METEOROLOGIK STANSIYALAR VA POSTLARNI TASHKIL QILISH
Yuklangan vaqt
2024-12-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
724,6 KB
1
METEOROLOGIK STANSIYALAR VA POSTLARNI TASHKIL QILISH
Mashg‘ulotning maqsadi: Meteorologik stansiyalar va postlarni tashkil qilish
tamoyillari bilan tanishish hamda meteorologik maydonchaning tuzilishini
o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib, meteorologik stansiyalar va
postlarni tashkil qilishni o‘rganish;
2. Meteorologik maydoncha va postning tarxini chizish;
3. Meteorologik maydoncha va postda o‘rnatiladigan asboblar-ning o‘rnatish
tartibini ishchi daftarga yozing;
4. Kuzatish muddatlari va kuzatish tartibini daftarga yozing.
Kerakli materiallar va asboblar: meteorologik stansiya ma’lumotlari, darslik
va o‘quv qo‘llanmalar, jadvallar, meteorologik maydoncha tarxi, ishchi daftar,
chizg‘ich va boshq.
1.1. Meteorologik stansiyalar va postlar
Atmosferadagi fizikaviy jarayonlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan
kattaliklarga meteorologik elementlar deyiladi. Insoniyatning xo‘jalik faoliyatiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadigan asosiy meteorologik elementlarga quyosh radiatsiyasi,
atmosfera bosimi, havo harorati va namligi, shamol, bulutlilik, yog‘inlar, tuproq
harorati va namligi, bug‘lanish kabilar kiradi.
Meteorologik tadqiqotlar asosan kuzatish, ma’lumotlarni tahlil qilish orqali
olib boriladi. Meteorologik kuzatishlar maxsus asboblar yordamida meteorologik
elementlarning son qiymatlarini aniqlaydi. Atmosferadagi hodisalarni vizual
ravishda kuzatish natijasidagina ularni tavsiflash mumkin.
2
Dunyoning barcha meteorologik stansiya va postlarida yagona dastur asosida
kuzatish olib boriladi. Ob-havo to‘g‘risida ma’lumotlarni tuzishda Yerning sun’iy
yo‘ldoshlari, tele- va radiometrik, aviatsion va avtomatik stansiyalardan olingan
ma’lumotlar nihoyatda qimmatli hisoblanadi. Meteorologik stansiyalar va postlar
bajaradigan ishining hajmiga ko‘ra bir necha (I, II, III) turlarga, bajaradigan ishining
mazmuniga ko‘ra esa asosiy va maxsus stansiya va postlarga bo‘linadi.
Asosiy meteorologik stansiyalar va postlarda havo harorati va bosimi, shamol
tezligi va yo‘nalishi, atmosfera yog‘inlari va qor qoplamining qalinligi, zichligi va
undagi suv zaxirasi, meteorologik ko‘rinuvchanlik uzoqligi, tuproqning yuzasidagi
va turli chuqurliklardagi harorati o‘lchanadi.
Maxsus stansiya va postlar xalq xo‘jaligining turli sohalarini kerakli
ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Agrometeorologik stansiyalar maxsus postlar
qatoriga kirib, qishloq xo‘jaligini zarur agrometeorologik ma’lumotlar bilan
ta’minlashga xizmat qiladi. Agrometeorologik stansiya va postlarda kuzatishlar
parallel ravishda (bir tomondan meteorologik elementlar, ikkinchi tomondan
o‘simliklarni rivojlanish holati) olib boriladi. Meteorologik elementlarga
qo‘shimcha ravishda ularda tuproq namligi, harorati, bug‘lanish, tuproqning muzlash
chuqurligi kabi kattaliklar ham kuzatiladi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklarida
ekinlarninng o‘sishi va rivojlanishi fazalari, meteorologik hodisalardan (do‘l, jala,
qurg‘oqchilik, qora sovuq va boshq.) zararlanish, zararkunandalar va kasalliklarning
salbiy ta’siri, o‘simliklarning biologik mahsuldorligi va hosildorligi, ekinlarning
qalinligi, begona o‘tlar bilan ifloslanganligi va boshqalar kuzatib boriladi. Bulardan
tashqari yilning sovuq davrida ekin ekiladigan tuproq harorati, dalaga tushgan yog‘in
miqdori, ekish davridagi tuproq namligi, bug‘lanish, tuproqning muzlashi, qishki
ekinlar va daraxtlarning holati haqida ham ma’lumotlar yig‘ib boriladi. Ob-havo
haqida olingan ma’lumotlar asosida, ekish muddatlari, bahorgi va kuzgi sovuqdan
zararlanish ehtimoli, agrotexnik tadbirlar muddati, qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun
noqulay sharoit haqida meteorologik postlar, stansiyalar, tegishli tashkilotlarga
ma’lumotlar beradi. Ayrim meteorologik elementlar, bir hududdan ikkinchi hududga
ko‘chishda mahalliy sharoitga bog‘liq holda o‘zgaradi. Qor bo‘roni, jala yog‘inlari,
3
momoqaldiroq shunday elementlarga kiradi. Bu hodisalarni kuzatish uchun
meteorologik postlar tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha meteorologik
stansiyalar va postlar O‘zgidromet (O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati
markazi) ga bo‘ysunadi. Uning tarkibiga viloyat va Qoraqalpog‘iston respublikasi
gidrometeorologiya boshqarmalari, ob-havo byurolari, zonal ilmiy- tadqiqot
institutlari kiradi. Meteorologik stansiyalar va postlar kuzatish natijalarini
O‘zgidrometning o‘sha yerdagi tezkor organlariga ma’lum qiladilar va hududlardagi
korxona hamda fermer xo‘jaliklariga kunlik, 3 kunlik, haftalik va dekadalik ob-havo
ma’lumotlarini, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish muddatlarini, ekinlarning holati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zgidrometga etkazib beradi. Toshkent shahridagi
Gidrometeorologiya
ilmiy-tadqiqot
instituti
agrometeorologiya
va
gidrometeorologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi
gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi. Unda suv va qishloq xo‘jaligi,
energetika, shaharsozlik, sanoat, transport va turizm kabi ob-havoga bog‘liq
iqtisodiyot
tarmoqlarining
barqaror
rivojlanishi
va
faoliyat
ko‘rsatishiga
ko‘maklashuvchi gidrometeorologik xizmatlar sifatini rivojlantirishga katta e’tibor
qaratilgan. Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda
gidrometeorologik stansiyalar va postlar ishlab turibdi.
1.2. Meteorologik maydonchaning tuzilishi
Meteorologik stansiyalar meteorologik maydoncha va xizmat binosidan iborat
bo‘ladi. Meteorologik maydonchada meteorologik elementlarni o‘lchaydigan
asboblar o‘rnatiladi. Meteorologik stansiya va postlar atrofi ochiq, ya’ni daraxt va
binolar bilan to‘silmagan bo‘lishi kerak. O‘rnatilgan asboblardan olingan
ma’lumotlar shu joy uchun xarakterli bo‘lgan meteoelementlarning haqiqiy
qiymatini ko‘rsatishi maqsadga muvofiqdir. Meteorologik maydonchaga o‘rnatilgan
asboblardan
olingan
ma’lumotlarni
solishtirish
mumkin
bo‘lishi
uchun
4
maydonchaning joyi to‘g‘ri tanlanishi va asboblar qat’iy talab va tartib asosida
o‘rnatilishi kerak.
1.2.1-rasm. Meteorologik maydonchaning ko‘rinishi
Maydoncha relefi tekis gorizontal holatdagi yerdan to‘g‘ri to‘rtburchak
shaklida tanlanib, tomonlari shimoldan janubga va sharqdan g‘arbga yo‘nalgan
bo‘lishi lozim (1.2.1-rasm). Meteorologik maydonchaning o‘lchami mazkur
stansiyada
o‘rnatiladigan
asboblar
soni,
ish
hajmiga
bog‘liq.
Standart
maydonchaning o‘lchami 26x26 m (1.2.2-rasm), eng kichik maydonchaning
o‘lchami 20x10 m bo‘lishi mumkin. Aktinometrik kuzatishlar olib boriladigan
stansiyalarda maydonchaning o‘lchami esa 26x36 m bo‘lishi lozim. Bunda
to‘rtburchakning uzun tomoni shimoldan janubga qaragan bo‘ladi. Maydoncha
tekislanadi, o‘simlik ildizlari va boshqa halaqit beradigan narsalardan tozalanadi.
Agrometeorologik postlardagi maydonchaning o‘lchami 6x5 m bo‘ladi. Tanlangan
maydonchaning chegarasi sim to‘r bilan o‘rab chiqiladi. Maydoncha yog‘och
panjara bilan o‘ralganda, panjaradagi reykalar oralig‘i 20 sm qilib qo‘yiladi.
Maydonchaning shimol tomonidan kirish uchun eshik o‘rnatiladi.
Barcha meteorologik stansiyalar maydonchasidagi asboblar bir-biridan va
atrofdagi to‘siqlardan 4-6 metr masofada, bir birini to‘smaydigan va erkin havo
5
aylanishini ta’minlaygan holda joylashtirilishi kerak. Maydonchaning shimol
tomonida nisbatan baland- flyuger, anemorumbometr, yaxmalak o‘lchagich
o‘rnatiladi. Uning janubiy qismida tabiiy holati saqlangan va tuproq haroratini
o‘lchash uchun o‘tdan tozalangan yumshatilgan yer ajratiladi. Tabiiy holati
saqlangan joyning janubiy qismiga qor o‘lchagich reykalar o‘rnatiladi.
Maydonchaning o‘rta qismiga psixrometrik budka, o‘ziyozgich asboblar uchun
budka, yog‘in o‘lchagich va plyuviograf o‘rnatiladi.
Aktinometrik asboblar maydonchaning tabiiy qoplamali joyining janubiy
qismiga o‘rnatiladi. Boshqa barcha asboblar, bir-biriga xalaqit bermaydigan holda.
maydonchaning shimol tomonida o‘rnatiladi. Meteorologik maydoncha va
postlarning tabiiy holatini saqlash maqsadida asboblardan hisob olish uchun
boriladigan yo‘laklarning eni 40-50 sm bo‘lishi va kuzatuvchi asboblarga shimol
tomonidan kelishi kerak. Qor bir tekis yoqqanda yo‘laklarni qordan tozalash tavsiya
qilinmaydi. Bahor va yozda o‘simliklarning balanligi 20 sm dan oshmasligi, o‘rilgan
o‘tlar maydonchadan tashqariga olib chiqilishi lozim.
Agrometeorologik
postlarning
joyini
tanlash
talabi
meteorologik
stansiyalarni tanlash talabi bilan bir xil. Agrometeorologik postda Selyaninov
budkasi va yog‘in o‘lchagich o‘rnatiladi. Tuproq termometrlari o‘tdan tozalangan va
tuprog‘i yumshatilgan kichik maydonchaga o‘rnatiladi. Tuproq termometrlariga
yaqin yerga qor o‘lchagich reykalar ham o‘rnatiladi. Aspiratsion psixrometr ham 2
metr balandga osib quyiladi.
6
1.2.2-rasm. Meteorologik maydoncha plani:
1-engil taxtali flyuger; 2-og‘ir taxtali flyuger; 3-yaxmalak uskunasi; 4-
psixrometrik budka; 5-o‘zi yozgich asboblar uchun budka; 6 va 7-qo‘shimcha
budkalar; 8-yog‘in o‘lchagich; 9-plyuviograf; 10-tuproqqa o‘rnatiladigan
termometrlar uchun yumshatilgan, o‘tdan tozalangan joy; 11-turli chuqurliklarga
o‘rnatiladigan termometrlar uchun joy; 12-muzlik o‘lchagich; 13-qor o‘lchagich;
14-aktinometrik kuzatishlar uchun joy; 15-panjara; 16-eshik.
Ba’zi kuzatishlarni, masalan qor qoplamining qalinligi tuproq namligi va
bug‘lanish kabilarni bevosita fermer xo‘jaligi dalalarida ham o‘tkazish mumkin.
Atmosfera bosimi maydoncha va maydonchadan uzoq bo‘lmagan xizmat binosiga
o‘rnatilgan asboblar bilan o‘lchanadi. Binoda barcha kuzatishlarning natijalari qayta
ishlab chiqiladi.
7
1.3. Kuzatish tartibi
Meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlarning bir xilligini ta’minlash
va solishtirish mumkin bo‘lishi uchun kuzatish muddatlari va tartibining bir xilligini
ta’minlash lozim. SHu maqsadda 1966 yil 1 yanvardan boshlab barcha meteorologik
stansiyalarda sutkasiga 8 muddatli o‘lchash, Grinvich vaqti bilan soat 00, 03, 06, 09,
12, 15, 18 va 21 da o‘tkaziladi. Bunda havo va tuproq harorati, namligi, shamol
tezligi va yo‘nalishi, bulutlilik, meteorologik ko‘rinish uzoqliligi, atmosfera bosimi
aniqlanadi. Tuproq yuzasining harorati postlarda sutkada 2 marta, ya’ni muayyan
mintaqaning mahalliy vaqti bilan soat 0800 va 2000da kuzatiladi. Yog‘inlar ham
sutkada 2 marta: Grinvich vaqti bilan soat 0300 va 1500 da, mazkur mintaqaning
mahalliy vaqti bilan 0800 va 2000 larda o‘lchanadi. Agar yerda qor bo‘lsa, uning
qalinligi va tuproqning muzlash chuqurligini o‘lchash mazkur mintaqaning mahalliy
vaqti bilan soat 0800 da bajariladi. Aktinometrik kuzatishlar o‘rtacha quyosh vaqti
bilan 0030, 630, 930, 1530 va 1830 da o‘tkaziladi. Tuproqning muzlash chuqurligi, qor
qoplamining qalinligi, bir marta- ertalabki 0800 da o‘lchanadi, har besh kunlikning
oxirgi kuni xuddi shu vaqtda o‘simliklarning kurtaklash, novdalash, chuqurlik
bo‘yicha tuproq harorati o‘lchanadi. Qor o‘lchash s’yomkasi har 10 kunda, bahor
boshlanishidan oldin bir marta va qor erish vaqtida har 5 kunda bir marta o‘tkaziladi.
Bug‘lanish har 5 kunda, tuproq namligi har 10 kunda (dekadaning 8-kuni)
o‘lchanadi.
Barograf, termograf, gigrograflarning lentalari soat 1300 ga yaqin muddatda,
plyuviograf lentasini esa mahalliy vaqt bilan soat 2000da almashtirish lozim. Barcha
asboblar ko‘rsatishini bir vaqtda yozib olish imkoni bo‘lmaganligi uchun havo
harorati va namligini kuzatishni belgilangan muddatlardan 10 minut oldin, havo
bosimini 2 minut oldin o‘lchash lozim. Qolgan barcha asboblarning ko‘rsatishlarini
belgilangan muddatdan 30 minut oldin boshlab, jami 40 minut ichida tugallash
lozim.
Meteorologik stansiyadagi kuzatuvchi o‘lchash boshlanishidan 30 minut oldin
maydonchadagi asboblarni o‘lchashga tayyorligini tekshirib chiqishi lozim.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish fazalarini kuzatish har oyning 4, 10,
14, 20, 24 va 30 sanalarida olib borilishi maqsadga muvofiq. Aynan kuzatish olib
8
borilgan kunlari dalaning begona o‘tlar bilan ifloslanishi, o‘simliklarning holati,
yog‘in miqdori va havo harorati ham aniqlanadi. Rivojlanish fazasi yoppasiga
boshlangan vaqtda (har bir fazada) va dekada oxirida ko‘chat qalinligi, o‘simlik
bo‘yi, biologik massasining oshishi aniqlanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Meteorologik stansiya va postlar vazifasini tushuntiring.
2. Meteorologik postlar stansiyalardan qanday farq qiladi?
3. Asosiy meteorologik elementlarga nimalar kiradi?
4. Meteorologik kuzatishlarda nimalar o‘rganiladi?
5. Meteorologik maydonchaning tuzilishini tushuntiring.
6. Kuzatish muddatlari va tartibi qanday amalga oshiriladi?
7. Agrometeorologik kuzatishlarga nimalar kiradi?
8. Agrometeorologik postlar nima maqsadda tashkil qilinadi?