MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, FUNKTSIYaLARI VA TURLARI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
22,3 KB
MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, FUNKTSIYaLARI VA
TURLARI
Reja:
1. Marketingning asosiy tamoyillari
2. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni
3. Marketingning vazifalari
4. Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari.
2.1.
Marketingning asosiy tamoyillari
Marketingning asosiy tamoyillari:
1. Iste’molchiga yo’naltirilganlik.
2. Kelgusiga yo’naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo’ljalni olgan bo’lishi
kerak.
3. Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo’naltirilganlik.
Marketing faoliyati natijasi o’lchamli bo’lishi kerak (bozor ulushi, sotish hajmi,
foydaning o’sishi).
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi
holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga
mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib
chiqadi:
iste’molchilarga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish kerak;
bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn
muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashkil
etish kerak;
firmani
ishlab
chiqarish-eksport
faoliyatining
oxirgi
natijalariga
kontsentrlashganini kuchaytirish;
marketing kontseptsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini
shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks
yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab
olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor
talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;
korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini
bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali
kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish;
tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar
taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo
koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imiji (obro’yi) va raqobatli afzallikni qidirish va
shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka
intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga
moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha
asosiy tamoyillari kelib chiqadi:
iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi sxohdir;
istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga
yo’naltirilgan bo’lishi zarur;
pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor
hissasini, foydani oshishi va hokazolar.
2.2. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni.
Marketing kontseptsiyasini olib borish uchun marketing funktsiyalarini amalga
oshirish orqali hal etiladi. Marketing funktsiyalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
marketing tadqiqotlari;
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
sotish va taqsimot funktsiyasi;
tovarni siljitish;
narxni tashkil etish funktsiyasi;
marketing-menejment funktsiyasi.
1. Marketing tadqiqotlari funktsiyasida:
xalqaro bozorni tahlil etish;
sotish bozorini tadqiq etish;
iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
marketing operatsiyalarini o’rganish;
axborot to’plash va qayta ishlash;
marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
raqobatlarni o’rganish;
benchmarketing;
talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o’rganiladi.
Tahliliy funktsiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati,
iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning
ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan
omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va
boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot,
texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan
omillar kiradi.
2. Mahsulot yaratish funktsiyasi orqali marketing faoliyatida yangi
mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab
chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar
siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.
3. Sotish funktsiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab
chiqish, savdo-taqsimot tarmog’i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va
omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini
fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o’rganiladi.
4. Tovarni siljitish funktsiyasi natijasida sotishni rag’batlantirish va reklama
siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag’batlantirishni samarali instrumentlarini
asoslash; tovarni siljitish to’g’risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki
firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag’batlantirish; pablik rileyshnzni
tashkil qilish va boshqalar to’liq o’rganiladi.
5. Narxni tashkil etish funktsiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va
taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun
yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o’zgarishi
mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx
belgilash kabilar hal etiladi.
6. Marketing-menejment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil
etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish,
marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit,
marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o’rganadi.
Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish,
kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan
birga amalga oshiriladi.
Marketingning funktsiyalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa
funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyalari xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga
oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. SHuning uchun ham marketing funktsiyalari
doimo o’zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va
rivojlanishiga ta’sir etadi.
2.3. Marketingning vazifalari.
Marketing
-
bozorda
vujudga
keladigan
iqtisodiy
munosabatlarni
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini
yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda
moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni
vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish
va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni
o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash;
narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni
o’rganish;
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini orttirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun
ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;
tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;
tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan
iboratdir.
2.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki
talabga ta’sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta’sir qanday bo’lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish barajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. SHunday qilib
holatlarning har biriga mos keladigan marketing turlari quyidagilar.
Konversion marketing - salbiy talabni bosib o’tishga yordam beradi, ya’ni yo’q
joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to’g’risidagi yolg’on
ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda
sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo’ldi. Xaridorlar buni tezda
qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga
keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
Rag’batlantiruvchi marketing - talabni uyg’otadi, tovarlar xaridorni
qiziqtirmasa va bugungi kunda o’z qiymatini yo’qotgan bo’lsa, tovarlar noto’g’ri
joylashtirilgan bo’lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo’lmasligi
mumkin. Bunday sharoitda rag’batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi
bilan tovar o’rtasida foydali o’zaro aloqa o’rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan
va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir.
Potentsial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda
Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potentsial talabni real talabga
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni