METEOROLOGIK KUZATISHLAR VA ULARNI TASHKIL ETISH

Yuklangan vaqt

2024-12-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

202,8 KB


 
 
 
 
 
 
METEOROLOGIK KUZATISHLAR VA ULARNI TASHKIL ETISH 
 
 
Reja: 
Meteorologik elementlar va ob-havo bashoratini tuzish.  
Meteorologik stantsiyada vaqtni aniqlash  
 
Meteorologik elementlarni muntazam kuzatish natijala-ridan ob-havo 
bashoratini tuzishda, iqlim hosil bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiluvchi jarayonlarni 
o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda va xalq xo’jaligining turli 
soha-larida foydalaniladi. Barcha gidrometeorologik ishlar va tadqi-qotlarga 
rahbarlik «O’zgidromet» tomonidan amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan gidrome-teorologik stansiya va 
kuzatish joylari gidrometeorologik kuza-tishlar tarmog’ini tashkil qilib, ulardan 
dastlabki ob-havo ma’lumotlari olinadi. 
Gidrometeorologik tarmoqqa qarashli stansiya va kuzatish joylari ularnrng ish 
hajmiga va unga mos holdagi xodimlar soni va asbob-uskunalarning mavjudligiga 
ko’ra I, II va III turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, stansiyada olib borilayotgan 
ishning xususiyatiga ko’ra, ular meteorologik, aerologik, gidrologik va 
maxsuslashtirilgan (qishloq xo’jaligi meteorologiyasi bo’yicha, oqim bo’yicha, 
ko’llar bo’yicha va boshqalar), kuzatish joylari esa, meteorologik va gidrologik 
bo’lishi mumkin. 
Meteorologik stantsiyada vaqtning ahamiyati. Meteoro-logik elementlarning 
miqdori vaqt oralig’ida va hudud bo’ylab o’zgarib turadi. Shu sababli atmosferada 
sodir bo’layotgan jarayonlarni o’rganish uchun o’lchash ishlarini hududning ko’p-
METEOROLOGIK KUZATISHLAR VA ULARNI TASHKIL ETISH Reja: Meteorologik elementlar va ob-havo bashoratini tuzish. Meteorologik stantsiyada vaqtni aniqlash Meteorologik elementlarni muntazam kuzatish natijala-ridan ob-havo bashoratini tuzishda, iqlim hosil bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiluvchi jarayonlarni o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda va xalq xo’jaligining turli soha-larida foydalaniladi. Barcha gidrometeorologik ishlar va tadqi-qotlarga rahbarlik «O’zgidromet» tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan gidrome-teorologik stansiya va kuzatish joylari gidrometeorologik kuza-tishlar tarmog’ini tashkil qilib, ulardan dastlabki ob-havo ma’lumotlari olinadi. Gidrometeorologik tarmoqqa qarashli stansiya va kuzatish joylari ularnrng ish hajmiga va unga mos holdagi xodimlar soni va asbob-uskunalarning mavjudligiga ko’ra I, II va III turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, stansiyada olib borilayotgan ishning xususiyatiga ko’ra, ular meteorologik, aerologik, gidrologik va maxsuslashtirilgan (qishloq xo’jaligi meteorologiyasi bo’yicha, oqim bo’yicha, ko’llar bo’yicha va boshqalar), kuzatish joylari esa, meteorologik va gidrologik bo’lishi mumkin. Meteorologik stantsiyada vaqtning ahamiyati. Meteoro-logik elementlarning miqdori vaqt oralig’ida va hudud bo’ylab o’zgarib turadi. Shu sababli atmosferada sodir bo’layotgan jarayonlarni o’rganish uchun o’lchash ishlarini hududning ko’p-
 
 
gina joylarida aniq bir vaqtda, agar kerak bo’lsa, meteorologik stansiyalardan 
olingan ob-havo ma’lumotlarini o’zaro solish-tirish mumkin bo’lishi uchun kuzatish 
joylari hudud bo’ylab turg’un bir joyga o’rnatiladi, asboblar bo’yicha kelisxilgan ba-
landlikda 
kuzatishlar 
olib 
boriladi. 
Masalan, 
barcha 
gidro-meteorologik 
stansiyalarda havo harorati va havo namligi yer yuzasidan 2 m balandlikda kuzatilsa, 
shamol yo’nalishi va tezligi 10 -12 m balandlikda aniqlanadi. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi barcha mamlakat-larda meteorologik 
kuzatishlar kelisxilgan muddatlarda Moskva vaqti bo’yicha olib boriladi. Buning 
uchun meteorologik stansi-yalarda vaqt xizmati ish yuritishi lozim. Stansiyada 
soatning bo’lishi shart. Soatning to’g’ri ishlashi radio orqali beriladigan aniq vaqt 
signali orqali har kuni tekshirilib turiladi. 
Meteorologik asboblar haqida umumiy tushuncha. Meteo-rologik elementlarni 
qayd etish uchun xizmat qiladigan asbob va uskunalar meteorologik asboblar deb 
ataladi. Ko’pgina asboblar kerakli miqdorni bevosita ko’rsatadi, lekin ayrimlari 
bo’yicha olingan sanoq yordamida ma’lum hisoblashdan so’ng, kerakli natijaga 
erisxiladi. 
Meteorologik 
kuzatishlarda 
masofadan 
o’lchaydigan 
as-boblar 
keng 
qo’llaniladi. Ular yordamida bir necha ming metr masofada turib, ob-havo 
elementlarini o’lchash mumkin. Ama-liy maqsadlarda o’lchanadigan miqdorni 
aniqlashda uzluksiz yozib turadigan asboblardan foydalaniladi. 
Meteorologik asboblarga bir qator talablar qo’yiladi. Ularning ba’zilari 
ko’pchilik asboblarga majburiy hisoblanadi. Barcha meteorologik asboblar har 
qanday iqlimiy mintaqa-lardagi tabiiy sharoitlarda ishlatish uchun mo’ljallangan. 
Shuning uchun ular havo harorati -60°C dan +45°C gacha, havo namligi 100% gacha 
bo’lganda, yomg’ir va qor yoqqanda, tuman bo’lganda va boshqa holatlarda 
ishlatilishi mumkin. Shu tufayli bu asboblar zanglashdan saqlaydigan materiallardan 
tayyor-lanib, ular shamol kuchiga, issiq-sovuqqa, chang-to’zonga chi-damli bo’ladi. 
Meteorologik asboblar meteorologik stansiya-larga ma’lum qutilarda qog’ozga o’rab 
yuboriladi.
gina joylarida aniq bir vaqtda, agar kerak bo’lsa, meteorologik stansiyalardan olingan ob-havo ma’lumotlarini o’zaro solish-tirish mumkin bo’lishi uchun kuzatish joylari hudud bo’ylab turg’un bir joyga o’rnatiladi, asboblar bo’yicha kelisxilgan ba- landlikda kuzatishlar olib boriladi. Masalan, barcha gidro-meteorologik stansiyalarda havo harorati va havo namligi yer yuzasidan 2 m balandlikda kuzatilsa, shamol yo’nalishi va tezligi 10 -12 m balandlikda aniqlanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligidagi barcha mamlakat-larda meteorologik kuzatishlar kelisxilgan muddatlarda Moskva vaqti bo’yicha olib boriladi. Buning uchun meteorologik stansi-yalarda vaqt xizmati ish yuritishi lozim. Stansiyada soatning bo’lishi shart. Soatning to’g’ri ishlashi radio orqali beriladigan aniq vaqt signali orqali har kuni tekshirilib turiladi. Meteorologik asboblar haqida umumiy tushuncha. Meteo-rologik elementlarni qayd etish uchun xizmat qiladigan asbob va uskunalar meteorologik asboblar deb ataladi. Ko’pgina asboblar kerakli miqdorni bevosita ko’rsatadi, lekin ayrimlari bo’yicha olingan sanoq yordamida ma’lum hisoblashdan so’ng, kerakli natijaga erisxiladi. Meteorologik kuzatishlarda masofadan o’lchaydigan as-boblar keng qo’llaniladi. Ular yordamida bir necha ming metr masofada turib, ob-havo elementlarini o’lchash mumkin. Ama-liy maqsadlarda o’lchanadigan miqdorni aniqlashda uzluksiz yozib turadigan asboblardan foydalaniladi. Meteorologik asboblarga bir qator talablar qo’yiladi. Ularning ba’zilari ko’pchilik asboblarga majburiy hisoblanadi. Barcha meteorologik asboblar har qanday iqlimiy mintaqa-lardagi tabiiy sharoitlarda ishlatish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun ular havo harorati -60°C dan +45°C gacha, havo namligi 100% gacha bo’lganda, yomg’ir va qor yoqqanda, tuman bo’lganda va boshqa holatlarda ishlatilishi mumkin. Shu tufayli bu asboblar zanglashdan saqlaydigan materiallardan tayyor-lanib, ular shamol kuchiga, issiq-sovuqqa, chang-to’zonga chi-damli bo’ladi. Meteorologik asboblar meteorologik stansiya-larga ma’lum qutilarda qog’ozga o’rab yuboriladi.
 
 
Meteorologik elementlarni o’lchash natijalarini bir-biri bilan taqqoslash uchun, 
odatda, bir xil turdagi asboblardan foydalaniladi. 
Kuzatish ma’lumotlarida muntazam xatolarga yo’l qo’y-maslik maqsadida, 
meteorologik asboblar vaqti-vaqti bilan tekshirilib turiladi. Meteorologik asboblar 
Boshgidrometning tekshiruvchi bo’limlari orqali olib borilib, ular ishlab chiqa-
rilayotgan va gidrometeorologik stantsiyalarda ishlatilayotgan asboblarning sozligi 
va ishonchliligi bo’yicha nazorat ishlarini olib borishadi. Har bir meteorologik 
stansiya va kuzatish joylarida kuzatishlarning uslubiy ko’rsatmalarga muvofiq olib 
borilayotgani markazdagi rahbariyat tomonidan nazorat qilinib turiladi. 
Nazoratchilar stantsiyada olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishadilar, 
asboblarning to’g’ri ishlashini tekshira-dilar, kerak bo’lsa, ayrim ta’mirlash ishlariga 
boshchilik qiladilar va kuzatuvchilarga ko’rsatmalar beradilar. 
Meteorologik stansiyalar va meteorologik maydoncha. Atmosferada sodir 
bo’ladigan tabiiy jarayon va hodisalar, ya’ni barcha meteorologik elementlarni 
o’lchash ishlari meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Ko’pchilik o’lchashlar 
meteorologik maydonchada o’rnatilgan stansiyaning xizmat xonasida o’rna-tilgan 
asboblar orqali amalga oshiriladi. O’lchash sharoitining bir xil bo’lishiga erishish 
maqsadida ma’lum talablarga javob beradigan bir xil turdagi asboblardan 
foydalaniladi. Shuning uchun meteorologik asboblarni joylashtirish, joyini tanlashda 
unda asboblarni o’rnatishga va ularning ishlash holatini nazorat qilib turishga katta 
e’tibor beriladi. 
Meteorologik stansiyalar. Ob-havoni har doim uzluksiz kuzatib boruvchi 
ko’pdan-ko’p meteorologik stansiyalar mam- lakatimizning yirik shaharlarida va 
ularning atrofida, cho’l va sahrolarida, tog’larida, dovonlar va muzliklarida mavjud 
(3-rasm).
Meteorologik elementlarni o’lchash natijalarini bir-biri bilan taqqoslash uchun, odatda, bir xil turdagi asboblardan foydalaniladi. Kuzatish ma’lumotlarida muntazam xatolarga yo’l qo’y-maslik maqsadida, meteorologik asboblar vaqti-vaqti bilan tekshirilib turiladi. Meteorologik asboblar Boshgidrometning tekshiruvchi bo’limlari orqali olib borilib, ular ishlab chiqa- rilayotgan va gidrometeorologik stantsiyalarda ishlatilayotgan asboblarning sozligi va ishonchliligi bo’yicha nazorat ishlarini olib borishadi. Har bir meteorologik stansiya va kuzatish joylarida kuzatishlarning uslubiy ko’rsatmalarga muvofiq olib borilayotgani markazdagi rahbariyat tomonidan nazorat qilinib turiladi. Nazoratchilar stantsiyada olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishadilar, asboblarning to’g’ri ishlashini tekshira-dilar, kerak bo’lsa, ayrim ta’mirlash ishlariga boshchilik qiladilar va kuzatuvchilarga ko’rsatmalar beradilar. Meteorologik stansiyalar va meteorologik maydoncha. Atmosferada sodir bo’ladigan tabiiy jarayon va hodisalar, ya’ni barcha meteorologik elementlarni o’lchash ishlari meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Ko’pchilik o’lchashlar meteorologik maydonchada o’rnatilgan stansiyaning xizmat xonasida o’rna-tilgan asboblar orqali amalga oshiriladi. O’lchash sharoitining bir xil bo’lishiga erishish maqsadida ma’lum talablarga javob beradigan bir xil turdagi asboblardan foydalaniladi. Shuning uchun meteorologik asboblarni joylashtirish, joyini tanlashda unda asboblarni o’rnatishga va ularning ishlash holatini nazorat qilib turishga katta e’tibor beriladi. Meteorologik stansiyalar. Ob-havoni har doim uzluksiz kuzatib boruvchi ko’pdan-ko’p meteorologik stansiyalar mam- lakatimizning yirik shaharlarida va ularning atrofida, cho’l va sahrolarida, tog’larida, dovonlar va muzliklarida mavjud (3-rasm).
 
 
 
 
   
 
 
3-rasm. Meteorologik stansiya va maydonchalar 
 
Mana shu stansiyalarda havo harorati maxsus budka ichiga joylashtirilgan 
termometrlar yordamida o’lchanadi. Shuningdek, tuproq yuzasining va uning 3 m 
gacha bo’lgan chuqurlikdagi harorati ham o’lchanadi. Kuzatishlar oralig’ida 
haroratning eng katta va eng kichik qiymatlari ham maxsus termometrlar yordamida 
aniqlanadi. 
Havo bosimi barometrlar yoki aneroidlar yordamida o’lchanadi. Havoning 
namligini o’lchash uchun gigrometrlar qo’llaniladi. Bundan tashqari, shu maqsad 
uchun ikki termo-metrdan tashkil topgan psixrometrlar ham ishlatiladi. Undagi 
termometrlardan birining simobli uchi suvli likobchaga tushi-rilgan batist 
bo’lakchasi bilan o’ralgan «ho’llangan» termometrning darajasi nam batistni, quruq 
termometrning darajasi esa atrofdagi havoning haroratini ko’rsatadi. Ularning 
ayirmasi havo namligiga qarab turlicha bo’ladi: havo quruq bo’lsa, ayirma katta 
bo’ladi yoki aksincha. So’ngra maxsus jadval yordamida havo namligi topiladi. 
Meteorologik (psixrometrik) budka – bu meteorologik asboblarni Quyosh 
ta’siri, yer nurlanishi, atrofdagi buyumlar, shuningdek, shamol va yog’inlardan 
saqlaydigan ichiga meteo-rologik asboblar – namlik va harorat o’lchagichlar
3-rasm. Meteorologik stansiya va maydonchalar Mana shu stansiyalarda havo harorati maxsus budka ichiga joylashtirilgan termometrlar yordamida o’lchanadi. Shuningdek, tuproq yuzasining va uning 3 m gacha bo’lgan chuqurlikdagi harorati ham o’lchanadi. Kuzatishlar oralig’ida haroratning eng katta va eng kichik qiymatlari ham maxsus termometrlar yordamida aniqlanadi. Havo bosimi barometrlar yoki aneroidlar yordamida o’lchanadi. Havoning namligini o’lchash uchun gigrometrlar qo’llaniladi. Bundan tashqari, shu maqsad uchun ikki termo-metrdan tashkil topgan psixrometrlar ham ishlatiladi. Undagi termometrlardan birining simobli uchi suvli likobchaga tushi-rilgan batist bo’lakchasi bilan o’ralgan «ho’llangan» termometrning darajasi nam batistni, quruq termometrning darajasi esa atrofdagi havoning haroratini ko’rsatadi. Ularning ayirmasi havo namligiga qarab turlicha bo’ladi: havo quruq bo’lsa, ayirma katta bo’ladi yoki aksincha. So’ngra maxsus jadval yordamida havo namligi topiladi. Meteorologik (psixrometrik) budka – bu meteorologik asboblarni Quyosh ta’siri, yer nurlanishi, atrofdagi buyumlar, shuningdek, shamol va yog’inlardan saqlaydigan ichiga meteo-rologik asboblar – namlik va harorat o’lchagichlar
 
 
o’rnatila-digan yaxshi shamollatiladigan maxsus quticha. Dunyodagi barcha 
kuzatish stansiyalarida bir xil, ya’ni yer sirtidan 2 m balandlikda o’rnatiladi. 
Meteobudka XIX asrning 60- yillarida Angliyada Stivenson tavsiya etgan 
konstruktsiya bo’yicha qurilgan. Budkaning eshigi shimol tomonga qaratilgan 
bo’lib, 2 qavat tomi bor.  
Demak, biz har kuni ommaviy axborot vositalaridan eshita-digan havo harorati 
va namligining qiymati deganda, aynan ana shu budka ichida qayd etilgan haqiqiy 
o’lchov tushuniladi. 
Shamol tezligi va uning yo’nalishi fiyugerlar yordamida o’lchanadi. Yerga 
tushgan yog’inlarning miqdorini o’lchash uchun maxsus yog’in o’lchagichlar 
ishlatiladi. Bulardan tashqari, meteorologik stantsiyalarda havo haroratini, uning 
namligi va bosimini uzluksiz yozib borish uchun o’zi yozuvchi asboblar: termograf, 
gigrograf va barograflardan foydalaniladi. Ayrim stantsiyalarda yomg’ir miqdorini 
yozib boruvchi asbob - plyuviografiar ham o’rnatilgan. Bu asbob yordamida 
yomg’ir-ning yog’a boshlagan va to’xtash vaqtini, uning miqdorini hamda qay 
vaqtda qanday yoqqanligini bilib olish mumkin. 
So’nggi vaqtlarda hozirgi zamon texnikasiga asoslangan yangidan-yangi 
asboblar yuqoridagi maqsadlar uchun ishlatil-moqda. Shamol tezligi va uning 
yo’nalishini uzluksiz yozib bo-ruvchi avtomat anemorumbograf, shudring miqdorini 
o’lchov-chi rosograf, haroratni o’lchashda ishlatiladigan termistorlar shular 
jumlasidandir. Shuni ham aytib o’tish kerakki, meteoro-logik stansiyalar inson 
borishi qiyin bo’lgan tog’larda va inson yashamaydigan orollarda ham bor. Bunday 
joylarda muta-xasissiz ishlaydigan va ob-havo haqida muntazam ma’lumot yuborib 
turadigan avtomat radiometeorologik stantsiyalar o’rnatilgan. Mana shunday 
stansiyalardan bir nechtasi tog’larda joylashgan. Meteorologik stantsiyalardan 
tashqari, yana meteo-rologik post, balanddagi kuzatish majmui, aerologik stansiyalar 
va meteorologik radiolokatsiya stansiyalari (MRL) mavjud. 
Meteorologik maydoncha. 
Meteorologik 
maydoncha shun-day 
joyga 
o’natiladiki, unda o’lchangan meteorologik element-lari chor-atrofdagi hudud ob-
havosini ifodalashi kerak.
o’rnatila-digan yaxshi shamollatiladigan maxsus quticha. Dunyodagi barcha kuzatish stansiyalarida bir xil, ya’ni yer sirtidan 2 m balandlikda o’rnatiladi. Meteobudka XIX asrning 60- yillarida Angliyada Stivenson tavsiya etgan konstruktsiya bo’yicha qurilgan. Budkaning eshigi shimol tomonga qaratilgan bo’lib, 2 qavat tomi bor. Demak, biz har kuni ommaviy axborot vositalaridan eshita-digan havo harorati va namligining qiymati deganda, aynan ana shu budka ichida qayd etilgan haqiqiy o’lchov tushuniladi. Shamol tezligi va uning yo’nalishi fiyugerlar yordamida o’lchanadi. Yerga tushgan yog’inlarning miqdorini o’lchash uchun maxsus yog’in o’lchagichlar ishlatiladi. Bulardan tashqari, meteorologik stantsiyalarda havo haroratini, uning namligi va bosimini uzluksiz yozib borish uchun o’zi yozuvchi asboblar: termograf, gigrograf va barograflardan foydalaniladi. Ayrim stantsiyalarda yomg’ir miqdorini yozib boruvchi asbob - plyuviografiar ham o’rnatilgan. Bu asbob yordamida yomg’ir-ning yog’a boshlagan va to’xtash vaqtini, uning miqdorini hamda qay vaqtda qanday yoqqanligini bilib olish mumkin. So’nggi vaqtlarda hozirgi zamon texnikasiga asoslangan yangidan-yangi asboblar yuqoridagi maqsadlar uchun ishlatil-moqda. Shamol tezligi va uning yo’nalishini uzluksiz yozib bo-ruvchi avtomat anemorumbograf, shudring miqdorini o’lchov-chi rosograf, haroratni o’lchashda ishlatiladigan termistorlar shular jumlasidandir. Shuni ham aytib o’tish kerakki, meteoro-logik stansiyalar inson borishi qiyin bo’lgan tog’larda va inson yashamaydigan orollarda ham bor. Bunday joylarda muta-xasissiz ishlaydigan va ob-havo haqida muntazam ma’lumot yuborib turadigan avtomat radiometeorologik stantsiyalar o’rnatilgan. Mana shunday stansiyalardan bir nechtasi tog’larda joylashgan. Meteorologik stantsiyalardan tashqari, yana meteo-rologik post, balanddagi kuzatish majmui, aerologik stansiyalar va meteorologik radiolokatsiya stansiyalari (MRL) mavjud. Meteorologik maydoncha. Meteorologik maydoncha shun-day joyga o’natiladiki, unda o’lchangan meteorologik element-lari chor-atrofdagi hudud ob- havosini ifodalashi kerak.
 
 
«Gidrometeorologik stansiya va kuzatish joylari uchun ko’rsatmalar» (3-
nashr, 1-qism, 1958-y) ga ko’ra, meteorologik maydonchaning o’lchami 26x26 
m (eng kichik o’lcham 16x20 m ruxsat beriladi). Maydoncha chor-atrofning 
qanday bo’lishidan qat’iy nazar, iloji boricha tekis va ochiq joyda joylashgan 
bo’lib, сув havzalaridan 100 m dan ortiq masofadagi uzoqlikda hamda  yaqin 
o’rtadagi daraxtlar, imoratlargacha bo’lgan masofa ular-ning balandligiga 
nisbatan 10 barobardan kam bo’lmasligi kerak. 
Meteorologik maydonchaning o’lchami unda olib borila-digan ish hajmi bilan 
aniqlanadi. Aktinometrik kuzatishlar olib borilmaydigan stansiyalarda, maydoncha 
kvadrat shaklida taskil etilib, uning tomonlari shimoldan janubga (va sharqdan 
g’arbga) yo’nalishiga e’tibor beriladi. Aktinometrik kuzatishlari olib boriladigan 
stansiyalarda, maydoncha to’rtburchak shak-lida o’rnatilib, to’rtburchakning uzun 
tomoni 
shimoldan 
janub-ga 
yo’nalgan 
bo’ladi. 
Aktinometrik 
asboblar 
maydonchaning janubiy qismiga o’natiladi. 
Maydoncha uchun tanlangan joy tekislanadi (tepalik, o’n-qir-cho’nqirliklar 
tekislanadi, daraxtlar, to’nkalar olib tashla-nadi) va temir simdan qilingan to’r devor 
bilan o’raladi. Bunday devor shamolni to’smaydi va o’lchash natijalariga salbiy 
ta’sir ko’rsatmaydi (4-rasm). 
 
 
 
4-rasm. Standart meteorologik maydonchaning sxematik rejasi.
«Gidrometeorologik stansiya va kuzatish joylari uchun ko’rsatmalar» (3- nashr, 1-qism, 1958-y) ga ko’ra, meteorologik maydonchaning o’lchami 26x26 m (eng kichik o’lcham 16x20 m ruxsat beriladi). Maydoncha chor-atrofning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, iloji boricha tekis va ochiq joyda joylashgan bo’lib, сув havzalaridan 100 m dan ortiq masofadagi uzoqlikda hamda yaqin o’rtadagi daraxtlar, imoratlargacha bo’lgan masofa ular-ning balandligiga nisbatan 10 barobardan kam bo’lmasligi kerak. Meteorologik maydonchaning o’lchami unda olib borila-digan ish hajmi bilan aniqlanadi. Aktinometrik kuzatishlar olib borilmaydigan stansiyalarda, maydoncha kvadrat shaklida taskil etilib, uning tomonlari shimoldan janubga (va sharqdan g’arbga) yo’nalishiga e’tibor beriladi. Aktinometrik kuzatishlari olib boriladigan stansiyalarda, maydoncha to’rtburchak shak-lida o’rnatilib, to’rtburchakning uzun tomoni shimoldan janub-ga yo’nalgan bo’ladi. Aktinometrik asboblar maydonchaning janubiy qismiga o’natiladi. Maydoncha uchun tanlangan joy tekislanadi (tepalik, o’n-qir-cho’nqirliklar tekislanadi, daraxtlar, to’nkalar olib tashla-nadi) va temir simdan qilingan to’r devor bilan o’raladi. Bunday devor shamolni to’smaydi va o’lchash natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi (4-rasm). 4-rasm. Standart meteorologik maydonchaning sxematik rejasi.