MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI

Yuklangan vaqt

2025-02-25

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

44,5 KB


 
 
 
 
 
 
MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI 
 
REJA: 
1.Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari 
2.Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining 
maqsadi, vazifalari va manbalari 
3.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi 
4.Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-
kitoblarni tekshirish 
 
 
 
Tayanch so’z va iboralar: Mehnat haqi, mehnatga haq to’lash shakllari, 
ishbay, vaqtbay, nafaqa, minimal ish haqi, hujjatli solishtirish, ijtimoiy to’lovlar, ish 
haqidan soliqlar va majburiy to’lovlar, ijtimoiy to’lovlar, shartnoma to’lovlari, ishchi 
va xizmatchilar, ishchi va xodimlar, ta’rif setkasi. 
1. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari. 
Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish 
yo’nalishiga tegishli muhim o’zgarishlar kiritilmoqda. Buning natijasida mehnatga 
haq to’lash, xodimlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish tartibi va 
yo’nalishlari bo’yicha olib borilayotgan siyosat ham o’zgarmoqda. 
Ushbu siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo’llab quvvatlash va 
himoya qilish bo’yicha ko’pchilik tadbirlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
zimmasiga o’tdi. Chunonchi, sub’ektlar bu davrda mehnatga haq to’lash shakli, 
tizimi, miqdori va moddiy rag’batlantirish tartiblarini qonunchilik asosida mustaqil 
ravishda belgilamoqdalar. Natijada (ish haqi tushunchasi o’zgardi, chunki uning 
tarkibiga ish haqidan tashqari quyidagi hisoblanadigan va olinadigan daromadlar 
qo’shildi:
MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI REJA: 1.Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari 2.Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va manbalari 3.Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi 4.Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob- kitoblarni tekshirish Tayanch so’z va iboralar: Mehnat haqi, mehnatga haq to’lash shakllari, ishbay, vaqtbay, nafaqa, minimal ish haqi, hujjatli solishtirish, ijtimoiy to’lovlar, ish haqidan soliqlar va majburiy to’lovlar, ijtimoiy to’lovlar, shartnoma to’lovlari, ishchi va xizmatchilar, ishchi va xodimlar, ta’rif setkasi. 1. Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditining me’yoriy asoslari. Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo’nalishiga tegishli muhim o’zgarishlar kiritilmoqda. Buning natijasida mehnatga haq to’lash, xodimlarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish tartibi va yo’nalishlari bo’yicha olib borilayotgan siyosat ham o’zgarmoqda. Ushbu siyosatni joriy qilish natijasida davlatning ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha ko’pchilik tadbirlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning zimmasiga o’tdi. Chunonchi, sub’ektlar bu davrda mehnatga haq to’lash shakli, tizimi, miqdori va moddiy rag’batlantirish tartiblarini qonunchilik asosida mustaqil ravishda belgilamoqdalar. Natijada (ish haqi tushunchasi o’zgardi, chunki uning tarkibiga ish haqidan tashqari quyidagi hisoblanadigan va olinadigan daromadlar qo’shildi:
 
 
- moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar har xil mukofotlar, qo’shimcha va 
ustama to’lovlar, ijtimoiy imtiyozlar;  
- qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning ishlamagan kunlari (ta’til, bayram 
kunlari va sh.u.) uchun hisoblangan summalar va hokazolar. Bozor munosabatlari 
rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning mulkiga qo’shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun oladigan 
daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo’shildi. 
Natijada har bir ishchi xodimning mehnat daromadi uning sub’ekt faoliyatiga 
qo’shgan ulushi va sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasiga bog’liq bo’ladi. Ushbu 
daromadning yuqori darajasi chegaralanmagan, lekin soliq miqdorining darajasi 
bilan tartibga solib turiladi. Mehnat haqining minimal darajasi tegishli qonun 
hujjatlariga asosan tartibga solib turiladi.  
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va xodimlar o’rtasidagi ustav munosabatlarning 
yuridik asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi ular o’rtasida tuzilgan 
jamoa (jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo’lib, unda jamiyatning huquqi doirasidagi 
mehnatga haq to’lash shartlari aniq va ravshan ko’rsatib o’tiladi. 
Bu davrda xodimlarni ijtimoiy kafolatga olishning yangi yo’nalishi inflyatsiya 
natijasidagi aholining ko’rgan zararini va daromadini indeksatsiya qilishdir. Ushbu 
kafolatni amalga oshirishda davlat tomonidan tashkil qilingan byudjetdan tashqari 
jamg’armalar (ijtimoiy muhofaza, pensiya jamg’armalari, bandlik jamg’armalari va 
hokazolar) muhim o’rin tutadi. Ushbu jamg’armalarni tashkil qilish va ulardan 
foydalanishning tartibi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuqorida 
keltirilgan jamg’armalar maxsus maqsadli ajratmalar va manbalar hisobidan tashkil 
qilinadi va davlat byudjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadilar, o’zining 
mustaqilligiga ega va muhim ijtimoiy dasturlarni va tadbirlarni o’tkazish uchun 
moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mehnat va 
unga haq to’lashni hisobga olish sub’ektning hisob tizimida va auditida asosiy 
o’rinlardan birini egallaydi. Chunki, asosiy vazifalar quyidagilardan tashkil topadi: 
a) xodim bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa 
to’lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish) o’z 
vaqtida amalga oshirish;
- moliyalashtirish manbaidan qat’iy nazar har xil mukofotlar, qo’shimcha va ustama to’lovlar, ijtimoiy imtiyozlar; - qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning ishlamagan kunlari (ta’til, bayram kunlari va sh.u.) uchun hisoblangan summalar va hokazolar. Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda xodimlar daromadining tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkiga qo’shilgan ulushlari va olgan aktsiyalari uchun oladigan daromadlar (dividentlar, foizlar)i ham qo’shildi. Natijada har bir ishchi xodimning mehnat daromadi uning sub’ekt faoliyatiga qo’shgan ulushi va sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasiga bog’liq bo’ladi. Ushbu daromadning yuqori darajasi chegaralanmagan, lekin soliq miqdorining darajasi bilan tartibga solib turiladi. Mehnat haqining minimal darajasi tegishli qonun hujjatlariga asosan tartibga solib turiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt va xodimlar o’rtasidagi ustav munosabatlarning yuridik asosi, shu jumladan mehnat haqiga taalluqli qismi ular o’rtasida tuzilgan jamoa (jamiyat) yoki shaxsiy shartnoma bo’lib, unda jamiyatning huquqi doirasidagi mehnatga haq to’lash shartlari aniq va ravshan ko’rsatib o’tiladi. Bu davrda xodimlarni ijtimoiy kafolatga olishning yangi yo’nalishi inflyatsiya natijasidagi aholining ko’rgan zararini va daromadini indeksatsiya qilishdir. Ushbu kafolatni amalga oshirishda davlat tomonidan tashkil qilingan byudjetdan tashqari jamg’armalar (ijtimoiy muhofaza, pensiya jamg’armalari, bandlik jamg’armalari va hokazolar) muhim o’rin tutadi. Ushbu jamg’armalarni tashkil qilish va ulardan foydalanishning tartibi tegishli qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuqorida keltirilgan jamg’armalar maxsus maqsadli ajratmalar va manbalar hisobidan tashkil qilinadi va davlat byudjetidan ajralgan holda faoliyat ko’rsatadilar, o’zining mustaqilligiga ega va muhim ijtimoiy dasturlarni va tadbirlarni o’tkazish uchun moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda mehnat va unga haq to’lashni hisobga olish sub’ektning hisob tizimida va auditida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Chunki, asosiy vazifalar quyidagilardan tashkil topadi: a) xodim bilan mehnat haqi bo’yicha hisoblashishni (mehnat haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash, tegishli summalarni ushlash va qolgan summalarni berish) o’z vaqtida amalga oshirish;
 
 
b) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi va 
tegishli ajratmalarni o’z vaqtida va to’g’ri qo’shish; 
s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisob ma’lumotlarini 
tayyorlash uchun mehnat va unga haq to’lash bilan bog’liq ko’rsatkichlarni yig’ish 
va guruhlashtirish; 
d) ijtimoiy sug’urta, pensiya va badallik jamg’armalari bilan hisoblashishni o’z 
vaqtida va to’g’ri amalga oshirish. 
Mehnat va unga haq to’lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, 
ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi jamg’armasini 
shakllantirish ijtimoiy xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlarni amalga oshirish ustidan 
tezkor nazorat o’rnatishni ta’minlashi lozim. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalarni 
o’z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va 
iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir. 
Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning auditi uchun asosiy 
manbalar bo’lib quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi: 
-O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi.  
-O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.  
-O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi.  
-“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.  
-“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni.  
-“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya 
hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” 21-sonli 
O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS). 
-O’zbekiston Respublikasining boshqa BHMSlari. 
-Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi nizom. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevralda 54-
son bilan tasdiqlangan (o’zgartirishlar bilan). 
 
2. Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining 
maqsadi, vazifalari va manbalari.
b) ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga hisoblangan mehnat haqi va tegishli ajratmalarni o’z vaqtida va to’g’ri qo’shish; s) tezkor boshqarishni amalga oshirish va tegishli hisob ma’lumotlarini tayyorlash uchun mehnat va unga haq to’lash bilan bog’liq ko’rsatkichlarni yig’ish va guruhlashtirish; d) ijtimoiy sug’urta, pensiya va badallik jamg’armalari bilan hisoblashishni o’z vaqtida va to’g’ri amalga oshirish. Mehnat va unga haq to’lash hisobi sarflangan mehnatning miqdori va sifati, ushbu yo’nalishdagi mablag’lardan foydalanish, mehnat haqi jamg’armasini shakllantirish ijtimoiy xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlarni amalga oshirish ustidan tezkor nazorat o’rnatishni ta’minlashi lozim. Chunki, yuqorida keltirilgan vazifalarni o’z vaqtida amalga oshirilishi xodimlarning turmush farovonligini yaxshilash va iqtisodiy silsilalardan himoya qilishning asosiy omillaridan biridir. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarning auditi uchun asosiy manbalar bo’lib quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblanadi: -O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. -O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. -O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. -“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. -“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” 21-sonli O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS). -O’zbekiston Respublikasining boshqa BHMSlari. -Mahsulot (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi nizom. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yil 5 fevralda 54- son bilan tasdiqlangan (o’zgartirishlar bilan). 2. Aktsiyadorlik jamiyatlarida mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va manbalari.
 
 
O’zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo ejtishga 
qaratilgan keng ko’lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirish 
bo’yicha o’z yo’lini tanladi.. Shu sababli, mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlarni 
ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha o’tkazilayotgan auditorlik 
tekshiruvlarini o’tkazishdan maqsad mehnat munosabatlariga tegishli bo’lgan 
qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli xil qo’shimcha to’lovlar va 
mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar 
to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat.  
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar 
Vazifalar majmui 
Auditda hal etiladigan vazifalar 
1.Mehnat 
qonunchiligiga doir 
huquqiy-me’yoriy 
hujjatlarga 
rioya 
qilinishi va ichki 
nazorat 
samaradorligining 
holatini baholash 
1.1. Mehnat haqi to’lashni belgilovchi huquqiy-me’yoriy 
hujjatlarning mavjudligi va tahlili; 
1.2. Jamoa mehnat shartnomalari, xodimlarni mukofotlash 
va rag’batlantirish to’g’risida nizom mavjudligi; 
1.3. Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, 
xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil etilishi; 
1.4. Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar 
turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi; 
1.5. Ish haqi fondi ustidan nazorat tizimining mavjudligi va 
holati; 
1.6. Hisobot ko’rsatkichlarning sintetik va analitik htisob 
registrlari ma’lumotlariga mosligi. 
 
2.Mehnat 
haqi 
bo’yicha 
hisob-
kitoblarga 
doir 
hisob va 
hisobot 
ma’lumotlarining 
ishonchliligini 
tekshirish. 
2.1.Dastlabki hisob hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilishi; 
2.2. Haq turlari (ishbay, vaqtbay va h.k.) bo’yicha ish haqi 
hisoblashning to’g’riligi. 
2.3. Har xil maqsadlar (mehnat ta’tili va h.k.) uchun 
o’rtacha ish haqini hisoblashni tekshirish; 
2.4. Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi; 
2.5. Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shish; 
2.6. Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni
O’zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan barcha jabhalarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga ega demokratik huquqiy davlatni barpo ejtishga qaratilgan keng ko’lamli kompleks islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirish bo’yicha o’z yo’lini tanladi.. Shu sababli, mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash va himoya qilish bo’yicha o’tkazilayotgan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdan maqsad mehnat munosabatlariga tegishli bo’lgan qonunchilikka rioya qilinishi, ish haqi va turli xil qo’shimcha to’lovlar va mukofotlar, shuningdek, ish haqidan soliqlar va ijtimoiy ehtiyojlar uchun to’lovlar to’g’ri hisoblanishi ustidan nazorat qilishdan iborat. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar Vazifalar majmui Auditda hal etiladigan vazifalar 1.Mehnat qonunchiligiga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi va ichki nazorat samaradorligining holatini baholash 1.1. Mehnat haqi to’lashni belgilovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mavjudligi va tahlili; 1.2. Jamoa mehnat shartnomalari, xodimlarni mukofotlash va rag’batlantirish to’g’risida nizom mavjudligi; 1.3. Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) hisobini hujjatlashtirishning tashkil etilishi; 1.4. Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar turlarining klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi; 1.5. Ish haqi fondi ustidan nazorat tizimining mavjudligi va holati; 1.6. Hisobot ko’rsatkichlarning sintetik va analitik htisob registrlari ma’lumotlariga mosligi. 2.Mehnat haqi bo’yicha hisob- kitoblarga doir hisob va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tekshirish. 2.1.Dastlabki hisob hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilishi; 2.2. Haq turlari (ishbay, vaqtbay va h.k.) bo’yicha ish haqi hisoblashning to’g’riligi. 2.3. Har xil maqsadlar (mehnat ta’tili va h.k.) uchun o’rtacha ish haqini hisoblashni tekshirish; 2.4. Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi; 2.5. Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shish; 2.6. Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni
 
 
hisob-registrlarida aks ettirish; 
2.7. Soliqqa tortishda imtiyozlarni qo’llash va jami 
daromadni hisoblashning to’g’riligi; 
3.Byudjetdan 
tashqari 
fondlar, 
yagona 
ijtimoiy 
to’lov 
bo’yicha 
hisob-kitoblarning 
to’g’riligi  
3.1. Yagona ijtimoiy to’lov fondiga ajratmalarni hisoblash 
bazasi va hisob-kitoblar to’g’riligi; 
3.2. Yagona ijtimoiy to’lov fondi bilan hisob-kitoblarni 
hisob va hisobotda aks ettirishning to’g’riligi; 
Auditor tekshiruv chog’ida avvalo hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy xatolar 
yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Bunda dalil-isbotlarni to’plash 
uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. 
Shuningdek, auditni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur 
bo’lgan me’yoriy hujjat paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang’ich 
hujjatlarni komplektlaydi. 
Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitob muomilalarini buxgalteriya hisobida aks 
ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me’yoriy-
hujjatlar to’plamimijoz korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda 
shakllantirilishi lozim. 
Ta’kidlash joizki, mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. 
Unda mehnatning tavsifi, mehnat harajatlarini va uning natijalarini o’lchash hamda 
baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plab 
nozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar 
bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, 
korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish 
to’g’risidagi buyruqlarni (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va 
mehnat bitimlari, mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish 
to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish 
tabellari, ishbay ishlar uchun naryadlar va hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari, 
mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa hujjatlarning 
rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib,
hisob-registrlarida aks ettirish; 2.7. Soliqqa tortishda imtiyozlarni qo’llash va jami daromadni hisoblashning to’g’riligi; 3.Byudjetdan tashqari fondlar, yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblarning to’g’riligi 3.1. Yagona ijtimoiy to’lov fondiga ajratmalarni hisoblash bazasi va hisob-kitoblar to’g’riligi; 3.2. Yagona ijtimoiy to’lov fondi bilan hisob-kitoblarni hisob va hisobotda aks ettirishning to’g’riligi; Auditor tekshiruv chog’ida avvalo hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy xatolar yo’qligiga etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Bunda dalil-isbotlarni to’plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. Shuningdek, auditni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjat paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarni komplektlaydi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitob muomilalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me’yoriy- hujjatlar to’plamimijoz korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirilishi lozim. Ta’kidlash joizki, mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning tavsifi, mehnat harajatlarini va uning natijalarini o’lchash hamda baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plab nozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlarni (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari, mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari, ishbay ishlar uchun naryadlar va hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari, mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa hujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib,
 
 
mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab 
tekshirishi lozim. Xususan:  
1.Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya 
qilinishi; shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida 
tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga haq to’lashning to’g’riligi; shtat 
intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha mehnatga haq to’lashning 
asosligi. 
2.Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan, 
bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq to’lashning 
akkord tizimi qo’llanilganligi. Akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun 
qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan 
muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi. 
3.Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat 
jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish 
bilan birgalikda aniqlanadi. 
 
3. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi 
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun 
dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni 
qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. 
Tekshiruv o’tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq 
to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq 
to’lash va mukofotlash to’g’risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, 
mehnatga haq to’lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hislob bo’limi 
kompyuterlashtirilganligi va boshqa masalalarni aniqlashi lozim. Albatta, auditor 
test savollar ro’yxatini ishlab chiqishi lozim. Quyida mehnatga haq to’lash bo’yicha 
audit dasturini tuzishdan oldin tuzilgan test savollari jadvali keltiriladi.  
Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha 
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan 
testlar 
№ 
Savol mazmuni yoki 
Javob mazmuni 
Belgi 
Auditorning
mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshirishi lozim. Xususan: 1.Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya qilinishi; shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga haq to’lashning to’g’riligi; shtat intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha mehnatga haq to’lashning asosligi. 2.Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan, bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi. Akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi. 3.Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi. 3. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditini rejalashtirish bosqichi Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Tekshiruv o’tkazishni boshlashdan avval auditor korxonada mehnatga haq to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanishi, xodimlar jadvali, mehnatga haq to’lash va mukofotlash to’g’risida ichki nizomlar, jamoa shartnomasi mavjudligi, mehnatga haq to’lash hisobi qanday tashkil etilganligi, ushbu hislob bo’limi kompyuterlashtirilganligi va boshqa masalalarni aniqlashi lozim. Albatta, auditor test savollar ro’yxatini ishlab chiqishi lozim. Quyida mehnatga haq to’lash bo’yicha audit dasturini tuzishdan oldin tuzilgan test savollari jadvali keltiriladi. Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish yuzasidan testlar № Savol mazmuni yoki Javob mazmuni Belgi Auditorning
 
 
o’rganilayotgan ob’ekt 
(tekshiruv 
natijasi) 
xulosalari va 
qarorlari 
1 
2 
3 
4 
5 
A.Ichki nazorat 
1 
Xodimlar 
jadvali 
tasdiqlanganmi va unga rioya 
etiladimi? 
Xodimlar 
jadvali 
har 
yili 
bir 
marotaba qaytadan 
ko’rib chiqiladi 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi 
mumkin 
2 
Har 
bir 
xodimga 
shaxsiy 
varaqalar yuritilganmi 
Ha, yuritilgan 
N4 
Nazorat 
etarli 
darajada 
3 
Ishga qabul qilish va ishdan 
bo’shatish 
to’g’risidagi 
buyruqlar o’z vaqtida qabul 
qilinadimi? 
Buyruqlar 
o’z 
vaqtida va to’g’ri 
qabul qilinadi 
N4 
Nazorat 
etarli 
darajada 
4 
Xodimlar bo’limi tomonidan 
tasdiqlangan ishbay haqlar va 
ta’rif stavkalari qo’llaniladimi? 
Xodimlar 
bo’limi 
tomonidan bir yilda 
kamida 
bir 
marotaba 
tanlab 
olib nazorat amalga 
oshiriladi 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi 
mumkin 
5 
Ish haqidan ushlab qolishlar 
tekshiriladimi? 
Bir yilda kamida 
bir marotaba tanlab 
olib nazorat amalga 
oshiriladi 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi 
mumkin 
6 
Soliqlar, 
ijtimoiy 
sug’urta 
bo’yicha hisob-kitoblar soliq 
idoralari 
tomonidan 
tekshirilganmi?  
Hisobot 
yilida 
tekshiruv 
o’tkazilmagan 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi 
mumkin 
7 
Hisob-kitob 
to’lov 
qaydnomalari 
to’g’ri 
raqamlanganmi ? 
Ketma-ket 
raqamlash 
qo’llaniladi 
N4 
Nazorat 
etarli 
darajada
o’rganilayotgan ob’ekt (tekshiruv natijasi) xulosalari va qarorlari 1 2 3 4 5 A.Ichki nazorat 1 Xodimlar jadvali tasdiqlanganmi va unga rioya etiladimi? Xodimlar jadvali har yili bir marotaba qaytadan ko’rib chiqiladi N2 Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin 2 Har bir xodimga shaxsiy varaqalar yuritilganmi Ha, yuritilgan N4 Nazorat etarli darajada 3 Ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish to’g’risidagi buyruqlar o’z vaqtida qabul qilinadimi? Buyruqlar o’z vaqtida va to’g’ri qabul qilinadi N4 Nazorat etarli darajada 4 Xodimlar bo’limi tomonidan tasdiqlangan ishbay haqlar va ta’rif stavkalari qo’llaniladimi? Xodimlar bo’limi tomonidan bir yilda kamida bir marotaba tanlab olib nazorat amalga oshiriladi N2 Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin 5 Ish haqidan ushlab qolishlar tekshiriladimi? Bir yilda kamida bir marotaba tanlab olib nazorat amalga oshiriladi N2 Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin 6 Soliqlar, ijtimoiy sug’urta bo’yicha hisob-kitoblar soliq idoralari tomonidan tekshirilganmi? Hisobot yilida tekshiruv o’tkazilmagan N2 Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin 7 Hisob-kitob to’lov qaydnomalari to’g’ri raqamlanganmi ? Ketma-ket raqamlash qo’llaniladi N4 Nazorat etarli darajada
 
 
8 
Mukofotlar, 
mehnat 
ta’tili, 
kasallik 
varaqalari 
va 
boshqalarni hisoblash tartibiga 
rioya qilinadimi? 
Rioya 
qilinadi, 
lekin 
korxonada 
to’lovlar 
tartibi 
to’g’risida 
ichki 
Nizom 
ishlab 
chiqilmagan 
va 
tasdiqlanmagan 
N2 
Ichki 
nazorat 
susaytirilgan, 
xatolar 
bo’lishi 
mumkin 
9 
Ish haqi va boshqa to’lovlar o’z 
vaqtida to’lanmagan holatlar 
bo’lganmi? 
Ha, bo’lgan 
N2 
Sabablarini 
aniqlash lozim 
10 Ish haqini tayyor mahsulotlar 
bilan 
to’lash 
holatlari 
bo’lganmi? 
Ha, bo’lgan 
N2 
Soliqqa 
tortish 
to’g’ri 
hisoblanganligini 
tekshirish lozim 
11 Ish 
haqi 
bo’yicha 
schyotlarning 
o’zaro 
bog’lanish 
chizmasi 
ishlab 
chiqilganmi? 
Yo’q, 
ishlab 
chiqilmagan. 
N2 
Schyotlar 
korresponden-
tsiyalanishida 
xatolar 
bo’lishi 
mumkin 
12 Ish haqini hisoblash bo’yicha 
dastlabki hujjatlar, tahliliy va 
sintetik hisob ma’lumotlari 
solishtiriladimi? 
Chorak 
oxirida 
tanlab 
olib 
tekshiriladi 
N3 
Tanlab 
olib 
tekshiruv 
o’tkazish lozim 
Izoh: N1-past daraja; N2-o’rtachadan past; N3-o’rtacha, N4-yuqori. 
Ustav kapitalini shakllanishi va harakati va ulardan foydalanish bo’yicha 
auditorlik tekshiruvining o’tkazish rejasini tuzishi va audit dasturini tayyorlashi 
lozim. 
Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzulgunga qadar boshlanadi. Bu xolat ko’p 
hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzulmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq 
xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni 
yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzulgan holda auditni dastlabki
8 Mukofotlar, mehnat ta’tili, kasallik varaqalari va boshqalarni hisoblash tartibiga rioya qilinadimi? Rioya qilinadi, lekin korxonada to’lovlar tartibi to’g’risida ichki Nizom ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmagan N2 Ichki nazorat susaytirilgan, xatolar bo’lishi mumkin 9 Ish haqi va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmagan holatlar bo’lganmi? Ha, bo’lgan N2 Sabablarini aniqlash lozim 10 Ish haqini tayyor mahsulotlar bilan to’lash holatlari bo’lganmi? Ha, bo’lgan N2 Soliqqa tortish to’g’ri hisoblanganligini tekshirish lozim 11 Ish haqi bo’yicha schyotlarning o’zaro bog’lanish chizmasi ishlab chiqilganmi? Yo’q, ishlab chiqilmagan. N2 Schyotlar korresponden- tsiyalanishida xatolar bo’lishi mumkin 12 Ish haqini hisoblash bo’yicha dastlabki hujjatlar, tahliliy va sintetik hisob ma’lumotlari solishtiriladimi? Chorak oxirida tanlab olib tekshiriladi N3 Tanlab olib tekshiruv o’tkazish lozim Izoh: N1-past daraja; N2-o’rtachadan past; N3-o’rtacha, N4-yuqori. Ustav kapitalini shakllanishi va harakati va ulardan foydalanish bo’yicha auditorlik tekshiruvining o’tkazish rejasini tuzishi va audit dasturini tayyorlashi lozim. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzulgunga qadar boshlanadi. Bu xolat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzulmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzulgan holda auditni dastlabki
 
 
rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditning umumiy qiymatiga 
qo’shiladi, aks xolda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilishi lozim.Rejalashtirish auditning boshlang’ich bosqichi bo’lib,auditorlar reja 
tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv ishlarini boshlamasliklari lozim. 
 
 
4. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob-
kitoblarni tekshirish 
Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi kamchiliklar 
ko’proq uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat jadvali va lavozim 
maoshlari sxemasida belgilanganidan oshib ketishi; ish haqiga har xil qo’shimcha va 
ustamalarning noqonuniy tayinlanishi; qo’shib yozishlar; ishbay rastsenkalarning 
oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va muhandis-texnik xodimlar mehnatiga haq to’lash 
uchun belgilangan ish haqi fondi hisobidan kotibalar, shaxsiy haydovchilar va har 
xil boshqaruv xizmati xodimlariga xaq to’lash kabilar. 
Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan mehnat 
haqini o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni sotib olish yoki 
smetada ko’zda tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta xodimlarni ishga qabul 
qilish hollari ham uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar va hisobotlarni bevosita ish 
joylarida puxta tahlil qilish yo’li bilan quyidagilarni aniqlaydi: ish haqi to’lash uchun 
pul olishda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotlar to’g’riligi va olingan pul 
mablag’larining belgilangan maqsadda ishlatilishi, ish haqi fondidan oshiqcha haq 
to’lashga ruxsat berish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi fondi mablag’larining 
oshiqcha sarflanishiga yo’l qo’yilish sabablari ya’ni butunlay noto’g’ri, 
qalbakilashtirilgan, ko’pchilik hollarda reja topshiriqlarini bajarganlik va oshirib 
bajarganlik uchun deb noqonuniy mukofot olish maqsadida qilinadigan hisobot 
ma’lumotlarini oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish oqibatida haqiqatda 
bajarilmagan ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, materiallar, yoqilg’ilar va boshqa 
resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talon-taroj qilish hollari ko’p uchraydi. 
Xodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi 
xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Ish haqi qishloq xo’jaligida mahsulot (ish, 
xizmat)lar tannarxida salmoqli o’rin egallaganligi sababli auditor ish haqi fondini
rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditning umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks xolda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim.Rejalashtirish auditning boshlang’ich bosqichi bo’lib,auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv ishlarini boshlamasliklari lozim. 4. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha hisob- kitoblarni tekshirish Korxonalar amaliyotida mehnatga haq to’lash bo’yicha quyidagi kamchiliklar ko’proq uchraydi: oylik maoshlari va stavkalar hajmining shtat jadvali va lavozim maoshlari sxemasida belgilanganidan oshib ketishi; ish haqiga har xil qo’shimcha va ustamalarning noqonuniy tayinlanishi; qo’shib yozishlar; ishbay rastsenkalarning oshirib ko’rsatilishi; ishchilar va muhandis-texnik xodimlar mehnatiga haq to’lash uchun belgilangan ish haqi fondi hisobidan kotibalar, shaxsiy haydovchilar va har xil boshqaruv xizmati xodimlariga xaq to’lash kabilar. Noqonuniy qo’shimcha haq belgilash, ayrim hollarda hisoblangan mehnat haqini o’zlashtirish, o’zlashtirish maqsadida material qiymatliklarni sotib olish yoki smetada ko’zda tutilmagan xarajatlarni yopish uchun soxta xodimlarni ishga qabul qilish hollari ham uchraydi. Auditor dastlabki hujjatlar va hisobotlarni bevosita ish joylarida puxta tahlil qilish yo’li bilan quyidagilarni aniqlaydi: ish haqi to’lash uchun pul olishda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotlar to’g’riligi va olingan pul mablag’larining belgilangan maqsadda ishlatilishi, ish haqi fondidan oshiqcha haq to’lashga ruxsat berish tartibiga rioya qilinishi, ish haqi fondi mablag’larining oshiqcha sarflanishiga yo’l qo’yilish sabablari ya’ni butunlay noto’g’ri, qalbakilashtirilgan, ko’pchilik hollarda reja topshiriqlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun deb noqonuniy mukofot olish maqsadida qilinadigan hisobot ma’lumotlarini oshirib ko’rsatish kabilar. Qo’shib yozish oqibatida haqiqatda bajarilmagan ishlarga ish haqi to’lash, xom ashyo, materiallar, yoqilg’ilar va boshqa resurslarni hisobdan chiqarish, natijada talon-taroj qilish hollari ko’p uchraydi. Xodimlar soni va ularning toifalari bo’yicha ish haqi fondining hajmi xo’jalikning biznes-rejasida belgilanadi. Ish haqi qishloq xo’jaligida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxida salmoqli o’rin egallaganligi sababli auditor ish haqi fondini
 
 
tekshirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Tekshiruv boshlanishidan oldin auditor 
xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi fondining hajmini va uning biznes-rejaga to’g’ri 
kelishini aniqlashi zarur. 
Ish haqi fondining haqiqiy sarfi “Xodimlarning toifalari va hisoblangan ish 
haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot” (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar bajariladigan 
jadval), “Xodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar ish haqi fondini 
hisobga olish vedomosti” (20-shakl), hisob-kitob to’lov vedomostlari va ish haqi 
hisoblash uchun asos bo’lgan boshqa dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga asosan 
tekshiriladi. Tekshirilayotgan davr (choraklik, yil) uchun belgilangan ish haqi 
fondinihaqiqatda hisoblangan ish haqi summalari bilan taqqoslash zarur. Buning 
natijasida ish haqi fondining umumiy tejalgani yoki oshiqcha sarflangani aniqlanadi. 
Agar yil davomida ishlab chiqarish xajmining o’zgarganligi sababli dastlabki ish 
haqi fondiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u holda ular umumiy tejash yoki 
oshiqcha sarflashni aniqlashda inobatga olinadi. 
Tekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining har 
oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos kelishi ham 
aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy summasi shu 
oydagi 21-shakl “Xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlama ma’lumot”ning 
summasiga mos kelishi kerak. 
 Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-“Hisob-kitobschyoti”dan olingan 
summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi hisob-
kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi kerak. 
Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va xizmat 
ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi; lavozim 
maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi; mashina va 
mexanizmlarda bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar (g’allani o’rish, donni yuklash va 
qo’shimcha ishlov berish, yaganalash, chekankalash va h.k) qo’lda bajarilganda ish 
hajmining qo’shibyozilishi va hokazolar. Ayrim hollarda oshiqcha sarflar ob’ektiv 
sabablar oqibatida sodir bo’ladi, masalan, qor yoki yomg’ir ko’p yoqqan paytlarda 
yo’llarni tozalash, mollarga ozuqa etkazib berish va boshqalar. Bularning barchasi 
puxta tekshirilishi zarur.
tekshirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Tekshiruv boshlanishidan oldin auditor xo’jalikda tasdiqlangan ish haqi fondining hajmini va uning biznes-rejaga to’g’ri kelishini aniqlashi zarur. Ish haqi fondining haqiqiy sarfi “Xodimlarning toifalari va hisoblangan ish haqining tarkibi bo’yicha ma’lumot” (19-shakl bo’yicha hisob-kitoblar bajariladigan jadval), “Xodimlar, yollangan va chetdan jalb qilingan shaxslar ish haqi fondini hisobga olish vedomosti” (20-shakl), hisob-kitob to’lov vedomostlari va ish haqi hisoblash uchun asos bo’lgan boshqa dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga asosan tekshiriladi. Tekshirilayotgan davr (choraklik, yil) uchun belgilangan ish haqi fondinihaqiqatda hisoblangan ish haqi summalari bilan taqqoslash zarur. Buning natijasida ish haqi fondining umumiy tejalgani yoki oshiqcha sarflangani aniqlanadi. Agar yil davomida ishlab chiqarish xajmining o’zgarganligi sababli dastlabki ish haqi fondiga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, u holda ular umumiy tejash yoki oshiqcha sarflashni aniqlashda inobatga olinadi. Tekshirish jarayonida hisoblashuv-to’lov vedomostlari ma’lumotlarining har oyda bankka taqdim qilinadigan ma’lumotnoma ko’rsatkichlariga mos kelishi ham aniqlanadi. Ma’lumotnomadagi hisoblangan ish haqining umumiy summasi shu oydagi 21-shakl “Xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha jamlama ma’lumot”ning summasiga mos kelishi kerak. Ish haqi berish uchun bankdagi 5110-“Hisob-kitobschyoti”dan olingan summalar, shuningdek, undan ushlanib, o’tkazilgan summalar 21-shakldagi hisob- kitoblar bajariladigan jadvalning tegishli ma’lumotlari bilan mos kelishi kerak. Ish haqi fondining oshiqcha sarflanishi ma’muriy boshqaruv, xo’jalik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonining shtat jadvalidagidan oshib ketganligi; lavozim maoshlari, stavkalar va rastsenkalarning oshirib yuborilganligi; mashina va mexanizmlarda bajarilishi ko’zda tutilgan ishlar (g’allani o’rish, donni yuklash va qo’shimcha ishlov berish, yaganalash, chekankalash va h.k) qo’lda bajarilganda ish hajmining qo’shibyozilishi va hokazolar. Ayrim hollarda oshiqcha sarflar ob’ektiv sabablar oqibatida sodir bo’ladi, masalan, qor yoki yomg’ir ko’p yoqqan paytlarda yo’llarni tozalash, mollarga ozuqa etkazib berish va boshqalar. Bularning barchasi puxta tekshirilishi zarur.
 
 
Auditor xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatda jalb 
qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda mehnat haqi 
to’langanligini ham aniqlashi kerak. 
Mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning 
tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini o’lchash hamda baholash, 
rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plabnozik va 
o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar bo’yicha 
me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona 
rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi 
buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari; 
mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi 
nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari va 
ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari, mehnatga 
haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa xujjatlarning 
rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, 
mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab 
tekshiradi. Xususan: 
1. Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya 
qilinishi: shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida 
tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga xaq to’lashning to’g’riligi; shtat 
intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha haq to’lashning asosliligi. 
2. Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan, 
bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq to’lashning 
akkord tizimi qo’llanilganligi, akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun 
qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan 
muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi. 
3. Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat 
jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish 
bilan birgalikda aniqlanadi. 
Ma’muriy boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, xizmatchilar va kichik 
xizmatchi xodimlarga to’lanadigan haq ularning haqiqiy sonini shtat jadvali va 
belgilangan lavozim maoshlari bilan solishtirib tekshiriladi.
Auditor xo’jalikka chetdan ishchilarni qancha, qachon va qaysi muddatda jalb qilinganligi, ulardan qanday foydalanilganligi va ularga qanday tartibda mehnat haqi to’langanligini ham aniqlashi kerak. Mehnatga haq to’lash masalalari etarli darajada murakkab. Unda mehnatning tavsifi, mehnat xarajatlarini va uning natijalarini o’lchash hamda baholash, rastsenkalar, mukofotlar va hokazolarni belgilash bilan bog’liq ko’plabnozik va o’ziga xos tafsilotlari mavjud. Shuning uchun auditordan ushbu masalalar bo’yicha me’yoriy baza va hisob yuritishning ahvolini aniqlash, shtatlar jadvali, korxona rahbariyatining xodimlarni oylik maosh tayinlab ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruqlari (tanlab tekshiriladi), tuzilgan pudrat shartnomalari va mehnat bitimlari; mehnatga haq to’lash, mukofotlash va moddiy yordam berish to’g’risidagi nizomlarni o’rganish talab etiladi. So’ngra ish vaqtini hisobga olish tabellari va ishbay ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov va to’lov vedomostlari, mehnatga haq to’lash hamda uni tartibga solish bilan bog’liq boshqa xujjatlarning rasmiylashtirilishi tekshiriladi. Auditor ushbu masalalar bilan tanishib chiqib, mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarning asosiy bloklarini sinchiklab tekshiradi. Xususan: 1. Korxona xodimlarining shtat jadvalida belgilangan oylik maoshlariga rioya qilinishi: shtat jadvalining boshqaruv kengashi yoki aktsiyadorlar majlisida tasdiqlanganligi; o’rindoshlik asosida mehnatga xaq to’lashning to’g’riligi; shtat intizomiga rioya qilinishi; mehnat bitimlari bo’yicha haq to’lashning asosliligi. 2. Ishchilarga ishbay naryadlar bo’yicha haq to’lashning to’g’riligi, xususan, bajarilmagan ishlar uchun qo’shib yozish hollari yo’qligi, mehnatga haq to’lashning akkord tizimi qo’llanilganligi, akkord naryadlarining tegishli butun ish uchun qilingan kalkulyatsiya bilan asoslanishi, akkord topshiriqlarining belgilangan muddatda bajarilganligi va yuqori sifatliligi aniqlanadi. 3. Mukofotlash tartibi va asosliligi, mukofotlash sabablarini aniqlash va mehnat jamoasi tomonidan qabul qilinib, tasdiqlangan mukofotlash tizimini tahlil qilish bilan birgalikda aniqlanadi. Ma’muriy boshqaruv xodimlari, mutaxassislar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlarga to’lanadigan haq ularning haqiqiy sonini shtat jadvali va belgilangan lavozim maoshlari bilan solishtirib tekshiriladi.
 
 
Shuningdek, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va 19, 20, 21-shakldagi hisob-
kitob bajariladigan jadvallarni puxta tekshirish zarur. Bosh daftardagi 4210 “Mehnat 
haqi bo’yicha berilgan bo’naklar” 6710-“Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha 
hisob-kitoblar” va 6720-“Deponentlangan mehnat haqi” schyotlarning qoldig’i 21-
shakl hisob-kitob jadvalidagi qoldiq bilan teng bo’lishi kerak. 4210-schyot bo’yicha 
debet qoldiqning mavjudligi va qancha miqdordaligini aniqlash zarur. Xodimlar 
bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda debitor qarz mavjudligi bosh buxgalter 
tomonidan hisob-kitoblar ahvoli ustidan tegishli nazorat o’rnatilmaganligidan 
dalolat beradi. 
Mehnatga haq to’lash va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 4210-“Mehnat haqi bo’yicha berilgan 
bo’naklar”, 4220-“Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar”. 4230-“Umumxo’jalik 
xarajatlari uchun berilgan bo’naklar”, 4710-“Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha 
xodimlarning qarzlari”, 4720-“Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzlari”, 
4730-“Moddiy 
zararni 
qoplash 
bo’yicha 
xodimlarning 
qarzlari”, 
4790-
“Xodimlarning boshqa qarzlari”, 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar”, 6720-“Deponentlangan mehnat haqi”, 6970-“Hisobdor shaxslarga 
to’lanadigan qarzlar” schyotlari bo’yicha yuritiladigan hisobning to’g’riligi va 
ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin egallaydi. 
Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-shakl), 
oila (jamoa) pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining shaxsiy hisob 
varaqlari, ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa hujjatlar bo’yicha 
tekshiriladi. 
Hisoblashuv-to’lov vedomostlarida jami summani ataylab oshirib ko’rsatish 
hollari ham uchraydi. 
Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba 
uyushmasiga a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy xujjatlarga 
muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan summalarni ushlash 
man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira haqlari, maxsus kiyim-bosh, 
oziq-ovqat, bolalar bog’chalarda va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi 
uchun va boshqalar.
Shuningdek, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va 19, 20, 21-shakldagi hisob- kitob bajariladigan jadvallarni puxta tekshirish zarur. Bosh daftardagi 4210 “Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar” 6710-“Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar” va 6720-“Deponentlangan mehnat haqi” schyotlarning qoldig’i 21- shakl hisob-kitob jadvalidagi qoldiq bilan teng bo’lishi kerak. 4210-schyot bo’yicha debet qoldiqning mavjudligi va qancha miqdordaligini aniqlash zarur. Xodimlar bilan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblarda debitor qarz mavjudligi bosh buxgalter tomonidan hisob-kitoblar ahvoli ustidan tegishli nazorat o’rnatilmaganligidan dalolat beradi. Mehnatga haq to’lash va boshqa muomalalar bo’yicha xodimlar bilan hisob- kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda 4210-“Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar”, 4220-“Xizmat safari uchun berilgan bo’naklar”. 4230-“Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar”, 4710-“Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzlari”, 4720-“Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzlari”, 4730-“Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari”, 4790- “Xodimlarning boshqa qarzlari”, 6710-“Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob- kitoblar”, 6720-“Deponentlangan mehnat haqi”, 6970-“Hisobdor shaxslarga to’lanadigan qarzlar” schyotlari bo’yicha yuritiladigan hisobning to’g’riligi va ishonchliligini tekshirish salmoqli o’rin egallaydi. Ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisoblashuv-to’lov vedomostlari (73-shakl), oila (jamoa) pudratlari va boshqa ichki xo’jalik bo’linmalarining shaxsiy hisob varaqlari, ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) va boshqa hujjatlar bo’yicha tekshiriladi. Hisoblashuv-to’lov vedomostlarida jami summani ataylab oshirib ko’rsatish hollari ham uchraydi. Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba uyushmasiga a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy xujjatlarga muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan summalarni ushlash man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira haqlari, maxsus kiyim-bosh, oziq-ovqat, bolalar bog’chalarda va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar.
 
 
Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar shunday 
holatlar bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik, hujjatlarni 
bankka o’z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar)ni aniqlash zarur. 
Dastlabki, hujjatlar puxta tekshiriladi: xisoblashuv-to’lov vedomostlari, 
berilmagan ish haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash tabeli 
va boshqa hujjatlar. Oxirigacha to’liq rasmiylashtirilmagan, o’chirib yozilgan va 
dog’ tushirilgan dastlabki hujjatlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Bunday hujjatlar 
bilan pul mablag’larini o’g’irlash va suiste’mol qilishlar yashirilishi mumkin. 
Hisoblashuv-to’lov vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda 
korxonada ishlamaydigan shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish 
haqi tegishli dastlabki hujjatlarga mosligi tekshiriladi. 
Ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha muomalalarni nazorat qilish xodimlarga ish 
haqi va boshqa to’lovlarni hisob-kitob qilishga doir buxgalteriya hujjatlarini 
tekshirish; ijtimoiy sug’urta to’lovlarini ijtimoiy sug’urta fondining joriy schyotiga 
o’tkazish haqidagito’lov topshiriqlarini tekshirish; sanatoriyalar va dam olish uylari 
yo’llanmalari uchun xodimlardan naqd pullarni qabul qilish bo’yicha kassa 
hujjatlari; ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobidan qilingan sarflarga doir hujjatlar; 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to’g’risidagi dalolatnomalar, kasallik 
varaqalari, hisob-kitob vedomostlari (44-shakl), hisob-kitoblar bajariladigan 
“Xodimlar bilan hisob-kitoblarga doir ma’lumotlar jamlamasi” (21-shakl) 
ma’lumotlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi. 
Auditor ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda kasaba 
uyushmasi qo’mitasi a’zolarini ham jalb qilishi maqsadga muvofiq. 
Ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmalar sarflangan ish haqi fondiga nisbatan foiz 
hisobida ajratilib 6510-“Sug’urta bo’yicha to’lovlar” schyotining krediti va xarajat 
schyotlari (2010, 2310, 2510 va boshqalar)ning debetiga, ya’ni xo’jalik bo’linmalari 
(oila (jamoa) pudratlari va boshqalar)ning shaxsiy hisob varaqlariga yozib qo’yiladi. 
Xodimlarning ishlash va dam olish tartibi, ularni ijtimoiy sug’urta qilish 
respublika qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. Bu me’yorlar, agar 
halqaro va davlatlararo shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, 
qo’shma korxonalarda, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarda ishlaydigan xorijlik 
fuqarolarga ham qo’llaniladi. Xorijlik fuqarolar mehnatiga haq to’lash tartibi har bir
Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar shunday holatlar bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik, hujjatlarni bankka o’z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar)ni aniqlash zarur. Dastlabki, hujjatlar puxta tekshiriladi: xisoblashuv-to’lov vedomostlari, berilmagan ish haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. Oxirigacha to’liq rasmiylashtirilmagan, o’chirib yozilgan va dog’ tushirilgan dastlabki hujjatlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Bunday hujjatlar bilan pul mablag’larini o’g’irlash va suiste’mol qilishlar yashirilishi mumkin. Hisoblashuv-to’lov vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda korxonada ishlamaydigan shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish haqi tegishli dastlabki hujjatlarga mosligi tekshiriladi. Ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha muomalalarni nazorat qilish xodimlarga ish haqi va boshqa to’lovlarni hisob-kitob qilishga doir buxgalteriya hujjatlarini tekshirish; ijtimoiy sug’urta to’lovlarini ijtimoiy sug’urta fondining joriy schyotiga o’tkazish haqidagito’lov topshiriqlarini tekshirish; sanatoriyalar va dam olish uylari yo’llanmalari uchun xodimlardan naqd pullarni qabul qilish bo’yicha kassa hujjatlari; ijtimoiy sug’urta mablag’lari hisobidan qilingan sarflarga doir hujjatlar; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar to’g’risidagi dalolatnomalar, kasallik varaqalari, hisob-kitob vedomostlari (44-shakl), hisob-kitoblar bajariladigan “Xodimlar bilan hisob-kitoblarga doir ma’lumotlar jamlamasi” (21-shakl) ma’lumotlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Auditor ijtimoiy sug’urta fondi bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda kasaba uyushmasi qo’mitasi a’zolarini ham jalb qilishi maqsadga muvofiq. Ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmalar sarflangan ish haqi fondiga nisbatan foiz hisobida ajratilib 6510-“Sug’urta bo’yicha to’lovlar” schyotining krediti va xarajat schyotlari (2010, 2310, 2510 va boshqalar)ning debetiga, ya’ni xo’jalik bo’linmalari (oila (jamoa) pudratlari va boshqalar)ning shaxsiy hisob varaqlariga yozib qo’yiladi. Xodimlarning ishlash va dam olish tartibi, ularni ijtimoiy sug’urta qilish respublika qonunchiligi me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. Bu me’yorlar, agar halqaro va davlatlararo shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, qo’shma korxonalarda, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarda ishlaydigan xorijlik fuqarolarga ham qo’llaniladi. Xorijlik fuqarolar mehnatiga haq to’lash tartibi har bir
 
 
xorijlik fuqaro bilan tuzilgan shartnomada belgilanishi ta’sis hujjatlarida ko’zda 
tutilgan bo’lishi mumkin. 
Mehnatga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish shakllari va miqdorlari, 
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan fuqarolar 
huquqlariga rioya qilingan boshqa mehnat sharoitlari kabi masalalar qo’shma 
korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan mustaqil hal etiladi. 
Qo’shma korxonalarda ishlovchi xorijlik ishchilar oladigan ish haqlari ham 
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartib va miqdorda soliqqa 
tortiladi. 
Xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-
kitoblar ishonchliligini tekshirish hisob va hisobot ma’lumotlari tengligini 
aniqlashdan boshlanadi. 
Nomuvofiqlar topilganida ularning sabablarini aniqlash zarur. Solishtirish 
amallarini ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirib, hisobot, sintetik va analitik hisob 
ma’lumotlarining tengligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, auditor ish haqi 
hisoblashning to’g’riligini tekshirishni boshlaydi. 
Nomuvofiqliklar topilganda farq summalari va ularning vujudga kelish 
sabablarini ishchi hujjatlarda ko’rsatish zarur. Shundan so’ng dastlabki hujjatlarning 
mavjudliligi va ishonchliligi, to’g’ri to’lg’azilganligi, me’yoriy hujjatlar talablariga 
mosligi o’rganiladi. 
Ish vaqtini hisobga olish tabeli, buyruqlar, ishbay ishlar uchun naryadlar, 
bajarilgan ishlarni hisobga olish varaqalari, yo’l varaqalari, hisob-kitob va 
hisoblashuv-to’lov vedomostlari, ta’til uchun haq va qo’shimcha haqlarning boshqa 
turlari va boshqalar tekshiriladi. Tekshiruv chog’ida quyidagilarga e’tibor berish 
zarur: 
-barcha majburiy rekvizitlarning to’liqligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi; 
-bajarilgan ishlar va ish vaqtini hisobga olish uchun ma’sul shaxslar 
imzolarining mavjudligi; 
-tushuntirish berilmagan tuzatishlar va to’g’rilashlar; 
-ish vaqtini hisobga olish tabeliga “o’lik jonlar”ni qo’shish va bajarilmagan 
ishlarni qo’shib yozish holatlarini aniqlash zarur.
xorijlik fuqaro bilan tuzilgan shartnomada belgilanishi ta’sis hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Mehnatga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish shakllari va miqdorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan fuqarolar huquqlariga rioya qilingan boshqa mehnat sharoitlari kabi masalalar qo’shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar tomonidan mustaqil hal etiladi. Qo’shma korxonalarda ishlovchi xorijlik ishchilar oladigan ish haqlari ham O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartib va miqdorda soliqqa tortiladi. Xodimlar va yollangan shaxslar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob- kitoblar ishonchliligini tekshirish hisob va hisobot ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi. Nomuvofiqlar topilganida ularning sabablarini aniqlash zarur. Solishtirish amallarini ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirib, hisobot, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining tengligiga ishonch hosil qilgandan so’ng, auditor ish haqi hisoblashning to’g’riligini tekshirishni boshlaydi. Nomuvofiqliklar topilganda farq summalari va ularning vujudga kelish sabablarini ishchi hujjatlarda ko’rsatish zarur. Shundan so’ng dastlabki hujjatlarning mavjudliligi va ishonchliligi, to’g’ri to’lg’azilganligi, me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi o’rganiladi. Ish vaqtini hisobga olish tabeli, buyruqlar, ishbay ishlar uchun naryadlar, bajarilgan ishlarni hisobga olish varaqalari, yo’l varaqalari, hisob-kitob va hisoblashuv-to’lov vedomostlari, ta’til uchun haq va qo’shimcha haqlarning boshqa turlari va boshqalar tekshiriladi. Tekshiruv chog’ida quyidagilarga e’tibor berish zarur: -barcha majburiy rekvizitlarning to’liqligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi; -bajarilgan ishlar va ish vaqtini hisobga olish uchun ma’sul shaxslar imzolarining mavjudligi; -tushuntirish berilmagan tuzatishlar va to’g’rilashlar; -ish vaqtini hisobga olish tabeliga “o’lik jonlar”ni qo’shish va bajarilmagan ishlarni qo’shib yozish holatlarini aniqlash zarur.