aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Shaxs faqatgina mana shu doirada harakat qilib, o‘zining xohish-irodasini ifoda etishi mumkin. 3. Ma’muriy-huquqiy normalarning harakati Huquqiy normalarni hayotga samarali tatbiq etishning muhim sharti – ularning harakat doirasini aniq belgilash hisoblanadi. Huquqiy normalarning harakatlanishi – ularda nazarda tutilgan yuridik oqibatlarning vujudga chiqishidir. Yuridik adabiyotlarga binoan huquqiy normalarning harakati (amal qilishi) quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: 1) Ma’muriy -huquqiy normalarning harakatlanish mavzusi. ma’muriy - huquqiy normalar davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan turli mazmundagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, davlat organlarida xizmatni o‘tash tartibini belgilovchi normalar, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlashga qaratilgan normalar, ma’muriy huquq sub’ektlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi normalar yoki ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normalar va h.k.lar; 2) Ma’muriy-huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi (amalda bo‘lishi). Normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi – norma nazarda tutilgan qonun yoki boshqa normativ hujjatning yuridik kuchga kirishi yoki uni yo‘qotish vaqtini anglatadi. Normativ hujjatlar odatda: a) qonun yoki boshqa normativ hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan muddatda; b) matbuotda e’lon qilingan vaqtdan boshlab; v)
 
 
aksariyat normalar 10 kunlik muddat o‘tishi bilan yuridik kuchga ega bo‘lib, 
normalarni harakatga keltiradi. 
Normativ hujjatlar o‘zining yuridik kuchini quyidagi holatlarda to‘xtatadi: a) 
normativ hujjatning amal qilishi belgilangan muddat o‘tishi bilan; b) vakolatli davlat 
organining normativ hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorining chiqarilishi; v) 
yangi hujjatning qabul qilinishi bilan eskisini bekor qilish.  
Normativ hujjatlar o‘zining yuridik kuchini yo‘qotishi bilan, undagi 
normalarning harakati ham to‘xtaydi. 
Normalarning kuchga kirishi va amalda bo‘lishini aniq belgilash muhim 
ahamiyatga egadir. Chunki ular belgilangan vaqtdan boshlab so‘zsiz bajarilishi 
lozim bo‘ladi. 
Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha harakatlanishida orqaga qaytish 
kuchiga ega bo‘lishi mumkin. Jumladan O‘zR MJtKning 9-moddasiga binoan 
“ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor 
qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga 
qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taaluqlidir. Ma’muriy 
huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi 
hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi”; 
3) Ma’muriy-huquqiy normalarning makonda (hududda) harakatlanishi. 
Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarni o‘zida ifoda etgan normativ hujjatlar butun 
respublika hududida harakatda bo‘ladi. Lekin ba’zi bir normalarning makon 
bo‘yicha harakatlanishi doirasi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. Masalan, 
qonunlar butun respublika miqyosida harakatda bo‘lsa, mahalliy hokimiyat 
organlarining normativ hujjatlari ma’lum bir hududlarda (viloyat, tuman, shahar 
miqyosida) harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari, korxona, muassasa yoki tashkilotlar 
doirasida harakatda bo‘luvchi normalar ham mavjud . 
Ayrim hollarda ma’muriy -huquqiy normalar davlatlararo miqyoslarda amal 
qilishi mumkin. Bu normalar ikki tomonlama bitimlarga muvofiq bir necha davlatlar 
hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi;
aksariyat normalar 10 kunlik muddat o‘tishi bilan yuridik kuchga ega bo‘lib, normalarni harakatga keltiradi. Normativ hujjatlar o‘zining yuridik kuchini quyidagi holatlarda to‘xtatadi: a) normativ hujjatning amal qilishi belgilangan muddat o‘tishi bilan; b) vakolatli davlat organining normativ hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorining chiqarilishi; v) yangi hujjatning qabul qilinishi bilan eskisini bekor qilish. Normativ hujjatlar o‘zining yuridik kuchini yo‘qotishi bilan, undagi normalarning harakati ham to‘xtaydi. Normalarning kuchga kirishi va amalda bo‘lishini aniq belgilash muhim ahamiyatga egadir. Chunki ular belgilangan vaqtdan boshlab so‘zsiz bajarilishi lozim bo‘ladi. Ma’muriy-huquqiy normalar vaqt bo‘yicha harakatlanishida orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin. Jumladan O‘zR MJtKning 9-moddasiga binoan “ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taaluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi”; 3) Ma’muriy-huquqiy normalarning makonda (hududda) harakatlanishi. Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarni o‘zida ifoda etgan normativ hujjatlar butun respublika hududida harakatda bo‘ladi. Lekin ba’zi bir normalarning makon bo‘yicha harakatlanishi doirasi aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. Masalan, qonunlar butun respublika miqyosida harakatda bo‘lsa, mahalliy hokimiyat organlarining normativ hujjatlari ma’lum bir hududlarda (viloyat, tuman, shahar miqyosida) harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari, korxona, muassasa yoki tashkilotlar doirasida harakatda bo‘luvchi normalar ham mavjud . Ayrim hollarda ma’muriy -huquqiy normalar davlatlararo miqyoslarda amal qilishi mumkin. Bu normalar ikki tomonlama bitimlarga muvofiq bir necha davlatlar hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi;
 
 
4) Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar doirasi bo‘yicha harakatlanishi. 
Huquqiy normalarning asosiy vazifasi bo‘lib – ular tomonidan tartibga solinishi 
lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, munosabat sub’ektlarining 
doirasini aniqlab berish hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar 
doirasi bo‘yicha harakati, aksariyat holatlarda ularning egallab turgan maqomiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari barcha 
fuqarolarga nisbatan tatbiq qilinishi mumkin. Lekin mazkur qonunlardagi 
normalarning ayrimlari xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 
nisbatan qo‘llanilmaydi. (masalan, saylash huquqi yoki harbiy xizmatni o‘tash 
majburiyati) Yoki, yuridik shaxslarning huquqiy maqomini belgilovchi normalar 
fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Huquqbuzrlikni sodir etgan shaxsga 
nisbatangina javobgarlik normalari harakatga kelishi mumkin va h.k.lar. 
Demak, har qanday huquq tarmog‘i normasi singari ma’muriy-huquqiy 
normalar ham vaqt bo‘yicha, makon va shaxslar doirasi bo‘yicha harakatda bo‘ladi.  
Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi - 
normativ hujjatning yuridik kuchiga, makon bo‘yicha harakati - uni o‘rnatgan davlat 
organi (mansabdor shaxs)ning tutgan o‘rniga, shaxslar doirasi bo‘yicha harakati esa 
– shaxsning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. 
 
 
4. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari 
 
Huquqiy normalar o‘z vazifa va Funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali 
amalga oshiradi. Huquqiy munosabatlar - o‘zaro sub’ektiv huquq va majburiyatlar 
bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasida, huquq normalari va muayyan yuridik faktlar 
asosida vujudga keldigan aloqalardir. 
Huquqiy munosabat, bu birinchi navbatda tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni 
aks ettirishdir. Munosabat tomonlari bir-biri oldida tegishli sub’ektiv huquq va 
majburiyatlarni o‘taydilar. Tomonlarning huquq va majburiyatlari bir-biri bilan 
o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq bo‘lib, ya’ni bir tomonning huquqiga ikkinchi
4) Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar doirasi bo‘yicha harakatlanishi. Huquqiy normalarning asosiy vazifasi bo‘lib – ular tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, munosabat sub’ektlarining doirasini aniqlab berish hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy normalarning shaxslar doirasi bo‘yicha harakati, aksariyat holatlarda ularning egallab turgan maqomiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari barcha fuqarolarga nisbatan tatbiq qilinishi mumkin. Lekin mazkur qonunlardagi normalarning ayrimlari xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. (masalan, saylash huquqi yoki harbiy xizmatni o‘tash majburiyati) Yoki, yuridik shaxslarning huquqiy maqomini belgilovchi normalar fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Huquqbuzrlikni sodir etgan shaxsga nisbatangina javobgarlik normalari harakatga kelishi mumkin va h.k.lar. Demak, har qanday huquq tarmog‘i normasi singari ma’muriy-huquqiy normalar ham vaqt bo‘yicha, makon va shaxslar doirasi bo‘yicha harakatda bo‘ladi. Odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakatlanishi - normativ hujjatning yuridik kuchiga, makon bo‘yicha harakati - uni o‘rnatgan davlat organi (mansabdor shaxs)ning tutgan o‘rniga, shaxslar doirasi bo‘yicha harakati esa – shaxsning maqomiga bog‘liq bo‘ladi. 4. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari Huquqiy normalar o‘z vazifa va Funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi. Huquqiy munosabatlar - o‘zaro sub’ektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasida, huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keldigan aloqalardir. Huquqiy munosabat, bu birinchi navbatda tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Munosabat tomonlari bir-biri oldida tegishli sub’ektiv huquq va majburiyatlarni o‘taydilar. Tomonlarning huquq va majburiyatlari bir-biri bilan o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq bo‘lib, ya’ni bir tomonning huquqiga ikkinchi
 
 
tomonning majburiyati yoki ikkinchi tomonning huquqi birinchi tomonning 
majburiyatiga muvofiq keladi. 
Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga 
keladigan huquqiy munosabatlarga boshqa barcha huquqiy munosabatlar singari 
umumiy xususiyatlar xosdir.  
Davlat boshqaruvi jarayonida turli-tuman munosabatlar vujudga kelib, turli 
huquq tarmoqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan davlat boshqaruvi sohasidagi 
aksariyat huquqiy munosabatlar Konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliya va 
boshqa huquq tarmoqlarining normalari asosida vujudga keladi. Mazkur 
munosabatlar o‘rtasida ma’muriy -huquqiy munosabatlar alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – bu ma’muriy huquq normalari asosida 
vujudga keladigan munosabatlardir.  
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar o‘zining tuzilishiga ko‘ra, munosabat 
sub’ekti, obekti va mazmuniga ega. 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning sub’ekti bo‘lib, unda ishtirok etuvchi 
tomonlar, ya’ni boshqaruv jarayonida ma’lum bir vakolatga ega bo‘lgan (davlat 
boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar) yoki boshqacha ma’muriy -huquqiy 
maqomga ega bo‘lgan shaxslar (fuqarolar, jamoat birlashmalari) hisoblanadi.  
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning obekti bo‘lib esa, ma’muriy huquq 
sub’ektlarining harakatlari (qarorlari), ularning ijobiy yoki salbiy xulq-atvori 
hisoblanadi. “Obekt” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “mavzu” degan ma’noni 
anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat ma’lum bir jarayonlarni tartibga solishga 
qaratilgan muayyan bir vazifani bajaradi. Shu sababli obektsiz huquqiy munosabat 
bo‘lishi mumkin emas.  
Ko‘pgina 
huquqshunos 
olimlarning 
fikricha, 
ma’muriy 
-huquqiy 
munosabatlarning obektini – yagona, ya’ni davlat boshqaruvini tashkil etish va 
amalga oshirish jarayonidagi ma’muriy huquq sub’ektlarining xatti-harakatlari 
tashkil etadi.
tomonning majburiyati yoki ikkinchi tomonning huquqi birinchi tomonning majburiyatiga muvofiq keladi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan huquqiy munosabatlarga boshqa barcha huquqiy munosabatlar singari umumiy xususiyatlar xosdir. Davlat boshqaruvi jarayonida turli-tuman munosabatlar vujudga kelib, turli huquq tarmoqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan davlat boshqaruvi sohasidagi aksariyat huquqiy munosabatlar Konstitutsiyaviy, ma’muriy, mehnat, moliya va boshqa huquq tarmoqlarining normalari asosida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar o‘rtasida ma’muriy -huquqiy munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar – bu ma’muriy huquq normalari asosida vujudga keladigan munosabatlardir. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar o‘zining tuzilishiga ko‘ra, munosabat sub’ekti, obekti va mazmuniga ega. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning sub’ekti bo‘lib, unda ishtirok etuvchi tomonlar, ya’ni boshqaruv jarayonida ma’lum bir vakolatga ega bo‘lgan (davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar) yoki boshqacha ma’muriy -huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar (fuqarolar, jamoat birlashmalari) hisoblanadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning obekti bo‘lib esa, ma’muriy huquq sub’ektlarining harakatlari (qarorlari), ularning ijobiy yoki salbiy xulq-atvori hisoblanadi. “Obekt” so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “mavzu” degan ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat ma’lum bir jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan muayyan bir vazifani bajaradi. Shu sababli obektsiz huquqiy munosabat bo‘lishi mumkin emas. Ko‘pgina huquqshunos olimlarning fikricha, ma’muriy -huquqiy munosabatlarning obektini – yagona, ya’ni davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ma’muriy huquq sub’ektlarining xatti-harakatlari tashkil etadi.
 
 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning mazmunini – ma’muriy huquq 
sub’ektlarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, taqiqlar, cheklovlar tashkil 
etadi.  
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar (keng tarqalgan konsepsiyalardan biri) 
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:  
a) bu munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi;  
b) bu munosabatlarda hamma vaqt davlat boshqaruvi organi ishtirok etadi;  
c) bu – bo‘ysinuvga asoslangan munosabatlar bo‘lib, unda ishtirok etuvchi 
tomonlar yuridik jihatdan teng emas.1 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari (yana bir 
konsepsiyaga binoan) quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:  
bu munosabatlar - davlat boshqaruvi jarayonida (yoki sohasida) vujudga 
keladi;  
bu munosabatlarning majburiy sub’ekti bo‘lib davlat nomidan ommaviy-
huquqiy manfaatlarni ko‘zlab harakat qiluvchi davlat boshqaruvi (ijro hokimiyati) 
organlari hisoblanadi;  
bu munosabatlar - hokimiyat-bo‘ysinuv va tomonlarning yuridik teng 
emasligi bilan tavsiflanadi;  
bu munosabatlar - ommaviy yoki individul manfaatlarni qondirish maqsadida 
boshqaruv vazifalari va Funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha vujudga keladi;  
bu munosabatlar - tashkillashtirish xususiyatiga ega, ya’ni ular davlat 
boshqaruvining boshqaruv obektiga tashkilotchilik ta’siri doirasida vujudga keladi;  
bu munosabatlar - qonuniylikni ta’minlashning alohida huquqiy tartibi va 
o‘zining huquqiy himoyasi bilan ajralib turadi.1 
Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy-huquqiy munosabatlar quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin:  
a) Ma’muriy-huquqiy munosabatlar davlat boshqaruvini tashkil etish va 
amalga oshirish jarayonida vujudga keladi;
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning mazmunini – ma’muriy huquq sub’ektlarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi, taqiqlar, cheklovlar tashkil etadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar (keng tarqalgan konsepsiyalardan biri) quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: a) bu munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi; b) bu munosabatlarda hamma vaqt davlat boshqaruvi organi ishtirok etadi; c) bu – bo‘ysinuvga asoslangan munosabatlar bo‘lib, unda ishtirok etuvchi tomonlar yuridik jihatdan teng emas.1 Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari (yana bir konsepsiyaga binoan) quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: bu munosabatlar - davlat boshqaruvi jarayonida (yoki sohasida) vujudga keladi; bu munosabatlarning majburiy sub’ekti bo‘lib davlat nomidan ommaviy- huquqiy manfaatlarni ko‘zlab harakat qiluvchi davlat boshqaruvi (ijro hokimiyati) organlari hisoblanadi; bu munosabatlar - hokimiyat-bo‘ysinuv va tomonlarning yuridik teng emasligi bilan tavsiflanadi; bu munosabatlar - ommaviy yoki individul manfaatlarni qondirish maqsadida boshqaruv vazifalari va Funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha vujudga keladi; bu munosabatlar - tashkillashtirish xususiyatiga ega, ya’ni ular davlat boshqaruvining boshqaruv obektiga tashkilotchilik ta’siri doirasida vujudga keladi; bu munosabatlar - qonuniylikni ta’minlashning alohida huquqiy tartibi va o‘zining huquqiy himoyasi bilan ajralib turadi.1 Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy-huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin: a) Ma’muriy-huquqiy munosabatlar davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladi;
 
 
b) ma’muriy -huquqiy munosabatlarning bir tomonida hamma vaqt davlat 
organi, mansabdor shaxs yoki boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan jamoat birlashmasi 
ishtirok etadi;  
c) ma’muriy -huquqiy munosabatlar bir tomonning xohishi bilan vujudga 
kelib, ikkinchi tomonning roziligini talab etmaydi;  
d) ma’muriy -huquqiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan 
nizolar, aksariyat hollarda ma’muriy tartibda hal qilinadi.1 
Yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, ma’muriy -huquqiy munosabatlar – 
davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi; munosabatning majburiy ishtirokchisi 
bo‘lib davlat organlari namoyon bo‘ladi; munosabat ishtirokchilarining huquq va 
majburiyatlari munosabat turini belgilab beradi. ma’muriy -huquqiy munosabatlar – 
bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga 
keladigan, ijro etish va farmoyish berish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ma’muriy 
-huquqiy normalar bilan tartibga solingan huquqiy munosabatlarning bir turidir.  
 
  
5. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor 
bo‘lishi 
 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar ma’muriy -huquqiy normalarda nazarda 
tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga keladi. Ma’muriy-huquqiy normalar 
o‘z-o‘zidan bevosita ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. 
Balki, ma’muriy -huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini 
va mezonlarini belgilab beradi. Bu – yuridik faktlar bo‘lib, norma talabidan kelib 
chiqqan holda tomonlar o‘rtasida ma’lum bir huquqiy munosabatni vujudga 
keltiruvchi holatlardir. 
Yuridik faktlar ma’muriy -huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq 
talabi sifatida maydonga chiqadi.
b) ma’muriy -huquqiy munosabatlarning bir tomonida hamma vaqt davlat organi, mansabdor shaxs yoki boshqaruv huquqiga ega bo‘lgan jamoat birlashmasi ishtirok etadi; c) ma’muriy -huquqiy munosabatlar bir tomonning xohishi bilan vujudga kelib, ikkinchi tomonning roziligini talab etmaydi; d) ma’muriy -huquqiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan nizolar, aksariyat hollarda ma’muriy tartibda hal qilinadi.1 Yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, ma’muriy -huquqiy munosabatlar – davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladi; munosabatning majburiy ishtirokchisi bo‘lib davlat organlari namoyon bo‘ladi; munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari munosabat turini belgilab beradi. ma’muriy -huquqiy munosabatlar – bu davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan, ijro etish va farmoyish berish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ma’muriy -huquqiy normalar bilan tartibga solingan huquqiy munosabatlarning bir turidir. 5. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi Ma’muriy-huquqiy munosabatlar ma’muriy -huquqiy normalarda nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lganida vujudga keladi. Ma’muriy-huquqiy normalar o‘z-o‘zidan bevosita ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Balki, ma’muriy -huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va mezonlarini belgilab beradi. Bu – yuridik faktlar bo‘lib, norma talabidan kelib chiqqan holda tomonlar o‘rtasida ma’lum bir huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi holatlardir. Yuridik faktlar ma’muriy -huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi.
 
 
Jamiyatda turli-tuman holatlar va shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, ularning 
hammasi ham yuridik fakt bo‘lib hisoblanmaydi. Muayyan hodisa va holatlarni 
yuridik fakt deb e’tirof etish, davlatning xohish-irodasiga bog‘liqdir. 
Yuridik faktlar nafaqat ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, 
balki o‘zgartirishi yoki bekor qilishi ham mumkin. 
Yuridik faktlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda katta 
ahamiyatga egadir. 
Yuridik faktlar huquqiy norma bilan huquqiy munosabat o‘rtasidagi 
bog‘lovchi vositadir. 
Yuridik faktlar turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, kelib chiqadigan huquqiy 
oqibatlarga ko‘ra yuridik faktlar:  
a) huquqni yaratuvchi;  
b) huquqni o‘zgartiruvchi;  
c) huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar harakatlar va hodisalar singari yuridik 
faktlardan vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi mumkin. 
Harakatlar – bu huquq sub’ektlari tomonidan o‘z xohish-irodalarini 
ifodalashning natijasidir.  
Aksariyat ma’muriy -huquqiy munosabatlar harakatlardan vujudga kelib, ular 
sub’ektning faol xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘ladi. Harakatlar ikkiga bo‘linadi: 
a) qonuniy harakatlar – hamma vaqt ma’muriy -huquqiy normalar talabiga 
mos keladi. Bunda yuridik fakt sifatida munosabat ishtirokchilarining qonunga 
muvofiq harakati namoyon bo‘ladi. 
Qonuniy harakatlar o‘z navbatida ikki ko‘rinishga ega: 
davlat boshqaruvi organlarining huquqiy aktlari.  
Huquqiy aktlar normativ yoki yakka (individul, ma’muriy) aktlarga bo‘linadi. 
Huquqiy aktlarda qonunga muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni 
vujudga keltirishini nazarda tutib sodir etiladi. Bunday harakatlarda - huquq va 
majburiyatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga qaratilgan iroda 
ifodalanadi;
Jamiyatda turli-tuman holatlar va shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, ularning hammasi ham yuridik fakt bo‘lib hisoblanmaydi. Muayyan hodisa va holatlarni yuridik fakt deb e’tirof etish, davlatning xohish-irodasiga bog‘liqdir. Yuridik faktlar nafaqat ma’muriy -huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, balki o‘zgartirishi yoki bekor qilishi ham mumkin. Yuridik faktlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda katta ahamiyatga egadir. Yuridik faktlar huquqiy norma bilan huquqiy munosabat o‘rtasidagi bog‘lovchi vositadir. Yuridik faktlar turlicha bo‘lishi mumkin. Jumladan, kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarga ko‘ra yuridik faktlar: a) huquqni yaratuvchi; b) huquqni o‘zgartiruvchi; c) huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar harakatlar va hodisalar singari yuridik faktlardan vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi mumkin. Harakatlar – bu huquq sub’ektlari tomonidan o‘z xohish-irodalarini ifodalashning natijasidir. Aksariyat ma’muriy -huquqiy munosabatlar harakatlardan vujudga kelib, ular sub’ektning faol xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘ladi. Harakatlar ikkiga bo‘linadi: a) qonuniy harakatlar – hamma vaqt ma’muriy -huquqiy normalar talabiga mos keladi. Bunda yuridik fakt sifatida munosabat ishtirokchilarining qonunga muvofiq harakati namoyon bo‘ladi. Qonuniy harakatlar o‘z navbatida ikki ko‘rinishga ega: davlat boshqaruvi organlarining huquqiy aktlari. Huquqiy aktlar normativ yoki yakka (individul, ma’muriy) aktlarga bo‘linadi. Huquqiy aktlarda qonunga muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishini nazarda tutib sodir etiladi. Bunday harakatlarda - huquq va majburiyatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga qaratilgan iroda ifodalanadi;
 
 
yuridik xatti-harakatlar; 
b) qonunga xilof harakatlar – ma’muriy -huquqiy normalar talablariga mos 
kelmaydigan, ularni buzadigan harakatlardir. Bu - davlat boshqaruvi sohasiga xos 
bo‘lgan intizomiy va ma’muriy nojo‘ya harakatlardir. Shaxsning harakatsizligi ham 
aynan mana shu guruhga kiradi (masalan, ichki ishlar xodimi tomonidan jamoat 
tartibini saqlashga qaratilgan choralarning ko‘rilmasligi). 
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor 
bo‘lishiga asos bo‘ladigan ikkinchi yuridik fakt – bu hodisalardir. Hodisalar 
odamlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sodir bo‘ladigan faktlardir 
(insonning tug‘ilishi, ma’lum bir yoshga yetishi, o‘limi, tabiiy ofat va boshqalar).  
 
 
6. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari 
 
Davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ma’muriy -huquqiy 
munosabatlar turli-tuman bo‘lib, ularni bir necha asoslarga ko‘ra tasniflash 
(guruhlash, turlarga bo‘lish) mumkin. 
Huquq nazariyasiga asoslanib, ma’muriy -huquqiy munosabatlarning vazifasi 
va funksional belgilanishiga qarab, ularni ikkiga bo‘lish mumkin: 
 a) tartibga soluvchi munosabatlar, ya’ni huquq sub’ektlarining mo‘tadil xulq-
atvori, huquqqa muvofiq xatti-harakatlarining natijasida vujudga keladigan 
munosabatlar; 
b) muhofaza qiluvchi munosabatlar, ya’ni huquqbuzarlikni sodir etish va bu 
uchun davlatning majburlov choralarini qo‘llash zaruriyati asosida vujudga 
keladigan munosabatlar. 
Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlarning moddiy va 
protsessual turlarga bo‘linishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
yuridik xatti-harakatlar; b) qonunga xilof harakatlar – ma’muriy -huquqiy normalar talablariga mos kelmaydigan, ularni buzadigan harakatlardir. Bu - davlat boshqaruvi sohasiga xos bo‘lgan intizomiy va ma’muriy nojo‘ya harakatlardir. Shaxsning harakatsizligi ham aynan mana shu guruhga kiradi (masalan, ichki ishlar xodimi tomonidan jamoat tartibini saqlashga qaratilgan choralarning ko‘rilmasligi). Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga asos bo‘ladigan ikkinchi yuridik fakt – bu hodisalardir. Hodisalar odamlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sodir bo‘ladigan faktlardir (insonning tug‘ilishi, ma’lum bir yoshga yetishi, o‘limi, tabiiy ofat va boshqalar). 6. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari Davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ma’muriy -huquqiy munosabatlar turli-tuman bo‘lib, ularni bir necha asoslarga ko‘ra tasniflash (guruhlash, turlarga bo‘lish) mumkin. Huquq nazariyasiga asoslanib, ma’muriy -huquqiy munosabatlarning vazifasi va funksional belgilanishiga qarab, ularni ikkiga bo‘lish mumkin: a) tartibga soluvchi munosabatlar, ya’ni huquq sub’ektlarining mo‘tadil xulq- atvori, huquqqa muvofiq xatti-harakatlarining natijasida vujudga keladigan munosabatlar; b) muhofaza qiluvchi munosabatlar, ya’ni huquqbuzarlikni sodir etish va bu uchun davlatning majburlov choralarini qo‘llash zaruriyati asosida vujudga keladigan munosabatlar. Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlarning moddiy va protsessual turlarga bo‘linishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
 
 
Moddiy huquqiy munosabatlar – bu moddiy ma’muriy -huquqiy normalar 
asosida vujudga keladigan hamda huquq sub’ektlari tomonidan huquq va 
majburiyatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlardir. 
Protsessual huquqiy munosabatlar – davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lib, 
huquqiy 
munosabat 
sub’ektlarining 
sub’ektiv 
protsessual 
huquqlari 
va 
majburiyatlarini belgilash va tartibga solishda namoyon bo‘ladi.  
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari bo‘yicha huquqshunos olimlar 
o‘rtasida yagona fikr mavjud emas. Jumladan, A.P.Alexinning fikricha1, ma’muriy-
huquqiy munosabatlar shartli ravishda quyidagilarga bo‘linishi mumkin: 
a) asosiy va yordamchi (asosiy bo‘lmagan) ma’muriy -huquqiy munosabatlar 
– bevosita boshqaruv ta’sirini (“sub’ekt - obekt”) ifoda etuvchi munosabatlar bo‘lib, 
unda davlat boshqaruvi faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Mazkur munosabatlar 
“buyruq - ijro” formulasiga asoslangan bo‘lib, birinchi navbatda yuqori turuvchi va 
quyi turuvchi davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi, rahbar – mansabdor shaxs 
bilan unga xizmat bo‘yicha bo‘ysinuvchi xodim o‘rtasidagi, davlat boshqaruv 
organlari (mansabdor shaxs) bilan ma’lum bir ma’muriy -huquqiy majburiyatga ega 
bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlardir. 
Ushbu munosabatlar u yoki bu obektga bevosita boshqaruv ta’siri doirasidan 
tashqarida bo‘lgan, lekin boshqaruvni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlardir. Asosiy ma’muriy -huquqiy munosabatlar boshqaruv mazmunini 
ifoda etsa, yordamchi ma’muriy -huquqiy munosabatlar boshqaruv mazmuni bilan 
bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uni ifoda etmaydi.  
Yordamchi ma’muriy -huquqiy munosabatlar davlat boshqaruvi jarayonida 
vujudga kelsa ham, ularning asosiy vazifasi boshqaruv sub’ektining boshqaruv 
obektiga bevosita ta’siri hisoblanmaydi. Bu munosabatlar asosiy ma’muriy -huquqiy 
munosabatlarga, 
ya’ni 
bevosita 
boshqaruv 
ta’sirini 
amalga 
oshirishga 
ko‘maklashadi. Masalan, davlat boshqaruvini amalga oshirish maqsadida biron bir 
normativ hujjatni tayyorlash bo‘yicha ikki boshqaruv sub’ekti o‘rtasida vujudga
Moddiy huquqiy munosabatlar – bu moddiy ma’muriy -huquqiy normalar asosida vujudga keladigan hamda huquq sub’ektlari tomonidan huquq va majburiyatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlardir. Protsessual huquqiy munosabatlar – davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lib, huquqiy munosabat sub’ektlarining sub’ektiv protsessual huquqlari va majburiyatlarini belgilash va tartibga solishda namoyon bo‘ladi. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning turlari bo‘yicha huquqshunos olimlar o‘rtasida yagona fikr mavjud emas. Jumladan, A.P.Alexinning fikricha1, ma’muriy- huquqiy munosabatlar shartli ravishda quyidagilarga bo‘linishi mumkin: a) asosiy va yordamchi (asosiy bo‘lmagan) ma’muriy -huquqiy munosabatlar – bevosita boshqaruv ta’sirini (“sub’ekt - obekt”) ifoda etuvchi munosabatlar bo‘lib, unda davlat boshqaruvi faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Mazkur munosabatlar “buyruq - ijro” formulasiga asoslangan bo‘lib, birinchi navbatda yuqori turuvchi va quyi turuvchi davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi, rahbar – mansabdor shaxs bilan unga xizmat bo‘yicha bo‘ysinuvchi xodim o‘rtasidagi, davlat boshqaruv organlari (mansabdor shaxs) bilan ma’lum bir ma’muriy -huquqiy majburiyatga ega bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi munosabatlardir. Ushbu munosabatlar u yoki bu obektga bevosita boshqaruv ta’siri doirasidan tashqarida bo‘lgan, lekin boshqaruvni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlardir. Asosiy ma’muriy -huquqiy munosabatlar boshqaruv mazmunini ifoda etsa, yordamchi ma’muriy -huquqiy munosabatlar boshqaruv mazmuni bilan bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uni ifoda etmaydi. Yordamchi ma’muriy -huquqiy munosabatlar davlat boshqaruvi jarayonida vujudga kelsa ham, ularning asosiy vazifasi boshqaruv sub’ektining boshqaruv obektiga bevosita ta’siri hisoblanmaydi. Bu munosabatlar asosiy ma’muriy -huquqiy munosabatlarga, ya’ni bevosita boshqaruv ta’sirini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Masalan, davlat boshqaruvini amalga oshirish maqsadida biron bir normativ hujjatni tayyorlash bo‘yicha ikki boshqaruv sub’ekti o‘rtasida vujudga