Mazmun va shakl birligi
Reja:
1. Oqilona hayot va san’atkor
2. Badiiy tema va uning asosiy xususiyatlari
3. Badiiy g’oya va uning tema bilan yaxlitligi
Badiiy adabiyot – insonshunoslik ekan, demak, inson hayoti, uning
kechinmalari, ehtiroslari, munosabatlari – hamma faoliyati badiiy asarning “tepib
turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”(V.Belinskiy)dir.
“Butun olam, barcha ranglar, buyoqlar va ohanglar, tabiat va hayotning barcha
shakllari poeziya (adabiyot – h.U) hodisasi bo’lishi mumkin. Lekin u hodisalar
zamirida nima yashiringan, ularning mavjudlik sababi qayerda va ular bizni nimasi
bilan maftun etadi – masalaning mohiyati shunda”1 ekan, uni ijodkor qanday hal
qiladi?
“Masalan, qiynoqni, qatlni, mastlikda yuvindi chuqurga yiqilib tushgan
odamning bebaxt o’limini juda natural tarzda tasvirlab berish mumkin, lekin bu
tasvirlarning hammasi dilni xira qiladigan darajada xunuk va mazmunsiz bo’ladi,
negaki, ularda hyech qanday oqilona fikr, hyech qanday oqilona maqsad bo’lmaydi.
Ammo mo’yqalam egasi insonning haqiqat yo’lida kaltaklanishini tabiiy ko’rsatsa,
uning qiyofasida bardoshning jismoniy iztirobi ustidan g’alabasini ifodalaydigan
bo’lsa, u holda manzaradagi tabiiylik kuchaygan sayin manzara go’zalroq va
badiiyroq bo’ladi, chunki oqilona maqsad va oqilona fikr yaqqolroq ko’rinadi.
Nimaiki voqye bo’lsa, oqilonadir va nimaiki oqilona bo’lsa, u voqyedir: bu-ulug’
1 В.Белинский. Адабий орзулар. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 104-105-
бетлар.
haqiqat; biroq voqyelikdagi hamma narsa ham oqilona emas. San’atkor uchun esa,
faqat oqilona voqyelik darkor. Lekin san’atkor uning quli emas, bunyodkori.
San’atkor uning izidan bormaydi, balki unga o’z idealini singdiradi va shunga ko’ra
qayta yaratadi2.
Tema (gr. thema-asosiga qo’yilgan narsa) yoki mavzu (arabcha, aynan tema
ma’nosini beradi; biz ikkalasidan ham foydalanamiz)-ijodkor tomonidan tanlab
olingan va hayotning muayyan muammolarini umumiylashtirgan voqealar tasviri,
ana shu akslangan hayot (voqea)ko’rinishlarining mag’zini chaqish(fikriy tadqiqot
va tahlil) va uni g’oyaviy-emosional tarzda baholashdir. Ya’ni, ijodkor bir vaqtning
o’zida uchta vazifani, bir-biriga bog’langan va chatishgan tarzdagi yaxlit maqsadni
ko’zlab ish ko’radi:
1. Xalq va davrning milliy ko’rinishlari doimo aniq, tarixan konkretdir va har
bir asarda ana shu ko’rinishlar ichidan tanlab olingan voqealar doirasi
tasvirlanadi, bu-tematikadir.
Jumladan, “O’tgan kunlar”da XIX asrning ikkinchi yarmidagi Turkistondagi
hayot aks etgan bo’lsa, “Uch ildiz” (P.Kodirov)da O’zbekistondagi XX asrning 60-
yillaridagi talabalar hayoti bilan bog’liq voqealar tasvirlangan.
2. Badiiy asarda aks etgan ijtimoiy xarakterlarni yozuvchi tomonidan
(g’oyaviy-badiiy) anglash (mag’zini chaqish), bu - problematika (gr. problema-
oldinga tashlangan narsa, hayotning boshqa tomonlaridan ajratib olingan)dir.
Jumladan, “Sudxo’rning o’limi”da Sadriddin Ayniy-sudxo’rlik va xasislikka ajratib
tasvirlasa, “Qutlug’ qon”da o’zbekning o’z-o’zini anglashi va erk, ozodlik uchun
kurashini Oybek bo’rttirib tasvirlaydi. Ajratib, bo’rttirib tasvirlangan qirralarda
asarning g’oyaviy muammosi mujassamlashadi.
3. Tasvirlangan ijtimoiy xarakterga yozuvchining g’oyaviy-emosional
munosabati (muayyan xarakterni sevishi, ardoqlashi, e’zozlashi yoki ma’lum
xarakterni qoralashi, rad etishi, undan g’azablanishi; aniq bir xarakterni bir vaqtni
o’zida ba’zida ma’qullashi, ba’zida ayblashi va h.)
Jumladan, “O’tgan kunlar”da Abdulla Qodiriy Kumushni sevib tasvirlasa,
Jannat kampirni qoralab tasvirlaydi. Zaynabni dam oqlasa, dam yomonlaydi.
2 Шу асар, 103-бет.
G’oyaviy mazmunning bu atributlari birlashadi va ayni paytda, asar qismlarini
butunlikka olib keladi. Chunki badiiy asrning g’oyasi-mazmuning turli
tomonlarining yaxlitlashuvidan yuzaga keladi-bu yozuvchining obrazli, emosional,
umumlashtirilgan
fikridirki,
ko’rganingizdek,
u
xarakterlarni
tanlashdan,
anglashdan, baholashdan kelib chiqadi.
Rusning buyuk yozuvchisi Maksim Gorkiy temaning ana shu ahamiyatidan
kelib chiqib, uni adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi) deb ataydi va uni
shunday ta’riflaydi: “Tema avtor tajribasida bunyodga kelgan, hayotning o’zi
ko’rsatib bergan, ammo hozircha avtor tasavvurida hali to’la-to’kis
shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib,
avtorda ishlashga mayl uyg’otadigan g’oyadir”. Ushbu ta’rifdan ham ma’lum
bo’layaptiki, tema va g’oya – birbutun, yuqorida ko’rganimiz mazmun va shakl kabi
(tema g’oyaning ichida, g’oya mazmunning ichida yashaydi) yaxlit hodisadir.
Adabiyotshunoslikdagi fikrlarni umumlashtirsak, badiiy asar temalarini uchga
ajratish mumkin:
1. Adabiy mavzular. Insoniyatga xos bo’lgan barcha fazilatu qusurlar(sevgi-
muhabbat, mehr-oqibat, vafo-sadoqat, shodlik va quvonch, g’am va qayg’u, qasos,
rashk, o’lim, saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik, matonat va shijoat, mehrli
tabassumu yolqin nigoh, ehtiros, sog’inch, chanqoqlik va jo’shqinlik va h.) adabiy
mavzulardir. Shu sababdan Oskar Uayld “Dorion Greyning portreti”(“Jahon
adabiyot”, yanvar, 2000)asarida topib aytadi: “Fikr va so’z san’atkor uchun san’at
vositasidir. Illat va fazilat – uning ijodi uchun materialdir”. Bu xulosa hamma davr
adabiyotlari uchun tegishlidir.
2. Tarixiy mavzular. Tarixda, o’tmish (moziy)dan tasvir predmetiga material
tanlash va shu asosda zamondoshlarning diqqatini qiziqtirgan eng zarur
muammolarga
javob
izlash
–
bosh
xususiyat
kasb
etadi.
Jumladan,
“Navoiy”(Oybek),
“Yulduzli
tunlar.
Bobur”(P.Qodirov),
“Ulug’bek
xazinasi”(O.Yoqubov) – uzoq tariximizni yoritsa, “O’tgan kunlar”(A.Qodiriy),
“Kecha va kunduz”(Cho’lpon), “Qutlug’ qon”(Oybek) – yaqin o’tmishimizni
gavdalantiradi.
3. Zamonaviy mavzular. Bugungi zamondan, aniq bosqich – istiqlol davri
kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish – zamonaviy
mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun Istiqlol talabiga monand komil kishilarni
– fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi, adolat va haq uchun
kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning murakkab obrazlarini yaratish –
zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilan bog’liq.
Mavzular
qanday
atalishidan
qat’iy
nazar
hammasining
asosida
zamondoshlarning ko’nglini band etgan muhim masalalarga javob izlash va javobda
insoniylashgan umumbashariy dolzarb g’oyalar targ’ib qilinishi talab etiladi.
Adabiy asar hayotni keng va chuqur, barcha tomonlari bilan tasvirlar ekan, unda
asosiy tema va yordamchi temalar bo’lishini taqoza etadi.
Jumladan, “O’tgan kunlar” romanining asosiy temasi XIX asrning ikkinchi
yarmidagi hayot ko’rinishlarini tasvirlash bo’lsa, aynan ana shu mavzuning turli
qirralarini ochuvchi yordamchi temalar ham ko’p: Otabek va homid o’rtasidagi
(yangilik va eskilikning)kurashi, Kumush va Zaynab orasidagi kundoshlik, ota-ona
va o’g’il orzulari orasidagi qarama-qarshilik, qipchoqlar va qora- chopon(o’zbek)lar
o’rtasidagi qirg’in va h. Bularning hammasi bosh temaning mohiyatini isbotlashga,
bo’rttirishga, ta’sirchanligini ta’minlashga, birgina so’z bilan aytganda, bosh temani
yoritishga bevosita va bilvosita xizmat qiladilar.
Badiiy asar muyyan bir mavzuni tasvirlar ekan, bevosita shu mavzuning
haqiqatini kashf qilish bilan ko’pning diqqatini e’tibordan chetda qolayotgan
muammoga qaratadi (Masalan, “O’tgan kunlar”da birinchi bor kundoshlikning
fojiasi yaqqol va bo’rttirib gavdalantirilgach, kundoshlikni qoralovchilar va
“oladigan xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xotung’a
muvofiquttab’ (tabga mos, munosib) bo’lsin” talabini yoqlovchilar keskin ko’payib
ketgan). Demak, yozuvchi doimo aniq maqsadni ko’zlab, “odilona hayotning
yoqlovchisi, sudyasi bo’lib ish ko’radi. Yozuvchining maqsadi, orzusi, haqiqati,
adolati... hammavaqt asar qahramonlariga taqsimlanadi, ular qalbiga joylashtiriladi.
Va qahramonlarning o’zaro munosabatlaridan, harakatlaridan, qalb tug’yonlari
tasviridan jonlanadi, jilolanadi, yaxlitlashadi va birbutun go’zalligi (mukammalligi)
bilan kitobxonni harakatga soladi. Bu badiiy asar “hujayralari”dan sizib
chiquvchi qon, qon tufayli faoliyat ko’rsatayotgan jon, jon tufayli tirik bo’lgan
ruh - badiiy g’oyadir.
Demak, g’oya ijodkorning qalamga olinayotgan voqyelikka munosabatidir.
Mavzu esa aks ettirilayotgan voqea-hodisalarning umumlashmasi, yig’indisi, ya’ni
badiiy asar uchun tayanch bo’lgan asosiy fikr va maqsad ob’ektidir.
Yana bir mulohaza. “Gap roman yoki qissa mavzuining nechog’li muhimligi
yoki dolzarbligida emas, balki shu muhim va dolzarb mavzuni yoritishda
yozuvchining badiiy salohiyati, mahoratida ekan-da?..” degan ritorik tushuncha ko’p
gapiriladi. Lekin shu salohiyat, mahorat qanday qilib voqye bo’lishi yechilmaydi.
Aslida, chiroqning shishasini – mavzu desak, shu mavzuni kerakli narsaga
aylantirayotgan, uning ardog’ida yonayotgan pilikka – uning yorug’lik nuriga, shu
nurning toza yolqiniga bog’liq. Pilik notekis bo’lsa, zaruriy ishlov berilmagan bo’lsa
– uning yonishidan shisha darrov qorayadi, natijada yorug’lik nurining ta’sir doirasi
kamayadi, yorug’lik darajasi xiralashadi. Xuddi shunday, mavzu g’oyani
asraganidek, uning yonishiga imkon tug’dirganidek, g’oya mavzuni yorqin qilib
(xiralashtirmasdan) yoritishi lozim. Ana shundagina, ya’ni ular bir-biriga jon berib
va jon olib, birlashib, yaxlit bir mazmunni ifoda qilganlaridagina – poetik ahamiyat
kasb etadilar; jonlanadilar, muhitni va odamlarni kerakli nur bilan yoritadilar. Ana
shu holatni bunyod etish – salohiyatdir, badiiy mahoratdir.
Ijodkor – voqelik – fikr-maqsad – munosabat. O’z-o’zidan ayonki, bular
bir-biri bilan mustahkam bog’langan zanjirlardir. Ma’lumki, voqyelik haqidagi fikr
o’z-o’zidan tug’ilmaydi, u kuzatish, tahlil qilish, o’rganish asosida paydo bo’ladi. bu
jarayonda – tabiiyki . nimadir inkor qilinadi, nimadir ma’qullanadi. Nimanidir
ma’qullash yoki inkor qilish esa, albatta, munosabatni taqozo etadi. Chunki
munosabat bo’lmasa tasdiqlash, ma’qullash ham, rad qilish, qoralash ham
bo’lmaydi. Ijodkorning oddiygina, novdagi bargni tasvirlashi yoki unda hosil
bo’layotgan kurtakni madh etishi ham o’ziga xos munosabatdir. Ya’ni bu tabiatning
muayyan bir hodisasiga qarash va u orqali o’quvchida ma’lum bir kayfiyat
uyg’otishdir.”(A.Ulug’ov, 26-bet).
Bu fikrlarning yaqqol misolini ko’raylik. hamid Olimjon 1937 yil bahorida
Qozog’istonda bo’lib, qozoq xalqining hayoti bilan tanishadi. hasan Qayg’i, Jambul
kabi oqinlar ijodini o’rganadi, ularning xalq qalbida yashayotganini ko’radi. O’z
umrini ham sarhisob qiladi. Orzu-umidlarga, boqiy xayollarga to’lib-toshadi.
Martning oxirlarida Toshkentga keladi va ertalab uyg’onganida ishxona derazasi
oldida bir to’p o’rik chaman bo’lib, oppoq gullagan. Ko’ngildagi o’y-orzulari ham
o’rikdan turtki olib ochila boshlaydi, uning xabari qog’ozga to’kiladi:
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi...
Bu xabarni eshitgan o’quvchida ham turli-tuman fikrlar uyg’onadi. Lekin
shoir nima demoqchi? O’rik gullari-hayotning navbahori, navbahorning ilk elchisi
shoir qalbidagi qaysi kechinmalarni yuzaga chiqarar ekan? Bu kechinma, hissiyot,
fikrlar oqimi sizu bizni o’ziga oshno qilarmikan? Shoir his-tuyg’ulari bizning
kechinmalarimizni ham uyg’ota olarmikan? hayajonga sola bilarmikan? hayot
ritmini so’z va obrazlarning harakati orqali ifodalay olarmikan? Bu emosionallikni,
romantikani, ularning turfa ranglarini bo’yi-basti bilan ko’rsatib, qalblarimizga zarur
bo’lgan estetik “ozuqani” bera bilarmikan?
Novdalarni bezab g’unchalar
Tongda aytdi hayot otini.
Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
har bahorda shu bo’lar takror,
har bahor ham shunday o’tadi.
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.
Ko’rinyaptiki, o’rikning gullashi shoir qalbidagi kechinmalarni uyg’otdi: har
bahor o’rik gullarning mazasini shabboda olib ketadi. Bu yil shunday takrorlanyapti.
Inson umri ham shunga o’xshash emasmi? Eng zavqqa, kuchga, shodlikka
to’lganingda-gullaganingda hayoting rishtalari gul kabi sochilmasmikin?..
Mayli deyman va qilmayman g’ash
Xayolimni gulga o’rayman
har bahorga chiqqanda yakkash
Demak, lirik qahramon baxtining borligini yellar ham, qushlar ham, har bir
kurtak ham, baxt ovozi ham iymon keltiradi, tasdiqlaydi. “Baxti mangu barqaror el”,
“har gulistonda bahor mangu” bo’lgan Vatan ulug’lanadi.
O’quvchi qalbida ana shu oliyjanob tushunchalar, ana shu bir olam hislar
ko’chgandan so’ng, “har narsadan baxt mo’l o’lka”ga sodiq farzandligidan sevinch
to’lgach, shoir she’rini tugatadi:
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo’lib gulladi...
ha, “she’r ko’ngillarga nur olib kirgani yaxshi, g’ashlik va najotsizlik tuyg’usin
emas”(E.Vohidov). Baxt va baxt haqidagi orzu-inson kamoloti uchun zarur omil
ekan, uni kuylagan ham mangu tirikdir.
Ko’rinadiki, asarning g’oyasi (tema kabi) asar mazmunida – undagi
umumlashma, emosional, obrazli fikrda ifodalanadi. U ham bosh g’oya va
yordamchi g’oyalardan iborat bo’ladi. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmi
“tariximizning eng kirlik, qora kunlari” - “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi bo’lsa,
Otabek-Kumush-Zaynab o’rtasidagi muhabbat-kundoshlik tufayli fojiaga olib
borishi-yana bir yordamchi g’oyadir.
Qorachopon va qipchoqlar qirg’ini – feodal jamiyatini inqirozga olib borishi – yana
bir yordamchi g’oyadir. Mamlakat markazlashgan bir davlat tomonidan idora
qilinganda, urush va qirg’inlar, talon va tarojlarni yo’qotish mumkinligi ham –
yordamchi g’oyalardan biridir...
Yordamchi g’oyalarning hammasi ham oxir-oqibat bosh g’oyaga kelib
tutashadi va bosh g’oyaning isbotiga, daliliga, birbutunligiga, ta’sirchanligiga xizmat
qiladi. Eng asosiysi, asar hujayralariga sochilgan fikrlarning rivojini bir o’zanga
soladi, shoshqin va toshqin, zavqli va yaratuvchan, betakror va tinimsiz mavj
uruvchi, o’zigagina xos va olamlarga tegishli bo’lgan insoniyatning komillik tomon
harakatiga yangicha mazmun beruvchi daryoni vujudga keltiradi; buning
yaratuvchisi ham, boshqaruvchisi ham yozuvchi-san’atkordir, yozuvchi qalbidagi
nurdir, aqlidagi-bilimdir, talantidagi qudratdir.