Markaziy asab tizimini qo‘zg‘atuvchi moddalar
Reja:
1. Markaziy asab tizimi faoliyatini kuchaytiradigan moddalar.
2. Afferent nerv faoliyatini susaytiruvchi moddalar.
3. Afferent nervlarning faoliyatini kuchaytiruvchi (qo‘zg‘atuvchi) dorilar
MNSni qo‘zg‘atuvchi moddalar qisqacha tavsifi
Bu guruxga ximiyaviy tuzilish, olinish farmakalogik ta’siri va ishlatilishi
jixatidan xar xil dori preparatlari kiradi. SHu bilan bir katorda ushbu preparatlarni
xammasi uchun xos bulgan umumiy bir farmakologik xususicht bor ular markaziy
asab tizimining xar xil markazlariga ta’sir etish xossasiga ega. Bunday ta’sir
markaziy asab tizimini faoliyatini ragbatlarnitiradi, kuzgatadi, susaygan markazlarni
aktivlashtiradi, stemullashtiradi va fuknsiyani tiklaydi. Bundan tashkari bu
stemelatorlar markaziy asab tizimi faoliyatini tez tiklash kolilyatiga xam ega. Xatto
xayoti sunib borayotgan organizmni kayta tiklaydi. Shuning uchun bu dorilarni –
analiptiklar deb ataladi.
Lekin bu moddalar fakat kichik va urta dozalarda asab tizimini faoliyatini
kuzgatadi. Katta dozalarda esa teskari ta’sir etadi, ya’ni susaytiradi tormozlaydi.
Farmakalogiyada ushbu dorilar kuydagi guruxlari qo‘llaniladi.
1.
Antidepressantlar
2.
Kofein guruxi.
3.
Kamfora
4.
Korazol va kordiamin guruxi
5.
Strixnin guruxi
6.
Nafas markazi stimulyatorlari
7.
Xar xil stimulyatorlar.
Ta’siriga karab bu dorilar uziga xos ajralib turadi. Masalan kofein nisbatan bosh
miya po‘stlog‘i markazlarini kamfora guruxi va korozol uzunchoq miya
markazlarini, strixnin guruxi esa orqa miya markazlarini u yoki bu darajada
aktivlashtiradi.
Markaziy
asab
tizimini
stimullab
organizmda
moddalar
almashinuvini kuchaytiradi, qon aylanishini nafas va Yurak ishini yaxshilaydi,
siydik ajratish va organizmda zararli moddalarni chiqarish funksiyasini kuchaytiradi.
SHuning uchun veterinariya amaliyotida davolovchi va profilaktik vosita sifatida
patogenitik va etiotrop ta’sir sifatida keng qo‘llaniladi.
Bu dorilarni farmakologiyasini veterinariyada o‘rganishda rus olimlari katta
hissa qo‘shganlar: Zakusov, Anichkov, Raevskiy, Vershinen, Evdakimov va
boshqalar.
Antidepressantlar
Antidepressantlar deb, tushkunlik holatini susaytiradigan va oldini oladigan
dori moddalarga aytiladi. Lotincha anti-qarshi, depressus-tushkunlik, qayg‘u.
Hayvonlarda depressiya holati ularni harakatini susayishi, ishtahani yo‘qligi,
o‘sishi va mahsuldorligini pasayishi, himoya reaksiyasini susayishi, yangi ozuqa tipi
va saqlash sharoitiga tez o‘rganmaslik, oshqozon-ichak tizimi funksiyasini buzilishi
bilan ifodalanadi.
Ta’siri. Organizmda noradrenalin, dofamin, sirotonin kabi neyromediatorlar
ta’sirini kuchaytirib, MNS dagi mediatsiya protsessini yaxshilaydi va qo‘zg‘atuvchi
ta’sir qiladi. CHorvachilikda antidepressantlar hayvonlarni yangi yashash sharoitiga
adaptatsiya qilishda, yangi ozuqa tipiga o‘tkazishda, hayvonlarga qaraydigan yangi
xizmatchilarni almashtirishda qo‘llaniladi.
Asab tizimiga ta’siri bo‘yicha 2 guruhga bo‘linadi.
1.Monoaminoksidaza
fermenti
aktivligini
susaytiradigan-
nialamid,
transamin.
2. Monoaminlar ta’sirini oshiradigan moddalar: imizin, iprazid, amitriptimin.
Asosan hayvon ozuqalariga qo‘shib beriladi.
Kofein guruxi
1.Kofein –Coffeinum. Alkoloid, choy daraxti bargida va kofe daraxti
mevasida 2-3% saqlaydi, yana sintetik yo‘l bilan olinadi. 1819 yili Runge tamonidan
kashf qilingan.
Ta’siri. Kofein murakkab ta’sir mexanizmga ega, uni ta’sir doirasi keng, ko‘p
organ va tizimlarga xilma-xil ta’sir ko‘rsatadi.
1.Mosh miya po‘stlog‘i markazlari kuchli ta’sir ko‘rsatib, uni psixomotor
faoliyatni aktivlashtiradi, miya xo‘jayralariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, miya
po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonini kuchaytiradi. Katta dozalarda miya po‘stlog‘i
kuchli qo‘zg‘alib, bezovtalanish va uyqusizlikka olib keladi. bu ta’sirdan amaliyotda
kechasi dars tayyorlashda, kechasi mashina xaydash yoki kechasi ishlaganda
foydalansa bo‘ladi.
2.Kofein uzunchoq miyadagi nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni
qo‘zg‘atib
uni
funksional
faoliyatini
oshiradi.
Jumladan
nafas
olishni
chuqurlashtiradi, o‘pkada gaz almashinuvini yaxshilaydi. Kofein bu ta’siri jismoniy
charchash holatida, nafas olish susayganda aniq namoyon bo‘ladi. Masalan odam
ishlaganda, sport bilan shug‘ullanganda charchaysiz, shunda choy yordam beradi.
Kofein stimullovchi ta’sirini namoyon qiladi.
3.Yurak-qon tomir tizimi kofein ta’sirida turli xil o‘zgarishga uchraydi.
Kofein Yurakka bevosita ta’sir etib, Yurak qisqarishlar sonini oshiradi, ish ritmi
yaxshilanadi. Qon –tomirlarga ikki xil ta’sir ko‘rsatadi jumladan, ichki organlar va
teri tomirlarini qisqartirsa, skelet muskullari, Yurak, buyrak, o‘pka va karonar
tomirlarni kengaytiradi.
4.Kofein ta’sirida oshqozon va ichaklar motorikasi kuchayadi, ular muskul qavati
spazmi bushashadi. SHuning uchun oshqozon va ichak kasalliklari foydasi katta.
5. Siydik ajralishini kuchaytiradi. Buyrak qon tomirlari kengayishi xisobiga
birlamchi siydik filtratsiyasi kuchayadi,organizmdan xloridlar, azotli maxsulotlar va
zaharli moddalar ajralishi tezlashadi. M: alkogolni chiqishini.
6. Kofein organizmni immun aktivligini oshiradi.
Qo‘llanishi: davolovchi va profilaktik vosita sifatida bosh miya po‘stlog‘i va
tomirlarni
harakatlantiruvchi
markazlarni
stimullashda;
Yurak
faoliyatini
yaxshilashda; isitmalarda, charchoqda umumiy holatni tiklash uchun; organizm
rezistentligi susayishi va nerv tizimi ish faoliyatini susayishi bilan kechadigan barcha
yuqumli va yuqumsiz kasalliklarda yakka yoki boshqa dorilar bilan; miya ,Yurak,
buyrak tomirlari spazmida tomirlarni kengaytirishda; narkotik va boshqa zaharlar
bilan zaharlanishda Yurak, buyrak shishlarida siydik haydovchi sifatida, ichak
spazmlarida, tug‘ruqdan keyingi falajlarda.
Doza teri ostiga qoramol, ot -2,0-5,0 , chuchqa, quy- 0,5-2,0 , it-0,1-0,3
Kamfora guruxi
Kamfora ham kamfora daraxtidan va sintetik olinadi. Achchiq taamli va o‘ziga
xos xidli, spirtda va moyda eriydi.
Ta’siri. 1. Mahalliy ta’siri . teriga va shilliq pardalarga surtilganda ularni
qitiqlaydi, giperimiya chaqiradi, terida sovuqlik seziladi, moddalar almashinuvi
tezlatib, yallig‘lanish mahsulotlarini surilishini kuchaytiradi va yallig‘lanishga
qarshi va antimikrob ta’sir etadi.
2.Teri orqali yuborilganda tez so‘rilib, reflektor ravishda markaziy asab tizimini
qo‘zg‘atadi, ayniqsa uzunchoq miyadagi markazlarni.
Jumladan, nafas olish kuchayadi, o‘pkada gaz almashinuvi yaxshilanadi, Yurak
va qon tomir faoliyati yaxshilanadi, qon bosimi ko‘tariladi, Yurak, miya, buyrak qon
tomirlari kengayadi. Isitmalarda periferik tomirlarni kengaytirib antiseptik ta’siri
tufayli haroratni tushiradi shamollaganda.
Qo‘llash. Umumiy qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida nafas olish susayganda, qon
aylanishi buzilishlarida, uzoq davomli intoksikatsiya va infeksiyalar tufayli umumiy
kuchsizlanishda, qon bosimi kuchli pasayganda va Yurak faoliyati susayishlarida,
isitmalarda, maz shaklida shikastlanishlarda, muskullar, bo‘g‘im va elin
yallig‘lanishlarida.
Hayvonlarga suyishdan oldin qo‘llash taqiqlanadi, hidi go‘shtda saqlanadi.
YOsh hayvonlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi, sezuvchanlik yuqori.
20% kamfora –teri ostiga qoramol, ot-20,0-40,0, quy-3,0-4,0, chuchqa4,0-6,0, it-
1,0-2,0.
Korazol va kordiamin
1.Korazol –oq poroshok, suvda spirtda yaxshi eriydi, “B”-ro‘yxatda 10%
eritma, tabletka xolda ishlab chiqariladi.
Ta’siri. U mahalliy ta’siri yo‘q organizmda tez buziladi 3-4 soat ta’sir
kursatadi. Kichik dozalarda markaziy asab tizimi, xususan uzunchoq miyani
qo‘zg‘atadi. Natijada nafas tezlashadi, qon bosimi kutariladi (pasaygan bo‘lsa) yurak
ishi yaxshilanadi, ko‘ndalang targ‘il muskullar tonusi oshadi. Katta dozalarda
markaziy asab tizimi juda kuchli qo‘zg‘atadi, qaltirash kuzatiladi.
Qo‘llash. Kasalliklar natijasida yurak-qon tizimi susayishlari. Yurak o‘tkir
etishmovchiligida, shok va qon bosimi pasayganda, narkotik va uyqu chaqiruvchi
dori bilan zaharlanishda.
Hayvonlar og‘iz orqali, teri ostiga va venaga yuboriladi.
Doza.teri ostiga otlarga 0,3-2,0, qoramol 0,2-1,5, chuchqa 0,005-0,03, it 0,05-0,1.
2.Kordiamin-rangsiz suyuqlik. O‘ziga xos hidli 25% li eritma.
Ta’siri. Korazol kabi lekin kuchsiz.
Qo‘llash. O‘tkir va surunkali qon aylanishi buzilishlari Yurak o‘tkir
etishmovchiligida, narkotik va uyqu chaqiruvchi dorilar bilan zaharlanganda, ichak
intoksikatsiyalarida.
Doza: teri ostiga, ot, qoramol 10-20 ml, chuchqa, quy 2-4 ml, it 0,5-1,5.
Strixnin guruxi
Alkoloid, Afrika va Janubiy Amerikada o‘sadigan kuchala daraxtidan olinadi.
“A”ro‘yxatda oq kristall poroshok, achchiq taamli, suvda qiyin eriydi.
Ta’siri. Kichik dozalarda kuchli samarali stimulyator, markaziy asab tizimini
qo‘zg‘atadi ayniqsa orqa miya markazlarini. sezgi organlari (eshitish, ko‘rish, xid
bilish) faoliyatini kuchaytiradi, Yurak, qon-tomir ishini yaxshilaydi, modda
almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimi ko‘tariladi, skelet muskullari tonusini
oshiradi, ovqat hazm qilish organlari ishini yaxshilaydi, modda almashinuvini
tezlashtiradi, siydik ajralishini kuchaytiradi.
Katta dozalar kuchli zahar hisoblanadi.
Qo‘llash. Orqa miya bilan bog‘liq shol va falajlanishlarda, sezgi organlari
faoliyati susayganda, nafas, Yurak-qon tomir,hazm tizimi faoliyatini yaxshilashda,
antidot sifatida narkotik va uyqu chaqiruvchi dorilar bilan zaharlanganda.
Doza. Teri ostiga, ot-0,02-0,1; qoramol- 0,03-0,1; quy, chuchqa-0,002-0,004; it -
0,0005-0,001.
Nafas markazi stimulyatorlari
Hamma markaziy asab tizimiga qo‘zg‘atuvchi dorilar nafas olishni aktivlashtiradi
lekin sitizin va lobelin kuchli ta’sirga ega.
1.Sitizin-Cytisinum oq poroshok, suv va spirtda yaxshi eriydi. Amaliyotda
0,15% suvli eritmasi qo‘llaniladi.
Ta’siri. Venaga yuborilgan nafas olishni tezlashishiga va qon bosimi kuchli
samarali ko‘taradi.
Qo‘llash. Asfiksiyada, nafas olish susayganda, shok va kollaps xolatda qon bosimini
tiklash maqsadida.
Doza. venaga ot 5-10 ml, it-1-2 ml.
2.Lobelin –oq poroshok, achchiq ta’mli amaliyotda 1% suvli eritmasi
qo‘llaniladi. Lobelin nafas markaziga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, qon bosimini
ko‘taradi. U og‘ir yuqumli kasalliklarda, nafas olish susayganda, asfiksiyada,
narkotiklar bilan zaxarlanishlarda venaga yuboriladi.
Doza: ot, qoramol -0.003-0.1, itlar-0.003-0.005
Har xil qo‘zg‘atuvchilar
Bu moddalar har xil o‘simlik va hayvonot dunyosida olinadi. Kerakli natija
olish uchun bu moddalar uzoq muddat qo‘llaniladi, lekin organizmda tobelik
chaqirmaydi.
1.Jenshen-o‘simlik nomi Xitoy tilida jen-odam, shen-ildiz, ya’ni insonga
o‘xshash ildiz. Bu ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, Xitoy, Shimoliy Koreya, Rossiyaning
uzoq sharq viloyatlarida o‘suadi. Uning ildizi farmakologik axamiyatga ega. Ildizida
bir necha ta’sir etuvchi moddalar: efir moylari, pektin, glikozidlar, panatsen,
panaksin, ginzenin va radiy elementi saqlaydi. Bu moddalar MNS ga stimullovchi
xususiyatga ega.
Spirtli nastoyka holida qo‘llanilsa susaygan nerv sistemasi va muskullar
faoliyatini tiklaydi, modda almashinuvini tezlashtiradi, organizmni tetiklashtiradi,
ishtaxani ochadi.
Jenshen umumiy kuchsizlanishlarda, jigar, buyrak, Yurak-tomir buzilishlarda
qo‘llanadi.
2.Limonnik mevalari - Koreya, Mongoliya, Uzoq Sharqda o‘sadi. Mevalari
farmakologik axamiyatga ega.Mevasida organik kislotalar, efir moylari, temir
tuzlari, marganets, kremniy, fosfor va kalsiy saqlaydi.
M.N.S ni qo‘zg‘atadi, qon aylanishini aktivlashtiradi, modda almashinuvchini
tezlashtiradi,
qonda
qand
miqdorini
oshiradi,
organizmni
tetiklashtiradi.Stimullovchi modda sifatida umumiy kuchsizlanishlarda qo‘llaniladi.