Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy negizlari
Reja;
1. Taraqqiyot yo‘lining zaminlari.
2. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy negizlarining Prezident
asarlarida yoritilishi.
3. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni
anglash, o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon etish masalalari.
Inson xatti-harakatlarining sifati axloqiy darajasini ko‘rsatadi. Axloq
qo‘rquv orqali bilinadi. Axloqni saqlashning o‘zi katta qadriyatdir, vijdonni,
soflikni ziyoniz, manfaatsizlikdir. Inson ongli ravishda tanlagan yo‘li orqali
boradi, ichki niyatlarni baholash qobiliyatini o‘zlashtirib, chunki aynan u qaror
qabul qilish asosida yotadi. Axloqsizlik, g‘azab, boylikka o‘chlik, hasad,
shuhratparastlik, g‘urur bilan bir qatorda baholanadi. Va buning teskarisi
bo‘lgan axloq esa insonning shohona kuchi va qobiliyatidir. O‘z davrida Epikur
“YOqimli yashash aqlli yashashsiz bo‘lmaydi, axloqiy va adolatli hayot, va
teskarisi, aqlli yashash mumkin emas, axloqiy va adolatli, yoqimli yashashsiz”1
degan edi.
O‘zining “Axloqi Kabir” ya’ni “Katta axloq kitobi” asarida Arastu
axloqning mazmun-mohiyati haqida quyidagilarni yozadi: “Gapning lo‘ndasini
fazilatlarga ega bo‘lmagan, ya’ni munosib bo‘lmagan odam (taniqli jamoat
arbobi sifatida) faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Munosib odam bo‘lmoq –
1 Қаранг: Ахелис Т. Этика. История этики и критика ее систем. Явления нравственности. Принципы
нравственности. Этика Либроком 2011. - 112 с.
fazilatlar egasi – fozil bo‘lmoq, demakdir”2. Bu fikrlardan ma’lum bo‘ladiki,
axloq o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixiy xotira, ma’naviy
barkamollik kabi tuyg‘u va tushunchalar bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi.
Arastu “Axloqiy fazilat lazzatlanish va azoblarda aks etadi: zero lazzatlanish
uchun yomonlik qilsak, unda azoblanmaslik uchun go‘zal ishlardan bosh
tortamiz”3, - deb yozadi.
Arastudan keyin SHarqda Forobiychalik ulkan zot maydonga
chiqmagan. Forobiy o‘z bilimi, ma’naviyati, fikr doirasining kengligi bilan
SHarqda katta shuhrat qozongan va unga Arastudan keyingi yirik mutafakkir –
“muallim as-soniy” – “ikkinchi muallim” degan unvon berilgan. Forobiy “Fozil
shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al-madaniya” (“SHaharlar ustidan
siyosat yurgizish”) va boshqa asarlarida axloqiy fazilatlar haqida o‘z fikr-
mulohazalarini bayon qilgan. Jumladan, baxt-saodat tushunchasi haqida fikr
yuritib, u “faol aqlga eng yaqin turgan narsadir”4, va: “uning ma’no-mohiyati
faol aql bilan qo‘shiluvida yashiringandir”5, - deb ta’kidlaydi. SHuning
barobarida Forobiy baxt-saodat fazilatga tashqaridan yopishtirilgan yoki
yuklangan amal bo‘lmasdan, balki uning o‘z jinsidan va zotning umumiyligidan
chiqqan sifatiy holati ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Zero, baxt –
insonning o‘z ichki borligidan qoniqish hissi, hayotdan zavqlanishi va
insoniyligidan mamnun bo‘lishdir6. Bundan ko‘rinadiki, inson o‘zini qanchalik
o‘rgansa, idrok qilsa, shunchalik axloqan poklanib boradi. Darhaqiqat,
axloqiylik bilan uzviy bo‘lmagan bilim qancha kuchli bo‘lsa, shuncha zararlidir.
CHunki axloqsiz inson o‘z bilimidan boshqalar va jamiyat zarariga foydalanishi
mumkin va bu zarar bilimsiz kishinikidan ko‘p marta ortiq bo‘ladi. Buni eng
kamida oddiy kissavur o‘g‘ri bilan kompyuterni yaxshi bilish orqali bankni
2 Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2011. – 130 б.
3 Қаранг: Ахелис Т. Этика. История этики и критика ее систем. Явления нравственности. Принципы
нравственности. Этика Либроком 2011. - 112 с.
4 Қаранг: Форобий. Рисолат фи ал-ақл (“Ақл ҳақида рисола”), –Байрут, 1939. –Б.31. (араб тилида)
5 Қаранг: Форобий. Фалсафату Аристотелис ва ажзои фалсафата ва маротиб ажзоиҳо (“Арасту фалсафаси ва
фалсафанинг қисм ва босқичлари”). Мухсин Маҳди таҳрири остида “Матнлар силсиласи”. –Байрут, 1-жилд,
1961. –Б.128. (араб тилида).
6 Абулла Шер. Ахлоқшунослик. Ўқув қўлланма . – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. – 208-214 б.
o‘maradigan odamning jinoyatlari darajalari orasidagi farq misolida ko‘rish
mumkin. Mashhur yunon donishmandi Arastu aytganiday, “Kimki bilimda
ilgarilab, axloqda oqsaydigan bo‘lsa, bilingki u oldinga emas katta tezlik bilan
tubanlik sari ketipti”7. Axloqning bu yuksak vazifasi nemis klassik falsafasining
taniqli namoyandasi I.Kant oldinga surgan “kategorial imperativ” g‘oyasida o‘z
ifodasini topgan edi. Dinlarda esa bu imperativ g‘oya hurofiy qarashlarda aks
etadi.
Axloqiy fazilatlarni tarbiyalash barcha fazilatlarning sarchashmasidir.
Axloqning amaliy ko‘rinishi axloqiy madaniyat hisoblanadi. Axloqiy madaniyat
shaxsning olamga, voqea va hodisalarga, o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z
umri va uning mazmun-mohiyati kabi ko‘pdan-ko‘p tushunchalarga munosabati
bo‘lib, ularni anglashi, tushunishi va qadrlashi oqibatida o‘z faolligini oshirishga
e’tibor sifatida qarash nazariy jihatdan uning mazmun-mohiyatini yanada
rivojlantirib boyitib borishda muhim ahamiyatga egadir. SHuning uchun,
axloqiy madaniyat va shaxs faolligini mustaqillik bergan imkoniyat va
sharoitlarni e’tiborga olib, o‘rganib chiqish kelajagi buyuk davlatning etuk
insonlarini tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi.
Sivilizatsiyaning axloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar bilan
bog‘liq ekani ta’kidlanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi dunyoqarash
prinsiplari ham, u bilan bog‘liq axloqiy mezonlarning o‘zgarishiga olib keladi
deb
uqtiriladi.
Masalan,
sivilizatsiya
shakllanishining
ilk
davrlarida
ruhoniylardan tashkil topgan ierarxiya qatlamidan, ehromlar, muqaddas
davlatchilik urflari, jamiyatni bu dunyodan, tabiatdan yuqori turuvchi olam
tomonidan boshqarilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan tashkillanish
strukturalari intizomi kabilar. Sivilizatsiyaning keyingi yuqoriroq bosqichlarida
esa ma’lumotli yuqori qatlam tomonidan maxsus tartibga solingan axloqiy
meyorlar ishlab chiqiladi. Jamiyat strukturasida sodir bo‘lgan yangi o‘zgarishlar
natijastda yangi axloqiy qadriyatlar yaratiladi.
7 Қаранг: Иодль Ф. История этики в новой философии: Кант и этика в девятнадцатом столетии. Пер. с нем.
Либроком 2011. 528 с.
“Madaniyat”8 tushunchasining SHarq va G‘arbdagi talqinlariga
kirishar ekanmiz, avvalo madaniyatshunoslikka bag‘ishlangan maxsus ishlarda
lotincha lug‘aviy ma’nosi “ishlov berish”ni anglatuvchi bu tushunchaning 1000
ga yaqin ta’rifi mavjudligini ta’kiblab o‘tishimiz joiz. Ushbu talqinlar labirintida
adashib qolmaslik uchun esa avvalo ularning birqancha tiplari mavjudligiga
e’tibor berish kerak. Ular quyidagicha:
1. Tavsifiy talqin. Ushbu talqinda madaniyat tushunchasi inson faoliyatining
barcha xillarini, ularning turli namunalarini o‘z ichiga oladi: turli tillar, kitoblar,
tasviriy san’at asarlari, urf-odatlar, dinlar.
2. Tarixiy talqin. Bu talqinda madaniyat deyilganda insoniyat tomonidan
yaratilgan barcha narsa va hodisalar, ya’ni suniy tabiat nazarda tutiladi.
3. Normativ talqin. Bunda madaniyat qadriyatlar majmuasidan iborat bo‘ladi.
4. Mafkuraviy talqin. Bunda madaniyat avloddan avlodga o‘tib keladigan
g‘oyalar oqimini tashkil etadi.
Va ho kazo.
Madaniyat talqinlarining bunchalar ko‘pligi ushbu hodisaning juda
murakkabligini bildiradi. YUqoridagi talqinlar tipologiyasida shu murakkab
hodisaning muayyan biron tomoni oldinga surilgan, umumiy va yagona talqin
esa yo‘q. Falsafaning vazifasi shu talqinlar orasidan eng umumiy va to‘g‘risini
ajratib ko‘rsatishdan iborat. Lekin, yuqorida ko‘rganimizday, hozirgi davr
falsafasining krizis xolatida ekani uning bu vazifasiga tayanish qiyinligini
ko‘rsatadi. SHunga qaramay, bu borada falsafiy tafakkurda oldinga surilayotgan
asosiy g‘oyalarni iloji boricha chuqurroq tahrir etib, ular orasidan o‘z
yondoshuvimizni ajratib olishga harakat qilish joiz va zarur.
Avvalo, Rossiyada nashr etilgan “Eng yangi falsafiy lug‘at”da berilgan
ta’rifga to‘xtalamiz. “Madaniyat, - deyiladi unda, - ijtimoiy hayotning barcha
asosiy tomonlarini qayta ishlash va o‘zgartirish uchun sharoit bo‘lib xizmat
qiladigan, biologiyaviy jarayonlardan yuqori bo‘lgan, tarixan rivojlanib
boradigan insoniy faoliyat va aloqalarning dasturiy tizimidir. Madaniyat
8 Биз бу ерда моддий маданият ҳақида эмас, маънавий маданият ҳақида фикр юритамиз. Зеро моддий маданият
маънавий маданиятнинг махсули бўлгани учун ва , қолаверса, у маънавий маданиятнинг конкретлашган,
айримликдаги ифодаси бўлгани учун, бизнинг таҳлилимизда шу маънавий асосини таҳлил этиш етарлидир.
binosini (korpusini) tashkil etadigan faoliyat, xatti-harakat va aloqa dasturlari
turli xildagi shakllar rang-barangligida namoyon bo‘ladi: bilim, ko‘nikmalar,
norma va ideallar, faoliyat va xatti harakat namunalari, g‘oyalar va farazlar,
ishonch va e’tiqod shakllari, ijtimoiy maqsad va mo‘ljallar va h.k. SHularning
hammasi birgalikda va o‘zgaruvchanlikda tarixan to‘plab (jamlab) boriladigan
ijtimoiy tajribani tashkil etadi. Madaniyat faoliyat, xatti-xarakat va odamlar
orasidagi aloqalar dasturlarini o‘ziga jo etadi, ularni avloddan avlodga uzatadi
(translyasiya qiladi) va yangilab turadi “.9
Ushbu ta’rifning asosiy kamchiligi, bizningcha, avvalo uning juda
murakkabligi, mavhumligi, nokonkretligidadir va cheklanganidadir. Zero, unda
madaniyatning ijtimoiy hodisa sifatidagi barcha ikir-chikirlari sanab o‘tilgan
esada (ta’rifni murakkablashtirgan jihat), uning eng muhim, zaruriy belgisi
(xarakteristikasi) - inson faoliyatini va xatti-harakatlarini yo‘naltiruvchi
vazifasi mutlaqo nazardan soqit qilingan. Madaniyatga ayni shunday,
cheklangan yondoshuv aslida, nafaqat sobiq sovet madaniyatining, balki butun
hozirgi davr G‘arb madaniyatining krizisi asosida yotgan asosiy faktordir.
Zero, bu qarash ayni G‘arb dunyoqarashida shu kungacha madaniyatga
XU11- XU111 asr marifatparvarlik davrida shakllangan shaxs va jamiyatning
tabiat ustidan hukmronlik qilish ko‘rsatkichi sifatida qarashning natijasidir.
Tabiat ustidan hukmronlik qilish imkonini beradigan asosiy vosita esa shu
kungacha fan va texnika bo‘lib keldi. SHuning uchun ham madaniyatni
G‘arbcha tushunish mazmunida vijdon, haqiqat, ezgulik, mehr-oqibat,
hamdardlik, fidoyilik, muhabbat, ruhiyat(ma’naviyat) kabi sof sharqona
qadriyatlarga o‘rin yo‘q. Ular asosan dinga va o‘tmish madaniyatiga ko‘proq xos
tushunchalarga aylangan. SHuning uchun G‘arbda ma’naviy madaniyat
deyilganda asosan intellektuallik, texnika va texnologiya bilan qurollanganlik
nazarda tutiladi. SHundan kelib chiqib, odatda hozirgi davrda G‘arbda
ko‘pchilik kishilar o‘zlarini SHarq kishilaridan ancha madaniyatli hisoblashadi.
Vaholanki, G‘arbda ham ilgari madaniyatga ayni SHarqniki kabi qarash mavjud
bo‘lgan va shu qarashlarni saqlash va himoyalashga intilishlar hozir ham
9 Можейко М.А. Культура // Новейший философский словарь: 3-е изд., исправл. - М.: Книжный Дом. 2003.—
1280 с.
mavjud. Lekin, ilmiy dunyoqarash, fan texnika taraqqiyotining keyingi davrlari
mobaynida bunday yondoshuv tobora cheklanib bordi.
SHuningdek, postsovet Rossiyasida ham endilikda madaniyatga
G‘arbnikidan mutlaqo boshqacha yondoshuv mavjudligi diqqaga sazovor.
Masalan, V.Porus madaniyatga quyidagicha ta’rif beradi. “Madaniyat - deydi
U,- inson xulqu atvori, ijodi, har qanday faoliyatining bosh qoidalariga
(prinsiplariga) aylangan o‘zini-o‘zi ichdan (ruhiy, ma’naviy) tiyib (jilovlab)
turishning poydevoriy tizimidir. Madaniyatli inson shunchaki qizil gap uchun
emas, balki jiddiy ravishda “Men hech qachon, hech qanday sharoitda bunday
(yomon, noto‘g‘ri) ish qila olmayman. CHunki, agar shunday ish qilsam, men
odam bo‘lmayman” deb ayta oladigan insondir.””10 (Bu erda va ishimizning
butun keyingi mazmunida “madaniyat” deyilganida asosan ma’naviy
madaniyatni nazarda tutamiz.)
Bu erdagi “Men hech qachon, hech qanday sharoitda bunday (yomon,
noto‘g‘ri) ish qila olmayman. CHunki, agar shunday ish qilsam, men odam
bo‘lmayman” degan ibora SHarq ma’naviyatidagi “vijdon” tushunchasiga (rus
tilida esa “sovest”ga ) to‘g‘ri keladi. Nemis mumtoz faylasufi I.Kant ta’limotida
esa bu tushunchalar o‘rniga “kategorial imperativ” degan maxsus atama
ishlatilgan. Bu atama islom diniy falsafasida “shariat”, xristian diniy falsafasida
“qonun”, yunon falsafasida “etika”, Xitoy falsafasida “dao” deb atalgan
ta’limotlar mazmuniga kirgan asosiy tushunchalardan (kategoriyalardan) biridir.
Porus tomonidan berilgan ta’rif, bizningcha, ancha tolerant va, ayni
paytda,
konkretroqdir.
SHuningdek,
bunda
inson
xatti-harakatlarini
yo‘naltiruvchi faktor ham mavjudligi diqqatga sazovor. Bu faktor V.Porusda
“vijdon”ga, I.Kantda esa “qalb (yurak) qonuni”ga to‘g‘ri keladi. Mashhur nemis
faylasufi yurakdan chiqarib aytgan “Qancha ko‘p va uzoq o‘ylasam, har safar
qalbimni shuncha ko‘p va avvalgidan kuchliroq hayrat va ehtirom bilan
to‘ldiruvchi ikki narsa bor: biri boshim uzra yulduzli osmon, ikkinchisi
qalbimdagi axloq qonuni”11 degan gapi ayni shu haqidadir. U o‘z qalbidagi shu
10 Порус В.Н. Обжить катастрофу. Своевременныее заметки о духовной культуре России// Вопросы
фмлософии. 2005, № 11 . 27- б
11 Кант И. Сочинения. - М., 1965.Т.4.Ч.1. 499- б.
axloq qonunini lotincha “imperativ” tushunchasi bilan ifodalagan edi.
“Imperativ” tushunchasi “hukmronlik qiluvchi” degan ma’noni anglatadi. Bu
bilan faylasuf o‘z qalbidagi vijdon uning hukmdori, hatti-harakatlarini
yo‘naltiruvchi kuch ekanini ta’kidlaydi. Kantning “yulduzli osmon” dan
hayratlanishi esa uning bu olam naqadar buyukligidan, uning yaralishi
hikmatidan hamisha lol qolishini ifodalaydi. SHunday qilib, I.Kantning
“kategorial imperativi”, har bir inson xulqu atvorini ichdan (yurakdan)
yo‘naltirib, belgilab, nazorat qilib turadigan qonun sifatida namoyon bo‘ladi va
u individ madaniyatining asosini tashkil etadi.
Biz madaniyatning yuqoridagi ikki (Kant va Porus) ta’rifi ham
to‘g‘riligini tan olganimiz holda oldimizda turgan maqsadni amalga oshirish
uchun uni yanada ham to‘liqroq, kengroq va tushunarliroq qilish mumkin va
kerak deb o‘ylaymiz. Bizningcha, madaniyat inson va insoniyat hayotining
ma’no va maqsadini to‘g‘ri ko‘rsatib bera oladigan hamda uning faoliyatini
shunga muvofiq yo‘naltira oladigan g‘oyalar, tasavvurlar va his-
tuyg‘ularning organik birligidan iboratdir. Ushbu ta’rifning afzalligi
shundaki, unda avvalo hayotning ma’nosini belgilab beradigan faktor
nimalardan iboratligi konkret ko‘rsatadi.12 To‘liqroqligi shundaki, unda
madaniyatning boshqa odatiy ta’riflarida hisobga olinmaydigan muhim faktor -
his-tuyg‘ularga ham e’tibor qaratildi. Bunda biz insoniyat dunyoqarashning eng
teran asosi bo‘lgan ezoterik ta’limotlarda his-tuyg‘ular, ayniqsa fidoyi
(beminnat, pok) muhabbat (ishq) tuyg‘usi harqanday bilim yoki g‘oyadan
muhimroq o‘rin egallashini hisobga oldik. Ta’rifning kengligi esa shundaki, u
nafaqat individga, balki butun insoniyatga nisbatan keltirildi. Ta’rifning
kengligi esa biz tahlil etmoqchi bo‘lgan asosiy mavzu, ya’ni “globallashuv davri
insoniyat hayotining ma’nosi muammosi”ni yoritish ehtiyojidan kelib chiqdi.
Lekin shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi davr SHarq falsafasida biz
bergan ta’rifdan chuqurroq va konkretroq yondoshuv ham mavjud. Bu
yondoshuv Hind ezoterik faylasufi Aurobindo Gxoshga13 tegishli bo‘lib, uning
12 Албатта, инсон ҳаётининг маъноси масаласининг ўзи ҳам ҳали жиддий изланишни талаб қилади ва биз
ишимизнинг навбатдаги қисмида бу масалага иложи борича чуқур тўхталишга ҳаракат қилиб кўрамиз.
13 Ауробиндо Гхош (1872-1950) – ҳинд мистики ва файласуфи. Англяда ўқиган. Ҳиндистонга қайтгач,
Ҳиндистон озодлиги учун курашга раҳбарлик қилган. Ўз асарларида Платон, Брэдли ва Бергсон ғояларига
uqtirishicha, “Madaniyat ruh, intellekt va vujud (tana) orasida uyg‘unlikka
erishuv demakdir.”14 Bunda madaniyat insonni tashkil etuvchi uch asosiy jihat
- vujud, aql va ruh - uyg‘unlashuvining mezoni (kriteriysi) sifatida maydonga
chiqadi.
Ushbu ta’rifning biznikidan ustunligi shundaki, unda inson ma’naviy
evolyusiyasining uch asosiy parametri - ruh, intellekt va vujud – konkretlikda
qamrab olingan va ular orasidagi uyg‘unlik sharti alohida uqtirilgan . SHuning
uchun ta’rif mutloq to‘liqlik va konkretlik kasb etgan. Bu ta’rif ruhiy jihatga
e’tibor qaratilgani bilan madaniyatga G‘arbcha yondoshuvlardan farqlanadi.
Ayni shunga ko‘ra bu ta’rif umuman SHarq madaniyati bilan va, xususan,
o‘zimizning teran va buyuk milliy ma’naviy qadriyatlarimiz bo‘lgan tasavvuf
ta’limoti bilan uzviy va uyg‘un.
Ammo bizning evropalashgan (g‘arblashgan, moddiyunlashgan) hozirgi
(postsovet davridagi) ongimiz umuman olganda uni teran qabul qilishga xali
yaxshi tayyor emas. Zero unda biz bilmagan “ruh” tushunchasi fundamental
kategoriyalardan biri sifatida qatnashmoqda. SHuning uchun madaniyatni
tushunishning dastlabki bosqichida biz keltirgan ta’rifdan foydalanish
qulayroq. Lekin bu ikki ta’rif uchun umumiy bo‘lgan bir g‘oya bor. Bu ularning
ikkisida ham madaniyatning teran ildizi, inson hayotining qandaydir oliy
ma’no-mohiyati mavjudligi haqidagi g‘oyadir.
Lekin, agar biz “ruh” nimaligini tasavvur eta olsak , u holda A.Gxoshning
ta’rifi biznikidan ancha teran, to‘liq va konkretligi ma’lum bo‘ladi. SHuning
uchun mazkur ishimizning navbatdagi boblarida “ruh” tushunchasiga oydinlik
kiritishga urinib ko‘ramiz. SHunda o‘z ta’rifimizni A.Gxoshniki bilan
almashtirishimiz ham mumkin bo‘ladi. Hozircha biz “ruh” madaniyatning
abadiyatga dahldor aspekti ekanini ta’kidlab o‘tish va ayni shuning uchun ham
ruhiyatga tayangan madaniyat va sivilizatsiya vayron bo‘lmasligini ta’kidlash
bilangina cheklanamiz.
ҳамфикрлик билдирган. Ҳиндистоннинг бешинчи Ведаси деб шарафоанаётган “Интеграл йога”
таълимотининг асосчиси. Ғарбда Ж.Гербер унинг шогирди ва издоши бўлган. Ромен Роллан уни
“Давримизнинг жуда буюк мутафаккири” деб ҳисоблаган. Робиндранат Тагор эса Уни “Ҳинд қалбининг
овози” деб улуғлаган. Ҳиндистонда уни “Шри Ауробиндо”деб улуғлашади. “Шри” қўшимчаси ўзбек тилидаги
“ҳазрат” тушунчасига мос келади.
14 Шри Ауробиндо. Основы индийской культуры. Санкт-Петербург. 1998. – Б.136.
To‘g‘ri, G‘arb mutafakkirlari orasida ham madaniyatning tub asosini ruh,
ruhiyat tashkil etishi haqidagi fikrlarni oldinga surganlar bo‘lgan. Masalan,
nemis faylasufi V.fon-Gumboldt madaniyatni tarixda amal qiluvchi xalq “ruhi”
deb qaragan, uni xalqni organik bir butun sifatida tashkillaydigan jihat sifatida
talqin etgan. Uning “Tarixiy bilish” nazariyasiga ko‘ra jahon tarixi inson
bilimlaridan yuqori turuvchi ruhiy kuch faoliyatining natijasidir, shuning uchun
bu kuchni sababiylik nuqtai nazaridan tushunish mumkin emas. “Men o‘z
qalbimda tug‘iladigan har bir hodisa yagona bir kuchning nuzuloti bo‘lib, bir
butunlik tashkil etishini va har bir ayrim deb qaraladigan narsa ayni shu kuch
bilan yo‘g‘rilgan kabi shu kuchning belgilariga ega bo‘lishi kerakligini chuqur
his etaman”, - degan edi Gumboldt.15 Vaholanki, bu fikrlar tasavvuf
ta’limotining “Vahdati vujud” haqidagi ta’limoti bilan uyg‘un.
Nemis falsafasida Gyote, SHelling kabilar ham Gumboldtniki kabi
g‘oyalarni oldinga surganlar. Lekin, G‘arb falsafiy tafakkurida bu g‘oyalar,
tasavvuf yoki boshqa SHarq ta’limotlaridagi kabi ommalashgan emas, balki juda
noyob hodisalar edi. SHuning uchun ham G‘arbda tez orada ratsionalizm
tamoyili g‘alaba qildi va uning asosida fan va texnologiya gurkirab rivojlandi.
Xatto Gegelning “Mutloq ruh”ni ulug‘lagan idealistik falsafasi ham
ratsionalistik xarakterdagi falsafa edi. Buning uchun uning ta’limoti keyinchalik,
XX asr o‘rtalarida “panlogizm” deya talqin etildi. SHuning uchun XX asr G‘arb
falsafasida ham “ruh” tushunchasi xatto butkul iste’moldan ham chiqib ketishga
ulgurgan edi. SHuning uchun ham bu davr qomusiy lug‘atlarida ruh, jon, qalb
kabi tushunchalar xatto uchramaydi.
Buning asosiy sababi shundaki, bu davrga kelib dunyoni ilmiy
manzarasida ham, butun insoniyat borlig‘ida ham juda katta, global o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi va global muammolar yuzaga chiqdi. Fan mikroolam va
makroolamni bilishda katta marralarga erishdi va bu uning tabiat ustidan behad
hukmronligini ta’minlaydigan texnologiyalarni yaratishiga olib keldi. Buning
natijasida insoniyat makondagi cheklanish doirasidan ancha tashqariga chiqdi,
global makonda harakatlanish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi tomondan,
15 Грицанов А.А. В.фон-Гумбольдт.// Новейший философский словарь: 3-е изд. М.: Книжный Дом. 2003.
jahon miqyosidagi iqtisodiy tizimlar (jahon bozori, xalqaro banklar,
transkontinental monopoliyalar) tashkil topdi; ayrim mamlakatlarda bo‘layotgan
ishlardan butun dunyoni xabardor qiladigan global informatsiya (axborot)
tarmog‘i vujudga keldi (informatsion cheklanish barham topdi); ko‘p
mamlakatlar birgalikda echishi mumkin bo‘lgan ekologik muammolar yuzaga
chiqdi; bir emas, bir necha o‘nlab xalqlar va davlatlarni qamrab oladigan,
odamlarni mislsiz qirilishiga olib kela oladigan jahon urushlari chiqishi xavfi
tug‘ildi va h.k. Fan va texnika taraqqiyoti avvallari inson jismoniy quvvatlarini
kuchaytigan vositalarni ishlab chiqqan bo‘lsa, endilikda uning intellektual
qobiliyatlarini kuchaytiradigan vositalar ishlab chiqildi.
SHu jarayonning oqibati o‘laroq endilikda G‘arb falsafasida
madaniyatning ikki tipi – ommaviy va elitar madaniyat bir-biridan keskin
ajratiladi. Ammo ommaviy va elitar madaniyatni xalq madaniyatidan va milliy
madaniyatdan farqlash zarur.
Halq madaniyati (ingliz tilida “folklor”) deyilganida odatda
madaniyatning o‘z ildizlari bilan xalq o‘tmish tarixi bilan tutashib ketadigan,
o‘tmishda shakllangan qadriyatlarga tayanadigan, milliy xarakterni aks
ettiradigan jihati nazarda tutiladi. Xalq madaniyatining o‘ziga xosligi uni
yaratgan konkret mualliflarning yo‘qligida, ularning rivoyat (mif), asotir,
afsona, epos, ertak, ashuvla, raqslar, xatto latifalar, ommaviy bayram va urf
odatlar
tarzida
namoyon
bo‘ladi.
Xalq
madaniyati
an’anaviyligi
(traditsiyaviyligi), jamoaviyligi, teran ildiz otgani va barqarorligi bilan
xarakterlidir.
Milliy madaniyat tushunchasining falsafaga kiritilishi esa barcha
xalqlar uchun umumiy bo‘lgan yagona madaniyat mavjud bo‘la olmasligi, har
bir millatning faqat o‘zigagina xos madaniyati mavjud ekanini ta’kidlovchi,
masalan, N.YA. Danilevskiy, O. SHpengler, A. Toynbi konsepsiyalar
shakllanishi bilan bog‘liq.
Har ikki tushunchaning ham madaniyatni xarakterlashda o‘z o‘rni
bor. Birinchisida (“xalq madaniyati” tushunchasida) madaniyatning eng
umumiy, muallifsiz tarixiy ildizi mavjudligi nazarda tutilayotgan bo‘lsa,
ikkinchisida uning xalqlar millatlarga ajralganidan keyingi differensiallashgan,
o‘ziga xoslik kasb etgan tarixiy shakllari vujudga kelgani hisobga olinmoqda.
SHu ma’noda bularning ikkisi ham madaniyatning umumiy ta’riflari emas, balki
uni evolyusiya jarayonida tushunishga xizmat qiluvchi muhim tushunchalardir.
Va milliy madaniyatlarda internatsional tomonlarning mavjudligi, bir
tomondan, barcha millatlarning bir vaqtlar hali millatlarga ajralmagan tarixiy
davrdagi yalpi umumiy, differensiallashmagan , muallifsiz tarixiy ildizi
mavjudligi tufayli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, millatlar madaniyati taraqqiyoti
mobaynida ularning o‘zaro bog‘lanib, aloqa qilganlari natijasida shakllangan
yangi umumiyatlarning yuzaga kelishi tufaylidir.
Sobiq ittifoq mafkurasi madaniy aloqalar kuchaytirilsa, keyinchalik
millatlar madaniyati bir-birini boyitadi, millatlar orasida tafovut qolmaydi,
degan g‘oyani oldinga surgan va ayni shu ishni amalga oshirish niyatida bo‘lgan
edi. Agar, g‘araz aralashmagan bo‘lsa, bu niyat o‘z holicha yaxshi. Lekin, barcha
millatlar o‘z tarixiy ildizlari bilan qayta bog‘lanmaguncha bu uning amalga
oshmasligi ravshan. Vaholanki, markscha mafkura bu ildizni inkor etib kelgan
edi. Umuman, hozirgi davrda butun insoniyat bu ildizdan mutlaqo uzoqlashib
ketgan. SHuning uchun endilikda milliylikni bartaraf etadigan har qanday ongli
yoki ongsiz jarayonlar millatni o‘ldirish bilan tengkuchlidir. SHu ma’noda
globallashuv jarayoni millat hayoti uchun juda xavfli va mamlakatimiz
rahbarining milliy o‘zlikni shakllantirish va rivojlantirish yo‘lidagi chaqiriqlari
quruq shior emas, badki endilikda hayot-mamot masalasidir. Millatning o‘limi
esa uning o‘z ma’naviyati, madaniyatining yo‘qolishidadir.
Elitar madaniyat deyilganda G‘arb falsafasida, xususan, elitar
madaniyat mafkurchisi bo‘lgan X.Ortega-i-Gasset jamiyatning ijodiy daholari,
sara insonlar (elita16) tomonidan yaratiladigan yangi, noyob, individual, hech
qachon takror yaratib bo‘lmaydigan san’at, adabiyot, musiqa asarlarini
tushunadi. Ushbu madaniyat keng omma tomonidan tushunilmaydigan va
hammaga tushunarli bo‘lish maqsadini ham ko‘zlamaydigan madaniyatdir. U
faqat san’atning o‘zigagina xizmat qiladi va faqat elita tomonidan tushunilishi
16 Элита деганда бу ерда жамиятнинг юқори, ҳукмдорлар қатлами, аслзодалар эмас, балки руҳан, ахлоқан ва
эстетик жиҳатдан юксак, буюк истеъдодга эга бўлган инсонлар тушунилади. Бундай шахслар жамиятнинг
барча қатлами орасидан чиқиши мумкин ва улар жамиятни ҳам бошқаришга қодир ҳисобланади. Улар руҳий
аслзодалар деб қаралади.
mumkin bo‘lgan madaniyat hisoblanadi. Bu asarlarni tushunish omma
bilmaydigan maxsus san’at tilini bilishni taqozo etadi. SHu ma’noda elitar
madaniyatni oliy (yuqori) madaniyat deb ham ataladi. Masalan, Kafka asarlari,
Pikasso rasmlari G‘arbda shunday asarlar hisoblanadi. Lekin oliy madaniyat
xalq va millat madaniyati ildizlaridan ozuqlanadi va unda millat madaniyati
taraqqiyoti akslanadi. Bu asarlar asrlar o‘tgach, jamiyat taraqqiyotining
muayyan bosqichida, masalan, CHaykovskiyning “Kichik oqqushlar raqsi” yoki
Vivaldining “Yil fasllari” asari kabi hamma uchun tushunarli bo‘ladigan vaqt
kelishi mumkin. Unda bu madaniyat barchaning umumiy madaniyatiga
aylanadi.
Elitar madaniyat tushunchasi aslida yangi emas. Bu madaniyatning
ko‘pqatlamli xodisa ekanini ifodalaydigan qarash bo‘lib, bu hamma davrlar
madaniyatiga xos bo‘lgan. “Madaniyat, - deydi, masalan, N.A. Berdyaev, -
ierarxiya tashkil etadi. Uning ichki mazmunida bu qadriyatlarning aniq
pog‘onaviy tartiblashuvi mavjud...”17
CHindan ham, qadimdan madaniyat turli qatlamlarni tashkil etgan.
Masalan, ilohiy bitiklar, muqaddas kitoblarga jo bo‘lgan mazmun
payg‘ambarlar, kohinlar, avliyolargagina tushunarli bo‘lgan. Ular o‘z
madaniyatlarining sirini (mistik mazmunni) saralab olingan izdoshlargagina
etkazganlar, omma esa “rivoyatlar” bilan qanoatlanishiga to‘g‘ri kelgan. O‘rta
asrlarning boshlarida Injilning savodi yo‘q kishilar uchun mo‘ljallangan, ko‘p
rasmlardan iborat soddalashtirilgan varantlari mavjud bo‘lgan. Hamma
savodxon bo‘lgan davrlar kelgach, madaniyatning ommabop (saviyasi yuzaki,
oldi-qochdi, qaltis ishqiy va boshqa sargushatlardan tashkil topgan, keng omma
ko‘ngilxushligiga mo‘ljallangan) mazmuni ham shakllandi, kengaydi va
rivojlandi. Quyida madaniyatning ayni shu mazmuni haqida gap ketadi.
Ommaviy madaniyat elitar madaniyatdan farqli o‘laroq har kim
tushuna oladigan, lekin bahosi oliy bo‘lmagan madaniyat hisoblanadi. U
jamiyat ko‘pchilik a’zolarining (ommaning) oliy (elitar, yuqori) qatlam
madaniyatidan orqada ekanining ko‘rsatkichi bo‘ladi. Ommaviy madaniyat
17 Бердяев Н.А. Воля к жизни и воля к культуре.// Слово. 1990. №1.
elitar madaniyatga nisbatan juda tez o‘zgaruvchan, harqanday yangilik, moda
orqasidan ergashuvchi , har bitta yangi hodisaga javob berishga hozir ekani bilan
ham xarakterli. Elitar madaniyat namoyandalari uchun eng muhimi o‘z
g‘oyalarini, tuyg‘ularini o‘z asarlarida ifodalashdan iborat bo‘lsa, ommaviy
madaniyat uchun eng muhimi bu asarlar tufayli keladigan daromad hisoblanadi.
Ko‘pchilik G‘arb faylasuflari (F. Nitsshe,O.SHpengler, M. Veber, N.
Berdyaev, Z. Freyd, E. Fromm, K. YUng, Dj. Bentam, D. Rismen, F. Livis, D.
Tompson, R. Vilyams, R. Xoggart) ommaviy madaniyatni negativ baholaganlar,
uni xalq madaniyatlari an’anaviy shakllarining o‘rniga kelgan maxsus
madaniyat tipi deb qaraganlar. Ularning asarlarida “ommaviy madaniyat” ruhiy
erksizlikning to‘liq ifodasi, inson shaxsini bir-biridan beganolashtiruvchi va
ezuvchi ijtimoiy mexanizm deb talqin etiladi. Xatto O.SHpengler ommaviy
madaniyatning kelib chiqishini sivilizatsiyaning inqirozi belgisi sifatida
baholagan edi. A.B.Gofmanning tushuntirishicha, ommaviy madaniyat bu
krizisga uchragan jamiyat madaniyati mazmunidagi qatlamlar parchalana
boshlagan davr kelganini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos holat deb tushuntiradilar.
SHuning uchun ommaviy madaniyat odatda formal (rasmiy) xarakter kasb etadi,
uning faoliyatida mohiyatga oid mazmun, xususan, an’anaviy axloqiylik yo‘q.
Ommaviy madaniyat haqida gap ketarkan, bu borada kuchli tanqidiy
konsepsiyani oldinga surgan taniqli ispan faylasufi Xose Ortega-i-Gasset
qarashlariga to‘xtalmaslik mumkin emas. Uning fikriga ko‘ra jamiyat o‘ziga
xos, noyob fazilat egalari bo‘lgan sara kishilardan iborat ozchilikka va bir-
biridan deyarli farq qilmaydigan, shaxsiy qiyofasi va iqtidori ko‘rinmaydigan
ko‘pchilikka, ya’ni ommaga ajratiladi. SHaharlarda aholi sonining tez ortishi va
tor
ixtisoslashuv
“ommaviy
insonni”
vujudga
keltirdi,
madaniyat
imkoniyatlarini kuchsizlantirdi va sivilizatsiyani ruhan barbod qildi. Vaholanki,
bu xulosada ispan faylasufi yolg‘iz emas. Uning bu fikrlari avvalo
O.SHpenglerning sivilizatsiya inqirozining belgilari sifatida sanab o‘tgan
“industriya taraqqiyoti, ulkan shaharlarning vujudga kelishi, jamiyatning
inqirozga uchrashi, odamlarning qiyofasi yo‘q “omma” ga aylanishi” haqida
g‘oyalari bilan juda uyg‘undir.
Ana ana shu qiyofasiz, agressiv omma tufayli, X1X da demografik
portlash sodir bo‘ldi. Bu demografik portlash liberal demokratiya, eksperimental
fan va texnika asosida dunyoni yangitdan qurish jarayoni bilan birga kechdi.
YAngi jamiyat - siviliatsiya vujudga kelgach, inson qulay yashash shart-
sharoitlariga ega bo‘ldi, tirikchilik uchun tinimsiz kurashdan ozod bo‘lgan,
hamma narsani tayyor qo‘lga kiritadigan bo‘ldi. “Ommaviy inson” ayni shu
sharoitning natijasi o‘laroq shakllandi.
X.Ortega-i-Gassetning tushuntirishicha, ommaviylik tushunchasi
kishining qaysi ijtimoiy qatlamga tegishliligi bilan bog‘liq emas, balki XX asr
jamiyatining barcha qatlamlarida insonning shunday tipi hukmron mavqega ega
bo‘lib bordi. YA’ni bunday inson tipi jamiyatning yuqori qatlamidan quyigacha
barcha qatlamlarida mavjud. O‘z axloqi, didi, tafakkuriga ko‘ra boshqalardan
farq qilmaydigan ommaviy odam yuksak estetik g‘oyalarga, falsafiy va siyosiy
qarashlarga ega emas. SHuning uchun o‘ziga mos madaniyatnigina vujudga
keltira oladi. SHuning uchun endilikda ommaviy madaniyat nafaqat oliy
madaniyat bilan bir vaqtda mavjud bo‘lib kelmoqda, balki uni ijtimoiy hayotda
uning o‘rnini egallashga va olamni boshqarishga intilmoqda.
Ispan mutafakkirining bu g‘oyalari Frankfurt maktabi vakillarining
“ommaviy jamiyat” nazariyalari , shuningdek, K. Mangeym, X. Arendt kabi
faylasuflarning qarashlari bilan hamohang. Ushbu maktab vakillari, ayniqsa, T.
Adorno, M. Xorkxeymera, V. Benyamina va G. Markuzening nuqtai-nazarlariga
ko‘ra ommaviy madaniyatning shakllanishiga ijtimoiy munosabatlarning savdo-
cotiq bilan ham uzviylashuvi, ya’ni “madaniyat industriyasining” (kino, radio)
kelib chiqishi ta’sir etgan. Kanadalik sotsiolog G.M. Maklyuen ham ommaviy
madaniyatning bunday keng ko‘lam kasb etishi va qaror topishini OAVning
rivojlanishi va mukammalashuvi bilan bog‘laydi.
Avstriya ruhshunosi Z.Freyd va boshqa ko‘pchilik tadqiqotchilarning
kuzatishlariga ko‘ra ham “ommaviy madaniyat”da iste’molchini qanday qilib
bo‘lmasin “ishontirish, unga o‘z g‘oyalarini yuqtirish”, uning ong ostiga ta’sir
etish mexanizmlari amal qiladi. U katta zalda pop muzika eshitarkan yoki kino
ko‘rarkan, uyida o‘tirib televizor ko‘rarkan, “ommaviy kayfiyatini” o‘ziga
singdiradi. Natijada inson o‘zligini saqlay olmay qoladi, ommaga singib,