MIKROORGANIZMLARINING O’SISHI VA KO’PAYISHI
Reja:
1. Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi
2. Mikroorganizmlarning o’sishi
3. Mikroorganizmlarning ko’payishi
Bakteriya hujayrasining o’sishi. Prokariotlarning ko’payishi usullari.
Bakteriyalarning rivojlanish tsikli va uning fazalari va ularning tavsifi. Uzluksiz
ko’paytirishning mikroorganizmlar xususiyatlarini tadqiq qilishdagi ahamiyati va
amaliyotda ishlatilishi.
Mikroorganizmlar ham o’sadi, ham ko’payadi. O’sish – deganda hujayradagi
butun kimyoviy moddalarning (oqsil, RNK, DNK va boshqalar) bir-biriga mutanosib
tarzda ko’payishi tushuniladi. O’sish natijasida hujayraning kattaligi va massasi
ortadi. Hujayraning kattaligi ma’lum darajaga yetgandan so’ng, u ko’paya boshlaydi.
Ko’payish – deb mikroorganizm hujayra sonining oshishiga aytiladi.
Ko’payish ko’ndalangiga bo’linish yo’li bilan, ba’zan esa kurtaklanib yoki spora
hosil qilib amalga oshadi. Umuman, prokariotlarning ko’payishi jinssiz binar
bo’linib ko’payishdir. Ko’payish jarayoni hujayraning uzayishidan, nukleoidning
ikkiga bo’linishidan boshlanadi. Nukleoid - superspirallashgan, zich joylashgan
DNK molekulasidir (u replikon ham deyiladi). Mikroorganizmlarda ham DNKning
replikatsiyasi, DNK-polimeraza fermenti orqali amalga oshadi. DNK ning
replikatsiyasi, bir vaqtning o’zida, qarama-qarshi yo’nalishda ketadi va u ikkilanib
qiz hujayralarga o’tadi. Qiz hujayrada ham DNK ketma-ketligi ona hujayranikidek
bo’ladi. Replikatsiya bakteriya hujayrasining ko’payishiga ketadigan vaqtning 80%
ni egallaydi.
DNK replikatsiyasidan so’ng, hujayralararo to’siq hosil bo’ladi, bu murakkab
jarayondir. Avvalo hujayraning ikki tomonidan sitoplazmatik membrananing ikki
qavati o’sadi, so’ngra, ular orasida peptidoglikan (murein) sintezlanadi va nihoyat
to’siq hosil bo’ladi. To’siq ikki qavat sitoplazmatik membrana va peptidoglikandan
iborat. DNK replikatsiyasi davomida va bo’luvchi to’siq hosil bo’lishi vaqtida
hujayra uzluksiz o’sadi. Bu vaqtda hujayra devorining peptidoglikani, sitoplazmatik
membranasi, yangi ribosomalar va boshqa organellalar, birikmalar, xullas,
sitoplazmadagi birikmalar hosil bo’ladi. Bo’linishning oxirgi stadiyasida qiz
hujayralar bir-biridan ajraladi. Ba’zan esa bo’linish jarayoni oxirigacha bormay,
bakteriya hujayralarining zanjiri hosil bo’ladi.
Tayoqchasimon bakteriyalar bo’linishidan oldin u bo’yiga o’sadi va ikkiga
bo’lina boshlaydi. Tayoqcha o’rtadan sal torayadi va ikkiga bo’linadi. Agar hujayra
ikki bir xil bo’laklarga bo’linsa, bunga izomorf bo’linish (izo-teng ) deyiladi.
Ko’pincha geteromorf bo’linish kuzatiladi.
Agar hivchinli hujayra bo’linsa, qiz hujayrada ko’pincha hivchinlar bo’lmaydi
ular ona hujayrada qoladi. Keyinchalik qiz hujayradan hivchin o’sadi. Demak, ona
hujayra birlamchi hujayra devori, fimbriylar, hivchinlarga ega bo’ladi. Spiroxetlar,
rikketsiylar,
ba’zi
achitqilar,
zambrug’lar,
sodda
hayvonlar
(protistlar)
ko’ndalangiga bo’linib ko’payadi. Miksobakteriyalar “tortilib” («peretyajka» hosil
qilib) ko’payadi. Avval hujayra bo’linadigan joyidan torayadi, so’ngra hujayra
devori ikki tomonidan hujayraning ichki tomoniga qarab bo’rtadi va oxirida ikkiga
bo’linadi. Qiz hujayra o’zi sitoplazmatik membranasi bo’lgani holda, hujayra
devorini vaqtincha saqlab qoladi.
Ba’zi bakteriyalarda jinsiy jarayon ham kuzatilib, unga kon’yugatsiya
deyiladi. Shunday qilib, o’sish va ko’payish natijasida mikroorganizmlar koloniyasi
hosil bo’ladi. Ularning ko’payishi juda katta tezlikda amalga ochadi. Generatsiya
vaqti mikroorganizm turi, yoshi, tashqi muhit (oziqa muhit tarkibiga, temperaturaga,
rN) ga bog’liq. Generatsiya vaqtining eng optimal muddati 20-30 minut bo’lsa, 2
soatda 6 ta generatsiya olish mumkin. Odamning shuncha avlodini olish uchun esa
120 yil vaqt lozim bo’ladi. Ammo bakteriyalar uzoq vaqt 20 minutlik generatsiya
hosil qilish yo’li bilan ko’paya olmaydi. Agar ular bir xil jadallikda ko’payganda edi,
bir dona Ye. coli 24 soatdan so’ng 272 yoki 1022 avlod qoldirgan bo’lar edi, bu esa
10 minglab tonnani tashkil qiladi. Bakteriyaning o’sishi shu tarzda davom etsa, 24
soatdan so’ng to’plangan massa yer shari massasidan bir necha marta og’ir bo’lib
chiqar edi. Ammo, amalda bunday bo’lmaydi, chunki oziqa moddalarning
yetishmasligi va hosil bo’lgan mahsulotlar bakteriyaning ko’payishini cheklaydi.
Oziqa muhiti oqib turganda bakteriyalar har 15-18 minutda bo’linib turadi. Suyuq
oziqa muhitda bakteriyalar o’sish tezligining vaqtga qarab o’zgarishini kuzatish
mumkin. Oziqa muhitga tushgan mikroorganizmlar avvalo unga moslashadi, so’ng
tezlik bilan ko’payadi va maksimumga chiqadi. Oziqa moddalarning kamayishi va
hosil bo’lgan mahsulotlarning ko’payishiga qarab, o’sish sekinlashadi va to’xtaydi.
Bakteriyaning rivojlanish tsikli bir necha fazadan tashkil topadi:
1. Statsionar faza – mikroorganizmning oziqa muhitga tushgandan boshlab,
1-2 soat davom etadi. Bu fazada hujayra soni ortmaydi.
2. Lag faza – ko’payishning tormozlanishi. Bu fazada bakteriyalar intensiv
o’sadi, ammo ularning bo’linishi juda kam bo’ladi. Bu ikki fazani bakteriya
populyatsiyasi rivojlanishining muhitga moslashuv fazasi desa bo’ladi.
3. Logarifmik - eksponentsial ko’payish fazasi. Ko’payish katta tezlikda
ketadi, hujayralar soni geometrik progressiya bo’yicha ortadi.
4. Manfiy tezlanish fazasi - Hujayralar kamroq aktiv bo’ladi, generatsiya
vaqti cho’ziladi, chunki oziqa kamayadi, zaharli moddalar hosil bo’ladi, natijada
ko’payish susayadi, ba’zi hujayralar o’ladi ham.
5. Maksimal statsionar faza - Hosil bo’ladigan hujayralar soni o’ladiganlari
soni bilan tenglashadi. Shuning uchun tirik hujayralar soni ma’lum vaqt davomida
bir hil darajada turadi. Tirik va o’lgan hujayralar soni sekin-asta ko’payadi. Bu
fazada hujayralar soni maksimumga yetadi.
6- fazada o’lgan hujayralar soni ko’payadi.
7- faza - hujayralarning logarifmik o’lim fazasi deb nomlanib, o’lish doimiy
tezlikda davom etadi.
6 va 7- faza birgalikda o’lim fazasi deb atalib unda o’luvchi hujayralar soni
ko’payuvchi hujayralar sonidan ko’p bo’ladi.
8- fazada hujayralarning o’lishi asta sekin kamayadi.
Oxirgi fazada hujayralar o’limi ozuqa muhiti fizik-kimyoviy xususiyatlarining
o’zgarishi bilan bog’liq. Bakteriya uchun noqulay sharoit yuzaga keladi. Hujayralar
shunday tezlikda o’ladiki oxiri hammasi qirilib ketadi. Bundan tashqari
bakteriyalarni ko’payishining oziqa muhitini doimiy yangilab turib ko’paytirish
usuli ham bor. Bu xil ko’paytirish xemostat yoki turbidiostatlarda amalga
oshiriladi. Sanoatda bu usul keng qo’laniladi.
Nazorat uchun savollar
1. Bakteriya hujayrasining o’sishi deganda nima tushuniladi?
2. Bakteriyalarning ko’payish usullari va ularga ta’rif bering.
3. Bakteriyaning rivojlanish fazalariga tavsif bering.
4. Bakteriyalarning uzluksiz ko’payishi qanday yo’l bilan amalga oshiriladi?
GLOSSARIY
1.Mikrobiologiya, Микробиология – mikro-
kichik, bio- hayot, logos- ta’limot degan ma’noni beradi. Demak kichik organiz
mlarni o’rganadigan fan.
2. Fenotip, Фенотип - organizmlarni tashqi belgilarni yig’indisi.
3. Prokariot, Прокариот – pro - gacha, karion – yadro, yadrosiz organizmlarga
aytiladi.
4. Shtamm, Штамм – ma’lum manbadan olingan ma’lum manbadan olingan
mikroorganizmlarning
genetik
jihatdan
bir
xildagi
toza
to’plami. Masalan turli joylardan ajratib olinsa yoki biror xususiyati bilan asosiy tu
rdan farq qilsa shtam deyiladi.
5.To’plam, Тўплам – Bu ozuqa muhitidagi mikroorganizmlar o’sishini ko’rish
mumkin bo’lgan bakteriyalar yig’indisi.
6.Klon, Клон – bu
bitta
hujayra
naslidan
tarqalgan
mikroorganizmlar
yig‘indisi. Mikroorganizm xususiyatlari aniq o‘rganilgandan so‘ng, unga K. Linney
taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi, ikki lotin atamasidan tashkil topgan
ilmiy nom beriladi.
7.Proxlorofitlar, Прохлорофитлар - bir hujayrali, simbioz holda yashovchi
sharsimon organizmlaridir.
Adabiyotlar
1. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С.
Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Илм Зиё. 2014.
2. Vaxabov A.X. Umumiy virusologiyadan amaliy mashgulotlar. 2004 y
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий
жавобгарлик ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш асосий
якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим
устивор
йўналишларига
бағишланган
Вазирлар
Маҳкамасининг
кенгайтирилган мажлисидаги маъруза. 2017 йил 17 январь – Тошкент
Ўзбекистон. 2017. 104-б.