MIKRORGANIZMLARNING O’ZARO VA BOSHQA ORGANIZMLAR BILAN MUNOSABATI
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
488,4 KB
MIKRORGANIZMLARNING O’ZARO VA BOSHQA ORGANIZMLAR
BILAN MUNOSABATI
Reja:
1. Simbioz
2. Metabioz
3. Antoganizm
Tabiiy sharoitda mikroorganizmlar murakkab biotsenozlarni tashkil etadi,
ya’ni bir yerning o’zida turli bakteriyalarni uchratish mumkin. Bakteriyalar orasida
simbioz, metabioz, antagonizm uchrashi mumkin.
Simbioz holda hayot kechirganda bir tur ikkinchi tur bilan birgalikda
yashaydi. Masalan, kefir donachalari tarkibida sut kislota hosil qiluvchi va achitqi
zamburug’lari birgalikda yashaydi yoki tuganak bakteriyalar dukkakdosh o’simliklar
bilan birgalikda yashaydi.
Metabiozda bir bakteriya ikkinchi bakteriya uchun qulay sharoit yaratib
beradi. Masalan, ammonifikatorlar nitrifikatorlar uchun NH3 hosil qiladi.
Nitrozamonas NH3 ni o’zlashtirib, nitrobakter uchun HNO2 hosil qiladi:
2NH3 + 3O2 Nitrosomononas 2HN02 + 2N2O + 658kJ
HN02ni nitrobakter oksidlaydi:
2HN02 + O2 Nitrobakter 2HN03 + 180 kJ
Antagonizmda bir tur ikkinchi turning rivojlanishini cheklab qo’yadi.
Masalan, sodda hayvonlar bakteriyalarni yeb qo’yadi, bakteriofaglar bakteriyalarni
eritib yuboradi, bijg’ituvchilar chirituvchilarning ko’payishini cheklab qo’yadi yoki
turli-tuman antibiotiklar bakteriyalarga salbiy ta’sir etadi. Mikroorganizmlarga
tashqi muhit faktorlarining ta’sirini bilgan xolda ularga qarshi kurash choralarini
qo’llash mumkin bo’ladi.
Patogen bakteriyalar odamlarda hayvonlarda turli-tuman kasalliklar vujudga
keltiradi. Bularga stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar,
gonokokklar kiradi. Bular odamlarda turli-tuman yallig’lanishni vujudga keltiradi.
Masalan, stafilokokklar odamda chipqon (furunkul) ni vujudga keltiradi. Patogen
stafilokokklarga qoramollar, qo’y va echkilar, otlar, oq quyon va oq sichqonlar juda
chidamsizdir. Patogen streptokokklar odamda va hayvonlarda turli-tuman
yallig’lanishlarni, pnevmokokklar pnevmoniyani, meningokokklar meningitni,
gonokokklar gonoreya kasalliklarining sababchilaridir. Vabo kasalligining
sababchisi pasterela, brutsellyoz kasalligini sababchisi brutsello koka bakteriyasidir.
Patogen anaerob bakteriyalar qoqshol (stolbnyak), botulizm, gazli gangrena
(qorason), to’qimalarning yemirilishi va boshqa kasalliklarning sababchilaridir.
Patogen korinbakteriyalar difteriya kasalligini, patogen mikobakteriyalar sil
kasalligini, patogen rikketsiyalar qizilchali tif (sipnoy tif) kasalligini vujudga
keltiruvchilardir.
O’simliklarda har xil kasalliklarni vujudga keltiruvchi bakteriyalarni
fitopatologiya fani o’rganadi. Fitopatologiya fani XIX asrning 30 yillarida tashkil
topa boshlagan. Kasal o’simliklarni birinchi bo’lib D.Kandol tasvirlagan edi.
Berrilya (1882) birinchi bo’lib bakterioz kasalliklarini o’rganadi. Hozirgi
vaqtda 300 dan ortiq turga mansub bo’lgan o’simliklarda turli kasalliklarni
ko’zg’atuvchi spora hosil qiluvchi va spora hosil qilmaydigan bakteriyalar,
mikobakteriyalar, psevdomonadalar va boshqa mikroorganizmlar ma’lum. Kasal
tug’diruvchilar
orasida
monofaglar
(faqat
bir
turdagi
o’simliklarni
kasallantiruvchilar) va polifaglar (ko’p turdagi o’simliklarni kasallantiruvchilar)
ma’lum. Bakterioz kasalliklarining 25% bizning mamlakatimizga to’g’ri keladi, bu
kasalliklar ma’lum areallar bo’yicha yoki keng maydonlarda uchrashi mumkin.
Texnik o’simliklarning kasallanishi natijasida sanoatga katta zarar keltiradi.
Masalan, danakli rszavor mevalarda uchraydigan kuyish, makkajo’xorida so’lish,
pakanalanishi kasalliklari keng tarqalgan.
G’o’zada uchraydigan gommoz natijasida 60%, g’allalarda uchraydigan
qorakuya natijasida 15-60% ga yaqin, pomidorda uchraydigan rak natijasida 70-96%
ga yaqin hosil nobud bo’ladi.
Yog’ochi qurilishda ishlatiladigan qayin, archa kabi daraxtlar ham keng
miqyosda zararlanadi.
Fitopatogen psevdomonadalar. Bularning turi juda ko’p bo’lib, har xil
o’simliklarda turli kasalliklar qo’zg’atadi. Bug’doyda qorakuya kasalligini vujudga
keltiradi (10-rasm). Bu kasallik zararlangan don orqali tarqaladi. U Kanada, Meksika
Avstraliyada va Rossiyaning Yevropa qismida keng tarqalgan. Bug’doy
o’simligining hamma organlarini zararlaydi, hatto arpa, javdar va sulini ham
zararlaydi.
7-rasm. Bug’doyning bakterioz kasalligi
Bug’doyning bakterioz kasalligi Ps.malvacearum g’o’zada gommoz
kasalligini qo’zgatadi, kasallangan o’simlikning bargida ko’k-yashil yumaloq yoki
uchburchak shakldagi yog’li dog’lar paydo bo’ladi, poya ham zararlanadi.
8-расм. Ғўза, тамаки ва лавлагининг бактериоз касаллиги: 1-ғўза ниш
гоммоз касаллиги, 2-тамаки бактериози; 3-лавлагининг касалланган
б барги.
Keyin ko’saklarda oldiniga ko’k-yashil, keyinchalik qora rangli dog’lar hosil
bo’ladi. Poyasi tez sinadigan bo’lib qoladi(8- rasm).
Kasallik hosilni kamaytirishi bilan birga. tolaning sifatiga ham salbiy ta’sir
etadi. Bu kasallik zararlangan chigit orqali tarqaladi, barcha paxtakor rayonlarda
uchraydi.
Ps.beticola lavlagi o’simligida sil kasalligini qo’zg’atadi. Asosan qand lavlagi
va xashaki lavlagini zararlaydi. Bunday kasallangan lavlagining ildiz tugunaklarida
turli o’smalar hosil bo’ladi (9-rasm). Kasallik Rossiya va AQSH da lavlagi
ekiladigan barcha rayonlarda tarqalgan. U asosan zararlangan urug’, tuproq va
o’simliklar qoldig’i orqali tarqaladi.
9-rasm. Lavlagining bakterioz kasalligi.
Ps. fobacia tamaki o’simligini kasallantiradi, uning barglari zararlanishi
natijasida hosil 40-50% ga kamayadi, kasallik zararlangan yorug’ orqali tarqaladi.
Ps. angulata ham tamaki bargida sariq-yashil rangli dog’lar hosil qiladi, Shu dog’lar
ichidagi to’qimalar yemiriladi.
Ps. gorlenkovinum choy o’simligida rak kasalligini qo’zg’atadi. Po’stlog’i
ostida bo’rtmalar hosil bo’ladi. Kasallik Gruziyada tarqalgan.
Ps. phaseoli dukkakdosh o’simliklarni zararlaydi. Barglarida qo’ng’ir rangli
dog’lar hosil bo’ladi, hosil 20-40% ga kamayib ketadi (10-rasm).
tut, yong’oq, (12-rasm); sitrus o’simliklardan limon, apelьsin, mandarinda uchrashi
mumkin.
3
12-rasm. Danakli meva o’simliklarining bakterioz kasalligi: 1-olxo’ri ildizidagi rak
kasalligi: 2-olxo’rining kasallangan barglari; 3-olxo’rining
kasallangan mevasi.
Fitopatogen batsillalar. Bular ham turli-tuman bo’lib, o’simliklarda kasallik
qo’zg’atadi. Vas. mesentericus vulgatus makkajo’xori so’tasida bakterioz kasalligini
qo’zg’atadi (13-rasm).
13-rasm. Makkajo’xorining vilt kasalligi: 1.2-zararlangan changchilari; 3 5-
kasallangan barglari; 4-zararlangan so’tasi
Xatto, o’rik va shaftoli mevalarini ham zararlaydi, barglari zararlansa,
yemirilib ketadi. Bu kasallik birinchi marta Armanistonda aniqlangan.
Fitopatogen bakteriyalardan Bact. phytophtorum kartoshkada qorason
kasalligini qo’zg’atadi. Fitoftora poyasining pastki tomonidagi parenxima
to’qimalaridan o’tkazuvchi naylar orqali boshqa joylarga o’tadi, poya mo’rt bo’lib
qoladi.
Kasallik zararlangan tugunaklar yoki tuproq orqali tarqaladi, bunda 5% dan
50%
gacha hosil nobud bo’ladi.
Bact. corotovorum sabzavotlarda chirish kasalligini keltirib chiqaradi.Bact.
tracheipilum bodring, pomidor va Shu oilaga mansub boshqa o’simliklarda so’lish
kasalligni vujudga keltiradi. Bu kasallik dunyo bo’yicha keng tarqalgan.
Bact.amylivirum mevali daraxtlarda kuyish kasalligini vujudga keltiradi,
atirguldoshlar oilasining 36 taga yaqin turini zararlaydi, ayniqsa nok va olma ko’p
zararlanadi. Kasallangan gul novdalar va pishmagan mevalar qorayib qoladi.
Kasallik juda katta zarar keltiradi. U ko’p mamlakatlarda tarqalgan (14-rasm).
Помидор (1) ва картошканинг (2) бактериоз касаллиги
14-расм. Мевали дарахтларнинг куйиш касаллиги: 1 -
касалланган тупи; 2-касалланган барглари; 3-касалланган пояси;
Chromobacterium crevanense g’o’za o’simligida ildiz chirish kasalligini
vujudga keltiradi. Chromobacterium vitivorum -- tok poyasini kasallantiradi (15-
rasm).
15-rasm. Tok novdasining nekroz kasalligi.
Fitopatogen zamburug’lar. Turli mamlakatlarda 150 yil mobaynida 187
turga mansub Verticillium zamburug’i topilganligi to’g’risida ma’lumotlar
to’plangan. Shulardan Rossiyada 56 turi va 9 ta tur ichidagi formalari, O’rta Osiyoda
23 ta turi, O’zbekistonda 14 ta turga mansub bo’lgan vakillari uchraydi. Bulardan
go’za o’simligida vilt kasalligini qo’zg’atadi.
O’rta Osiyoda bu kasallikni birinchi bo’lib 1928 yilda Zaprometov aniqlagan.
1929 yili esa Yachevskiy bu kasallikni vujudga keltiradigan zamburug’ —
Verticillium dahliae ni topadi. Bu kasallik Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston,
Turkmaniston va O’zbekistonning barcha viloyallarida uchrashini ko’pgina olimlar
aniqlaganlar.
Kasallik keng tarqalishining asosiy sababi, bir yerga uzoq muddat bir xil
o’simlik ekilishidir. Kasallik asosan kasallangan o’simliklar qoldig’i, begona o’tlar,