Maxsus maktabgacha ta’limi muassasalarida lug‘at ishining nazariy asoslari
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
22,7 KB
Maxsus maktabgacha ta’limi muassasalarida lug‘at ishining nazariy
asoslari
REJA:
1.
Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin).
2.
Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi.
3.
J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi.
4.
Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish
(Dj.Bruner, M. Xelllidey).
5.
L.S. Vigotskiyning “nutq - til belgilari vositasida rivojlanuvchi o’ziga
xos faoliyat sifatida” konsepsiyasi.
6.
Inson xulq-atvorini belgili regulasiyasi (A.R. Luriya).
Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo
bо‘ladi. “Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, -
odam fazasiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qо‘shimcha
qо‘shildi”1. Bu qо‘shimcha odamda nutq paydo bо‘lishi va yangi signal tizimi
vujudga kelishidan iborat bо‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida
muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi, faqat odamga xos bо‘lgan ikkinchi signal
tizimi qaror topdi.
“Bо‘lg‘usi odamda, - deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi darajali signallar,
birinchi signallarning signallari-talaffuz etiladigan, eshitiladigan va kо‘riladigan
sо‘zlar kо‘rinishida paydo bо‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga
yetdi”2.
Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal tizimining birinchi signal
tizimi tomonidan doimo aniq impulslar bilan qо‘llab-quvvatlangandagina tо‘g‘ri
shakllanadi. Birinchi signal tizimi sezgi hosil qiluvchi signallarga ega.
Nutqning tо‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bо‘lishi
muximdir.
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. Hayotining
ikkinchi xaftasiga kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki,
bu eshituv analizatorining funksional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy
nerv tizimida eshituv dominantasi paydo bо‘la olishini kо‘rsatadi. Hayotining 2-
oyiga kelib bola sifat jihatdan har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab
ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bо‘ladi, bola 3-4 oylik bо‘lib qolganda
tovushlarning tonini ajrata boshlaydi.
Bolalarda nutqning eshitish bо‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari о‘zgarib boradi,
6,5-9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bо‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga
qaraganda yuqori bо‘ladi.
Nutqning rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab,
suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati
va lug‘at boyligini boyib borishiga yordam beradi.
Shunday qilib, bola о‘zining artikulyatsion apparat faoliyatini eshituv
analizatoridan kelayotgan signallarga bо‘ysundirish malakasini egallab boradi.
Eshituv yordamida bola atrofdagilarning nutqini idrok etadi, unga taqlid qiladi va
о‘z talaffuzini nazorat qiladi.
L.V.Neyman va V.I.Beltyukovlarning olib borgan tekshirishlarining
kо‘rsatishicha, eshituvning oz pasayishida ham (20-25 Dbdan kо‘p bо‘lmagan)
ayrim tovushlarni idrok qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Eshitishning bunday
pasayishi nutq rivojlangunga qadar yoki eng ilk rivojlanish davrida yuzaga kelsa,
odatda nutqning umumiy rivojlanmaganligiga olib keladi. Tovushlar talaffuzida
buzilishlar bо‘lar ekan, lug‘at boyligi va grammatik tuzim ham yetarli darajada
rivojlanmaydi.
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish
rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitishga ega bо‘lgan tengdoshlaridagidek
paydo bо‘ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli
asta-sekin sо‘nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq
rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bо‘g‘in va atrofdagilarning sо‘zlarini
noaniq buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan
aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda kо‘p hollarda bolalar
о‘zlarining notо‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un
bо‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.
Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan parallel ravishda
rivojlanadi. Odatda bola 4 yoshga yetganda о‘z ona tilidagi barcha fonemalarni
eshitish orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bо‘ladi.
Kо‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rol о‘ynaydi. Nutqning
paydo bо‘lishi va uning idrok qilinishida kо‘rish analizatorlarining muhim rol
о‘ynashi, tug‘ma kо‘r bolalarning kech gapira boshlaganligi bilan tasdiqlanadi.
Kо‘radigan bola gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan
kuzatadi, ularni qaytarishga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarni
yaxshi taqlid qiladi.
Bolaning rivojlanishi jarayonida kо‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar
о‘rtasida shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar bilan
doimo rivojlanib, mustahkamlanib boradi.
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqining tо‘g‘ri
shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, tо‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim-
tarbiyaga bog‘liq.
Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va
aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi.
Nutq buzilishlarini о‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal
rivojlanish yо‘lini, bu jarayonning о‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning
muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol о‘ynovchi sharoitni bilish lozim.
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu
esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni о‘z vaqtida bilish va
aniqlash uchun kerak bо‘ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 oylik bola gapirmayapti. Pedagog
bolaning normal rivojlanishida birinchi sо‘zlar qachon paydo bо‘lishini bilsa, u
holda u bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini hal qila oladi.
Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga tо‘g‘ri
diagnoz qо‘yish uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxasislar uch yoshli bolaning tovush
talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar.
Bu tо‘g‘rimi? Yо‘q, albatta. Chunki nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu
yoshda ba’zi bir tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz etish xos bо‘ladi. Bu kо‘rinish
fiziologik dislasiya deb atalib, bu shu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining
hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. Nutq kamchiliklarini bartaraf
etishda tug‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasini tuzish uchun bola nutqining
rivojlanish qonuniyatlarini yana bir karra bilish zarur hisoblanadi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha kо‘rsatadilar, ularni
har xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar.
G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:
1)
tayyorlov davri (2 yoshgacha)
2)
nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontyev bola nutqining
shakllanishini 4 davrga bо‘lib kо‘rsatadi;
1)
tayyorgarlik davri-bir 1yoshgacha;
2)
bog‘chagacha bо‘lgan davr- 3 yoshgacha;
3)
maktabgacha bо‘lgan davr-7yoshgacha;
4)
maktab davri
Bu davrlarning tо‘liq tavsifi ustida tо‘xtalib о‘tamiz. Shunday qilib, birinchi
davr-tayyorgarlik davri (bola tug‘ilgandan bir yoshgacha).
Bola tug‘ilgandan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va
yig‘idan iborat bо‘ladi. Tо‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu
qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bо‘limini (nafas olish, ovoz hosil bо‘lish,
artikulyatsion) rivojlanishida katta rol о‘ynaydi.
Ikki hafta о‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera
boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan tо‘xtaydi. Bir oyligining
oxiriga borib, uni mayin qо‘shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bо‘lib qoladi.
Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni kо‘zlari bilan
kuzatadi. Tez kundv bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda
tinchlanadi, keskin intonatsiyaga-yig‘laydi.
2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bug‘inlarning talaffuzi paydo
bо‘ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq
artikulyatsiya qilinmaydi.
Bolalarning chug‘urlashi haqida biz kо‘pgina lug‘atlardan va bolalar
nutqining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar yoritilgan istalgan adabiyotdan
umumiy ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Aniq ma’lumotlarga kelsak bizning bu
masalada nochorligimiz seziladi. Chug‘urlash ietapining rivojlanishi haqidagi aniq
va sistemali kuzatilgan ma’lumotlardan tuzilgan yagona maqola yaqini vaqtlargacha
G.Goyer (Deryagina) va A.E. Goyer (1927) tegishli edi. Bunda ham faqat bitta bola
kuzatilgan edi. Shuning uchun namoyon bо‘lgan faktlarning barchasi chug‘urlash
etapining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarga qanchalik kо‘p yoki kamroq
taalluqligini aniqlash mumkin emas va bu faktlarda shu bolaning individual
xususiyatlari ham mujassamlashganini unutmaslik kerak.
A.D. Salaxovaning tadqiqotlari tufayli biz ayni vaqtda 5 ta bolada
chug‘urlash etapining rivojlanishini sistemali kuzatishlar natijasida olingan
materiallarga egamiz.
Chug‘urlash etapining namoyon bо‘lish muddatiga kelsak, bu yerda turli
fikrlar mavjud: bir guruh mualliflar bu etap bola hayotining 2-oyi oxirlarida va 3-
oyning boshlarida namoyon bо‘ladi deb hisoblaydilar. Chug‘urlash etapining
namoyon bо‘lishi muddatini aniqlashda bunday katta farq haqiqiy chegaralarni
topishda qiyinchilik tug‘diryapti. Bu esa о‘z navbatida ilgari keluvchi gu-gulash
davri bilan chug‘urlash etapini chegaralashni mushkullashtiradi. Garchi bir qarashda
A.A. Leontyev (1965) tomonidan gu-gulash va chug‘urlash etaplari orasidagi
ma’lum farqlar tо‘g‘ri ifodalangan bо‘lsada, bu 2 nutqgacha bо‘lgan davrlar о‘tish
stadiyasida shunday qо‘shilib ketadiki, ular orasidagi chegara sayqallanib qoladi.
Darvoqe, chegaralarning bunday noaniq kо‘rinishini chug‘urlashdan haqiqiy nutqga
о‘tishda ham kuzatish mumkin: bolada hosil bо‘lgan sо‘zlar bilan bir qatorda
ma’lum vaqt mobaynida atrof olamdagi predmet va hodisalarga aloqasi bо‘lmagan
chug‘urlovchi tovushlar uyg‘unligi ham aniqlanadi. Bunday tashqari gu-gulash va
chug‘urlash etaplari orasidagi chegara singari, chug‘urlash bilan nutq orasidagi
chegara ham individualdir. Bir vaqtda har bir bolada chegara о‘ziga qarab u yoki bu
tomonda bо‘lishi mumkin.
A.D. Salaxovaning kuzatishlari bо‘yicha chug‘urlash etapi namoyon
bо‘lishining haqiqiy muddati taxminan 4 chi va 5 chi oylar о‘rtasiga tо‘g‘ri keladi.
Aynan shunday fikrni A.A. Leontyevning yuqorida keltirilgan ishida ham
kо‘rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, bola hayotining 4 chi oyi chug‘urlash
davrining boshlanishi bо‘lib sanaladi.
Bizda bir savol tug‘iladi: bola chug‘urlashi aniq nutqiy muhit bilan qanday
munosabatda bо‘ladi, ya’ni boshqacha aytganda, chug‘urlash bevosita nutqiy muhit
ta’siri ostida yoki unga bog‘liq bо‘lmagan holda rivojlanadimi? Bu savol behudaga
berilgan emas. Chunki maxsus adabiyotlarda bu masala kо‘p ma’noda tushuntiriladi.
Bir xil mualliflar, shu jumladan, V.A. Bogoroditskiy (1915) chug‘urlashni tovushlar
hosil bо‘lishi jarayonidagi bolaning «ermagi» sifatida izohlaydi. Bunda u
chug‘urlashni
nutq
organlari
bilan
о‘ynaladigan
oyoq-qо‘lini
bemaqsad
harakatlantirishiga о‘xshash deb tushuntiradi. Boshqa mualliflar, masalan, M.A.
Sikorskiy (1899) va A. Aleksandrov (1883) chug‘urlashni atrofdagilar nutqiga taqlid
«meva»si sifatida baholaydi.
Berilgan savolni yechish usullaridan biri bо‘lib, chug‘urlash etapining tovush
tarkibini aynan о‘sha nutqiy tovushlar (fonemalar) sistemasi bilan solishtirish va
taqqoslanishi hisoblanadi.
Agar chug‘urlash etapining tovush tarkibi atrofdagilar nutqiga bog‘liqligini
taxmin qilsak, uning berilgan nutqiy tovushlar sistemasi bilan mosligi eng avvalo
unli tovushlarda namoyon bо‘lishi kerak. Chunki unli tovushlar akustik
munosabatda bir muncha «yorqinroq» va undoshlarga qaraganda bir-biriga bir
muncha zidroq.
Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, chug‘urlash etapida о‘zining artikulyatsiyasi
jihatidan odamlar tilidagi tovushlarga aynan о‘xshaydigan faqat unli tovushlar
aniqlanvermaydi, balki muayyan tilga xos bо‘lmagan tovushlar ham aniqlandi.
Masalan: unli (ä), artikulyatsiyasi jihatidan ingliz tiliga yaqin (
); tovushlar orasida
о‘rtacha (i), ingliz tili uchun ham xarakterli (i); burunlashgan ya’ni
nazalizatsiyalangan tovushlar (ã),(õ)-fratsuz tiliga xos. Shuni ta’kidlash joizki,
atrofidagi tilga aynan о‘xshamaydigan, chug‘urlash etapidagi unli tovushlar miqdori,
aynan о‘xshash tovushlarga nisbatan kо‘proq.
Eng avvalo shuni aytish kerakki, rus tilidagi tovushlarga aynan о‘xshash unli
tovushlar chug‘urlash etapida tо‘liq tarkibda namoyon bо‘lgan bо‘lsa, undoshlar bu
munosabatda butunlay boshqacha. Tekshirishlarning kо‘rsatishicha, chug‘urlash
etapida qayd qilingan tovushlar ichida shipillovchi undoshlar va tish oldi, tish aro
undoshlar guruhi ham kо‘rsatilmagan. Bu hol taxminan shunday tushuntiriladi: ayni
davrda bolalarda tishlari hali chiqmagan bо‘ladi, ba’zi hollarda chiqishi ham
mumkin. Til oldi tovushlari xuddi portlovchilar va shovqinlilar singari ingliz tiliga
xos ????? chiqadi. Chug‘urlash etapining oxirlariga kelib bolada tishlar paydo
bо‘lgani bilan, til oldi tovushlar chug‘urlash etapida umuman kо‘rinmaydi. Ayrim
bolalarda bu vaqtga kelib lab-tish undoshlari paydo bо‘ladi. Demak, chug‘urlash
etapida portlovchi va shovqinlilar paydo bо‘lmaydi.
Chug‘urlash etapi rivojlanishining umumiy sxemasini taxminan shunday
tarzda berish mumkin.
Insonda nutqiy reaksiyalarning tarixiy taraqqiyoti natijasida bolaga ma’lum
miqdorda artikulyatsion rivojlanish dasturi о‘tadi. Gu-gulash davrida va chug‘urlash
etapining dastlabki bosqichlarida bu dastur bolalarning eshitishi holatiga bog‘liq
bо‘lmagan holda amalga oshadi: biz bu haqda yuqorida aytib о‘tgan edik, ya’ni gu-
gulash va chug‘urlash etapi kar bolalarda ham bо‘ladi. Chug‘urlash etapi
rivojlanishining keyingi bosqichlarida autoexolaliya mexanizmi qо‘shiladi. Bu
rivojlanishda autoexolaliya mexanizmi faqat umumiy stimullovchi rol о‘ynaydi.
Autoexolaliya, chug‘urlash etapini tovushlar zahirasi bilan boyitmaydi, chunki о‘z-
о‘ziga taqlid jarayonida bola faqat talaffuz qilganini о‘zinigina eshitadi. Chug‘urlash
etapining keyingi rivojida, ayniqsa buetapning tugashi bosqichida exolaliya
mexanizmi qо‘yiladi. Bu mexanizm, chug‘urlash etapi
rivojlanishini
umumiy
rag‘batlantirish bilan birga, ma’lum miqdorda bu etapni tovushlar zahirasi bilan
boyitadi.
Bolalarning exolalik reaksiyalari 3 xil kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. Birinchi
kо‘rinishda atrofdagilar bolaga chug‘urlashida bor bо‘lgan tovushlarni talaffuz
qiladilar. Bu holatda exolalik reaksiya bir muncha muvaffaqiyatli chiqadi. Biroq bu
reaksiyaning roli, autoexolaliyaning roli singari, chuqurlash etapining rivojlanishi
uchun faqat umumiy rag‘batlantiruvchi bо‘lib ifodalanishi mumkin.
Exolalik
reaksiyaning
ikkinchi
kо‘rinishida
atrofdagilar
bolaning
chug‘urlash etapida ayni vaqtda yо‘q bо‘lgan tovushlarni talaffuz qiladilar yoki
gapiradilar. Bu tovushlar qо‘yilgan dastur bо‘yicha ancha kechroq paydo bо‘lishi
kerak. Exolalik reaksiya nol bо‘lib qoladi, ya’ni bola bu tovushlarga umuman
ta’sirlanmaydi, agar ta’sirlansa ham u holda baribir yana chug‘urlashi tarkibidagi
tovush artikulyatsiyalariga e’tibor qiladi. Exolalik reaksiyaning bu kо‘rinishi ish
ham birinchi kо‘rinishi singari asosan umumiy rag‘batlantiruvchi rol о‘ynaydi.
Exolalik
reaksiyaning
uchinchi
kо‘rinishi
qо‘yidagicha:
bolalarga
chug‘urlash etapida yо‘q tovushlar talaffuz etiladi. Biroq bunda о‘zining akustiko-
artikulyatsion belgilari bо‘yicha atrofdagilar talaffuziga yaqin tovushlar bо‘ladi. Bu
holda bola tovush obrazining ta’siri ostida oldinga bir qadam tashlaydi, chunki uning
artikulyatsiyasi berilgan tovushga tо‘g‘ri kelishi kerak. Bunday turdagi
rag‘batlantirishlar kо‘rinishidan chug‘urlash tarkibini boyitishda birmuncha
samaralidir.
Exolalik reaksiyaning uchinchi kо‘rinishi ta’siri ostida bu etap rivojlanishi
uchun qо‘yilgan dastur, ayniqsa uning tugashi bosqichida muayyan korrektivlar
kiritilishi mumkin. A.D. Salaxova ham exolaliya hisobiga undoshlarni yumshoq va
qattiq belgisiga kо‘ra bir-biriga qarshi qо‘yib ma’lumot olgani extimoldan xoli emas.
Kо‘rinib turibdiki, chug‘urlash etapining rivojlanishida bola eshituvining roli
asosan ovoz reaksiyalarini umumiy raqbatlantirishga va bolaga nasliy berilgan
artikulyatsion programmasini ma’lum miqdorda tuzatishga olib keladi.
Bolada nutqiy rivojlanish programmasini mavjudligi haqidagi taxminlar
tо‘g‘ri bо‘lsa, u holda bu programmani amalga oshirishda muayyan qonuniyat
mavjud bо‘lishi kerak, xususan chug‘urlash etapida u yoki bu tovushlarning tartib
bilan paydo bо‘lishi singari. Biroq shu paytgacha bu munosabatda biron-bir
qonuniyatlarni aniqlash imkoni bо‘lmadi. Bolalar nutqi masalalari bilan
shug‘ullanuvchi olimlar kо‘rinishidan yakdil fikrdalar: chug‘urlash etapida hech
qanday umumiy qonuniyatlar yо‘q va nutqgacha bо‘lgan davrda tovushlar tartibsiz
paydo bо‘ladi.
R. Yakobson (1940-1942) bu borada shunday yozadi: nutq rivojlanishi
jarayonida tovushlarni tanlash bevosita tilning tabiatiga bog‘liq va muammo haqiqiy
lingvistik hisoblanadi.
Chug‘urlash etapi tovushlari masalasida shunisi xarakterliki, bu yerda ularni
о‘zlashtirish bо‘yicha hech qanday ketma-ketlikni о‘rnatishning keragi yо‘q.
Chug‘urlash etapidan nutqga о‘tish etapi asosida tovush zahirasida
yetishmaydigan tovushlarni о‘zlashtirish sodir bо‘ladi. Chug‘urlashdan nutqga
о‘tish stadiyasi haqida xuddi shu nuqtai nazarni A. Greguar (1947) ham aytib о‘tadi.
Bu nuqtai nazarni dastlab bizga ham tо‘g‘ri bо‘lib tuyulgan. (V.I. Beltyukov,
1969). Biroq ish aslida boshqacha. Kо‘pgina mualliflar ajoyib faktni kо‘rsatadilar:
bola chug‘urlash etapidan nutqga о‘tish vaqtida u yoki bu tovushlarni qandaydir
«unutadi» va ularni boshqatdan о‘zlashtirishni boshlaydi. A.D. Salaxovaning (1972)
tadqiqotlari shunga guvohlik beradiki, bu holatda faqat muayyan tovushlarni
«unutish» о‘rin olmaydi: tilning butun tovush (fonema) sistemasi shakllanishi
jarayoni qaytadan sodir bо‘ladi.
Bunga bog‘liq ravishda tabiiy savol tug‘iladi. Nutqning rivojlanishi
jarayonida chug‘urlash etapining roli qanday? Eng avvalo chug‘urlash etapi bolaning
artikulyatsion apparatini umumiy mashq qildirishni о‘z ichiga oladi. Bundan tashqari
bu etapning ahamiyati shunga olib keladiki, exolaliya va autoexolaliya asosida
muayyan motor-akustik aloqalar ishlab chiqiladi. Tо‘g‘ri, shuni unutmaslik kerakki,
bolalar artikulyatsion apparatining rivojlanishi, xususan chug‘urlash etapining
rivojlanishi jarayonida motor-akustik aloqalarning hosil bо‘lishi, harakatlar
koordinatsiyasi va idrokning eng past darajalarida sodir bо‘ladi.
Endi, chug‘urlash etapining rivojlanishida qandaydir bir qonuniyatlar
mavjudmi, degan savolga qaytamiz.
Tovushlarning alohida hosil bо‘lishi tartibi munosabati bо‘yicha bir bolaning
chug‘urlashini
2chi
bolaning
chug‘urlashishi
bilan
solishtirganda
ayrim
mualliflarning haqiqatan ham haqligi haqida tasavvur paydo bо‘ladi. Bu mualliflar
ta’kidlaydilarki, bu yerda qandaydir qonuniyatlarni о‘rnatish mumkin emas.
Tovushlar faqat u yoki bu differensial belgilariga qarab guruhlangandagina nutq
tovushlarining paydo bо‘lish tartibi aniqlanishi mumkin.
Kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, chug‘urlash etapida tovushlarning birmuncha
intensiv kupayishi jarayoni umuman olganda 6 oylikdan keyin sodir bо‘ladi va bir
oydan kо‘proq davom etadi. Sо‘ng tovushlarning kо‘payishi juda sekin va asta
kechadi.
Endi tadqiqotdan olingan diqqatga sazovor faktlarni tahlil qilamiz.
Bu etapda burunli va og‘izli undoshlar deyarli bir vaqtda paydo bо‘ladi. Bu
tovushlarning paydo bо‘lishi vaqtida ayrim ustunlik tomonlar og‘iz undoshlari
tomonida kо‘rindi, biroq turli bolalarda ayrim tovushlarga nisbatan og‘iz
undoshlaridan kо‘ra burun undoshlarining о‘zib ketishini kuzatish mumkin.
Chug‘urlash etapida jarangli va jarangsiz undoshlar ham bir vaqtning о‘zida
paydo bо‘ladi. Bu yerda esa jarangli undoshlar ayrim ustunliklarga egadir. Biroq bu
yerda ham individual xususiyatlar mavjud: turli bolalarda alohida jarangsiz
undoshlar juft jaranglilarga nisbatan ilgariroq paydo bо‘ladi.
+attiq va yumshoq undoshlarning paydo bо‘lishi kuzatilganda dastlab
yumshoq, sо‘ng qattiq til oldi undoshlari paydo bо‘lar ekan: (t
)-(t). Lab
undoshlariga kelsak, til oldi tovushlariga qarama-qarshi о‘laroq avval qattiq, sо‘ng
yumshoq undoshlar hosil bо‘ladi. Portlovchi va shovqinlilar ichida avval
portlovchilar, sо‘ng shovqinlilar paydo bо‘ladi.
Olingan bu ma’lumotdan kо‘rinib turibdiki, bolalarda chug‘urlash etapining
paydo bо‘lishida muayyan qonuniyatlar mavjud. Bir differensial belgilar bо‘yicha
bir-biridan taqqoslangan tovushlar guruhi chug‘urlash etapida bir vaqtning о‘zida
paydo bо‘ladi. (og‘izli-burunli, jarangli-jarangsiz). Boshqa differensial belgilari
bо‘yicha taqqoslangan tovushlar guruhi (qattiq-yumshoq, portlovchi-shovqinli) turli
muddatlarda paydo bо‘ladi.
Tadqiqotning yana bir xarakterli tomoni shundan iboratki, chug‘urlash
davrining qaysi etapidan qat’iiy nazar juft tovushlarning biri paydo bо‘lgani zahoti,
ikkinchisi ham u bilan paydo bо‘ladi.
Demak, taqqoslangan barcha undosh tovushlar guruhidan chug‘urlash
davrida birmuncha kontrastlik guruh burunli va og‘izli undoshlar hisoblanadi.
Deyarli shu darajada kontrastlik bо‘lib jarangli va jarangsiz undoshlar hisoblanadi.
Til oldi yumshoq va qattiq undoshlar ham ma’lum miqdorda bir-biriga yaqin.
Keyin, bir-biriga yaqinligi bо‘yicha portlovchi va shovqinlilar qattiq va
yumshoq lab undoshlari ketadi.
Ma’lum undoshlar guruhi orasida kontrastlikning asta-sekin kamayishi
tartibi sxemasi qо‘yidagicha kо‘rinishda bо‘ladi:
burunli-og‘izli
jarangli-jarangsiz
qattiq-yumshoq (til oldi)
portlovchi-shovqinli
qattiq-yumshoq (lab)
Yuqorida bayon qilinganlarni umumlashtirib qо‘yi-dagilarni aytish mumkin:
chug‘urlashning tovush tarkibi ma’lum miqdorda atrofdagilar nutqining tovush
sistemasidan farq qiladi. Chug‘urlash etapida ona tiliga adekvat tovushlardan kо‘ra
noadekvat tovushlar kо‘proq. Iteratsiyani о‘z ichiga olgan bо‘g‘in strukturasi ruscha
sо‘zlarning bо‘g‘in strukturasidan juda farq qiladi va bu holat, chug‘urlash
atrofdagilar nutqining bevosita taqlid mevasi emasligiga asos bо‘ladi. Atrofdagilar
nutqiga taqlid qilish uchun bolada budavrda sensor va motor markazlar hali tо‘la
yetilmagan bо‘ladi.
Bola hayotining birinchi yilining oxiriga kelib, unda nutqiy aloqada bо‘lish
extiyoji о‘sib boradi. U bir nimani olishni, sо‘rashni, aytishni xohlaydi. Bu extiyoj
bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bо‘lishini
belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi,
birinchi sо‘zlar paydo bо‘ladi. Ammo bu sо‘zlar kо‘pincha faqat bolaga, uning
yaqinlariga tushunarli bо‘ladi.
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bо‘lgan davr (bir yoshdan 3 yoshgacha)
Bolada birinchi sо‘zlar paydo bо‘lgandan sо‘ng, tayyorlov davri tugab, aktiv
nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga
e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan sо‘zlarni kо‘p marotaba takrorlaydi va
о‘zi ham sо‘zlarni talaffuz qiladi. Talaffuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni notо‘g‘ri
talqin etadi, о‘rnini almashtiradi yoki о‘z nutqida qо‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir
sо‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‘uni ham
ifodalashi mumkin.
Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib
boradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, kо‘pgina xilma-xil tadqi-qotchilar bola lug‘at
boyligining о‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni kо‘rsatadilar. Eng keng
tarqalgan ma’lumotga kо‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bо‘lgan
davrda о‘sishi qо‘yidagi raqamlarni kо‘rsatadi:
1 yosh-u 6 oyda—10 - 15 ta suz, 2-yilning oxiriga kelib — 300 ta suz, 3
yoshga borganda- 1000 ta suz.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik to-moni shakllana
boshlaydi. Avval bola о‘z xohish va iltimoslarini bir sо‘z bilan ifodalaydi.
Keyinchalik 1—2 ta suzdan iborat sodda jumlalar paydo bula boshlaydi.
Uchinchi davr—maktabgacha bulgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bо‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion
jixatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari - p, 6, m, f, ye va
boshqalarni о‘rganadilar. Artikulyatsion jihatdan talaffuz etish kiyin bulgan:
shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini
talaffuzinn egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda
notо‘g‘ri qо‘llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
3—7 yoshgacha bulgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib
boradi, bu esa bolaning о‘z talaffuzini nazorat kilishga imkoniyat yaratadi. Bazi
hollarda bola о‘z kamchiligini tо‘g‘rilaydi. Unda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining о‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida
uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta suzgacha yetadi. Lugat boyligi usib borishi bilan
birgalikda nutqning grammatik tomoni xam rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4 yiliga kelib, ular о‘z nutqlarida sodda va murakkab
gaplarni qо‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qо‘shma gaplardan erkin foydalana
oladilar. 5 yoshli bolalar qо‘shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish
qobiliyatiga ega bо‘ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va
undoshlarni, sо‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi.
Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok
shakllangan bulishi lozim.
Bu vaqtga kelib tovushlarni tо‘g‘ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va
bola xar tomonlama tо‘g‘ri, an-iq gapiradi.
Tо‘rtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha).
Bu davrning о‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi
oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ra-vishda rо‘y beradi. Bu davrda bolalar
tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarnni egallaydilar.
Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol о‘ynaydi. Grammatik
konstruksiyalar ham murakkablashib boradi: chunki, agar, qachonki kabi
bog‘lovchilarni
ishlata
boshlaydilar.
Bu
bolaning
tafakkur
jarayonlari
murakkablashib borayotganligini va bu nutqda о‘z ifoda-sini topayotganligini
kо‘rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun
maxsus sharoitlar zarurdir.
Buning uchun:
- bola ruhiy va jismoniy jixatdan sog‘ bо‘lishi;
- normal aqliy qobiliyatgaega bо‘lishi;
- normal eshitishi va kо‘rishi;
- yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bо‘lishi;
- gaplashish ehtiyojiga ega bо‘lishi;
- tо‘g‘ri nutq muxitiga ega bо‘lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni
о‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqi-dagi bilim va tasavvurini kengaytirishga
imkoniyat yara-tadi.
Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan о‘zviy
bog‘liqdir.
Nazoart uchun savollari
1.
Tug’ma bilimlar nazariyasi (N.Xomskiy, D.Maknil, D.Slobin).
2.
Tilni o’zlashtirishning kognitiv nazariyasi.
3.
J.Piajening bolaning semiotik rivojlanish gipotezasi.
4.
Tilni o’zlashtirish asoslarini ijtimoiy-prognostik yo’nalishda o’rganish
(Dj.Bruner, M. Xelllidey).
5.
L.S. Vigotskiyning “nutq - til belgilari vositasida rivojlanuvchi o’ziga
xos faoliyat sifatida” konsepsiyasi.
6.
Inson xulq-atvorini belgili regulasiyasi (A.R. Luriya).