ME’DA (OSHQOZON)DA OVQAT HAZMI.
Reja:
1. Me’dada oziqa hazm bo‘lishi.
2. Me’da shirasi, ajralishi, tarkibi, ahamiyati va boshqarilishi.
3. Me’da harakati va me’dadan ichakga oziqalarning o‘tish qonuniyatlari.
Tiyanch IBORALAR.
Oddiy, oraliq va murakkab oshqozon, zardob, muskul, shilliq parda osti,
shilliq qavat, sekretor bezlar, ko‘r xalta, qizil o‘ngach, qo‘shimcha, asosiy yoki bosh,
qoplama, kordial, fundal, pilorus, pepsin, ximozin, katepsin, kislotali, jelotinaza,
xlorid kislota, V.A, Basov, Shumova-Simonovskaya, I.P.Pavlov, Gaydengayn,
reflektor, kimyoviy, M.N.S., retseptor, simpatik, adashgan, proteolitik, lipolitik,
motor, grafik, uzuna, qiyshiq, halqasimon, tonik, ritmik, chuvalchangsimon, nerv,
muskul, A.Yu.Yunusov, issiq, quyosh. fundal, pilorus.
Og‘izda atroflicha maydalanib, so‘lak bilan aralashgan oziqa qizil o‘ngach
orqali oshqozonga tushadi va me’dada uzoq vaqt davomida mexanik, fizik, kimyoviy
ta’sirotlar oqibatida o‘zgarishlarga uchraydi. Oziqa me’da shirasi bilan aralashib
ayrim tarkibiy qismlarga parchalanadi va qisman qonga so‘riladi. Me’dada oziqalar
yuzaki parchalanib, asosiy parchalanish va hazmlanish ichaklarda yuzaga keladi.
1. Oshqozon yoki me’da har xil organizmlarda turlicha tuzilgan bo‘lib, uni
asosan bir kamerali oddiy oshqozon ya’ni go‘shtxo‘r hayvonlar oshqozoniga (it va
mushuklar oshqozoni yoki me’dasi);
2. Tuzilishi oddiy ammo vazifasi murakkab oraliq oshqozonlar, bu aralash
oziqalanadigan hayvonlardan cho‘chqada yoki o‘txo‘r hayvonlardan bir tuyoqlilarda
bo‘ladi.
3. Murakkab to‘rt kamerali kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’dasi,
parrandalarda ikki kamerali, tuyada uch kamerali me’da bo‘ladi.
Bir kamerali oddiy me’dalarga oziq-ovqatlar tushishi bilan ularni ishlanishi
va hazmlanishi boshlanadi. Bir kamerali me’dani qizilo‘ngachdan kirish qismi –
kardial, tubi – fundal va o‘n ikki bormoqli ichakka chiqish qismi pilorus farq qilinadi.
Oshqozon to‘rt qavatdan tuzilgan bo‘lib: tashqi zardob, o‘rtadagi muskul, shilliq
parda osti va shilliq qavatlardan ibrat bo‘lib, oshqozon muskul devori uch xilda
joylashgan muskullardan: uzinasiga, aylanasiga va qiyshiq muskullardan iboratdir.
Ozuqalarni hazmlanishida me’da devorida joylashgan hujayralardan ajralgan me’da
shirasining ahamiyati kattadir.
Oshqozon ichki qavati shilliq parda qavati bilan qoplangan va shilliq parda
qavatida oshqozon shirasini ishlab chiqaradigan bezlar: qo‘shimcha, asosiy yoki
bosh va qoplama bezlar joylashgan bo‘lib, ular har xil hujayralardan tuzilgan. Bu
bezlarning gistostrukturasi turlicha bo‘lib bo‘lib, sekretor bezlar bo‘lib hisoblanadi.
Bu bezlarda oshqozon shirasi hosil bo‘ladi.
Me’da devorida qo‘shimcha, asosiy va qoplama hujayralar joylashgan bo‘lib,
ular faoliyati tufayli hosil bo‘lgan suyuqlik tiniq, rangsiz, kislotali muhitga yega
bo‘lib, qo‘shimcha bezlar shilimshiq modda ishlab chiqarib, me’daning kordial,
fundal va pilorus qismida sochilib joylashgan. Asosiy yoki bosh bezlar fundal va
pilorus qismlarida joylashib, proteolitik fermentlar guruhga kiradigan pepsin,
ximozin, katepsin, jelatinaza va lipolitik - lipaza fermentlarini ishlab chiqaradi.
Oshqozon shirasining tarkibida har xil anorganik va organik moddalar bor.
Anorganik moddalardan Ca, K, Na, Mg, ammoniy yelementlarining Cl, R,
karbonatli, sulfatli tuzlari va xlorid kislota va organik moddalardan sut kislotasi,
ATF, kreatinin, siydikchil, siydik kislotasi, oqsil va aminokislotalar hamda
fermentlar bo‘ladi. Me’da devorining fundal qismdagi qaplama hujayralardan aktiv
NSl ishlanadi. Bu NSl oshqozon shirasiga kislotali muhit berib, ko‘p fermentlarni
aktivligini ta’minlaydi. NSl oqsillarni bo‘rttirib, shishirib ular ustidagi qobig‘ini
yupqalaydi va oqsilga pepsin fermentini singishiga sharoit yaratib beradi, oqsil
parchalanishida katta ahamiyatga yega. Shuning uchun oshqozonda oqsil, yog‘
yetishmay parchalanish sodir bo‘lmay, surunkali gosterit yuzaga keladi. Bu holatlar
tartibsiz ovqatlanishdan kelib chiqadi. Bu kasallik bezlarni yallig‘lantirib vazifasini
izdan chiqaradi yoki Ncl midorini ko‘paytirib, kasallantirib gosterit va yaraga
aylanishi mumkin. Bu vaqtda parxez saqlash kerak.
Me’da shirasida xlorid kislotaning konsentrasiyasi 0,4-0,5% miqdorda bo‘lib,
bu xlorid kislota yerkin xlorid kislota holatida juda kam saqlanib 0,15-0,25%
miqdorda bo‘ladi.
Go‘shtxo‘r hayvonlarda bir oz ko‘proq, o‘txo‘r hayvonlarda xlorid kislota oz
bo‘ladi. Xlorid kislotani ko‘p qismi organik moddalar bilan birikkan bo‘ladi. N+
o‘rnini boshqa yelementlar yegallab, har xil tuzlar holatida bo‘ladi.
Xlorid kislota oshqozonda oziq ovqat hazmlash bilan oziqani me’dadan
ichakga o‘tishini reflektor ravishda ta’minlaydi.
1. Pepsin aktiv bo‘lmagan pepsinogen holatida hosil bo‘lib, Ncl kislota ta’sirida
aktiv pepsinga aylanib, o‘ta kislotali muhitida rN 0,8 - 2,0 va harorat +38+40o
bo‘lganida aktiv bo‘lib, oqsillarni albumoz va peptonlarga parchalaydi. Fibrin,
go‘sht oqsilini tez parchalab, tuxum oqsilini sekin parchalaydi. Demak, pepsinning
oqsillarga ta’sir yetish kuchi bir xil emas va Mett usuli bilan aniqlanadi. Pepsin
peptidaza guruhiga kirib, oqsil asosini tashkil qiluvchi peptidlarni parchalaydi.
2. Ximozin kuchsiz kislotali, kuchsiz ishqoriy ya’ni neytral muxitida Sa+ ionlari
ishtirokida aktiv bo‘lib, sut oqsili kazinogenga ta’sir yetib, uni kazeinga aylantiradi
ya’ni sutni ivitadi. Bu fermentlar yosh hayvonlar oshqozonida ko‘p bo‘lib,
hayvonlarni yoshi o‘lg‘ayishi bilan bu ferment kamayib, boshqa fermentlar ko‘paya
boradi. Bu fermentni yosh qo‘zilarni teriga suyganda shirdonidan ajratib olib,
quritib, brinza tayyorlashda achitqi sifatida ishlatiladi.
3. Katepsin oqsilni gologen qismlarini, pay to‘qimalarini jelatinani parchalaydi.
4. Jelatinaza proteolitik fermentlar qatoriga kirib, miqdori juda kam va
biriktiruvchi to‘qima oqsili – jelatinani parchalaydi.
5. Oshqozon shirasidagi lipaza faqatgina yemullagan yog‘larni parchalaydi.
Oshqozon lipazasi ichak lipazasidan ancha zaif.
Toza me’da shirasida uglevodlarni parchalaydigan fermentlar yo‘q, lekin
me’daga tushgan oziqa luqmasiga me’da shirasi shimilganiga qadar luqmadagi
uglevodlar uzi bilan tushgan so‘lak va oziqa fermentlari ta’sirida uglevodlarni
parchalaydi. Luqmaga me’da shirasi shimilishi bilan muhit kislotali tomonga
o‘zgarib, amilolitik fermentlar aktivligi so‘nadi va me’da shirasining fermentlarining
ta’siri paydo bo‘ladi.
Me’da pilorus qismidan ajralgan shira zaif ishqoriy muhitga yega bo‘lib,
tarkibida pepsin kam va pepsinni faolligi past. Pilorus shirasi yog‘li oziqalar hazmida
katta ahamiyatga yega. Yog‘li oziqa istemol qilinganida fundal qism hujayralar
faoliyati so‘nib fundal qismda yog‘larga aloqador biriktiruvchi to‘qimalar to‘la hazm
bo‘lmaydi va ular kuchsiz kislotali muhitda pepsin ta’sirida pilorusda keyin
ichaklarda hazm bo‘ladi. demak, fundal va pilorus qism shiralari bir – biridan farq
qilar ekan.
Qo‘shimcha bezlardan ajralgan shillimshiq ham hazm jarayonida katta
ahamiyatga yega bo‘lib, u me’da devorini turli ta’sirotlardan ya’ni dag‘al oziqalarni
ho‘llaydi,
mulayimlashtiradi,
kislota
va
boshqa
moddalarni
suyultirib,
zararsizlantiradi. Me’da shirasida faol proteolitik ferment pepsin bo‘lib, u me’da
devorini parchalamaydi. Bu holat birqancha fikrlar bilan tushintiriladi.
Oshqozon
devorini
aktiv
protealitik
fermenti-pepsin
ta’sirida
parchalanmasligida, yemirilmasligida oshqozon devorida hosil bo‘layotgan
antipepsin moddalarning ahamiyati kattadir.
Oshqozon devorining parchalanmasligi, yemirilmasligi uni shilimshiq –
himoya to‘siq xususiyati tufayli sodir bo‘ladi.
Oshqozon devori bo‘ylab oqayotgan qon muhitning ishqoriylikga yega
bo‘lishi pepsin aktivligini pasaytiradi.
Oshqozonning ma’lum marom bilan harakati tufayli me’dada oziqalar yaxshi
aralashib, hazmlanadi. Oshqozon harakatini bir qancha usullar yordamida o‘rganish
mumkin bo‘lib, buning uchun hayvon me’dasiga o‘rnatilgan naycha orqali yupqa
balon yuborib, unga havo yuborib, shishirib, ikkinchi uchinchi manometr va
yozuvchi peroga tutashtirib, oshqozon harakatini grafik holda yozib yoki rentgen
apparat yordamida kuzatiladi, radiotelemetrik moslamalarda uzoqdan turib
oshqozon harakati to‘g‘risida axborot olish mumkin.
Oshqozon shirasida 99%
dan ortiq suv bo‘lib, shira, suyuq, rangsiz, engil ko‘piklanadigan bo‘lib, shiradagi
fermentlar quyidagi sharoitda aktiv bo‘ladi.
1. Kislotali muhit eng aktiv muhim.
2. Ko‘p suv saqlanganida, chunki bu fermentlar suv ishtirokida aktiv bo‘lib, ular
gidrolazalar deb ataladi.
3.Muayyan haroratda taxminan +25+26o S dan past haroratda aktiv bo‘lmaydi
yoki +54o haroratda fermentlardagi oqsil darrov koogulyasiyalanadi, oqibatda
fermentativ xususiyati yo‘qoladi.
Itlar me’dasida shira ajralish qonuniyatlari I.P.Pavlov laboratoriyasida
o‘rganilib, shira oziqa istemol qilinishi bilan vaqti – vaqti bilan ajraladi. Me’da
devoridagi bezlardan shira ajralishida neyrogumoral ta’sirotlar asosiy o‘rin
yegallaydi. Shira ajralishining reflektor va gumoral ya’ni ximiyaviy fazalari farq
qilinadi.
Shira ajralishining reflektor fazasida oziq ovqatlarning og‘ziga yoki me’daga
tushishi bilan uzog‘i bilan 4-5 minut o‘tgach me’da devoridagi bezlardan shira
ajralib, bu M.N.S.si orqali shira ajralishini boshqaradigan markazlarning
qo‘zg‘alishidan hosil bo‘ladi. Shira ajralishini boshqaradigan asosiy markaz
uzunchoq miyada bo‘lib, u markaz bosh miya bilan aloqadordir. Markazning
qo‘zg‘alishi xilma xil shartsiz va shartli ta’sirot natijasida yuzaga keladi. Shartsiz
ta’sirotlardan oziqa moddalarni og‘izdagi yoki me’da devoridagi retseptorlarga
ta’siri natijasida shira ajraladi. Reflektor yo‘l bilan shira ajralishi V.N.S. si
tomonidan boshqarilib simpatik va adashgan nervlar orqali amalga oshadi. Adashgan
nerv sekretor nerv hisoblanib, shira ajralishini kuchaytirib, suyuq, tuz va kislotalarga
boy, fermentasiya quvvati past bo‘lgan, simpatik nerv ta’sirida oz miqdorda lekin
quyuq shira ajratadi. Shirada organik birikmalar ko‘p, oqsil tabiatli moddalardan
fermentlar ko‘p, fementasiya kuchi katta bo‘ladi. Reflektor fazada ajralayotgan shira
umuman olganda dastlabki oziq ovqatlarni parchalanishiga ta’sir qiladigan ishtaha
shirasi bo‘lib hisoblanadi. Reflektor fazada shira ajralishi har xil oziqaning xislat va
xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, jumladan qatiq dag‘al oziqa ta’sirida ko‘p miqdorda
suyuq shira ajralsa, ammo suyuq, yumshoq oziqalar ta’sirida shira ajralishi kam,
quyuq shira ajraladi, fermentasiya quvvati har xil bo‘ladi. Shiraning fermentasiya
kuchi Mett (naychasi) usulida o‘rganiladi. (Maxsus mikrokapilyarli naycha
shkalalarga bo‘lingan bo‘lib, shu naycha ichiga oziq ovqat joylab, shira ta’sirini
termastat sharoitida qoldirilib, va hazmlanishni shu shkalalarda qo‘rib aniqlanadi).
Hayvon go‘sht, oqsil, yog‘ mahsulotlarini iste’mol qilib, ma’lum davrda hazm
bo‘lib, fermentasiya qobiliyati o‘rganiladi. Hazmlanish oziqaning haroratiga,
tarkibiga va boshqa hislatlarga bog‘iq.
Me’dada shira ajralishining kimyoviy fazasida oziq ovqatlarni qabul
qilgandan keyin taxminan 20-30 daqiqa o‘tgandan keyin shira ajralib boshlanib, 40-
45 daqiqa davom yetadi. Shiraning ajralishiga qonga so‘rilgan oziqa tarkibidagi
moddalar ta’sir qiladi. Oziq ovqat tarkibidgi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, har xil
tuzlar NaCl, har xil kislotalar (amina kislota, yog‘ kislotalari) shira ajralish
jarayonini kuchaytiruvchi sabab sifatida ta’sir qiladi.
Oqsillar aminokislotalarga parchalanib, qonga so‘rilib, me’dada shira
ajralishiga ta’sir yetadi. Yog‘lar, yog‘ kislotalariga va glisiringa parchalanib, qonga
so‘rilib, qon orqali shira ajralishiga ta’sir qiladi. Kimyoviy fazada shir ajralishi faqat
Gaydengayn usuli bilan tayyorlangan kichkina me’dachada oziq ovqatlarni solib,
ta’sirlanishini aniqlash mumkin. qimyoviy fazada ajralgan shira uzoq muddatda
ajralib, shira fermentasiyasining quvvati reflektor fazadagiga nisbatan past bo‘ladi.
Me’da motorikasi oshqozon devorida uzinasiga, qiyshiq hamda doira bo‘lib
joylashgan muskullar faoliyati tufayli yuzaga keladi. Doirasimon yoki oshqozon
halqasimon muskullari me’da pilorus oldi sfinktori va pillorusdan 12 barmoqli
ichakga chiqishdagi sfinktorni hosil qilib, ozuqani me’dadan 12 barmoq ichakga
o‘tishini boshqaradi. Me’da bo‘sh bo‘lganida me’da devorlari bir biriga tegib,
kardial teshigi yopiq, pilorus sfinktori ochiq bo‘ladi. Oziqa yutilishi bilan reflektor
ravishda kardial sfinktor ochilib, oziqa me’dada qatlamma-qatlam joylashib, pilorus
sfinktori yopiladi. Me’daning to‘laboshlashi undagi oziqalarni yevakuasiyasiga
sabab bo‘ladi. Me’dadagi harakatlar turlicha bo‘lsada, ularni ikkiga bo‘lib
o‘rganiladi: tonik va ritmik yoki peristaltik harakatlar.
1. Me’daning tonik harakatlari undagi uzunasiga va qiyshiq joylashgan
muskullarning qisqarishi bilan yuzaga kelib, oshqozon fundal qismini bir xilda
doimiy tarang tortilishi bilan yuzaga keladi. Bu harakat oziqani aralashtirmasada ozi-
qani siqib pilorus qismiga o‘tkazishga yordam beradi.
2.Ritmik harakat me’da devorida joylashgan muskullarni bir tomoni
qisqarganda, undan ilgaridagi qism muskullarini kengayishi natijasida yuzaga kelib,
bu harakat oshqozonning kordial qismidan boshlanib pilorus qismiga qarab
o‘tkaziladi. Bu vaqtda oshqozonning kardial va fundal qismi kuchsiz qisqarib pilorus
qismi kuchli qisqaradi. Bu ketma-ket harakatlarni kuzatilganida me’da qismlari
chuvalchangsimon harakat qilishi kuzatilib, bu chuvalchangsimon harakat deyiladi.
Pilorus ma’lum ritmda marom bilan damba-dam qisqarib, peris-taltik harakatning
shuning uchun ham ritmik harakat deyiladi. Ritmik harakatlar oziqani oshqozon
shirasi bilan yaxshi aralashib, ichak tomon yo‘naltiradi.
Oshqozon motorikasi markaziy nerv sistemasidan keladigan adashgan va
simapatik nervlar orqali boshqarilib, adashgan nerv oshqozon harakatini tezlashtirsa,
simpatik nerv sekinlashtiradi. Oshqozonga markaziy nerv sistemasidan impuls
kelmaganida ham mustaqil qisqarib, bu harakat oshqozon devoridagi nerv va muskul
yelementlariga bog‘liq. Lekin bu yuzaga kelayotgan harakatlar organizmning
o‘zgarib turadigan yextiyojini qondiraolmaydi. Oshqozon harakatini o‘zgarib
ishlashiga shartli refleks hosil qilsa bo‘ladi.
Oshqozon motorikasiga xlorid kislotasining miqdori, oshqozonning oziqa
bilan nechog‘li to‘lganligi, gistamin, oqsillar parchalanishidan hosil bo‘ladigan
xilma-xil mahsulotlar, tashqi muhit harorati ta’sir ko‘rsatadi. A.Yu.Yunusov issiqlik
va quyosh nuri ta’sirida me’da sekretor va motor faoliyatini tormozlanganligini,
keyinchalik shu sharoitga o‘rganib sekretor va motor faoliyatlar normallashganligini
kuzatgan. Demak, oshqozonda oziqa hazmlanishida oshqozon harakati ya’ni
motorikasi va oshqozon devorida joylashgan sekretor bezlardan har xil shira ishlab
chiqarilishi hamda gormonlar asosiy o‘rin yegallaydi.
TAYYoRLANISh UChUN SAVOLLAR.
1. Qanday tuzilishdagi oshqozonlarni bilasiz?
2. Oshqozon devori necha qavatdan va qanday muskullardan tuzilgan?
3. Oshqozonda shira ajralishini o‘rganish usularini ayting?
4. Oshqozon shirasining tarkibini ayting?
5. Oshqozonning qanday qismlar farq qilinadi?
6. Oshqozon shirasining fermentlarini va vazifalarini ayting?
7. Oshqozon devoridagi hujayralardan ajraladigan xlorid kislotasini ahamiya-
tini ayting?
8. Oshqozon shirasini ajralishini reflektor va kimyoviy fazasini tushuntiring?
9. Oshqozon motorikasining qanday turlarini bilasiz va uning ahamiyatini
tushuntiring?