MAXSUS YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR TOIFALARI
Reja:
1. Nuqsonlikning kelib chiqish sabablari.
2. Intellektual nuqsonli bolalar.
3. Sensor nuqsonli bolalar
4. Motor nuqsonli bolalar
Tayanch iboralar:
1.Endogen-genetik
2.Ekzogen tashqi.
Chinakam baxtiyor bo’lish uchun quyidagi xislatlar bo’lishi lozim: ilmdan
orttirilgan fazilat, tashqi ko’rinishdan topilgan haqiqat, aql tufayli hosil qilingan fel-
atvor, molu-mulkdan ziyoda salomatlik. Jamiyatimizda ijtimoiy–iqtisodiy va
siyosiy rivojlansh yuz berayotgan bir vaqtda Respublikamizning ravnaqini ko’zlash
maqsadida asosiy e’tiborni yoshlarning har tomonlama yetuk qilib o’stirishga
qaratishimiz lozim. Maqsad yosh avlodni voyaga yetguncha sog’lom o’stirish,
rivojlantirish bo’lsa, jamiyatimizda yana yosh avlod-nosog’lom, ya’ni psixik va
jismoniy rivojlanishda, nuqsoni, kamchiligi bor, ya’ni nogironlar ham rivojlanishga,
sog’lom tengdoshlari qatorida barcha huquqlarga egadirlar. Bunday bolalar nogiron,
zaif, kamchiligi bor yoki juda og’ir darajada bo’lsa, majruh bola deb ataladi. Ular
albatta jamiyatimizda sog’lom avlod tug’ilishiga va o’stirishga to’siq bo’ladi, chunki
sog’lom ota, sog’lom onagina sog’lom farzandni bunyod etadi.
Mamlakatimizda iqtisodiy va ekologik tanglik sezilayotgan bir davrda maxsus
ilm va tarbiya bilan qamrab olinmagan bolalar ertangi kunda jamiyat uchun maishiy
va axloqiy xavf tug’dirishlari, nosog’lom avlodning ko’payishiga olib kelishi
mumkin.
BMT ma’lumotlari bo’yicha dunyo miqyosida psixik va jismoniy
rivojlanishida 150 mlnga yaqin nuqsonli bolalar mavjud. Umumjahon sog’liqni
saqlash ma’lumotlariga ko’ra dunyoda bunday kishilar soni 13% ga yaqinligidan
dalolat beradi. 3% intellektida buzilishi bor bolalar va 10% turli psikix nuqsonli
bolalardir.Ularning ya’ni jismoniy zaif rivojlangan bolalar safi har yili 10% ga oshib
bormoqda. Dunyoda imkoniyati cheklangan bolalar 2 mln atrofidadir.
Bolaning tug’ilishi oilaga olam-olam quvonch keltiradi. Bolaning hayoti,
uning kelajagi, yutuqlari va erishadigan muvaffaqiyatlari ko’proq salomatligiga
bog’liq bo’ladi.
Organizmda hujayraralar bir xil bqlavermaydi. Ular ikki guruhdan iborat
bo’ladi va shularning bittasi jinsiy hujayralardir. Jinsiy hujayralar boshqalardan shu
bilan farq qiladiki, ularning yadrosida xromosomalarning yarim to’plami ya’ni 46 ta
emas balki 23 tasi bo’ladi. Bola yarim irsiy moddani onadan yarmini otadan oladi.
Bu faqat bola tashqi qiyofasining va ota-onasiga o’xshash bo’lishini bildirmaydi,
balki, bo’lajak bolaning sihat-salomatligi uchun otaning ham onaning ham baravar
javobgar bo’lishini ko’rsatadi.
Bolaning salomatligi uzoq qarindosh urug’lariga ma’lum darajada bog’liq
bo’ladi. Ular genlarining ma’lum bir qismini bola meros qilib oladi. Mana shuning
uchun ham yosh ota-onalar o’zlarining avlod-ajdodlarini yaxshi bilishlari kerak.
Avlodlari haqidagi ma’lumotlar kasasllikka erta tashxis qo’yish va aniqlangan
kasallikni davolashda foydalanish mumkin. Tarixiy misollarga murojaat qiladigan
bo’lsak hozirgi avlodning salomatligiga baho berish uchun bunda bitta oilaning
o’tgan 8-10 ta avlodi ahamiyatga ega,ba’zi hollarda irsiy kasalliklar vertikal ravishda
sodir bo’ladi: bola ota-ona, buvilari va bobolari. Boshqa kasalliklar gorizontal
tarqaladi, (aka-uka, opa-singil). Vertikal bo’yicha esa, avlodlardan sakrab o’tishi
ro’y beradi.
Barcha irsiy kasalliklar ikki guruhga bo’lingan. Bular xromosomalarning
zararlanishiga bog’liq bo’lgan xromosoma kasalliklari bo’lib, xromosoma 45, 47 ta
bo’ladi. Natijada rivojlanishida turli nuqsonlar sodir bo’ladi. Bunday bolalar o’z
tengdoshlaridan orqada qoladilar. Ikkinchisi-gen kasalliklari zararlangan gen
organizmda u yoki bu moddalarning ishlanib chiqishini nazorat qila olmay qoladi,
natijada ko’p moddalar almashinuvi buzilib u nerv sistemasini ko’rish, eshitish va
boshqa organlarining zararlanishiga olib keladi. Barcha kasalliklarning kelib
chiqishini endogen va egzogen sabablariga bo’lishimiz mumkin. Nogironlikning
sabablarini uch guruhga bo’lamiz:
Ekologik omillar.
1.Ichki va tashqi radiatsiya.
2.Ishlab chiqarishning zararli ta’siri.
3.Qishloq xo’jaligining zararli ta’siri.
4.Oziq ovqatning sifatsizligi.
5.Suv ta’minotining sifatsizligi.
Tibbiy-ijtimoiy omillar.
1.
Er-xotinning qarindosh bo’lishi.
2.
Ruhiy jismoniy jarohatlar.
3.
Ota-onanig rivojlanishda orqada qolishi.
4.
Ota-onaning surunkali kasalliklari.
5.
Zararli odatlar ( ichkilikbozlik, taksikomaniya, narkomaniya).
6.
Onaning surunkali oqir anamneziyalari: oilani noto’g’ri rivojlantirish
yo’llari, genekologik kasalliklar, abort, erta va kech tug’ruqlar.
7.
Tug’ruqdan oldingi jarohatlar.
8.
Bolalardagi somatik kasalliklar.
9.
Bakterial virusli infeksiyalar.
10.
Ona va bolaning to’liq oziqlanmasligi.
11.
Oilaga tibbiy tashxis va korreksion yordami o’z vaqtida ko’rsatmaslik.
Ruhiy- pedagogik omillar.
1. Ota-ona tomonidan diqqat e’tiborning sustligi.
2. Bolalarga nisbatan qattiqqo’llik.
3. Oilaning intellektual saviyasining pastligi.
4. Fojiali vaziyat.
Defektologiya fanida maxsus yordamga muhtoj bolalarni turli xil toifalari ustida
ish olib boriladi.
1. Eshitishida nuqsonga ega bo’lgan bolalar (kar, soqov, keyinchalik zaif
eshituvchi bo’lgan bolalar).
2. Ko’rishda nuqsonga ega bo’lgan bolalar, ko’r zaif ko’ruvchi.
3. Ko’r, kar, soqov bolalar.
4. Aqli zaif bolalar (oligofren, debil, inbesil, idiot)
5. Nutqida nuqsonga ega bo’lgan bolalar,.
6. Harakat tayanch a’zolarida nuqsonga ega bo’lgan bolalar.
7. Ruhiy rivojlanishi sust bo’lgan bolalar.
Anomal bolalar maxsus yordamga muhtoj bolalar. Ular maxsus ta’lim-tarbiya
muassasalarida
tarbiyalanishi
yoki
o’qitilishi
kerak.
Bolaning
umumiy
rivojlanishiga, shaxs sifatida shakllanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan
nuqsonlargina uni maxsus yordamga muxtoj anomal bola deb hisoblashga asos
bo’lishi mumkin.
Masalan,bolaning faqat chap qulog’i eshitsayu, bu nuqson uning har
tomonlama rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasa u umumiy maktab dasturini
sog’lom tengdoshlari qatori o’zlashtira olsa, bu bolani anomal bolalar toifasiga
kirgizmaymiz.
Sensor nuqsonli (ko’rishida, eshitishida) bolalar maxsus tashkil etilgan
maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab internatlarida ta’lim-tarbiya
oladilar.
Harakat tayanch a’zolarida nuqsoni bor bolalar uchun Toshkent shahrida
maktab-internati mavjud.
Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun Respublikamizning barcha
viloyatlarida bolalar poliklinikalari qoshida logopedik punktlar,nutq bog’chalari,
barcha ta’lim muassasalarida logopedlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Respublikamizda mavjud jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan
bolalar uchun mo’ljallangan maxsus maktab internatlar 9 yil muddatda
o’quvchilarga boshlang’ich ma’lumot hamda tayanch bosqichining ayrim fanlari
bo’yicha elementar bilimlar beradi va o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlaydi.
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchi,
defektologlar tomonidan jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor o’quvchilarni
kasb-hunarga tayyorlash natijasida, hamda olib borilayotgan chora-tadbirlari tufayli
yordamga muhtoj bolalar mustaqil hayotda o’z yo’llarini topib ketmoqda.
Tekshirish uchun savollar.
1.
Anomaliya nima?
2.
Tug’ma nuqsonlikning kelib chiqish sabablari.
3.
Nogironlikning kelib chiqishida ekologik omillar.
4.
Nogironlikning kelib chiqishida ruhiy pedagogik omillar.
5.
Nogironlikning kelib chiqishida tibbiy ijtimoiy omillar.
6.
Anomal bolarning qanday toifalari mavjud.
7.
Nuqsonli bolalar qayerda tarbiyalanadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Mo’minova I.R. Oilada nogiron va yordamga muhtoj bolalar haqida.
Toshkent. 1990 yil.
2.Rahmonova V.S.Defektologiya va logopediya asoslari. T. O’q. 1991 yil.
3.Mamedov K.K. G’.Shoumarov. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar haqida.
Toshkent.1993 yil.
4.Rahmonova V.S. Defektologiya asoslari. Ma’ruza matni.T.2004 yil.