Metallurgiya sanoati. (Metallurgiya majmuining tarkibi. Rangli metallurgiya sanoati)

Yuklangan vaqt

2024-12-31

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

35,5 KB


 
1 
 
 
 
 
 
Metallurgiya sanoati. 
 
 
Reja 
1. Metallurgiya sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati. 
2. Metallurgiya majmuining tarkibi. Rangli metallurgiya sanoati. 
3. Qora metallurgiya sanoati 
Tayanch iboralar 
Metallurgiya majmuasi, rangdor metallurgiya mis, rux, qalay, qo‘rg‘oshin, 
og‘ir metallar, nodir metallar, qimmatbaho metallar, asl metallar, rafinatsiyalash, 
metallotermiya, gidrometallurgiya, pirometallurgiya, qora metallurgiya sanoati,  
1. Metallurgiya sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati. 
Savol: Siz o‘tirgan auditoriya xonasida va uyda foydalaniladigan qaysi 
jihozlarni ishlab chiqarishda rangli, qaysilarini ishlab chiqarishda qora metallardan 
foydalanilgan? 
Metallurgiya 
O‘zbekiston 
industrial 
qudratining 
asoslaridan 
biri 
mashinasozlikning poydevoridir. D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi 109 
kimyoviy elementning 87 tasi metallardan iborat. Og‘ir sanoatning bu tarmogi xom 
ashyo, yoqilg‘i, mineral, yordamchi materiallarni qazib olish va tayyorlash, ulardan 
buyumlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Bu sanoat O‘zbekiston sanoat mahsuloti 
umumiy xajmidagi tarmoqlar mahsulotlarining salmog‘i 11-12 foizini tashkil qiladi. 
Metallurgiya quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 
-rudalardan metall ajratib olish maqsadida ularga ishlov berish (rudalarni maydalash, 
boyitish, bo‘laklash va boshqa); 
-metallarni begona aralashmalardan tozalash (rafinatsiyalash); 
-metall va qotishmalarni olishning gidrometallurgiya, pirometallurgiya, shu 
jumladan, metallotermiya va elektrolitik usullarni tadqiq qilish; 
1 Metallurgiya sanoati. Reja 1. Metallurgiya sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati. 2. Metallurgiya majmuining tarkibi. Rangli metallurgiya sanoati. 3. Qora metallurgiya sanoati Tayanch iboralar Metallurgiya majmuasi, rangdor metallurgiya mis, rux, qalay, qo‘rg‘oshin, og‘ir metallar, nodir metallar, qimmatbaho metallar, asl metallar, rafinatsiyalash, metallotermiya, gidrometallurgiya, pirometallurgiya, qora metallurgiya sanoati, 1. Metallurgiya sanoatining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati. Savol: Siz o‘tirgan auditoriya xonasida va uyda foydalaniladigan qaysi jihozlarni ishlab chiqarishda rangli, qaysilarini ishlab chiqarishda qora metallardan foydalanilgan? Metallurgiya O‘zbekiston industrial qudratining asoslaridan biri mashinasozlikning poydevoridir. D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi 109 kimyoviy elementning 87 tasi metallardan iborat. Og‘ir sanoatning bu tarmogi xom ashyo, yoqilg‘i, mineral, yordamchi materiallarni qazib olish va tayyorlash, ulardan buyumlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Bu sanoat O‘zbekiston sanoat mahsuloti umumiy xajmidagi tarmoqlar mahsulotlarining salmog‘i 11-12 foizini tashkil qiladi. Metallurgiya quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: -rudalardan metall ajratib olish maqsadida ularga ishlov berish (rudalarni maydalash, boyitish, bo‘laklash va boshqa); -metallarni begona aralashmalardan tozalash (rafinatsiyalash); -metall va qotishmalarni olishning gidrometallurgiya, pirometallurgiya, shu jumladan, metallotermiya va elektrolitik usullarni tadqiq qilish;  
2 
 
-metall kukunlar olish va ulardan buyumlar tayyorlash; 
-metallarni termik ishlash, bosim bilan ishlash, quyish, payvandlash, 
kavsharlash, metallar sirtiga ximoya katlami surkash (purkash) va boshqalar. 
Metallurgiya 
O‘zbekiston 
industrial 
qudratining 
asoslaridan 
biri 
mashinasozlikning poydevoridir. Og‘ir sanoatning bu tarmogi xom ashyo, yoqilg‘i, 
mineral, yordamchi materiallarni qazib olish va tayyorlash, ulardan buyumlar 
tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Respublika sanoat ishlab chiqarishida tutgan salmog‘i 
jihatidan rangdor metallurgiya yetakchi o‘rinni egallab, yalpi sanoat mahsulotining 
9,4%ni, beradi. Qora metallurgiya esa 2,3%ni tashkil etadi. Shu sababli ushbu 
majmuani tahlil qilishni rangdor metallurgiya sanoatidan boshlaymiz. 
2. Metallurgiya majmuining tarkibi. Rangli metallurgiya sanoati. 
Rangli metallurgiya - Respublikamiz metallurgiya sanoatining yetakchi 
tarmog‘i. Ushbu sanoat rangli, asl va nodir metallarni qazib olish, boyitish va 
eritishni o‘z ichiga oladi. Metallurgiya sanoati O‘zbekiston sanoat mahsuloti 
umumiy xajmidagi tarmoqlar mahsulotlarining salmog‘i 11,7 foizini tashkil qiladi. 
Shular ichida respublika halq xo‘jaligida tutgan salmog‘i jihatidan rangdor 
metallurgiya yetakchi o‘rinni egallaydi. Rangli metalurgiya qator muhim 
xususiyatlarga ega: 
1. Ruda tarkibida kerakli metallning miqdori  o‘ta oz. Shuning uchun juda 
katta hajmli tog‘ jinslari qazib olinadi va qayta ishlanadi.  
2. Ruda tarkibida bir necha xil metall koponentlari birgalikda uchraydi. Bu 
esa olinadigan xom ashyoni kombinat usulida (kompleks) qayta ishlashni talab 
qiladi.  
3. Rangli metallarni eritish nihoyatda ko‘p elektr energiyasini ise’mol qiladi. 
Demak, bu tarmoqning yuqori texnologik bosqichlari elektr manbalariga yaqinroq 
joylashtirilishi kerak.  
4. Rangli metallarni eritish ekologik jihatdan ancha xavfli hisoblanadi. 
 
O‘zbekistonning rangli metallurgiya sanoati hissasiga Markaziy Osiyo 
respublikalarida ishlab chiqarilgan rangli metallarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri 
keladi. Rangli metallar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1. Og‘ir metallar – mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel, rux va boshqalar. 
2 -metall kukunlar olish va ulardan buyumlar tayyorlash; -metallarni termik ishlash, bosim bilan ishlash, quyish, payvandlash, kavsharlash, metallar sirtiga ximoya katlami surkash (purkash) va boshqalar. Metallurgiya O‘zbekiston industrial qudratining asoslaridan biri mashinasozlikning poydevoridir. Og‘ir sanoatning bu tarmogi xom ashyo, yoqilg‘i, mineral, yordamchi materiallarni qazib olish va tayyorlash, ulardan buyumlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Respublika sanoat ishlab chiqarishida tutgan salmog‘i jihatidan rangdor metallurgiya yetakchi o‘rinni egallab, yalpi sanoat mahsulotining 9,4%ni, beradi. Qora metallurgiya esa 2,3%ni tashkil etadi. Shu sababli ushbu majmuani tahlil qilishni rangdor metallurgiya sanoatidan boshlaymiz. 2. Metallurgiya majmuining tarkibi. Rangli metallurgiya sanoati. Rangli metallurgiya - Respublikamiz metallurgiya sanoatining yetakchi tarmog‘i. Ushbu sanoat rangli, asl va nodir metallarni qazib olish, boyitish va eritishni o‘z ichiga oladi. Metallurgiya sanoati O‘zbekiston sanoat mahsuloti umumiy xajmidagi tarmoqlar mahsulotlarining salmog‘i 11,7 foizini tashkil qiladi. Shular ichida respublika halq xo‘jaligida tutgan salmog‘i jihatidan rangdor metallurgiya yetakchi o‘rinni egallaydi. Rangli metalurgiya qator muhim xususiyatlarga ega: 1. Ruda tarkibida kerakli metallning miqdori o‘ta oz. Shuning uchun juda katta hajmli tog‘ jinslari qazib olinadi va qayta ishlanadi. 2. Ruda tarkibida bir necha xil metall koponentlari birgalikda uchraydi. Bu esa olinadigan xom ashyoni kombinat usulida (kompleks) qayta ishlashni talab qiladi. 3. Rangli metallarni eritish nihoyatda ko‘p elektr energiyasini ise’mol qiladi. Demak, bu tarmoqning yuqori texnologik bosqichlari elektr manbalariga yaqinroq joylashtirilishi kerak. 4. Rangli metallarni eritish ekologik jihatdan ancha xavfli hisoblanadi. O‘zbekistonning rangli metallurgiya sanoati hissasiga Markaziy Osiyo respublikalarida ishlab chiqarilgan rangli metallarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Rangli metallar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Og‘ir metallar – mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel, rux va boshqalar.  
3 
 
2. Yyengil metallar – alyuminiy, magniy, titan va boshqalar. 
3. Qimmatbaho metallar – oltin, kumush, platina va boshqalar. 
4. Qiyin eruvchi metallar – volfram, molibden va boshqalar. 
5. Nodir metallar – uran, germaniy, plutoniy va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasi hududlaridan oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, 
molibden, xrom va boshqa rangli metall rudalarining zahiralari topilgan. 
Respublikada 1935 yilda volfram, molibden, 1952 yilda kurgoshin, rux, 1959 yilda 
mis qazib chiqarish va boyitish hamda ularning konsentratlarini tayyorlash sanoati 
vujudga keldi. Hozirgi vaqtda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. O‘zbekison 
oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish bo‘yicha 7- 
o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. Bu yerda 
oltin ochiq usulda qazib olinadi. Qalmoqqir konidan mis-molibden rudalari qazib 
chiqariladi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta ishlanadi. 
 «O‘zbekoltin» 
birlashmasi 
negizida 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi tashkil etildi (1992). Bu qo‘mita 1994 yil 
O‘zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi 
«O‘zolmosoltin»ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi tarkibida Angren, 
Marjonbuloq, (Jizzax),Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmitan 
(Samarqand) oltin qazib olish konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati) 
va boshqa tashkilotlar bor. Respublika oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik 
markazi - 1991 yildan Navoiy shahrida «Qizilqum kamyob metall oltin» konsyerni 
faoliyat ko‘rsatilmoqda. «Qizilqum kamyob metall oltin»konsyernining bosh 
korxonasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa 
oltin konlarini ishga tushirish maqsadida 1958 yildan qurila boshlangan. Uning 
asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq 
shaharlarida joylashgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin 
yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan. 
Rangli metallurgiya sanoatiga kiruvchi korxonalar turli-tuman (alyuminiy, 
mis, kumush, oltin, qo‘rg‘oshin, qalay va h.k.). Ular tabiatda alohida-alohida 
uchramaydi. Shuning uchun rangli metallarni qazib olishda kompleks, kombinat 
usuli qo‘llaniladi. Tog‘ metallurgiya kombinatlari xom ashyo rayonlarida quriladi. 
3 2. Yyengil metallar – alyuminiy, magniy, titan va boshqalar. 3. Qimmatbaho metallar – oltin, kumush, platina va boshqalar. 4. Qiyin eruvchi metallar – volfram, molibden va boshqalar. 5. Nodir metallar – uran, germaniy, plutoniy va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi hududlaridan oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, xrom va boshqa rangli metall rudalarining zahiralari topilgan. Respublikada 1935 yilda volfram, molibden, 1952 yilda kurgoshin, rux, 1959 yilda mis qazib chiqarish va boyitish hamda ularning konsentratlarini tayyorlash sanoati vujudga keldi. Hozirgi vaqtda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. O‘zbekison oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish bo‘yicha 7- o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. Bu yerda oltin ochiq usulda qazib olinadi. Qalmoqqir konidan mis-molibden rudalari qazib chiqariladi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta ishlanadi. «O‘zbekoltin» birlashmasi negizida O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi tashkil etildi (1992). Bu qo‘mita 1994 yil O‘zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi «O‘zolmosoltin»ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi tarkibida Angren, Marjonbuloq, (Jizzax),Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmitan (Samarqand) oltin qazib olish konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati) va boshqa tashkilotlar bor. Respublika oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi - 1991 yildan Navoiy shahrida «Qizilqum kamyob metall oltin» konsyerni faoliyat ko‘rsatilmoqda. «Qizilqum kamyob metall oltin»konsyernining bosh korxonasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa oltin konlarini ishga tushirish maqsadida 1958 yildan qurila boshlangan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan. Rangli metallurgiya sanoatiga kiruvchi korxonalar turli-tuman (alyuminiy, mis, kumush, oltin, qo‘rg‘oshin, qalay va h.k.). Ular tabiatda alohida-alohida uchramaydi. Shuning uchun rangli metallarni qazib olishda kompleks, kombinat usuli qo‘llaniladi. Tog‘ metallurgiya kombinatlari xom ashyo rayonlarida quriladi.  
4 
 
Buning asosiy sababi - rangli metallar rudada juda oz miqdorda uchraydi. Bevosita 
tozalangan metall esa iste’mol rayonlarida va xususan arzon elektr energiyaga yaqin 
joyda joylashtiriladi. Masalan, tozalangan yoki «rafinatsiya» qilingan misning bir 
tonnasiga 9-10 kVt/s.gacha, alyuminiyga 18-19, titan va nikel uchun 50 ming kVt/s 
gacha elektr energiyasi ishlatiladi. Shu bilan birga rangdor metallurgiya 
korxonalarini joylashtirishda ekologik omilning ham o‘rni sezilarli.  
Rangli metallarning ko‘pchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Masalan, 
alyuminiy o‘z rudalarida A12O3 va A1(ON)3 tarkibli birikmalar holida bo‘ladi. 
Lotincha alumen (achchiqtosh) so‘zidan kelib chiqqan. Metall holidagi alyuminiyni 
birinchi marta 1825 yili  
X.K.Ersted topgan. Alyuminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng ko‘p 
uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar, kaolin, andaluzit, alunit minerali, korund 
(alyuminiy oksid) va boksit. O‘zbekistonda shulardan kaolin - Toshkent viloyatida 
va boksit - Navoiy va Farg‘ona viloyatlari topilgan. Mis tabiatda, asosan, tog jinslari 
tarkibida mis sulfidlari va oksidlari tarzida uchraydi. Magniy tabiatda har xil 
birikmalar, minerallar, magniy rudalari tarkibida uchraydi. Magniy rudalari 
jumlasiga magnezit, dolomit, karnallit va boshqalar kiradi. 
Hozirgi vaqtda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. O‘zbekison 
oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish bo‘yicha 7-
o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. Bu yerda 
oltin ochiq usulda qazib olinadi. U Yevrosiyo materigidagi ruda tarkibida oltin 
yuqori darajada bo‘lgan eng yirik kon hisoblanadi. Muruntovdan har yili millionlab 
m3 ruda qazib olinadi. Oltin tozalashda affinaj (eng sof metall olish) jarayonining 
zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. 
O‘rta Osiyoda, xususan hozirgi O‘zbekiston yerlarida oltin qazib olish va 
undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasash miloddan avvalgi VI-
V asrlarda mavjud bo‘lganligi arxeologik topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin 
uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin, asosan sochma konlarda 
juda ibtidoiy usullarda - oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qoplangan yog‘och 
tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI acrlarda Chotqol, 
Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib 
4 Buning asosiy sababi - rangli metallar rudada juda oz miqdorda uchraydi. Bevosita tozalangan metall esa iste’mol rayonlarida va xususan arzon elektr energiyaga yaqin joyda joylashtiriladi. Masalan, tozalangan yoki «rafinatsiya» qilingan misning bir tonnasiga 9-10 kVt/s.gacha, alyuminiyga 18-19, titan va nikel uchun 50 ming kVt/s gacha elektr energiyasi ishlatiladi. Shu bilan birga rangdor metallurgiya korxonalarini joylashtirishda ekologik omilning ham o‘rni sezilarli. Rangli metallarning ko‘pchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Masalan, alyuminiy o‘z rudalarida A12O3 va A1(ON)3 tarkibli birikmalar holida bo‘ladi. Lotincha alumen (achchiqtosh) so‘zidan kelib chiqqan. Metall holidagi alyuminiyni birinchi marta 1825 yili X.K.Ersted topgan. Alyuminiy tabiatda sof holda uchramaydi, uning eng ko‘p uchraydigan birikmalari: alyumosilikatlar, kaolin, andaluzit, alunit minerali, korund (alyuminiy oksid) va boksit. O‘zbekistonda shulardan kaolin - Toshkent viloyatida va boksit - Navoiy va Farg‘ona viloyatlari topilgan. Mis tabiatda, asosan, tog jinslari tarkibida mis sulfidlari va oksidlari tarzida uchraydi. Magniy tabiatda har xil birikmalar, minerallar, magniy rudalari tarkibida uchraydi. Magniy rudalari jumlasiga magnezit, dolomit, karnallit va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda 40ta qimmatbaho metall konlari topilgan. O‘zbekison oltinning tasdiqlangan zahirasi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinni qazib olish bo‘yicha 7- o‘rinni egallaydi. Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi. Bu yerda oltin ochiq usulda qazib olinadi. U Yevrosiyo materigidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada bo‘lgan eng yirik kon hisoblanadi. Muruntovdan har yili millionlab m3 ruda qazib olinadi. Oltin tozalashda affinaj (eng sof metall olish) jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. O‘rta Osiyoda, xususan hozirgi O‘zbekiston yerlarida oltin qazib olish va undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasash miloddan avvalgi VI- V asrlarda mavjud bo‘lganligi arxeologik topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin, asosan sochma konlarda juda ibtidoiy usullarda - oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qoplangan yog‘och tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI acrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib  
5 
 
borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Yillik oltin olish bir necha o‘n kg dan oshmas 
edi. Keyinchalik o‘sha joylarda rudali oltin konlari topildi. O‘rta asrlarda oltinli 
qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Chatqol - Qurama, Nurota 
tog‘larida, Markaziy Qizilqumdagi konlardan tug‘ma oltin qazib olingan kon 
lahimlari hozirgacha saqlanib qolgan. Mo‘g‘ullar bosqinidan keyin O‘rta Osiyoda 
kon qazish ishlari, shu jumladan oltin olish asta-sekin inqirozga yuz tutdi, ko‘pgina 
oltin konlari unutildi. 
O‘rta Osiyoning mineral xom ashyo resurslarini o‘rganishda jonlanish XIX 
asrning 80-yillarida, Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgan davrda yuz 
berdi; o‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik xaritalar tuzildi, 
ayrim konlar tavsiflandi. XX asrning 20-yillari boshiga qadar Chirchiq, Piskom va 
Chatqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchilar korxonalari oltin olish 
bilan shug‘ullanganlar, 1913-17 yillarda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati)dagi 
«Nikolay» oltin konidan foydalanilgan. 1941-45 yillarda oltin izlovchilik (artel) 
yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyb 50 
kg ga etdi. 1950 yil sochma oltin izlash ishlari to‘xtatildi. 1950-yillardan rudali oltin 
konlarini izlash va razvedka qilish bo‘yicha olib borilgan fundamental tadqiqotlar 
natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmirob, G‘o‘zaksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, 
Muruntov, Chormitan, Marjonbuloq, Kauldi, Qizilolmasoy, Sarmich va boshqa oltin 
ruda konlari topildi. 1965 yili sobiq Ittifoq rangli metallurgiya vazirligiga 
bo‘ysunuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari 
tashkil etildi. 1970 yili Chodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha vaqgdan 
respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillarga nisbatan 
uch marta ko‘paydi. 1972 yil Ko‘chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi 
loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yil Kauldi, 1980 yil Marjonbuloq oltin 
qazib olish kompleksi, 1989 yil Zarmitan va Qizilolmasoy konlari foydalanishga 
topshirildi. O‘zbekistonda 600 ga yaqin oltin rudali kon ma’lum bo‘lib, ulardan 12 
tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda. «O‘zbekoltin» birlashmasi negizida 
O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi tashkil etildi 
(1992). Bu qo‘mita 1994 yil O‘zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish 
korxonalari uyushmasi «O‘zolmosoltin»ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi 
5 borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Yillik oltin olish bir necha o‘n kg dan oshmas edi. Keyinchalik o‘sha joylarda rudali oltin konlari topildi. O‘rta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Chatqol - Qurama, Nurota tog‘larida, Markaziy Qizilqumdagi konlardan tug‘ma oltin qazib olingan kon lahimlari hozirgacha saqlanib qolgan. Mo‘g‘ullar bosqinidan keyin O‘rta Osiyoda kon qazish ishlari, shu jumladan oltin olish asta-sekin inqirozga yuz tutdi, ko‘pgina oltin konlari unutildi. O‘rta Osiyoning mineral xom ashyo resurslarini o‘rganishda jonlanish XIX asrning 80-yillarida, Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgan davrda yuz berdi; o‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik xaritalar tuzildi, ayrim konlar tavsiflandi. XX asrning 20-yillari boshiga qadar Chirchiq, Piskom va Chatqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchilar korxonalari oltin olish bilan shug‘ullanganlar, 1913-17 yillarda Obirahmat darasi (Toshkent viloyati)dagi «Nikolay» oltin konidan foydalanilgan. 1941-45 yillarda oltin izlovchilik (artel) yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyb 50 kg ga etdi. 1950 yil sochma oltin izlash ishlari to‘xtatildi. 1950-yillardan rudali oltin konlarini izlash va razvedka qilish bo‘yicha olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmirob, G‘o‘zaksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, Muruntov, Chormitan, Marjonbuloq, Kauldi, Qizilolmasoy, Sarmich va boshqa oltin ruda konlari topildi. 1965 yili sobiq Ittifoq rangli metallurgiya vazirligiga bo‘ysunuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. 1970 yili Chodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha vaqgdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillarga nisbatan uch marta ko‘paydi. 1972 yil Ko‘chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yil Kauldi, 1980 yil Marjonbuloq oltin qazib olish kompleksi, 1989 yil Zarmitan va Qizilolmasoy konlari foydalanishga topshirildi. O‘zbekistonda 600 ga yaqin oltin rudali kon ma’lum bo‘lib, ulardan 12 tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda. «O‘zbekoltin» birlashmasi negizida O‘zbekiston Respublikasining Qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi tashkil etildi (1992). Bu qo‘mita 1994 yil O‘zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi «O‘zolmosoltin»ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi  
6 
 
tarkibida Angren, Marjonbuloq, (Jizzax),Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), 
Zarmitan (Samarqand) oltin qazib olish konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent 
viloyati) va boshqa tashkilotlar bor. 
Respublika oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi - 1991 yildan 
Navoiy shahrida «Qizilqum kamyob metall oltin» konsyerni faoliyat ko‘rsatilmoqda. 
«Qizilqum kamyob metall oltin»konsyernining bosh korxonasi Navoiy kon-
metallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa oltin konlarini ishga 
tushirish maqsadida 1958 yildan qurila boshlangan. Uning asosiy ishlab chiqarish 
quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. 
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar 
birjasining sertifikatini olgan. Mustaqillik yillarida Buyuk Britaniyaning «Lonro» 
firmasi bilan hamkorlikda Markaziy Qizilqumda oltin rudlari konini ishga tushirish 
va oltin ajratib olish bo‘yicha katta korxona «AmanToshGU Goldfildz» qo‘shma 
korxonasi loyihasi amalga oshirildi. Ko‘p yillar foydalanish natijasida Muruntov 
konining chetida katta hajmda minerallashgan uyumlar to‘planib qolgan edi. Ana 
shu minerallashgan uyumlar AQSHning “Nyumont Mayning Korporeyshn” 
kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi oltin ajratib olinmoqda. Korxona 
1995 yildan ishga tushirilgan. Mustaqillik yillarida Samarqand va Toshkent 
viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi. Shuningdek, Ajibugut, Bulutkon, 
Balpantov, Aristontov, To‘lboy va boshqa konlar aniqlanib o‘rganilmoqda. 
Qo‘rg‘oshin Oltintopgan polimetal konlaridan qazib olingan rudalar 
qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasida boyitiladi. Rux konsentrati kombinat 
tarkibidagi rux zavodida eritiladi, qo‘rg‘oshin konsentranti eritish uchun 
respublikamizdan chetga chiqariladi. Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati tarkibiga 
sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham kiradi. Respublikamizda mis 
rudalari ochiq usulda qazib olinadi. Umuman respublikada rangdor va nodir metall 
konlarining 95%i ochiq usulda qazib olinadi. Respublikmizning istiqbolli konlariga 
Janubiy O‘zbekistondagi Xandiza, Chaqchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum, 
Farg‘ona vodiysidagi bir qator konlar kiradi. Respublikamizda 15 dan ortiq mis 
konlarini ishga solish Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatini xom ashyo bilan to‘liq 
6 tarkibida Angren, Marjonbuloq, (Jizzax),Chodak (Namangan), Kauldi (Toshkent), Zarmitan (Samarqand) oltin qazib olish konlari, olmos qirralash fabrikasi (Toshkent viloyati) va boshqa tashkilotlar bor. Respublika oltin qazib olish sanoatining ikkinchi yirik markazi - 1991 yildan Navoiy shahrida «Qizilqum kamyob metall oltin» konsyerni faoliyat ko‘rsatilmoqda. «Qizilqum kamyob metall oltin»konsyernining bosh korxonasi Navoiy kon- metallurgiya kombinatidir. Kombinat Muruntov va boshqa oltin konlarini ishga tushirish maqsadida 1958 yildan qurila boshlangan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod, Nurobod, Zarafshon, Uchquduq shaharlarida joylashgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinatida olingan oltin yombilar London rangli metallar birjasining sertifikatini olgan. Mustaqillik yillarida Buyuk Britaniyaning «Lonro» firmasi bilan hamkorlikda Markaziy Qizilqumda oltin rudlari konini ishga tushirish va oltin ajratib olish bo‘yicha katta korxona «AmanToshGU Goldfildz» qo‘shma korxonasi loyihasi amalga oshirildi. Ko‘p yillar foydalanish natijasida Muruntov konining chetida katta hajmda minerallashgan uyumlar to‘planib qolgan edi. Ana shu minerallashgan uyumlar AQSHning “Nyumont Mayning Korporeyshn” kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi oltin ajratib olinmoqda. Korxona 1995 yildan ishga tushirilgan. Mustaqillik yillarida Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi. Shuningdek, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, To‘lboy va boshqa konlar aniqlanib o‘rganilmoqda. Qo‘rg‘oshin Oltintopgan polimetal konlaridan qazib olingan rudalar qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasida boyitiladi. Rux konsentrati kombinat tarkibidagi rux zavodida eritiladi, qo‘rg‘oshin konsentranti eritish uchun respublikamizdan chetga chiqariladi. Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati tarkibiga sulfat kislotalari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham kiradi. Respublikamizda mis rudalari ochiq usulda qazib olinadi. Umuman respublikada rangdor va nodir metall konlarining 95%i ochiq usulda qazib olinadi. Respublikmizning istiqbolli konlariga Janubiy O‘zbekistondagi Xandiza, Chaqchar, Buxoro viloyatidagi Qizilqum, Farg‘ona vodiysidagi bir qator konlar kiradi. Respublikamizda 15 dan ortiq mis konlarini ishga solish Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatini xom ashyo bilan to‘liq  
7 
 
ta’minlaydi. Mis-metallurgiya kombinati Olmaliq ammafos zavodiga sulfat kislotasi 
etqazib berdi. 
Respublikamizda rangli metalurgiyaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana 
bir tarmog‘i volfram-molibden rudalarini qazib olish, boyitish va ular asosida qiyin 
eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar tayorlash sanoati hisoblanadi. Volfram-
molibden konsentratlari Chirchiqdagi “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga 
chidamli qotishmalar kombinati”da eritiladi. Kombinat Ingichka volfram va 
Qo‘ytosh volfram-molibden konlari rudalar hamda mis rudalaridan ajratib olingan 
molibden negizida ishlaydi. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) 
elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi. 1996 
yildan kombinatda respublika ehtiyojlarini to‘la qoplaydigan elektr lampochkalari 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlari 
ishga 
tushirildi. 
1990 
yildan 
O‘zbekiston 
metallurgiyasida kamyob va kamyob-yer elementlari metallurgiyasi sanoati 
shakllanmoqda. Kamyob-yer metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari-
yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari – o‘tga chidamli qotishmalar turli 
sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. 
Volfram 1781 yilda shved kimyogari K.V.SHeele volframni ajratib olgan. 
Uzok yillar davomida sanoat miqyosida qo‘llanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan 
bo‘lib, Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Undan elektr 
lampalarda, radioelektronika va rentgen texnikasida elektrovakuum asboblari 
tayyorlash uchun foydalaniladi. Molibden (yunoncha molibdos-qo‘rg‘oshin; 
lotincha “molybdaenum”). Metall holdagi sof molibdenni 1817 yil L.Ya.Berselius 
olgan. Tabiatda kam tarqalgan, minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib, 
kvarslangan jinslar va gidrotermal hosilalar tarkibida uchraydi. AQSH, Meksika, 
Chili, Kanada, Norvegiya, Avstraliya va Rossiyada konlari mavjud. Elektron 
asboblarda, kermetlar va olovbardosh materiallar sifatida ishlatiladi. Po‘lat ishlab 
chiqarishda legirlovchi qo‘shimcha, aviatsiya, raketa va atom texnikasida issiqlikka 
chidamli hamda antikorrozion qotishmalar tayyorlashda qo‘llanadi 
Qo‘rg‘oshin (lot. plumbum), miloddan 6-7 ming yil avval Misr, 
Mesopotamiya va kadimgi dunyoning boshqa mamlakatlari xalklariga ma’lum 
bo‘lgan. Ular qo‘rg‘oshindan haykal, uy anjomlari, suv quvurlari, turli dori va 
7 ta’minlaydi. Mis-metallurgiya kombinati Olmaliq ammafos zavodiga sulfat kislotasi etqazib berdi. Respublikamizda rangli metalurgiyaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tarmog‘i volfram-molibden rudalarini qazib olish, boyitish va ular asosida qiyin eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar tayorlash sanoati hisoblanadi. Volfram- molibden konsentratlari Chirchiqdagi “O‘zbekiston qiyin eriydigan va o‘tga chidamli qotishmalar kombinati”da eritiladi. Kombinat Ingichka volfram va Qo‘ytosh volfram-molibden konlari rudalar hamda mis rudalaridan ajratib olingan molibden negizida ishlaydi. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi. 1996 yildan kombinatda respublika ehtiyojlarini to‘la qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. 1990 yildan O‘zbekiston metallurgiyasida kamyob va kamyob-yer elementlari metallurgiyasi sanoati shakllanmoqda. Kamyob-yer metallarining alyuminiy va magniy bilan qotishmalari- yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari – o‘tga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Volfram 1781 yilda shved kimyogari K.V.SHeele volframni ajratib olgan. Uzok yillar davomida sanoat miqyosida qo‘llanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan bo‘lib, Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Undan elektr lampalarda, radioelektronika va rentgen texnikasida elektrovakuum asboblari tayyorlash uchun foydalaniladi. Molibden (yunoncha molibdos-qo‘rg‘oshin; lotincha “molybdaenum”). Metall holdagi sof molibdenni 1817 yil L.Ya.Berselius olgan. Tabiatda kam tarqalgan, minerallari ham sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib, kvarslangan jinslar va gidrotermal hosilalar tarkibida uchraydi. AQSH, Meksika, Chili, Kanada, Norvegiya, Avstraliya va Rossiyada konlari mavjud. Elektron asboblarda, kermetlar va olovbardosh materiallar sifatida ishlatiladi. Po‘lat ishlab chiqarishda legirlovchi qo‘shimcha, aviatsiya, raketa va atom texnikasida issiqlikka chidamli hamda antikorrozion qotishmalar tayyorlashda qo‘llanadi Qo‘rg‘oshin (lot. plumbum), miloddan 6-7 ming yil avval Misr, Mesopotamiya va kadimgi dunyoning boshqa mamlakatlari xalklariga ma’lum bo‘lgan. Ular qo‘rg‘oshindan haykal, uy anjomlari, suv quvurlari, turli dori va  
8 
 
bo‘yoqlar tayyorlash uchun ishlatilgan. Qo‘rg‘oshin juda ko‘p miqdorda 
akkumulyatorlar uchun sarflanadi. U radioaktiv nurlarni yutishi sababli radioaktiv 
moddalar saqlanadigan idishlar, rentgen xonalari uchun qurilmalar tayyorlanadi. 
Elektr kabel-larni korroziyadan va mexanik ta’sirdan himoya qilish uchun 
qo‘rg‘oshin bilan qoplanadi. Billur va optik shishalar tayyorlashda, portlovchi 
moddalar uchun tutantiriq sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli dorilardan teri 
kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Odam organizmiga qo‘rg‘oshin 1 sutkada 
ovqat orqali 0,22 mg cha, suv orqali 0,1 mg cha, chang orqali 0,08 mg kiradi. 
qo‘rg‘oshin miqdori sutkasiga 0,2—2 mg dan oshmasligi kerak. Ortiqcha 
qo‘rg‘oshin organizmni zaharlaydi. Natijada jigar, yurak-tomir sistemasi, o‘pka va 
boshqa organlar kasallanadi.  
Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xo‘jaligining hamma sohalarida 
qo‘llaniladi. Mamlakatni elektrlashtirish, mudofaa qudratini mustahkamlash, atom 
texnikasi, raketasozlik, samolyotsozlik, radioelektronika, rangli shishalar, keramika, 
organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft  va ammiakni to-zalashda, moy 
bo‘yoqlarni quritishda, chiroyli va turg‘un emal va bo‘yoqlar, yarimo‘tkazgichlar va 
o‘ta kesgich asboblar tayyorlashda, tibbiyotda va umuman mashinasozlik hamda 
kimyo sanoati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy konstruksion material 
hisoblanadi. 
1. Qora metallurgiya sanoati 
 
Qora metallurgiya - metallurgiya sanoatining yetakchi sohalaridan biridir. 
Domna, po‘lat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda 
xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, 
ferroqotishmalar va o‘tga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib 
olish va kora metallarni qayta eritish tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Prokat, po‘lat 
trubalar va metall buyumlar qora metallurgiya mahsulotlarining muhim turlari 
hisoblanadi. O‘zbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat 
ahamiyatiga molik temir konlari - Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan-
magnetitli Tebinbuloq temir koni (Qoraqalpog‘iston) shular jumlasidandir. 
O‘zbekistondagi temir konlari resurslari: Jizzaxdagi temir koni - 150 mln tonna, 
Surenota temir koni-50 mln tonna, Tebinbuloq temir koni-100 mln. tonnadan ko‘p. 
8 bo‘yoqlar tayyorlash uchun ishlatilgan. Qo‘rg‘oshin juda ko‘p miqdorda akkumulyatorlar uchun sarflanadi. U radioaktiv nurlarni yutishi sababli radioaktiv moddalar saqlanadigan idishlar, rentgen xonalari uchun qurilmalar tayyorlanadi. Elektr kabel-larni korroziyadan va mexanik ta’sirdan himoya qilish uchun qo‘rg‘oshin bilan qoplanadi. Billur va optik shishalar tayyorlashda, portlovchi moddalar uchun tutantiriq sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli dorilardan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Odam organizmiga qo‘rg‘oshin 1 sutkada ovqat orqali 0,22 mg cha, suv orqali 0,1 mg cha, chang orqali 0,08 mg kiradi. qo‘rg‘oshin miqdori sutkasiga 0,2—2 mg dan oshmasligi kerak. Ortiqcha qo‘rg‘oshin organizmni zaharlaydi. Natijada jigar, yurak-tomir sistemasi, o‘pka va boshqa organlar kasallanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xo‘jaligining hamma sohalarida qo‘llaniladi. Mamlakatni elektrlashtirish, mudofaa qudratini mustahkamlash, atom texnikasi, raketasozlik, samolyotsozlik, radioelektronika, rangli shishalar, keramika, organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft va ammiakni to-zalashda, moy bo‘yoqlarni quritishda, chiroyli va turg‘un emal va bo‘yoqlar, yarimo‘tkazgichlar va o‘ta kesgich asboblar tayyorlashda, tibbiyotda va umuman mashinasozlik hamda kimyo sanoati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy konstruksion material hisoblanadi. 1. Qora metallurgiya sanoati Qora metallurgiya - metallurgiya sanoatining yetakchi sohalaridan biridir. Domna, po‘lat eritish, prokat metallurgiyasi, metall buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish, boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi, ferroqotishmalar va o‘tga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va kora metallarni qayta eritish tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Prokat, po‘lat trubalar va metall buyumlar qora metallurgiya mahsulotlarining muhim turlari hisoblanadi. O‘zbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat ahamiyatiga molik temir konlari - Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan- magnetitli Tebinbuloq temir koni (Qoraqalpog‘iston) shular jumlasidandir. O‘zbekistondagi temir konlari resurslari: Jizzaxdagi temir koni - 150 mln tonna, Surenota temir koni-50 mln tonna, Tebinbuloq temir koni-100 mln. tonnadan ko‘p.  
9 
 
O‘zbekiston metallurgiya sanoatida 500 ming tonnaga yaqin po‘lat, 450 ming 
tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab chiqariladi. 
Qora metallurgiya mahsuloti asosiy qismi po‘lat, prokat, elektr, temir 
qotishmalarini ishlab chiqarish, umuman xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida 
texnika taraqqiyotini ta’minlovchi mashinasozlik sanoati uchun xom ashyo, uning 
asosiy poydevori hisoblanadi. Respublikada qora metallurgiya sanoatiga 2 Jahon 
urushi yillarida asos solindi. O‘rta Osiyodagi birinchi zamonaviy metallurgiya 
zavodi bo‘lgan Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi umumxalq hashari yo‘li bilan 
1942 yilda boshlangan, 1944 yil 5 mart kuni dastlabki metall eritmasi olindi. 1944 
yilning dekabriga kelib quyish sexi, 1945 yilning fevralida esa 2-marten pechi, 1949 
yili 3-marten pechi mahsulot bera boshladi. 1946, 1949 yillarda «300» va «700» 
prokat stanlari, 1962 yilda zavodda uzluksiz po‘lat quyuv qurilmasi ishga tushirildi. 
1979 yil sent.da yillik kuvvati 250 ming t bulgan elektr bilan po‘lat eritadigan 1-, 2, 
-3-pechlar ishga tushirildi. 1984-87 yillarda navli prokat sexi qurilib mahsulot bera 
boshladi. 1991 yildan 32-76mm li po‘lat quvurlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 
1994 yildan kon sanoati ruda maydalash tegirmonlarida ishlatiladigan, diametri 100-
120mm li po‘lat shar (soqqa)lari ishlab chiqarila boshladi (2003 yilda 123,2 ming t 
tegirmon sharlari). Birlashmada asosiy mahsulotlar bilan birga 50ga yaqin turdagi 
xalq iste’mol tovarlari ham ishlab chiqariladi.  
Respublika qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish dasturiga ko‘ra 
istiqbolda chet el investitsiyalarini jalb etgan holda shlak uyumlarini qayta ishlash, 
kalibrlangan simlar ishlab chiqarish, mahalliy temir rudali konlardan yiliga 500 ming 
t mahsulot tayyorlash va po‘lat ishlab chiqarish hajmini oshirish mo‘ljallangan. 
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi tobora ortib bormoqda. Agar 2004 
yilda 602,2 ming t po‘lat eritilgan bo‘lsa, 2013 yilga kelib, 761,0 ming t ga etdi. 
Korxonada po‘lat eritish hajmi avvalo elektr pechlarining ishga tushirilishi bilan 
bog‘liq. Hozirgi kunda olinayotgan po‘latning 85-86%i shunday pechlarda 
eritilmoqda. 
Toshkentdagi «Ikkilamchi qora metall» zavodida (Buxoro, Samarqand va 
Sirdaryo viloyatlarida) temir tersaklarni qayta ishlovchi maxsus korxonalar hamda 
sexlar qurildi. O‘zbekiston shahar va qishloqlarini to‘la gazlashtirish va ichimlik suvi 
9 O‘zbekiston metallurgiya sanoatida 500 ming tonnaga yaqin po‘lat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya mahsuloti asosiy qismi po‘lat, prokat, elektr, temir qotishmalarini ishlab chiqarish, umuman xalq xo‘jaligini barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyotini ta’minlovchi mashinasozlik sanoati uchun xom ashyo, uning asosiy poydevori hisoblanadi. Respublikada qora metallurgiya sanoatiga 2 Jahon urushi yillarida asos solindi. O‘rta Osiyodagi birinchi zamonaviy metallurgiya zavodi bo‘lgan Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi umumxalq hashari yo‘li bilan 1942 yilda boshlangan, 1944 yil 5 mart kuni dastlabki metall eritmasi olindi. 1944 yilning dekabriga kelib quyish sexi, 1945 yilning fevralida esa 2-marten pechi, 1949 yili 3-marten pechi mahsulot bera boshladi. 1946, 1949 yillarda «300» va «700» prokat stanlari, 1962 yilda zavodda uzluksiz po‘lat quyuv qurilmasi ishga tushirildi. 1979 yil sent.da yillik kuvvati 250 ming t bulgan elektr bilan po‘lat eritadigan 1-, 2, -3-pechlar ishga tushirildi. 1984-87 yillarda navli prokat sexi qurilib mahsulot bera boshladi. 1991 yildan 32-76mm li po‘lat quvurlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1994 yildan kon sanoati ruda maydalash tegirmonlarida ishlatiladigan, diametri 100- 120mm li po‘lat shar (soqqa)lari ishlab chiqarila boshladi (2003 yilda 123,2 ming t tegirmon sharlari). Birlashmada asosiy mahsulotlar bilan birga 50ga yaqin turdagi xalq iste’mol tovarlari ham ishlab chiqariladi. Respublika qora metallurgiya sanoatini rivojlantirish dasturiga ko‘ra istiqbolda chet el investitsiyalarini jalb etgan holda shlak uyumlarini qayta ishlash, kalibrlangan simlar ishlab chiqarish, mahalliy temir rudali konlardan yiliga 500 ming t mahsulot tayyorlash va po‘lat ishlab chiqarish hajmini oshirish mo‘ljallangan. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi tobora ortib bormoqda. Agar 2004 yilda 602,2 ming t po‘lat eritilgan bo‘lsa, 2013 yilga kelib, 761,0 ming t ga etdi. Korxonada po‘lat eritish hajmi avvalo elektr pechlarining ishga tushirilishi bilan bog‘liq. Hozirgi kunda olinayotgan po‘latning 85-86%i shunday pechlarda eritilmoqda. Toshkentdagi «Ikkilamchi qora metall» zavodida (Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida) temir tersaklarni qayta ishlovchi maxsus korxonalar hamda sexlar qurildi. O‘zbekiston shahar va qishloqlarini to‘la gazlashtirish va ichimlik suvi  
10 
 
bilan ta’minlash rejalari Bekobod metallurgiya zavodida metall quvurlari 
tayyorlaydigan maxsus sexning ishga tushirilishiga olib keldi. Respublika hududida 
qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan temir va marganets rudalari, 
flyus metallari va o‘tga chidamli xom ashyolar ham topilgan. Bu xom ashyolar 
asosida kelajakda to‘la siklli qora metallurgiya sanoatini barpo etish mumkin. 
 
10 bilan ta’minlash rejalari Bekobod metallurgiya zavodida metall quvurlari tayyorlaydigan maxsus sexning ishga tushirilishiga olib keldi. Respublika hududida qora metallurgiyani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan temir va marganets rudalari, flyus metallari va o‘tga chidamli xom ashyolar ham topilgan. Bu xom ashyolar asosida kelajakda to‘la siklli qora metallurgiya sanoatini barpo etish mumkin.