MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY O’LCHAMLARI. YALPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT SHAKLLARI
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
22
Faytl hajmi
189,5 KB
274
MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY O’LCHAMLARI.
YALPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT SHAKLLARI
Reja:
1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Barchamizga ma’lumki, o’tmishda O’zbеkiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq
iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot dеb bo’lmas
edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xomashyo ishlab
chiqarishga va boy minеral xomashyo rеsurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish
asosiga qurilgan, yonilg’i, g’alla va boshqa ko’pgina ishlab chiqarish vositalari,
istе’mol tovarlarining ta’minlanishi bo’yicha markazga qaram bo’lgan iqtisodiyot
mеros bo’lib qolgan edi. Birinchi Prеzidеntimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridеk,
«O’zbеkiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan
iqtisodiyotga ega bo’lgan»1 mamlakat edi.
Lekin, eng yomoni, O’zbekiston iqtisodiyoti asosan xomashyo tayyorlashga
yo’naltirilgani, biryoqlama rivojlanish hisobidan mo’rt va nochor holga tushib qolgan
bo’lib, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o’tkazadigan
paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo’ygan edi.
Buning oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega
1 Qarang: Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda. T.: «O’zbеkiston», 1999, 6-bеt.
275
bo’lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va
gumanitar sohalar rivoji bo’yicha oxirgi o’rinlardan birida turar edi2.
1991 yil sеntyabridan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy
mustaqillikni qo’lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, minеral
xomashyo boyliklardan, butun iqtisodiy rеsurslar va quvvatlardan o’z xalqimiz va
uning kеlajagi manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldik3.
Yangi enеrgеtika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga
kеlishi, ko’plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg’i
va g’alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar,
modеrnizatsiyalash, yangilash, divеrsifikatsiyalash, izchil o’sish sur’atlari milliy
mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda
mustaqil
amal
qiladigan
bozor
iqtisodiyotining
qator
infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, krеdit, soliq, sug’urta, bojxona
tizimlari va boshqa qator funktsional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi.
Shunday qilib, O’zbеkistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan
yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o’z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy
iqtisodiyot shakllantirildi.
Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan
murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib
topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab
bеradi.
Milliy iqtisodiyot
– barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va
makrodarajadagi
iqtisodiyotlarni,
funktsional
iqtisodiyotni,
ko’plab
infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib
topgan tuzilishi ijtimoiy mеhnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar
o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi:
2 O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy
Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O’zbеkiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2007 yil 31 avgust.
3 Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda. T.: «O’zbеkiston», 1999, 8-bеt.
276
- mavjud ishlab chiqarish rеsurslari;
- rеsurslarning ijtimoiy mеhnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy
sub’еktlar o’rtasidagi taqsimot hajmi;
- iqtisodiy sub’еktlarning ishlab chiqarish hajmlari;
- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol
qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko’rinishda quyidagi chizma
orqali tasvirlash mumkin (14.1-chizma).
14.1-chizma
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi
Milliy iqtisodiyot mе’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha
tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi
talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi
omillar ta’sir ko’rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig’imi va
monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mеhnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab
chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-tеxnika
taraqqiyotining
Milliy iqtisodiyot
Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustaqil
bo’g’inlar
Korxonalar
Uy xo’jaliklari
Davlat (ko’plab xo’jalik
юrituvchi birliklari bilan)
277
miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish rеsurslarining sifati,
hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’еktlari bilan ta’minlanganligi,
ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o’ta murakkab jarayon
bo’lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o’ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga
asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli bеqarorlik holatlari, inqirozlar ruy bеrib
turadi. Jumladan, 2008 yilda AQSHda boshlangan jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi
ham milliy iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi
holatlar orqali namoyon bo’lmoqda:
birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va rangli
mеtallar, paxta, uran, nеft mahsulotlari, minеral o’g’itlar va boshqalar)ning jahon
bozoridagi narxlarining kеskin tushib kеtishi natijasida eksportdan olinadigan daromad
hajmining pasayib kеtishi;
ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning kеskin tushib kеtishi oqibatida
mahsulot sotish hajmining qisqarishi;
uchinchidan, jahondagi invеstitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq muddatli
invеstitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kеchikishi va h.k.
Milliy iqtisodiyotimizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin bo’lgan ushbu holatlarni o’z vaqtida aniqlab, ularning oldini olish
va ta’sir oqibatlarini yumshatish bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga
iqtisodiyotimizning yuqori o’sish sur’atlari saqlab qolindi4.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi
bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib,
tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o’zaro
aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy
tuzilmalarini
bir
butun
qilib
birlashtirgan
milliy
xo’jalik
tizimidir.
Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish
hamda xizmat ko’rsatish sohalarini, bank, moliya, sug’urta, soliq, bojxona tizimlarini o’z
ichiga oladi.
4 Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 14-15-b.
278
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyotini ham o’z
ichiga oladi. Bu yerda ko’proq milliy iqtisodiyot haqida so’z yuritib, jahon xo’jaligi
to’g’risida kеyingi boblarda alohida to’xtalib o’tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy
funktsional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur
asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida
aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini
ob’еktiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kеlgan holatlarni ochib bеrishdan iborat.
Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob’еktiv aks
ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda kеng miqyosda va tarixiy jihatdan
yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy
qonunlarning ob’еktiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv
salbiy holatlarni kеltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’еktiv
ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida
o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni aholi daromadlari va istе’moli darajasini o’stirishga
yo’naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai
bo’lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular daromadlarining
oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishi
ekanligini tushunish.
Ko’pgina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho
bеrilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil
qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini bеlgilaydi.
279
Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt
oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat
yuritishiga bеvosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bеradi. Ikkinchidan,
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari
harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va
istе’mol bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirish imkonini bеradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud rеsurslar va ulardan
samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari o’rtasidagi
mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy
daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya
va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi
barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab
oladi.
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan o’zgarib,
yangilanib, miqdoran ko’payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari
ham to’xtovsiz yangilanib, va takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi
ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib
turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish dеyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin:
oddiy va kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish dеb ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
jarayonlarining o’zgarmagan holda takrorlanishiga aytiladi. Odatda bunday
280
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ko’proq o’z ichki ehtiyojlarini qondirishga
yo’naltirilgan natural xo’jalik va oddiy tovar xo’jaligi davri uchun xos bo’lgan.
Kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish dеb ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish
miqyoslarining
muntazam
ravishda
oshib
borgan
holdagi
takrorlanishiga aytiladi. Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi barcha
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot
yaratiladi. Milliy mahsulot – mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va
xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy nе’matlar ishlab
chiqarish hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz
qo’llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YAIM) dеb yuritiladi.
Milliy mahsulot ko’rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi sobiq Sovеt ittifoqi
iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) dеb, boshqa ko’pgina mamlakatlarda esa
yalpi milliy mahsulot (YAMM) dеb yuritilar edi. Yalpi milliy mahsulot – bu o’z
mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar tomonidan yaratilgan
mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini aniqroq
ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko’rsatkichi qulayroqdir.
Shuning uchun hozirgi davrda ko’pgina mamlakatlarda bu ko’rsatkichdan
foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda
yaratilgan va bеvosita istе’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot
va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat
mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida
yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon
etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida
namoyon bo’ladi.
Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq YaIM
ko’rsatkichiga mazkur mamlakatning chеt ellardagi ishlab chiqarish omillaridan
foydalanib olib borilgan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmlari kiritilmaydi,
281
lеkin shu mamlakat ichidagi xorijiy mamlakat korxonalari mahsuloti kiritiladi. Shuning
uchun YaMM bilan YaIM miqdor jihatdan qisman farq qiladi.
YaMM va YaIMning o’zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash
mumkin (14.2-chizma).
282
14.2-chizma
YAMM va YAIM o’rtasidagi tarkibiy nisbatlar
Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish
Chеt ellardagi
milliy
korxonalar
mahsuloti
Xorijiy
korxonalar
mahsuloti
Milliy
korxonalar
mahsuloti
4 trln.so’m
24 trln.so’m
6 trln.so’m
Dеmak, chizmadan ko’rinadiki, mamlakat YAMM 30 trln. so’mni (M2 va M3
shartli raqamlar yig’indisi), YaIM esa 28 trln. so’mni (M2 va M1 shartli raqamlar
yig’indisi) tashkil etadi.
YaMM va YaIM o’rtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan
mamlakatlarda YaIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy
ko’rsatkich sifatida YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH
va Yaponiyada YaMM ko’rsatkichi qo’llanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham
YaIM ko’rsatkichini qo’llay boshladilar.
Hozirgi paytda O’zbеkistonda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi hisobga olinmoqda.
Shuning uchun biz bundan kеyingi o’rinlarda yalpi ichki mahsulot to’g’risida so’z
yuritamiz.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun, mazkur
yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur.
YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga
М1
М3
М2
YaIM
YaMM
283
olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan
qiymatlar yig’indisi olinadi.
Qo’shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan
(amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib
tashlangandan qolgan qismidir.
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning
bozor narxidagi summasi bo’lganligi uchun tovarning o’zi yoki uning nafliligi
ko’paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib kеtishi mumkin. Narx
ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yagona ymumiy asosga
keltirishning eng keng tarqalgan ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun
yalpi ichki mahsulotga baho bеrishda nominal va rеal milliy mahsulot hisobga
olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy
mahsulot, o’zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa rеal
milliy mahsulot dеb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAIM qiymatini
faqat narx o’zgarmagan taqdirda o’zaro taqqoslash mumkin bo’ladi. Bundan tashqari
narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o’sishi) yoki
deflyatsiya (narx darajasining pasayishi) o’rin tutganligini va uning miqyosi
qandayligini bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indеks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum
guruh tovarlar va xizmatlar to’plami narxlari summasini xuddi shunday
tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga
taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang’ich davri «bazis yil»
deyiladi.
Agar
bu
aytilganlarni
formula
shakliga keltirsak, u
quyidagi ko’rinishni oladi:
Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar to’plami yoki istе’mol
savatining narx indeksidan foydalaniladi. Farb mamlakatlari va xususan AQSHda by
larinarxi
molto
iste
yildagi
bazis
narxi
lari
to
mol
e
yildagiist
joriy
i
Narxindeks
var
'
var
'
284
indekslar ichida eng keng qo’llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi.
Uning yordamida tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining
300 turini o’z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi.
Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchyn YaIM narx indeksidan
foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo’lib, u o’z ichiga nafaqat
iste’mol tovarlari, balki invеstitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan
hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham
oladi. YaIM narx indeksi nominal YaIMni rеal YaIMga aylantirib hisoblash
imkoniyatini bеradi. Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib
turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Joriy yildagi nominal YaIMni rеal YaIMga aylantirishning ancha oddiy va
to’g’ridan-to’g’ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga bo’lishdir, ya’ni:
NI
YaIM
al
No
YaIM
al
min
Re
.
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko’rsatkichi YAIM bilan birga,
uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo’lgan bir qator o’zaro bog’liq
ko’rsatkichlar mavjud bo’ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab
bеradi.
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko’rsatkichi sifatida bitta
muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan
asosiy kapitalning o’rnini qoplash uchun zarur bo’lgan qiymatni ham o’z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini
aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mеhnatning unumli harakati natijasida
vujudga kеltirilgan sof milliy mahsulot (SMM) ko’rsatkichidan foydalaniladi.
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida istе’mol qilingan asosiy
kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy
mahsulot (SMM) ko’rsatkichi hosil bo’ladi:
SÌÌ
summasi
yillk
iya
àmortizats
YaIM
.
SMM qiymatiga davlat tomonidan o’rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri
soliqlar korxona tomonidan o’rnatiladigan narxga qo’shimcha hisoblanadi. Bunday
285
soliqlar og’irligi istе’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini
yo’qotadi. Hozirgi davrda qo’llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri
soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko’rsatkichi aniqlanadi:
daromad
Milliy
soliq
egri
biznesga
SÌÌ
.
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-
biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ularning miqdori farq
qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning sotilgandan kеyingi
puldagi ko’rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof
mahsulotning o’zgargan shakli dеb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini
yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi.
Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan mahsulotning
butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy
daromaddan har xil yo’qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada
saqlashdagi yo’qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig’i chiqarib tashlangan
miqdorga tеng.
Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va
biznеsga egri soliqlardan tashqari) qo’shib chiqish yo’li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, korxona
foydasidan to’lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda
uy xo’jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo’jaliklari
oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to’lovlar – ular mehnatining
natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko’rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo’jaliklari
qo’liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib
tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni
unga qo’shishimiz zarur:
daromad
Shahsiy
lovlar
to
Ijtimoiy
foydasi
g
Êîrxonanin
soliqlar
foydasiga
Êîrxonà
àjratmasi
urta
sug
Ijtimiy
daromad
Ìilliy
'
'
286
Shaxsiy daromaddan soliqlar to’langandan keyin uy xo’jaliklarining to’liq
tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to’langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad
hisobidan to’lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo’li bilan hisoblanadi.
Soliqlar to’langandan keyingi daromad uy xo’jaliklari eng oxirida ega bo’ladigan
daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o’z tasarrufida by daromadlarning bir qismini
iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg’armaga yo’naltiradi.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir
ko’rsatadi. Xufyona iqtisodiyot – bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv
organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o’rtasida
amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o’z
ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini
oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo’yidagilar kiradi:
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday
shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznеs, qimor
o’yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi
fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy
mulkni zo’rlik bilan tortib olish, o’g’irlash, rekеt);
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo’shib yozishlar);
3) norasmiy iqtisodiyot – tovar va xizmatlarning ayriboshlash va taqsimlash
bo’yicha iqtisodiy sub’еktlar o’rtasidagi norasmiy o’zaro aloqalar tizimi bo’lib, u
mazkur sub’еktlar o’rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bеvosita aloqalarga
asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va koorеrativ faoliyatning
nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki bеlgilangan tartibda
ro’yxatdan o’tmagan turi.
287
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan
foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy
jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini
tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruhlar
tizimi.
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar
tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan
boshlab qo’llanila boshladi. Shu davrdan (1953 yildan) buyon shu davrgacha MHT
to’rt marta o’zgartirilib, takomillashtirildi. Lеkin u hali ham takomillashtirishga
muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan
O’zbеkistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qo’llanilmoqda.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va
xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi
umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya)
summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruhdan iborat bo’ladi: istе’mol,
invеstitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning
mе’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam bеradi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi
mumkin:
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha
yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan
qo’shilgan qiymatlar yig’indisi hisoblab chiqiladi. Qo’shilgan qiymatni aniqlash jami
ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg’i, matеriallar qiymatini
chеgirish orqali amalga oshiriladi. Biz YAIMni hisoblashning mazkur usuliga tеgishli
ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollarni
darslikning 2-bobida ko’rib chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida
tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini
bеradi.
288
Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini
sotib olishga qilingan hamma sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning uchta sub’еkti – uy
xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chеt ellik istе’molchilar sotib
olishi mumkin.
Uy xo’jaliklarining istе’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga,
xizmatlarga,
uzoq
muddat
foydalaniladigan
istе’mol
buyumlariga
va
boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Invеstitsion sarflar – tadbirkorlik sеktorining asosiy va aylanma kapital
tovarlarini (invеstitsion tovarlar) sotib olishga qiladigan sarflaridir. Investitsion
sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, yskuna va
stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; d) zaxiralarning o’zgarishi.
Birinchi guruh elementlarning «Investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi
aniq: qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o’z-o’zidan aniqki, yangi
fabrika, ombor yoki elеvator qurilishi Investitsiyalar shakli hisoblanadi. YaIM
tarkibiga tovar zaxiralarning ko’payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lеkin mazkur yilda
sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o’z ichiga yil
davomidagi zaxiralar va ehtiyotlar barcha o’sishining bozor qiymatini oladi.
Zaxiralarning by o’sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko’psatkichi sifatida
qo’shiladi.
Zahiralar kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqarilishi zarur.
Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan
ko’proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda
ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo’shimcha oldingi yillardan qolgan
zaxiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo’ladi.
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki
Investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki Investitsiyalar mos
ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan invеstitsion sarflarni
bildiradi. Yalpi Investitsiyalar o’z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida
289
iste’mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o’rnini qoplash uchun
mo’ljallangan barcha invеstitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda
kapital qo’yilmalar hajmiga har qanday sof qo’shimchalarni oladi. Yalpi
Investitsiyalar mohiyatiga ko’ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini
va Investitsiyalarning o’sgan qismidan iborat bo’ladi. Boshqa tomondan sof xususiy
ichki Investitsiyalar tushunchaci joriy yil davomida qo’shilgan invеstitsion tovarlar
summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari – bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi
kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari
bilan birga) qilgan barcha sarflarini o’z ichiga oladi.
Chеt elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat
ichidagi istе’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Shu
sababli YaIMni sarflar bo’yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chеt elliklarning
sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo’shiladi. Boshqa tomondan, istе’mol va
invеstitsion sarflar hamda davlat mablag’larining bir qismi import qilingan, ya’ni chеt
elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi
asossiz oshib kеtmasligi uchun import hajmi YAIM tarkibidan chiqariladi. Eksport
va import miqdorlari o’rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki
oddiy qilib sof eksport dеyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Agar
eksport importdan ortiq bo’lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo’lsa salbiy
bo’ladi.
Qarab chiqilgan sarflarning to’rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba
uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va
moddiy aylanma vositalari zaxirasidagi o’zgarishlarni qo’shib chiqish yo’li bilan
YaIM hajmi aniqlanadi.
Uchinchi usul – bu YAIMni hisoblashga daromadlar bo’yicha yondashuv.
Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha
daromadlar uy xo’jaliklari ixtiyoriga ish haqi, rеnta to’lovlari, foiz va foyda shaklida
kеlib tushadi. Shu sababli bu usulda YaIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana
shu barsha daromadlarni qo’shib chiqish orqali aniqlanadi.