MA’MURIY JARAYON TUSHUNCHASI VA TARKIBI.
Huquqiy jarayonning keng tarqalgan ko‘rinishi – bu ma’muriy jarayondir.
Yuridik adabiyotlarda, ma’muriy jarayon, ijro hokimiyati organlarining ma’muriy
protsessual shaklda amalga oshiriladigan va aniq bir huquqiy masalalarni hal
etishga qaratilgan — hokimiyat faoliyati sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Bu birinchi
navbatda, ma’muriy jarayonning ma’muriy huquq normalari bilan tartibga
solinganligiga asoslanadi.
Ma’muriy jarayon huquqiy jarayonning barcha umumiy xususiyatlariga ega.
Lekin shu bilan birga uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir:
birinchidan, ma’muriy jarayon – ijro organlarining maqsadga muvofiq
yo‘naltirilgan hokimiyat faoliyatidir;
ikkinchidan, ijro organlarining hokimiyat faoliyati qonun hujjatlariga
asoslanib, ularga tegishli bo‘lgan aniq masalalarnii hal etishga qaratilgan;
uchinchidan, ma’muriy jarayon natijasi bo‘lib, ma’muriy-huquqiy aktning
qabul qilinishi hisoblanadi;
to‘rtinchidan, ijro organlarining hokimiyat vakolatlari ma’muriy huquq,
xususan, uning protsessual normalari bilan tartibga solinadi;
beshinchidan,
ma’muriy
jarayon,
qoida
bo‘yicha,
soddalashtirilgan
harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, ma’muriy jarayonning o‘ziga xos xususiyatlariga —
ma’lum bir ishlarning yozma yoki og‘zaki tartibda olib borilishini, sirtdan ko‘rib
chiqilishini ham kiritish mumkin.
Demak, ma’muriy jarayon — ma’muriy-protsessual shaklda amalga
oshiriladigan hamda ma’muriy-huquqiy aktlarni qabul qilish va ijro etish orqali
ma’lum bir ishlarni hal etishga qaratilgan ijro organlarining hokimiyat faoliyatidir.
Yuridik adabiyotlarda, ma’muriy jarayon bilan bir qatorda, «ma’muriy-
protsessual faoliyat» tushunchasi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ma’muriy-protsessual
faoliyat quyidagilardan iborat:
a) ma’muriy huquq ijodkorligi jarayoni — ijro hokimiyati organlarining
ma’muriy-protsessual shaklda o‘rnatilgan tartibda ma’muriy normativ aktlarni
qabul qilishga qaratilgan faoliyatidir;
b) ma’muriy huquqni qo‘lash jarayoni — ijro hokimiyati organlarining
qonun hujjatlarini ijro etishga qaratilgan va ma’muriy-protsessual shaklda amalga
oshiriladigan operativ-farmoyish berish hamda huquqni qo‘llash- aktlarini qabul
qilish va ijro etish faoliyatidir;
d) ma’muriy yurisdiksiyaviy jarayon — ijro hokimiyati organlarining turli
sub’ektlar o‘rtasidagi nizolarni hal etish, shuningdek, ma’muriy-protsessual
shaklda amalga oshiriladigan ma’muriy va intizomiy majburlov choralarini
qo‘llashga qaratilgan faoliyatidir.
«Ma’muriy jarayon» va «Ma’muriy-protsessual faoliyat» birbiriga yaqin va
bog‘liq bo‘lgan tushunchalardir. Lekin har qanday ma’muriy jarayon faoliyati
ma’muriy-protsessual faoliyat hisoblanmaydi.
Ma’muriy jarayon, odilsudlov (fuqarolik, jinoiy, xo‘jalik) singari, hokimiyat
organi tomonidan qanday masalalarning hal etilishiga qarab bir necha turlarga
bo‘linadi. Hal etilayotgan ishlarning mazmuni — ma’muriy-protsessual shaklga
yoki uning ayrim elementlari xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Agar har qanday jarayon doirasida ma’lum bir ishlar hal etiladigan bo‘lsa,
unda maxsus protsessual qoidalarning zaruriyati vujudga keladi. Aynan mana shu
xususiyatlarga qarab jarayonda, uning o‘ziga xos bo‘lgan qismi — ish yuritish
ajratiladi. Davlat hokimiyati organlari, ma’lum bir ma’muriy jarayon doirasida,
turli xildagi ishlarni hal etishiga to‘g‘ri keladi. Ularni umumiy protsessual qoidalar
bilan tartibga solish mushkuldir. Shu sababli, ma’muriy faoliyatning o‘ziga xos
turlari, ya’ni ma’lum bir ishlarni hal etishning maxsus protsessual qoidalari mavjud
bo‘lib, ularning yig‘indisi — ish yuritish faoliyatini tashkil etadi. Masalan,
shikoyatlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini tayinlash faoliyatlari
ko‘pgina umumiy xususiyatlarga ega, lekin bu faoliyat turlari maxsus qoidalarga
ham muhtoj bo‘ladi.
Demak, ma’muriy ish yuritish — ma’muriy jarayonning bir qismi bo‘lib,
umumiy va maxsus protsessual normalar yordamida ma’lum bir ishlarni hal etishga
qaratilgan ma’muriy faoliyatning alohida turi hisoblanadi.
10.2. Ma’muriy-protsessual normalarning tasnifi.
Ma’muriy-protsessual
normalar.
Yuridik
adabiyotlarda,
ma’muriy-
protsessual huquq bo‘yicha turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, ba’zi
huquqshunos olimlar, ma’muriy-protsessual huquqni — huquq tizimining mustaqil
tarmog‘iga kiritadi. Boshqalari esa ma’muriy-protsessual huquq — bu ma’muriy
huquqning ichki sohasi hisoblanadi, deb ko‘rsatadi.
D.N.Baxraxning fikricha esa ma’muriy-protsessual huquq — ma’muriy
huquq tarkibida bo‘lgan va hokimiyat faoliyatini tartibga soluvchi keng doiradagi
normalardan iborat bo‘lib, yagona tizimga keltirilmagandir.
V.D.Sorokin ma’muriy-protsessual huquq muammolari bo‘yicha tadqiqotlar
olib borib, uni o‘zining predmeti, tizimi va tartibga solish uslubiga ega bo‘lgan
huquq tizimining mustaqil tarmog‘i sifatida ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha,
ma’muriy-protsessual normalar — bu vakolatli davlat oiganlari tomonidan
o‘matilgan, ijro hokimiyati oiganlarining o‘z vakolatlarini amalga oshirish
jarayonida yakka tartibdagi ishlarni hal etish bo‘yicha vujudga keladigan
munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy qoidalardir.
Ma’muriy ish yuritish faoliyatining turli ko‘rinishlaiga (huquq ijodkorligi,
rag‘batlantirish, ruxsat berish, yurisdiksiyaviy va h.k.lar) ega bo‘lganligi sababli,
protsessual normalar aksariyat hollarda, ma’muriy huquqning boshqa institutlari
protsessual normalari bilan emas, balki tegishli institutlarning moddiy normalari
bilan bog‘liqdir. Jarayonlashtirishni keng doirda amalga oshirish bilan esa
protsessual normalarni yanada yaqinlashtirish, unifikatsiya qilish va yagona
tizimga keltirish mumkin bo‘ladi.
D.N.Baxrax ko‘rsatib o‘tishicha, ma’muriy-protsessual qonunchilikni
alohida tarmoqqa ajratish, amaliyotda foydadan ko‘ra, ko‘proq zarar keltirishi
mumkin. Chunki bunday ajratish bir butun normalarni ikki bo‘lakka, ya’ni moddiy
va protsessual normalarning alohidalashuviga olib keladi.
Hozirgi vaqtda ma’muriy-protsessual huquq — ma’muriy huquqning
ma’lum bir institutlari doirasida tizimlashtirilgan keng doiradagi protsessual
normalar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Demak, ma’muriy-protsessual normalar — bu vakolatli davlat organlari
tomonidan o‘rnatilgan, ijro hokimiyati organlarining o‘z vakolatlarini amalga
oshirish jarayonida yakka tartibdagi va aniq ishlarni hal etish bo‘yicha vujudga
keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.
Ma’muriy-protsessual normalarni turli asoslarga ko‘ra guruhlarga bo‘lish,
ya’ni tasniflash mumkin. Ularning barchasi umumiy maqsadga — davlat
boshqaruvini amalga oshirish jarayonini o‘rnatishga va tartibga solishga
qaratilgandir.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar. Ma’muriy-protsessual munosabatlar
— jamiyatda vujudga keladigan huquqiy munosabatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib,
huquqiy normalarda nazarda tutilgan aniq sub’ektlar o‘rtasidagi yuridik aloqalarni
anglatadi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar — unda ishtirok etuvchi sub’ektlarning
belgilangan xulq-atvorda bo‘lishini nazarda tutadi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar — hamma vaqt ma’muriy protsessual
normalar asosida vujudga keladi. Albatta, huquqiy normaning mavjud bo‘lishi,
huquqiy munosabatni vujudga kelishiga yetarli emas. Huquqiy munosabatning
vujudga kelishi uchun huquq sub’ekti (huquq layoqati va muomala layoqati) va
yuridik faktlarning (harakat, harakatsizlik, hodisa) mavjud bo‘lishi ham talab
qilinadi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlarni amalga oshirish barcha huquqiy
munosabatlar singari, davlatning ta’sir choralari bilan ta’minlanadi. Ular turli-
tuman bo‘lib, faqatgina majburlov choralari bilan chegaralanmaydi. Ijro hokimiyati
organlari
faoliyatida
vujudga
keladigan
aksariyat
ma’muriy-protsessual
munosabatlarni amalga oshirishda davlatning majburlov choralarini qo‘llash
zaruriyati mavjud emas.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ma’muriy-protsessual munosabatlaring o‘ziga
xos xususiyatlari, ularni huquqiy munosabatlarning bir ko‘rinishi sifatida
ifodalashga
imkon
beradi.
Lekin
bu
xususiyatlar
ma’muriy-protsessual
munosabatlarning mazmunini to‘liq yoritib bera olmaydi. Shu sababli, asosiy
e’tiborni, uning alohida xususiyatlarining qisqacha tavsifiga qaratish lozim.
Jumladan:
birinchidan, ma’muriy-protsessual munosabatlar — davlat boshqaruvi
sohasida ijro hokimiyati organlarining vakolatlarini amalga oshirish jarayonida
vujudga keladi hamda moddiy normalar singari, aniq ifodalangan boshqaruv
xususiyatiga egadir;
ikkinchidan, bu munosabatlar — protsessual huquqiy munosabatlardir. Agar
ma’muriy-protsessual munosabatlarning birinchi xususiyati ularni moddiy
normalarga yaqinlashtirsa, ikkinchi xususiyati bu ikkala norma o‘rtasidagi aniq
chegarani belgilab beradi.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar ma’muriy-moddiy munosabatlardan
farq qilgan holda, quyidagi xususiyatlarga ega:
a) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan vujudga kelishining
xususiyatiga qarab farqlanadi. Masalan, moddiy munosabatlar vujudga kelishi
uchun huquq normasi, huquq sub’ektliligi va yuridik faktning mavjud bo‘lishi
talab qilinadi. Ma’muriy protsessual munosabatlarning vujudga kelishi uchun esa
yana bir huquqiy normaning ko‘rinishi — protsessual normalarning mavjud
bo‘lishi kerak, ya’ni bu munosabatlar — moddiy normalar bilan bir vaqtda
protsessual normalar mavjud bo‘lganida vujudga kelishi mumkin. Moddiy
normaning bo‘lmaganligi, ma’muriy-protsessual munosabatlarning predmeti
yo‘qligini vujudga keltiradi, protsessual normaning bo‘lmaganligi esa umuman
bunday munosabatlar vujudga kelishini inkor etadi;
b) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan huquqiy normalardan
kelib chiqadigan tartibga solinishi xususiyatiga qarab farqlanadi. Masalan,
protsessual normalar moddiy normalardan farqli ravishda, sub’ektlar amalga
oshiradigan harakatlarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan «dinamik» munosabatlarni
tartibga soladi. Protsessual munosabatlar ishtirokchilarining harakati qonunda
belgilangan tartibda va ketma-ketlikda amalga oshiriladi;
d) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan o‘zining ahamiyati
bilan ham farqlanadi. Ma’muriy-protsessual munosabatlarning asosiy vazifasi —
bu tegishli moddiy normalar amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir;
e) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan o‘zining tuzilishiga
ko‘ra farqlanadi. Ma’muriy-protsessual munosabatlar murakkab tuzilishga ega.
Protsessual munosabatlarda bir necha sub’ektlar ishtirok etib, harakatlarni ketma-
ketlikda amalga oshirish orqali munosabat kengayib, riovojlanib boradi hamda
o‘zining yuridik mazmunini, tarkibini o‘zgartiradi. Shu nuqtayi nazardan kelib
chiqqanda, ma’muriy-protsessual munosabatlarni asosiy va ko‘maklashuvchi
(yordamchi) munosabatlarga ajratish mumkin. Protsessual munosabatlarning
ishtirokchilari mazkur munosabatlarda turlicha o‘rinni egallaydi va ularning
huquqiy maqomi o‘zgarib turadi;
f) protsessual munosabatlar moddiy munosabatlardan sub’ektlar doirasiga
qarab ham farqlanadi. Protsessual munosabatlarning ishtirokchisi sifatida moddiy
munosabatlarning barcha ishtirokchilari, shuningdek, moddiy munosabatlarda
ishtirok etmagan boshqa ishtirokchilar ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy-protsessual munosabatlarni, normalar singari, bir necha asoslarga
qarab tasniflash mumkin. Jumladan:
1) mazmuniga ko‘ra ma’muriy-protsessual munosabatlar;
a) iqtisodiyot va uning turli sohalarida vujudga keladigan ma’muriy-
protsessual munosabatlar;
b) ijtimoiy-madaniy sohalarda vujudga keladigan ma’muriy protsessual
munosabatlar;
d) ma’muriy siyosiy sohalarda vujudga keladigan ma’muriy protsessual
munosabatlarga bo‘linadi.
2) ma’muriy ish yuritish turlariga ko‘ra ma’muriy-protsessual munosabatlar:
a) ijro hokimiyati organlari tomonidan normativ hujjatlarni qabul qilish
bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
b) davlat boshqaruvi sohasida fuqarolaming va tashkilotlarning murojaatlari
bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
d) ma’muriy huquqiy shikoyatlar va nizolar bo‘yicha vujudga keladigan
munosabatlar;
e) rag‘batlantirish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
f) ruxsat berish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
g) litsenziya berish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
h) ijro etish bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
i) ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha vujudga keladigan munosabatlar;
j) davlat boshqaruvi sohasida intizomiy ishlar bo‘yicha vujudga keladigan
munosabatlar.
3) sohaga taalluqliligiga ko‘ra ma’muriy-protsessual munosabatlar
a) ma’muriy-huquqiy moddiy munosabatlarni amalga oshirish maqsadiga
ega bo‘lgan munosabatlar;
b) fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarni
amalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar;
d) mehnat huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarni
amalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar;
e) moliya huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarni
amalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar;
f) oila huquqi normalari bilan tartibga solingan moddiy munosabatlarni
amalga oshirish maqsadiga ega bo‘lgan munosabatlar va h.k.lar.
4)
ma’muriy-protsessual
munosabatlar
ishtirokchilari
huquqlari
va
majburiyatlarining o‘zaro munosabatiga ko‘ra:
a) gorizontal munosabatlar — bir-biriga bo‘ysunmagan va bitta huquqiy
darajadagi sub’ektlar o‘rtasida vujudga keladi. Masalan, biron bir normativ hujjatni
tayyorlashda ikki sub’ekt o‘rtasida, kelishuv asosida vujudga keladigan
munosabatlar;
b) vertikal munosabatlar — bo‘ysinuv asosida vujudga keladi. Ma’muriy-
protsessual munosabatlarga, moddiy munosabatlar singari, yuqoridan pastga yoki
pastdan yuqoriga qarab rivojlanishining farqi yo‘q;
d) diagonal munosabatlar — vertikal munosabatlarga o‘xshab ketadi. Lekin
undan farqli ravishda, turli organlar tizimiga kiruvchi yuqori va quyi sub’ektlar
o‘rtasida vujudga keladi.
Ma’muriy jarayon ishtirokchilariga — individual ishtirokchilarni —
fuqarolarni (xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham), ijro
hokimiyati organlari va ularning tuzilmaviy bo‘linmalarini, jamoat birlashmalarini,
davlat xizmatchilarini, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa
shaxslarni (masalan, sud) kiritish mumkin.
Demak, ma’muriy protsessual munosabatlar — bu ma’muriy huquq
normalari bilan tartibga solinadigan, ijro hokimiyati organlarining o‘z vakolatlarini
amalga oshirish jarayonida yakka tartibdagi va aniq ishlarni hal etish bo‘yicha
vujudga keladigan huquqiy munosabatlardir.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar bir necha asoslarga qarab turli
guruhlarga ajratilishi mumkin.
Ma’muriy-protsessual munosabatlar — aniq sub’ektlar va boshqa ma’muriy
jarayon ishtirokchilari o‘rtasida huquqiy aloqalarning vujudga kelishida
ifodalanadi.
10.3. Ijro hokimiyati organlarida protsessual tartib.
Ma’muriy jarayon — uzluksiz amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, turli
xildagi ziddiyatlarga qaramasdan, ma’lum bir harakatchanlik xususiyatiga ega.
Ma’muriy jarayon — ma’lum bir bosqichlarning ketma-ketligiga, ularning
takrorlanib turishiga asoslanadi.
Huquq sub’ekti, o‘z oldida turgan maqsadga erishish uchun, belgilangan
ketma-ketlikda ma’lum bir harakatlarni amalga oshiradi.
Har qanday jarayon singari, ma’muriy jarayonga ham, bosqichlilik
xususiyati xosdir. Bosqichlar biridan keyin ikkinchisining kelishini, oldingi
bosqichning keyingi bosqichni tayyorlashini nazarda tutadi. Odatda, yangi bosqich
undan oldingi bosqichning tugaganidan so‘ng, vujudga keladi.
Bosqich — bu umumiy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy
faoliyatning mustaqil qismidir. Har bir bosqich — o‘ziga xos maqsadga ega bo‘lib,
protsessual harakatlarning umumiy maqsadiga erishish yo‘lida xizmat qiladi. Har
bir bosqich o‘ziga xos bo‘lgan:
a) sub’ektlar doirasiga;
b) axborotni to‘plash va undan foydalanishga;
d) tayyorlanadigan hujjatlarga;
e) qabul qilinadigan qarorlarga;
f) sodir etiladigan turli harakatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina ma’muriy jarayonlarda, hokimiyat vakolatlaridan ob’ektiv,
maqsadga muvofiq va qonuniy foydalanilishini ta’minlash uchun turli
sub’ektlarning ishtirok etishi belgilanadi. Masalan, bu yurisdiksiyaviy faoliyatda
yaqqol namoyon bo‘ladi: birinchi sub’ekt bayonnoma tuzadi, ikkinchisi qaror
qabul qiladi, uchinchisi qaror yuzasidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqadi va
h.k.lar.
Ma’muriy jarayonni umumiy holda tahlil qiladigan bo‘lsak, uning kamida
uch bosqichdan iborat ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin:
birinchidan, ma’lum bir holatni baholash;
ikkinchidan, ma’muriy aktni tayyorlash va qabul qilish;
uchinchidan, huquqiy aktni ijro etish.
Ma’muriy jarayon bosqichlarini yanada aniqlashtirish ham mumkin.
Masalan, davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayonida davlat organlari o‘z
faoliyatlarini quyidagi bosqichlarda:
a) vujudga kelgan yoki hal qilinishi lozim bo‘lgan muammoni aniqlash;
b) mazkur muammoni hal etishning rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
d) uni atroflicha o‘rganish va ob’ektiv baho berish;
e) asoslantirilgan qarorlarni qabul qilish;
f) qarorni ijro etish yoki ijrosini tashkil etish va ta’minlash;
g) qaror ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
i) qaror ijro etilganligi to‘g‘risidagi hisobotni talab qilish bosqichlarida
amalga oshiradilar.
Birinchi bosqich — turlicha nomlangan bo‘lishi mumkin (masalan, xizmat
tekshiruvi, ro‘yxatga olish, berilgan shikoyatlarni tekshirish va h.k.lar), lekin
barcha holatlarda ham bu bosqich — zarur bo‘lgan axborotlarni to‘plash, ulami
rasmiylashtirish va baholashdan iborat bo‘ladi. Ma’muriy faoliyatning bunday
boshlang‘ich harakatlarisiz, biron bir qarorni qabul qilib bo‘lmaydi.
Jarayonning birinchi bosqichi — ma’lum bir qarorlarni (masalan, tasdiqlash,
rag‘batlantirish, jazo qo‘llash) qabul qilishda zarur bo‘lgan harakatlar yig‘indisi
bo‘lib hisoblanadi. Bunda — huquqiy tashabbus, ma’lum bir holatlarga baho
berish va unga huquqiy ta’sir etish vositalari, qaror loyihasini tayyorlashga
qaratilgan harakatlar sodir etiladi.
Birinchi bosqichda — ma’lum bir ishlarning holati, muammolar, ularni hal
etish yo‘llari aniqlanadi. Qaror loyihasini tayyorlash vaqtida muammoni hal
etishning ma’muriy-huquqiy tartibga solish vositasi tanlanadi, rasmiylashtiriladi,
kelishib olinadi va muhokama qilinadi.
Ikkinchi bosqich — qaror qabul qilish bo‘lib hisoblanadi. Kollegial
organlarda qaror muhokama qilinadi va ovozga qo‘yiladi. Ayrim hollarda, qaror —
ish jarayoni tartibida, so‘rov o‘tkazish orqali qabul qilinadi. Aksariyat qarorlar esa
yakka tartibda qabul qilinadi. Bu bosqichning asosiy xususiyati shundaki,
tayyorlangan qaror loyihasi o‘rganib chiqiladi va imzolash orqali qabul qilinadi.
Bundan tashqari, qaror loyihasini o‘rganish jarayonida unga o‘zgartirish kiritilishi
mumkin yoki bekor qilinishi mumkin.
Qaror qabul qilish — bu nimaningdir kelajagini, qandaydir harakatni sodir
etishni belgilashdir. Qarorda uning ko‘rsatmalarini aniq belgilab o‘tish katta
ahamiyatga egadir.
Ikkinchi bosqich qaromi rasmiylashtirish orqali tugallanadi.
Uchinchi bosqich — ijro etish — qarorni ijrochiga, manfaatdor shaxslarga
yetkazishdan boshlanadi. Bu — shaxsan tanishtirish (og‘zaki, jo‘natish, nusxasini
topshirish va h.k.lar) orqali amalga oshiriladi. Agar qaror adresatlari doirasi keng
bo‘lsa, qaror bir necha nusxalarda ko‘paytirilishi va yuborilishi yoki ommaviy
axborot vositalarida, maxsus to‘plamlarda e’lon qilinishi mumkin.
Ijro etish — eng murakkab bosqichlardan biri. Aynan unda, rahbarning
ishchanlik, tashkil etish, boshqarish, jamoaning kelishuv asosida faoliyat
ko‘rsatishini ta’minlash, ishni oxirigacha yetkazish kabi xislatlari namoyon
bo‘ladi.
10.4. Ma’muriy-boshqaruv jarayonining shakllari.
Ma’muriy ish yuritish bir necha ko‘rinishlarga ega. Jumladan:
1) Ma’muriy huquq ijodkorligi jarayonida:
a) Prezident aktlarini qabul qilish;
b) hukumat aktlarini qabul qilish;
v) markaziy ijro hokimiyati organlari aktlarini qabul qilish;
g) ijro hokimiyati sub’ektlarining aktlarini qabul qilish bo‘yicha ish yuritish.
2) Ma’muriy huquqni qo‘llash (operativ-farmoyish berish) jarayonida:
a) shaxsiy tarkibni butlash bo‘yicha (masalan, harbiy xizmatga chaqirish,
davlat lavozimiga, o‘quv yurtiga qabul qilish);
b) davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha;
v) rag‘batlantirish choralarini qo‘llash bo‘yicha;
g) resurslarni (masalan, kvartira, pul mablag‘lari, yer uchastkalarini)
taqsimlash bo‘yicha;
d) ruxsat berish bo‘yicha (masalan, litsenziya, ruxsatnoma, boshqarish
huquqini berish);
ye) ro‘yxatga olish bo‘yicha (masalan, transport vositalarini, xorijiy
fuqarolarni, ko‘chmas mulkni);
yo) mahsulotlar va xizmatlar sifatini tekshirish bo‘yicha;
j) nazorat va boshqalar bo‘yicha ish yuritish.
3) Ma’muriy yurisdiksiyaviy jarayonda:
a) fuqarolarning shikoyatlari bo‘yicha;
b) ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha;
v) intizomiy;
g) ijro etish;
d) ma’muriy cheklov (ehtiyot) choralarini qo‘llash bo‘yicha ish yuritish.
Turli ish yuritish faoliyatlarini jarayonlashtirish bir xilda amalga
oshirilmaydi. Ba’zi hollarda ish yuritish aniq va to‘liq protsessual shaklga ega
bo‘ladi. Boshqa hollarda esa faoliyat to‘liq tartibga solinmagan bo‘ladi.
Har qanday ish yuritish — ma’muriy huquqning tegishli institutlari moddiy
normalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Protsessual normalar esa mana shu institutlarga
xizmat qiladi.
10.5. Sud ma’muriy-protsessual huquqining mazmuni.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksi fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi
ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etishda ma’muriy sud ishlarini
yuritishni amalga oshirish tartibga soladi.
Ushbu kodeksda sudga murojaat qilish huquqi, sudga murojaat qilish shakli,
ma’muriy sud ishlarini yuritish prinsiplari, sudning tarkibi, sudyani va ma’muriy
sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilarini rad qilish, ma’muriy ishlarning
sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi, ma’muriy sud ishlarini yuritish
ishtirokchilari, dalillar va isbotlash, ma’muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki
himoya choralari, ish yuritishni to‘xtatib turish, arizani (shikoyatni) ko‘rmasdan
qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud xarajatlari, protsessual muddatlar, sud
jarimalari va ma’muriy sud ish yurituvi bilan bog‘liq boshqa qoidalar belgilab
berilgan.
10.6. Sud ma’muriy-protsessual huquqining tamoyillari.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish prinsiplari quyidagilardan iborat:
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi
Qonun va sud oldida tenglik
Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi
Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Ma’muriy sud ishlari yuritiladigan til
Ma’muriy sud ishlari yuritiladigan til
Sud muhokamasining oshkoraligi
Sud muhokamasining bevositaligi
Ma’muriy ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish
Sud hujjatlarining majburiyligi
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi. Ma’muriy ishlar
bo‘yicha odil sudlov ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksdada
belgilangan qoidalar bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun va sud oldida tenglik. Ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlov
fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy
va ijtimoiy mavqeidan, yuridik shaxslarning esa mulkchilik shaklidan, joylashgan
yeridan, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar qonun va sud oldida tengligi
asosida amalga oshiriladi.
Sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi. Odil sudlovni
amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir
tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanadi.
Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi. Ma’muriy sud ishlarini yuritish
taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
Sud xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda, taraflar o‘z protsessual
majburiyatlarini bajarishi va o‘zlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun
zarur sharoitlar yaratib beradi.
Sud ma’muriy ish bo‘yicha barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama va
to‘liq aniqlash choralarini ko‘radi.
Ma’muriy sud ishlari yuritiladigan til. Ma’muriy sud ishlari o‘zbek tilida,
qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda
yuritiladi.
Ma’muriy sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi
ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida
ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida
so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi
qaysi tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha tilda tuziladi.
Sud muhokamasining oshkoraligi. Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora
o‘tkaziladi.
Davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur
bo‘lgan taqdirda, ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq
majlisda videokonferensaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday
majlisning audio- va videoyozuvi esa amalga oshirilmaydi.
Eshitish yopiq sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda, ishni elektron shaklda
shakllantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora o‘qib eshittiriladi.
Sud muhokamasining bevositaligi. Sud ma’muriy ishni ko‘rib chiqishda ish
bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
Ma’muriy ishlarni qonun hujjatlari asosida hal qilish. Sud ma’muriy
ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun
hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida
hal qiladi.
Sud ma’muriy ishni ko‘rayotganda ma’muriy organning hujjati qonunga
muvofiq emasligini, shu jumladan hujjat vakolat doirasidan chetga chiqilgan holda
qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari mavjud bo‘lmagan
taqdirda, sud shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq
normalarini qo‘llaydi, bunday normalar ham mavjud bo‘lmaganda esa nizoni
qonunlarning umumiy asoslari va mazmunidan kelib chiqib hal qiladi.
Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib
bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslarning
foydasiga talqin etiladi.
Sud hujjatlarining majburiyligi. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari
barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida
ijro etilishi lozim.
Sud hujjatlarini bajarmaslik ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksdada va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
10.7.Ma’muriy sud ishini yuritishning umumiy qoidalari.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston
Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa
qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasi ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llaniladi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar,
shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda
yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va
yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni
mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksi fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi
ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etishda ma’muriy sud ishlarini
yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun
ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, sudga prokuror, davlat
organlari va boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli.
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Sudga murojaat qilish:
fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar
bo‘yicha, shuningdek ushbu Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma
shaklida;
apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudlariga murojaat etilganda,
shuningdek Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida hamda boshqa
qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida
yuborilishi mumkin.
Ma’muriy ish ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini
yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yoxud sud
tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qog‘ozda rasmiylashtirilgan
sud hujjatlari va boshqa hujjatlar asosida shakllantiriladi.
Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.
Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan hollarda, ishda ishtirok
etuvchi shaxslar va ma’muriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari
o‘zlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni sudga elektron
shaklda taqdim etishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va ma’muriy sud
ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan sudga taqdim etilgan yozma
hujjatlar ishga elektron shaklda qo‘shib qo‘yiladi, shundan so‘ng yozma hujjatlar
ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.
Ma’muriy ish elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, sud hujjatlari
sudyaning (sudyalarning) elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, sud
majlislarining hamda alohida protsessual harakatlarning bayonnomalari esa raislik
qiluvchining va sud majlisi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Elektron shakldagi ma’muriy ishni boshqa ma’muriy sudga yoki boshqa
organga o‘tkazish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan ma’muriy ish qog‘ozdagi ko‘chirma
nusxasiga ega bo‘lishi mumkin.
Sud hal qiluv qarori, ajrim, qaror shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
Birinchi instansiya sudida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha hal
qiluv qarori, qaror qabul qilinadi.
Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari
bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan, shuningdek
apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov
hay’ati tomonidan qarorlar qabul qilinadi.
Nazorat tartibida sud hujjatlarini qayta ko‘rish natijalari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan qarorlar qabul qilinadi.
Ish mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan sud hujjatlari ajrimlar
shaklida chiqariladi.
10.7.1. Ma’muriy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishlilik.
Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki
nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga
taalluqli ishlar mustasno.
Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham
kiritilishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik
shaxslar va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro
tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik
ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda,
barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi lozim.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy
sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’muriy sud tomonidan quyidagi toifadagi ishlar hal etiladi:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy
organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular
mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar
yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini
buzadigan
qarorlari,
harakatlari
(harakatsizligi)
yuzasidan
nizolashish to‘g‘risidagi;
3)
saylov
komissiyalarining
xatti-harakatlari
(qarorlari)
yuzasidan
nizolashish to‘g‘risidagi;
4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini
yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi)
yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi
ishlarni hal qiladi.
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi
ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun
bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
10.7.2. Ma’muriy ish bo‘yicha dalillar va isbotlash
Ish bo‘yicha dalillar ushbu Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksda va
boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi ma’lumotlar
bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arz qilingan talablari va
e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini
aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning
xulosalari,
mutaxassislarning
maslahatlari
(tushuntirishlari),
guvohlarning
ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni
aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib
keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ma’muriy organlarning nizolashilayotgan hujjatlarining, fuqarolar o‘zini
o‘zi boshqarish organlari qarorlarining, ular mansabdor shaxslari harakatlarining
(harakatsizligining) qonuniyligini isbotlash majburiyati tegishli organlar va
mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Mazkur organlar va mansabdor
shaxslar o‘z e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘zining arz qilingan talablari va
e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan dalillarni ishda ishtirok etuvchi boshqa
shaxslar oldida, agar ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksdada
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, sud majlisi boshlanguniga qadar yoki sud
belgilagan muddat doirasida ochib berishi kerak.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar
oldindan tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli.
Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni o‘zida ushlab turgan va
sud so‘rovi bilan belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi
ma’lumotlar shu taraf manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va u
tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
10.7.3. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki himoya choralari.
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra sud, agar:
1) ma’muriy ish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar
arizachining yoki manfaatida ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lsa;
2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday
choralar ko‘rmay turib, himoya qilish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa dastlabki
himoya choralarini ko‘rishi mumkin.
Quyidagilar dastlabki himoya choralari bo‘lishi mumkin:
1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash;
2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli bo‘lgan muayyan harakatlarni
amalga oshirishni taqiqlash;
3) mol-mulkni realizatsiya qilishni to‘xtatib turish;
4) ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining
nizolashilayotgan hujjati ijrosini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish.
Sud tomonidan bir vaqtning o‘zida bir nechta dastlabki himoya choralari
ko‘rilishi mumkin.
Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos bo‘lishi kerak.
10.8. Sud ma’muriy-protsessual huquqi sub’ektlari.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi shaxslar ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir.
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z
zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslardir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan
ko‘chirmalar olish, ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar
taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar
kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish
davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini
taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga
e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda
ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksdada o‘zlariga berilgan boshqa
protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksdada nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga ega va ular o‘zlariga
tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak.
Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir.
O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya
qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim
etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir.
Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir.
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi.
10.9. Ma’muriy sud ishini yuritish bosqichlari.
- Ish qo‘zg‘atish
- Ishni sud muhokamasiga tayyorlash
- Sud muhokamasi
- Sudning hal qiluv qarori
10.10. Ma’muriy da’vo nazariyasi.
Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun
ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi
ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma
shaklida sudga murojaat qilishi mumkin.
Ma’muriy da’vo (shikoyat) tushunchasini da’voni tushunish bo‘yicha
umumiy yondashuvdan alohida ajratishning maqbulligi to‘g‘risida protsessualist
olimlar o‘rtasida yagona fikr mavjud emas. Ularning ba’zilari ma’muriy da’vo
(shikoyat)ni huquqning barcha sohalariga xos bo‘lgan umumiy tushunchaning bir
turi deb hisoblashadi. Ushbu yondashuv ma’muriy va jinoiy da’volarni alohida
ajratish imkonini beradi. Boshqalar esa da’voni fuqarolik protsessining
kategoriyasi ekanligidan kelib chiqib ommaviy (ma’muriy) da’vo (ma’muriy,
jinoiy) bo‘lishi mumkin deb hisolaydilar. Ma’muriy sud ishlarini yuritish
to‘g‘risidagi kodeks qabul qilinishi bilan kodeksda fuqarolar va yuridik
shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha ariza
(shikoyat) bilan sudga murojaat etishi belgilab berildi. Ya’ni ilgari bu fuqarolik
protsessual kodeksida belgilangan “da’vo arizasi” tushunchasidan voz kechilib
“ariza (shikoyat)” tarzida ifodalanishi o‘rnatildi. Bu esa fuqarolik protsessidagi
“da’vo” tushunchasidan “ma’muriy shikoyat” tushunchasini farqlash imkonini
beradi.
Ma’muriy shikoyat elemenlari. Ma’muriy shikoyat elementlari – bu uning
tarkibiy qismlari bo‘lib, ular ma’lum bir ma’muriy shikoyatning mohiyatini,
huquqiy tabiatini ifodalaydi. Aynan ma’muriy shikoyat elementlari uni da’vo
tushunchasidan farqlash imkonini beradi.
Demak, ma’muriy shikoyat elementlari qo‘yidagilardir:
1) ma’muriy shikoyat predmeti ma’muriy javobgarga nisbatan ma’muriy
shikoyat qiluvchining moddiy-huquqiy talabidir.
Ma’muriy shikoyat predmetiga quyidagilar kiradi:
a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizo;
b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy
organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular
mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar
yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi);
v) saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari);
g) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini
yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi);
d) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash;
ye) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga
keladigan nizo.
2) ma’muriy shikoyatning asosi – ma’muriy da’vogar o‘zining moddiy-
huquqiy talabini asoslaydigan yuridik faktlardir.
Ma’muriy shikoyat asoslarini faktlarning mavjudligi yoki mavjud emasligini
tasdiqlash uchun foydalaniladigan dalillardan farqlash lozim.
3) moddiy-huquqiy nizo ishtirokchilarining sub’ekt tarkibi (ma’muriy
shikoyatchi (arizachi) va ma’muriy javobgar)
Dastlab, sub’ekt tarkibi ma’muriy shikoyat arizasini topshirishda ma’muriy
arizachi tomonidan belgilanadi. Keyinchalik, qonunchilikda belgilangan tartibda
tuzatilishi mumkin. (masalan, protsessual merosxo‘rlikda yoki nomuvofiq
ma’muuriy javobgarni almashtirishda).
Ma’muriy shikoyat turlari. Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksga ko‘ra qo‘yidagi turlarini tasniflash mumkin:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi;
2) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy
organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular
mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar
yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan