MA’MURIY JAVOBGARLIK VA JAZO.

Yuklangan vaqt

2025-03-16

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

35

Faytl hajmi

65,7 KB


 
 
 
 
 
 
MA’MURIY JAVOBGARLIK VA JAZO. 
 
REJA : 
1. Ma’muriy javobgarlikning tushunchasi 
2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi 
3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi 
4. Harbiy xizmatchilar va intizom Ustavlvri tatbiq etiladigan boshqa 
shaxslarning javobgarligi. 
5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy 
javobgarligi 
6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi
MA’MURIY JAVOBGARLIK VA JAZO. REJA : 1. Ma’muriy javobgarlikning tushunchasi 2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi 3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi 4. Harbiy xizmatchilar va intizom Ustavlvri tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning javobgarligi. 5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi 6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 
yil 1 apreldan kuchga kiritilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1-
moddasiga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: 
ushbu Kodeks;  
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 
Koraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari; 
Koraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Jo‘qorg‘i 
Kengesining 
va 
Vazirlar 
Kengashining qarorlari; 
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi - 
inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, 
davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va 
qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z 
vaqtida va obektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning 
oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga 
rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, 
qonun hujjatlari, qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik 
hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ 
(mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va 
ijro etilishini belgilaydi.  
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari 
quyidagilardan iboratdir: 
qonuniylik prinsipi;  
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi; 
demokratizm prinsipi;
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1- moddasiga binoan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: ushbu Kodeks; O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; Koraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari; Koraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iborat. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifasi - inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun, qonun hujjatlari, qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: qonuniylik prinsipi; fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi; demokratizm prinsipi;
 
 
insonparvarlik prinsipi;  
odillik prinsipi; 
ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi. 
Deyarli barcha ma’muriy javobgarlikni belgilovchi huquqiy normalar, 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi doirasida 
umumlashtirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari: 
1) moddiy va protsessual huquqiy normalar tizimini o‘zida ifoda etadi; 
2) fuqarolarning ma’muriy javobgarligini nazarda tutadi; 
3) ma’muriy va sud tartibida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun 
qo‘llaniladigan ma’muriy javobgarliklarni tartibga soladi. 
Ma’muriy javobgarlik – yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Bir 
vaqtning o‘zida, ma’muriy javobgarlik ma’muriy -huquqiy majburlovning ko‘rinishi 
bo‘lib, uning barcha xususiyatlariga egadir.  
Ma’muriy javobgarlikka yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlari ham 
xosdir. U huquqiy normalar asosida o‘rnatiladi, shaxs tomonidan sodir etilgan 
huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi va vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslar) 
tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda huquqiy normalarda nazarda tutilgan 
sansiyalarni qo‘llashda ifodalanadi.  
Ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘pgina huquqshunos olimlar tomonidan 
tadqiq qilingan bo‘lib, ularning aksariyati bu masalaga deyarli bir xilda yondoshgan: 
ma’muriy javobgarlik – bu ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, 
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari 
va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy -protsessual tartibda ma’muriy jazoni 
qo‘llashdir.1  
A.P.Alexin ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning barcha 
xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini 
ham ko‘rsatib o‘tadi:
insonparvarlik prinsipi; odillik prinsipi; ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipi. Deyarli barcha ma’muriy javobgarlikni belgilovchi huquqiy normalar, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi doirasida umumlashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari: 1) moddiy va protsessual huquqiy normalar tizimini o‘zida ifoda etadi; 2) fuqarolarning ma’muriy javobgarligini nazarda tutadi; 3) ma’muriy va sud tartibida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan ma’muriy javobgarliklarni tartibga soladi. Ma’muriy javobgarlik – yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida, ma’muriy javobgarlik ma’muriy -huquqiy majburlovning ko‘rinishi bo‘lib, uning barcha xususiyatlariga egadir. Ma’muriy javobgarlikka yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlari ham xosdir. U huquqiy normalar asosida o‘rnatiladi, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi va vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda huquqiy normalarda nazarda tutilgan sansiyalarni qo‘llashda ifodalanadi. Ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘pgina huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, ularning aksariyati bu masalaga deyarli bir xilda yondoshgan: ma’muriy javobgarlik – bu ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy -protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo‘llashdir.1 A.P.Alexin ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ham ko‘rsatib o‘tadi:
 
 
birinchidan, ma’muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonunosti hujjatlari 
bilan ham o‘rnatiladi, ya’ni u o‘zining normativ-huquqiy asosiga egadir. Jinoiy 
javobgarlik – faqat qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik – qonun va qonunosti 
hujjatlari bilan, moddiy javobgarlik – mehnat va fuqarolik qonunchiligi bilan 
belgilanadi; 
ikkinchidan, 
ma’muriy 
javobgarlikning 
asosi 
bo‘lib 
– 
ma’muriy 
huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va nojo‘ya xatti-harakat qo‘rinishida). 
Jinoiy javobgarlikda – jinoyat, intizomiy javobgarlikda – intizomiy nojo‘ya xatti-
harakat, moddiy javobgarlikda – moddiy zarar yetkazish hisoblanadi; 
uchinchidan, ma’muriy javobgarlik sub’ekti sifatida fuqarolar, mansabdor 
shaxslar va yuridik shaxslar1 namoyon bo‘ladi. Jinoiy javobgarlikda – fuqarolar va 
mansabdor shaxslar, intizomiy javobgarlikda – xodim (jamoa sub’ektlarining 
intizomiy javobgarligi yuridik adabiyotlarda munozarali bo‘lib kelmoqda), moddiy 
javobgarlikda - xodim (mehnat qonunchiligi bo‘yicha), yuridik va jismoniy shaxslar 
(fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha) sub’ekt bo‘lishi mumkin; 
to‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – ma’muriy jazo choralari 
qo‘llaniladi. Jinoyat uchun – jinoiy jazo, intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun – 
intizomiy jazo, moddiy zarar yetkazish uchun – mulkiy jazo qo‘llaniladi; 
beshinchidan, ma’muriy javobgarlik qonun hujjatlariga binoan keng doiradagi 
davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qo‘llaniladi. Jinoiy javobgarlik – 
sud organlari tomonidan, intizomiy javobgarlik - yuqori turuvchi davlat organi 
(mansabdor shaxs) tomonidan, moddiy javobgarlik – sud organlari tomonidan 
qo‘llaniladi; 
oltinchidan, ma’muriy javobgarlik sudlanganlik holatini yoki ishdan 
bo‘shatishni vujudga keltirmaydi, jinoiy javobgarlikda - sudlanganlik vujudga 
keladi, intizomiyda – ishdan bo‘shatish mumkin; 
yettinchidan, ma’muriy javobgarlikni qo‘llash uchun, bo‘ysinuvning bo‘lishi 
shart emas, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda esa bo‘ysinuv mavjud bo‘ladi.1 
Ma’muriy 
javobgarlik 
barcha 
fuqarolar 
uchun 
tatbiq 
qilinadigan 
umummajburiy qoidalarni buzganlik yoki rioya etmaganlik uchun qo‘llaniladi. Ular
birinchidan, ma’muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonunosti hujjatlari bilan ham o‘rnatiladi, ya’ni u o‘zining normativ-huquqiy asosiga egadir. Jinoiy javobgarlik – faqat qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik – qonun va qonunosti hujjatlari bilan, moddiy javobgarlik – mehnat va fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi; ikkinchidan, ma’muriy javobgarlikning asosi bo‘lib – ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va nojo‘ya xatti-harakat qo‘rinishida). Jinoiy javobgarlikda – jinoyat, intizomiy javobgarlikda – intizomiy nojo‘ya xatti- harakat, moddiy javobgarlikda – moddiy zarar yetkazish hisoblanadi; uchinchidan, ma’muriy javobgarlik sub’ekti sifatida fuqarolar, mansabdor shaxslar va yuridik shaxslar1 namoyon bo‘ladi. Jinoiy javobgarlikda – fuqarolar va mansabdor shaxslar, intizomiy javobgarlikda – xodim (jamoa sub’ektlarining intizomiy javobgarligi yuridik adabiyotlarda munozarali bo‘lib kelmoqda), moddiy javobgarlikda - xodim (mehnat qonunchiligi bo‘yicha), yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha) sub’ekt bo‘lishi mumkin; to‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun – ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi. Jinoyat uchun – jinoiy jazo, intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun – intizomiy jazo, moddiy zarar yetkazish uchun – mulkiy jazo qo‘llaniladi; beshinchidan, ma’muriy javobgarlik qonun hujjatlariga binoan keng doiradagi davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qo‘llaniladi. Jinoiy javobgarlik – sud organlari tomonidan, intizomiy javobgarlik - yuqori turuvchi davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan, moddiy javobgarlik – sud organlari tomonidan qo‘llaniladi; oltinchidan, ma’muriy javobgarlik sudlanganlik holatini yoki ishdan bo‘shatishni vujudga keltirmaydi, jinoiy javobgarlikda - sudlanganlik vujudga keladi, intizomiyda – ishdan bo‘shatish mumkin; yettinchidan, ma’muriy javobgarlikni qo‘llash uchun, bo‘ysinuvning bo‘lishi shart emas, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda esa bo‘ysinuv mavjud bo‘ladi.1 Ma’muriy javobgarlik barcha fuqarolar uchun tatbiq qilinadigan umummajburiy qoidalarni buzganlik yoki rioya etmaganlik uchun qo‘llaniladi. Ular
 
 
turli-tuman ko‘rinishlarga ega bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, davlat 
va jamoat tartibi va xavfsizligi; tabiatni muhofaza qilish; mulkchilik; 
standartlashtirish; statistika va hisob-kitob; harakatlanish xavfsizligi va transport 
vositalaridan foydalanish; harbiy ro‘yxat; chegara tartibi; kontrabandaga qarshi 
kurash; valyuta muomalasi va boshqa qoidalar. Umummajburiy qoidalar turli 
vakolatli ijro hokimiyati organlari tomonidan o‘rnatiladi. 
Ma’muriy javobgarlik, odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning talablari 
buzilgan taqdirda vujudga keladi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik, ma’muriy 
javobgarlikning mehnat, moliya, yer, hatto Konstitutsiyaviy huquq normalarining 
buzilishi uchun ham qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida, 
ma’muriy javobgarlikning sohalararo ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.  
O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlik masalalari huquqshunos 
olimlar Alimov X.R., Stasko V.N., Li A.A., Xvan L.B. va boshqalarning ishlarida 
tadqiq qilingan. Jumladan, Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy javobgarlik 
– ommaviy-huquqiy tabiatga ega bo‘lib, davlat oldidagi javobgarlik hisoblanadi. Bu 
- xizmat bo‘yicha bo‘ysinmagan, aybdorlarga nisbatan davlat organlari tomonidan 
qo‘llaniladigan davlat oldidagi javobgarlikdir.1 
Odatda, javobgarlik turlari deganda, uning tarkibiy tuzilishiga kiruvchi jazo 
choralari nazarda tutiladi. Lekin bu ikkala “javobgarlik” va “jazo” terminlarining 
mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular turli tushunchalarda ifodalanadi. 
Javobgarlik jazoga qaraganda, kengroq doiradagi munosabatlarni qamrab oladi. 
Javobgarlik jazo choralari bilan bir vaqtda va boshqa huquqiy ta’sir etish choralarini 
ham o‘z ichiga oladi. 
 
2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
14-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n 
sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Voyaga yetmaganlar ishi bilan
turli-tuman ko‘rinishlarga ega bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, davlat va jamoat tartibi va xavfsizligi; tabiatni muhofaza qilish; mulkchilik; standartlashtirish; statistika va hisob-kitob; harakatlanish xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish; harbiy ro‘yxat; chegara tartibi; kontrabandaga qarshi kurash; valyuta muomalasi va boshqa qoidalar. Umummajburiy qoidalar turli vakolatli ijro hokimiyati organlari tomonidan o‘rnatiladi. Ma’muriy javobgarlik, odatda, ma’muriy -huquqiy normalarning talablari buzilgan taqdirda vujudga keladi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik, ma’muriy javobgarlikning mehnat, moliya, yer, hatto Konstitutsiyaviy huquq normalarining buzilishi uchun ham qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida, ma’muriy javobgarlikning sohalararo ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlik masalalari huquqshunos olimlar Alimov X.R., Stasko V.N., Li A.A., Xvan L.B. va boshqalarning ishlarida tadqiq qilingan. Jumladan, Alimov X.R.ning ko‘rsatishicha, ma’muriy javobgarlik – ommaviy-huquqiy tabiatga ega bo‘lib, davlat oldidagi javobgarlik hisoblanadi. Bu - xizmat bo‘yicha bo‘ysinmagan, aybdorlarga nisbatan davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan davlat oldidagi javobgarlikdir.1 Odatda, javobgarlik turlari deganda, uning tarkibiy tuzilishiga kiruvchi jazo choralari nazarda tutiladi. Lekin bu ikkala “javobgarlik” va “jazo” terminlarining mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular turli tushunchalarda ifodalanadi. Javobgarlik jazoga qaraganda, kengroq doiradagi munosabatlarni qamrab oladi. Javobgarlik jazo choralari bilan bir vaqtda va boshqa huquqiy ta’sir etish choralarini ham o‘z ichiga oladi. 2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 14-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Voyaga yetmaganlar ishi bilan
 
 
shug‘ullanuvchi komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar 
qo‘llaniladi. 
Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javogarligi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari 
bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarorida 
voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, 
ular ustidan bo‘lgan nazoratning bo‘shligi, ish bilan ta’minlash va boshqa 
muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida ko‘plab yoshlar 
tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyohvandlik va ichkilikbozlikka 
berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar ta’siriga tushib 
qolish kabi salbiy holatlar uchrab turganligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. 
Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o‘rtasida 
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, o‘quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o‘z 
faoliyatini deyarli to‘xtatib qo‘yganligi ta’kidlangan. 
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular 
tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo‘nalishda mas’ul 
bo‘lgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari 
bo‘yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar 
haqida”gi nizom hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari 
bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqladi. 
Voyaga 
yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar o‘z faoliyatini 
jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsiz 
qolish va huquqbuzarliklarning oldini olish organlari hisoblanadilar. 
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar - voyaga yetmaganlarning 
nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti-
harakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tug‘diruvchi sabablar va 
sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; voyaga yetmaganlarning huquqlari va
shug‘ullanuvchi komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy javogarligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarorida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan bo‘lgan nazoratning bo‘shligi, ish bilan ta’minlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida ko‘plab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar ta’siriga tushib qolish kabi salbiy holatlar uchrab turganligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, o‘quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o‘z faoliyatini deyarli to‘xtatib qo‘yganligi ta’kidlangan. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo‘nalishda mas’ul bo‘lgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar haqida”gi nizom hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya tarkibini tasdiqladi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsiz qolish va huquqbuzarliklarning oldini olish organlari hisoblanadilar. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar - voyaga yetmaganlarning nazoratsiz, qarovsiz qolishlari, huquqbuzarliklari va jamiyat uchun zararli xatti- harakat qilishlarining oldini olish, bularga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish; voyaga yetmaganlarning huquqlari va
 
 
qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda 
bo‘lgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogika jihatdan reabilitatsiya qilish 
maqsadida tuziladi. 
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar tumanlar, shaharlar, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuziladi. 
Komissiyalar 
rais 
(tuman, 
shahar, 
viloyat 
hokimi 
o‘rinbosari, 
Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari), rais 
o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiyaning 6-12 a’zosi tarkibida tuziladi. Komissiya 
a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi. 
Komissiyaning mas’ul kotibi kundalik ishlarni va komissiya qarorlarining 
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar 
hokimliklari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi 
komissiyalarda boshqa ishlardan ozod mas’ul kotib lavozimi, zaruriyat bo‘lganda 
esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimi joriy etiladi. 
Komissiyaga tarkibiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, sog‘liqni 
saqlash, ijtimoiy ta’minot, ichki ishlar, mehnat organlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, 
kasaba uyushmalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari, mudofaaga ko‘maklashish 
jamiyati, mehnat jamoalari, madaniy-ma’rifiy va boshqa muassasalarning vakillari 
kiradilar. 
Komissiyalar tarkibida: voyaga yetmaganlar o‘rtasida madaniy-tarbiyaviy 
ishlar bo‘yicha, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari va boshqa o‘quv 
muassasalarining o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha, bolalar va o‘smirlarni ishga 
joylashtirish 
va 
maishiy 
turmushini 
yaxshilash 
masalalari 
bo‘yicha, 
ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan chiqarilgan va tarbiyalash 
koloniyalaridan ozod qilingan o‘smirlar ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha 
seksiyalar tashkil etilishi mumkin. 
Komissiyalar o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha davlat organlari, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladilar.
qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogika jihatdan reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuziladi. Komissiyalar rais (tuman, shahar, viloyat hokimi o‘rinbosari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari), rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va komissiyaning 6-12 a’zosi tarkibida tuziladi. Komissiya a’zolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi. Komissiyaning mas’ul kotibi kundalik ishlarni va komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklari, Koraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalarda boshqa ishlardan ozod mas’ul kotib lavozimi, zaruriyat bo‘lganda esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimi joriy etiladi. Komissiyaga tarkibiga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ichki ishlar, mehnat organlari, xotin-qizlar qo‘mitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat, notijorat tashkilotlari, mudofaaga ko‘maklashish jamiyati, mehnat jamoalari, madaniy-ma’rifiy va boshqa muassasalarning vakillari kiradilar. Komissiyalar tarkibida: voyaga yetmaganlar o‘rtasida madaniy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari va boshqa o‘quv muassasalarining o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha, bolalar va o‘smirlarni ishga joylashtirish va maishiy turmushini yaxshilash masalalari bo‘yicha, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan chiqarilgan va tarbiyalash koloniyalaridan ozod qilingan o‘smirlar ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha seksiyalar tashkil etilishi mumkin. Komissiyalar o‘z vakolatlariga kiritilgan masalalar bo‘yicha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladilar.
 
 
Tuman (shahar) komissiyalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini 
qo‘llashlari, ya’ni: 
1) voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash 
to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritishi; 
2) ogohlantirib qo‘yishi; 
3) 15 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, agar u mustaqil ish 
haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq 
bo‘lmasa moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini 
yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan moddiy 
zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklashi; 
4) 16 yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan 
shaxsga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksida, 
Koraqalpog‘iston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy 
organlari chiqargan hujjatlarda, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi 
organlari qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solishi; 
5) voyaga yetmagan shaxsni o‘z ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar 
yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek, ularning roziligi bilan mehnat 
jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi; 
6) voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki 
ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda 
komissiya ichki ishlar organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni maxsus o‘quv-
tarbiya muassasasiga yuborish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida sudga iltimos 
qiladi. 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs maxsus maktab-
internatga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs 
esa maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin. 
 
 
3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
Tuman (shahar) komissiyalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashlari, ya’ni: 1) voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr so‘rash majburiyatini yuklash to‘g‘risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritishi; 2) ogohlantirib qo‘yishi; 3) 15 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega bo‘lsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklashi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan moddiy zararni o‘z mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklashi; 4) 16 yoshga to‘lgan va mustaqil ish haqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javogarlik to‘g‘risidagi kodeksida, Koraqalpog‘iston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy organlari chiqargan hujjatlarda, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlari qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solishi; 5) voyaga yetmagan shaxsni o‘z ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek, ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti kuzatuviga topshirishi; 6) voyaga yetmagan shaxs jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar qilgan yoki ijtimoiy axloq qoidalarini qasddan va muntazam ravishda buzib kelgan taqdirda komissiya ichki ishlar organlari bilan birgalikda voyaga yetmaganni maxsus o‘quv- tarbiya muassasasiga yuborish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida sudga iltimos qiladi. 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs maxsus maktab- internatga yuborilishi, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs esa maxsus kasb-hunar kollejiga yuborilishi mumkin. 3. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
15-moddasining ikkinchi qismiga binoan mansabdor shaxs - bu mulk shaklidan qat’i 
nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan hamda 
rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy 
boyliklar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar yuklatilgan shaxsdir. 
Mansabdor shaxslar: 
a) boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash;  
b) tabiiy muhitni; 
c) aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga; 
d) bajarilishini ta’minlash o‘z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa 
qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari 
uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. 
Mansabdor shaxslar – ma’muriy javobgarlikning maxsus sub’ektlaridan biri 
bo‘lib, ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar turli ko‘rinishlarda 
ifodalanishi mumkin: 
birinchidan, o‘z xatti-harakatlari bilan o‘rnatilgan umumajburiy qoidalarni 
buzishlari (ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishlari); 
ikkinchidan, mansabdor shaxslarning o‘z bo‘ysunuvchida bo‘lgan shaxslarga 
o‘rnatilgan qoidalarga zid keladigan ko‘rsatmalarni berishlari; 
uchinchidan, umumajburiy qoidalarga rioya qilishni ta’minlash mansabdor 
shaxsning xizmat vazifalariga taaluqli bo‘lsa, o‘z bo‘ysunuvchida bo‘lgan shaxslar 
tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlamaganliklari. 
Mansabdor shaxs sifatida ma’muriy javobgarlikka tortish vaqtida, amaldagi 
qonunchilik talabiga ko‘ra, quyidagilarni: 
a) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning korxona, muassasa yoki 
tashkilotda ma’lum bir lavozimni egallab turganligini; 
b) unga rahbarlik qilish, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat qilish 
vazifalari yuklatilgan bo‘lishini; 
c) unga moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq vazifalar yuklatilgan 
bo‘lishini aniqlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 15-moddasining ikkinchi qismiga binoan mansabdor shaxs - bu mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan hamda rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar yuklatilgan shaxsdir. Mansabdor shaxslar: a) boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash; b) tabiiy muhitni; c) aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga; d) bajarilishini ta’minlash o‘z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Mansabdor shaxslar – ma’muriy javobgarlikning maxsus sub’ektlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin: birinchidan, o‘z xatti-harakatlari bilan o‘rnatilgan umumajburiy qoidalarni buzishlari (ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishlari); ikkinchidan, mansabdor shaxslarning o‘z bo‘ysunuvchida bo‘lgan shaxslarga o‘rnatilgan qoidalarga zid keladigan ko‘rsatmalarni berishlari; uchinchidan, umumajburiy qoidalarga rioya qilishni ta’minlash mansabdor shaxsning xizmat vazifalariga taaluqli bo‘lsa, o‘z bo‘ysunuvchida bo‘lgan shaxslar tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlamaganliklari. Mansabdor shaxs sifatida ma’muriy javobgarlikka tortish vaqtida, amaldagi qonunchilik talabiga ko‘ra, quyidagilarni: a) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning korxona, muassasa yoki tashkilotda ma’lum bir lavozimni egallab turganligini; b) unga rahbarlik qilish, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-nazorat qilish vazifalari yuklatilgan bo‘lishini; c) unga moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq vazifalar yuklatilgan bo‘lishini aniqlash lozim.
 
 
Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar, 
odatda ehtiyotsizlikda ifodalanadi. Mansabdor shaxs, o‘z harakatlarining zararli 
oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra bilsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning 
oldini olish mumkin deb o‘ylaydi yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini 
oldindan ko‘ra bilmaydi, holbuki bularni ko‘ra bilishlari lozim. Mansabdor shaxslar 
tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar turli xildagi vazifalarni bajarmaganligi yoki 
lozim darajada bajarmaganligi, mansabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi natijasida 
sodir etilgan harakatsizliklarda ifodalangan bo‘lishi mumkin. 
Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir 
etilishi ham mumkin. Bu ayb shakli masalan, mansabini suiste’mol qilishda 
ifodalanishi mumkin. 
Mansabdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarligi, ayni vaqtda, uning xizmat 
qoidalarini buzish, ya’ni intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni sodir etish ham 
hisoblanadi. Intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun mehnat qonunchiligida intizomiy 
javobgarlik (intizomiy jazo choralari) nazarda tutilgan.  
Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, bitta huquqbuzarlik uchun 
faqatgina bitta javobgarlik chorasini qo‘llash mumkin, ya’ni mansabdor shaxsning 
o‘rnatilgan qoidalarni buzishiga (huquqbuzarlikni sodir etishiga) nisbatan ikkita 
javobgarlikni qo‘llash mumkin emas.  
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 
binoan mansabdor shaxslarga nisbatan – jarima tariqasidagi ma’muriy jazo 
qo‘llanilishi mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, mansabdor shaxslarga 
nisbatan qo‘llaniladigan jarima miqdori, fuqarolarga qo‘llaniladigan jarima 
miqdoridan oshiq belgilangan.  
 
4. Harbiy xizmatchilar va intizom Ustavlvri tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning 
javobgarligi 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
16-moddasiga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga
Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar, odatda ehtiyotsizlikda ifodalanadi. Mansabdor shaxs, o‘z harakatlarining zararli oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘ra bilsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o‘ylaydi yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilmaydi, holbuki bularni ko‘ra bilishlari lozim. Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar turli xildagi vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, mansabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi natijasida sodir etilgan harakatsizliklarda ifodalangan bo‘lishi mumkin. Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilishi ham mumkin. Bu ayb shakli masalan, mansabini suiste’mol qilishda ifodalanishi mumkin. Mansabdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarligi, ayni vaqtda, uning xizmat qoidalarini buzish, ya’ni intizomiy nojo‘ya xatti-harakatni sodir etish ham hisoblanadi. Intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun mehnat qonunchiligida intizomiy javobgarlik (intizomiy jazo choralari) nazarda tutilgan. Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, bitta huquqbuzarlik uchun faqatgina bitta javobgarlik chorasini qo‘llash mumkin, ya’ni mansabdor shaxsning o‘rnatilgan qoidalarni buzishiga (huquqbuzarlikni sodir etishiga) nisbatan ikkita javobgarlikni qo‘llash mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga binoan mansabdor shaxslarga nisbatan – jarima tariqasidagi ma’muriy jazo qo‘llanilishi mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima miqdori, fuqarolarga qo‘llaniladigan jarima miqdoridan oshiq belgilangan. 4. Harbiy xizmatchilar va intizom Ustavlvri tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 16-moddasiga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga
 
 
majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar 
tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom Ustavlvriga 
muvofiq javobgar bo‘ladilar.  
Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, 
shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga 
kirmaydigan, intizom Ustavlvri yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq 
etiladigan boshqa shaxslar, ana shu Ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda 
tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy 
javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar 
bo‘ladilar. 
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga - O‘zbekiston 
Respublikasining Qurolli Kuchlari saflarida, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarida 
va Milliy xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida (chegara qo‘shinlarida) haqiqiy harbiy 
xizmatni o‘tayotgan shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik 
xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar ham harbiy 
xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu jumladan militsiyaning 
oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham ma’muriy 
huquqbuzarlik uchun ularga teng darajada javobgar bo‘ladilar. 
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to‘g‘risida” gi qonun1ga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy 
xizmatga majburlar1 harbiy intizom va jamoat tartibini buzganliklari uchun 
qo‘mondonlar (boshliqlar) oldida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 
Intizom Ustavi bo‘yicha javobgar bo‘ladilar.  
Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan huquqbuzarliklar 
jumlasiga, o‘rnatilgan har qanday umummajburiy qoidalarni buzishni kiritish 
mumkin. 
Tegishli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar harbiy xizmatchilar 
tomonidan 
ma’muriy 
huquqbuzarlik 
sodir 
etilganini 
aniqlagan 
vaqtda, 
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taaluqli materiallarni
majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom Ustavlvriga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kirmaydigan, intizom Ustavlvri yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu Ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar. Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga - O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflarida, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarida va Milliy xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida (chegara qo‘shinlarida) haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar ham harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu jumladan militsiyaning oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham ma’muriy huquqbuzarlik uchun ularga teng darajada javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi qonun1ga binoan harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar1 harbiy intizom va jamoat tartibini buzganliklari uchun qo‘mondonlar (boshliqlar) oldida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom Ustavi bo‘yicha javobgar bo‘ladilar. Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan huquqbuzarliklar jumlasiga, o‘rnatilgan har qanday umummajburiy qoidalarni buzishni kiritish mumkin. Tegishli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar harbiy xizmatchilar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganini aniqlagan vaqtda, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taaluqli materiallarni
 
 
aybdorning Qurolli Kular Intizom Ustavi bo‘yicha javobgarligi masalasini hal qilish 
uchun boshliqlarga beradilar. 
Harbiy 
xizmatchilar 
tomonidan 
sodir 
etilgan 
quyidagi 
ma’muriy 
huquqbuzarliklar uchun, umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llash 
mumkin: 
yo‘l harakati qoidalarini buzganda; 
ov qilish, baliq tutish va baliq zahiralarini saqlash qoidalarini buzganda; 
bojxona qoidalarini buzganda. 
Amaldagi 
qonun 
hujjatlarida 
harbiy 
xizmatchilarga 
nisbatan 
qo‘llanilmaydigan ma’muriy javobgarlik choralari ham ko‘rsatib o‘tilgan. 
Jumladan, birinchidan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga 
majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar 
tarkibiga mansub shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilmaydi; 
ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin 
emas. 
 
 5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy 
javobgarligi 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
17-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka 
tortilishlari lozim.  
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston 
Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan 
qismi qo‘llaniladi. 
Xorijiy fuqaro – bu O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud bo‘lgan 
jismoniy shaxsdir.
aybdorning Qurolli Kular Intizom Ustavi bo‘yicha javobgarligi masalasini hal qilish uchun boshliqlarga beradilar. Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun, umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikni qo‘llash mumkin: yo‘l harakati qoidalarini buzganda; ov qilish, baliq tutish va baliq zahiralarini saqlash qoidalarini buzganda; bojxona qoidalarini buzganda. Amaldagi qonun hujjatlarida harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydigan ma’muriy javobgarlik choralari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, birinchidan, harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilmaydi; ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas. 5. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 17-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi. Xorijiy fuqaro – bu O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
 
 
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun1ning 11-
moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va chet davlat fuqaroligiga 
mansubligini isbotlaydigan dalillari bo‘lmagan shaxslar - fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar deb hisoblanadi. 
Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir, qonun hujjatlarida 
ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar bundan mustasno. 
Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi 
hududida bo‘lgan vaqtlarida sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonun 
hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari 
umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. 
Xorijiy fuqarolarning ma’muriy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlaridan 
biri – bu ayrim toifadagi xorijiy fuqarolarning immunitet huquqiga ega bo‘lishidir.  
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan hamda 
O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga binoan xorijiy 
fuqarolar ma’muriy yurisdiksiyadan immunitetga (daxlsizlik) ega bo‘lishlari 
mumkin. Ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari diplomatik 
yo‘l bilan hal etiladi. Bu toifadagi xorijiy fuqarolar jumlasiga: diplomatik 
vakolatxonalarning boshliqlari (elchilar, ishonchli vakillir) va xorijiy davlatlar 
vakolatxonalarining diplomatiya xodimlari: maslahatchilar, savdo vakillari, savdo 
vakillarining o‘rinbosarlari, harbiylar, harbiy-havo va arbiy-dengiz attashelari va 
ularning yordamchilari, attashelarning birinchi, ikkinchi, va uchinchi kotiblari va 
diplomatik vakolatxonalarning arxivchi-kotiblari. 
Immunitet huquqi diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining oila a’zolariga 
va diplomatiya xodimlariga mansub shaxslarning oila a’zolariga ham (agar ular 
mazkur shaxslar bilan birga yashasalar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
hisoblanmasalar) tatbiq etilishi mumkin. 
Bundan tashqari, konsullik vakolatxonalarining boshliqlari (bosh konsullar, 
konsullar, konsullarning o‘rinbosarlari) va boshqa konsullik lavozimidagi shaxslar
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun1ning 11- moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo‘lmagan shaxslar - fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar deb hisoblanadi. Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir, qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar bundan mustasno. Xorijiy fukarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan vaqtlarida sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Xorijiy fuqarolarning ma’muriy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – bu ayrim toifadagi xorijiy fuqarolarning immunitet huquqiga ega bo‘lishidir. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga binoan xorijiy fuqarolar ma’muriy yurisdiksiyadan immunitetga (daxlsizlik) ega bo‘lishlari mumkin. Ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari diplomatik yo‘l bilan hal etiladi. Bu toifadagi xorijiy fuqarolar jumlasiga: diplomatik vakolatxonalarning boshliqlari (elchilar, ishonchli vakillir) va xorijiy davlatlar vakolatxonalarining diplomatiya xodimlari: maslahatchilar, savdo vakillari, savdo vakillarining o‘rinbosarlari, harbiylar, harbiy-havo va arbiy-dengiz attashelari va ularning yordamchilari, attashelarning birinchi, ikkinchi, va uchinchi kotiblari va diplomatik vakolatxonalarning arxivchi-kotiblari. Immunitet huquqi diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining oila a’zolariga va diplomatiya xodimlariga mansub shaxslarning oila a’zolariga ham (agar ular mazkur shaxslar bilan birga yashasalar va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmasalar) tatbiq etilishi mumkin. Bundan tashqari, konsullik vakolatxonalarining boshliqlari (bosh konsullar, konsullar, konsullarning o‘rinbosarlari) va boshqa konsullik lavozimidagi shaxslar
 
 
ham immunitetga ega bo‘lishlari mumkin. Ular o‘zlarining xizmat faoliyatiga 
taaluqli sohalarda ma’muriy yurisdiksiya immunitetidan foydalanadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
23-moddasi 3-qismiga binoan qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir 
etganlik uchun xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi 
mumkin 
 
 6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi 
 
Ma’muriy jazo – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan 
qo‘llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo‘lib, yangi huquqbuzarliklarning 
sodir etilishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. 
Ma’muriy jazo – ma’muriy majburlovning bir ko‘rinishi hisoblanadi. 
Ma’muriy jazo ma’muriy majburlovning boshqa choralaridan farqli ravishda, o‘ziga 
xos maqsadga ega bo‘lgan jazo sansiyalari bo‘lib, protsessual tartibda qo‘llaniladi. 
Ma’muriy jazo ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bilan, ma’muriy 
majburlovning boshqa choralari esa, turli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
Ma’muriy jazo – turli huquq tarmoqlari (Konstitutsiyaviy ma’muriy,, mehnat, 
moliya, fuqarolik, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquq) normalarini 
buzganlik uchun qo‘llaniladi. Uni qo‘llash orqali shaxsga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatiladi, aybdorning huquqiy maqomi vaqtincha cheklanadi (masalan, ma’lum 
bir huquqlar cheklanishi, qo‘shimcha majburiyatlar yuklanishi mumkin), 
shuningdek, jazoga tortilganlik holatini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, 
ma’muriy jazo sodir etilgan huquqbuzarlikka nisbatan davlat tomonidan rasmiy va 
oshkora salbiy baho berish hisoblanadi. 
Jazolash – ma’muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlikni 
sodir etgan shaxsni qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, huquq tartibotni 
ta’minlash, yangi qonunga xilof qilmishlarning sodir etilishini oldini olish
ham immunitetga ega bo‘lishlari mumkin. Ular o‘zlarining xizmat faoliyatiga taaluqli sohalarda ma’muriy yurisdiksiya immunitetidan foydalanadilar. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 23-moddasi 3-qismiga binoan qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin 6. Ma’muriy jazo choralari va uning maqsadi Ma’muriy jazo – ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan davlat javobgarligining chorasi bo‘lib, yangi huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo – ma’muriy majburlovning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Ma’muriy jazo ma’muriy majburlovning boshqa choralaridan farqli ravishda, o‘ziga xos maqsadga ega bo‘lgan jazo sansiyalari bo‘lib, protsessual tartibda qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bilan, ma’muriy majburlovning boshqa choralari esa, turli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ma’muriy jazo – turli huquq tarmoqlari (Konstitutsiyaviy ma’muriy,, mehnat, moliya, fuqarolik, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquq) normalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Uni qo‘llash orqali shaxsga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatiladi, aybdorning huquqiy maqomi vaqtincha cheklanadi (masalan, ma’lum bir huquqlar cheklanishi, qo‘shimcha majburiyatlar yuklanishi mumkin), shuningdek, jazoga tortilganlik holatini vujudga keltiradi. Bundan tashqari, ma’muriy jazo sodir etilgan huquqbuzarlikka nisbatan davlat tomonidan rasmiy va oshkora salbiy baho berish hisoblanadi. Jazolash – ma’muriy jazoning asosiy maqsadi emas, balki huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, huquq tartibotni ta’minlash, yangi qonunga xilof qilmishlarning sodir etilishini oldini olish
 
 
maqsadida qo‘llaniladi. ma’muriy jazo, ma’lum bir ma’noda, jinoyatlarning oldini 
olishga xizmat qiladi. 
Yu.M.Kozlovning 
fikricha, 
ma’muriy 
jazo 
choralari 
- 
ma’muriy 
huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida 
qo‘llanilmaydi. Agar, ma’muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga 
moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiquvchi davlat 
organi ma’muriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish bo‘yicha 
masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko‘rib 
chiqqish tartibida amalga oshiriladi.1 
B.V.Rossinskiyning ko‘rsatib o‘tishicha, ma’muriy jazo choralarini 
mazmuniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: 
a) ahloqiy-huquqiy choralar (masalan, ogohlantirish); 
b) mulkiy choralar (masalan, ma’muriy jarima, ma’muriy huquqbuzarlikni 
sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini 
to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoxud uni musodara qilish); 
c) shaxslarning shaxsiy huquqlarini cheklashga qaratilgan choralar (masalan, 
ma’muriy qamoq, ma’muriy tarzda chiqarib yuborish); 
d) tashkiliy choralar (masalan, maxsus huquqdan mahrum qilish).1 
 Ma’muriy jazo – u yoki bu shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishga ma’naviy 
ta’sir ko‘rsatishni (masalan, ogohlantirish) yoki huquqbuzarga moddiy ta’sir 
ko‘rsatishni (masalan, jarima) nazarda tutadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risidagi 
kodeksining 22-moddasiga binoan ma’muriy jazo - javobgarlikka tortish chorasi 
bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va 
ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o‘zi 
tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir 
etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. 
Kodeksning 23-moddasiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik sodir 
etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:  
jarima;
maqsadida qo‘llaniladi. ma’muriy jazo, ma’lum bir ma’noda, jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy jazo choralari - ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash maqsadida qo‘llanilmaydi. Agar, ma’muriy huquqbuzarlik orqali jismoniy yoki yuridik shaxsga moddiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiquvchi davlat organi ma’muriy jazoni tayinlash bilan bir vaqtda, mulkiy zararni undirish bo‘yicha masalani hal etishi mumkin. Mulkiy zararni undirish fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqqish tartibida amalga oshiriladi.1 B.V.Rossinskiyning ko‘rsatib o‘tishicha, ma’muriy jazo choralarini mazmuniga qarab quyidagilarga ajratish mumkin: a) ahloqiy-huquqiy choralar (masalan, ogohlantirish); b) mulkiy choralar (masalan, ma’muriy jarima, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoxud uni musodara qilish); c) shaxslarning shaxsiy huquqlarini cheklashga qaratilgan choralar (masalan, ma’muriy qamoq, ma’muriy tarzda chiqarib yuborish); d) tashkiliy choralar (masalan, maxsus huquqdan mahrum qilish).1 Ma’muriy jazo – u yoki bu shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishga ma’naviy ta’sir ko‘rsatishni (masalan, ogohlantirish) yoki huquqbuzarga moddiy ta’sir ko‘rsatishni (masalan, jarima) nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22-moddasiga binoan ma’muriy jazo - javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Kodeksning 23-moddasiga binoan esa, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: jarima;
 
 
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita 
shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;  
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita 
shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;  
muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini 
boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;  
Ma’muriy qamoqqa olish.  
Jarimadan tashqari barcha ma’muriy jazo choralari, faqat O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.  
Qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy 
fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin.  
Ma’muriy jazo – asosiy va qo‘shimcha jazo choralariga bo‘linadi. Asosiy 
ma’muriy jazo choralari – bu ma’muriy jazo choralarining boshqa turlariga 
qo‘shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo‘lmagan jazo choralaridir. Masalan, 
jarima, maxsus huquqdan mahrum qilish va ma’muriy qamoq faqat asosiy jazo 
choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin. 
Qo‘shimcha jazo choralari esa, ma’muriy jazoning boshqa choralariga 
qo‘shimcha ravishda belgilanishi mumkin bo‘lgan choralar bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zR MJtKning 24-moddasiga binoan ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan 
olib qo‘yish yoki musodara qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo 
tariqasida; boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida 
qo‘llanilishi mumkin. Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun asosiy yoki ham asosiy, 
ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. 
 
 2. Ma’muriy jarima 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
25-moddasiga binoan jarima - ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor 
shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish; Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish; Ma’muriy qamoqqa olish. Jarimadan tashqari barcha ma’muriy jazo choralari, faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin. Qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ajnabiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin. Ma’muriy jazo – asosiy va qo‘shimcha jazo choralariga bo‘linadi. Asosiy ma’muriy jazo choralari – bu ma’muriy jazo choralarining boshqa turlariga qo‘shimcha ravishda tayinlanishi mumkin bo‘lmagan jazo choralaridir. Masalan, jarima, maxsus huquqdan mahrum qilish va ma’muriy qamoq faqat asosiy jazo choralari sifatida qo‘llanilishi mumkin. Qo‘shimcha jazo choralari esa, ma’muriy jazoning boshqa choralariga qo‘shimcha ravishda belgilanishi mumkin bo‘lgan choralar bo‘lib hisoblanadi. O‘zR MJtKning 24-moddasiga binoan ashyolarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida; boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin. Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. 2. Ma’muriy jarima O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 25-moddasiga binoan jarima - ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.
 
 
Jarima – mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan jazo chorasi bo‘lib, aybdor shaxsdan 
davlat hisobiga undirib olinadigan ma’lum bir pul summasida ifodalanadi.  
Jarima – ma’muriy javobgarlikning samarali choralaridan biri bo‘lib, 
ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiquvchi barcha davlat organlari 
tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda qo‘llaniladi. 
Jarima – ma’muriy jazoning asosiy jazo chorasi hisoblanadi. U boshqa jazo 
choralarining o‘rniga qo‘llanilishi mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan 
jarima bilan bir vaqtda qo‘shimcha jazo chorasi (masalan, ma’muriy 
huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan 
ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish) qo‘llanilishi mumkin.  
Jarima O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 
Maxsus qismida nazarda tutilgan deyarli barcha ma’muriy huquqbuzarliklar uchun 
qo‘llanilishi mumkin. 
Jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasi huquqbuzarning ongiga ta’sir 
ko‘rsatib, uning mulkiy manfaatlariga zarar yetkazishda ifodalanadi. 
Jarimaning asosiy ko‘rsatkichi – bu uning miqdoridadir. Jarima miqdorini 
aniq bir summada ko‘rsatib o‘tish mumkin emas. Bunga sabab, birinchi navbatda 
pul qadrsizlanishi, milliy valyutaning beqarorligidir. Shu munosabat bilan 
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida jarima 
miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan eng kam ish haqi 
miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, O‘zR MJtKning 25-modda 
2-qismiga binoan jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan 
vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa, bu huquqbuzarlik 
aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan 
holda belgilanadi.  
Fuqarolarga yoki mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan ma’muriy 
jarimalar mavjud bo‘lib, ular miqdorlariga qarab farqlanadi.  
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining 
ellikdan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining besh 
baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi
Jarima – mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan jazo chorasi bo‘lib, aybdor shaxsdan davlat hisobiga undirib olinadigan ma’lum bir pul summasida ifodalanadi. Jarima – ma’muriy javobgarlikning samarali choralaridan biri bo‘lib, ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiquvchi barcha davlat organlari tomonidan o‘rnatilgan protsessual tartibda qo‘llaniladi. Jarima – ma’muriy jazoning asosiy jazo chorasi hisoblanadi. U boshqa jazo choralarining o‘rniga qo‘llanilishi mumkin emas. Amaldagi qonunchilikka binoan jarima bilan bir vaqtda qo‘shimcha jazo chorasi (masalan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish) qo‘llanilishi mumkin. Jarima O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks Maxsus qismida nazarda tutilgan deyarli barcha ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilishi mumkin. Jarima tarzidagi ma’muriy jazo chorasi huquqbuzarning ongiga ta’sir ko‘rsatib, uning mulkiy manfaatlariga zarar yetkazishda ifodalanadi. Jarimaning asosiy ko‘rsatkichi – bu uning miqdoridadir. Jarima miqdorini aniq bir summada ko‘rsatib o‘tish mumkin emas. Bunga sabab, birinchi navbatda pul qadrsizlanishi, milliy valyutaning beqarorligidir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida jarima miqdori huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, O‘zR MJtKning 25-modda 2-qismiga binoan jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa, bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolarga yoki mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan ma’muriy jarimalar mavjud bo‘lib, ular miqdorlariga qarab farqlanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi
 
 
huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga - eng kam ish haqining yuz baravarigacha 
miqdorda jarima solinishi mumkin. 
Mansabdor shaxslarga esa jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining 
- o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining o‘n 
baravaridan oshmasligi kerak.  
Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun 
mansabdor shaxslarga – yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. 
Ma’muriy huquqbuzarlikning muayyan turlari uchun javobgarlikni nazarda 
tutuvchi normalar sansiyalarida jarimaning miqdorlari huquqbuzarliklarning 
darajasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi. Bunda jarima miqdorlari ma’muriy jazo 
chorasining mazkur turi uchun belgilangan eng ko‘p va eng oz miqdordan oshib 
ketmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan sansiyalarning aksariyatida jarimaning 
eng ko‘p miqdori, ayrim sansiyalarda esa, eng ko‘p va eng oz miqdori nazarda 
tutilgan. 
Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror 
topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida 
shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda - shikoyat yoki protest 
qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan 
kechiktirmay to‘lanishi lozim. 
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi 
bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi 
shaxslardan undirib olinadi.  
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jamg‘arma banki muassasasiga to‘lanadi, 
huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigin jarima bundan 
mustasno.  
Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima 
solish to‘g‘risidagi qaror fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan
huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga - eng kam ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Mansabdor shaxslarga esa jarimaning eng kam miqdori eng kam ish haqining - o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi, eng ko‘p miqdori eng kam ish haqining o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Qonunlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga – yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlikning muayyan turlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar sansiyalarida jarimaning miqdorlari huquqbuzarliklarning darajasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi. Bunda jarima miqdorlari ma’muriy jazo chorasining mazkur turi uchun belgilangan eng ko‘p va eng oz miqdordan oshib ketmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan sansiyalarning aksariyatida jarimaning eng ko‘p miqdori, ayrim sansiyalarda esa, eng ko‘p va eng oz miqdori nazarda tutilgan. Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda - shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jamg‘arma banki muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigin jarima bundan mustasno. Huquqbuzar jarimani belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risidagi qaror fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan
 
 
qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan 
yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.  
Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani 
huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan 
boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish sud 
ijrochisi tomonidan jarima solish to‘g‘risida tegishli organ (mansabdor shaxs) 
chiqargan qaror asosida huquqbuzarning shaxsiy mulkidan, shuningdek, umumiy 
mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Jarima O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari 
bo‘yicha undirib olinishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin 
emas.  
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olinishi 
mumkin. Masalan, yo‘l harakati xavfsizligi organining mansabdor shaxsi yo‘l 
harakati qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan o‘sha joyning o‘zida jarima 
tariqasidagi ma’muriy jazoni qo‘llashi mumkin. 
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olingan 
taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan 
nusxadagi kvitansiya beriladi.  
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis undirib 
olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga 
(mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi.  
 
  
 3. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
26-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki 
bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - shu 
ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan
qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi. Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo‘lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko‘ra undirib olishning iloji bo‘lmasa, uni undirib olish sud ijrochisi tomonidan jarima solish to‘g‘risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning shaxsiy mulkidan, shuningdek, umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Jarima O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ijro hujjatlari bo‘yicha undirib olinishi mumkin bo‘lmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olinishi mumkin. Masalan, yo‘l harakati xavfsizligi organining mansabdor shaxsi yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchiga nisbatan o‘sha joyning o‘zida jarima tariqasidagi ma’muriy jazoni qo‘llashi mumkin. Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorga muvofiq jarima to‘la-to‘kis undirib olingach, uning ijro etilganligi haqida belgi qo‘yilib, shu qarorni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga qaytariladi. 3. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 26-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan
 
 
tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini 
chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.  
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish asosiy 
tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. 
Ma’muriy huquqbuzarliklar sohasida haqini to‘lash sharti bilan olib 
qo‘yishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u bevosita ma’muriy 
huquqbuzarlik sodir etish quroli bo‘lgan yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoga 
qaratilishi mumkin. 
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish – mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan jazo 
chorasidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi ikkinchi qismida 
mulkdorning faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan 
mahrum etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mulkdan mahrum etish deganda – 
mulkchilik huquqining majburiy tartibda bekor qilinishi tushuniladi. Haqini to‘lash 
sharti bilan olib qo‘yish jazosi ham aynan mulkchilik huquqini bekor qilishga olib 
keluvchi asoslardan biri hisoblanadi. Shu sababli ushbu jazo chorasi faqatgina sud 
tomonidan tayinlanishi mumkin. 
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo 
chorasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. U asosiy jazo sifatida faqatgina O‘zR 
MJtKning 220-moddasi 1-qismida qurol saqlashga ichki ishlar organlaridan ruxsati 
bo‘lgan fuqarolarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish 
qoidalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Qo‘shimcha jazo chorasi sifatida esa, O‘zR 
MJtKning 142-moddasi 2-qismida yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez 
alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va ashyolarni topshirganlik uchun yoki 
222-moddasida nazarda tutilgan ovchilik jamiyatidan chiqqanliklari munosabati 
bilan ichki ishlar organlari o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilarni saqlash uchun bergan 
ruxsatini bekor qilgan fuqarolarning bunday qurollar va o‘q-dorilarni sotishdan 
bo‘yin tovlagani uchun qo‘llaniladi. 
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish – mazmuni jihatidan o‘zaro 
bog‘langan harakatlarni amalga oshirishdan iboratdir:
tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. Ma’muriy huquqbuzarliklar sohasida haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u bevosita ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli bo‘lgan yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoga qaratilishi mumkin. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish – mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan jazo chorasidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi ikkinchi qismida mulkdorning faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mulkdan mahrum etish deganda – mulkchilik huquqining majburiy tartibda bekor qilinishi tushuniladi. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosi ham aynan mulkchilik huquqini bekor qilishga olib keluvchi asoslardan biri hisoblanadi. Shu sababli ushbu jazo chorasi faqatgina sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish - ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. U asosiy jazo sifatida faqatgina O‘zR MJtKning 220-moddasi 1-qismida qurol saqlashga ichki ishlar organlaridan ruxsati bo‘lgan fuqarolarning o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzganlik uchun qo‘llaniladi. Qo‘shimcha jazo chorasi sifatida esa, O‘zR MJtKning 142-moddasi 2-qismida yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badbo‘y moddalar va ashyolarni topshirganlik uchun yoki 222-moddasida nazarda tutilgan ovchilik jamiyatidan chiqqanliklari munosabati bilan ichki ishlar organlari o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilarni saqlash uchun bergan ruxsatini bekor qilgan fuqarolarning bunday qurollar va o‘q-dorilarni sotishdan bo‘yin tovlagani uchun qo‘llaniladi. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish – mazmuni jihatidan o‘zaro bog‘langan harakatlarni amalga oshirishdan iboratdir:
 
 
birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsdan ma’muriy 
huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni olib qo‘yish; 
ikkinchidan, belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki 
shunday narsa bo‘lgan ashyoni sotish; 
uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan 
ashyoni sotishdan tushgan puldan tegishli harajatlarni chegirib tashlagan holda, 
ashyoning sobiq egasiga topshirish. 
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yiladigan ashyolar jumlasiga, masalan, 
O‘zR 
MJtKning 
142-moddasiga 
binoan 
yonuvchan, 
zaharlovchi, 
tez 
alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolar yoki 222-moddasiga 
binoan o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilar kiradi.  
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
336-moddasiga binoan haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror 
asosida olib qo‘yilgan narsalarni sotish uchun vositachi do‘konga yoki olib 
qo‘yilgan mol-mulk turgan joydagi shunday maqsad uchun maxsus belgilab 
qo‘yilgan do‘konga topshiriladi.  
O‘qotar qurollarni va o‘q-dorilarni haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi 
qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. 
  
4. Musodara qilish 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
27-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki 
bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish - shu ashyoni haqini 
to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat. 
Musodara qilish chorasi:  
a) tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan;  
b) bojxona organlari tomonidan - aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki 
mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib 
kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va
birinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsdan ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni olib qo‘yish; ikkinchidan, belgilangan tartibda ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni sotish; uchinchidan, ma’muriy huquqbuzarlik qurolini yoki shunday narsa bo‘lgan ashyoni sotishdan tushgan puldan tegishli harajatlarni chegirib tashlagan holda, ashyoning sobiq egasiga topshirish. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yiladigan ashyolar jumlasiga, masalan, O‘zR MJtKning 142-moddasiga binoan yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolar yoki 222-moddasiga binoan o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 336-moddasiga binoan haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror asosida olib qo‘yilgan narsalarni sotish uchun vositachi do‘konga yoki olib qo‘yilgan mol-mulk turgan joydagi shunday maqsad uchun maxsus belgilab qo‘yilgan do‘konga topshiriladi. O‘qotar qurollarni va o‘q-dorilarni haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi. 4. Musodara qilish O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish - shu ashyoni haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat. Musodara qilish chorasi: a) tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan; b) bojxona organlari tomonidan - aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va
 
 
saqlanganda, shuningdek, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar 
O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda;  
s) soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi 
Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning 
joylardagi bo‘linmalari tomonidan - aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki 
mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, 
shuningdek, yashirin ravishda ishlab chiqarilganda qo‘llaniladi.  
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish 
asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin 
emas. 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
337-339-moddalariga binoan ma’muriy, huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki 
bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, 
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti 
sud ijrochilari hududiy bo‘limlari tuman (shahar) bo‘linmalarining sud ijrochisi 
tomonidan ijro etiladi.  
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa 
bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.  
Ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan 
holda quyidagilarga qaytariladi:  
uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga;  
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport 
qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan 
mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki 
mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul 
qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
saqlanganda, shuningdek, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; s) soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan - aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek, yashirin ravishda ishlab chiqarilganda qo‘llaniladi. O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 337-339-moddalariga binoan ma’muriy, huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sud ijrochilari hududiy bo‘limlari tuman (shahar) bo‘linmalarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ashyoni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilarga qaytariladi: uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga; O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
 
 
saqlanayotgan, 
realizatsiya 
qilinayotgan, 
yashirin 
ravishda 
ishlab 
chiqilayotgan aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkagolli 
ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining 
mansabdor shaxsiga.  
 
  
 5. Maxsus huquqdan mahrum qilish 
 
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
28-moddasiga binoan muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport 
vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi 
tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha 
muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan 
kam bo‘lmasligi kerak.  
Maxsus huquqdan mahrum etish muddati - kunlar, oylar, yillar bilan 
hisoblanadi. 
Transport vositasini boshqarish hamda ov qilish – shaxsda maxsus huquqning 
mavjud bo‘lishini talab etadi. Jumladan, transport vositasini boshqarish huquqini 
olish uchun, belgilangan tartibda malakaviy imtihonni topshirish va haydovchilik 
guvohnomasini olish lozim.  
Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish – bunday huquqqa 
ega bo‘lgan jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llanilib, ma’lum bir muddatda tegishli 
faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emasligini belgilab beradi. 
O‘zR MJTKning 125-moddasiga binoan transport vositalariga – barcha 
turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va 
trolleybuslar, shuningdek, mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalari 
kiradi. 
Maxsus huquqdan mahrum etish – mazkur huquqdan foydalanish tartibining 
bir necha marotaba yoki qo‘pol buzilishi uchun qo‘llaniladi. Masalan, O‘zR MJtKga
saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqilayotgan aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkagolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga. 5. Maxsus huquqdan mahrum qilish O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 28-moddasiga binoan muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak. Maxsus huquqdan mahrum etish muddati - kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi. Transport vositasini boshqarish hamda ov qilish – shaxsda maxsus huquqning mavjud bo‘lishini talab etadi. Jumladan, transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun, belgilangan tartibda malakaviy imtihonni topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish lozim. Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish – bunday huquqqa ega bo‘lgan jismoniy shaxsga nisbatan qo‘llanilib, ma’lum bir muddatda tegishli faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emasligini belgilab beradi. O‘zR MJTKning 125-moddasiga binoan transport vositalariga – barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, shuningdek, mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalari kiradi. Maxsus huquqdan mahrum etish – mazkur huquqdan foydalanish tartibining bir necha marotaba yoki qo‘pol buzilishi uchun qo‘llaniladi. Masalan, O‘zR MJtKga
 
 
binoan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish quyidagilar uchun 
qo‘llaniladi: 
mexanizatorlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan 
foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish (112-modda); 
kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) 
foydalanish qoidalarini buzish (119-modda 2-qismi);  
transport vositalari haydovchilarining harakat tezligini oshirib yuborishi, yo‘l 
belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi (128-
modda 4-qismi); 
transport vositalari haydovchilarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi 
guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi (129-modda 2-qismi);  
transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish 
qoidalarini buzishi (130-modda 2-qismi); 
transport vositalarini mast holda boshqarish (131-modda, 1,2,4-qismlari); 
kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi 
(132-modda); 
transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi 
jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar1 
yetkazilishiga olib kelsa (133-modda);  
haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining 
yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi (134-modda); 
transport vositalari haydovchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash 
uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi (136-modda, 1,2-qismlari); 
yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolishi (137-modda). 
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga 
nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi 
qo‘llanilishi mumkin emas. 
Agar, transport vositalarini alkogol ichimlikdan, giyohvandlik vositasi 
ta’siridan mast bo‘lgan holda yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda boshqarish 
hollari (131-modda 1,2,4-qismlari), shuningdek, o‘zlari ishtirokchi bo‘lgan yo‘l-
binoan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish quyidagilar uchun qo‘llaniladi: mexanizatorlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish (112-modda); kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish (119-modda 2-qismi); transport vositalari haydovchilarining harakat tezligini oshirib yuborishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya qilmasligi (128- modda 4-qismi); transport vositalari haydovchilarining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi (129-modda 2-qismi); transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi (130-modda 2-qismi); transport vositalarini mast holda boshqarish (131-modda, 1,2,4-qismlari); kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi (132-modda); transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar1 yetkazilishiga olib kelsa (133-modda); haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi (134-modda); transport vositalari haydovchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi (136-modda, 1,2-qismlari); yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolishi (137-modda). Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas. Agar, transport vositalarini alkogol ichimlikdan, giyohvandlik vositasi ta’siridan mast bo‘lgan holda yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda boshqarish hollari (131-modda 1,2,4-qismlari), shuningdek, o‘zlari ishtirokchi bo‘lgan yo‘l-
 
 
transport hodisalari sodir etilgan joydan ketib qolish hollarida (137-modda) nogiron 
shaxslarni ham transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish mumkin. 
Maxsus huquqning ikkinchi ko‘rinishi – bu ov qilish huquqidir. 
Shaxsni ov qilish huquqidan mahrum etish – ov qilish qoidalarining ayrim 
buzilishlari uchun, ya’ni O‘zR MJtKning 90-modda 2-qismi tegishli ruxsati bo‘lmay 
turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar 
yoki uslublar bilan ov qilish va baliq tutishga oid boshqa qoidalarni muntazam 
ravishda buzganlik uchun qo‘llaniladi.  
Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan ov qilish 
huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas. 
Maxsus huquqdan mahrum qilish – shaxsning huquqini cheklash bilan bog‘liq 
bo‘lganligi sababli, faqatgina ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya tomonidan 
qo‘llanilishi mumkin. 
Maxsus huquqdan mahrum qilish – 15 kundan 3 yil muddatgacha belgilanishi 
mumkin. 
O‘zR MJtKning 340-344-moddalariga binoan maxsus huquqdan mahrum 
etish jazosi: 
a) transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi 
qaror - ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; 
b) kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan 
mahrum etish to‘g‘risidagi qaror - O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar 
davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; 
s) ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror - ov qilish qoidalariga 
rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari 
tomonidan ijro etiladi.  
Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan 
mahrum etish to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek, uning 
talonini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi. 
Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki 
kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum
transport hodisalari sodir etilgan joydan ketib qolish hollarida (137-modda) nogiron shaxslarni ham transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish mumkin. Maxsus huquqning ikkinchi ko‘rinishi – bu ov qilish huquqidir. Shaxsni ov qilish huquqidan mahrum etish – ov qilish qoidalarining ayrim buzilishlari uchun, ya’ni O‘zR MJtKning 90-modda 2-qismi tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki uslublar bilan ov qilish va baliq tutishga oid boshqa qoidalarni muntazam ravishda buzganlik uchun qo‘llaniladi. Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas. Maxsus huquqdan mahrum qilish – shaxsning huquqini cheklash bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, faqatgina ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Maxsus huquqdan mahrum qilish – 15 kundan 3 yil muddatgacha belgilanishi mumkin. O‘zR MJtKning 340-344-moddalariga binoan maxsus huquqdan mahrum etish jazosi: a) transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror - ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; b) kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror - O‘zbekiston Respublikasi kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan; s) ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror - ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi. Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvohnomasini, shuningdek, uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi. Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositalarining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum