MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

21,1 KB


 
 
 
 
 
 
MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI 
 
Reja 
6.1. Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi 
6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi 
6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari 
6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati 
 
Tayanch iboralar 
Menejer. Zamonaviy menejer. YUqori menejer. O’rta menejer. Quyi menejer. 
Boshqaruv uslubi. Ish uslubi. Rahbar ish uslubi. Fazilat. Sangvinik. Flegmatik. 
Xolerik. Melanxolik. Rahbar xislatlari.  
 
6.1.Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi 
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-
qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma 
boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi. 
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya 
hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy 
boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi. 
Menejerlar boshqaruv pog’onasiga binoan uch toifaga bo’linadi: 
 YUqori pog’ona menejerlari. 
 O’rta pog’ona menejerlari. 
 Quyi pog’ona menejerlari. 
MENEJERNI RAHBARLIK USLUBI Reja 6.1. Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi 6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi 6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari 6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati Tayanch iboralar Menejer. Zamonaviy menejer. YUqori menejer. O’rta menejer. Quyi menejer. Boshqaruv uslubi. Ish uslubi. Rahbar ish uslubi. Fazilat. Sangvinik. Flegmatik. Xolerik. Melanxolik. Rahbar xislatlari. 6.1.Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun- qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi. Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma’muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi. Menejerlar boshqaruv pog’onasiga binoan uch toifaga bo’linadi: YUqori pog’ona menejerlari. O’rta pog’ona menejerlari. Quyi pog’ona menejerlari.  
 
YUqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun 
ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan 
aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi. 
O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, 
ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni 
o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish 
bilan shug’ullanadi. 
Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada 
doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini 
boshqarib boradi. 
To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz 
mumk in. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. SHu xususdan 
orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asMavzu:larining egasi bo’lmasa ham  o’z 
ishini qilaverishi o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki 
yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi. 
Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z 
ishining ustasi bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa-menejerlar toifasi paydo bo’ldiki, 
uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish 
bilan shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lganligi uchun ham 
yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi. 
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy 
menejer: 
rahbar-boshqaruvchi; 
rahbar-diplomat; 
rahbar-murabbiy, tarbiyachi; 
rahbar-inson; 
rahbar-tadbirkor; 
 rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi. 
YUqori pog’ona menejerlari firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi. O’rta pog’ona menejerlari firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi. Quyi pog’onali menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz mumk in. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. SHu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asMavzu:larining egasi bo’lmasa ham o’z ishini qilaverishi o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z ishining ustasi bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa-menejerlar toifasi paydo bo’ldiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g’oyat murakkab, o’ta mas’uliyatli ish bilan shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lganligi uchun ham yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi. Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: rahbar-boshqaruvchi; rahbar-diplomat; rahbar-murabbiy, tarbiyachi; rahbar-inson; rahbar-tadbirkor; rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi.  
 
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, 
boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. SHu nuqtai nazardan 
quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: 
 Boshqaruv uslubi; 
 ish uslubi; 
 rahbarning ish uslubi. 
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni 
hal qilish usullari, yo’llari majmuidir. 
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir 
organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir 
ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan: 
- mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi; 
- vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi; 
- sud, prokuraturaning ish uslubi; 
- korxona, tsexlarning ish uslubi; 
- ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog’ona va 
bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. 
SHu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir. 
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal 
qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning 
bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z 
vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, 
boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan 
usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda 
ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari 
bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi. 
 
Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual 
xususiyatlari bilan belgilanadi. 
 
Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. SHu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim: Boshqaruv uslubi; ish uslubi; rahbarning ish uslubi. Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir. Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan: - mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi; - vazirlik, qo’mita, hokimlarning ish uslubi; - sud, prokuraturaning ish uslubi; - korxona, tsexlarning ish uslubi; - ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. SHu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir. Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi. Biroq, har bir rahbar bunda o’ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o’zi uchun mos bo’lgan, o’z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo’lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo’q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o’z qo’l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o’zaro munosabatlarida tarkib topadi. Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.  
 
6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi 
Rahbarlik usulubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, 
barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:  
Avtokratik rahbar 
Liberal rahbar 
Demokratik rahbar  
Ushbu rahbarlarning  ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari  
to’g’risida   7- jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin. 
 
7- jadval.  Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi 
№ Rahbarlik 
turlari  
Izoh 
1
.  
Avtokratik 
rahbar 
Bunday turdagi rahbar: 
Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo 
berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga 
olmaydi; 
O’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a’zolarni 
bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi; 
O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga 
chiday olmaydi; 
O’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin 
ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi; 
Muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga 
so’zsiz bo’ysundirishga intiladi; 
Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari 
bilan  muomalada bo’lganda  uning rahbarlik g’ururi 
balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi; 
O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan 
kayfiyatda bo’ladi. 
6.2. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi Rahbarlik usulubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin: Avtokratik rahbar Liberal rahbar Demokratik rahbar Ushbu rahbarlarning ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari to’g’risida 7- jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin. 7- jadval. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi № Rahbarlik turlari Izoh 1 . Avtokratik rahbar Bunday turdagi rahbar: Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi; O’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a’zolarni bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi; O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi; O’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi; Muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi; Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning rahbarlik g’ururi balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi; O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.  
 
Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan, 
dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha 
ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda 
etishib chiqadi.   
Bunday rahbar  nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda 
dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi 
o’ta salbiy holatlar avj uradi. 
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon 
deb bo’lmaydi. Ba’zi bir hollarda   bo’ysinuvchilarning 
madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni  
tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin. 
2
. 
Liberal rahbar 
Bunday turdagi rahbar: 
Irodasiz, tashabbussiz bo’ladi; 
O’z zimmasiga ma’suliyat olishni yoqtirmaydi; 
Ishni o’z holiga tashlab qo’yadi;  
Idoraga nisbatan qat’iy bo’lishdan hayiqadi;  
O’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;  
Biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;  
Talabchan emas, sust nazorat qiladi. 
3
. 
Demokratik 
rahbar 
Bunday turdagi rahbar: 
Boshqarish 
funktsiyalarini 
jamoa 
fikri 
bilan 
hisoblashib amalga oshiradi; 
Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb 
qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan 
maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi; 
Barcha bilan barobar va samimiy munosabatda 
bo’ladi, ustunligini bildirmaydi; 
Buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish 
uslubida ish tutadi; 
Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan, dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj uradi. Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin. 2 . Liberal rahbar Bunday turdagi rahbar: Irodasiz, tashabbussiz bo’ladi; O’z zimmasiga ma’suliyat olishni yoqtirmaydi; Ishni o’z holiga tashlab qo’yadi; Idoraga nisbatan qat’iy bo’lishdan hayiqadi; O’zini haddan tashqari ehtiyot qiladi; Biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi; Talabchan emas, sust nazorat qiladi. 3 . Demokratik rahbar Bunday turdagi rahbar: Boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi; Ishlab chiqarishni boshqarishga xodimdlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi; Barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo’ladi, ustunligini bildirmaydi; Buyruq berish yo’li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;  
 
Bo’ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy 
faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan 
muhitni yaratadi. 
 
Qayd etilgan rahbarlik uslublari  sof holda uchramaydi. hayotda har bir 
rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq 
sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida xar xil xodimga nisbatan 
rahbarlikining ijobiy tomonlaridan  foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga 
qarab ish tutishi va bo’ysinuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib 
muomala qilishi kerak 
 
6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari 
Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda 
fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida 
aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada 
kuzatilgan.  
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon 
asosiy o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning 
almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga 
darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.  Mana shu xil kishilarni 
Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha "sangvinis", 
ya’ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan. 
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:  
yangi kishilar bilan tez til topishadigan; 
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan; 
bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan; 
yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan; 
xushchaqchaq; 
harakatlari shiddatli; 
nutqi tez; 
Bo’ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o’rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi. Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. hayotda har bir rahbarning ish uslubi har hil bo’ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida xar xil xodimga nisbatan rahbarlikining ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo’ysinuvchilarning o’ziga xos shaxsiy xislatlarini hisobga olib muomala qilishi kerak 6.3. Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan. Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha "sangvinis", ya’ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan. Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: yangi kishilar bilan tez til topishadigan; bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan; bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan; yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan; xushchaqchaq; harakatlari shiddatli; nutqi tez;  
 
kelajakka ishonch bilan qaraydigan; 
so’zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. 
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. 
Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega 
bo’ladilar. 
Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan 
qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin. 
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi. 
Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, 
kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd 
qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi 
shilliqni "flegma" deyishgan. 
Flegmatiklar: 
 ta’sirchanligi sust bo’ladi; 
 bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar; 
 faolliklari kam; 
 yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar; 
 harakatlari va nutqlari sust; 
 ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; 
 sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan 
hayajonlanmay gaplashadilar. 
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. 
Gippokratning fikricha, agar kishida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi 
tezkor, qat’iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni 
qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan.  
Xoleriklar - ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan 
kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi 
mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, 
boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning 
kelajakka ishonch bilan qaraydigan; so’zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir. Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar. Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiqqo’l va talabchan bo’lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin. Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladi. Agar kishida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni "flegma" deyishgan. Flegmatiklar: ta’sirchanligi sust bo’ladi; bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar; faolliklari kam; yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar; harakatlari va nutqlari sust; ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar; sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar. Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Gippokratning fikricha, agar kishida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qat’iy, harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonlar safroni "xoley" deyishgan. Xoleriklar - ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning  
 
vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga 
nisbatan o’zini to’g’ri tutadi. 
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, 
ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-
arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor 
melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda "melanxolik" so’zi "qora safro" 
degan ma’noni birdirgan. 
Melanxoliklar: 
o’ta ta’sirlanuvchi xususiyatga ega; 
tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan; 
tashvishsiz, lekin juda sezuvchan; 
nihoyatda arazchan; 
juda oz kuladigan; 
faolligi sust, tortinchoq, kamg’ayrat; 
arzimagan sabablarga ko’zidan yosh oqib ketaveradigan; 
yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir. 
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo’yilgan masalalarni muvaffaqiyatli 
bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o’zgarsa, qiyinchilik tug’ilsa, ular 
o’zlarini olib turishadi. 
 
6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati 
Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan so’zga 
izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma 
berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda 
menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’pdir. Ularni quyidagi 
beshta yirik guruhga bo’lish mumkin (8-jadval). 
8-jadval. Rahbarga qo’yiladigan talablar 
№ 
Talabla
r 
Izoh  
vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o’zini to’g’ri tutadi. Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir- arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda "melanxolik" so’zi "qora safro" degan ma’noni birdirgan. Melanxoliklar: o’ta ta’sirlanuvchi xususiyatga ega; tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan; tashvishsiz, lekin juda sezuvchan; nihoyatda arazchan; juda oz kuladigan; faolligi sust, tortinchoq, kamg’ayrat; arzimagan sabablarga ko’zidan yosh oqib ketaveradigan; yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir. Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo’yilgan masalalarni muvaffaqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o’zgarsa, qiyinchilik tug’ilsa, ular o’zlarini olib turishadi. 6.4. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan so’zga izohli lug’atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo’naltirish, ko’rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’pdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo’lish mumkin (8-jadval). 8-jadval. Rahbarga qo’yiladigan talablar № Talabla r Izoh  
 
 
Ma’nav
iy etuklik 
siyosiy etuklik;  
huquqiy etuklik;  
axloqiy etuklik;  
yuqori saviya va ong;  
ma’rifatchilik;  
madaniyatlilik; 
xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik; 
topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, 
vijdonlilik; 
shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo’ysundirishga 
qodirlik;  
kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo’lish; tashabbus 
va ilg’orlikni qo’llab-quvvatlash qobiliyati; printsipiallik; 
tanqidga chidamli bo’lish, o’z-o’zini tanqid qila bilish. 
 
Intizom 
va mehnatga 
bo’lgan 
munosabat 
mehnatsevarlik;  
jamoa o’rtasida intizomni yo’lga qo’ya bilish; 
atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyala y bilish;  
Bir noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar 
taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibeg’am 
bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo’lmaydi. 
 
Bilim 
darajasi 
iqtisodiyotni bilish;  
texnika va texnologiyani bilish;  
boshqarish ilmini, funktsiya va strukturasini bilish; 
istiqbolni bilishga qodirligi va hk. 
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo’lishi, uni doimo 
to’ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro’ qozona 
olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo’la olmaydi. 
 
Tashkil
ot 
xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni 
ta’minlay olish;  
Ma’nav iy etuklik siyosiy etuklik; huquqiy etuklik; axloqiy etuklik; yuqori saviya va ong; ma’rifatchilik; madaniyatlilik; xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qodirlik; topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo’ysundirishga qodirlik; kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli bo’lish; tashabbus va ilg’orlikni qo’llab-quvvatlash qobiliyati; printsipiallik; tanqidga chidamli bo’lish, o’z-o’zini tanqid qila bilish. Intizom va mehnatga bo’lgan munosabat mehnatsevarlik; jamoa o’rtasida intizomni yo’lga qo’ya bilish; atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyala y bilish; Bir noshud rahbarning beg’amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibeg’am bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo’lmaydi. Bilim darajasi iqtisodiyotni bilish; texnika va texnologiyani bilish; boshqarish ilmini, funktsiya va strukturasini bilish; istiqbolni bilishga qodirligi va hk. Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega bo’lishi, uni doimo to’ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro’ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo’la olmaydi. Tashkil ot xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olish;  
 
chilik 
qobiliyati 
qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish; 
jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari 
intiluvchanlik; 
kutilmagan 
vaziyatlarda 
boshqarish 
qobiliyatini 
yo’qotmaslik. 
"YOmon korxona yoki tashkilot yo’q, lekin yomon rahbarlar 
bor". Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga 
jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, 
mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo’yilsa, u korxonani 
tezda yaxshi korxona safiga qo’shadi. 
Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik 
qobiliyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga 
yuz tutadi. 
 
Boshqa
rish 
samarador 
ligini 
ta’minlay 
olish 
boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; 
ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;  
ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish turli 
manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; 
rahbarlarni va qo’l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;  
asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish 
qobiliyati; 
rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy 
manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati;  
boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni 
ta’minlay bilish;  
boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va 
hk. 
 
 Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko’p. Biroq quyidagi ijobiy 
xislatlar ular orasida alohida mavqega ega: 
chilik qobiliyati qo’l ostidagilarni mehnatga o’rgatish va tarbiyalashni bilish; jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik; kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo’qotmaslik. "YOmon korxona yoki tashkilot yo’q, lekin yomon rahbarlar bor". Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo’yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo’shadi. Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi. Boshqa rish samarador ligini ta’minlay olish boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati; ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish turli manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; rahbarlarni va qo’l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati; asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati; rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati; boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish; boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va hk. Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko’p. Biroq quyidagi ijobiy xislatlar ular orasida alohida mavqega ega:  
 
Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud 
bo’ladi. Ular omadsizlikdan qo’rqmaydi. Qo’rquv ularni jasoratga chorlaydi va 
zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayoti y tajribalarga 
erishtiradi. 
Sabrlilik - bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin 
emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo’lib, sabot-
matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi.  
YAxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo’ladi, kishilarga 
nisbatan doimo yaxshi niyatda bo’ladi. O’zidagi qanoatsizlikni g’irrom 
raqobatchilik yo’li bilan emas, balki xayrixohlik yo’li bilan bartaraf qilishga harakat 
qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: "Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib 
fikr qil" - degan shiordir. 
Sog’lom shubhalilik - bunday rahbar ko’pincha "har narsada shubhada bo’l" 
degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosog’lom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib 
ko’rishdan qo’rqitib, erishishlari mumkin bo’lgan narsalardan mahrum etilishini 
yaxshi biladi. SHu bilan bir qatorda ular o’z kuchiga ishonish, unga sog’lom shubha 
bilan qarash ishchan mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni 
bajarish yo’lida kishi kuchiga kuch qo’shishni yaxshi tushunishadi.  
Kamtarinlik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste’dodga to’g’ri 
mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi 
ekanligini yaxshi tushunadi. 
Samimiy xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko’ngil bo’ladi, chin 
yurakdan gapiradi. Qo’l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo’yib xizmat qiladi. Ular 
samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma’naviy odobni talab 
etishini, shuningdek, kimki o’zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo’lishga 
odatlangan ekan, u pirovard natijada o’z-o’ziga ham samimiy bo’laolmay qolishini 
yaxshi tushunishadi. 
Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo’ladi. Ular boshqalarni 
ko’p narsada kechirishadi, ammo o’zlarini esa hech narsada kechirishmaydi. Ular 
rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli 
Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo’ladi. Ular omadsizlikdan qo’rqmaydi. Qo’rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayoti y tajribalarga erishtiradi. Sabrlilik - bunday rahbar muvaffaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo’lib, sabot- matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. YAxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo’ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo’ladi. O’zidagi qanoatsizlikni g’irrom raqobatchilik yo’li bilan emas, balki xayrixohlik yo’li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki: "Birni ko’rib shukr qil, birni ko’rib fikr qil" - degan shiordir. Sog’lom shubhalilik - bunday rahbar ko’pincha "har narsada shubhada bo’l" degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosog’lom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib ko’rishdan qo’rqitib, erishishlari mumkin bo’lgan narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. SHu bilan bir qatorda ular o’z kuchiga ishonish, unga sog’lom shubha bilan qarash ishchan mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo’lida kishi kuchiga kuch qo’shishni yaxshi tushunishadi. Kamtarinlik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste’dodga to’g’ri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Samimiy xushmuomalalik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko’ngil bo’ladi, chin yurakdan gapiradi. Qo’l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo’yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og’ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma’naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki o’zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo’lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o’z-o’ziga ham samimiy bo’laolmay qolishini yaxshi tushunishadi. Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo’ladi. Ular boshqalarni ko’p narsada kechirishadi, ammo o’zlarini esa hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli  
 
kishi doimo odamlarga yordam qo’lini cho’zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar 
olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. 
Xushxulqlilik - bunday rahbar inson go’zalligining asosi uning chiroyli xulqida 
ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq 
egasidan barcha katta-kichik xursand bo’lishini, bunday xulq egasiga boshqalarni 
xursand qilishdan tashqari, o’zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa 
o’ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. 
Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya’ni nafs 
balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs 
balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir 
yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o’lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan 
daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. 
Obro’ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, 
rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori 
turuvchi rahbarlar oldida ham, o’ziga bo’ysinuvchi xodimlar oldida ham, o’zi bilan 
huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro’ga ega bo’lishi lozim. 
Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan u o’z rahbarlik usulida 
salbiy hodisalarga yo’l qo’yishi, pirovardida esa o’z obro’yini ketkazishi va el 
nazaridan qolishiga sabab bo’lishi mumkin.  
Nazorat savollari 
1. Menejer kim? 
2. Rahbarlik uslubi deganda nimani tushunasiz? 
3. Rahbarlik uslubi boshqarish metodlarida nima bilan farq qiladi? 
4. Rahbarlik uslubining qaysi bir turini tanlagan bo’lar edingiz va nima uchun? 
5. Rahbar qanday talablarga javob berishi kerak? 
6. Rahbarda qanday ijobiy xislatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak? 
7. Qaysi xislatlar rahbarni el nazaridan qolishiga olib keladi?  
 
kishi doimo odamlarga yordam qo’lini cho’zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. Xushxulqlilik - bunday rahbar inson go’zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulug’likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo’lishini, bunday xulq egasiga boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o’zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o’ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya’ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o’lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. Obro’ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o’zidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, o’ziga bo’ysinuvchi xodimlar oldida ham, o’zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro’ga ega bo’lishi lozim. Rahbar yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilmas ekan u o’z rahbarlik usulida salbiy hodisalarga yo’l qo’yishi, pirovardida esa o’z obro’yini ketkazishi va el nazaridan qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Nazorat savollari 1. Menejer kim? 2. Rahbarlik uslubi deganda nimani tushunasiz? 3. Rahbarlik uslubi boshqarish metodlarida nima bilan farq qiladi? 4. Rahbarlik uslubining qaysi bir turini tanlagan bo’lar edingiz va nima uchun? 5. Rahbar qanday talablarga javob berishi kerak? 6. Rahbarda qanday ijobiy xislatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak? 7. Qaysi xislatlar rahbarni el nazaridan qolishiga olib keladi?