MARKAZIY ASAB TIZIMINI SUSAYTIRUVCHI MODDALAR
Reja:
1. Markaziy asab tizimi faoliyatini susaytiruvchi moddalar
2.Narkoz uchun ishlatiladigan moddalar
3. Tinchlantiruvchi anestetik moddalar va ularning antogonistlari.
4. Uxlatuvchi moddalar. Neyroleptiklar
Tayanch tushunchalar:
Markaziy nerv tizimiga ta’sir etadigan vositalar, susaytiruvchilar, narkoz uchun
ishlatiladigan vositalar, grekcha narke, narkosis– bexushlik, karaxtlik, Narkoz
davrida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar, Narkoz turlari. Noingalyasion
narkotiklar.
Markaziy nerv tizimiga ta’sir etadigan vositalar
Ma’lumki, nerv tizimi odam va hayvon organizmida asosiy tizimlardan biri
hisoblanadi. Zero u butun organ va tizimlar faoliyatini boshqaradi va nazorat qilib
turadi.
Nerv tizimi uchta qismdan iborat;
1.Markaziy nerv tizimi
2.Vegetativ nerv tizimi- efferent
3.Sezuvchan nervlar-afferent
Barcha dori moddalari kelib chiqishi, ximiyaviy va fizikaviy xossalari, qo‘llash
usuliga qaramasdan ozmi-ko‘pmi markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu
moddalar markaziy nerv sistemasiga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki egri yo‘llar bilan
amalga oshadi.
Markaziy nerv tizimiga ta’sir etuvchi moddalar ta’sir mexanizmiga qarab 2
guruhga bo‘linadi.
I.Susaytiruvchilar
1.Narkoz chaqiruvchilar
2.Spirtlar
3.Uxlatuvchi vositalar
4. Neyroleptiklar
5.Qaltiroqqa qarshi modda
6. Tinchlantiruvchilar
7.Umumiy og‘riqsizlantiruvchilar
8. Isitma tushuruvchilar
II.Qo‘zg‘atuvchilar
1.Kofein
2.Kamfora
3.Korozol va kardiamin
4. Strixnin
5.Antidepressantlar
6.Nafas stimulyatorlar
7. Xar xil stimulyatorlar
Narkoz uchun ishlatiladigan vositalar.
Bu guruxni umumiy og‘riq qoldiruvchilar – umumiy anestetiklar deb ataladi.
Chunki ularni qaysi yo‘l bilan organizmga yuborilsa, narkoz holati qo‘zatiladi.
Narkoz so‘zi grekcha narke, narkosis– bexushlik, karaxtlik so‘zlaridan olingan.
Narkoz-bu es-xush vaqtinchalik yo‘qolib, og‘riq va boshqa sezgilar
bilinmasligi, skelet mushaklari bo‘shashishi va erkin harakatni yo‘qolishi bilan
ifodalanadi.
Bu moddalar kichik dozalarda uyqu chaqiruvchi, katta dozalarda narkoz
chaqiruvchi ta’sir etadi.
Qadim zamonlardan biri narkotik holatni yuzaga keltirish uchun har xil
moddalar qo‘llanib kelingan, lekin 1846 yil 16-oktyabrda e’lon qilindi. Tish doktori
Morton 1 chi bo‘lib efirni narkotik ta’sirini namoyish qildi. 1847 yilda J.Simpson
xloroformni yosh bolada qo‘llab, operatsiya o‘tkazdi. 1847 yilda Nikolay Pirogov 1-
chi bo‘lib efirni hayvonlarda narkotik ta’sirini kuzatgan.
Narkoz organizmda 4 bosqichdao‘tadi.
1-bosqich. Analgeziya davri. Bunda mol bir oz bexushlanadi, og‘riq sezish
yo‘qola boshlaydi, organizm bo‘shashadi.
2-bosqich. Qo‘zg‘alish davri. Narkoz vaqtida mol tabiiy bo‘lmagan harakat
qilishi, ko‘z qorachig‘i kengayishi, og‘zidan suv oqadi, qusish mumkin.
3-bosqich. Xirurgik narkoz davri. Bunda yuqoridagi qo‘zg‘alishlar pasayib,
mol tinchlanadi, muskullar tonusi bo‘shashadi harakat va ba’zi reflekslar yo‘qoladi,
nafas, puls sekinlashadi. Narkotik modda qonda konsentratsiyasi oshgan sari nerv
sistemasi faoliyati ko‘proq susayadi va hayvon uyquga uxshash tinch holatga o‘tadi.
4-bosqich. Tiklanish davri. Narkotik moddalarni organizmga yuborish
to‘xtatilgandan so‘ng uni qonda konsentratsiyasi kamayib borgan sari uyg‘onish
boshlanadi.
Narkoz davrida organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlar
Bunda muskul tonusi, reflekslar asliga keladi. Sezgi paydo bo‘ladi.
Narkoz vaqtida MNS ning hamma bo‘limi falajlanadi, lekin uzunchoq miya
ozroq, qaysikim nafas olish va Yurak ishini ta’minlaydi.
Narkozda hamma organ va to‘qimalar funksiyasi pasayadi, ovqat hazm qilish,
buyrak faoliyati sekinlashadi, bachodan bo‘shashadi, fermentlar aktivligi susayadi,
qon bosimi pasayadi.
Narkoz ahamiyati. Narkoz yo‘li bilan veterinariyada murakkab va uzoq
muddatli operatsiyalar o‘tkaziladi, narkozdan keyin kesilgan joyni tuzalishi
tezlashadi, maxsuldorlik pasaymaydi, nerv xo‘jayralari tez tiklanadi.
Qarshi ko‘rsatma. Oriq, bo‘g‘oz, Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas
organlari kasalliklarida so‘yiladigan hayvonlarga qo‘llash taqiqlanadi.
Narkoz turlari.
1.Oddiy narkoz- bunda bitta narkotik modda qo‘llaniladi.
2.Aralash narkoz- bir necha narkotik moddalar aralashtirilib qo‘llaniladi.
3.Kombinatsiyalashgan narkoz- narkotiklar organizmga har xil yo‘llar bilan
yuboriladi.
4.Potensirlangan narkoz- bunda narkotik modda ta’siri cho‘zilib, ziyonli ta’siri
kamaytiriladi.
Noingalyasion narkotiklar
Amaliyotda hayvonlarga ko‘pincha noingalyasion narkotiklar qo‘llaniladi. bu
moddalar og‘iz orqali, in’eksiya yo‘li bilan rektal yo‘l bilan yuboriladi.
Bu yo‘llar bilan yuborish shu bilan qulayki, bunda uzoq muddat narkoz berish
uchun kutilgan natija beradi. Hayvonni tez vaqt ichida narkozlash mumkin.
Hayvonni uzoq vaqt fiksatsiya qilib turilmaydi. Preparatlari ko‘p.
1.Xlorgidrat-Chloratum hydratum. Rangsiz, yaltiroq kristaldir, o‘tkir xidli,
achchiq ta’mli (B gruppasida) suvda yaxshi eriydi.
Ta’siri. Maxalliy ta’sirga ega. Teriga 5-20% li eritmasi uzoq ta’sirlantirilsa
yallig‘lanishga olib keladi. 3-5% li eritmalari ichirilsa, qusish va ich ketish chaqiradi.
Teri ostiga yuborilganda to‘qimalarda nekroz va yallig‘lanish chaqiradi. Qonga
so‘rilgach, markaziy nerv sistemasida to‘planadi va avval bosh miya, keyin orqa
miya, agar doza oshirilsa uzunchoq miyani falajlaydi.
Venaga yuborilganda qo‘zg‘alish bosqichisiz susayish, uyqu va narkoz
chaqiradi.
Narkoz bir necha minutdan keyin boshlanib, 1 soat davom etadi. Narkozdan
keyingi uyqu-6 soat.
Qo‘llash. Narkoz chaqiruvchi modda sifatida otlar, cho‘chqalar,itlar,
quyonlarga qo‘llaniladi. qoramollarga qo‘llash xavfli.
Hayvonlarga vena tomiriga 5-10% li eritma shaklida to‘g‘ri ichakka ham 7-10%
eritma shaklida shilliq moddalarga aralashtirib yuboriladi.
Tinchlantiruvchi, qaltiroqqa qarshi, uyqu chaqiruvchi dori sifatida kuchli
qo‘zg‘alishlarda, bachodon va to‘g‘ri ichak chiqqanda, sanchiqlarda, siydik pufagi
va ichak sfinktirlari spazmida, kaprostazlarda .
2.Geksanal-Hexenalum. Oq poroshok, suvda yaxshi eriydi.
Ta’siri .tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi, katta dozalarda narkoz chaqiradi.
Qo‘llash. Narkotik sifatida chuchqalar, qo‘y-echki va bazan itlarga vena yoki
qorin bo‘shlig‘iga 2-5% li eritma holida qo‘llaniladi.
3.Tiopental-natriy-Thiopentalum-natrium-oq sariq rangli poroshok,suvda
eriydi.
Tiopental –tez ta’sir etuvchi narkotik. U go‘shtxur hayvonlar uchun yaxshi
narkotik, venaga, muskulga va teri ostiga.
Ingalyasion narkotiklar
Bu moddalar oson parlanuvchi suyuqliklar (xloroform,efir, ftarotan) va
gazlardan (sikropropan, azot oksidi, uchxloretil) iborat.
Bu moddalar faqat ingalyasiya yo‘li bilan yuboriladi. Bu moddalar
yuborilganda narkoz holatini boshqarish oson.
1.Xloroform-Chloroformium-rangsiz uchuvchan suyuqlik, shisha idishda
saqlanadi.
Ta’siri. Nafas yo‘llarida retsepttorlarini qitiqlaydi va yaxshi so‘riladi, rezorbtiv
ta’sir etadi.
Qora mollar sezuvchanligi yuqori, shuning uchun ularga qo‘llanilmaydi. Ot,
chuchqa, itlar uchun yaxshi narkotik Yurak-tomir sistema sezuvchan oshsa qon
bosim tushadi, Yurak to‘xtaydi.
Qo‘llash. Narkoz chaqirish uchun chuchqa, itlar ba’zan otlarga ingalyasiya
yo‘li bilan yuboriladi. Maska yordamida. Tashqi tomonga og‘riqsizlantiruvchi
sifatida
shikastlanishlar,
muskul
yallig‘lanishida,
bug‘in
revmatizmida,
nevralgiyalarda linement shaklida qo‘llaniladi.
2. Efir-Aether-rangsiz, tiniq, oson uchuvchan suyuqlik. YAxish yopiladigan
shisha idishda saqlanadi.
Ta’siri. Xloroform kabi, lekin zaharligi sust qitiqlovchi ta’siri kuchli.
Qo‘llash. CHuchqa, it, mushuklar uchun ingalyasiya yo‘li bilan yuboriladi.
Efir ba’zan tinchlantiruvchi vosita sifatida qaltiroqlarda M.N.S kuchli
quzg‘alishlarida qo‘llaniladi.
Neyroleptik moddalar
Neyroleptiklar- M.N.S ni ichki va tashqi qitiqlovchilarga reaksiyasini
susaytiruvchi moddalar. Bu dorilar o‘z ta’sirini hayvonlarni nevroz va salbiy
emotsional holatlarida yaxshi namoyon qiladi. Neyroleptiklar ximiyaviy tuzilishi
bo‘yicha turli gruppalari mavjud.
1.Fenotiazinlar
2.Tioksanterlar
3.Butirofenal
Neyroleptiklar ta’sirining eng asosiysisi bu tinchlantiruvchi ta’siri va bir vaqtda
o‘zida
hamma
qitiqlovchi
ta’sirotlar:
notinchlik,
vahshiylik,
qo‘rquv
chaqiruvchilarga reaksiyani susaytiradi. Katta dozalarda uyqu chaqiruvchi ta’sir
etadi, hatto narkotik ham ta’sir etadi.
Ba’zilari esa xolinergitik va adrenergitiklar aktivligini hamda serltonin,
gistamin aktivligini kamaytiradi.
Neyroleptiklar davolash va profilaktika maqsadlarida hayvonlarni salbiy
emotsional holatlarida hamda narkotiklarni ta’sirini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
1.Aminazin-Aminazinum. Oq poroshok, suvda, spirtda yaxshi eriydi. “B”
ro‘yxatda.
Aminazin-aktiv neyroleptik preparat bo‘lib, M.N.S va periferik nerv
sistemasiga sezilarli murakkab ta’sirga ega. U katta yarimsharlar po‘stlog‘iga
keladigan impulslarni susaytiradi yoki yo‘qotadi. Hayvonlarga maxsus ta’sir etib
xarakat aktivligini kamaytiradi. Agar doza kuchaysa bu ta’sir ham kuchayadi,
hayvonlar tinch uxlaydi, gavda muskullari bo‘shashadi, qitiqlovchilarga reaksiya
kamayadi, stress holatidan chiqadi.
Yana spazmalitik,gipotermik, qusishga qarshi va qaltiroqqa qarshi ta’sirga ega,
hayvonlardagi qo‘rquv, vahima, vaxshiylik holatlari yo‘qoladi.
Hayvonlarga og‘iz orqali, teri ostiga, muskulga va venaga yuboriladi.
Qo‘llash. Hayvonlarni stress holatlarida davolash va profilaktika uchun, salbiy
emotsional holatda glyukoza yoki Vit A,V guruh bilan qo‘llansa samara yuqori
bo‘ladi. Uni yana analgetik ta’sirini, narkotiklar ta’sirini uzaytirish, organizmni
sun’iy sovutish, tug‘ishda og‘riqni kamaytirish, kamfora va nikotinni toksik ta’sirini
olish uchun qo‘llaniladi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Yu.. “Farmakologiya fanidan amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar»
Toshkent, 1995 y.