MIKROORGANIZMLAR KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1. Bakteriyalar sistematikasi mikroorganizmlarning strukturalari
2. Binominar nomenklatura
3. Tur, avlodlarning atalishi.
Bakteriyalar sistematikasi mikroorganizmlarning strukturalari, fiziologo-
kimyoviy xususiyatlari. Fenotip va genotip xususiyatlari. Binominar nomenklatura.
Tur, avlodlarning atalishi. Prokariotlar olamining to’rt bo’limi va ularga tavsif.
Bakteriyalar sistematikasi bakteriyalar orasidagi qarindoshlik aloqalari va aniq
belgilar asosida guruhlarga (taksonlarga) ajratish (klassifikatsiyasi) dir.
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o’rganib, ularning
barcha xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining
tashqi
va
ichki
strukturalari,
fiziologo
–
biokimyoviy
xususiyatlari,
mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo’lib, bunda
ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:
1. Shakli va o’lchami;
2. Harakati (hivchinlarining bor-yo’qligi va joylanishi);
3. Kapsulasi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gramm usulida bo’yalishi;
6. Modda almashishi;
7. Energiya olishi;
8. Tashqi muhitni o’zgartirishi;
9. Tashqi muhitning mikroorganizmga ta’siri.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq
bilishni talab etdi. Shu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy hisoblangan bo’lsa,
endi genotip xususiyatlarini ham o’rganish kerak bo’ldi va molekulyar biologiya
erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi. Bunda:
1) mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin
asoslarining bir-birlariga bo’lgan nisbati o’rganiladi va shu asosda ikki guruh
mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi.
2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir-birlari bilan
gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (o’xshashligi) o’rganiladi. Agar,
nuklein
kislota
tarkibi
80-90%
ga
gomolog
bo’lsa,
o’rganilayotgan
mikroorganizmlar yaqin “qarindosh“, gomologligi 50% dan kam bo’lsa,
mikroorganizmlar uzoq “ qarindosh” hisoblanadi.
Mikrorganizmlarning bizda ikkita sistematikasi qo’llaniladi, ya’ni amerikalik
mikrobiologlarning Bergi tahriri ostidagi (1980 y), va rus olimi N.A.Krasilnikov
(1949) sistematikasi.
Bergi hamma bakteriyalarni 4 bo’limga bo’ladi:
- Gracilicutes – Grammanfiy hujayra devori yupqa.
- Firmicutes – Grammusbat hujayra devori qalin.
- Tenericutes – mustahkam hujayra devoriga ega emas
- Mendesicutes – defekt hujayra devori bo’lgan (qadimgi arxebakteriyalar)
N.A.Krasilьnikov esa hamma mikroorganizmlarni ikki guruhga ajratadi:
1. Schizophyceae – xlorofill hosil qiluvchilar
2. Schizomyceae – xlorofillsizlar, ular o’z navbatida 4 sinfga bo’linadi:
1. Actinomycetes – aktinomitsetlar, 2. Eubacteriae – chin bakteriyalar, 3.
Myxobacteriae – miksobakteriyalar, 4. Spirochaetae – spiroxetalarga bo’linadi. Har
bir sinf qator, oila, turkum va turlarga bo’linadi.
Mikrobiologiyada maxsus terminlar keng qo’llaniladi, bular to’plam,
shtamm, klon.
To’plam – bu ozuqa muhitidagi mikroorganizmlar o’sishini ko’rish mumkin
bo’lgan bakteriyalar yig’indisi. Sof to’plam (bir turdagi mikroorganizmlar
yig’indisi) va yo’ldosh to’plam (ikki yoki undan ko’p bo’lgan mikroorganizmlar
yig’indisi) bo’lishi mumkin.
Shtamm – ma’lum manbadan olingan mikroorganizmlarning genetik jihatdan
bir xildagi toza to’plami. Masalan turli joylardan ajratib olinsa yoki biror xususiyati
bilan asosiy turdan farq qilsa shtamm deyiladi.
Klon – bu bitta hujayra naslidan tarqalgan mikroorganizmlar yig’indisi.
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o’rganilgandan so’ng, unga K. Linney taklif
qilgan binominal nomenklatura talabi kabi, ikki lotin atamasidan tashkil topgan ilmiy
nom beriladi.
Birinchi atama avlod nomini bildirib, mikroorganizm morfologiyasi yoki
fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf etgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib olingan
muhitni ifodalaydi. Ikkinchisi esa kichik harflar bilan yozilib, mikroorganizm
koloniyasining rangi, kelib-chiqish manbaini, yoki Shu mikroorganizm yuzaga
keltiradigan jarayon yoki kasallik yoki boshqa bir farqlantiruvchi belgilarni bildiradi.
Masalan, Bacillus albus da birinchi so’z – Bacillus - spora hosil qiluvchi,
Grammmusbat kabi xususiyatlarni anglatsa, ikkinchi so’z – albus - koloniyasi
rangining oq ekanligini bildiradi (albus – oq).
Mikroorganizmlarga 1980-yil 1-yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya
nomenklaturasi
kodeksi
qoidalariga
muvofiq
nom
beriladigan
bo’ldi.
Mikroorganizmlarni yaqin belgilariga qarab guruhlash uchun tur (speciess), avlod
(genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo’lim (divisio), saltanat yoki
olam ( regnum) kabi taksonomik kategoriyalari ishlatiladi.
Tur deb, fenotipik o’xshashlikka ega bo’lgan bir genotipga mansub indvidlar
(osoblar) yig’indisini bildiruvchi taksonomik birlikka aytiladi. Ular kichik tur
(podvid) va variantlarga bo’linadi.
Quyida biz, D.X.Bergining 1984-yil 9-martda nashr etilgan “Bakteriyalar
aniqlagichi”da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini
Ye.N.Mishustin (1987) ta’rifi bo’yicha keltiramiz.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, u
o’z navbatida to’rt bo’limga (divisio), bo’limlar esa sinflarga ((classis), tartiblarga
(ordo) oilalarga (familia) avlodlarga (genus)va turlarga (cpeciess) bo’linadi.
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo’qligi va ularning turiga qarab
bo’limlarga,
sinf
va
undan
mayda
(kichik)
taksonomik
birliklar
esa
mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologik-biokimyoviy belgilari yig’indisiga
qarab bo’lingan.
Bergi Procariotae dunyosini to’rtta bo’limga ajratadi.
I BO’LIM - GRASILICUTES
(grasilus - so’zi lotincha so’z bo’lib yupqa degan, cutes - po’st, teri degan ma’noni
bildiradi). Bu bo’limga grammanfiy hujayra devoriga ega, sharsimon, ipsimon yoki
tayoqchasimon bakteriyalar kiritilgan bo’lib, ular harakatchan yoki harakatsiz,
endospora hosil qilmaydi. Lekin meva tana hosil qiluvchi miksobakteriyalar
miksosporalar hosil qiladi. Ko’payishi kurtaklanish yoki binar bo’linib sodir bo’ladi.
Bo’limga 3 sinf kiradi.
Ssotobasteria sinfi
Bu sinf eng katta sinf bo’lib, 10 guruhni o’z ichiga oladi.
1 - guruhga Spiroshaetaseae va Leptospiraseae oilalari kiradi. Saprofit, odam
va hayvonlarda yuqumli kasallik qo’zg’atadigan vakillari bor.
2 - guruhga Spirillaseae – oilasi kirib, qattiq, spiralsimon buralgan, tayoqcha
shakliga ega. Saprofit va parazit vakillari bor. Bdelvibrio degan vakili bakteriyalarda
parazitlik qiluvchi mayda, bir hujayrali mikroorganizmdir.
3 - guruhga Pseudomonaseae (vakillari tayoqchasimon shaklga ega),
Azotobasteriaseae (vakillari oval, tayoqchasimon), Rhizobiaseae (vakillari
tayoqchasimon), Methylsossaseae (vakillari tayoqcha va sharsimon) va boshqa
oilalarini o’z ichiga olib, vakillari azot o’zlashtirish jarayonida qatnashadi yoki
o’simliklarda har xil kasalliklar yuzaga keltiradi va hokazo.
4 - guruh Entherobasteriaseae va Vibrionaseae oilalaridan tashkil topgan
bo’lib, Esherihia, Salmonella, Shigella, Ervinia, Vibrio, Protobasterium va boshqa
avlodlarni o’z ichiga olib, ba’zi vakillari odam va hayvonlarda kasallik qo’zg’atsa,
ba’zilari tuproqda, suvda yoki epifit mikroflora shaklida uchraydi.
5 - guruhga odam va hayvonlar ichida uchraydigan Basterioidaseae oilasiga
mansub vakillar kiradi.
6 - guruhga ammiakni nitratga (Nitrosomonas) yoki nitritlarni nitratlargacha
oksidlaydigan tayoqchasimon, sharsimon, oval shaklli Nitrobasteriaseae oilasi
vakillari hamda sharsimon, tayoqcha shaklli kapsulali va kapsula ustida temir yoki
marganets oksidlarini to’playdigan Siderosapsaseae oilasiga mansub vakillar kiradi.
7 - guruhga sirpanuvchi bakteriyalar - miksobakteriyalar kirib, ular ikki
tartibga (Myxobasteriales va Sytofagales) kiruvchi oilalar vakillaridan tashkil topadi.
Miksobakteriyalar bir hujayrali, shilliq qavat bilan qoplangan organizmlar. Ularning
hujayra devorlari oson egiluvchan - elastik bo’lib, hujayra shaklini o’zgartirishi
mumkin. Sirpanib harakatlanish xususiyatiga ega. Rivojlanishining ma’lum davrida
meva tanasi hosil qiladi.
8 - guruh xlamidobakteriyalar deb atalib, bakteriya hujayrasi usti qobiq bilan
o’ralgan.
9 - guruhga kurtaklanuvchi yoki poyali bakteriyalar kirib, tayoqchasimon
oval yoki loviyasimon shaklli bo’ladi
10 - guruhga rikketsiya va xlamidalar deb nomlangan Rikkettsiales va
Shlamidiales tartiblari kiradi. Tayoqchasimon, sharsimon yoki ipsimon shaklga ega
bo’lib, har xil yuqumli kasalliklarga sabab bo’ladi. Masalan, Rikketsia pravarekii
toshma tif kasalligini yuzaga keltiradi.
Grasilisutes bo’limiga kiruvchi ikkinchi sinf Anosyphotobasteria o’z ichiga
fototrof bakteriyalarni oladi va ularga Rhodospirillales (qirmizi bakteriyalar) va
Shlorobiales (yashil bakteriyalar) tartiblari ham kiradi.
Fototrof bakteriyalar sharsimon, tayoqchasimon, vibrion va spiral shakllariga
ega.
Hujayralari
oltingugurt
tomchilarini
tutadi.
Fototrof
bakteriyalar
bakterioxlorofill va karatinoid pigmentlarga ega bo’lib, fotosintez jarayonini amalga
oshiradi. Atmosfera molekulyar azotini o’zlashtirishi mumkin. Bular aksari suv
muhiti bakteriyalaridir.
Oxyphotobasteria
sinfiga
Syanobasteriale
(tsianobakteriyalar)
va
Proshlorales (proxlorofitlar) tartiblari kiradi. Fotosintez jarayonida molekulyar
kislorod ajraladi.
Sianobakteriyalar hujayrasi kapsula bilan qoplangan bo’lib, sirpanib
harakatlanadi, bir hujayrali, koloniyali va ko’p hujayrali organizmlardir. Hujayralari
sharsimon, tayoqchasimon yoki buralgan shaklga ega. Ko’p hujayralilari ipsimon
shaklga ega bo’lib, trixoma deb ataladi. sianobakteriyalarning 1000 dan ortiq turlari
mavjud bo’lib, ular tuproqda, suv havzalarida keng tarqalgan.
Proxlorofitlar - bir hujayrali, simbioz holda yashovchi sharsimon
organizmlaridir. U tsianobakteriyalarning tarkibidagi pigmenti va fotosintetik
apparatini ichki tuzilishi bilan farq qiladi.
II BO’LIM - FIRMISUTES
(firmis - so’zi lotincha pishiq degan ma’noni anglatadi, cutes - po’st, teri). Bu
bo’limga hujayra devori grammusbat tipida, sharsimon, tayoqcha yoki ipsimon
shaklli, spora hosil qiluvchi yoki sporasiz bakteriyalar, aktinomitsetlar hamda ularga
yaqin prokariotlar kiradi.
Firmibasteria sinfi
Bu sinfga 3 guruh prokariotlar kiradi.
1 guruh - grammusbat Misrososcaceae, Streptososcaceae va Peptososcaceae
oilalari kiradi.
Misrososcaceae oilasiga sharsimon shaklli bakteriyalar kirib, har xil
tekislikda bo’linib, har xil shaklli to’plamlar, paketlar hosil qiladi. Tuproqda, suvda
uchraydi. Issiq qonli hayvonlar terisi va shilliq qavatlarida uchrab, kasalliklar
vujudga keltiradi.
Streptososcaceae oilasining vakillari sut-qatiq mahsulotlari olishda, silos
tayyorlashda va boshqalarda katta ahamiyatga ega bo’lib, sharsimon yoki oval
ko’rinishga ega, hujayralar juft-juft bo’lib, ikkitadan yoki to’rttadan birgalashib har
xil uzunlikda zanjir hosil qiladi. Tuproqda, o’simlik barglarida, sut va undan
tayyorlangan mahsulotlarda uchraydi.
Peptososcaceae oilasi vakillari tuproqda, o’simliklar ustida, odam va
hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llarida uchrab, sharsimon shaklli, ular alohida
ikkitadan zanjir, to’rttadan kubsimon paketlar hosil qiluvchi prokariotlardir.
2 guruh - spora hosil qiluvchi Basullaseae oilasi vakillari kiradi.
Tayoqchasimon, harakatchan vakillari peritrixal hivchinlar bilan ta’minlangan.
Sporalari hujayraning har xil qismlarida hosil bo’lib, hujayra shakli o’zgarmasligi
yoki baraban tayoqchasi yoki dug shaklida bo’lishi mumkin. Tuproqda, suvda, odam
va hayvonlar hazm sistemasida uchraydi.
3 guruh - spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon shaklli Lastobasillaseae
oilasi vakillari kirib, tuproq, o’simlik, hayvonlarning oshqozon-ichak yo’llarida va
sut mahsulotlarida uchraydi.
Tallobasteria sinfi
Bu sinfga aktinomitsetlar va ularga yaqin organizmlar kiradi va 3 guruhga
bo’linadi.
1 guruhga korineform bakteriyalari kirib, spora hosil qilmaydigan, bir
tomoni yo’g’onlashgan tayoqcha shakliga ega bakteriyalar kiradi. Ularga
polimorfizm xususiyati xos bo’lib, ba’zan katta tayoqcha shakliga ega bo’lishi va
o’sish jarayonida kalta tayoqcha va sharsimon shaklli bakteriyalar hosil bo’lishi
mumkin. Vakillari odam, hayvon va o’simliklarda kasallik qo’zg’atadi. Artrobakter
ham shu guruhga kirib, sharsimon shaklli formalar hosil qiladi, ba’zan esa gigant,
limon shaklli ko’rinishga ega bo’ladi.
2 guruhga Propionibasteriaseae oilasi kirib, Propionobasterium va
Eubasterium avlodlaridan tashkil topgandir.
Propionobasterium avlodi hujayralari to’g’ri, shohlangan tayoqcha,
to’g’nag’ich yoki ipsimon shakllarga ega. Ba’zan sharsimon shaklli bo’lishi ham
mumkin. Sut mahsulotlarida, odam terisida, oshqozon-ichak yo’llarida uchraydi.
Ba’zi vakillari pishloq tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zilari odam va hayvonlarda
kasallik ko’zg’atadi.
Eubasterium avlodiga tayoqchasimon shaklli sporasiz bakteriyalar kirib,
odam va hayvon organizmida, hayvon va o’simliklardan tayyorlangan mahsulotlarda
keng tarqalgan. Ba’zi turlari kasallik qo’zg’atuvchilardir.
3 guruhga Astinomyssetales tartibi kiradi. Ular shoxlangan gifalardan iborat
bo’lib, ulardan mitseliy hosil bo’ladi. Gifalar bir hujayrali, diametri 0.5-2 mkm.
Agarli oziqa muhitda o’stirilgan aktinomitsetlarda substrat va havo mitselliylari
bo’ladi. Havo mitsellalari to’g’ri shohlangan, spiralsimon ko’rinishda bo’ladi. Spora
olib yuruvchilari bo’lib, sporalar ko’payish uchun xizmat qiladi. Ba’zi
aktinomitsetlarda havo mitsellalari o’rnida har xil shoxlangan tayoqchalar bo’ladi.
Aktinomitsetlarning saprofit hamda odam va hayvonlarda kasallik ko’zg’atuvchilari
mavjud. Ba’zi vakillari, hayvon, odam va o’simlik kasalliklariga qarshi kurashishda
ishlatiladigan antibiotiklar ajratadi. Aktinomitsetlar tartibi oltita oilani o’z ichiga
oladi.
III BO’LIM - TENERISUTES
Bu bo’limga rigid (qattiq) hujayra devori yo’q, grammanfiy, peptidoglikan
sintezlamaydigan
prokariotlar,
odam,
hayvon
va
o’simliklarda
kasallik
ko’zg’atuvchi mikoplazmalar kiradi. Ularda hujayra devori yo’q. Hujayra
membranasi 3 qavatdan iborat bo’lib, oval yoki sharsimon shaklli, ba’zilari ipsimon
shoxlangan bo’lishi mumkin. Kattaligi 125-250 nm, bo’lib, eng kichik
bakteriyalarga yaqin. Viruslar kabi bakterial filtrdan oson o’tadi. Ular Mollisutes
(mollis-lotincha
yumshoq,
kutes-teri
yoki
po’st)
sinfini
tashkil
etib,
Mysoplasmatales
tartibi
va
bu
tartibga
3
oila
-
Mysoplasmataceae,
Asholeplastataceae va Spiroplasmataceae lar kiradi.
IV BO’LIM - MENDOSISUTES
Bu bo’limga hujayra devori takomillashmagan, peptidoglikani yo’q,
hujayralari sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimon, piramida ko’rinishli, kvadrat,
olti nurli yulduzsimon, mitseliyli va hokazo shaklli prokariotlar kiradi. Ba’zi
vakillari Grammusbat, ba’zilari Grammanfiy bo’yaladi. Bo’limga Arsheobasteria
sinfi kirib, ular o’zining fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari va ekologiyasining
noyobligi va boshqa prokariotlardan keskin farqlanadi. Xususan, ribosomasi RNK-
5s va 16s, transport RNK-lari tarkibi va birlamchi tuzilishi va hujayra devori lipid
membranasi tarkibi bilan ajralib turadi. Ba’zi turlarining 100S dan ham yuqori
temperaturada rivojlanishi va boshqa noyob xususiyatlar bu xil prokariotlarga
xosdir.
Arxibakteriyalar 5 guruhga bo’linadi:
1-guruhga metan hosil qiluvchi, sharsimon, tayoqchasimon shaklli
bakteriyalar kirib, sirka kislota yoki metil spirtidan metan va CO2 hosil qildi. Ular
tuproq, botqoqliklardan, hayvon va odamlarning oshqozon-ichak yo’llarida
tarqalgan.
2-guruhga aerob, oltingugurtni oksidlovchi, optimal rivojlanish temperaturasi
70-75C, rN optimumi 3 bo’lgan atsidofil bakteriyalar kiradi.
3-guruhga oltingugurtni N2S gacha anaerob qaytaruvchi, optimal rivojlanish
temperaturasi 85-105C issiq suvlarda tarqalgan prokariotlar kiradi.
4-guruhga galobakteriyalar kirib, “kvadrat bakteriyalar” ham deyiladi. Ular
sho’rlangan tuproq, suv havzalari va boshqa substratlarda tarqalgan.
5-guruhga termoatsidofil “mikoplazma” lar kirib, yuqori (600C) temperatura
va past (1-2) rNda rivojlanadi. Ular Yaponiyaning issiq mineral suvlaridan topilgan.
Nazorat uchun savollar
1.
Bakteriyalar sistematikasida qo’llaniladigan belgilar.
2.
Mikroorganizmlar
qaysi
dunyoga
kiritiladi,
qaysi
xususiyatlari
bilan
evkariotlardan farqlanadi?
3.
Prokariotlar dunyosining 4 bo’limiga umumiy ta’rif bering.
a)
Gratsilakut
bo’limiga
hujayra
devorini
qaysi
moddalariga
qarab
mikroorganizmlarni kiritilgan?
v) Firmikut bo’limiga qanday xususiyatga ega bakteriyalarni kiritiladi?
4.
Mikoplazma va arxibakteriylarga umumiy tavsif, ularni bo’limlarini aytib bering.
5.
Noyob xususiyatli qanday bakteriyalarni bilasiz?.
GLOSSARIY
1. Emlash , Вакцинация - sun’iy faol immunitetni yaratish uchun emlashni joriy
etish.
2. Gapten, Гаптен, - Antikor ishlab chiqarishga olib kelmaydigan, ammo tayyor
antikorlar bilan reaksiyaga kirishadigan to’liq bo’lmagan antigen.
3. Gemagglutinatsiya, Гемагглютинация - qizil qon hujayralarini yopishtirish.
Eritrotsitlar va ayrim mikroorganizmlarning (shu jumladan viruslar) o’zaro
ta’sirida to’g’ridan-to’g’ri (nonserologik) reaksiyani, shuningdek, antigenler yoki
antikorlar adsorbsiyalangan eritrotsitlar ta’sirida bilvosita (passiv) serologik
reaksiyani, qo’shimcha molekulalar bilan antikorlar yoki antigenler mavjud.
4. Gemokultura, Гемокультура- qondan ajratilgan mikroorganizmlar kulturasi.
5. Gen, Ген - DNKning eng kichik qismi, nasl-nasabga (nasl-nasabning birligi)
belgilar berilishini ta’minlaydi.
6. Genom, Геном - hujayradagi barcha genlari yigindisi.
7. Irsiyat, Наследственность - Organizmlarni belgi va xususiyatlarni kelgusi
avlodlarga berilishiga aytiladi.
8. Transforfatsiya, Трансформация – Bir
organizm
irsiy
molekulasining,
ikkinchi organizm molekulasiga ko’chib o’tib irsiyatini o’zgartirishiga aytiladi.
9. O’zgaruvchanlik, Изменчивость - Organizmlarda
yangi
belgi
va
xususiyatlarni paydo bo’lishiga aytiladi
Adabiyotlar
1. Расулова
T.X.,
Давранов
К,-Д., Жураева
У.М., Магбулова
Н.А.
Микробиологик тадкикотлар учун услубий кулланма.Т.: 2012.
2. John W. Foster. Joan L. Slonczewski Microbiology: An Evolving Science. New
York, United States: WW Norton&Co. 2012
3. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С.
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Илм Зиё. 2014.