MARKAZIY OSIYO UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTI
REJA:
1. O‘rta Osiyoga kirib keladigan sinoptik jarayonlar.
2. O‘rta Osiyoning tekislik qismi iqlimi.
3. O‘rta Osiyoning tog‘li qismi iqlimi.
Qishda
O‘rta
Osiyoning
shimoli-sharqida
Osiyo
maksimumi-Sibir
antitsikloni, yozda juda qizib turadigan cho‘llar ustida termik depressiya vujudga
keladi. YOzda quyosh O‘rta Osiyoning janubida gorizont ustidan 760 gacha
ko‘tariladi, qishda Quyosh eng past turgan paytda ham tush vaqtida 280 dan pastga
tushmaydi. Quyosh yoritadigan davr juda uzoq bo‘lib, u O‘rta Osiyoning barcha
tekislik qismida o‘rta hisobda 1500-3000 soat davom etadi, Termizda esa 3059
soatga barobardir.
O‘rta Osiyo Evrosiyo materigining markazida, okean va ochiq dengizlardan
minglab kilometr uzoqlikda joylashgan tipik berk o‘lkadir. O‘rta Osiyo geografik
o‘rni jihatidan asosan subtropik zonadadir. Aniqroq qilib aytganda, mo‘htadil
mintaqaning subtropiklarga o‘tuvchi o‘tkinchi zonasida joylashgan. Bu o‘znavbatida
iqlimini shakllanishida o‘ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi.
Iqlim hosil qiluvchi omillarni, havo massalarining almashinishini ehtiborga
olsak (O‘rta Osiyoda yozda issiq tropik havosi, qishda sovuq mo‘htadil mintaqa
havosi bilan almashinadi) bu hududni subtropik oblastlar qatoriga qo‘shish mumkin.
Qishda
O‘rta
Osiyoning
shimoli-sharqida
Osiyo
maksimumi-Sibir
antitsikloni, yozda juda qizib turadigan cho‘llar ustida termik depressiya vujudga
keladi. Katta cho‘llar bilan azim tog‘ tizmalari bir-biriga yaqin turganligidan
hududning iqlimi juda xilma-hil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.O‘rta Osiyo iqlimi
hususiyatiga ko‘ra juda quruq va issiq cho‘l, umumiy hususiyatlariga ko‘ra bir-
biridan katta farq qiluvchi tog‘ va baland tog‘ iqlimlari ajratiladi. Demak, O‘rta
Osiyo iqlimida uning geografik o‘rni bilan birga, atmosfera sirkulyasiyasi, relg‘ef
sharoiti katta ahamiyatga ega. Umuman olganda O‘rta Osiyoning bu holatdan kelib
chiqadigan iqlimi quruqligi va kontinentalligi bilan ajralib turadi. SHu o‘rinda
iqlimdagi kontinentallikni sutkalik, oylik va fasliy harorat amplitudalarini katta
bo‘lishi bilan tavsiflash mumkin.
O‘rta Osiyoning shimol va g‘arb tomonining ochiqligi shu yo‘nalishdagi havo
massalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududga kirib kelishi uchun sharoit yaratadi. Qishda
shimoli-sharqdan kirib keluvchi Sibir (Osiyo) antitsikloni tomonidan sovuq Sibir
havosi, shimoldan arktika havo massalari kirib kelib toki janubgacha etib boradi. Bu
vaqtda o‘lkadagi havo harorati pasayib, qattiq knlar bir necha haftagacha cho‘zilib
ketadi. Bu havo massalarida namlikning kamligi yog‘insiz ob-havoga sabab bo‘ladi.
Biroq, shimol va shimoli-sharqdan kelgan havo hudud ustidagi havoni yuqoriga
ko‘tarib, ulardagi namlikni yog‘inga aylanishiga sabab bo‘ladi. YOzda esa cho‘llar
ustidagi past bosim natijasida arktika havosi ahyon-ahyonda bu hudsdlarga kirib
kelishiga, tekislikning issiq quruq havosini bir oz namga to‘yintirib, haroratini
pasaytirib ketadi. Tog‘larda bu vaqtda kuchli yog‘inlar yog‘adi.
Qishda O‘rta Osiyoning janubi chegaralarida qutbiy front paydo bo‘ladi.
Qutbiy front Eron territoriyasidagi iliq tropik havo massalarini O‘rta Osiyo va undan
shimolroqda bo‘lgan rayonlarni egallab yotgan sovuq havoli mintaqadan ajratib
turadi. Bu front zonasida shiddatli silon harakati boshlanadi. Siklonlarning iliq
sektorida nam tropik havo bo‘ladi. Bu nam topik havo O‘rta Osiyoga kirib kelaganda
engilligi sabali yuqoriga ko‘tarilib soviydi, uning nisbiy namligi ortib, yog‘in
yog‘adi. YUqoridagi sabablarga ko‘ra, O‘rta Osiyoda eng ko‘p yog‘in O‘rta dangiz
bo‘yi o‘lkalari kabi qish va bahorda, yahni siklon harakatlari kuchaygan vaqtda
yog‘adi.
YOzda cho‘llar nihoyatda qizib, past bosim vujudga keladi. O‘rta Osiyoga
O‘rta dengizdan va Atlantika okeanidan g‘arbiy havo oqimlari kelib tursa ham,
siklonning faoliyati susayib, yozgi qurg‘oqchilik boshlanadi, chunki, O‘rta Osiyoda
ham janubdagi Eron cho‘llarida ham harorat taxminan bir hil bo‘ladi. Harorat bir xil
bo‘lganligi uchun havodan qarama-qarshi harakat bo‘lmay, front yo‘qoladi va
yog‘inlar deyarli yog‘maydi. Bu vaqtda O‘rta Osiyo tekisliklarida issiq va quruq
Turon tropik havosi hosil bo‘lib, termik depressiya vujudga keladi. Tropik havo juda
quruq va chang to‘zonli bo‘lib, harorati yuqoridir. YOzda haroratning bunchalik
baland ko‘tarilishiga sabab hududning quyi geografik kengliklarda joylashganligidir.
YOzda Quyosh O‘rta Osiyoning janubida gorizont ustidan 760 gacha ko‘tariladi,
qishda Quyosh eng past turgan paytda ham tush vaqtida 280 dan pastga tushmaydi.
Bundan mahlum bo‘ladiki, quyosh yoritadigan davr juda uzoq bo‘lib, u O‘rta
Osiyoning barcha tekislik qismida o‘rta hisobda 1500-3000 soat davom etadi,
Termizda esa 3059 soatga barobardir. Qishda kunning kalta va havoning ko‘proq
bulutli bo‘lishi tufayli Quyosh yoritadigan davr yozga ancha qisqadir, yozda bu davr
uzoq bo‘lganidan O‘rta Osiyo respublikalarini haqli ravishda serquyosh o‘lkalar
deyiladi. Quyosh uzoq vaqt yoritganligi natijasida hudud quyosh issiqligini ko‘p
oladi. Jumladan, har bir kvadrat sm gorizontal maydon Toshkentda yil davomida
136 000 kaloriya issiqlik oladi. Faqat iyul oyining o‘zida esa 20000 kaloriyaga yaqin
issiqlik oladi. Bunday sharoitda issiqsevar paxta, jut, kanop, sholi va turli hil mevalar
etishtiriladi, bahzi ekinlardan esa ikki martadan hosil olinadi.
YOzda Atlantika okeanidagi baland bosimli Azor maksimumi kuchayib,
uning bir tarmog‘i janubiy Evropa orqali sharq tomonga tarqaladi, baland bosimli
Azor maksimumining bu tarmog‘idan paydo bo‘lgan oqim O‘rta Osiyoga shimoli-
g‘arbiy shamollar tarzida kirib keladi. Yil fasllariga qarab Arktika va tropik havo
massalari almashinib turishi orqasida qish fasli yoz faslidan keskin farq qiladi.
Hududning geografik o‘rnini ehtiborga olganda qish iliq bo‘lishi lozim bo‘sa ham,
lekin haqiqatda sovuq bo‘ladi. Biroq sovuq muttasil bo‘lmaydi, chunki uni g‘arbiy
siklonlar ilitib turadi; yoz muttasil issiq, nihoyatda quruq, uzoq va havo ochiq
bo‘ladi. Bulardan tashqar, O‘rta Osiyo iqlimiga hos hususiyatlardan yana biri yil
fasllarining bir mehyorda bo‘lmasligi va befarq birdaniga tez o‘zgarishidir. Masalan,
rutubatli sovuq qishdan keyin tezda issiq va seryomg‘ir bahor, so‘ngra birato‘la
jazirama issiq va quruq yoz boshlanib ketadi. Bunday o‘zgarishlar bahzan yozdan
kuzga, kuzdan qishga o‘tishda ham kuzatiladi.
O‘rta Osiyo tekisliklariga yog‘in juda kam yog‘adi. Qishda shimoli-sharqdan
va shimoldan, yozda, asosan, shimoli-g‘arbdan esuvchi shamollar deyarli yog‘in
keltirmaydi. O‘rta dengiz, Kavkaz va Mesopotamiya tomonidan esadigan g‘arbiy va
janubi-g‘arbiy shamollargina bu erlarga yog‘in keltiradi. O‘rta Osiyoning
okeanlardan uzoqligi va nam havo massalarining yo‘l-yo‘lakay tutilib, namini ancha
yo‘qotib kelishi yog‘inlarning ahyon-ahyonda va oz yog‘ilishiga sabab bo‘ladi.
O‘rta Osiyoning Hind okeani tomoni baland tog‘lar bilan o‘ralganligi ham
yog‘inlarning kam yog‘ishiga sabab bo‘ladi. O‘rta Osiyoda yog‘ingarchilikning
nihoyatda oz bo‘lganligi va yoz kunlarining bulutsiz, jazirama issiq bo‘lganligi
tufayli bu o‘lkada ulkan cho‘l va chala cho‘llar vujudga kelgan.
O‘rta Osiyoning tog‘li o‘lkalarida iqlim tekisliklaridan birmuncha
boshqachadir. Tog‘ tizmalarining yo‘nalishi, baland tog‘lar, hullas, ayrim-ayrim
tog‘li o‘lkalar o‘ziga hos iqlimni vujudga keltirgan. Toqqa ko‘tarilgan sari havo
bosimi va harorat pasayadi; yog‘inlar, ayniqsa qor mahlum balandlikkacha ko‘p
yog‘adi, qor bosib yotish davri uzayadi va qor er yuzasini yoppasiga qoplab oladi,