MA’MURIY HUQUQNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI.

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

23

Faytl hajmi

48,8 KB


 
 
 
 
 
 
MA’MURIY HUQUQNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. 
 
Reja: 
1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari 
2. Ma’muriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi 
3. Ma’muriy huquq manbalari 
4. Ma’muriy huquqning – O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan 
o‘rni. 
 
1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari.  
 
“Davlat boshqaruvi” atamasi milliy va xorijiy adabiyotlarda hamda amaldagi 
qonunchiligimizda keng qo‘llaniladi. 
Davlat boshqaruvi tushunchasiga turlicha yondoshish mumkin. Ko‘pgina 
hollarda, davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odilsudlov faoliyati doirasidan 
tashqarida bo‘lgan davlat va davlat-hokimiyat sub’ektlarining faoliyati sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Davlat boshqaruvi murakkab harakatchan tizimga ega bo‘lib, uning har bir 
elementi ijtimoiy hayotni tartibga solishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Davlat boshqaruviga berilgan barcha ta’riflarda uning asosiy mazmuni – 
davlatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan maqsadga muvofiq 
amaliy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
G.V.Atamanchuk davlat boshqaruvining quyidagi uchta zaruriy belgisini 
ko‘rsatib o‘tadi:  
boshqaruv ta’siri – davlat-hokimiyati kuchiga tayanadi;  
davlat boshqaruvining jamiyatdagi barcha sohalarni qamrab olishi;
MA’MURIY HUQUQNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI. Reja: 1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari 2. Ma’muriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi 3. Ma’muriy huquq manbalari 4. Ma’muriy huquqning – O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida tutgan o‘rni. 1. Davlat boshqaruvi mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari. “Davlat boshqaruvi” atamasi milliy va xorijiy adabiyotlarda hamda amaldagi qonunchiligimizda keng qo‘llaniladi. Davlat boshqaruvi tushunchasiga turlicha yondoshish mumkin. Ko‘pgina hollarda, davlat boshqaruvi qonun chiqarish va odilsudlov faoliyati doirasidan tashqarida bo‘lgan davlat va davlat-hokimiyat sub’ektlarining faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat boshqaruvi murakkab harakatchan tizimga ega bo‘lib, uning har bir elementi ijtimoiy hayotni tartibga solishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Davlat boshqaruviga berilgan barcha ta’riflarda uning asosiy mazmuni – davlatning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan maqsadga muvofiq amaliy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan. G.V.Atamanchuk davlat boshqaruvining quyidagi uchta zaruriy belgisini ko‘rsatib o‘tadi: boshqaruv ta’siri – davlat-hokimiyati kuchiga tayanadi; davlat boshqaruvining jamiyatdagi barcha sohalarni qamrab olishi;
 
 
tizimlilik. 
Yu.N.Starilovning fikricha, davlat boshqaruvi ijro hokimiyatini amalga 
oshirish maqsadida tashkil etiladi. Tashkiliy nuqtai nazardan, davlat boshqaruvi – 
boshqaruv sub’ekti (davlat, davlat organlari yoki mansabdor shaxslar)ning 
boshqaruv obekti (jamiyat, fuqarolar)ga nisbatan hokimiyat ta’siri hisoblanadi. 
Yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, davlat boshqaruvi – bu qonun asosida va uni 
amalga oshirish maqsadida turli sohalarda (ijtimoiy-madaniy, xo‘jalik va Ma’muriy-
siyosiy qurilish) davlat boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati 
organlarining maqsadga muvofiq tashkil etilgan, qonunosti, ijrochilik-farmoyish 
berish va tartibga solishga qaratilgan faoliyatidir.1  
Yu.M.Kozlovning ko‘rsatishicha, davlat boshqaruvi – har qanday davlat 
faoliyati singari qaror qabul qilish, uni ijro etish va uning ijrosi ustidan nazoratni 
amalga oshirishdan iboratdir.1 
Davlat boshqaruvi, Gabrichidze B.N.ning fikricha, bu davlat nomidan va 
davlat ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladigan boshqaruv, ya’ni fuqarolik 
jamiyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, inson va fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklarini muhofaza qilish, huquqiy va demokratik davlatni mustahkamlash 
sohalarida amalga oshiriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir.1  
Demak, davlat boshqaruvi keng ma’noda – davlatning tartibga solish faoliyati 
hisoblanib, maxsus sub’ektlarning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishidir. Tor 
ma’noda esa, davlat boshqaruvi – bu Ma’muriy ya’ni davlat hokimiyati ijro 
organlarining respublika va Ma’muriy-hududiy bo‘linmalar doirasidagi faoliyatidir. 
Davlat boshqaruvi mazmun-mohiyatini yoritib berishda uning o‘ziga xos 
xususiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlat boshqaruvi quyidagi o‘ziga xos 
xususiyatlarga egadir: 
1) davlat boshqaruvi - ijro hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan hamda 
qonun chiqarish va odilsudlov faoliyatidan shakli, uslublari va mazmuniga ko‘ra 
ajralib turadigan alohida faoliyat turi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi – bu qonunlar 
va boshqa normativ (qonunosti) hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha olib boriladigan 
ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir;
tizimlilik. Yu.N.Starilovning fikricha, davlat boshqaruvi ijro hokimiyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Tashkiliy nuqtai nazardan, davlat boshqaruvi – boshqaruv sub’ekti (davlat, davlat organlari yoki mansabdor shaxslar)ning boshqaruv obekti (jamiyat, fuqarolar)ga nisbatan hokimiyat ta’siri hisoblanadi. Yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, davlat boshqaruvi – bu qonun asosida va uni amalga oshirish maqsadida turli sohalarda (ijtimoiy-madaniy, xo‘jalik va Ma’muriy- siyosiy qurilish) davlat boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi ijro hokimiyati organlarining maqsadga muvofiq tashkil etilgan, qonunosti, ijrochilik-farmoyish berish va tartibga solishga qaratilgan faoliyatidir.1 Yu.M.Kozlovning ko‘rsatishicha, davlat boshqaruvi – har qanday davlat faoliyati singari qaror qabul qilish, uni ijro etish va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iboratdir.1 Davlat boshqaruvi, Gabrichidze B.N.ning fikricha, bu davlat nomidan va davlat ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladigan boshqaruv, ya’ni fuqarolik jamiyatini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish, huquqiy va demokratik davlatni mustahkamlash sohalarida amalga oshiriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir.1 Demak, davlat boshqaruvi keng ma’noda – davlatning tartibga solish faoliyati hisoblanib, maxsus sub’ektlarning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishidir. Tor ma’noda esa, davlat boshqaruvi – bu Ma’muriy ya’ni davlat hokimiyati ijro organlarining respublika va Ma’muriy-hududiy bo‘linmalar doirasidagi faoliyatidir. Davlat boshqaruvi mazmun-mohiyatini yoritib berishda uning o‘ziga xos xususiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Davlat boshqaruvi quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 1) davlat boshqaruvi - ijro hokimiyatini amalga oshirishga qaratilgan hamda qonun chiqarish va odilsudlov faoliyatidan shakli, uslublari va mazmuniga ko‘ra ajralib turadigan alohida faoliyat turi hisoblanadi. Davlat boshqaruvi – bu qonunlar va boshqa normativ (qonunosti) hujjatlarni qo‘llash bo‘yicha olib boriladigan ijrochilik va farmoyish berish faoliyatidir;
 
 
2) davlat boshqaruvi - huquqni qo‘llash bilan bir vaqtda Ma’muriy huquq 
ijodkorligi (huquq o‘rnatish) faoliyatini amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi 
organlari huquq ijodkorligi shunda namoyon bo‘ladiki, ular vakolat doirasida 
boshqa huquq sub’ektlari (boshqaruv obekti) uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor 
qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, ularning bajarilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradilar, Ma’muriy yurisdiksiyaviy (huquqni himoya qilish) faoliyatni 
yuritadilar; 
3) davlat boshqaruvi – qonunlarni ijro etish, shuningdek, fuqarolarning 
huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati vujudga kelgan hamma joyda 
amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi davlat va jamiyat hayotining muhim sohalarida 
– xo‘jalik-iqtisodiy qurilish, ijtimoiy-madaniy va Ma’muriy-siyosiy sohalarda 
amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi nafaqat davlatga qarashli bo‘lgan obektlarni, 
balki nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarni ham qamrab oladi (bunda davlat 
boshqaruvi tartibga solish va nazorat-nazorat faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi); 
4) davlat boshqaruvi – bu ijro hokimiyati funksiyalanishining obektiv 
qonuniyatlariga asoslangan va davlat manfaatlarini, fuqarolar huquqlari va 
erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan doimiy va rejali 
faoliyatdir. Davlat boshqaruvi jarayonida davlat vazifalari va funksiyalari amalga 
oshiriladi; 
5) davlat boshqaruvi – davlat tomonidan tuziladigan va yagona davlat 
boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadigan ijro hokimiyati organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Davlat nomidan va davlat ko‘rsatmasiga binoan harakat qiladigan 
ushbu organlar davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan vakolatlarga ega 
bo‘ladilar va kompetensiya doirasida faoliyat yuritadilar; 
6) davlat boshqaruvi – qonuniylik prinsipiga amal qiladi, ya’ni ijro hokimiyati 
organlarining faoliyati qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga asoslanadi. 
Boshqaruv faoliyati davlat organlari tomonidan faqatgina ularga berilgan vakolat 
doirasidagina amalga oshiriladi; 
7) davlat boshqaruvi – vertikal (subordinatsiyaviy, ierarxik) va gorizontal 
aloqalar va munosabatlar asosida tashkil etiladi. Boshqaruv jarayonida eng ko‘p
2) davlat boshqaruvi - huquqni qo‘llash bilan bir vaqtda Ma’muriy huquq ijodkorligi (huquq o‘rnatish) faoliyatini amalga oshiradi. Davlat boshqaruvi organlari huquq ijodkorligi shunda namoyon bo‘ladiki, ular vakolat doirasida boshqa huquq sub’ektlari (boshqaruv obekti) uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, Ma’muriy yurisdiksiyaviy (huquqni himoya qilish) faoliyatni yuritadilar; 3) davlat boshqaruvi – qonunlarni ijro etish, shuningdek, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zarurati vujudga kelgan hamma joyda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi davlat va jamiyat hayotining muhim sohalarida – xo‘jalik-iqtisodiy qurilish, ijtimoiy-madaniy va Ma’muriy-siyosiy sohalarda amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvi nafaqat davlatga qarashli bo‘lgan obektlarni, balki nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarni ham qamrab oladi (bunda davlat boshqaruvi tartibga solish va nazorat-nazorat faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi); 4) davlat boshqaruvi – bu ijro hokimiyati funksiyalanishining obektiv qonuniyatlariga asoslangan va davlat manfaatlarini, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan doimiy va rejali faoliyatdir. Davlat boshqaruvi jarayonida davlat vazifalari va funksiyalari amalga oshiriladi; 5) davlat boshqaruvi – davlat tomonidan tuziladigan va yagona davlat boshqaruvi organlari tizimini tashkil etadigan ijro hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat nomidan va davlat ko‘rsatmasiga binoan harakat qiladigan ushbu organlar davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lgan vakolatlarga ega bo‘ladilar va kompetensiya doirasida faoliyat yuritadilar; 6) davlat boshqaruvi – qonuniylik prinsipiga amal qiladi, ya’ni ijro hokimiyati organlarining faoliyati qonunlarga va boshqa normativ hujjatlarga asoslanadi. Boshqaruv faoliyati davlat organlari tomonidan faqatgina ularga berilgan vakolat doirasidagina amalga oshiriladi; 7) davlat boshqaruvi – vertikal (subordinatsiyaviy, ierarxik) va gorizontal aloqalar va munosabatlar asosida tashkil etiladi. Boshqaruv jarayonida eng ko‘p
 
 
tarqalgan munosabatlar vertikal bo‘lib, boshqaruv sub’ektlarining ma’muriy va 
intizomiy bo‘ysunuvchi asosida vujudga keladi. Oxirgi vaqtlarda boshqaruv 
jarayonida boshqaruv sub’ektlarining tengligiga asoslangan yangi shakldagi 
gorizontal munosabatlarning vujudga kelishini ham kuzatish mumkin (masalan, ijro 
hokimiyati organlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash, ommaviy yoki 
ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzish va h.k.lar); 
8) davlat boshqaruvi – tashkil etish prinsipiga asoslanadi, ya’ni unga butun 
boshqaruv mexanizmining maqsadga muvofiq va doimiy funksiyalanishini 
ta’minlovchi xilma xil shakllar xosdir. Davlat boshqaruvi organlarining 
tashkillashtirish faoliyati ham tashqi, ham ichki ma funksiyalarni ijro etishni o‘z 
ichiga oladi; 
9) davlat boshqaruvi – yurisdiksiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan vakolatlarni 
ham o‘z ichiga oladi, ya’ni ijro hokimiyati organlari tomonidan “majburlovchi” 
boshqaruvni amalga oshirishning ma’muriy tartibini (suddan tashqari) ta’minlaydi 
(masalan, ma’muriy jazo yoki ma’muriy ogohlantiruv yoxud ma’muriy cheklov 
choralarini qo‘llash). 
Davlat boshqaruvi davlat faoliyatining bir ko‘rinishi hisoblanar ekan, unga 
davlat funksiyalari xos bo‘lib hisoblanadi. Lekin shu bilan birga, boshqaruvning 
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi funksiyalar ham mavjuddir.  
Boshqaruv funksiyalari – bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv obektiga 
nisbatan aniq yo‘naltirilgan ta’sir etishi (tashkil etish, tartibga solish, nazorat qilish) 
hisoblanadi. 
Boshqaruv funksiyalari aniq mazmunga ega bo‘lib, boshqaruvning uslublari 
va shakllari yordamida (masalan, majburlov choralari, huquqiy aktlarni qabul qilish, 
bo‘ysinuvchilik ta’siri va h.k.lar) amalga oshiriladi. 
Davlat boshqaruvining asosiy funksiyalari jumlasiga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
1) davlat boshqaruvi organlari faoliyatini axborot bilan ta’minlash funksiyasi, 
ya’ni davlat boshqaruvi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni 
yig‘ish, olish, qayta ishlash va baholash;
tarqalgan munosabatlar vertikal bo‘lib, boshqaruv sub’ektlarining ma’muriy va intizomiy bo‘ysunuvchi asosida vujudga keladi. Oxirgi vaqtlarda boshqaruv jarayonida boshqaruv sub’ektlarining tengligiga asoslangan yangi shakldagi gorizontal munosabatlarning vujudga kelishini ham kuzatish mumkin (masalan, ijro hokimiyati organlari o‘rtasida vakolatlarni qayta taqsimlash, ommaviy yoki ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzish va h.k.lar); 8) davlat boshqaruvi – tashkil etish prinsipiga asoslanadi, ya’ni unga butun boshqaruv mexanizmining maqsadga muvofiq va doimiy funksiyalanishini ta’minlovchi xilma xil shakllar xosdir. Davlat boshqaruvi organlarining tashkillashtirish faoliyati ham tashqi, ham ichki ma funksiyalarni ijro etishni o‘z ichiga oladi; 9) davlat boshqaruvi – yurisdiksiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan vakolatlarni ham o‘z ichiga oladi, ya’ni ijro hokimiyati organlari tomonidan “majburlovchi” boshqaruvni amalga oshirishning ma’muriy tartibini (suddan tashqari) ta’minlaydi (masalan, ma’muriy jazo yoki ma’muriy ogohlantiruv yoxud ma’muriy cheklov choralarini qo‘llash). Davlat boshqaruvi davlat faoliyatining bir ko‘rinishi hisoblanar ekan, unga davlat funksiyalari xos bo‘lib hisoblanadi. Lekin shu bilan birga, boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiquvchi funksiyalar ham mavjuddir. Boshqaruv funksiyalari – bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv obektiga nisbatan aniq yo‘naltirilgan ta’sir etishi (tashkil etish, tartibga solish, nazorat qilish) hisoblanadi. Boshqaruv funksiyalari aniq mazmunga ega bo‘lib, boshqaruvning uslublari va shakllari yordamida (masalan, majburlov choralari, huquqiy aktlarni qabul qilish, bo‘ysinuvchilik ta’siri va h.k.lar) amalga oshiriladi. Davlat boshqaruvining asosiy funksiyalari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) davlat boshqaruvi organlari faoliyatini axborot bilan ta’minlash funksiyasi, ya’ni davlat boshqaruvi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni yig‘ish, olish, qayta ishlash va baholash;
 
 
2) davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishining istiqbolini belgilash funksiyasi. 
Istiqbolni belgilash – bu professional tajriba va amaliyot hamda ilmiy-nazariy 
yutuqlarga asoslangan ma’lumotlarga tayanib, davlat boshqaruvi va boshqaruv 
organlari faoliyati rivojlanishidagi o‘zgarishlarni, shuningdek, ma’lum bir hodisalar 
va jarayonlarning natijalarini oldindan ko‘ra bilishdir. Istiqbolni belgilash boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishda juda muhimdir. Boshqaruvning bu funksiyasisiz ijtimoiy 
jarayonlarning natijalarini, istiqboldagi jamiyat holatini, davlat organlari 
faoliyatining samaradorligini aniqlash mumkin emas; 
3) rejalashtirish funksiyasi – bu davlat boshqaruvi tizimidagi u yoki bu 
jarayonlarning yo‘nalishlarini, rivojlanishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, 
davlat funksiyalarining amalga oshirilishini belgilash hisoblanadi. Bundan tashqari, 
rejalashtirish funksiyasi orqali davlat faoliyati va boshqaruvini takomillashtirish va 
isloh qilishning maqsad va vazifalari hamda yo‘nalishlari belgilanadi. Mazkur 
funksiyani amalga oshirish jarayonida davlat boshqaruvi turli sohalaridagi 
aloqalarning rivojalanish dasturlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari 
faoliyati va tuzilishini o‘zgartirish hamda yaxshilash bo‘yicha dasturlar ishlab 
chiqiladi; 
4) tashkil etish funksiyasi – bu o‘rnatilgan tartib va prinsiplarga asoslanib 
davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, boshqaruv tizimida boshqaruvchi va 
boshqariluvchining tuzilishini belgilashdir. Tor ma’noda, tashkil etish – davlat 
organlari, davlat personali, davlat boshqaruvi jarayonlari tuzilishini belgilash 
hisoblanadi. 
Tashkil 
etish 
faoliyati 
– 
davlat 
boshqaruvi 
organlarining 
funksiyalanishini ta’minlovchi harakatlar va qarorlarni o‘z ichiga oladi; 
5) farmoyish berish funksiyasi, ya’ni davlat organlari vakolatlarini va mansab 
majburiyatlarini amalga oshirish, davlat faoliyatining belgilangan tartibini 
ta’minlash bo‘yicha vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini kundalik tartibga 
solishdir. Farmoyish berish – bu rahbar davlat xizmatchilari (mansabdor shaxslar) 
tomonidan tegishli ko‘rsatmalarni berishdir; 
6) rahbarlik qilish funksiyasi – davlat organlari (davlat xizmatchilari), 
boshqariluvchi obektlar faoliyatining va ayrim harakatlarining qoidalarini va
2) davlat boshqaruvi tizimi rivojlanishining istiqbolini belgilash funksiyasi. Istiqbolni belgilash – bu professional tajriba va amaliyot hamda ilmiy-nazariy yutuqlarga asoslangan ma’lumotlarga tayanib, davlat boshqaruvi va boshqaruv organlari faoliyati rivojlanishidagi o‘zgarishlarni, shuningdek, ma’lum bir hodisalar va jarayonlarning natijalarini oldindan ko‘ra bilishdir. Istiqbolni belgilash boshqaruv qarorlarini qabul qilishda juda muhimdir. Boshqaruvning bu funksiyasisiz ijtimoiy jarayonlarning natijalarini, istiqboldagi jamiyat holatini, davlat organlari faoliyatining samaradorligini aniqlash mumkin emas; 3) rejalashtirish funksiyasi – bu davlat boshqaruvi tizimidagi u yoki bu jarayonlarning yo‘nalishlarini, rivojlanishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, davlat funksiyalarining amalga oshirilishini belgilash hisoblanadi. Bundan tashqari, rejalashtirish funksiyasi orqali davlat faoliyati va boshqaruvini takomillashtirish va isloh qilishning maqsad va vazifalari hamda yo‘nalishlari belgilanadi. Mazkur funksiyani amalga oshirish jarayonida davlat boshqaruvi turli sohalaridagi aloqalarning rivojalanish dasturlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari faoliyati va tuzilishini o‘zgartirish hamda yaxshilash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqiladi; 4) tashkil etish funksiyasi – bu o‘rnatilgan tartib va prinsiplarga asoslanib davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, boshqaruv tizimida boshqaruvchi va boshqariluvchining tuzilishini belgilashdir. Tor ma’noda, tashkil etish – davlat organlari, davlat personali, davlat boshqaruvi jarayonlari tuzilishini belgilash hisoblanadi. Tashkil etish faoliyati – davlat boshqaruvi organlarining funksiyalanishini ta’minlovchi harakatlar va qarorlarni o‘z ichiga oladi; 5) farmoyish berish funksiyasi, ya’ni davlat organlari vakolatlarini va mansab majburiyatlarini amalga oshirish, davlat faoliyatining belgilangan tartibini ta’minlash bo‘yicha vujudga keladigan boshqaruv munosabatlarini kundalik tartibga solishdir. Farmoyish berish – bu rahbar davlat xizmatchilari (mansabdor shaxslar) tomonidan tegishli ko‘rsatmalarni berishdir; 6) rahbarlik qilish funksiyasi – davlat organlari (davlat xizmatchilari), boshqariluvchi obektlar faoliyatining va ayrim harakatlarining qoidalarini va
 
 
normalarini o‘rnatish hisoblanadi. Rahbarlik qilish bilan bir qatorda “umumiy 
rahbarlik” atamasi ham mavjud. Umumiy rahbarlik – bu davlat faoliyati mazmunini 
belgilashdir; 
7) muvofiqlashtirish funksiyasi – bu turli davlat boshqaruvi organlari (davlat 
xizmatchilari) faoliyatini davlat boshqaruvining umumiy maqsad va vazifalarini 
amalga oshirish uchun yo‘naltirishdir. Muvofiqlashtirish orqali boshqaruv 
faoliyatining tizimi tashkil etiladi va uning funksiyalanishi ta’minlanadi. Masalan, 
bir necha mustaqil davlat organlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘zining 
tashkiliy tuzilmasiga, maqsad va vazifalariga ega bo‘lsa hamda ma’lum bir 
muammoni ularning birgalikdagi faoliyati orqali hal etish lozim bo‘lganda, 
muvofiqlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organini tashkil etish ehtiyoji 
vujudga keladi; 
8) nazorat qilish funksiyasi – davlat boshqaruvi tizimi va uning tuzilishining 
o‘rnatilgan standart va normalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini, davlat 
organlari faoliyatini va ayrim boshqaruv sub’ektlari harakatining natijalarini, davlat 
boshqaruvida belgilangan va amalga oshirilgan holatlarni o‘rganish va baholashdir. 
Nazorat qilish – bu boshqaruv faoliyatining sifati ustidan kuzatish, kamchilik va 
xatolarni hamda boshqaruv harakatlarining va qabul qilingan aktlarning qonuniylik 
va maqsadga muvofiqlik prinsiplariga mos kelishini aniqlashdan iborat. Davlat 
faoliyatining ma’lum bir sohalarida u yoki bu harakatlarni amalga oshirish ustidan 
davlat hokimiyati organlari nazoratni o‘rnatadilar. Nazoratni amalga oshirish 
vaqtida ketma-ketlik, asoslantirilganlik, oshkoralik, obektivlik, qonuniylik va 
tezkorlikka amal qilish kerak. Nazoratning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri - 
nazorat hisoblanadi. Nazorat odatda, ma’lum bir harakatlarning (qarorlarning) 
qonuniyligini tekshirish maqsadidagina amalga oshiriladi (nazorat va nazoratning 
mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari ushbu majmuaning 26-bobida ko‘rsatib 
o‘tilgan);  
9) tartibga solish funksiyasi – bu davlat boshqaruvi tizimini va uning 
Funksiyalanishini tashkil etish jarayonida boshqaruv uslublari va usullaridan 
foydalanishdir. Tartibga solish – jamoat tartibini va xavfsizligini, iqtisodiy
normalarini o‘rnatish hisoblanadi. Rahbarlik qilish bilan bir qatorda “umumiy rahbarlik” atamasi ham mavjud. Umumiy rahbarlik – bu davlat faoliyati mazmunini belgilashdir; 7) muvofiqlashtirish funksiyasi – bu turli davlat boshqaruvi organlari (davlat xizmatchilari) faoliyatini davlat boshqaruvining umumiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun yo‘naltirishdir. Muvofiqlashtirish orqali boshqaruv faoliyatining tizimi tashkil etiladi va uning funksiyalanishi ta’minlanadi. Masalan, bir necha mustaqil davlat organlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘zining tashkiliy tuzilmasiga, maqsad va vazifalariga ega bo‘lsa hamda ma’lum bir muammoni ularning birgalikdagi faoliyati orqali hal etish lozim bo‘lganda, muvofiqlashtirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organini tashkil etish ehtiyoji vujudga keladi; 8) nazorat qilish funksiyasi – davlat boshqaruvi tizimi va uning tuzilishining o‘rnatilgan standart va normalarga mos kelishi yoki mos kelmasligini, davlat organlari faoliyatini va ayrim boshqaruv sub’ektlari harakatining natijalarini, davlat boshqaruvida belgilangan va amalga oshirilgan holatlarni o‘rganish va baholashdir. Nazorat qilish – bu boshqaruv faoliyatining sifati ustidan kuzatish, kamchilik va xatolarni hamda boshqaruv harakatlarining va qabul qilingan aktlarning qonuniylik va maqsadga muvofiqlik prinsiplariga mos kelishini aniqlashdan iborat. Davlat faoliyatining ma’lum bir sohalarida u yoki bu harakatlarni amalga oshirish ustidan davlat hokimiyati organlari nazoratni o‘rnatadilar. Nazoratni amalga oshirish vaqtida ketma-ketlik, asoslantirilganlik, oshkoralik, obektivlik, qonuniylik va tezkorlikka amal qilish kerak. Nazoratning keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biri - nazorat hisoblanadi. Nazorat odatda, ma’lum bir harakatlarning (qarorlarning) qonuniyligini tekshirish maqsadidagina amalga oshiriladi (nazorat va nazoratning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari ushbu majmuaning 26-bobida ko‘rsatib o‘tilgan); 9) tartibga solish funksiyasi – bu davlat boshqaruvi tizimini va uning Funksiyalanishini tashkil etish jarayonida boshqaruv uslublari va usullaridan foydalanishdir. Tartibga solish – jamoat tartibini va xavfsizligini, iqtisodiy
 
 
munosabatlar ishtirokchilarining tengligini, demokratik raqobat asoslarini, fuqarolar 
huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida boshqaruv obektlari hamda turli huquq 
sub’ektlari uchun umummajburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni o‘rnatish hisoblanadi. 
Tartibga solish Funksiyasi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. 
Masalan, normativ huquqiy akt orqali ma’lum bir sohadagi xulq-atvor qoidalarini 
belgilash yoki boshqaruvning aniq jarayonlarini (sertifikatlash, litsenziyalash, 
soliqqa tortish, ro‘yxatga olish va h.k.lar) o‘rnatish; 
10) hisobga olish funksiyasi – miqdor shaklida ifodalangan axborotlarni, 
moddiy resurslar harakatini, boshqaruv faoliyatini amalga oshirish natijalarini, 
davlat organlari vakolatlarini, davlat boshqaruv qarorlarini, boshqaruv uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va harakatini inobatga olishdir. 
Hisobga olish funksiyasi - qandaydir predmetlarning, hujjatlarning, faktlarning 
mavjudligini aniqlash uchun qo‘llaniladi.  
 
2. Mamuriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi 
 
Oldingi bobda ko‘rsatib o‘tilganidek, ma’muriy huquq davlat boshqaruvini 
tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat 
organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi. 
Davlat boshqaruvi o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayotning eng muhim 
tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo‘jalik tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy 
ishlar amalga oshiriladi, mamuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi. 
Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida 
vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy 
normalar yig‘indisi - mamuriy huquq tarmog‘ini tashkil etadi. 
Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan 
tartibga solish – munosabatlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan 
xulq-atvor qoidalarini ma’muriy huquq normalarida mustahkamlash yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni o‘rnatish orqali, davlat boshqaruvi va u bilan
munosabatlar ishtirokchilarining tengligini, demokratik raqobat asoslarini, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida boshqaruv obektlari hamda turli huquq sub’ektlari uchun umummajburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni o‘rnatish hisoblanadi. Tartibga solish Funksiyasi bir necha yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, normativ huquqiy akt orqali ma’lum bir sohadagi xulq-atvor qoidalarini belgilash yoki boshqaruvning aniq jarayonlarini (sertifikatlash, litsenziyalash, soliqqa tortish, ro‘yxatga olish va h.k.lar) o‘rnatish; 10) hisobga olish funksiyasi – miqdor shaklida ifodalangan axborotlarni, moddiy resurslar harakatini, boshqaruv faoliyatini amalga oshirish natijalarini, davlat organlari vakolatlarini, davlat boshqaruv qarorlarini, boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi va harakatini inobatga olishdir. Hisobga olish funksiyasi - qandaydir predmetlarning, hujjatlarning, faktlarning mavjudligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. 2. Mamuriy huquq tushunchasi, predmeti, uslubi va tizimi Oldingi bobda ko‘rsatib o‘tilganidek, ma’muriy huquq davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya’ni davlat organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Davlat boshqaruvi o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayotning eng muhim tomonlarini qamrab oladi. Bu jarayonda xo‘jalik tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy ishlar amalga oshiriladi, mamuriy-siyosiy masalalar hal qilinadi. Davlat boshqaruvini tashkil etish va boshqaruvni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan turli-tuman ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi - mamuriy huquq tarmog‘ini tashkil etadi. Davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish – munosabatlarning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini ma’muriy huquq normalarida mustahkamlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday qoidalarni o‘rnatish orqali, davlat boshqaruvi va u bilan
 
 
bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda vujudga keladigan funksiyalarni amalga 
oshirishning muayyan huquqiy tartibini yaratadi.  
Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining 
samaradorligini oshirishga karatilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy 
huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. 
Ma’muriy huquq – huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu, uning tartibga solinuvchi predmetining o‘ziga 
xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro 
hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o‘zi davlat va jamiyat hayotining 
barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq - huquq tizimida 
markaziy o‘rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatadi yoki, 
aksincha, ularning ta’siriga uchraydi. 
Ma’muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, 
avvalo davlat boshqaruviga xos bo‘lgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat 
faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o‘zaro munosabatini, 
shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi.1 
Ma’muriy huquq – davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va 
to‘ldirib, fuqarolarning ko‘pgina hukuk va majburiyatlarini, ularning boshqaruv 
organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har kanday 
buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. 
Ma’muriy huquq – davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va 
tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy 
maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi.  
Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham 
tartibga soladi. 
Demak, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy huquqi – bu O‘zbekiston 
Respublikasi huquq tizimining mustaqil tarmog‘i bo‘lib, davlat boshqaruvini tashkil 
etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda vujudga keladigan funksiyalarni amalga oshirishning muayyan huquqiy tartibini yaratadi. Davlat boshqaruvi organlarining ijro etish va farmoyish berish faoliyatining samaradorligini oshirishga karatilgan tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Ma’muriy huquq – huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu, uning tartibga solinuvchi predmetining o‘ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o‘zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma’muriy huquq - huquq tizimida markaziy o‘rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatadi yoki, aksincha, ularning ta’siriga uchraydi. Ma’muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo davlat boshqaruviga xos bo‘lgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o‘zaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi.1 Ma’muriy huquq – davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va to‘ldirib, fuqarolarning ko‘pgina hukuk va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har kanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi. Ma’muriy huquq – davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi. Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy huquqi – bu O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimining mustaqil tarmog‘i bo‘lib, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat.
 
 
Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, 
mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi.  
Ma’muriy huquq fani olimlarining aksariyati1, ma’muriy huquqning 
predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy 
munosabatlar guruhini kiritadi:  
tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysinadigan davlat boshqaruvi organlari 
o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining ularga 
bo‘ysingan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy 
munosabatlar); 
bir-biriga 
bo‘ysinmaydigan 
davlat 
boshqaruvi 
organlari 
o‘rtasidagi 
munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasi o‘rtasida vujudga 
keladigan ijtimoiy munosabatlar); 
davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysinadigan korxona, muassasa va 
tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; 
davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar; 
davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar. 
Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan yana biri – bu 
huquqiy tartibga solish uslubidir.  
Har bir huquq tarmog‘ining huquqiy tartibga solish predmeti o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uslubi 
ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi. 
Huquqiy tartibga solish uslubi – jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq 
ta’sirida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar yig‘indisidan iboratdir. Huquqiy 
tartibga solish uslubi uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo‘lib, davlat undan huquq 
normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasidagi 
aloqalarni tartibga solishda foydalanadi. 
Huquqning har qanday tarmog‘i huquqning o‘z tabiatida joylashgan ijtimoiy 
munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma 
buyruq, ko‘rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish.
Ma’muriy huquq ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi. Ma’muriy huquq fani olimlarining aksariyati1, ma’muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadi: tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysinadigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo‘mitalarining ularga bo‘ysingan boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); bir-biriga bo‘ysinmaydigan davlat boshqaruvi organlari o‘rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo‘mitasi o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar); davlat boshqaruvi organlari va ularga bo‘ysinadigan korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o‘rtasidagi munosabatlar; davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar. Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan yana biri – bu huquqiy tartibga solish uslubidir. Har bir huquq tarmog‘ining huquqiy tartibga solish predmeti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uslubi ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi. Huquqiy tartibga solish uslubi – jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq ta’sirida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar yig‘indisidan iboratdir. Huquqiy tartibga solish uslubi uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo‘lib, davlat undan huquq normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solishda foydalanadi. Huquqning har qanday tarmog‘i huquqning o‘z tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma buyruq, ko‘rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish.
 
 
Yozma buyruq, ko‘rsatma - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u 
yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday 
harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man 
etish, taqiqlash - amalda bu ham ko‘rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida 
nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha 
yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. Ruxsat berish - huquq normasida nazarda 
tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshirish 
uchun yuridik ruxsat berilishidir. 
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko‘rsatilgan uslublaridan huquqni 
u yoki bu tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, 
foydalaniladi. 
Qayd etilganidek, ma’muriy huquq tartibga solishning o‘z predmetiga ega 
bo‘lib, xususan, bu - davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy 
munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining boshqa turlaridan o‘zining 
vazifalari, maqsadli yo‘nalishi va namoyon bo‘lish shakllari bilan farq qiladi.  
Ma’muriy huquqiy tartibga solishga davlat organi yoki mansabdor shaxs 
tomonidan chiqariladigan ko‘rsatmalar xosdir. Ma’muriy munosabatlarning boshqa 
tomoni ushbu ko‘rsatmaga bo‘ysinishga majbur. Bu shuni anglatadiki, davlat 
organining hokimiyat ko‘rsatmalari yordamida davlat amalda o‘zining boshqaruv 
faoliyati sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi.  
Ma’muriy huquqiy tartibga solish uchun boshqa bir xususiyat ham xos bo‘lib, 
u bir tomonning o‘z xohish-irodasini bildirishidir. 
Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va ma’muriy munosabatlarda uning 
manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko‘rsatilgan organlarning o‘z xohish-
irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Bunda, 
davlat boshqaruvi faoliyati sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi 
vujudga keladi.  
Aynan mana shu sababli ma’muriy huquqning asosiy uslubi, ya’ni ma’muriy 
munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish uslub va vositalari - 
davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo‘llanishi
Yozma buyruq, ko‘rsatma - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man etish, taqiqlash - amalda bu ham ko‘rsatma, ammo u teskari, ya’ni huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. Ruxsat berish - huquq normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi bo‘yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko‘rsatilgan uslublaridan huquqni u yoki bu tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalaniladi. Qayd etilganidek, ma’muriy huquq tartibga solishning o‘z predmetiga ega bo‘lib, xususan, bu - davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining boshqa turlaridan o‘zining vazifalari, maqsadli yo‘nalishi va namoyon bo‘lish shakllari bilan farq qiladi. Ma’muriy huquqiy tartibga solishga davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan ko‘rsatmalar xosdir. Ma’muriy munosabatlarning boshqa tomoni ushbu ko‘rsatmaga bo‘ysinishga majbur. Bu shuni anglatadiki, davlat organining hokimiyat ko‘rsatmalari yordamida davlat amalda o‘zining boshqaruv faoliyati sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi. Ma’muriy huquqiy tartibga solish uchun boshqa bir xususiyat ham xos bo‘lib, u bir tomonning o‘z xohish-irodasini bildirishidir. Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va ma’muriy munosabatlarda uning manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko‘rsatilgan organlarning o‘z xohish- irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Bunda, davlat boshqaruvi faoliyati sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi. Aynan mana shu sababli ma’muriy huquqning asosiy uslubi, ya’ni ma’muriy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish uslub va vositalari - davlat-hokimiyat ko‘rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo‘llanishi
 
 
jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak 
bo‘lgan boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi.  
Shunday qilib, ma’muriy huquq predmeti bilan ma’muriy munosabatlarni 
huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos birlashuvi ma’muriy huquqni huquqning 
mustaqil tarmog‘iga ajratish imkonini beradi. 
Har qanday mustaqil huquq tarmog‘iga uning butunligi, tizimliligi va 
tuzilishga ega ekanligi xosdir. Bu holat ma’muriy huquqda yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi – huquq 
tarmog‘ini tashkil etuvchi huquqiy normalarning o‘zaro aloqasini belgilab beradi. 
Ma’muriy huquq – huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo‘lib, 
predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar 
bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo‘llashi 
lozim. Huquq tarmog‘i ichida turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, umumiy va maxsus 
huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo‘ysunuvchi) mavjud bo‘ladi. 
Ma’muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jarayonida vujudga 
keladigan munosabatlar bilan obektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma’muriy -
huquqiy normalarning muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish 
lozim1. 
Ma’muriy huquq tizimi – ma’muriy -huquqiy normalar va institutlarni 
birlashtiradi.  
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda, “Ma’muriy huquq tizimi”dan 
“Ma’muriy huquq fani tizimi” farqlanadi. Ma’muriy huquq fani tizimi ma’muriy 
huquq tizimiga qaraganda kengroq tushuncha bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Ma’muriy-huquqiy normalar – ma’muriy huquq fani tizimining boshlang‘ich 
elementi bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda 
ma’muriy -huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) 
belgilab beradigan qoidalardir; 
Ma’muriy-huquqiy institutlar – ma’muriy huquq fani tizimining alohida 
guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, 
ma’muriy -huquqiy institutlar – ma’muriy -huquqiy normalarning uncha katta
jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi. Shunday qilib, ma’muriy huquq predmeti bilan ma’muriy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos birlashuvi ma’muriy huquqni huquqning mustaqil tarmog‘iga ajratish imkonini beradi. Har qanday mustaqil huquq tarmog‘iga uning butunligi, tizimliligi va tuzilishga ega ekanligi xosdir. Bu holat ma’muriy huquqda yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi – huquq tarmog‘ini tashkil etuvchi huquqiy normalarning o‘zaro aloqasini belgilab beradi. Ma’muriy huquq – huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo‘lib, predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo‘llashi lozim. Huquq tarmog‘i ichida turli yuridik kuchga ega bo‘lgan, umumiy va maxsus huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo‘ysunuvchi) mavjud bo‘ladi. Ma’muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma’muriy - huquqiy normalarning muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim1. Ma’muriy huquq tizimi – ma’muriy -huquqiy normalar va institutlarni birlashtiradi. Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda, “Ma’muriy huquq tizimi”dan “Ma’muriy huquq fani tizimi” farqlanadi. Ma’muriy huquq fani tizimi ma’muriy huquq tizimiga qaraganda kengroq tushuncha bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ma’muriy-huquqiy normalar – ma’muriy huquq fani tizimining boshlang‘ich elementi bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda ma’muriy -huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) belgilab beradigan qoidalardir; Ma’muriy-huquqiy institutlar – ma’muriy huquq fani tizimining alohida guruhi bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, ma’muriy -huquqiy institutlar – ma’muriy -huquqiy normalarning uncha katta
 
 
bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini 
tartibga solishga qaratiladi. Ma’muriy huquq tarmog‘i o‘z ichiga qator institutlarni 
oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni 
paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, Ma’muriy-huquqiy 
institutlar ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi; 
Ma’muriy huquq fani bo‘limlari (guruhlar) – Ma’muriy huquq fani tizimining 
yirik tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida bir necha ma’muriy -huquqiy institutlarni 
birlashtiradi. Ma’muriy huquq fani tizimida o‘zaro yaqin (o‘xshash) ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy -huquqiy institutlar birlashib, ma’muriy 
huquq fanining bo‘limlari (guruhlarini) tashkil etadi. (masalan, davlat 
boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsiplari, davlat 
boshqaruvi funksiyalari singari ma’muriy -huquqiy institutlar o‘zining yaqinligiga 
qarab yagona bo‘limga birlashgan.) 
Har qanday huquq fani singari ma’muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga 
bo‘lingan: 
1) umumiy qism – bunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish 
jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma’muriy -huquqiy normalar 
(ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar) nazarda tutilgan. Mamuriy huquq fani 
tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat: 
davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari; 
davlat boshqaruvi sub’ektlari va ularning huquqiy maqomi; 
davlat boshqaruvi shakllari va uslublari; 
davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralari; 
ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik; 
ma’muriy jarayon; 
davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash; 
2) maxsus qism – bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan 
davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma’muriy -huquqiy 
normalar (ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar) ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bo‘lmagan barqaror guruhi bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Ma’muriy huquq tarmog‘i o‘z ichiga qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, Ma’muriy-huquqiy institutlar ma’lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi; Ma’muriy huquq fani bo‘limlari (guruhlar) – Ma’muriy huquq fani tizimining yirik tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida bir necha ma’muriy -huquqiy institutlarni birlashtiradi. Ma’muriy huquq fani tizimida o‘zaro yaqin (o‘xshash) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy -huquqiy institutlar birlashib, ma’muriy huquq fanining bo‘limlari (guruhlarini) tashkil etadi. (masalan, davlat boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsiplari, davlat boshqaruvi funksiyalari singari ma’muriy -huquqiy institutlar o‘zining yaqinligiga qarab yagona bo‘limga birlashgan.) Har qanday huquq fani singari ma’muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga bo‘lingan: 1) umumiy qism – bunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma’muriy -huquqiy normalar (ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar) nazarda tutilgan. Mamuriy huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat: davlat boshqaruvi tushunchasi, o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari; davlat boshqaruvi sub’ektlari va ularning huquqiy maqomi; davlat boshqaruvi shakllari va uslublari; davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralari; ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik; ma’muriy jarayon; davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash; 2) maxsus qism – bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma’muriy -huquqiy normalar (ma’muriy -huquqiy institutlar, bo‘limlar) ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
 
 
iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, 
transport, aloqa, yo‘l xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari); 
ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish (ta’lim, fan, madaniyat, jismoniy 
tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish); 
Ma’muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi, 
ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya); 
tarmoqlararo boshqa sohalarni boshqarish (tabiatni muhofaza qilish, moliya 
va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat statistikasi, davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
va h.k.lar). 
  
   
 
 3. Ma’muriy huquq manbalari 
 
Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) 
mustahkamlangan. Huquq manbalari – huquqiy normalar ifodasining tashqi 
shakllari, huquq mavjud bo‘lishining shakllari hisoblanadi.  
Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va 
ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar 
o‘rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi uslubidan (ma’muriy -
buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish – 
bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat boshqaruvi 
faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu 
qonunchilikning asosini - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. 
Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi 
chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi – ma’muriy huquqning asosiy manbasi sifatida, davlat boshqaruvini
iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, yo‘l xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalari); ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish (ta’lim, fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish); Ma’muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya); tarmoqlararo boshqa sohalarni boshqarish (tabiatni muhofaza qilish, moliya va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat statistikasi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va h.k.lar). 3. Ma’muriy huquq manbalari Ma’muriy-huquqiy normalar ko‘p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari – huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo‘lishining shakllari hisoblanadi. Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o‘rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi uslubidan (ma’muriy - buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish – bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu qonunchilikning asosini - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – ma’muriy huquqning asosiy manbasi sifatida, davlat boshqaruvini
 
 
tashkil etish va amalga oshirishning boshlang‘ich huquqiy asoslarini belgilab 
bergan.  
Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqaruvini huquqiy 
tartibga 
solishga 
qaratilgandir. 
Jumladan, 
Konstitutsiyaning 
1-moddasida 
O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, deb ko‘rsatilgan. Mazkur moddada 
o‘zbek davlatchiligining tub mohiyati, ya’ni O‘zbekiston suveren davlat ekanligi 
ko‘rsatib o‘tilgan.  
Suverenitet – har qanday davlatning eng muhim, ajralmas belgilaridan biridir.  
O‘zbekiston – demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga 
asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.  
O‘zbekistonda davlatni boshqarish shakli respublikadir. Respublika - xalq 
hokimiyati demakdir. Respublika – eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan 
biri. Boshqaruvning respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab 
berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo‘yilishini anglatadi. 
Konstitutsiyaga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga 
xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida 
mas’uldirlar (2-modda).  
Mazkur Konstitutsiyaviy norma orqali fuqarolar manfaatining ustunligi 
qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Davlatning fuqarolar oldidagi 
mas’uliyatining mavjudligi demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan 
hisoblanadi. Davlat qonun doirasida insonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib 
bermog‘i lozim. Shuning uchun ham, davlat xalq irodasini ifodalamog‘i, uning 
manfaatlari, xohish-istaklariga xizmat qilmog‘i lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy -hududiy 
tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki 
va tashqi siyosatini amalga oshiradi.  
Mazkur Konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqil davlat sifatida o‘zining davlat hokimiyatini va davlat
tashkil etish va amalga oshirishning boshlang‘ich huquqiy asoslarini belgilab bergan. Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishga qaratilgandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik respublika, deb ko‘rsatilgan. Mazkur moddada o‘zbek davlatchiligining tub mohiyati, ya’ni O‘zbekiston suveren davlat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Suverenitet – har qanday davlatning eng muhim, ajralmas belgilaridan biridir. O‘zbekiston – demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. O‘zbekistonda davlatni boshqarish shakli respublikadir. Respublika - xalq hokimiyati demakdir. Respublika – eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan biri. Boshqaruvning respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo‘yilishini anglatadi. Konstitutsiyaga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar (2-modda). Mazkur Konstitutsiyaviy norma orqali fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyatining mavjudligi demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan hisoblanadi. Davlat qonun doirasida insonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermog‘i lozim. Shuning uchun ham, davlat xalq irodasini ifodalamog‘i, uning manfaatlari, xohish-istaklariga xizmat qilmog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy -hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Mazkur Konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida o‘zining davlat hokimiyatini va davlat
 
 
boshqaruvi organlarining tizimini belgilab beradi. Konstitutsiyaning beshinchi 
bo‘limi aynan shu masalarni yoritib berishga qaratilgandir.  
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan 
qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada 
nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat 
idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy 
tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan 
javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi (7-modda). 
Demak, O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati, shu jumladan, 
boshqaruv faoliyati qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tashkil etilgan davlat 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari faqatgina qonun hujjatlarida 
ko‘rsatib o‘tilgan vakolat doirasida harakat qilishlari mumkin.  
Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so‘zsiz itoat etishi va shu 
asosda faoliyat ko‘rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.  
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston xalqi 
nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi 
mumkin (10-modda).  
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi (11-
modda).  
Mazkur Konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi 
va faoliyat tartibi – vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshirilishi 
belgilangan.  
Hokimiyat tizimining bo‘linishi prinsipi huquqiy davlatning eng muhim 
belgilaridan biridir.  
Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat 
va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatib o‘tganidek: 
“Davlatning faol islohotchilik mavqeida butun diqqat-ye’tiborni iqtisodiyotni
boshqaruvi organlarining tizimini belgilab beradi. Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limi aynan shu masalarni yoritib berishga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi (7-modda). Demak, O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati, shu jumladan, boshqaruv faoliyati qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tashkil etilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari faqatgina qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan vakolat doirasida harakat qilishlari mumkin. Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so‘zsiz itoat etishi va shu asosda faoliyat ko‘rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin (10-modda). O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi (11- modda). Mazkur Konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi – vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshirilishi belgilangan. Hokimiyat tizimining bo‘linishi prinsipi huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biridir. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko‘rsatib o‘tganidek: “Davlatning faol islohotchilik mavqeida butun diqqat-ye’tiborni iqtisodiyotni
 
 
sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etishga, qonuniylik va 
huquq-tartibotga 
rioya 
qilishga, 
eski 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
bozor 
munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam 
negizni vujudga keltiradi”.1 
O‘zbekiston ijtimoiy adolat jamiyatidir. Kuchli ijtimoiy siyosat adolatli 
jamiyat va demokratik davlat barpo etishning asosiy mezonidir. 
Ma’muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri – bu 1994 yil 22 
sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O‘zbekiston 
Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga 
binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat 
farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat 
tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni 
ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va 
obektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, 
fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish 
ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish 
uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks – qanday harakat yoki 
harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni 
sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda 
qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. 
Ma’muriy-huquqiy normalar boshqa Kodekslarda ham o‘z ifodasini topgan, 
ya’ni davlat boshqaruvi jarayonida ijro hokimiyati organlari faoliyatini, fuqarolar va 
nodavlat tashkilotlarining boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini tartibga 
solishga qaratilgan normalarni quyidagilarda ham uchratish mumkin: 
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi;  
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;  
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi;  
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi va boshqalar.
sog‘lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etishga, qonuniylik va huquq-tartibotga rioya qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi”.1 O‘zbekiston ijtimoiy adolat jamiyatidir. Kuchli ijtimoiy siyosat adolatli jamiyat va demokratik davlat barpo etishning asosiy mezonidir. Ma’muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri – bu 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks – qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy-huquqiy normalar boshqa Kodekslarda ham o‘z ifodasini topgan, ya’ni davlat boshqaruvi jarayonida ijro hokimiyati organlari faoliyatini, fuqarolar va nodavlat tashkilotlarining boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qaratilgan normalarni quyidagilarda ham uchratish mumkin: O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi; O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi; O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi; O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi va boshqalar.
 
 
Ma’muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri – bu O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy 
maqomi joriy qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan:  
1) O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 
“Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun1i. Mazkur qonunga binoan O‘zbekiston 
Respublikasining Vazirlar Mahkamasi - Hukumati O‘zbekiston Respublikasida 
iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir;  
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Mahalliy 
davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun1ga binoan mahalliy davlat hokimiyat 
organlariga hokim rahbarlik qiladigan ijroiya apparat va vakillik organlari kiradi. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysinadigan shaharlardan, 
shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari 
Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir; 
3) O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun1i respublikada 
bank tizimini boshqaruvchi davlat organi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunga binoan Markaziy bank 
yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir. Markaziy bank - o‘z sarf-
xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan 
mustaqil muassasadir. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
hisob beradi;  
4) O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat 
soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonun1i - O‘zbekiston Respublikasida davlat soliq 
xizmati organlarini tashkil etish tartibini, ularning huquqiy maqomini belgilab 
beradi. Qonunning 1-moddasiga binoan davlat soliq xizmati organlari soliqlar, 
yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida budjetga tushishini 
ta’minlash maqsadlarida tuziladi. Davlat soliq xizmati organlariga - O‘zbekiston
Ma’muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri – bu O‘zbekiston Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy maqomi joriy qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Jumladan: 1) O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonun1i. Mazkur qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi - Hukumati O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir; O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonun1ga binoan mahalliy davlat hokimiyat organlariga hokim rahbarlik qiladigan ijroiya apparat va vakillik organlari kiradi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysinadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir; 3) O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun1i respublikada bank tizimini boshqaruvchi davlat organi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunga binoan Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir. Markaziy bank - o‘z sarf- xarajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi; 4) O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonun1i - O‘zbekiston Respublikasida davlat soliq xizmati organlarini tashkil etish tartibini, ularning huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunning 1-moddasiga binoan davlat soliq xizmati organlari soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida budjetga tushishini ta’minlash maqsadlarida tuziladi. Davlat soliq xizmati organlariga - O‘zbekiston