Matematikadan integrativ o‘qitish samaradorligini oshirish omili sifatida
Yuklangan vaqt
2025-08-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
2,4 MB
Matematikadan integrativ o‘qitish samaradorligini oshirish omili sifatida
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH
I
BOB.
BOSHLANGʻICH
SINF
MATEMATIKA
DARSLARIDA
INTEGRATIV
USULLARDAN
FOYDALANISH
METODIKASINING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida integrativ yondashuv asosida darslarni
tashkil etishning ahvoli
1.2. Boshlangʻich sinf matematika darslarida integrativ metodlardan foydalanish
II
BOB.
BOSHLANGʻICH
TAʼLIMDA
INTEGRATIV
TAʼLIM
METODLARINING AMALIY ASOSLARI
2.1. Boshlangʻich sinf darslarini integratsiyalashgan holda tashkil etish
2.2. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda
interfaol metodlardan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ta’limning interaktiv kursi ko‘rgazmali ta’lim
tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida
ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi. Ko‘rgazmali ta’lim
tizirni turli xildagi turlar, shakliar, usullar, obyektlar asosida qurilgan. Integratsion
kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim tizimida tavsiflanadi. 1
Bilimning integratsiyalashgan (ko‘rgazmali) tarrnog‘ida integratsiyalashning
usul va vositalari: ta’lim rejasidagi o‘qitish joyida vaqtning hajmiga qarab, shu
kursni to‘la o‘zlashtrish vaqti o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi - ko‘p
maqsadli va rang-barangliligi hamda ko‘p funksiyaga egaligi bilan tavsiflanadi.
Integratsiyalovchi ta’lim kursining yo‘nalishlari:
• ko‘p predmetlilik - bunda (ikki yoki undan ortiq) fundamental fanlarni
qiyoslash;
• chegara fanlar asosida - yangi fanlarni vujudga keltirish, buning asosida
yangi tabiiy hamda ilrniy fanlar vujudga keladi;
• asosiy (o‘zak) fanlar - zamonaviy bilirnlarning hamma tarmoqlariga singib
ketuvchi fanlar va umumiy ilmiy tushunchalar, qoidalar va nazariyalardir;
• kompleks obyektlarni o‘rganish, bu - «koinot», «odam», «muhit» degan
tushunchalarni birlashtirish;
• mahalliy (tabiiy-ilmiy bilimlar) va global (muhim) muammolar - ilmiy,
ekologik, polietnik, sanoat va marnlakatning madaniy rivojlanishi bilan millatning
bugungi kundagi tutgan o‘rni chambarchas bog‘liq;
• faoliyat asosida - o‘quv-tarbiya faoliyatining har xii ko‘rinishlari, ya’ni
kitoblar, kuzatishlar, tajribalar, bilim, mahorat va ko‘nikrnalar;
• tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlariga bo‘lgan shaxsiy munosabatni
shakllantirish: ko‘rgazmalar asosida integratsiya, didaktik tizimda (o‘qituvchi va
o‘quvchining faoliyati);
1 Nurmanov M., Ikromov M., Boynazarov F Yangi pedagogik texnologiya asoslari T.: 2007 yil 21. Perelman Y.I
Qiziqarli matematika T. Sharq.2014yil.86-bet
• ko‘rgazmali yondashishga olib keluvchi metodlar va usullar - evristik
suhbatlar (savol-javob uslubi), rejali boyitadigan suhbatlar, ekskursiyalar, ijodiy
ishlar, mustaqil ishlar, antomimika, sahna ko‘rinishlari, namunali qiroat bilan
o‘qish, insho yozish, diktant, bayon yozish, matematik masalalarni yechish;
• tabiat va inson yagona tizimi va o‘zaro aloqada faoliyat ko‘rsat ish hamda
insonning yer kurasida yasab qolishi uchun ilmiy asoslangan foydalanishni tashkil
qilishi zarurligi;
• ilmiy o‘rganishni insonparvariashtirish jarayoni ijtimoiy gumanitar, tabiiy-
amaliy va texnik fanlar metodlarining o‘zaro ta’siri, ilmiy faoliyatning gumanitar-
shaxsiy metodlari sohalarida ifodalandi; 2
Kurs ishining maqsadi: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida integrativ
darslarni tashkil etish metodikasini tadqiq qilish, umumlashtirish hamda
tizimlashtirishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida integrativ
darslarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida integrativ
darslarni tashkil etish metodikasi bilan tanishtirishning mazmuni, usullari va bu
jarayonga ta’sir etuvchi omillar.
Kurs ishining vazifalari:
– boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida integrativ yondashuv asosida darslarni
tashkil etishning ahvolini o‘rganish.
– boshlangʻich sinf matematika darslarida integrativ metodlardan foydalanish.
– boshlangʻich sinf darslarini integratsiyalashgan holda tashkil etish.
– boshlang‘ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda
interfaol metodlardan foydalanish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalangan adabiyotlar
ro‘yxati.
2 Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan amaliy
mashg‘ulotlar Jizzax, 2006 yil 98-bet
I BOB. BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
INTEGRATIV USULLARDAN FOYDALANISH METODIKASINING
NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida integrativ yondashuv asosida darslarni
tashkil etishning ahvoli
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmonlarida “hayotga kirib
kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning ta’lim–
tarbiyasini barpo etayotgan yangi O‘zbekiston talablariga mos holda sifat jihatdan
yuqori pag‘onaga ko‘tarish”, ayniqsa yosh avlodimizning integrativ yondashuv
asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurlarini shakllantirish,
mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro
maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash ularning
bandligini ta’minlash, hayotga o‘z o‘rnini topishi, jamiyatning munosib a’zolariga
aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi dolzarb ekanligi
ta’kidlangan. Mazkur muammoni hal etishda uzluksiz ta’lim turlari ayniqsa, o‘rta
ta’lim maktablari (boshlang‘ich sinflari) da darslarni fanlararo tashkil etish
salmoqlidir.3
Zero, o‘rta ta’lim o‘quv dasturlariga hayot va kelajak faoliyat uchun zaruriy
bilimlar bilan qurollantiradi, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi,
o‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida aqliy qobiliyatlarini o‘stiradilar, ilmiy
salohiyatlarini
yuksaltiradilar,
jismoniy
kuchlarini
rivojlantiradi,
ilmiy
dunyoqarashlari tarkib toptib, zamonaviy bilimlarni puxta egallashlariga xizmat
qiladi. Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurlarini
shakllantirish
jarayonlarini
takomillashtirib,
uning
talimiy-tarbiyaviy
yo‘nalishlarini modernizatsiya qilish dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.
Yuqoridagilarni
e’tiborga
olib,
O‘zbekiston
Respublikasi
oliy
ta’lim
3 Jumayev M. E., Tadjieva Z. G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi T.: 2005 yil 79-bet
muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini
shakllantirishga katta e’tibor bermoqlikni davrning o‘zi ko‘rsatmoqda. Integrativ
yondashuvlar asosida darslarni tashkil etish muammolari yuzasidan R.Safarova,
A.Musurmonov, P.Musayev, A.Ch.Choriyev, A.A.Salomov, B.Abdullayeva kabi
o‘zbek olimlari ham ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu va boshqa tadqiqot
ishlarida fanlararo aloqadorlikning turli yo‘nalishlari va tamoyillari, ularning o‘quv
jarayonida muayyan fanlarni o‘zlashtirishda qo‘llanilishi, o‘quv fanlariaro
aloqadorlik asosida tanlangan ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar ilmiy-amaliy
jihatdan hal etilgan.
Jumladan, V.N.Fedorova o‘z tadqiqotlarida fanlararo aloqadorlikning o‘quv
jarayoni samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlarini ko‘rsatib, o‘quv
fanlariaro aloqadorlik tabiiy fanlar bilan atrof-muhit hodisalarini o‘zaro
aloqadorlikda va izchillikda ifodalashning didaktik sharti sifatida namoyon bo‘lishi
asoslarini tarkib toptirishning pedagogik, psixologik, metodik jihatlari tadqiq
qilingan. O‘quvchilarda matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
asosida uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tadqiqotchi olimlar turli
yo‘nalishlarda tahlil qilganlar. Chunonchi, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkinlar matematik
bilimlar asosida o‘quv jarayonini faollashtirish, M.K.Ashirova matematikaning
boshqa fanlar bilan fanlararo aloqadorligi xususiyatlari A.M.Matyushkin,
V.T.Kudryavtseva, L.S.Vigotskiy, B.G.Ananev, G.F.Fedores matematik ko‘nikma
va malakalarni fanlararo aloqadorlikda shakllantirishning psixologik shart-
sharoitlari, o‘quvchilarda bilishni takomillashtirishning qonuniyatlarini o‘z
tadqiqotlarida ochib berganlar. Integrativ yondashuv asosida bo‘shlang‘ich sinf
o‘quvchilarda matematik tassavurlarni shakllantirishda quyidagi ahamiyatga molik
vazifalar turibdi:4
1. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik
tasavvurlarini shakllantirish metodikasi mavzining dolzarbligini aniqlash o‘rganish
zaruriyatini asoslash;
4 Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan amaliy
mashg‘ulotlar Jizzax, 2006 yil 98-bet
2. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik
tasavvurlarini shakllantirish metodikasi mavzida chop etilgan darsliklar,
qo‘llanmalar, monografiyalar, turli ilmiy darajalarni olish uchun yozilgan
dissertasiyalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish;
3. Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik
tasavvurlarini shakllantirish borasida faoliyat olib borgan olimlar, fan doktorlari va
nomzodlari faoliyatini o‘rganish va o‘rganilmagan jihatlarini aniqlash;
Shunday ekan bu vazifalarni og‘ishmasdan bajarishimiz va o‘quvchilar
savodxonligini
matematik
bilimlarini
yanada
rivojlantirishimiz
lozim.
Boshlang‘ich sinflarda har bir o‘qituvchining dars berishi, alohida olingan
integratsiyaning bir usuli deb qarasak, fanlararo aloqadorlikni ilmiy jihatdan
asoslash maqsadida uning metodologik-didaktik infratuzilmasini vujudga keltirish,
ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan
holda o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash lozim. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos
keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini
o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. U bolalarga matematika, o‘qish, tabiat
haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni va yana ko‘pgina narsalarni o‘rgatadi.
O‘qituvchi o‘zining kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. 5
Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o‘qituvchi (ta’lim
berish) va o‘quvchi (ta’lim olish) harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi.
Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun,
vositalar, natijalar, nazorat. Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash
asosida o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, sabab-oqibatli bog‘liqliklarini
tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi, masalan, o‘qish darslarida qish fasliga doir she’r
yoki matnni o‘qishdan oldin o‘qituvchi mavzuni tabiatshunoslik bilan bog‘liqligi
haqida “tabiatshunoslik darsida biz qish faslida bo‘ladigan tabiat hodisalarini,
undagi o‘zgarishlarni o‘rganadilar. Ushbu she’r (matn) da ham xuddi shu holat
5 Jo‘rayev R. Zunnunov A. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash T.: Sharq, 2005 yil 187-bet
tasvirlangan” degan fikr bilangina cheklansa, unda o‘quv fanlari o‘rtasidagi
bunday aloqadorlik faqat tashqi xususiyatga ega bo‘ladi, tasavvurlar va reproduktiv
harakatlar darajasida qoladi. 6
Boshlang‘ich ta’limdagi o‘qish darslarini ona tili, odobnoma, shuningdek,
rasm, tabiatshunoslik, mehnat fanlari bilan bog‘lab o‘quvchilarning tassavurlarini
boyitish joiz. Chunki bunday darslar o‘quvchilarni ijod qilishga, mustaqil
fikrlashga o‘rgatadi. Xulosa qilib aytganda, o‘quv fanlariaro aloqadorlik hodisasi
murakkab va serqirra didaktik jarayondir. Fanlararo aloqadorlikning falsafiy asosi,
fanlar va ilmiy tushunchalarning o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi har zamonda
ta’limning asosini tashkil etadi va ta’limning taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Mazkur muammoni hal etishda uzluksiz ta’lim turlari ayniqsa, o‘rta ta’lim
maktablari (boshlang‘ich sinflari) da darslarni fanlararo tashkil etish salmoqlidir.
Zero, o‘rta ta’lim o‘quv dasturlariga hayot va kelajak faoliyat uchun zaruriy
bilimlar bilan qurollanadilar, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar,
o‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida aqliy qobiliyatlarini o‘stiradilar, ilmiy
salohiyatlarini
yuksaltiradilar,
jismoniy
kuchlarini
rivojlantiradilar,
ilmiy
dunyo‘qarashlarini tarkib toptirib faol bilimlarni puxta egallashlariga xizmat qiladi.
Shunga asosan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurlarini
shakllantirish, yanada takomillashtirib, uning talimiy-tarbiyaviy yo‘nalishi
yoshlarni barkamol insonlar qilib voyaga etkazishga qatilgan bo‘lib, ularga
matemetik tasavvurlarni shakllantirish boshlang‘ich sinflarda zarurat hisoblanadi.
Integrativ yondashuvlar asosida darslarni tashkil etish muammolari yuzasidan
R.Safarova,
A.Musurmonov,
P.Musayev,
A.Ch.Choriyev,
A.A.Salomov,
B.Abdullayeva kabi o‘zbek olimlari ham ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu
va boshqa tadqiqot ishlarida fanlararo aloqadorlikning turli yo‘nalishlari va
tamoyillari, ularning o‘quv jarayonida muayyan fanlarni o‘zlashtirishda
qo‘llanilishi, o‘quv fanlariaro aloqadorlik asosida tanlangan ta’lim mazmuniga
qo‘yiladigan talablar ilmiy-amaliy jihatdan hal etilgan.
6 Nurmanov M., Ikromov M., Boynazarov F Yangi pedagogik texnologiya asoslari T.: 2007 yil 21. Perelman Y.I
Qiziqarli matematika T. Sharq.2014yil.86-bet
1.2. Boshlangʻich sinf matematika darslarida integrativ metodlardan
foydalanish
Pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini
ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir.
1. Pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
2. Natijalarni oldindan ko‘ra bilish;
3. Rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar
bajariladi.
Bu bosqichda o‘qituvchining mustaqil, shu bilan birga o‘quvchi bilan
hamkorlikda o‘quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida
loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o‘rin tutadi. Loyihalar predmet va uning
yo‘nalishiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. 7
Loyihalarda pedagog tomonidan quyidagi faoliyatlar namoyon bo‘ladi:
- ketma-ket amalga oshiriluvchi va tashhisning qo‘yilishi yakunlanuvchi
tahliliy faoliyat;
- oldindan ko‘ra bilish va loyihalash.
Tashhis, oldindan ko‘ra bilish va loyihalash har qanday pedagogik vazifani
hal etishning ajralmas uchligi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi oldindan qog‘ozda
taqvim-reja, qisqacha yozma bayon sifatida aks ettriladi. Strategik, taktik va
operativ vazifalarning samarali hal etilishi loyihalash texnologiyasining sifatiga
bog‘liq.
O‘quv dasturi yoki o‘quvchi shaxsi ta’lim mazmunini loyihalashning asosi
bo‘lib, bu vaziyatda o‘qituvchi pedagogik faoliyat, maqsadi va sharoitlarga
muvofiq holda o‘quvchilarga nimani taqdim etish xususida mustaqil qaror qabul
qiladi.
Qaror qabul qilish jarayonida quyidagilarni hisobga olish maqsadga
muvofiqdir:
1. O‘quvchilar tavsiya etilayotgan ma’lumotdan nimani va qanday hajmda
o‘zlashtirishlari zarurligi;
7 Jumayev M. E., Tadjieva Z. G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi T.: 2005 yil 79-bet
2.
O‘quvchilarning dastlabki tayyorgarlik darajasi, ularning
o‘quv
ma’lumotlarini qabul qilish imkoniyatlari;
3. O‘qituvchining kasbiy mahorati, shuningdek, ta’lim muassasasi moddiy-
texnik bazasi.
Bu o‘rinda o‘quv ma’lumotlarini loyihalash texnologiyasi muhim o‘rin tutadi.
Unda:
– o‘quvchilarga taqdim etiladigan materiallar;
– o‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun beriladigan vazifalar;
– o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan ma’lumot (bilim) turlari o‘z aksini
topadi.
Agar pedagog faoliyati o‘quvchilarning talablarini qondirish, ya’ni yakuniy
maqsadlarga qaratilsa, u holda pedagog yaxlit pedagogik jarayonni yoki alohida
dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalashda ham qiyinchilikka duch kelmaydi.
Muayyan o‘quv mashg‘uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi
bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1. Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi o‘quv predmetining
mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir manbalarni
o‘rganish, chunonchi, materiallarni yig‘ish va ularning g‘oyasi bilan ularda ilgari
surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.
O‘quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar mohiyatini
o‘rganib chiqish o‘qituvchi uchun o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etilayotgan mavzu
xususida ularga batafsil, mukammal ma’lumotlarni bera olish, ta’limning umumiy
jarayonini tasavvur etish imkonini beradi.8
2. Bu bosqich o‘quv predmetining mavzusi yuzasidan yagona, umumiy
maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo‘limlar bo‘yicha hal
etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim maqsadiga erishish yo‘lda
ijobiy hal etib borilishi lozim bo‘lgasn vazifalarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi.
Ta’lim maqsadi va vazifalarining aniq, puxta belgilab olinishi o‘qituvchi,
8 Nurmanov M., Ikromov M., Boynazarov F Yangi pedagogik texnologiya asoslari T.: 2007 yil 21. Perelman Y.I
Qiziqarli matematika T. Sharq.2014yil.86-bet
shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini muayan yo‘nalishga solish, ta’lim maqsadiga
erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud sart-
sharoitlardan oqilona foydalanishga zamin hozirlaydi. Bosqich natijasi o‘quv
predmetining mavzusi bo‘yicha yagona, umumiy hamda xususiy maqsadlar,
shuningdek, vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi.
“Fikriy hujum” metodi
Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini
ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash
inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni
to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida
paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi. “Fikriy hujum”
metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va
sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga
nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni
rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning
mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu
metoddan foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘larnining
kengligiga bog‘liq bo‘ladi.9
“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 15
nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg‘ulot
bir saotga qadar tashkil etilishi mumkin. “Yalpiy fikriy hujum” metodi
Ushbu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n
(20-60) nafar o‘quvchilardan iborat sinflarda qo‘llash mumkin. Metod o‘quvchilar
tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga
xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15
daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy
vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan
biri axdorot beradi.
9 Jo‘rayev R. Zunnunov A. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash T.: Sharq, 2005 yil 187-bet
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi Ye.A.Aleksandrov tomonidan
asoslangan hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. Metodning mohiyati
quyidagidan iborat:
– jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
– o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani
ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning
shiddatli
hujumi”
metodidan
foydalanishga
asoslangan
mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida
biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi
(topshiriqlar hal etilishi);
4-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish;
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni
ularning to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va
ravshan bayoni etilishi kabi mezonlar asosida baholash;
6-bosqich: Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan
bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida
yagona xulosaga kelish.10
10 Jo‘rayev R. Zunnunov A. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash T.: Sharq, 2005 yil 187-bet
II BOB. BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA INTEGRATIV TAʼLIM
METODLARINING AMALIY ASOSLARI
2.1. Boshlangʻich sinf darslarini integratsiyalashgan holda tashkil etish
Respublikamizda mustaqillik yillarida kadrlar tayyorlash va ta’limni tashkil
etishning jahon standartlariga javob beradigan samarali tizimi yaratildi va bugungi
kunda ham oliy ta’limni modernizatsiyalashga davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimida yanada rivojlanish
chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-2909-son qarori, 2017 yil 27-iyuldagi “Oliy
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada kengaytirish choratadbirlarlari
to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori, 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PQ-3775-son qarori qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari bolalar tarbiyasi jarayonida o‘z ishini puxta biladigan,
malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog-kadrlarni jalb
qilgan holda, ularni go‘daklardan fikr va tafakkurni to‘g‘ri shakllantirib bormasak,
kelajakda yuksak saviya, bilim va ma’naviyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni
tarbiyalash, yosh avlodni tarbiyalashning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich
ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiliщi lozimligini ta’kidlaganlar.
Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ushbu vazifalarni hal etish uchun
tashkiliy jihatdan ham, mazmuniy jihatdan ham boshlang‘ich ta’limning integrativ
xarakterini, o‘zining bo‘lajak kasbiy faoliyatining integrativ yo‘nalganligini aniq
his qila olishi zarur. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
tayyorgarligida integratsiyalash zarurati unda kasbiy kompetentlikni shakllantirish
samaradorligini belgilab beruvchi asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, integrativ yondashuv nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgandagina bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligi samarali bo‘ladi.
I.G.Pestalossi katta didaktik material asosida o‘quv fanlarining turli
yo‘nalishdagi o‘zaro bog‘liqliklarini yoritib berdi. Bunda u quyidagi tamoyillarga
amal qildi: shaxsning o‘z qadrqimmatini anglashi; bolani tabiat ato etgan qobiliyat
va imkoniyat asosida tarbiyalash; bolani har tomonlama tarbiya etishga qaratilgan
ko‘rgazmalilik. U bir fanning ikkinchi fandan ajratib olinishidagi alohida noo‘rin
jihatlarini ham asoslab berdi.
O‘z davrida Y.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy kabi mashhur G‘arb ilg‘or
pedagoglari ma’lum muddat ta’lim tizimida ustuvor o‘ringa ega bo‘lgan suhbatga
asoslangan metodlarni keskin qoraladilar va bu metodlarning mutlaqligini inkor
etdilar. Ular o‘z qarashlari hamda tajribalari bilan bu metodlarni amaliy va
ko‘rgazmali metodlar bilan to‘ldirish shartligini isbotlashga harakat qildilar.11
Bugungi kunga kelib, an’anaviy o‘qitish o‘rnini shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuvlar egallamoqda. Shu nuqtai nazardan qayd etish lozimki, XX asrning
yakuni texnokratik taraqqiyotga nuqta qo‘yib, gumanitar madaniyatning ibtidosiga
yo‘l ochdi. Kuch va qo‘rquv mantig‘ining ong va muhabbat falsafasiga
almashingani XXI asrning o‘ziga xos strategiyasidir. Demak, ta’lim-tarbiyada ham
amalga oshiriluvchi islohotlar mana shu mantiqqa mos tarzda, jamiyatga xizmat
ko‘rsatishi lozim. Bu o‘rinda noan’anaviy o‘qitish shakli – integratsiyaning
ahamiyati yanada oshib boradi. Negaki, integratsiyaning darajasiga qarab, uning
qo‘llanilish texnikasiga ko‘ra, amalga oshirilgan texnologiyaning istiqbolini
belgilash mumkin bo‘ladi.
Zero, integratsiya yetarlicha namoyon bo‘la olgan, turli xarakterli
mazmunning singdirilishi natijasida yangi sifatiy holatga o‘tishda asosiy omil
bo‘lib yuzaga chiqa oluvchi faktor hisoblanadi. Integratsiya chuqur, noan’anaviy
ta’lim bilan tavsiflana oluvchi, turfa xarakterdagi katta hajmli o‘quv materialining
uyg‘unlashuvini o‘zida namoyon etadi.7 Integrativ ta’limni yo‘lga qo‘yishdan
oldin, uning tasnifi – integrativ ta’limning sinflarga bo‘linishi (klassifikatsiya)
borasida ma’lum tushuncha hosil qilish lozim bo‘ladi. Pedagogika fanlari doktori,
professor R.A.Mavlonovada bu tasnif quyidagicha ifoda etiladi:
– chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar;
11 Nurmanov M., Ikromov M., Boynazarov F Yangi pedagogik texnologiya asoslari T.: 2007 yil 21. Perelman Y.I
Qiziqarli matematika T. Sharq.2014yil.86-bet
– asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar;
– umumiy ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar;
– fan evolyusiyasi bilan bog‘liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtai nazardan
o‘rganish uslublari, olamning ilmiy ko‘rinishini o‘rganish asosidagi kurslar;
– kompleks ob’ektlar asosida;
– turli muammolar asosida;
– faoliyat asosida.
Binobarin, mazkur tadqiqotda urg‘u berib qaralayotgan boshlang‘ich
ta’limdagi integratsiya o‘z atrofida: o‘qish, matematika, tabiatshunoslik, rasm,
mehnat singari o‘quv fanlari hamda ingliz tilini jamlaydi. O‘z darsini
integratsiyalashgan usulda tashkil etayotgan o‘qituvchi boshlang‘ich sinf
o‘quvchisining yoshi, aqliy rivojlanish darajasi va albatta qiziqishlari doirasiga
mos tarzda vosita va usullar tanlaydi. Integratsion dars loyihasining tematikasi
o‘quv dasturining qaysidir masalasiga tegishli bo‘lishi mumkin, bunda alohida
qaralgan iqtidorli o‘quvchilar va umuman, sinf o‘quvchilaridagi mazkur mavzu
yuzasidan o‘zlashtirish darajasini belgilovchi bilimni chuqurlashtirish, o‘rganish
jarayonini differensiallashtirish maqsad qilib olinadi. 12
Integratsiya tushunchasi quyidagi ikki xil jarayon sifatida talqin etiladi:
birinchidan, tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning
bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon;
ikkinchidan, tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni
yaqinlashtirish jarayoni. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo
aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi,
kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng
kamida ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun
shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi
darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar
orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni
ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan
12 Jumayev M. E., Tadjieva Z. G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi T.: 2005 yil 79-bet
o‘quv predmeti yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki
jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar
nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol
talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat
ko‘rsatuvchi, etuk shaxsni shakllantirishga imkon beradi. 13
Zero
u tahsil oluvchilardan
faqatgina
tahlil
qilish va
sintezlash
operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish,
algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli
aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi
yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar
o‘rganilayotgan ob’ektni barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib
(tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab etish va ularni umumlashtirish
orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni
bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki
aksincha. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini
shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va
olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidag va
predmetlararo aloqalarini o‘rnatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning
metodik asosidir.
Shunday qilib, tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar
guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Demak, darslarni integratsion shaklda tashkil etish nafaqat darsning maroqli va
sermazmun o‘tishini, balki o‘quvchilar dunyoqarashining har tomonlama
rivojlanishini kafolatlaydi. Fanlararo bog‘liqlik, fanlararo falsafiy masalalarni
shaxsan his etmay turib, o‘quvchiga integratsion mashg‘ulotni taqdim etmaslik
to‘g‘ri bo‘ladi, zero, anglanmagan integratsiya o‘quvchi ongidagi bilish jarayonini
mavhum holatga, u orqali chalkash xulosalarga taqab qo‘yadi.
13 Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan amaliy
mashg‘ulotlar Jizzax, 2006 yil 98-bet
Yechish:
Sovg`a qutisi va kub
Kalava va shar
Yo`l belgisi va konus
Finjon va silindir
G`ish va paralippiped
14
Yechish:
Ushbu minorani yasash uchun qanday shakllar kerak bo`lgan?
Javob: konus va kub.
Minorada nechta kub bor? Qanday kub ko`proq?
Javob: 9 ta kub, 3 ta yashil, 3ta qizil, 3 ta sariq.
14 Bikbayеva.N.U. Yangiboyеva E.Ya. 1- sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O‘qituvchi” , 2010 yil.
Eng balandda qanday shakl turibdi?
Javob: konus
Eng pastki qatorda nechta kub bor?
Javob: 4 ta kub
Yechish:
Bu rasmda 9 ta kub bor o`quvchilar 9 ta katakni bo`yashadi.
15
Yechish:
15 Bikbayеva.N.U. Yangiboyеva E.Ya. 1- sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O‘qituvchi” , 2010 yil.
o`quvchilar bu topshiriqda oyoqlar sonini sanash orqali aktyorlar sonini toppish
mumkinligini o`rganishadi. Aktyorlar 5 ta
2.2. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslari samaradorligini oshirishda
interfaol metodlardan foydalanish
Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan
metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini
faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni
o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal
etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Interfaol metodlar orqali
o‘quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi.
Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etilsa, o‘quvchi darsga bo‘lgan
qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati yaxshilanadi.
Interfaol usullar orqali o‘tilgan darslar o‘quvchini ijobiy fikrlashga, olingan
axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish
yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali
o‘tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki
mazmunni o‘zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni
o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har
bir ishning maqsadi bo‘lgani kabi interfaol usullarni qo‘llashdan maqsad bo‘ladi.
Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham
qiziqarli, ham mazmunli o‘tishi mumkin. Chunki, biz bilarnizki, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilar juda o‘yinqaro bo‘lishadi. Shuning uchun ham darslarni rangbarang
metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun “Ko‘paytirish jadvali”ni
tushunishida o‘quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda interfaol
metodlar orqali tushuntirilsa, o‘quvchining xotirasiga ham qolishi osonroq bo‘ladi.
Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o‘qituvchilar interfaol
metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilarniz. Oddiygina o‘qitish metodini
olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. 16
Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko‘pchiligida o‘qitish
metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo‘lib, bu
faoliyat yordamida yangi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarga erishiladi,
o‘quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi.
Darsda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu
uslublar maktab pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib
kelingan. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi:
- Dars va mavzuning maqsadlari to‘g‘ri aniq tanlanganda;
- Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
- Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni
qamrab olsa;
- Tanlagan metod o‘quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa,
o‘quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi.
Matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni
umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
Umumiy metodika boshlang‘ich sinf matematikasining mazmunini va
tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy
metodlarini o‘rgatadi.
Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish
formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Ushbu metodika
o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi.
16 Nurmanov M., Ikromov M., Boynazarov F Yangi pedagogik texnologiya asoslari T.: 2007 yil 21. Perelman Y.I
Qiziqarli matematika T. Sharq.2014yil.86-bet
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasi bir necha fanlar bilan
chambarchas bog‘liqdir.17
1) O‘qitish asosi bo‘lgan matematika bilan;
2) Psixologiya;
4) Boshqa o‘qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).
Boshlang‘ich matematika o‘qitish kursi o‘quv predmetiga aylangan.
Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining o‘qitish vazifalari:
1) ta’lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berishi kerak;
3) o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatishi kerak;
4) ta’limni insonparvarlashtirish;
5) matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-
qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko‘rsatib beradi;
6) o‘qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan V-VI
sinf matematikasi mazmuni bilan bog‘lab o‘qitishni ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan
"o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan
foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga,
kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish" kabi vazifalarni hal
qilishda yordam berishdan iborat.
Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika
boshlang‘ich kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan
belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi:
17 Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan amaliy
mashg‘ulotlar Jizzax, 2006 yil 98-bet
a) o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu
bilimlar matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot
berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi
kerak18. Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan
bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning
asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) o‘quvchilarning og‘zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish
lozim bo‘ladi;
Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi
vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
b) o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda
matematikaning
qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.
d)
o‘quvchilarda
matematik
tafakkurni
va
matematik
madaniyatni
shakllantirish. Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari,
tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga
o‘rgatadi.19
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga
quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
a) o‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish,
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,
18 Jo‘rayev R. Zunnunov A. Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash T.: Sharq, 2005 yil 187-bet
19 Jumayev M. E., Tadjieva Z. G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi T.: 2005 yil 79-bet
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan
foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning
jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga
qaratilgan.
20
Yechish
1-farq: qo`ziqorinning ustidagi chuvalchang.
2-farq: qo`ziqorinning bitta dog`i
3-farq:qo`ziqorinning o`ng tomonidagi toshlar
4-farq:maysalar
5-farq:shilliqurtning tomog`ida xoli
20 Bikbayеva.N.U. Yangiboyеva E.Ya. 1- sinf matеmatika darsligi. Toshkеnt. “O‘qituvchi” , 2010 yil.