MENEJMENT FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA METODI

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

24,8 KB


 
 
 
 
 
 
MENEJMENT FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA METODI 
 
 
Reja: 
1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati 
1.2. Menejment ob’ekti va sub’ekti 
1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar 
 
 
Tayanch iboralar: Menejment. Harajat. Baxo. Naf. Boshqaruv. Menejment 
ob’ekti va sub’ekti. Tahlil usullari. Sistemali yondoshuv. Kompleks  yondoshuv. 
Tarkibiy yondoshuv. Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv. Integratsion yondoshuv. 
Modellashtirish usuli. Iqtisodiy-matematik yondoshuv. Kuzatish usuli. eksperiment 
(tajriba) usuli. Sotsiologik kuzatuv usuli. 
 
1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati  
Menejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan 
ta’rifga binoan u: 
- boshqaruv hokimiyati va san’ati;    
- resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar 
tushuniladi. 
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, 
odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni 
ko’paytirish jarayonidir. SHu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak 
san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va 
uning bajarilishini nazorat qilishdir.
MENEJMENT FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA METODI Reja: 1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati 1.2. Menejment ob’ekti va sub’ekti 1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar Tayanch iboralar: Menejment. Harajat. Baxo. Naf. Boshqaruv. Menejment ob’ekti va sub’ekti. Tahlil usullari. Sistemali yondoshuv. Kompleks yondoshuv. Tarkibiy yondoshuv. Vaziyat (situatsiya)li yondoshuv. Integratsion yondoshuv. Modellashtirish usuli. Iqtisodiy-matematik yondoshuv. Kuzatish usuli. eksperiment (tajriba) usuli. Sotsiologik kuzatuv usuli. 1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati Menejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida berilgan ta’rifga binoan u: - boshqaruv hokimiyati va san’ati; - resurslarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko’nikmalar tushuniladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. SHu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir.
 
 
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan 
fikrlar mavjud: 
 
 
Boshqaruv 
- Yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi 
tanlov 
- Mustaqil fan 
- Faoliyat turi, funktsiya 
- Jarayon 
- Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar 
- Boshqaruv apparati yoki organi 
 
 
Menejment 
 
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to’g’ri bajara 
olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning 
bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi 
uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-
chizma). 
                                                   harajat 
 
 
 
                           Naf 
 
        Baho 
 
 
1-chizma. Yuqori foyda olishning uch sharti 
Harajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi to’lashga 
sarflanadigan mablag’lar yig’indisidir. Harajat tarkibiga: 
- mahsulot (xizmat) tannarxi; 
- ma’muriy harajatlar; 
- ijara va foiz to’lovlari; 
- ish haqi; 
- soliqlar kiradi. 
Фойда
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul qilingan fikrlar mavjud: Boshqaruv - Yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov - Mustaqil fan - Faoliyat turi, funktsiya - Jarayon - Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar - Boshqaruv apparati yoki organi Menejment Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to’g’ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1- chizma). harajat Naf Baho 1-chizma. Yuqori foyda olishning uch sharti Harajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi to’lashga sarflanadigan mablag’lar yig’indisidir. Harajat tarkibiga: - mahsulot (xizmat) tannarxi; - ma’muriy harajatlar; - ijara va foiz to’lovlari; - ish haqi; - soliqlar kiradi. Фойда
 
 
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab 
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to’g’ri tanlangandagina va ulardan samarali 
foydalangandagina harajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. 
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija 
keltirishidir. Haridor harid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. 
SHundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo’lsa, uning 
narxi ham shuncha baland bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida haridorning sotib olish 
qobiliyatini pasaytiradi.  
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy 
vazifani bajaradi: 
- resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; 
- ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. 
Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo’lsa, uning narxi 
shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo’lganlar shuncha kam bo’ladi. 
Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar. 
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga, narxning tushishi 
esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan 
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta’sirni narxning ishlab chiqarishga 
turtki vazifasi deb ataydilar. 
Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina 
tanlovni to’g’ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi mumkin. 
Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, 
pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. SHunday qilib, sodda qilib 
aytganda: 
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish 
jarayonidir. 
Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqil 
qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor 
munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab chiqarish (xizmat) uchun resurslar to’g’ri tanlangandagina va ulardan samarali foydalangandagina harajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija keltirishidir. Haridor harid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. SHundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo’lsa, uning narxi ham shuncha baland bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida haridorning sotib olish qobiliyatini pasaytiradi. Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: - resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; - ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo’lsa, uning narxi shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo’lganlar shuncha kam bo’ladi. Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar. Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga, narxning tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta’sirni narxning ishlab chiqarishga turtki vazifasi deb ataydilar. Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina tanlovni to’g’ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi mumkin. Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni menejment, shundagina namoyon bo’lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. SHunday qilib, sodda qilib aytganda: Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va oqil qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori
 
 
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. SHundan kelib chiqib, 
menejment quyidagilarni o’rganadi: 
- boshqarish nazariyasi va amaliyoti; 
- boshqarish ob’ekti va sub’ekti; 
- boshqarish printsipi va usullari; 
- boshqarish madaniyati; 
- menejer va uning fazilatlari; 
- menejer reytingi; 
- boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; 
- boshqarish funktsiyalari; 
- xodimlarni boshqarish; 
- ishlab chiqarishni boshqarish; 
- samaradorlikni boshqarish; 
- o’z-o’zini boshqarish; 
- hududiy boshqarish va hokazolar. 
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o’zaro 
munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy 
usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat. 
Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, 
amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishdan iborat. CHunki, hozir 
boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining 
xodimlari, kichik, o’rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar 
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish 
bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo’lib 
etishadilar. 
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham 
ularning zimmasida bo’ladi. 
 
1.2. Menejment ob’ekti va sub’ekti
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. SHundan kelib chiqib, menejment quyidagilarni o’rganadi: - boshqarish nazariyasi va amaliyoti; - boshqarish ob’ekti va sub’ekti; - boshqarish printsipi va usullari; - boshqarish madaniyati; - menejer va uning fazilatlari; - menejer reytingi; - boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; - boshqarish funktsiyalari; - xodimlarni boshqarish; - ishlab chiqarishni boshqarish; - samaradorlikni boshqarish; - o’z-o’zini boshqarish; - hududiy boshqarish va hokazolar. Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob’ekti orasidagi o’zaro munosabat bo’lib, uning asosiy vazifasi o’quvchilarga boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o’rgatishdan iborat. Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishdan iborat. CHunki, hozir boshqarish asoslarini o’rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik, o’rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo’yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo’lib etishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo’ladi. 1.2. Menejment ob’ekti va sub’ekti
 
 
Menejment ob’ekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so’zining lug’aviy 
ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. SHu ma’noda ob’ekt - bu: 
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan 
borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot; 
- kishi-faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs; 
- xo’jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka 
va b. 
Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, 
to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o’z 
ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o’z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u 
yo’ldan chiqib ketgan". Bu erda boshqaruv ob’ekti bo’lib mashina hisoblanadi. 
YOki, "U kishi o’zini juda yaxshi boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob’ekti 
bo’lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning 
rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-
boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi.  
SHu nuqtai  nazardan ob’ekt va sub’ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-
jadval). 
 
 
1-jadval. Menejment ob’ekti va sub’ekti 
 
 
Menejment 
№ 
Ob’ekti (boshqariluvchi hodisa, 
voqelik) 
Sub’ekti (boshqaruv organi, rahbarlik) 
1 
2 
3 
1. Makrodarajada 
1 
Mamlakat (respublika) 
- qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy 
Majlis)  
- Ijro etuvchi hokimiyat (O’zR 
Vazirlar Mahkamasi)
Menejment ob’ekti haqida so’z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so’zining lug’aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo’ladi. SHu ma’noda ob’ekt - bu: - bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot; - kishi-faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs; - xo’jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo’lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va b. Demak, ob’ekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo’lgan ma’noni o’z ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o’z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u yo’ldan chiqib ketgan". Bu erda boshqaruv ob’ekti bo’lib mashina hisoblanadi. YOki, "U kishi o’zini juda yaxshi boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob’ekti bo’lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning rahbarlari menejmentning sub’ekti, ya’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar- boshqaruvchilar bo’lib hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan ob’ekt va sub’ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1- jadval). 1-jadval. Menejment ob’ekti va sub’ekti Menejment № Ob’ekti (boshqariluvchi hodisa, voqelik) Sub’ekti (boshqaruv organi, rahbarlik) 1 2 3 1. Makrodarajada 1 Mamlakat (respublika) - qonun chiqaruvchi hokimiyat (Oliy Majlis) - Ijro etuvchi hokimiyat (O’zR Vazirlar Mahkamasi)
 
 
- Sud hokimiyati 
2 
 
 
3 
Viloyat  
 
 
Tuman (shahar) 
- QQR Jokargi kengashi va viloyat 
deputatlari 
- QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar 
hokimiyatlari 
- QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari 
- Tuman (shahar) xalq deputatlari 
- Tuman (shahar)lar hokimliklari 
- Tuman (shahar) sudlari 
2. Megodarajada 
4 
5 
Kontsern (ko’p tarmoqli korporatsiya) 
Sektor (tarmoq) 
- Qo’mitalar va ularning raislar  
 Vazirliklar va vazirlar 
3. Mikrodaraja 
6 
 
7 
 
8 
 
9 
 
10 
Korxona (firma), korporatsiya  
 
Xodimlar 
 
Ishlab chiqarish 
 
Samaradorlik 
 
O’z-o’zini boshqarish 
- Jamoa kengashi va raislar, prezident 
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in 
boshliqlari 
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in 
boshliqlari 
- Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in 
boshliqlari 
- Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar 
SHunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va 
boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi. 
1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar 
Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. 
eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam 
beruvchi ma’lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va 
makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi 
empirik bosqich hisoblanadi.
- Sud hokimiyati 2 3 Viloyat Tuman (shahar) - QQR Jokargi kengashi va viloyat deputatlari - QQR Vazirlar kengashi, viloyatlar hokimiyatlari - QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari - Tuman (shahar) xalq deputatlari - Tuman (shahar)lar hokimliklari - Tuman (shahar) sudlari 2. Megodarajada 4 5 Kontsern (ko’p tarmoqli korporatsiya) Sektor (tarmoq) - Qo’mitalar va ularning raislar Vazirliklar va vazirlar 3. Mikrodaraja 6 7 8 9 10 Korxona (firma), korporatsiya Xodimlar Ishlab chiqarish Samaradorlik O’z-o’zini boshqarish - Jamoa kengashi va raislar, prezident - Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari - Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari - Korxona (firma) rahbarlari, bo’g’in boshliqlari - Fuqarolar yig’ini, rais (oqsoqol)lar SHunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan ob’ekt va boshqaruvchi sub’ekt tizimlaridan tashkil topadi. 1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar Menejment fani voqelikni bilishga bag’ishlangan umumfalsafiy usullarni qo’llaydi. eng avvalo, boshqaruvchi ob’ektni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma’lumot (fakt)lar jamlab baholanadi. Bu ma’lumotlar mikro, mego va makro darajadagi voqelikka oid bo’lishi mumkin. Bu boshqaruvni idrok etishdagi empirik bosqich hisoblanadi.