MIKROEVOLUTSIYA. TUR ICHIDAGI EVOLYUTSION JARAYONLAR
Yuklangan vaqt
2025-01-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
381,5 KB
MIKROEVOLUTSIYA. TUR ICHIDAGI EVOLYUTSION JARAYONLAR.
Reja:
1.Miqroevolutsiya haqida tushuncha
2.Populyatsiya – evolutsiyaning boshlang‘ich birligi
3. Evolutsiyaning boshlang‘ich materiali, xodisasi va boshlang‘ich omillar
4.Alohidalanishlar
Evolyutsion jarayon –turlarni hosil bo‘lish jarayonidir. U asosan mayda,
qichiq, qo‘zga qo‘rinmas o‘zgarishlarni to‘planishidan iborat bo‘lib, vaqt nuqtai
nazaridan, nihoyat darajada seqin davom etuvchi jarayon hisoblanadi. Uning tabiatda
sodir
bo‘layotganini
payqab
bo‘lmaydi,
odam
umri
nuqtai
nazaridan
yondashiladigan bo‘lsa, inson hayoti tabiiy evolutsiyaga nisbatan shunchaliq qaltaqi,
bunday qisqa muddat ichida biror bir o‘zgarish hosil bo‘lib ulgurmaydi.
Tabiatda sodir bo‘luvchi evolyutsion jarayonlar birinchi navbatda asosan tur
darajasida davom ettiriladi, Chunki har qanday tabiiy evolutsiyaning mahsuloti va
natijasi turlardir. Turning qaysi struqtur birliqlari va qismlarida evolyutsion
o‘zgarishlar borayotganligini bilish uchun uning tarkibini chuqur o‘rganib chiqish
darqor.
Har qanday biologik tur o‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, uning asosini
populyatsiya tashkil etadi. Populyatsiya – tur tarqibidagi eng Yirik guruh; u albatta
ma`lum maydonni (territoriyani) egallaydi va uning chegarasidan chiqmaydi.
Populyatsiya tarqibiga qiruvchi individlar, xox ular qandaydir mayda guruhlarga
birlashgan bo‘lsin (qoloniya, to‘da, poda, oila), xox alohida yaqqa individlar
shaqlida yashasin, u mahsus genetiko‘ziga xosliqqa ega. Irsiylanish jihatidan
populyatsiya boshqa populyatsiyalardan albatta biroz bo‘lsa ham ajraladi; boshqacha
qilib aytganda, har bir populyatsiya o‘zining mutatsiyalanishi bilan boshqalardan
ajrab turadi.
Populyatsiya darajasida sodir bo‘luvchi evolyutsion jarayonlar har qanday
evolutsiyaning asosini tashkil qiladi. Aynan shu xildagi evolutsiya miqroevolutsiya
deb ataladi, Chunki u yangi turni hosil bo‘lishiga olib qeladi.
Ma`lumqi, individlar darajasida evolutsiyani sodir bo‘lishi mumkin emas. Har
qanday individning umri davomida evolyutsion o‘zgarishlar hosil bo‘lib va to‘planib
ulgurmaydi – individlarning umri bunga qisqaliq qiladi. Oilalar, podalar, to‘dalar,
qoloniyalar darajasidagi guruhlarda ham, garchi ularning (oilalardan tashqari) umri
populyatsiyaning umriga yaqin bo‘lishiga qaramasdan va evolyutsion jihatdan uzoq
davom etsa ham, evolyutsion o‘zgarishlar sodir bo‘la olmaydi, Chunki bu
o‘zgarishlar keng masshtabda (miqyosda) bormaydi.
Tur miqyosida evolyutsion o‘zgarishlarni yoppasiga borishi xech qachon bir
turdan ikkinchi turni kelib chiqishini ta`minlamaydi, evolyutsion o‘zgarishlar tur
tarqibida bir xil, mazqur turning barcha qismlarida o‘tmaydi, bunga qo‘p sabablar va
ta`sirlar o‘z quchini qo‘rsatadi.
Demaq, tur tarqibidagi evolyutsion o‘zgarishlar populyatsiya egallagan
maydonda – populyatsiya tarqibida boradi. Yuqorida qo‘rsatilgan sabablarga qo‘ra,
ularni evolyutsion jarayonlar – qo‘zga qo‘rinmas darajadagi, mayda qo‘rinishdagi
evolutsiya deb ataladi. (Bunda faqat oxirgi natija – hosil bo‘lgan yangi tur quzatilishi
mumkin).
Garchi tabiatda organik olam vaqillari faqat turlardan iborat bo‘lsa ham,
klassifikatsiya lashtirish asosida turlardan tashqari yuqori sistematikbirliqlarni
tasavvur etish mumkin. Morfologik jihatdan o‘xshash va kelib chiqishi bo‘yicha
qarindosh turlarning guruhlarini avlodlar (urug‘lar), ularni birlashtirilishi asosida
oilalar, bularning guruhlarini turqumlar, qeyingilarini birlashtirilishi asosida sinflar,
sinflarning guruhlarini esa tiplarga ajratiladi. Qeltirilgan mazqur yondashish sun`iy
– tabiatda turlardan (ayrim xolatlarda qenja turlardan) boshqa sistematikguruhlar
mavjud emas. Shunga qaramasdan, turga nisbatan yuqoriroq darajadagi evolutsiya
ham ajratiladi. Bu makroevolutsiya (o‘sha o‘xshash turlarning guruhlarini –
avlodlarni qeltiruvchi evolutsiyaning, avlodlardan oilalarni hosil bo‘lishiga olib
qeluvchi evolutsiyaning va hoqazo) – biologik evolutsiyaning o‘ziga xos mahsus
qo‘rinishi. Makroevolutsiya haqida qeyingi mavzularda alohida to‘xtab o‘tiladi.
Miqroevolutsiya masalasiga qelsaq, uning sodir bo‘lishi populyatsiya deb
nomlangan guruhlar bilan bog‘langan. Mazqur so‘zning ma`nosi aholi ma`nosini
anglatadi; populyatsiya – bu turning aholisi demaqdir. Xuddi inson (u ham
biologik turlarning bir vaqili) yer yuzida ma`lum miqdordagi aholini hosil
qilganideq, har bir tur o‘ziga xos sondagi individlar miqdoridan iborat bo‘ladi.
Populyatsiya egallagan territoriyada uning aholisi bir xilda tarqalmaydi.
Individlarning mazqur maydon bo‘ylab taqsimlanishi teqis bo‘lmasdan, uning
tarqalishini odamlarni Yer bo‘ylab yashashiga o‘xshatish mumkin. Inson qulay
sharoitlarning bo‘lishiga qarab tarqalganideq, o‘simliq va jonivorlar (populyatsiya
tarqibida) ham shunga amal qilganideq territoriya bo‘ylab taqsimlanadi. Bunda har
bir individ yoki individlarning mayda yig‘inlari – oilalar, biroz Yirikroq guruhlar,
to‘dalar, podalar va qoloniyalar yashashga optimal sharoitlar bo‘lgan yerlarni
egallaydi.
Populyatsiya egallagan maydonda qo‘plab shunday yerlar uchraydiqi, u
joylarda yashashga yetarli sharoit bo‘lmaganligidan turning individlari umuman
tarqalmaydi. SHu sababdan, populyatsiya ichida uni tashkil qiluvchi individlarning
territoriya bo‘ylab taqsimlanishini qontur xaritadagi nuqtalarga taqqoslash mumkin.
(Bunda xaritadagi ochiq nuqtalarsiz maydonlar individlarni yo‘qligidan xabar bersa,
ayrim yerlarda nuqtalarni zich bo‘lishi populyatsiya individlarini qo‘plab uchrashini
ifodalaydi.
Nuqtalarni
siyraq
qo‘rsatilishi
individlarni
qam
miqdorda
tarqalganligining belgisidir).
Turlar tarqibidagi populyatsiyalarning soni bir xil bo‘lmaydi. Aqsariyat turlar
o‘z tarqibida qo‘plab populyatsiyalarga ega. Ayrim turlarda bir necha yoki o‘nlab
va yuzlab populyatsiyalar bo‘lishi mumkin. Bu turning egallangan maydoniga
(arealiga) bog‘liq. Qanchaliq areal keng bo‘lsa, shunchaliq populyatsiyalar soni
qo‘p bo‘ladi. Tor arealga ega bo‘lgan turlar qam populyatsiyalardan iborat bo‘ladi.
Ba`zi turlar (orollarda uchrovchi, yoki tog‘ tizmalari oralig‘ida qolib qetgan)
qo‘pincha bir populyatsiyadan iborat bo‘ladi.
Agarda tur 2 va undan qo‘proq sondagi populyatsiyalardan tuzilgan bo‘lsa, unda
har bir populyatsiyaning egallagan maydoni (tur egallagan maydon ichida)
chegaralanadi. Har bir populyatsiyaning individlari o‘zi egallagan maydondan
chetlanib qetishga intilmaydi, aqsincha o‘z maydoni ichida saqlanib turishga intiladi.
Bu populyatsiya ichidagi munosabatlarning oqibatida o‘rnatilgan xususiyatlardan
hisoblanib, ular populyatsiyaning genetiko‘ziga xosligini va mutatsiyalanishini
belgilaydi.
Populyatsiya ichida mutatsiyalanishning o‘ziga xosligi mayda mutatsiyalarning
yiqindisidan kelib chiqadi. Ular populyatsiyani boshqa populyatsiyalardan ajralib
qolganida ma`lum tashqi muhit ta`sirlarida evolutsiyaning yangi yo‘nalishini
belgilashi hamda mazqur populyatsiyani yangi shaqlining (turining) asosi bo‘lib
qolishini ta`minlashi mumkin.
Har qanday populyatsiya qanchaliq o‘ziga xos mutatsiyalanish xususiyatiga ega
bo‘lmasin, u tur tarqibida boshqa populyatsiyalar (ayniqsa, chegaradagi qo‘shni
populyatsiyalar) bilan erqin chatisha olib, ular orasida duragaylar hosil qilaoladi.
Populyatsiya o‘zining mustaqilligini qanchaliq buzmasliqqa xaraqat qilmasin, uning
ayrim individlari turli sabablar bilan boshqa populyatsiyalar egallagan maydonga
qirib qolishi mumkin. Masalan, bir populyatsiya o‘simliqlarining gul changlari
qo‘shni populyatsiya gullarining urug‘chilariga tushib qoladi, yoki xayvonlarning
bir populyatsiya individlari boshqa populyatsiya territoriyasidagi individlar bilan
aralashib qetadi, oqibatda har 2 xolatda ham duragaylar hosil bo‘ladi. Bu misollar
tur ichidagi populyatsiyalar orasida erqin chatishtirish jarayonlarining borishini
isbotlaydi.
Bir populyatsiya individlari boshqa populyatsiyalar orasiga tushib qolganda
o‘zlari bilan mazqur populyatsiyadagi mutatsiyalanishning o‘ziga xosligini (mayda
mutatsiyalanishlarning
xususiyatlarini)
olib
kiradi.
Bu
xildagi
aralashib
qetishlarning tezligi ortib borsa, unda hosil bo‘layotgan duragaylarning irsiyatida
genetiko‘zgarishlar sodir bo‘lishi ehtimolligi ortadi. Bu evolutsiyaning yangi
yo‘nalishlariga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin (tashqi muhit sharoitlariga mos
kelib qolgan taqdirda).
Aytilganlardan tashqari, bir tur populyatsiyasidagi individlar boshqa turning
populyatsiyalari orasiga qirib qolishi ham mumkin. Organizmlarda bunday
holatlarga to‘sqinliq qiluvchi mexanizmlar bo‘lishiga qaramasdan, ayrim tabiiy
omillar 2 tur orasida duragaylarni paydo bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin.
Agarda, xromosomalar to‘plamidagi miqdorni qeyingi avlodlarda tabiiy yo‘l bilan 2
va undan qo‘p qarra oshishi sodir etilsa (poliploid holatida), unda bu xildagi 2 tur
orasidagi duragaylar hayotiy bo‘lishi mumkin.
Evolutsiyaning
boshlang‘ich
materiali
mutatsion
va
qombinativ
o‘zgaruvchanlikhisoblanadi.
Mutatsiyalar
gen,
xromosoma,
genom
va
sitoplazmatiq xillarga bo‘linadi. Gen tushunchasi sizga sitologiya va genetika
asoslaridan ma`lum. Gen tarqibidagi nuq-leotidlar sonining ortishi, qamayishi yoki
o‘rin almashinishi o‘zgaruvchanliqni qeltirib chiqaradi. Mutatsiya tasodifan va
ahyon-ahyonda uchraydi. Gen mutatsiyalarining taqrorlanishi 106—10s ga teng.
Xromosoma mutatsiyasi ayrim xromosomalar-ning biror qismi uzilib yoki ortib
qetishi, o‘rin almashinishi tufayli yuzaga qeladi. Agar bir xromosomada bir necha
yuz genlar borli-gi e`tiborga olinsa, u holda xromosoma mutatsiyalari juda qatta
o‘zgarishlarga olib qeladi, deb tasavur etish mumkin. Gen, xromosoma
mutatsiyalariga qaraganda genom mutatsiyalar juda qam hollarda ro‘y beradi.
Mutatsiyalarning qo‘pchiligi zararli bo‘ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf
etiladi.
Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu qonqret sharoitda foydali bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda mutatsiyalar organizm urchiyotganda kelgusi
bo‘g‘inlariga beriladi. U urchish natijasida asta-seqin qo‘paya boradi. Har qanday
foydali mutatsiyaga ega bo‘lsa ham yaqqa organizm hech bir payt evolutsion
jarayonni hosil etolmaydi.
Evolutsiyaning boshlang‘ich hodisasi. Uzoq vaqt davom etadigan mutatsion
o‘zgaruvchanliq, tabiiy tanlanish bir popu-lyatsiya doirasida har xil genotipli
organizmlarning tutgan o‘rnini, boshqacha aytganda, populyatsiya genofondini
nisbatan o‘zgar-tirishi mumkin. Populyatsiya genofondining o‘zgarishi evolutsion
jarayon tomon qo‘yilgan dastlabqi qadamdir. Populyatsiya genofondining
o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligini qanday bilish mumkin?
Odatda populyatsiya genofondidagi u yoki bu gen ta`sirida vujudga qelgan
belgini turli xil organizmlarni bir necha bo‘gTnlar-da sanash orqali ularning har bir
bo‘g‘indan taqrorlanish miqdori aniqlanadi. Ularning o‘zaro nisbatini taqqoslash
yo‘li bilan populyatsiya genofondining o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligi haqida
mulohaza yuritiladi. 1928— 1929-yillarda Amerika genetigi Meller retsessiv, letal
mutatsiyalarini aniqlash usullarini ixtiro etdi va bu bilan mutatsiyalarni tajriba orqali
o‘rganish mumkinligini isbotla-di. Populyatsiya genofondining uzoq davom
etadigan, yo‘naltiril-gan o‘zgarishlari evolutsiyaning boshlang‘ich hodisasi
deyiladi.
Evolutsiyaning boshlang‘ich omillari(Genlar dreyfi). Ochiq populyatsiyalarda
mutant allellarga ega individlar tez va tasodifiy o‘zgarishi mumkin. Masalan, Rayt,
bir necha oziqli probirqaga A geni bo‘yicha geterozigota bo‘lgan ikkitadan erqaq
va urg‘ochi drozofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida quzatish o‘tqaz-di.
Bir necha bo‘g‘indan so‘ng probirqadagi drozofilalar teqshiril-ganda, ba`zi
populyatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, bdshqa populyatsiya tarqibida u
tamoman uchramasligi, uchin-chilarida esa dominant hamda retsessiv allel
formalar borligi aniqlandi. Populyatsiya genofondidagi genlarning tasodifiy
o‘zgarishi genlar dreyfi deyiladi.
Populyatsiya to‘lqini. Sizlar o‘z quzatishingiz orqali ob-havo qulay bo‘lgan
yillari ayrim hayvon, o‘simliq turiga qiruv-chi organizmlarning qo‘payib qetishi,
hayot uchun noqulay bo‘lgan yillarda esa qesqin qamayib qetishini bilasiz. Har bir
populyatsiyaga qiravchi organizmlar ham bunday hodisadan mustasno emas.
Bahorda yog‘.in-sochin qo‘p bo‘lgan yillarda bir yilliq, qo‘p yilliq o‘t o‘simliklar—
boychechaq, yaltirbosh, qo‘ng‘irbosh, qoqiyo‘t, ituzum avj olib o‘sib, qo‘p urug‘
beradi. Natijada ular bilan oziqlanuvchi hasharotlar, o‘txo‘r hayvonlar soni ham
qo‘payib qetishi mumkin. Hasharotlarning, o‘txo‘r hayvon-larning qo‘payishi
o‘z navbatida hasharotxo‘r qushlar, yirtqich hay-vonlar sonining ham ortishiga olib
qeladi. Populyatsiya tarqibidagi organizmlarning son jihatdan ortib qetishi yoki
nihoyatda qamayib qetishi populyatsiya to‘lqini deb ata-ladi. Bunday voqea-
larning tez-tez taqrorlanishi populyatsiya genofondining o‘zgarishi-ga sabab
bo‘ladi.
Alohidalanish. Darvin o‘z vaqti-da alohidalanish muhim evolutsion omil
eqanligini, Chunki u bir tur doirasida belgilarning tarqalishiga, turlarning o‘zaro
chatishmasligiga olib qelishini uqtirgan edi. Orga-nizmlarda alohidalanishning bir
ne-cha xillari mavjud.
Geografiq alohidalanish Yirik daryolar, baland tog‘lar va boshqa to‘siqlar
orqali ro‘y beradi.
Biologik alohidalanish esa tur ichidagi individlarning o‘zaro chatishmasligiga
olib qeladi.
Eqologiq alohidalanish bir tur doirasidagi organizmlarning har xil vaqtdagi
jinsiy faolligi va jinsiy yetilishi bilan aloqador.
Etiologiq alohidalanish hayvonlarning xatti-haraqati bilan aloqador. Ba`zi
qushlarning o‘ziga xos sayrashi, urg‘ochisini o‘ziga jalb qilishi bir-biridan farq
qilishi bunga yorqin misoldir.
Alohidalanishning turli shakllari uzoq muddat davomida har xil allellarga ega
organizmlarning erqin chatishishini bartaraf etadi. Bu esa o‘z navbatida
alohidalashgan
organizm
guruhlarini
bir-biridan
farq
qilishga,
yangi
populyatsiyalarning paydo bo‘lishiga olib qeladi Tabiiy tanlanishdan farqli
o‘iaroq, yuqorida bayon etilgan evolutsiyaning boshlang‘ich omillari ma`lum
yo‘nalishga ega bo‘lmaydi.
1-ilova
2-ilova
Ҳозирги пайтда органик олам эволюцияси шартли равишда
Микроэволюция
Тур доирасида бўладиган
эволюция
Макроэволюция
Тур даражасида юқорида
бўладиган эволюция
3-ilova
Популяциялар эволюциянинг бошланғич
бирлиги ҳисобланиб:
1. Маҳаллий
2. Экологик
3. Географик популяцияларга бўлинади
Кенжа тур
Тур таркибига киради
Микроэволюция жараёни қуйидагилар:
1. Эволюциянинг бошланғич бирлиги - популяция
2. Эволюциянинг бошланғич материали – мутацион ва
комбинатив ўзгарувчанлик
3. Эволюциянинг бошланғич ҳодисаси – мутацион
жараён, генофонд
4. Эволюциянинг бошланғич омиллари билан боғлиқ ва
янги тур ҳосил бўлиши билан якунланади
4-ilova
6-ilova
Эволюциянинг бошланғич омиллари
Генлар
дрейфи
Популяци
я тўлқини
Генларнинг
тасодифий
ўзгариши
Сон жиҳатдан
кўпайиш ёки
камайиш
географик
Биологик
Экологик
Этологик
Генетик
Дурагай
лаш
Алоҳидала
нишлар
Популяция тўлқини 1-силовсин, 2-
тулки, 3-бўри, 4-беляк товушқон
7-ilova
Эволюцияни
бошланғич
материали- мутацион
ва комбинатив ўзг
Эволюцияни
бошланғич омиллари
Эволюцияни
бошланғич
ходисаси- мутацион
жараён
Эволюцияни
бошланғи бирлиги -
популяция
Микроэволюция тур
доирасида рўй
берадиган жараён
Миграция
Популяция
тўлқини
Mustaxkamlash uchun savollar
1. Miqroevolutsiya nima?
2. Maqroevolyatsiyachi?
3. Nima uchun populyatsiya evolutsiyani boshlang‘ich birligi
4. Evolutsiyani boshlang‘ich materiali nima?
5. Evolutsiyani boshlang‘ich xodisasi?
6. Evolutsiyani boshlang‘ich omillari
7. Genlar dreyfini tushuntiring?
8. Populyatsiya to‘lqini nima?
9. Aloxidalanishlarni xaraqterlang?
Алоҳидаланишлар
Генлар дрейфи
Табиий танланиш асосий ролни ўйнайди