MA’NAVIYATNING BILISH JARAYONLARI BILAN BOG‘LIQLIGI
Yuklangan vaqt
2025-02-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
45,3 KB
2
MA’NAVIYATNING BILISH JARAYONLARI BILAN BOG‘LIQLIGI
MUNDARIJA
Kirish
I Bob: Ma’naviyat va bilish jarayonlari tushunchasining mazmun va mohiyati
1.1. Ma’naviyat tushunchasi mazmun-mohiyati. Gnesologiya tushunchasi
1.2. Bilish nazariyasining predmeti. Insonning bilish qobiliyati
II Bob: Ma’naviyat va gnesologiyaning uzviy bog’liqligi va rivojlanish tarixi
2.1. Jamiyat hayotida ma’naviyat va bilish jarayonlarining o‘rni
2.2. Ma’naviyat va gnesologiyaning insonlar hayotidagi vazifasi
Xulosa
Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalardagi keng qamrovli
islohotlar natijasi oʻlaroq, ma‘naviyat va madaniyat-ma‘rifatni yuksaltirish sohasiga
davlat darajasida ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur sohada qoʻyilgan maqsadlarga
erishish, avvalo, mavjud holatni chuqur oʻrganish va aniqlangan muammolarni
bartaraf etish uchun tegishli yechim izlashni taqozo etadi.
Milliy g’oya,ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabalarining
“Ma’naviyatning bilish jarayonlari bilan bog’liqligi ” mavzusidagi tadqiqoti oldiga
shu masalalar qoʻyilgan edi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
26.03.2021 yildagi PQ-5040-son qarori ham mazkur masalaning hozirda naqadar
dolzarbligini ko’rsatib beradi.
Tadqiqot mobaynida institut tomonidan ishlab chiqilgan savolnoma Adliya
vazirligi rasmiy sahifalari, “Huquqiy axborot kanali” adliya organlari va
muassasalari,ma’naviyat,madaniyat va ma’rifat markazlarining hamda hududiy
boshqarmalarning telegram, faсebооk, instagram va twitter kabi ijtimoiy
tarmoqlariga joylandi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ma’naviyatning bilish jarayonlari bilan
bog’liqligini fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy omili sifatida tadqiq
etish, uning mohiyati, predmeti va falsafiy talqini masalasi doimo mamlakatimiz
olimlarining e’tibori markazida bo’lgan. Ular tomonidan bu borada bir qator ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirildi va e’lon qilindi. Jumladan, A.Erkayev, M.Nabiyev,
J.Yoqubov, E.Xayitboyevlar tomonidan “Ma’naviyatshunoslik” faniga oid
tushunchalar ilmiy jihatdan o’rganilgan.
Kurs ishining obyekti. Mazkur ishning obyektini ma’naviyat va bilish
jarayoni tushunchalari,ularga oid qarashlar tahlili, ma’naviyat va bilish jarayonining
predmeti va falsafiy talqini kabi kabi masalalar tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti. Mazkur kurs ishning predmetini Ma’naviyat va
bilish jarayonlari tushunchasining mohiyati, predmeti, vazifalari, maqsadlari va
4
funksiyalari hamda jamiyat jamiyat hayotida tutgan muhim o’rnini o’rganish tashkil
etadi.
Tadqiqotning maqsadi: Ma’naviyatning bilish jarayonlari bilan bog’liqligi
mavzusini tadqiq etishdan ko’zlangan maqsad birinchi navbatda mazkur
tushunchaning mazmun-mohiyatini o’rganish, uning jamiyat va millat hayottida
tutgan o’rnini ilmiy jihatdan tahlil qilish, globallashuv jarayonlari natijasida yuzaga
kelayotgan ma’naviyat bilan bog’liq muammolarga yechim topishdagi ahamiyatini
ko’rsatib berish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragrafdan, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
5
I Bob: Ma’naviyat va bilish jarayonlari tushunchasining mazmun va mohiyati
1.1. Ma’naviyat tushunchasi. “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti
Maʼnaviyat – inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U
kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga
oladi.1 Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning
tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻy-basti, koʻrinishi, kiyinishi,
xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr
yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana
shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa,
maʼnaviyat unga ruhiy oziq va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va
madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi.
Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat
qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli
odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini
izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat
nuqtayi nazaridan yondashadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima,
halol va harom nima – bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda
yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi
amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi.
Vatanni sevish, vatanparvarlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan
biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu
jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli
jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda
xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar
barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy
tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qiyin.
„maʼnaviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq
joyda hech qachon baxt-saodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekiston prezidenti Islom
1 Wikipedia-internet sayti
6
Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli
qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining
koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning
umumiy
va
bebaho
mulki
sifatida
foydalanishga
keng
yoʻl
ochildi.
Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha
shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda.
Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining
keng doirasiga yoyish maqsadida respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi
tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani oʻqitiladi.
Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan
iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o`zimizni bilishimizga imkon beruvchi
ongni o`rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo`lib o`rgana boshlaganlar.
Bu jarayonlar — sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu
jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog`liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning
o`zi qiyin. Masalan, ko`rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko`ringchi,
uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko`rgan yoki o`qigan tekstingizni eslab
qolasiz. Yoki biror narsa to`g`risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi
idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va
diqqat kerak bo`ladi. Xattoki, tasodifan qo`limizga kirib ketgan zirapchaga bergan
reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o`sha narsaning bu yerda qanday paydo
bo`lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.Murakkab kompyuter
texnikasi chiqqandan keyin odamning o`z psixik jarayonlariga qiziqishi yanada
ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok deb ataluvchi jarayonga
o`hshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o`xshash) va uni saqlash (xotira) haqida
ko`p gapiradigan bo`lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati
va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko`tardi.Psixologiya sohasida eksperimental
ishlarning muvaffiqiyatli amalga oshirilishi aslida inson psixikasi kompyuterdan
ko`ra murakkabligi va odam anglagan ma’lumotlaridan ko`proq narsalarni idrok
qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam
7
ko`rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaksiyalarni
keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino
ko`rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko`z o`ngida
gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi: kunlarning birida o`ziga xos
tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o`rniga 25 kadr berib, o`sha 25-kadrda «Koka-kola
iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg`amaydi. Lekin
kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan. Demak,
aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv ro`y
bermagan ekan.Analogik xolat xotiramizda ham tez-tez ro`y beradi. Kimnidir
uchratib qolamizda, o`ylanamiz: qayerda ko`rgan ekanman? hech eslolmaysiz, lekin
yuzi, ko`zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam
ko`rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina
chiqara olamiz. Faqat, kasal bo`lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga
tushganimizda kallamizga har xil o`y-fikrlar kelaveradi. o’shalar aslida bor
narsalarning
beixtiyor
tiklanishi.Ongdagi
ma’lumotlarning
aslida
miyamizdagilardan
kamligining
asosiy
sababi
—
odam
har
qanday
ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o`zi uchun «ahamiyatsiz» deb baholagan
narsaga diqqat ham qilmaydi, esga tushirmaydi ham. U o`z ongida barcha mavjud
ma’lumotni o`ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o`zgartiradi. Shuning uchun ham har
bir inson o`ziga xos va qaytarilmasdir-individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi
individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan
tanishamiz.
Professional faoliyat shaxsdan juda ko`p bilimlarni hamda malakalarni talab
qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar
muammosi), endi o`z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o`z ustida
muttasil ishlab, malakalarini ort-tirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu
nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo`nalishiki, unga faqat
kasbiga taalluqli bo`lgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil bo`lish yo`llari
va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va xolatlarni
bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini
8
va kechishini bilish demakdir.Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko`p jihatlari bilan
farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko`rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib,
kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko`zi bilan ko`rgan har qanday
ob’ektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan
narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o`z his-
kechinmalarini ayta olsa, boshqalar — har bir hikoyaga albatta, fantaziya
elementlarini qo`shishga moyil bo`ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan
oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo`larkan.
Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning
mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv
tizimlarida ishlaydigan operator o`z diqqatini har qanday mayda o`zgarishlarga ham
qaratishga o`rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo`lib
boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o`rgansa, shoir
tabiatan barcha xodisa va voqealarni badiiy bo`yoqlarda, o`ziga xos idrok qilishga
moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks
ettirishi uning iqtidori o`sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog`liq
tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo`lmish
bilish jarayonlari — idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning
inson hayoti va professional o`sishidagi roliga to`xtab o`tamiz.Bu jarayonlar insonga
juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va
xodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va
xodisalar bizda har bir alohida sharoitda o`ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib
chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo`lgan
talabingizni haqiqatan bor yoki yo`qligini birovlardan so`ramaysiz-ku? Yoki kitob
mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o`zi o`qiyotganligini
boshqalardan so`ramaydi. Bunday ishlar o`z-o`zidan tabiiy jarayonlarday
kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o`rganib
chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko`proq
qiziqtiradi va
siz
«Xotiram
ustida
ishlashim
kerak»
degan
xulosaga
kelasiz.Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan
9
jarayonlar bo`lib, agar siz o`z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor
darajangizni orttirmoqchi bo`lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va
xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.
“Ma’naviyatshunoslik”
fanining
asosiy
vazifasi
komil
insonni
shakllantirishga asosiy hissani qo’shish bulib, bu fan xaldimizning bosh ma'naviy va
madaniy merosiga asoslanadi. Zero, komil inson tushunchasi insonning iqtisodiy,
siyosiy, ilmiy faoliyatlari bilan bog’lanib ketadi. Komillik xarakteri bilan
durollangan shaxs jamiyatni barkamol qilib rivojlantiradi, o’zgartiradi. Insonlar
faoliyatini ijobiy tomonlarga yetaklaydi.Endi “Ma’naviyatshunoslik” fanining
predmeti
nima,
degan
savolga
quyidagicha
ta’rifni
keltirish
mumkin:
“Ma’naviyatshunoslik” fani inson ruhiyatining shakllanish va rivojlanish
qonuniyatlarini ilmiy tadqiq etuvchi, komil insonni tarbiyalash jarayonlarini
o‘rganuvchi ijtimoiy fandir. Demak, “Ma’naviyatshunoslik” fani inson, uning
kamoloti bilan bog‘liq barcha munosabatlarni o‘rganuvchi insonshunoslik fanidir.
Ushbu fanni “Ma’naviyat”, “Ma’naviyatshunoslik”, “Insonshunoslik” deb ham
atash mumkin. Ammo, rasmiy “Ma’naviyat asoslari” deb nom qo‘yildi.
Bu nomning qo‘yilishida o‘ziga xos ma’no bor. Ma’naviyat asoslari deyilishining
boisi xalqimizning chuqur ma’naviy ildizlarga ega qadimiy xalq ekanligiga ishora,
urg‘u berishdir.
Ma’naviyatshunoslik fani quyidagilardan iboratdir:
Birinchi asos – xalqimiz tomonidan yaratilgan yozma va og‘zaki ijodiyot
namunalari (bunda “Avesto”, “Fozil odamlar shahri”, “Devon ul lug‘otit turk”,
“Qutadg‘u bilig”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi asarlar nazarda tutiladi).
Ikkinchi asos – xalq ma’naviyatining sarchashmalari bo‘lgan milliy an’analar, urf-
odatlar, hikmatlar, askiya va boshqa ijod turlaridan komil insonni tarbiyalashda
unumli foydalanish.
Uchinchi asos – umuminsoniy qadriyatlarga aylangan jahon intellektual
mulki (Biz Aristotel, Pushkin, Shekspir, Gegel kabi mutafakkirlarning ijodiyotini
ham puxta o‘zlashtirishimiz kerak). Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik bizni
milliy biqiqlikdan saqlab qolib, milliy ma’naviyatni boyitishga undaydi.
10
To‘rtinchi asos – O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Karimov va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning asarlari. Ushbu asarlarda
prezidentimiz milliy ma’naviyat nazariyasini yaratdi. Prezident asarlarini o‘rganish,
ularni amaliyot dasturiga aylantirish nazariy va amaliy nuqtai nazardan o‘ta muhim
vazifadir.
Beshinchi asos – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari,
Prezidentning
farmon
va
farmoyishlari,
hukumatimizning qarorlari
va
tegishli normativ-huquqiy hujjatlar.
Bugunga qadar ma’naviyat tushunchasiga xilma-xil ta’riflar keltirilgan
bo’lib, jumladan taniqli faylasuf A.Jalolov “Mustaqillik ma'suliyati” asarida
“Ma'naviyat - insonning zot belgisi, uning faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi,
ongi, aql-zakovatining mahsuli”, - deb ta'riflagan. “Hayot falsafasi va falsafa hayoti”
maqolasida bu ta'rifni yanada kengaytirib, mukammalroq tarzda quyidagicha
ta'riflaydi: “Ma'naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo’lib, kishilar uning
vositasida o’zlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda
taraqqiyoti xususiyatlarini o’rganadilar, qonunlarini kashf etadilar va ularga tayanib,
o’z turmush sharoitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar”. Muallif o’z
fikrini davom ettirib, ma'naviyatsiz hayotni qoronqi bir xonaga o’xshatadi.
Ko’rinadiki, bir muallifning o’zi ma'naviyatni ta'riflashga turlicha yondashadiki, bu
ham
ma'naviyatning
ko’p
qamrovli
tushuncha
ekanligini
ko’rsatadi.
“Vatan tuyg’usi” kitobining mualliflari “Ma'naviyat - jamiyatning, millatning va
yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini
mujassamlashtiruvchi tushuncha”, - deb ta'riflaganlar.Bundan tashqari bir qator
olimlarimiz anjumanlarda qilgan ma'ruzalarida “ma'naviyat - insondagi axloq, odob,
bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta'sir qiluvchi tizim yoki
ma'naviyat - insonning aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yiqindisi
hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir”, deb ta'rif berib
kelmoqdalar.
Abdurahim Erkayevning fikricha, “Ma'naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy
mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya'ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to’g’rilik,
11
sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish,
yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko’plab asl insoniy xislatlari va
fazilatlarining
uzviy
birlik,
mushtaraklik
kasb
etgan
majmuidir”.
Ma'naviyat muammosi
bilan
anchadan
buyon
shug’ullanib
kelayotgan
olimlarimizdan biri M. Imomnazarov mazkur masalaga bag’ishlab ikkita kitob
chiqardi. Muallif birinchi kitobida “Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy nur...”, - deb
yozgan bo’lsa, ikkinchi kitobida “Ma'naviyat - inson qalbida, ko’ngil ko’zgusida aks
etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta'rif darhaqiqat, so’fiyona ramziy ta'rifdir, zotan
boshqacha ta'rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo’yadi”, - deb yozadi.
Erkin Yusupov insonda mavjud bo’ladigan hamma xislatlar emas, balki
ijobiylarigina ma'naviyat bo’la olishini ko’rsatib: “Ma'naviyat - inson axloqi va
odobi, bilimlari, iste'dodi, qobiliyati, amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e'tiqodi,
dunyoqarashi,
mafkuraviy
qarashlarining
bir-biri
bilan
uzviy
boqlangan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etadigan mushtarak tizimdir”, - deb
ta'riflaydi.Albatta, yuqorida keltirilgan fikrlarning hammasida ham ma'naviyatning
ko’pgina qirralari o’z ifodasini topgan va ularda mualliflar o’zlarining nuqtai
nazarlarini bildirganlar, ammo ularda inson salohiyatini o’stirish masalasi e'tibordan
chetda qolganligi ko’rinadi. Hali yana ko’plab olimlarimiz ma'naviyat
tushunchasiga o’z munosabatlarini bildiradilar va ana shu bildirilgan turli fikrlar
asosida
umumiy
mukammal
ta'rif
shakllanadi,
degan
umiddamiz.
Haliga qadar ma'naviyat tushunchasiga mukammal ta'rif shakllanmaganligi sabab
uning keng qamrovli, murakkab va ayni vaqtda “soda” tushuncha ekanligida.
Ma'naviyat ko’proq insonning ichki, botiniy, yashirin dunyosini aks ettirishdir.
Inson ichki, botiniy dunyosi esa gavhar to’la tubsiz dengiz singaridir. Bu dengizdan
qancha gavhar olsangiz tugamagani singari inson ichki dunyosi ham tubsiz, rang-
barang tarzda namoyon bo’ladi. Inson qalbiga, botiniy dunyosiga qanchalik chuqur
kirib borsangiz, shunchalik turli-tumanlik bilan toblanib, o’zining yangidan-yangi
qirralarini namoyon etadi. Mana shuning uchun ham ma'naviyat tushunchasiga
mukammal,
har
taraflama
to’liq
ta'rif
berish
mushkulroq.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ma'naviyat – insonning ruhiyatini, uning o’z-o’zini
12
anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go’zallik
bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini,
yuksak maqsad va g’oyalarni qo’ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat
qilish va intilish salohiyatidir, - deb ta'rif berish o’rinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu
ta'rif eng oxirgi, qiyomiga etgan, mukammal deb, aytishimiz mumkin
emas.Ma’naviyatning jamiyat hayotida
tutgan
o’rni
Ma’naviyat – ajdodlarni avlodlarga, o‘tmishni bugunga, bugunni esa kelajakka
bog‘lovchi ko‘prik vazifasini bajaradi. U ota-bobolarimiz to‘plagan jamiki yaxshi
fazilatlar va xislatlar, qadriyatlar va an’analarning majmui, qolaversa, ajdodlarimiz
to‘plagan tarixiy-ijtimoiy tajriba va barcha qarashlarni o‘zida mujassam etadi.
Tariximizning boyligi va buyukligi, avvalo, xalqimizning yuksak ma’naviyati va
ma’rifati bilan bog‘liqdir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abdulxoliq G‘ijduvoniy,
Bahouddin Naqshband, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn Sino,
Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan, ilm-
fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Temuriylar,
Boburiylar tomonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan
muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz dahosining yorqin namunalari
sifatida
dunyo
ahlini
hayratga
solib
kelmoqda.
Inson kamoloti va yuksak ma’naviyati haqida gap ketganda, ijtimoiy muhit haqida
ham fikr yuritish joiz. Chunki qadimda ota-bobolarimiz o‘z farzandlari tarbiyasi
masalasiga katta mas’uliyat, jiddiy e’tibor bilan yondashganlar. Masalan, bola
tarbiyasi bilan asosan diniy-dunyoviy ilm sohasida oqila enagalar yoki ilm-
ma’rifatda katta obro‘-e’tiborga ega ustoz-murabbiylar shug‘ullangan. Dono
xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan ibratli so‘zlar bejiz aytilmagan.
Ya’ni, har bir shaxsning o‘sib kamol topishida u yashagan oila muhiti, ustozlari va
mavjud ijtimoiy sharoitlar muhim o‘rin tutadi.
Afsuski, eski tuzum zamonida ta’lim-tarbiya, ma’rifat va madaniyatga
ikkinchi darajali sohalar deb qaraldi. “Ma’naviyat” so‘zining o‘zi tilimizda
iste’moldan chiqarib yuborildiki, bu tushuncha zamiridagi qadriyatlarimizning o‘sha
13
davrdagi ahvoli haqida gapirmasa ham bo‘ladi.Tarix sinovidan o‘tgan haqiqat shuki,
ezgu
g‘oyalarga,
ma’naviy
merosga, an’analar va
zamonaviy
talablarga
asoslanmagan har qanday davlat tizimi uzoqqa borolmaydi. Bu haqiqatni yetmish
yilning nari-berisida patorat topgan sobiq ittifoqning qismati yaqqol isbotladi. Ayni
vaqtda mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi
poymol etilgani, ko‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, ma’naviy
qaramlik ostida taqdirimiz jar yoqasiga kelib qolganini aslo unutib bo‘lmaydi.
Ma'naviyat ham o’zining bir qator kategoriyalariga – tushunchalariga va
rivojlanish qonuniyatlariga egadir. Uning tushunchalariga shaxsning o’z-o’zini
anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, xayrixohlik, iymonlilik,
halollik, e'tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo’ylik,
adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to’g’rilik va
boshqalar; millatning vakili sifatida: milliy o’z-o’zini anglash, milliy g’urur,
millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan mas'uliyatni, milliy
manfaat ustivorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san'at, urf-odatlar,
an'analar, qadriyatlar, davlat tizimiga hurmat, qonunlarga hurmat va itoatkorlik,
vazminlik, o’z kasbining mohir ustasi bo’lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan
xabardor bo’lish va uni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy,
ma'naviy
hayotida
faollik
va
boshqalar
kiradi.
Ma'naviyatning yuqorida keltirilgan tushunchalaridan ko’rinib turibdiki, ma'naviyat
har bir insonning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo bo’ladigan va ijtimoiy
hayotga
nisbatan
bo’ladigan
munosabatlarini
o’z
ichiga
oladi.
Yuqoridagilardan tashqari, ma'naviyatning boshqa bir qator tushunchalari ham bor.
Bu yerda gap ularning hammasi ustida to’xtash haqida emas, balki ma'naviyatning
ko’p qirrali, keng qamrovli ekanligi, u inson ongi, ruhiyati, ichki dunyosining
salohiyati, hatti-harakatlari kabi bir qator masalalarni o’z ichiga olishini tushunib
yetish haqida bormoqda. Ma'naviyatni chuqur tahlil qilishda ana shu ko’rsatilgan
tushunchalarni uyg’un holda tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
14
1.2. Bilish nazariyasining predmeti.Insonning bilish qobiliyati
Bilish nazariyasining predmeti. Gnoseologiyaning mohiyati va mazmuni.
«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm
va logos – ta'limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma'nosi - «bilish
haqidagi ta'limot (fan)», «ong haqidagi ta'limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu
jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish
nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash
uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va
epistemologiya nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan, «episteme»
so‘zi «pistis» - e'tiqod so‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz
ishonadigan (pistio), mavjudligiga e'tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy
bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G‘arbiy
yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba'zan esa – uch xil talqin
qilinadi. Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish
jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy
muammolariga e'tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar
haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e'tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy
ifodasidir. Tom ma'nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning
mazmunini, shuningdek diniy e'tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o‘rganish bilan
shug‘ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to‘g‘risida bahs yurituvchi
falsafiy ta'limot ma'nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan
biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bo‘limi
bo‘lib, unda
1)insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
15
4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan
o‘zaro nisbati o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish
bilan shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning
o‘z-o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta'siri natijalarini fiziologik
darajada his qilamiz va ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi.
Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo
vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu
ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro
aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan
iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada
sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va
masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an'ana: bilimlarimiz
tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm
to‘qnashadi.
Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik,
uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar
mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud
emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini
ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va
ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma g‘oyalar
bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo‘tadil
ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga bog‘liq
bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy
mushohada
yuritish
jarayonida
tug‘ilishini
ta'kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. Yum, L. Feyerbax),
aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar biron-
bir g‘oya mavjud bo‘lishini inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi zamirida
16
yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish
orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat qiladilar. Ularning
fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini qurshagan dunyoni idrok
etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya (lotincha «perception» -
idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini qurshagan dunyodagi
narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, appersepsiya borliqni
aql
bilan
anglash,
bilish,
ularni
g‘oyalarda
ifodalashdir.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to‘g‘risidagi masalani yechishni ham o‘z
ichiga oladi. Ko‘pgina empiriklar (masalan, David Yum, Dyubua Raymond,
agnostiklar) va ratsionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat
umumiy narsa va hodisalarni, balki muayyan, konkret narsalarni ham bilishi
mumkin emas, degan fikrga qo‘shiladilar. Ayrim narsalar, hodisalar va
konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham, tafakkurimiz,
refleksiyamiz (lotincha «reflexes» - orqaga qaytish) doirasiga ham sig‘maydi.
Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo‘qligi,
jonning boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning
bilish chegaralariga sig‘maydigan, oqilona o‘rganib bo‘lmaydigan transsendental
(lotincha «transcendentalism» - chegaraga sig‘maydigan) masalalardir, deb
hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm g‘oyalarini himoya qilgan yirik olimlar:
Moris Shlik, Rudolf Karnap kabilar Kantning transsendental muammolarini
mantiqsiz deb e'lon qildilar.
Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko‘p muammolar bilan
shug‘ullanadi. U bizning bilimlarimiz qay darajada e'tiqod, qay darajada ko‘r-
ko‘rona ishonch va qay darajada real borliqning haqiqiy in'ikosi ekanligini
aniqlashga harakat qiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda gnoseologiyada bilimlar
o‘rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy tajribamdan
bilaman», «dalilga ko‘ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o‘zaro nisbati
masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni
to‘liq qamrab olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat
qiladi.Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir.
17
Optimizm.
Skeptitsizm.
Agnostitsizm.
Bilish
jarayoni
rivojlanish
qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning tagiga yetish imkoniyatlari nuqtai
nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik
modellar zamirida dunyoning inson ongida aks etish tamoyillari: Demokritda –
obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, Berklida –
sub'ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson
tug‘ma tushunchalariga ta'siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning
zamirida mutlaq g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub'ektiv
idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh
va
tejamli
aloqasini
amalga
oshirishdir.
Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni
ta'riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim
boshqa
bilim
turlaridan
o‘zining
aniqligi
bilan
ajralib
turadi.
Ilmiy bilim, ma'naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson
faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha
bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini
aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang‘ich holatdagi ob'ektning)
tegishli mahsulotlarga (pirovard holatdagi ob'ektga) aylanish jarayonini oldindan
ko‘ra bilishni o‘z oldiga pirovard maqsad qilib qo‘yadi. Bu o‘zgarish har doim
ob'ektlarning o‘zgarish va rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi, faoliyat shu
qonunlarga muvofiq bo‘lgan taqdirdagina muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Shu
sababli fanning asosiy vazifasi ob'ektlarning o‘zgarish va rivojlanish qonunlarini
aniqlashdan iborat.
Tabiatning o‘zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy fanlar va
texnika fanlari bajaradi. Ijtimoiy ob'ektlarning o‘zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar
o‘rganadi. Hamonki faoliyat jarayonida har xil ob'ektlar – tabiat predmetlari, inson
(va uning ongi holatlari), jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari sifatida
amal qiluvchi belgilar ko‘rinishidagi ob'ektlar va hokazolar o‘zgarishi mumkin ekan,
ularning
hammasi
ilmiy
tadqiqot
predmetlari
bo‘lishi
mumkin.
18
Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan ob'ektlarni o‘rganish va ularni
faoliyat va rivojlanishning ob'ektiv qonunlariga bo‘ysunuvchi ob'ektlar sifatida
tadqiq qilishga qarab mo‘ljal olishi ilmiy bilimning birinchi eng muhim xususiyati
hisoblanadi.
Ilmiy bilim o‘zining ayni shu xususiyati bilan inson bilish faliyatining boshqa
shakllaridan ajralib turadi. Masalan, borliqni badiiy o‘zlashtirish jarayonida inson
faoliyatiga jalb qilingan ob'ektlar sub'ektiv omillardan ajratilmaydi, balki ularga
o‘ziga xos tarzda bog‘lanadi. Ob'ektiv dunyo predmetlarining san'atdagi har qanday
in'ikosi ayni vaqtda insonning predmetga munosabatini aks ettiradi. Badiiy obraz –
bu ob'ektning shunday bir in'ikosiki, unda inson shaxsi, uning qadriyatlarga
munosabati aks etadi, bu xossalar aks ettirilayotgan borliq tavsifidan o‘rin oladi. Bu
mushtaraklikni istisno etish – badiiy obrazni buzish demakdir. Fanda esa, bilim
yaratayotgan shaxs hayot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, uning
mushohadalari yaratilayotgan bilim tarkibiga bevosita kirmaydi (Nyuton qonunlari
Nyutonga nima yoqqani va yoqmaganligi haqida xulosa chiqarish imkonini
bermaydi, vaholanki, masalan, Rembrandt mo‘yqalamiga mansub portretlarda
Rembrandt esse, uning dunyoqarashi va o‘zi tasvirlayotgan ijtimoiy hodisalarga
shaxsiy munosabati o‘z ifodasini topadi; buyuk musavvir tomonidan yaratilgan
portret
doim
uning
avtoportreti
sifatida
ham
amal
qiladi).
Ilmiy bilim borliqni moddiy va ob'ektiv o‘rganishga qarab mo‘ljal oladi. Biroq bu
olimning shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlarini belgilashda, ilmiy ijodida rol
o‘ynamaydi va uning natijalariga ta'sir ko‘rsatmaydi, degan ma'noni anglatmaydi.
Ilmiy bilim nafaqat o‘rganilayotgan ob'ektning o‘ziga xos xususiyatlari, balki
ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo‘lgan ko‘p sonli omillar bilan ham belgilanadi.
Ilmiy bilimning tarixiy rivojlanishi madaniyatning o‘zgarishi ilmiy bilimni
bayon etish andozalari, fanda borliqqa yondashish usullari va tafakkur uslublarining
o‘zgarishiga bog‘liq. Bu andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, uning
har xil hodisalari ta'sirida shakllanadi. Bu ta'sirni ilmiy bilimning rivojlanish
jarayoniga har xil ijtimoiy-madaniy omillarning qo‘shilishi sifatida tavsiflash
mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida ob'ektiv va sub'ektiv narsalar va
19
hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma'naviy faoliyatining
boshqa shakllariga bog‘lab o‘rganish zarurligi fan bilan bu shakllar (kundalik bilish,
badiiy tafakkur va sh.k.) o‘rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi.
Ilmiy bilimning ob'ektivligi va moddiyligi bunday farqning birinchi va eng muhim
xususiyati hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma
narsani shu tuzilish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho
Midas nimaga qo‘l tekkizmasin, hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga
murojaat etmasin, hamma narsa uning uchun ob'ektiv qonunlarga ko‘ra
yashaydigan,
faoliyat
ko‘rsatadigan
va
rivojlanadigan
predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o‘zgartiriladigan, balki kelajakda amalda
ommaviy o‘zlashtirish predmetiga aylanishi mumkin bo‘lgan ob'ektlarni
o‘rganishga qarab mo‘ljal olishi ilmiy bilimning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati
hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va
fanning tabiatini tavsiflovchi ayrim tushunchalarni ta'riflash imkonini beradi.
Shaxsiy bilim. Bilim shakllari to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, M.Polani tomonidan
ishlab chiqilgan shaxsiy bilim konsepsiyasini chetlab o‘tishimiz mumkin emas.
Olim o‘z konsepsiyasini tuzishda bilim – anglash mumkin bo‘lgan narsalarni faol
o‘zlashtirish, alohida mahorat va alohida vositalarni talab qiluvchi harakat, degan
tamoyildan kelib chiqqan. Madomiki fanni odamlar yaratar ekan, bilish faoliyati
jarayonida olinadigan bilimlarni (xuddi shu jarayonning o‘zi kabi) odamlardan
ajratish mumkin emas. Demak, odamlarni (aniqrog‘i, o‘z qiziqishlari, maqsadlari va
mo‘ljallariga ega bo‘lgan olimlarni) ular yaratayotgan bilimlardan ajratib yoki
boshqa
odamlar
bilan
almashtirib
bo‘lmaydi.
Polani fikriga ko‘ra, shaxsiy bilim muqarrar tarzda intellektual salohiyatni talab
qiladi. Unda nafaqat bilish borlig‘i, balki bilishga harakat qilayotgan shaxs, uning
bilimga qiziqishi, bilimni talqin qilish va undan foydalanishga nisbatan shaxsiy
yondashuvi,
uni
o‘ziga
xos
tarzda
anglab
yetishi
mujassamlashadi.
Shaxsiy bilim nafaqat qandaydir fikr-mulohazalar majmui, balki shaxsning
20
kechinmalari hamdir. Shaxs bilimni shunchaki qayd etmaydi, balki u bilan birga
yashaydi.
Ijtimoiy bilim asosan o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat tomonini
tavsiflashga qarab mo‘ljal oladi. Bu yerda hodisalar va jarayonlar miqdor va
umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va xususiylik nuqtai nazaridan
o‘rganiladi. Shu sababli miqdor metodlarining ulushi bu yerda tabiiy-matematik
siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq bilimning matematikalashuvi,
kompyuterlashuvi jarayonlari bu yerda ham tobora kengroq tus olib bormoqda.
«Inson borlig‘i», ijtimoiy bilim predmeti sifatida, o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lganligi tufayli, unda matematik apparatdan foydalanish ancha mushkul. Bu
sohaga matematik metodlarni tatbiq etishga ijtimoiy ob'ektlarning o‘ta individualligi
(va hatto betakrorligi), sub'ektiv (shu jumladan sof irratsional) jihatlar doimo
mavjudligi, nazorat qilib bo‘lmaydigan, tasodifiy munosabatlarning ko‘pligi,
ma'nolarning mujmalligi, nomukammalligi va hokazolar xalaqit
beradi.
Biroq bu ijtimoiy fanlarni matematikalashtirish mutlaqo mumkin emasligidan
dalolat bermaydi. Bu borada toq to‘plamlar nazariyasiga katta umid bog‘lanmoqda.
Toq to‘plamlar deganda chegaralari aniq bo‘lmagan to‘plamlar tushuniladi, bunda
elementlarning mazkur to‘plamga mansubligidan unga mansub emasligiga o‘tish
keskin emas, balki asta-sekin yuz beradi. Ijtimoiy fanlarda miqdor metodlaridan
foydalanish tobora keng va samarali tus olib bormoqda. Ularning ayrimlari
(iqtisodiyot, sotsiologiya)dan miqdor metodlari mustahkam o‘rin olgan, ayrimlari
(tarix, san'atshunoslik va boshqalar)ga esa ular ehtiyotkorlik bilan kirib bormoqda.
Masalan, tarix fani doirasida matematik metodlar tarixni o‘rganishning asosiy
vositasi bo‘lgan alohida fan – kiometriya (so‘zma-so‘z ma'nosi – tarixni o‘lchash)
yuzaga keldi va shakllanmoqda. Biroq, ijtimoiy fanlarda matematik metodlar qay
darajada keng qo‘llanilmasin, ular bu fanlar uchun asosiy emas, balki yordamchi
metodlar bo‘lib qolayotir. Ijtimoiy bilimda empirik va nazariy unsurlarning o‘ziga
xos uyg‘unligi kuzatiladi. Ijtimoiy bilimda empirik metodlarning imkoniyatlari
cheklangan bo‘lsa-da, ular bu yerda tobora kengroq va o‘ziga xos tarzda
qo‘llanilmoqda. Bular, avvalo, ko‘rib chiqilayotgan hodisalarning sof ob'ektiv
21
xossalarini emas, balki ularning insoniy ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan
so‘rovlar, anketalash, testlash, modelda eksperiment o‘tkazish va hokazolardir.
Bilishda sub'ekt va ob'ektning o‘zaro aloqasi. Bilish dunyoning ob'ekt va sub'ektga
bo‘linishini nazarda tutadi. Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot bo‘lgan
insonni bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan
sub'ektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning ob'ektivligi,
haqiqatning sub'ektdan mustaqilligini e'lon qilinganda namoyon bo‘ladi. Sxolastika
tabiatshunoslikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish
sub'ektlarining o‘tkinchi manfaatlari ko‘pincha ob'ektivlikka xalaqit bergan, shu
bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o‘rinli bo‘lgan. Faylasuflarni sub'ektning
ob'ektga ta'siri muammolari, anglab yetilayotgan ob'ektga sub'ektivlikning ta'siri
yo‘llari va xususiyati masalalari tobora ko‘proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda
ham bu muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Sub'ekt – bu bilish faolligining
manbai. Sub'ekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas.
Sub'ekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan individ. Sub'ekt – bu
mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga
oshadigan bosh miya po‘stlog‘ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning
kechinmalari, his-tuyg‘ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o‘zining alohida
jihati – o‘zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga
qaratilgan bo‘lsa, shu ob'ekt bo‘ladi. Sub'ekt negizi butun ijtimoiy yaxlitlikni tashkil
etuvchi murakkab ierarxiyadan iborat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik
bo‘lmagan birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir
xalq o‘z madaniyatida qayd etiladigan me'yorlar, g‘oyalar va qadriyatlarni yaratib,
asrdan asrga bilish faoliyatining alohida sub'ekti sifatida o‘tib keladi. U tabiat
hodisalari, hayvonlar yoki o‘simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning
huquqlari va urf-odatlari haqida ma'lumotlar to‘playdi. Jamiyatda maxsus vazifasi
va mashg‘uloti hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar yaratishdan
iborat bo‘lgan individlarning tarixiy guruhlari ajratiladi. Xususan, sub'ekti olimlar
hamjamiyati bo‘lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda
qobiliyati, iste'dodi va bilimi bilan bilish sohasida yuksak natijalarga erishadigan
22
ayrim
individlar
alohida
o‘rin
tutadi.
Bu odamlarning ismlari tarixda ilmiy g‘oyalar evolyusiyasidagi buyuk bosqichlar
ramzi sifatida saqlanib qoladi. Bilishning haqiqiy sub'ekti hyech qachon faqat
gnoseologik xususiyatga ega bo‘lmaydi: u o‘z mayllari, qiziqishlari, fe'l-atvori,
mijozi, aql yoki aqlsizlik, qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan,
irodali yoki irodasi bo‘sh tirik shaxs. Biroq ko‘pincha bilish sub'ekti deganda
intellektual faollikning qandaydir shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi.
Sub'ektning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq tushunchalarda
namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat sub'ektning ob'ektga nisbatan, balki
o‘ziga, o‘z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya'ni tadqiqotchilik
faoliyati shartlari, usullari, me'yorlari va metodlarini bilishi, an'analarni hisobga
olishi va hokazolarni nazarda tutadi.
23
II Bob: Ma’naviyat va gnesologiyaning uzviy bog’liqligi va rivojlanish tarixi
2.1. Jamiyat hayotida ma’naviyat va bilish jarayonlarining o’rni
Bugun biz yashayotgan XXI asrning dastlabki 20 yilligi ham o’tib bormoqda.
Yangi asrning mohiyati va qiyofasi haqida turlicha qarashlar mavjud. “Kimdir uni
yuksak texnalogiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi
axboratlashuv
davri
sifatida
izohlamoqda…
Ammo ko’pchilik ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot
uyg’otmoqda”.2
Globallashuv – insonning ongi shuuri, tafakkuri samarasi sifatida vujudga
kelgan jahon miqyosidagi umumiy jarayon, ta’bir joiz bo’lsa, insoniyat boshidagi
yana bir sinov. Qadimda odamzot ezgulikka intilib, bog’-rog’lar, shaharlar, beqiyos
me’moriy obidalarni bunyod etgani, yovuzlik yo’lini Iskandar devori singari
vositalar bilan to’sgani ma’lum. Tarixiy taraqqiyot davomida yaxlit jahon turli iqlim
va mintaqalarga, qit’a va davlatlarga ajraldi. Lekin XXI asrga kelib chegara va
hududlarni, tuzumlarni tan olmaydigan, uzluksiz kuchayib borayotgan globallashuv
jarayoni dunyo ahlini o’yga toldirmoqda, bu haqda yer yuzining turli burchaklarida
rang-barang fikrlar bildirilmoqda. Shu ma’noda aytish mumkinki, O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch” kitobi avvalo O’zbekiston xalqiga mo’ljallangan bo'lsa-da, butun insoniyat
taqdiriga kuyunib yozilgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni,
barcha faoliyat sohalarini o’z domiga tortib bormoqda. Shunday bir vaziyatda bu
hodisani ko’proq iqtisodiy jarayon sifatida talqin qilinib, uning siyosiy jihatlari
haqida sukut saqlashni afzal ko’rayotganlarga javoban muallif bunday yozadi:
“Globallashuv jarayonining… o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda
u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy
kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotgani sog’lom fikrlaydigan har
2 I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent; Ma’naviyat,
2008.- 110- bet