METEOROLOGIK MA’LUMOTLAR

Yuklangan vaqt

2025-08-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

37,6 KB


 
 
 
 
METEOROLOGIK MA’LUMOTLAR 
 
 
REJA: 
1. Meteorologik ma’lumotlar va ularni taqdim etish usullari.  
2. Sinoptik tahlilda va ob-havo prognozida qo‘llaniladigan meteorologik 
ma’lumotlar.  
3.Meteorologik ma’lumotlar turlari. Meteorologik ma’lumotlar aniqligi. 
Meteorologik ma’lumotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar.  
4. Meteorologik ma’lumotlar manbalari. 
5. Sinoptik stansiyalar tarmog‘i.  
6. Aerologik stansiyalar tarmog‘i. 
7. Meteorologik ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish tizimi. 
8. Jahon ob-havo xizmati. Butun Jahon Meteorologik tashkiloti.  
9. O‘zbekiston Respublikasida ob-havo xizmati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Logotip
METEOROLOGIK MA’LUMOTLAR REJA: 1. Meteorologik ma’lumotlar va ularni taqdim etish usullari. 2. Sinoptik tahlilda va ob-havo prognozida qo‘llaniladigan meteorologik ma’lumotlar. 3.Meteorologik ma’lumotlar turlari. Meteorologik ma’lumotlar aniqligi. Meteorologik ma’lumotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. 4. Meteorologik ma’lumotlar manbalari. 5. Sinoptik stansiyalar tarmog‘i. 6. Aerologik stansiyalar tarmog‘i. 7. Meteorologik ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish tizimi. 8. Jahon ob-havo xizmati. Butun Jahon Meteorologik tashkiloti. 9. O‘zbekiston Respublikasida ob-havo xizmati.
 
TAYaNCh SO‘Z VA IBORALAR: Sinoptik, meteorologiya, tadqiqot, usul, 
qisqa muddat, ob-havo, prognoz, rivojlanish, bosqich, kamchiliklari, xalq xo‘jaligi, 
davriy, nodavriy, karta, aerologik, to‘plash  tarqatish, tizim, 
 
Meteorologik ma’lumotlarning turlari va manbalari, ularga qo‘yiladigan 
talablar 
Atmosfera jarayonlari tahlilining to‘g‘riligi va tuzilayotgan prognozlarning 
muvaffaqiyatligi meteorologik ma’lumotlarning o‘z vaqtida yetib kelishiga va uning 
sifatiga bog‘liq. 
Atmosfera yoki alohida ko‘rilayotgan meteorologik kattaliklarning holati 
to‘g‘risida ma’lumotlar majmui meteorologik ma’lumot deb ataladi. 
Meteorologik ma’lumotlar ikki turga bo‘linadi: 
1. Bevosita meteorologik kuzatishlar natijasida qabul qilingan ob-havo 
to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar; 
2. Ikkilamchi ma’lumotlar – bu turli jadvallar, sinoptik xaritalar, aerologik 
diagrammalar, vertikal qirqimlar, yer sun’iy yo‘ldoshlaridan qabul qilingan bulutlar 
xaritalari 
ko‘rinishida 
kuzatilayotgan 
ob-havo 
to‘g‘risidagi 
meteorologik 
ma’lumotlardir. Bular ob-havoni oldindan aytib berish va tahlil qilishning 
vositalaridir. 
Meteorologik prognozlar tuzishda atmosferaning holati bir qator parametrlar 
bilan xarakterlanadigan murakkab tizim sifatida qaralishi kerak. Bu parametrlarning 
kompleksiga atmosfera bosimi, havoning harorati va namligi, shamolning yo‘nalishi 
va tezligi, bulutlilik, yog‘inlar, tuman va turli atmosfera hodisalari (chaqmoq, 
changli bo‘roni va h.k.) kiradi. 
Ob-havo xizmati uchun kuzatishlar zichligini va optimal tezligini aniqlash 
muhim masala bo‘lib, bunda o‘lchash tarmog‘ining zichligi ko‘zda tutiladi. Bunday 
o‘ta murakkab masalaning yechimi asosida boshlang‘ich ma’lumotlar, bizni 
qiziqtiradigan atmosfera jarayonlarining vaqt va fazo bo‘yicha tuzilishi, 
prognozlarning davri va ularning oldindan aytib berilishi, texnik va iqtisodiy 
imkoniyatlar yotadi. Bu omillarni tahminan hisobga olinishi shuni ko‘rsatadiki, qisqa 
muddatli meteorologik prognozlar (1-2 sutka) tuzishda tahminan 107 km2 ga teng 
Logotip
TAYaNCh SO‘Z VA IBORALAR: Sinoptik, meteorologiya, tadqiqot, usul, qisqa muddat, ob-havo, prognoz, rivojlanish, bosqich, kamchiliklari, xalq xo‘jaligi, davriy, nodavriy, karta, aerologik, to‘plash tarqatish, tizim, Meteorologik ma’lumotlarning turlari va manbalari, ularga qo‘yiladigan talablar Atmosfera jarayonlari tahlilining to‘g‘riligi va tuzilayotgan prognozlarning muvaffaqiyatligi meteorologik ma’lumotlarning o‘z vaqtida yetib kelishiga va uning sifatiga bog‘liq. Atmosfera yoki alohida ko‘rilayotgan meteorologik kattaliklarning holati to‘g‘risida ma’lumotlar majmui meteorologik ma’lumot deb ataladi. Meteorologik ma’lumotlar ikki turga bo‘linadi: 1. Bevosita meteorologik kuzatishlar natijasida qabul qilingan ob-havo to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar; 2. Ikkilamchi ma’lumotlar – bu turli jadvallar, sinoptik xaritalar, aerologik diagrammalar, vertikal qirqimlar, yer sun’iy yo‘ldoshlaridan qabul qilingan bulutlar xaritalari ko‘rinishida kuzatilayotgan ob-havo to‘g‘risidagi meteorologik ma’lumotlardir. Bular ob-havoni oldindan aytib berish va tahlil qilishning vositalaridir. Meteorologik prognozlar tuzishda atmosferaning holati bir qator parametrlar bilan xarakterlanadigan murakkab tizim sifatida qaralishi kerak. Bu parametrlarning kompleksiga atmosfera bosimi, havoning harorati va namligi, shamolning yo‘nalishi va tezligi, bulutlilik, yog‘inlar, tuman va turli atmosfera hodisalari (chaqmoq, changli bo‘roni va h.k.) kiradi. Ob-havo xizmati uchun kuzatishlar zichligini va optimal tezligini aniqlash muhim masala bo‘lib, bunda o‘lchash tarmog‘ining zichligi ko‘zda tutiladi. Bunday o‘ta murakkab masalaning yechimi asosida boshlang‘ich ma’lumotlar, bizni qiziqtiradigan atmosfera jarayonlarining vaqt va fazo bo‘yicha tuzilishi, prognozlarning davri va ularning oldindan aytib berilishi, texnik va iqtisodiy imkoniyatlar yotadi. Bu omillarni tahminan hisobga olinishi shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatli meteorologik prognozlar (1-2 sutka) tuzishda tahminan 107 km2 ga teng
bo‘lgan maydonda, kuzatish zichligi 200-300 km va bir sutkada 4-6 marta 
o‘lchangan ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 
Ob-havo hizmatida qo‘llaniladigan birlamchi meteorologik ma’lumotlar ba’zi 
umumiy talablarga javob berishi kerak. Bu talablar, birinchidan, atmosfera 
jarayonlarining tuzulishi va rivojlanishi qonuniyatlari, tahlil va prognoz usullari 
bilan, ikkinchidan, meteorologik ma’lumotlarga isteamolchi tomonidan bildirilgan 
istaklar bilan belgilanadi. Shu talablarga binoan meteorologik ma’lumot global, uch 
o‘lchamli, kompleks, sinxron, muntazam va operativ bo‘lishi lozim. Alohida 
ta’kidlash kerakki, bu talablar majmuada bajarilishi kerak, chunki ulardan 
birontasining bajarilmasligi kelgan ma’lumotlarning qimmatini ancha pasaytiradi. 
Meteorologik ma’lumotning globalligi bu ma’lumot qit’a va okeanlar bilan, 
ba’zida yarimsharga  teng bo‘lgan xuddudlardan olinishini anglatadi. 
Meteorologik ma’lumotning uch o‘lchamligi bu ma’lumot nafaqat Yer sirti 
yaqinidan, balki atmosferaning yuqori qatlamlaridan ham olinishini bildiradi. 
Meteorologik ma’lumotning kompleksligi bu ma’lumot barcha meteorologik 
kattaliklar va hodisalarni qamrab olishi lozimligini bildiradi. 
Meteorologik ma’lumotning sinxronligi deyilganda, barcha meteorologik 
stansiyalarda kuzatishlar bir xil vaqt momentida olib borilishi tushuniladi. 
Meteorologik ma’lumotning muntazamligi kuzatishlar muntazam ravishda 
olib borilishini anglatadi. 
Meteorologik ma’lumotning operativligi kuzatish natijalari mumkin bo‘lgan 
qisqa vaqtda iste’molchiga yetkazib berilishining zarurligini bildiradi. 
Meteorologik ma’lumotlarga qo‘yilgan talablarning bajarilishi murakkab 
masaladir. Ularni bajarish uchun halqaro miqyosda tashkil qilingan va mukammal 
meteorologik ma’lumotlarni kuzatish tizimi mavjud bo‘lishi kerak. 
Hozir meteorologik ma’lumotlarni olishning quyidagi tizimlari mavjud: 
1. 
Yer usti sinoptik stansiyalari tarmog‘i; 
2. 
Yer usti aerologik stansiyalari tarmog‘i; 
3. 
Kemalarda o‘rnatilgan, statsionar va erkin suzuvchi avtomatik dengiz 
gidrometeorologik stansiyalari; 
4. 
Meteorologik radiolokatsion stansiyalar; 
5. 
Kosmik meteorologik tizim; 
Logotip
bo‘lgan maydonda, kuzatish zichligi 200-300 km va bir sutkada 4-6 marta o‘lchangan ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Ob-havo hizmatida qo‘llaniladigan birlamchi meteorologik ma’lumotlar ba’zi umumiy talablarga javob berishi kerak. Bu talablar, birinchidan, atmosfera jarayonlarining tuzulishi va rivojlanishi qonuniyatlari, tahlil va prognoz usullari bilan, ikkinchidan, meteorologik ma’lumotlarga isteamolchi tomonidan bildirilgan istaklar bilan belgilanadi. Shu talablarga binoan meteorologik ma’lumot global, uch o‘lchamli, kompleks, sinxron, muntazam va operativ bo‘lishi lozim. Alohida ta’kidlash kerakki, bu talablar majmuada bajarilishi kerak, chunki ulardan birontasining bajarilmasligi kelgan ma’lumotlarning qimmatini ancha pasaytiradi. Meteorologik ma’lumotning globalligi bu ma’lumot qit’a va okeanlar bilan, ba’zida yarimsharga teng bo‘lgan xuddudlardan olinishini anglatadi. Meteorologik ma’lumotning uch o‘lchamligi bu ma’lumot nafaqat Yer sirti yaqinidan, balki atmosferaning yuqori qatlamlaridan ham olinishini bildiradi. Meteorologik ma’lumotning kompleksligi bu ma’lumot barcha meteorologik kattaliklar va hodisalarni qamrab olishi lozimligini bildiradi. Meteorologik ma’lumotning sinxronligi deyilganda, barcha meteorologik stansiyalarda kuzatishlar bir xil vaqt momentida olib borilishi tushuniladi. Meteorologik ma’lumotning muntazamligi kuzatishlar muntazam ravishda olib borilishini anglatadi. Meteorologik ma’lumotning operativligi kuzatish natijalari mumkin bo‘lgan qisqa vaqtda iste’molchiga yetkazib berilishining zarurligini bildiradi. Meteorologik ma’lumotlarga qo‘yilgan talablarning bajarilishi murakkab masaladir. Ularni bajarish uchun halqaro miqyosda tashkil qilingan va mukammal meteorologik ma’lumotlarni kuzatish tizimi mavjud bo‘lishi kerak. Hozir meteorologik ma’lumotlarni olishning quyidagi tizimlari mavjud: 1. Yer usti sinoptik stansiyalari tarmog‘i; 2. Yer usti aerologik stansiyalari tarmog‘i; 3. Kemalarda o‘rnatilgan, statsionar va erkin suzuvchi avtomatik dengiz gidrometeorologik stansiyalari; 4. Meteorologik radiolokatsion stansiyalar; 5. Kosmik meteorologik tizim;
6. 
Ob-havoni aviatsion kuzatish. 
Meteorologik ma’lumotlarning asosiy manbalarini va turlarini ko‘rib 
chiqamiz. 
Sinoptik stansiyalar tarmog‘i 
Butun Yer shari gidrometeorologik stansiyalar tarmog‘i bilan qoplangan (bir 
necha ming stansiyalar). 
Aholi zich yashaydigan joylarda stansiyalar orasidagi masofa 100-150 km ni 
tashkil etadi, boshqa joylarda (sahro, tog‘li hududlar, botqoqlik, o‘rmonlar va h.k.) 
va Dunyo okeanida masofa ancha katta. 
Bu stansiyalarda yer sirti yaqinida atmosfera holati sutkasiga 8 marta (o‘rta 
grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 03, 06, ..., 21 larda) kuzatiladi. Atmosferaning 15 ga 
yaqin xarakteristikalari vizual va asboblar yordamida aniqlanadi, jumladan havoning 
bosimi, harorati va namligi, shamolning yo‘nalishi va tezligi, bulutlarning turi, 
miqdori va quyi chegarasining balandligi, gorizontal yo‘nalishdagi ko‘rinuvchanlik 
masofasi, yog‘inlarning turi va miqdori va shu bilan birga atmosferaning o‘ziga xos 
hodisalari (tuman, chaqmoq, changli bo‘ron, yaxmalak va h.k.) kuzatiladi. 
Gidrometeorologik stansiyalardan olingan meteorologik ma’lumotlar asosida yer 
yaqini ob-havo xaritalari tuziladi. Kuzatishlarning asosiy sinoptik muddatlarida 
(o‘rtacha grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 06, 12, 18) qit’alar o‘lchamiga teng 
bo‘lgan katta hududlar bo‘yicha ob-havo xaritalari tuziladi. Qo‘shimcha kuzatish 
muddatlarida esa (soat 03, 09, 15, 21) kichik hududlar bo‘yicha «xalqa» ob-havo 
xaritalari tuziladi. 
Yer sirtining 3/5 qismini Dunyo okeani egallaydi. Dunyo okeani atmosferani 
suv bug‘i bilan ta’minlab turuvchi asosiy manbadir. Dunyo okeani yozda o‘zida 
issiqlikni to‘plab, qishda uni atmosferaga beradi va shu sababli atmosferada 
rivojlanayotgan 
ob-havo 
jarayonlariga 
nihoyatda 
katta 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi, issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlarida 
Dunyo okeanining ahamiyati beqiyos. Shuning uchun ham Dunyo okeanining 
akvatoriyasidan meteorologik ma’lumotlarga ega bo‘lish nihoyatda katta ahamiyat 
kasb etadi.  
Dunyo okeanidan muntazam ravishda meteorologik ma’lumotlarni yetkazib 
beradigan manbalar – bu orollarda tashkil qilingan gidrometeorologik stansiyalar va 
Logotip
6. Ob-havoni aviatsion kuzatish. Meteorologik ma’lumotlarning asosiy manbalarini va turlarini ko‘rib chiqamiz. Sinoptik stansiyalar tarmog‘i Butun Yer shari gidrometeorologik stansiyalar tarmog‘i bilan qoplangan (bir necha ming stansiyalar). Aholi zich yashaydigan joylarda stansiyalar orasidagi masofa 100-150 km ni tashkil etadi, boshqa joylarda (sahro, tog‘li hududlar, botqoqlik, o‘rmonlar va h.k.) va Dunyo okeanida masofa ancha katta. Bu stansiyalarda yer sirti yaqinida atmosfera holati sutkasiga 8 marta (o‘rta grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 03, 06, ..., 21 larda) kuzatiladi. Atmosferaning 15 ga yaqin xarakteristikalari vizual va asboblar yordamida aniqlanadi, jumladan havoning bosimi, harorati va namligi, shamolning yo‘nalishi va tezligi, bulutlarning turi, miqdori va quyi chegarasining balandligi, gorizontal yo‘nalishdagi ko‘rinuvchanlik masofasi, yog‘inlarning turi va miqdori va shu bilan birga atmosferaning o‘ziga xos hodisalari (tuman, chaqmoq, changli bo‘ron, yaxmalak va h.k.) kuzatiladi. Gidrometeorologik stansiyalardan olingan meteorologik ma’lumotlar asosida yer yaqini ob-havo xaritalari tuziladi. Kuzatishlarning asosiy sinoptik muddatlarida (o‘rtacha grinvich vaqti bo‘yicha soat 00, 06, 12, 18) qit’alar o‘lchamiga teng bo‘lgan katta hududlar bo‘yicha ob-havo xaritalari tuziladi. Qo‘shimcha kuzatish muddatlarida esa (soat 03, 09, 15, 21) kichik hududlar bo‘yicha «xalqa» ob-havo xaritalari tuziladi. Yer sirtining 3/5 qismini Dunyo okeani egallaydi. Dunyo okeani atmosferani suv bug‘i bilan ta’minlab turuvchi asosiy manbadir. Dunyo okeani yozda o‘zida issiqlikni to‘plab, qishda uni atmosferaga beradi va shu sababli atmosferada rivojlanayotgan ob-havo jarayonlariga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi, issiqlik va namlik almashinuvi jarayonlarida Dunyo okeanining ahamiyati beqiyos. Shuning uchun ham Dunyo okeanining akvatoriyasidan meteorologik ma’lumotlarga ega bo‘lish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Dunyo okeanidan muntazam ravishda meteorologik ma’lumotlarni yetkazib beradigan manbalar – bu orollarda tashkil qilingan gidrometeorologik stansiyalar va
«ob-havo» kemalaridir.  
Orollardagi gidrometeorologik stansiyalarda kuzatishlar tizimi va tartibi 
quruqliklarda joylashgan gidrometeorologik stansiyalar kabi olib boriladi. 
«Ob-havo» kemalari – maxsus meteorologik kuzatish asboblari bilan 
jihozlangan dengiz kemalaridir. Bu kemalarda kuzatishlar to‘liq dastur bo‘yicha 
bajarilib, tezkorlik bilanda prognostik markazlarga jo‘natiladi. 
Tabiiyki, bu meteorologik ma’lumotlar yetarli emas. Meteorologik 
ma’lumotlar hajmini yanada orttirish maqsadida barcha yo‘lovchi, yuk tashuvchi va 
balik ovlovchi kemalarda avtomatik rejimda ishlaydigan gidrometeorlogik 
stansiyalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Dunyo okeanida bunday kemalarning soni 
7000 dan ortiq. Bundan tashqari, statsionar va erkin suzuvchi platformalarda ham 
avtomatik rejimda ishlaydigan kuzatish komplekslari o‘rnatilib, meteorologik 
kuzatishlar olib boriladi. Kuzatish natijalari kodlangan holda radio orqali prognostik 
markazlarga yuboriladi. 
Dunyo okeani akvatoriyasini meteorologik ma’lumotlar bilan yoritish 
maqsadida ko‘rilayotgan choralar muammoni hal qilmaydi. Bu maqsadda keng 
ko‘lamda Yer sun’iy yo‘ldoshlarini qo‘llash lozim. 
Aerologik stansiyalar tarmog‘i 
Atmosferadagi jarayonlar uch o‘lchamli fazoda va vaqt bo‘yicha 
rivojlanganligi sababli ularni o‘rganish uchun faqat meteorologik stansiyalardan 
olingan ma’lumotlar yetarli emas. Atmosfera parametrlarni turli balandliklarda 
o‘lchash uchun aerologik stansiyalarning tarmog‘i mavjud. Yer sharining aholi zich 
joylashgan hududlarida radiozondlash punktlari bir-biridan tahminan 350-500 km 
uzoqlikda joylashgan. 
1930 yilda P.A.Molchanov tomonidan ixtiro qilingan radiozond asbobi 
yordamida atmosferaning vertikal tuzulishi bilvosita usullar yordamida emas (er sirti 
kuzatishlari asosida), balki bevosita kuzatishlar natijasida aniqlanadigan bo‘ldi. 
Aerologik stansiyalarda masofaviy vosita – radiozond yordamida atmosferani 
vertikal zondlash amalga oshiriladi. Yengil gaz bilan to‘ldirilgan rezina qobiqqa 
radiozond bog‘lanib uchiriladi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari radiozond 30-35 km gacha 
turli balandliklardagi havoning bosimi, harorati va namligi, shamol yo‘nalishi va 
tezlik qiymatlarini avtomatik rejimda o‘lchab, radio orqali qabul markaziga 
Logotip
«ob-havo» kemalaridir. Orollardagi gidrometeorologik stansiyalarda kuzatishlar tizimi va tartibi quruqliklarda joylashgan gidrometeorologik stansiyalar kabi olib boriladi. «Ob-havo» kemalari – maxsus meteorologik kuzatish asboblari bilan jihozlangan dengiz kemalaridir. Bu kemalarda kuzatishlar to‘liq dastur bo‘yicha bajarilib, tezkorlik bilanda prognostik markazlarga jo‘natiladi. Tabiiyki, bu meteorologik ma’lumotlar yetarli emas. Meteorologik ma’lumotlar hajmini yanada orttirish maqsadida barcha yo‘lovchi, yuk tashuvchi va balik ovlovchi kemalarda avtomatik rejimda ishlaydigan gidrometeorlogik stansiyalar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Dunyo okeanida bunday kemalarning soni 7000 dan ortiq. Bundan tashqari, statsionar va erkin suzuvchi platformalarda ham avtomatik rejimda ishlaydigan kuzatish komplekslari o‘rnatilib, meteorologik kuzatishlar olib boriladi. Kuzatish natijalari kodlangan holda radio orqali prognostik markazlarga yuboriladi. Dunyo okeani akvatoriyasini meteorologik ma’lumotlar bilan yoritish maqsadida ko‘rilayotgan choralar muammoni hal qilmaydi. Bu maqsadda keng ko‘lamda Yer sun’iy yo‘ldoshlarini qo‘llash lozim. Aerologik stansiyalar tarmog‘i Atmosferadagi jarayonlar uch o‘lchamli fazoda va vaqt bo‘yicha rivojlanganligi sababli ularni o‘rganish uchun faqat meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar yetarli emas. Atmosfera parametrlarni turli balandliklarda o‘lchash uchun aerologik stansiyalarning tarmog‘i mavjud. Yer sharining aholi zich joylashgan hududlarida radiozondlash punktlari bir-biridan tahminan 350-500 km uzoqlikda joylashgan. 1930 yilda P.A.Molchanov tomonidan ixtiro qilingan radiozond asbobi yordamida atmosferaning vertikal tuzulishi bilvosita usullar yordamida emas (er sirti kuzatishlari asosida), balki bevosita kuzatishlar natijasida aniqlanadigan bo‘ldi. Aerologik stansiyalarda masofaviy vosita – radiozond yordamida atmosferani vertikal zondlash amalga oshiriladi. Yengil gaz bilan to‘ldirilgan rezina qobiqqa radiozond bog‘lanib uchiriladi. Yuqoriga ko‘tarilgan sari radiozond 30-35 km gacha turli balandliklardagi havoning bosimi, harorati va namligi, shamol yo‘nalishi va tezlik qiymatlarini avtomatik rejimda o‘lchab, radio orqali qabul markaziga
yuboradi. Atmosferani radiozondlash bir sutkada 4 marta o‘tkaziladi. Bulardan 
o‘rtacha grinvich vaqt bo‘yicha soat 00 va 12 dagi kuzatish muddatlari asosiy, soat 
06 va 18 dagilari esa qo‘shimcha muddat hisoblanadi. 
Atmosferani radiozondlash natijasida olingan meteorologik ma’lumotlar 
asosida barik topografiya, maksimal shamol, tropopauza xaritalari va atmosferaning 
vertikal qirqimlari tuziladi. 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari 
Yer sirtida joylashgan sinoptik va aerologik stansiyalar orasidagi masofa katta 
bo‘lganligi uchun atmosferada ro‘y berayotgan ba’zi mezomasshtabli meteorologik 
hodisalar kuzatilmasdan qolishi mumkin. Bularga, birinchi navbatda, to‘p-to‘p 
yomg‘irli bulutlar, jala yog‘inlar, momaqaldiroq va boshqa hodisalar kiradi. 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i ushbu muammoni bartaraf 
qilishga imkon beradi. 
Zamonaviy meteorologik radiolokator o‘z atrofida 150 km masofadagi fazoni 
kuzatishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalarining yordamida bulutlar 
zonasi, ularning mikrotuzulishi, suvliligi, 0°S izotermaning joylashishi, ya’ni 
bulutlilikni eng muhim fizikaviy xarakteristikalari, hamda yog‘inlarning jaddalligi 
aniqlanishi mumkin. 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari xavfli atmosfera hodisalarini 
aniqlash va prognoz qilishda, tropik siklonlarni aniqlab, ularning tuzulishini 
o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. 
Dopler radiolokatorlari yordamida shamol tezligi va yo‘nalishi ham 
o‘lchanishi mumkin. 
Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i birlamchi meteorologik  
ma’lumotlar beradigan tizimda o‘ziga munosib muhim o‘rnini egallaydi. 
Kosmik meteorologik tizim 
Yer sun’iy yo‘ldoshlarining (ESY) yaratilishi va uchirilishi fan uchun, shu 
jumladan, meteorologiya fani uchun ham yangi keng ko‘lamdagi imkoniyatlar ochdi. 
Yo‘ldoshlardan olingan dastlabki ma’lumotlar nafaqat ilmiy maqsadlarda, balki ob-
havo hizmatida ham qo‘llanilishi mumkin.  
Yer shariga yaqin joylashgan kosmik fazoda uchayotgan kosmik apparatlarni 
uchga bo‘lish mumkin: navbatchi rejimda ishlaydigan avtomatik YeSY (“Meteor”, 
Logotip
yuboradi. Atmosferani radiozondlash bir sutkada 4 marta o‘tkaziladi. Bulardan o‘rtacha grinvich vaqt bo‘yicha soat 00 va 12 dagi kuzatish muddatlari asosiy, soat 06 va 18 dagilari esa qo‘shimcha muddat hisoblanadi. Atmosferani radiozondlash natijasida olingan meteorologik ma’lumotlar asosida barik topografiya, maksimal shamol, tropopauza xaritalari va atmosferaning vertikal qirqimlari tuziladi. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari Yer sirtida joylashgan sinoptik va aerologik stansiyalar orasidagi masofa katta bo‘lganligi uchun atmosferada ro‘y berayotgan ba’zi mezomasshtabli meteorologik hodisalar kuzatilmasdan qolishi mumkin. Bularga, birinchi navbatda, to‘p-to‘p yomg‘irli bulutlar, jala yog‘inlar, momaqaldiroq va boshqa hodisalar kiradi. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i ushbu muammoni bartaraf qilishga imkon beradi. Zamonaviy meteorologik radiolokator o‘z atrofida 150 km masofadagi fazoni kuzatishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalarining yordamida bulutlar zonasi, ularning mikrotuzulishi, suvliligi, 0°S izotermaning joylashishi, ya’ni bulutlilikni eng muhim fizikaviy xarakteristikalari, hamda yog‘inlarning jaddalligi aniqlanishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari xavfli atmosfera hodisalarini aniqlash va prognoz qilishda, tropik siklonlarni aniqlab, ularning tuzulishini o‘rganishda katta rol o‘ynaydi. Dopler radiolokatorlari yordamida shamol tezligi va yo‘nalishi ham o‘lchanishi mumkin. Meteorologik radiolokatsiya stansiyalari tarmog‘i birlamchi meteorologik ma’lumotlar beradigan tizimda o‘ziga munosib muhim o‘rnini egallaydi. Kosmik meteorologik tizim Yer sun’iy yo‘ldoshlarining (ESY) yaratilishi va uchirilishi fan uchun, shu jumladan, meteorologiya fani uchun ham yangi keng ko‘lamdagi imkoniyatlar ochdi. Yo‘ldoshlardan olingan dastlabki ma’lumotlar nafaqat ilmiy maqsadlarda, balki ob- havo hizmatida ham qo‘llanilishi mumkin. Yer shariga yaqin joylashgan kosmik fazoda uchayotgan kosmik apparatlarni uchga bo‘lish mumkin: navbatchi rejimda ishlaydigan avtomatik YeSY (“Meteor”,
“Molniya”, “Raduga” va h.k.), boshqariladigan kosmik kemalar (“Soyuz”) va 
yashash mumkin bo‘lgan va avtomatik rejimlarda ishlaydigan orbital kosmik 
stansiyalar (“Salyut”).  
Meteorologiya fani, ob-havo xizmatining operativ faoliyati uchun to‘g‘ri 
keladigan va eng qulay ma’lumot – bu maxsus meteorologik avtomatik YeSY 
tizimidan olingan meteorologik ma’lumotdir. 
Meteorologik kosmik tizim (MKT) ikkita tarmoqdan iborat: kosmik va Yerda 
joylashgan tizimlar. Kosmik tarmoqqa orbitada joylashgan maxsus YeSY lar kiradi, 
Yerda joylashgan tarmoq esa Yerdagi ma’lumotlarni qabul qiladigan, uni qayta 
ishlaydigan va tarqatadigan komplekslarni o‘z ichiga oladi.  
Meteorologik YeSY lar maxsus ilmiy qurilamlar bilan jihozlangan. Bu 
qurilmalar elektromagnit spektrning turli uchastkalarida (optik ko‘rinuvchan, 
infraqizil va radiodiapazon) atmosferani faol yoki passiv zondlash prinsiplarida 
ishlaydi. “Meteor” YeSY dan televizion va infraqizil diapazonlarda bulutlilik 
maydonlari, qor va muz qoplamlarining zonalari, yog‘inlar zonalari joylanishining 
rasmlari qabul qilinadi. Yo‘ldoshda o‘rnatilgan aktinometrik asboblar Yer va 
atmosfera nurlagan va qaytargan oqimlar xaqida ma’lumotga ega bo‘lishga imkon 
beradi. 
 Kelajakda YeSY da spektral asboblar yordamida havo harorati, namligi va bir 
qator boshqa meteorologik kattaliklarning vertikal kesimlarni (profillarni) qayta 
tiklash imkoniyati vujudga kelishi mumkin. Shu holdagina meteorologik 
ma’lumotlar bilan ta’minlash muammosi hal bo‘ladi va sinoptik va aerologik 
stansiyalar tarmog‘ining hojati qolmaydi. Bir nechta aylana qutbiy orbitalarda 
uchadigan YeSY lar qisqa muddat davomida deyarli butun Yer sharidan 
meteorologik ma’lumotlarni ta’minlab beradi, ya’ni prognostik markazlar global 
meteorologik ma’lumotga ega bo‘ladi. 
YeSY lar ikkita rejimda ishlashi mumkin: eslab turish va bevosita uzatish 
rejimlarida. 
Birinchi rejimda ishlayotgan YeSY bir nechta aylanishlarda (vitokda) 
meteorologik ma’lumotni hotirasida ushlab, Yerdagi qabul punkti ustidan uchib 
o‘tganida meteorologik ma’lumotni uzatadi. Bu ma’lumot – global masshtabga ega 
bo‘lgan ma’lumotdir. 
Logotip
“Molniya”, “Raduga” va h.k.), boshqariladigan kosmik kemalar (“Soyuz”) va yashash mumkin bo‘lgan va avtomatik rejimlarda ishlaydigan orbital kosmik stansiyalar (“Salyut”). Meteorologiya fani, ob-havo xizmatining operativ faoliyati uchun to‘g‘ri keladigan va eng qulay ma’lumot – bu maxsus meteorologik avtomatik YeSY tizimidan olingan meteorologik ma’lumotdir. Meteorologik kosmik tizim (MKT) ikkita tarmoqdan iborat: kosmik va Yerda joylashgan tizimlar. Kosmik tarmoqqa orbitada joylashgan maxsus YeSY lar kiradi, Yerda joylashgan tarmoq esa Yerdagi ma’lumotlarni qabul qiladigan, uni qayta ishlaydigan va tarqatadigan komplekslarni o‘z ichiga oladi. Meteorologik YeSY lar maxsus ilmiy qurilamlar bilan jihozlangan. Bu qurilmalar elektromagnit spektrning turli uchastkalarida (optik ko‘rinuvchan, infraqizil va radiodiapazon) atmosferani faol yoki passiv zondlash prinsiplarida ishlaydi. “Meteor” YeSY dan televizion va infraqizil diapazonlarda bulutlilik maydonlari, qor va muz qoplamlarining zonalari, yog‘inlar zonalari joylanishining rasmlari qabul qilinadi. Yo‘ldoshda o‘rnatilgan aktinometrik asboblar Yer va atmosfera nurlagan va qaytargan oqimlar xaqida ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi. Kelajakda YeSY da spektral asboblar yordamida havo harorati, namligi va bir qator boshqa meteorologik kattaliklarning vertikal kesimlarni (profillarni) qayta tiklash imkoniyati vujudga kelishi mumkin. Shu holdagina meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlash muammosi hal bo‘ladi va sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘ining hojati qolmaydi. Bir nechta aylana qutbiy orbitalarda uchadigan YeSY lar qisqa muddat davomida deyarli butun Yer sharidan meteorologik ma’lumotlarni ta’minlab beradi, ya’ni prognostik markazlar global meteorologik ma’lumotga ega bo‘ladi. YeSY lar ikkita rejimda ishlashi mumkin: eslab turish va bevosita uzatish rejimlarida. Birinchi rejimda ishlayotgan YeSY bir nechta aylanishlarda (vitokda) meteorologik ma’lumotni hotirasida ushlab, Yerdagi qabul punkti ustidan uchib o‘tganida meteorologik ma’lumotni uzatadi. Bu ma’lumot – global masshtabga ega bo‘lgan ma’lumotdir.
Bevosita uzatish rejimida ishlayotgan YeSY o‘lchashlar bajarilgan zahoti uni 
Yerdagi qabul punktiga uzatadi. Katta hududlar qamrab olingan bo‘lsa ham, bu 
meteorologik ma’lumot lokal (mahalliy) xarakterga ega bo‘ladi. 
Yerdagi qabul punktlariga kelgan kosmik meteorologik ma’lumot qayta 
ishlanib, tegishli tashkilotlarga jo‘natiladi. 
YeSY dan olingan meteorologik ma’lumot siklon, antisiklon, tropik tayfun va 
tez havo oqimlari tahlilida katta yordam beradi. Bundan tashqari sinoptik stansiyalar 
siyrak joylashgan hududlarda atmosfera holatini tahlil qilishda yo‘ldosh 
ma’lumotlari bebaho hisoblanadi. 
Butunjahon ob-havo xizmati 
O‘tgan asrning 60-yillarida ilmiy-texnika imkoniyatlarining mislsiz 
rivojlanib, meteorologiya fanining tarraqiyotida yangi imkoniyatlar ochilishi 
munosabati bilan, Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqida fikrlar yuzaga 
keldi. Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish rejalarini ishlab chiqishda 
dunyodagi barcha yirik olimlar, shu jumladan, V.A.Bugaev, Ye.K.Fedorov, 
K.Ya.Kondratev va boshqalar ishtirok etdi. 
Butunjahon ob-havo xizmati oldida sanoat, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, suv va 
quruqlikdagi transportlarning meteorologik ta’minotini yaxshilash va o‘ta xavfli ob-
havo hodisalarini yanada aniqroq va vaqtida ogohlantirish imkoniyatlarini yaratish 
maqsad qilib qo‘yilgan. 
1967 yilda Butunjahon meteorologik anjumani Butunjahon ob-havo xizmatini 
tashkil etish haqidagi rejani qabul qildi. 
Hozirgi vaqtdagi Butunjahon ob-havo xizmati faoliyati Butunjahon 
meteorologik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladigan milliy moliyalashtirish va 
hizmatlardan tashkil topgan jahon meteorologik tizimidir. Bu tizim Butunjahon 
meteorologik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ilmiy va operativ ishlari 
uchun kerak bo‘lgan birlamchi va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan 
ta’minlaydi. 
Butunjahon ob-havo xizmati uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat. 
1. Kuzatishlar global tizimi. Bunga sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘i 
va meteorologik ma’lumotlarni yetkazib beradigan boshqa vositalar kiradi. 
2. Meteorologik ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi. Bunga 
Logotip
Bevosita uzatish rejimida ishlayotgan YeSY o‘lchashlar bajarilgan zahoti uni Yerdagi qabul punktiga uzatadi. Katta hududlar qamrab olingan bo‘lsa ham, bu meteorologik ma’lumot lokal (mahalliy) xarakterga ega bo‘ladi. Yerdagi qabul punktlariga kelgan kosmik meteorologik ma’lumot qayta ishlanib, tegishli tashkilotlarga jo‘natiladi. YeSY dan olingan meteorologik ma’lumot siklon, antisiklon, tropik tayfun va tez havo oqimlari tahlilida katta yordam beradi. Bundan tashqari sinoptik stansiyalar siyrak joylashgan hududlarda atmosfera holatini tahlil qilishda yo‘ldosh ma’lumotlari bebaho hisoblanadi. Butunjahon ob-havo xizmati O‘tgan asrning 60-yillarida ilmiy-texnika imkoniyatlarining mislsiz rivojlanib, meteorologiya fanining tarraqiyotida yangi imkoniyatlar ochilishi munosabati bilan, Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqida fikrlar yuzaga keldi. Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish rejalarini ishlab chiqishda dunyodagi barcha yirik olimlar, shu jumladan, V.A.Bugaev, Ye.K.Fedorov, K.Ya.Kondratev va boshqalar ishtirok etdi. Butunjahon ob-havo xizmati oldida sanoat, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, suv va quruqlikdagi transportlarning meteorologik ta’minotini yaxshilash va o‘ta xavfli ob- havo hodisalarini yanada aniqroq va vaqtida ogohlantirish imkoniyatlarini yaratish maqsad qilib qo‘yilgan. 1967 yilda Butunjahon meteorologik anjumani Butunjahon ob-havo xizmatini tashkil etish haqidagi rejani qabul qildi. Hozirgi vaqtdagi Butunjahon ob-havo xizmati faoliyati Butunjahon meteorologik tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladigan milliy moliyalashtirish va hizmatlardan tashkil topgan jahon meteorologik tizimidir. Bu tizim Butunjahon meteorologik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ilmiy va operativ ishlari uchun kerak bo‘lgan birlamchi va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Butunjahon ob-havo xizmati uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat. 1. Kuzatishlar global tizimi. Bunga sinoptik va aerologik stansiyalar tarmog‘i va meteorologik ma’lumotlarni yetkazib beradigan boshqa vositalar kiradi. 2. Meteorologik ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi. Bunga
ma’lumotlarni qayta ishlaydigan va saqlaydigan xizmatlarni o‘z ichiga olgan 
meteorologik markazlar kiradi. 
3. Telealoqa global tizimi. Bu tizim kuzatish va qayta ishlangan meteorologik 
ma’lumotlar bilan tezkor almashish maqsadida tuzilgan. 
Kuzatishlar global tizimi 4000 ga yaqin sinoptik va aerologik stansiyalarni o‘z 
ichiga oladi. Yerdagi stansiyalar orasidagi masofa 500 km dan oshmaydi. 
Okeanlarda stansiyalarning bunday zichligiga erishish mumkin emas. Okeanlardan 
meteorologik 
ma’lumot 
orollardan, 
kemalardan, 
statsionar 
va 
suzuvchi 
platformalardan keladi. Aerologik ma’lumotlarga alohida katta e’tibor berilayapti. 
Butunjahon meteorologik tashkiloti hozir maxsus ASAM dasturini amalga 
oshirayapti (avtomatik aerologik kuzatishlar tizimi). Bu maqsadda dengiz kemalari 
avtomatik aerologik zondlash stansiyalar bilan jihozlanmoqda. 
YeSY dan olinayotgan meteorologik ma’lumot katta ahamiyatga ega. 
Butunjahon meteorologik tashkilotining rejalari bo‘yicha kamida 5 ta geliostatsionar 
va 2 ta qutbiy orbitali yo‘ldoshlar uchirilishi kerak. Bundan tashqari “Tayros” Yer 
sun’iy yo‘ldoshidan atmosferani tezkor vertikal zondlash rejaoashtirilgan. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi  uch xil meteorologik markazlardan 
iborat: jahon meteorologik markazlar (JMM), regional meteorologik markazlar 
(RMM) va milliy meteorologik markazlar (MMM). 
Butunjahon meteorologik tashkiloti qoshida uchta jahon meteorologik 
markazlari tashkil qilingan – Vashington, Moskva va Melburnda. Jahon 
meteorologik markazlari butun Yer sharidan meteorologik ma’lumotlarning barcha 
turlarini qabul qiladi, sinoptik tahlil va prognozlarni tayyorlab, telealoqa global 
tizimi 
orqali 
boshqa 
meteorologik 
markazlarga 
tarqatadi. 
Meteorologik 
ma’lumotlarni boshqarish vazifasi ham (standartlarga muvofiqligini tekshirish, 
kodlash, saqlash va tegishli manzillarga tarqatish) JMM larga yuklatilgan. 
Regional meteorologik markazlarining vazifalari JMMlarning vazifalari bilan 
bir xil. Farq shundaki, RMMlar faqat o‘z hududi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Jahon 
meteorologik markazlariga qarashli 24 regional meteorologik markazlar tashkil 
qilingan, ulardan 4 tasi MDH hududida joylashgan – Moskva, Toshkent, Novosibirsk 
va Xabarovsk. Misol tariqasida Toshkent regional meteorologik markaziga qarashli 
hududni ko‘rsataylik: O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, MDH ning 
Logotip
ma’lumotlarni qayta ishlaydigan va saqlaydigan xizmatlarni o‘z ichiga olgan meteorologik markazlar kiradi. 3. Telealoqa global tizimi. Bu tizim kuzatish va qayta ishlangan meteorologik ma’lumotlar bilan tezkor almashish maqsadida tuzilgan. Kuzatishlar global tizimi 4000 ga yaqin sinoptik va aerologik stansiyalarni o‘z ichiga oladi. Yerdagi stansiyalar orasidagi masofa 500 km dan oshmaydi. Okeanlarda stansiyalarning bunday zichligiga erishish mumkin emas. Okeanlardan meteorologik ma’lumot orollardan, kemalardan, statsionar va suzuvchi platformalardan keladi. Aerologik ma’lumotlarga alohida katta e’tibor berilayapti. Butunjahon meteorologik tashkiloti hozir maxsus ASAM dasturini amalga oshirayapti (avtomatik aerologik kuzatishlar tizimi). Bu maqsadda dengiz kemalari avtomatik aerologik zondlash stansiyalar bilan jihozlanmoqda. YeSY dan olinayotgan meteorologik ma’lumot katta ahamiyatga ega. Butunjahon meteorologik tashkilotining rejalari bo‘yicha kamida 5 ta geliostatsionar va 2 ta qutbiy orbitali yo‘ldoshlar uchirilishi kerak. Bundan tashqari “Tayros” Yer sun’iy yo‘ldoshidan atmosferani tezkor vertikal zondlash rejaoashtirilgan. Ma’lumotlarni qayta ishlash global tizimi uch xil meteorologik markazlardan iborat: jahon meteorologik markazlar (JMM), regional meteorologik markazlar (RMM) va milliy meteorologik markazlar (MMM). Butunjahon meteorologik tashkiloti qoshida uchta jahon meteorologik markazlari tashkil qilingan – Vashington, Moskva va Melburnda. Jahon meteorologik markazlari butun Yer sharidan meteorologik ma’lumotlarning barcha turlarini qabul qiladi, sinoptik tahlil va prognozlarni tayyorlab, telealoqa global tizimi orqali boshqa meteorologik markazlarga tarqatadi. Meteorologik ma’lumotlarni boshqarish vazifasi ham (standartlarga muvofiqligini tekshirish, kodlash, saqlash va tegishli manzillarga tarqatish) JMM larga yuklatilgan. Regional meteorologik markazlarining vazifalari JMMlarning vazifalari bilan bir xil. Farq shundaki, RMMlar faqat o‘z hududi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Jahon meteorologik markazlariga qarashli 24 regional meteorologik markazlar tashkil qilingan, ulardan 4 tasi MDH hududida joylashgan – Moskva, Toshkent, Novosibirsk va Xabarovsk. Misol tariqasida Toshkent regional meteorologik markaziga qarashli hududni ko‘rsataylik: O‘rta Osiyo, Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, MDH ning