Matеmatik raqamlarni yozish
MAQSAD: Talabalarni matеmatik raqamlar bilan tanishtirish. Ularning matеmatik
raqamlar va amallarni grafik jihatdan to`g`ri yozish malakalarini rivojlantirish.
Dars mеtodi: gеnеtik mеtod.
Dars jihozi: matеmatik raqamlar va amallar tasvirlangan ko`rgazma, xattaxta.
Mashg`ulot rеjasi:
Talabalarni matеmatik raqamlarning guruhi bilan tanishtirish va husnixat
daftarida yozishni mashq qilish.
Arifmеtik amallar(qo`shish, ayirish, bo`lish, ko`paytirish) ini qoidaga muvofiq
yozishni mashq.
Matеmatik raqamlarni xattaxtada yozishni mashq qildirish.
Mashg`ulot mazmuni:
Talabalarni matеmatik raqamlar guruqi bilan tanishtirish. Ularning yozilish
qoidasi bilan tanishtirish.
Matеmatik raqamlarni o`xshash qismlari orqali guruhlash ustida ishlash:
1-guruh:1, 4, 7
2-guruh: 2, 5
3-guruh: 6, 8,9
Talabalarga matеmatik raqamlarni qismlarga ajratish topshirig`i bеriladi.
Xattaxtada matеmatik raqamlarni yozish tartibi ko`rsatiladi. Shundan so`ng
arifmеtik amallarni husnixat bilan yozish mashqi o`tkaziladi.
1 + 4 = 5 7 - 2 = 9 6 + 8 = 14
7 – 1 = 6 5 – 2 = 3 9 – 4 = 5
Talabalar husnixat mashqini tugatishgach, ularning ishlari baholanadi.
Matematika darslarida beriladigan topshiriq va masalalarda raqamlarni
to’g’ri va chiroyli yozishga o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Matematika daftarida yozuv mashqlari bajarishda o’qtuvchi bolalarda
charchash alomatlari sezilishi bilan, barmoq muskullarini o’stiruvchi jismoniy
mashqlarni bajartirish lozim.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning barmoq va qo’l muskullari yaxshi
rivojlanmaganligini hisobga olib, oddiy katak daftarga (5*5mm) yozdirish talab
etiladi. Bunday kataklar ichida raqamlarni yozishga o’rgatish va boshqa
matematik yozuvlarni bajarish ancha oson.
O’quvchilarni raqamlarni yozishga o’rgatish jarayonida ko’zlangan
maqsadga erishish uchun yozuv mashqlarini to’g’ri tashkil etish va uning
uslublaridan to’g’ri foydalanish lozim. Bolalarni raqamlarni to’g’ri yozishga
o’rgatishda mustaqil va amaliy ishlarga ham alohida e’tibor berish lozim. Chunki
o’quvchilar harflarni bo’yash , kataklarga joylashtirish orqali ham yozuv
malakasini egallashga o’rganadilar.
Yozuv mashqlariga o’xshash matematik raqamlarni yozish uchun ham qator
tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish lozim. Bunda o’qituvchi har bir raqam katak
ichida qanday joylashishini, qanday elementlardan iborta ekanligini, yozilish
harakatini doskada ko’rsatib berishi har bir raqam katak ichida qanday holatda
turishini amaliy ko’rsatib berishi lozim.
Har bir katak tik va ko’ndalang chiziqlarning kesishishidan hosil bo’ladi.
Bolalarga ham tik va ko’ndalang chiziqlar mavjudligini aytib, ayrim elementlarini
yozishda “tik” va ko’ndalang chiziqlarga e’tibor berishlari eslatib o’tiladi.
Matematika daftariga raqamlarni yozishdan oldin quyidagi tayyorgarlik
mashqlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bu mashqlar bolalarning qo’l va barmoq muskullarini o’stirish bilan birga
ularni kataklar orasini chamalab yozishga o’rgatadi.
Bolalar bilan tayyorgarlik mashqlarini o’tkazish vaqtida kataklarning “o’ng”
va “chap” tomonlari “pastki” “ustki” “ko’ndalang” chiziqlar “tik” chiziqlar haqida
ham tushunchalar beriladi.
Bolalar bilan kataklarni teng bo’laklarga bo’lish, kataklarning o’rtasini
topish uchun quyidagicha mashqlarni o’tkazish lozim.
Bu mashqlar bolalarga ayirish, qo’shish tenglik belgilarini to’g’ri yozishga
yordam beradi.
Tayyorgarlik mashqlari tugagandan so’ng o’quvchilarni raqamlarni yozishga
orgatiladi.
Raqamlarni to’g’ri yozish uchun quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1. Hamma raqamlar kataklar ichida to’ldirib bir tomonga qiya qilib yoziladi.
2. Raqamlarning eni balandligining 2/3 qismida yoziladi.
3. Har bir raqamni yozdirishdan oldin u qanday elemantlardan tuzilganligini
va yozilish harakatlarini doskada amaliy ko’rsatiladi.
4. Namuna tarzida yozib ko’rsatilayotgan raqam doskada katta hajmda
bo’lib, har bir o’quvchiga ko’rinib turishi lozim.
5. O’quvchining o’qituvchining ko’rsatmasi asosida havoda mashq
qilganlaridan so’ng yozishga ruxsat etiladi.
6. O’quvchilarning yozgan raqamlarini o’qituvchi muntazam kuzatib,
tegishli yordam berib borishi zarur.
Ayrim o’qituvchilar raqamlarni yozish qoidalarini o’zlari ham bilmasliklari
mumkin, shuning uchun biz quyida raqamlarni qanday yozilish qoidalarini
ko’rsatib o’tamiz.
1-Raqami ikki tayoqchadan iborat bo’lib, uzun tayoqcha daftar katagining
yuqori burchagidan pastki ko’ndalang chiziqning o’rtasigacha qiya qilib
tushiriladi. Kichik tayoqcha bilan uzun tayoqcha , qo’l harakatini uzmasdan bir
butun shaklda yoziladi.
2-Raqami yozuvdagi so’roq belgisiga o’xshash bo’lib, bir butun shaklda
yoziladi, pastki to’lqinsimon chizig’i daftar pastki chizig’ining ustida joylashadi.
Uni tuguncha yoki to’g’ri shaklida yozish mumkin emas.
3-Raqami ikki elementdan, ustki va pastki yarim chiziqlar hamda doiralarda
iborat bo’lib, qo’l harakati uzilmay bir- biriga bog’lab yoziladi. Bu raqamni
yozishda uning qiyaligiga e’tibor berish lozim.
4-RaqamI uch element “tayoqcha” lardan iborat bo’lib, uchinchi tayoqchani
yozishda qo’l harkati uziladi. Uning birinchi tayoqchasi daftar katagining yuqori
chizig’iga o’rtasidan boshlanib, bir tomonga qiya holatda katakning o’rtasidan bir
oz pastroqqa tushiriladi va o’ng tomoga qo’l harakatini uzmasdan ko’ndalang
chiziq chiziladi.
5-Raqami uch elementdan iborat bo’lib, birinchi kichik yoy shaklidagi
elementi yoziladi, so’ngra kichik tayoqcha va o’ng yarim doira shaklidagi
elementlari qo’l harakatini uzmasdan bog’lab yoziladi.
6-Raqami bir butun shaklda yoziladi u chap yarim cho’zinchoq doiaradan
iborat.
7-Raqami uch elementdan iborat bo’lib, kichik to’lqinsimon chiziqdan
iborat. Kichik ko’ndalang tayoqcha, uzun tayoqchaning teng o’rtasida bo’lishi
shart.
8-Raqami, kichik va katta cho’zinchoq doiralardan iborat bo’lib, butun
shaklda qo’l harakatini uzmay yoziladi.
9-Raqami kichik cho’zinchoq doira va o’ng yarim cho’zinchoq doiradan
iborat bolib, bir butun shaklda yoziladi.
0-nol alifbodagi “o” harfi shaklida quyidagicha yoziladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha qoidalarni o’qituvchi koundalik dars
jarayonida o’quvchilarga eslatib ko’rsatib borish lozim.
Har bir o’quvchi raqamlarni qayerdan boshlashni katak ichida qanday
joylashtirish, qayerda tugashini yaxshi o’rganib olgan taqdirdagina xatoga yo’l
qo’ymaydilar.
O’quvchilar oddiy katak daftarga o’tganlaridan so’ng raqamlarning o’lchami
maydalashib boradi, chunki misol va masalalarni yechishda raqamlar bir- biri
bilan qo’shilib ketmasligi kerak. Shuning uchun raqamlarni katak daftarning
ko’ndalang chizig’i ustida yozish mashq qildiriladi.
Matematika darslarida ham yozuvning sifat va samaradorligini oshirish
uchun umumiy metodik, gigiyenik va kallografik talablar qo’yiladi.
Maktab dasturida ko’rsatilganidek, bolalarning yozuvlari toza, aniq va
chiroyli bo’lishi kerak.
Bu talabni har bir o’quvchi yaxshi bilishi va esdan chiqarmasligi kerak,
shundagina “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunni bajargan bo’lamiz.
Savol va topshiriqlar
1. Matеmatik raqamlarning birinchi guruhiga qaysilar kiradi?
2. Matеmatik raqamlarni husnixat bilan yozish qaysi sinfda o`rgatiladi?
3. Matеmatik raqamlar uchun ko`rgazma tayyorlang.
Adabiyotlar ro`yxati:
1.Q.Abdullaеva va boshqalar. Savod o`rgatish.,T.,1996
2. Y.Abdullaеv .Hamrohim.,T, 1997.
3. Y.Abdullaеv. Sovg`a.T., 1998.
4. Y.Abdullaеv, Sh.Yo`ldoshеva. Yangi alifbo va imlo.T, 2000.
5. Husnixat daftari. 1-4-sinf uchun.T., 2000