“Milliy tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar. “Milliy tarbiya” fani manbalari

Yuklangan vaqt

2024-10-18

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

25,6 KB


 
 
 
 
 
 
“Milliy tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar. “Milliy tarbiya” fani 
manbalari 
 
 
Reja: 
1. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari. “Milliy tarbiya” fani asoslari va 
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. 
2. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar.  
3. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari.  
4. “Milliy tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 
 
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari. “Pedagogika” fanining 
asoslaridan biri tarbiya masalasidir. 
 
Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma’naviy 
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.1 Insonning jamiyatda 
yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida 
qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning 
insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida 
odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va 
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan 
boshqa avlodga o‘tadi.  
Pedagogik adabiyotlarda “tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda 
                                                          
 
1 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 8-Том. –Т., 2004. 270 –бет 
“Milliy tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar. “Milliy tarbiya” fani manbalari Reja: 1. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari. “Milliy tarbiya” fani asoslari va “Milliy tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. 2. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. 3. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. 4. “Milliy tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari. “Pedagogika” fanining asoslaridan biri tarbiya masalasidir. Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.1 Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga o‘tadi. Pedagogik adabiyotlarda “tarbiya” atamasi keng va tor ma’nolarda 1 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 8-Том. –Т., 2004. 270 –бет  
 
qo‘llaniladi.2 Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat 
ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini 
ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar va intilishlar 
yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va 
yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy 
tuzum, uning yetakchi g‘oyalari va san’atning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. 
Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot ham 
kiradi.  
Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy-
axloqiy qiyofasi va estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni 
anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tarbiya 
ishini amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi 
ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq 
holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning 
faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi 
ham tezlashadi.  
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan 
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, 
o‘sishi va rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy 
boyliklar qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi.  
Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: 
- tarbiyaning nazariy asoslari; 
-  tarbiya didaktikasi; 
- tarbiya amaliyoti. 
Mazkur masalalar tarbiya nazariyasining negizi sifatida O‘zbekistonda ta’sis 
etilgan yangi “Tarbiya” fani asoslarini tashkil etadi. Shu sababli jamiyatda 
tarbiyaning o‘rni, ahamiyati va amaliyoti odamlar tomonidan yetarli darajada idrok 
etilmoqda. Mazkur masala bo‘yicha  bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
nazariy bilim, kasbiy ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bilan qurollanishi kerak.  
                                                          
 
2 Бордовская Н., Реян А. Педагогика. –Санкт-Петербург, 2001. –С.32 
qo‘llaniladi.2 Keng ma’noda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar va intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari va san’atning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga ta’lim va ma’lumot ham kiradi. Tor ma’noda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, ma’naviy- axloqiy qiyofasi va estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tarbiya ishini amalga oshiradi. Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki, axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, o‘sishi va rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham moddiy va ma’naviy boyliklar qatorida tarbiya ham rivojlanib boradi. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: - tarbiyaning nazariy asoslari; - tarbiya didaktikasi; - tarbiya amaliyoti. Mazkur masalalar tarbiya nazariyasining negizi sifatida O‘zbekistonda ta’sis etilgan yangi “Tarbiya” fani asoslarini tashkil etadi. Shu sababli jamiyatda tarbiyaning o‘rni, ahamiyati va amaliyoti odamlar tomonidan yetarli darajada idrok etilmoqda. Mazkur masala bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nazariy bilim, kasbiy ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bilan qurollanishi kerak. 2 Бордовская Н., Реян А. Педагогика. –Санкт-Петербург, 2001. –С.32  
 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi fan 
“Tarbiya” asoslari bo‘yicha maqsadli bilim berish, tarbiyaning yangi metodlari va 
texnologiyalari bilan qurollantirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Shu sababli mazkur 
yangi tipdagi elektron-modulli darslikning materiallariga diqqat qilish tavsiya 
etiladi.  
“Tarbiya” fani asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi 
bilan 2020-yilda o‘zbek “Pedagogika” fani tarixida ilk bor “Tarbiya” yangi fani 
ishlab chiqildi.  Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-
yil 6-iyuldagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini 
bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 
qabul qilindi va mazkur Qaror bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari 
uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi” tasdiqlandi. Qarorga binoan “Tarbiya” fani 
amaldagi quyidagi fanlarni qo‘shish hisobiga tashkil etildi: 
1)  boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan “Odobnoma” va “Vatan tuyg‘usi” 
o‘quv fanlari; 
2)  yuqori sinflarda o‘qitiladigan “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat 
asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” o‘quv fanlari. 
Buning natijasida yangi fan shakllantirildi. Ushbu “Tarbiya” fanining 
metodologik asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 
- ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar; 
- tarbiya asoslari va manbalari; 
- tarbiya qonuniyatlari, metodlari va texnologiyalari; 
- tarbiyaning amaliy masalalari. 
Aynan mazkur asoslar o‘quv fanining negizini tashkil etadi. Bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu asoslarni talab darajasida o‘zlashtirishi kerak. 
Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi talab 
darajasida bo‘lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 -o‘quv yilidan boshlab 
“Tarbiya” fani bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.  
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani 
Konsepsiyasi”ga ko‘ra, mazkur fanning umumiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 
- huquqiy asoslar; 
- tashkiliy asoslar; 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda yangi fan “Tarbiya” asoslari bo‘yicha maqsadli bilim berish, tarbiyaning yangi metodlari va texnologiyalari bilan qurollantirish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Shu sababli mazkur yangi tipdagi elektron-modulli darslikning materiallariga diqqat qilish tavsiya etiladi. “Tarbiya” fani asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2020-yilda o‘zbek “Pedagogika” fani tarixida ilk bor “Tarbiya” yangi fani ishlab chiqildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 6-iyuldagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va mazkur Qaror bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi” tasdiqlandi. Qarorga binoan “Tarbiya” fani amaldagi quyidagi fanlarni qo‘shish hisobiga tashkil etildi: 1) boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan “Odobnoma” va “Vatan tuyg‘usi” o‘quv fanlari; 2) yuqori sinflarda o‘qitiladigan “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” o‘quv fanlari. Buning natijasida yangi fan shakllantirildi. Ushbu “Tarbiya” fanining metodologik asoslarini quyidagilar tashkil etadi: - ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar; - tarbiya asoslari va manbalari; - tarbiya qonuniyatlari, metodlari va texnologiyalari; - tarbiyaning amaliy masalalari. Aynan mazkur asoslar o‘quv fanining negizini tashkil etadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu asoslarni talab darajasida o‘zlashtirishi kerak. Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi talab darajasida bo‘lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 -o‘quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi”ga ko‘ra, mazkur fanning umumiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: - huquqiy asoslar; - tashkiliy asoslar;  
 
- ilmiy-metodik asoslar. 
Bunda huquqiy asoslar ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlardan 
iborat, tashkiliy asoslar fanni umumta’lim maktablarida, jumladan, boshlang‘ich 
ta’limda talab darajasida o‘qitishni va ilmiy-metodik asoslar esa fanning 
metodologiyasini anglatadi.   
 
Qarorga ko‘ra, “Tarbiya” fanining asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil 
etadi: 
a) milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi; 
b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish; 
v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish; 
g) ochiqlik va shaffoflik; 
d) tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; 
e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat 
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi 
hamda mutanosibligi. 
 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining fanga oid bu tamoyillarni chuqur 
o‘zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida, tarbiyaviy 
tadbirlarda va mustaqil ta’lim izlanishlarida ana shu tamoyillarni o‘zlashtirish, 
faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda kasbiy faoliyatda ularga amal 
qilish kompetensiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun har bir 
talabaning individual shug‘ullanishi, Ustozlar bilan hamkorlikda faol ishlashi va 
tarbiya tamoyillarining hayotdagi ifodasini o‘rganib borishi taqozo etiladi. Bunda 
oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, ta’lim jarayonining sharoitlari va 
faoliyatning amaliy samaradorligidan oqilona foydalanish kerak. Har bir talabaning 
mazkur fan tamoyillarini, asoslarini va istiqbolli maqsad-muddaolarini o‘zlashtirishi 
kasbiy tayyorgarlikning negizlaridan biri hisoblanadi.   
“Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. O‘zbekiston ta’lim tizimida,  jumladan, 
oliy ta’lim jarayonida “Tarbiya” fani asoslarini zamonaviy talablar asosida o‘qitish 
va o‘rganish zaruriyat hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining mazkur fanni o‘zlashtirish va uni o‘qitishning metodikasini 
o‘rganish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi: 
- fanning asoslarini chuqur bilish; 
- ilmiy-metodik asoslar. Bunda huquqiy asoslar ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat, tashkiliy asoslar fanni umumta’lim maktablarida, jumladan, boshlang‘ich ta’limda talab darajasida o‘qitishni va ilmiy-metodik asoslar esa fanning metodologiyasini anglatadi. Qarorga ko‘ra, “Tarbiya” fanining asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi: a) milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi; b) ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish; v) fanga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish; g) ochiqlik va shaffoflik; d) tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish; e) tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi hamda mutanosibligi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining fanga oid bu tamoyillarni chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida, tarbiyaviy tadbirlarda va mustaqil ta’lim izlanishlarida ana shu tamoyillarni o‘zlashtirish, faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda kasbiy faoliyatda ularga amal qilish kompetensiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Buning uchun har bir talabaning individual shug‘ullanishi, Ustozlar bilan hamkorlikda faol ishlashi va tarbiya tamoyillarining hayotdagi ifodasini o‘rganib borishi taqozo etiladi. Bunda oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, ta’lim jarayonining sharoitlari va faoliyatning amaliy samaradorligidan oqilona foydalanish kerak. Har bir talabaning mazkur fan tamoyillarini, asoslarini va istiqbolli maqsad-muddaolarini o‘zlashtirishi kasbiy tayyorgarlikning negizlaridan biri hisoblanadi. “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati. O‘zbekiston ta’lim tizimida, jumladan, oliy ta’lim jarayonida “Tarbiya” fani asoslarini zamonaviy talablar asosida o‘qitish va o‘rganish zaruriyat hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mazkur fanni o‘zlashtirish va uni o‘qitishning metodikasini o‘rganish zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi: - fanning asoslarini chuqur bilish;  
 
- fanni o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy pedagogik, innovatsion hamda axborot 
texnologiyalarini egallash; 
- tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganib borish; 
- inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o‘rnini to‘liq idrok etish; 
- fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash metodlari va 
texnologiyalarini bilish; 
- fanni o‘qitish bo‘yicha individual pedagogik tajribaga ega bo‘lish. 
Mazkur fanni o‘rganish zaruriyati ilmiy, metodologik va amaliy jihatdan 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kasbiy talablardan hisoblanadi. 
Chunki bu fan gumanitar fanlar ichida tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga 
oshirish va samaradorligini o‘rganib borish ishlarini muvofiqlashtiradi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy o‘quv dasturi” talablariga asosan 
o‘qitiladigan fanlar aniq, tabiiy va gumanitar fanlar turkumiga ajratiladi. Shu 
jihatdan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda tarbiyaning 
mazmuni nisbatan o‘zgaradi. Unga ko‘ra, quyidagicha yondashuv amalga kiritilishi 
mo‘ljallanmoqda: 
A) aniq fanlar: Matematika va uning takibiga kiruvchi fanlarni o‘qitish 
vositasida o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish bilan tarbiya jarayoni 
amalga oshiriladi; 
B) 
tabiiy 
fanlar: 
Boshlang‘ich 
ta’limda 
“Atrofimizdagi 
 
olam”, 
“Tabiatshunoslik” (Science) fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning mustaqil 
qarashlari, xohish va istaklarini to‘g‘ri tarbiyalash amalga oshiriladi; 
V) gumanitar fanlar: “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish”, “Musiqa”, “Jismoniy 
tarbiya”, “Tasviriy san’at” fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning aqliy, 
jismoniy va estetik tarbiyasi amalga oshiriladi.   
E’tibor berilsa, bundan keyin boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayoni 
umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Shu sababli bunday 
tarbiya jarayonini muvofiqlashtirib borish “Tarbiya” fani zimmasiga yuklanadi.  
Bundan tashqari, boshlang‘ich sinflarda istisno tariqasida estetik, aqliy va 
jismoniy rivojlanishni nazarda tutuvchi tarbiyaviy tadbirlar maqsadli o‘tkaziladi, 
shuningdek, bayramlar va tantanalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
ijtimoiy tarbiyasi amalga oshiriladi. Bu jarayonni tashkil etish va amalga oshirish 
- fanni o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy pedagogik, innovatsion hamda axborot texnologiyalarini egallash; - tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganib borish; - inson va jamiyat hayotida tarbiyaning tutgan o‘rnini to‘liq idrok etish; - fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash metodlari va texnologiyalarini bilish; - fanni o‘qitish bo‘yicha individual pedagogik tajribaga ega bo‘lish. Mazkur fanni o‘rganish zaruriyati ilmiy, metodologik va amaliy jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun kasbiy talablardan hisoblanadi. Chunki bu fan gumanitar fanlar ichida tarbiya jarayonini tashkil etish, uni amalga oshirish va samaradorligini o‘rganib borish ishlarini muvofiqlashtiradi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Milliy o‘quv dasturi” talablariga asosan o‘qitiladigan fanlar aniq, tabiiy va gumanitar fanlar turkumiga ajratiladi. Shu jihatdan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda tarbiyaning mazmuni nisbatan o‘zgaradi. Unga ko‘ra, quyidagicha yondashuv amalga kiritilishi mo‘ljallanmoqda: A) aniq fanlar: Matematika va uning takibiga kiruvchi fanlarni o‘qitish vositasida o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish bilan tarbiya jarayoni amalga oshiriladi; B) tabiiy fanlar: Boshlang‘ich ta’limda “Atrofimizdagi olam”, “Tabiatshunoslik” (Science) fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning mustaqil qarashlari, xohish va istaklarini to‘g‘ri tarbiyalash amalga oshiriladi; V) gumanitar fanlar: “Tarbiya”, “Ona tili va o‘qish”, “Musiqa”, “Jismoniy tarbiya”, “Tasviriy san’at” fanlarini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning aqliy, jismoniy va estetik tarbiyasi amalga oshiriladi. E’tibor berilsa, bundan keyin boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayoni umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Shu sababli bunday tarbiya jarayonini muvofiqlashtirib borish “Tarbiya” fani zimmasiga yuklanadi. Bundan tashqari, boshlang‘ich sinflarda istisno tariqasida estetik, aqliy va jismoniy rivojlanishni nazarda tutuvchi tarbiyaviy tadbirlar maqsadli o‘tkaziladi, shuningdek, bayramlar va tantanalar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy tarbiyasi amalga oshiriladi. Bu jarayonni tashkil etish va amalga oshirish  
 
ishlari “Tarbiya” fani vositasida amalga oshiriladi, unda mazkur fan o‘qituvchisi va 
Sinf rahbari mas’ul hisoblanadi. 
Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oliy 
pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati, uning asoslarini 
o‘zlashtirish 
va 
o‘zlashtirilgan 
ko‘nikmalarni 
amaliyotda 
qo‘llay 
olish 
ko‘nikmalarini egallashi taqozo etiladi. Shu sababli “Boshlang‘ich ta’limda 
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtiriladigan nazariy 
bilim, didaktik ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari uchun birlamchi talablar hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur bilim, 
ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish, ularni talabalarda tarkib toptirish  va 
talabalarni kasbiy yo‘naltirish masalalari ushbu fan vositasida amalsha oshirilishi 
ishlari tashkil etilmoqda. Kelgusida ushbu fanni o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kompetensiya darajasini aniqlash 
monitoringi o‘rnatiladi. 
    Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida 
“Tarbiya” fani bo‘yicha quyidagi malakalarga ega bo‘lishi taqoza etiladi: 
a) fan asoslari bo‘yicha nazariy-kasbiy bilimli bo‘lish; 
b) fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish; 
v) fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash kompetensiyasini 
egallashi. 
Mazkur masalalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘zlashtirilishi taqoza 
etiladi.  
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya jarayoni muhim pedagogik 
masalalardan biri bo‘lib, unda o‘qituvchi hozirgi talablarni hisobga olishi kerak. Shu 
jihatdan yuqorida ta’kidlangan Qarorda belgilanganidek, “Tarbiya” fanini o‘qitishda 
quyidagilarga e’tibor berish va ularni o‘zlashtirish zaruriyat hisoblanadi: 
- davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan odob-axloq, 
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish; 
- o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish; 
- o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini 
shakllantirish; 
ishlari “Tarbiya” fani vositasida amalga oshiriladi, unda mazkur fan o‘qituvchisi va Sinf rahbari mas’ul hisoblanadi. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati, uning asoslarini o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallashi taqozo etiladi. Shu sababli “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fani bo‘yicha o‘zlashtiriladigan nazariy bilim, didaktik ko‘nikma va amaliy kompetensiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun birlamchi talablar hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish, ularni talabalarda tarkib toptirish va talabalarni kasbiy yo‘naltirish masalalari ushbu fan vositasida amalsha oshirilishi ishlari tashkil etilmoqda. Kelgusida ushbu fanni o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kompetensiya darajasini aniqlash monitoringi o‘rnatiladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida “Tarbiya” fani bo‘yicha quyidagi malakalarga ega bo‘lishi taqoza etiladi: a) fan asoslari bo‘yicha nazariy-kasbiy bilimli bo‘lish; b) fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lish; v) fan vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash kompetensiyasini egallashi. Mazkur masalalar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘zlashtirilishi taqoza etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya jarayoni muhim pedagogik masalalardan biri bo‘lib, unda o‘qituvchi hozirgi talablarni hisobga olishi kerak. Shu jihatdan yuqorida ta’kidlangan Qarorda belgilanganidek, “Tarbiya” fanini o‘qitishda quyidagilarga e’tibor berish va ularni o‘zlashtirish zaruriyat hisoblanadi: - davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan odob-axloq, bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish; - o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;  
 
- umumta’lim fanlarini o‘qitishning printsipial yangi metodologiyasi asosida 
tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash. 
Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan to‘liq 
o‘zlashtirilishi lozim. 
Shunday qilib “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar oliy pedagogik 
ta’lim jarayonida talab darajasida o‘zlashtirilishi taqoza etiladi. 
 
O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. “Tarbiya” fani 
manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun zaruriyat 
hisoblanadi. Bu borada o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim 
yondashuvlar bayon qilingan. Mazkur o‘rinda namuna sifatida ularning eng 
muhimlariga e’tiboringizni tortamiz.  
 
 
“Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu 
faoliyat(amal)li shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta’kidlangan.3 
Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlari tarbiya jarayonida qabul 
qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda 
Germaniya pedagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. 4  Shu sababli 
mazkur tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq 
etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.5 
 
Qur’oni karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni E’tiqodli, Yaxshilik va 
Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta’limi berilgan. Buning natijasida VIII 
asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar 
tarbiyaning asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e’tiqodli, yaxshilik va 
yomonlikni farqlovchi shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida 
faoliyat yuritadi.  
 
XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida yoshlarni 
Adolatli, Qanoatli va Bilimli qilib voyaga yetkazish metodologiyasini asoslab 
bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi.   
 
Sohibqiron Amir Temur “Tuzuklar” asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash 
                                                          
 
3 Авесто. – Тошкент, 2001. 
4 Қаранг: З.Фрейд. Менинг Зардўштим. – Тошкент, 2006 
5 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – 
Тошкент, 2021. 
- umumta’lim fanlarini o‘qitishning printsipial yangi metodologiyasi asosida tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi lozim. Shunday qilib “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar oliy pedagogik ta’lim jarayonida talab darajasida o‘zlashtirilishi taqoza etiladi. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar. “Tarbiya” fani manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun zaruriyat hisoblanadi. Bu borada o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim yondashuvlar bayon qilingan. Mazkur o‘rinda namuna sifatida ularning eng muhimlariga e’tiboringizni tortamiz. “Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu faoliyat(amal)li shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta’kidlangan.3 Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlari tarbiya jarayonida qabul qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda Germaniya pedagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. 4 Shu sababli mazkur tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.5 Qur’oni karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni E’tiqodli, Yaxshilik va Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta’limi berilgan. Buning natijasida VIII asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e’tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchi shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat yuritadi. XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” asarida yoshlarni Adolatli, Qanoatli va Bilimli qilib voyaga yetkazish metodologiyasini asoslab bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi. Sohibqiron Amir Temur “Tuzuklar” asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash 3 Авесто. – Тошкент, 2001. 4 Қаранг: З.Фрейд. Менинг Зардўштим. – Тошкент, 2006 5 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – Тошкент, 2021.  
 
masalasini talqin qilgan va bunda shaxsda murosa (kompromiss) fazilatini 
shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, yetuk shaxs do‘stu dushman 
bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish tushunarli, lekin dushmanga murosa 
qilish qanday bo‘ladi? Dushman bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy 
yetukligini bildiradi.  
 
Alisher Navoiy “Xamsa” asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab 
bergan. Misol uchun, “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson 
bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk Ustozlardan saboq olganligini 
tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi sifatida 
taqdim etiladi. Ular bunday komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli yetishgan. 
 
Jadid mutafakkiri Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” pedagogik dramasida 
bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan. Chunki bilim 
tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi.  
 
Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir 
talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday 
tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi.  
 
 
Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. Jahon xalqlari 
pedagogikasida bir qator tarbiyaga oid tajribalar shakllantirilgan. Mazkur o‘rinda 
ularning eng muhimlariga diqqatingizni tortamiz.  
 
 
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida yosh avlodni 
o‘qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan. Bunda o‘quv fanlarini o‘qitish 
jarayoni shaxsning aqliy, axloqiy va estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, shaxsni 
hayotga tayyorlashga asosiy e’tibor qaratiladi.  
 
Fransuz pedagogi Jan Jak Russo “Emil” asarida oila tarbiyasi masalasini 
talqin qilib bergan. Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk 
a’zosi shug‘ullanishi kerak. Pedagog bu borada onalarning tarbiyaviy o‘rnini alohida 
ta’kidlaydi va Emil ismli onaning o‘z farzandini qanday tarbiyalaganligini, bu bu 
ayol “Kundaliklar” tutib borganligini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda tarbiya ishi 
bilan shug‘ullanuvchi shaxsning Kundaliklari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.   
 
Shved pedagogi Iogan Genrix Pistalotsi “Erudiga maktablar” asarida 
yoshlarni ijtimoiy tarbiyalash va bunda ularni savodxon qilish masalasiga alohida 
tayanish lozimligini asoslab bergan. Hozirgi kunda butun dunyo xalqlarida amalda 
masalasini talqin qilgan va bunda shaxsda murosa (kompromiss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, yetuk shaxs do‘stu dushman bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish tushunarli, lekin dushmanga murosa qilish qanday bo‘ladi? Dushman bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy yetukligini bildiradi. Alisher Navoiy “Xamsa” asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab bergan. Misol uchun, “Farhod va Shirin” dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk Ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi sifatida taqdim etiladi. Ular bunday komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli yetishgan. Jadid mutafakkiri Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” pedagogik dramasida bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan. Chunki bilim tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi. Keltirilgan manbalardan ma’lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. Jahon xalqlari pedagogikasida bir qator tarbiyaga oid tajribalar shakllantirilgan. Mazkur o‘rinda ularning eng muhimlariga diqqatingizni tortamiz. Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida yosh avlodni o‘qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan. Bunda o‘quv fanlarini o‘qitish jarayoni shaxsning aqliy, axloqiy va estetik tuyg‘ularini shakllantirishga, shaxsni hayotga tayyorlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Fransuz pedagogi Jan Jak Russo “Emil” asarida oila tarbiyasi masalasini talqin qilib bergan. Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk a’zosi shug‘ullanishi kerak. Pedagog bu borada onalarning tarbiyaviy o‘rnini alohida ta’kidlaydi va Emil ismli onaning o‘z farzandini qanday tarbiyalaganligini, bu bu ayol “Kundaliklar” tutib borganligini ko‘rsatib beradi. Shu ma’noda tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi shaxsning Kundaliklari bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shved pedagogi Iogan Genrix Pistalotsi “Erudiga maktablar” asarida yoshlarni ijtimoiy tarbiyalash va bunda ularni savodxon qilish masalasiga alohida tayanish lozimligini asoslab bergan. Hozirgi kunda butun dunyo xalqlarida amalda  
 
bo‘lgan savodxonlikni Alifbedan boshlash tizimini aynan Pistolotsi asoslab bergan.   
 
AQSH pedagoglari, masalan Jon Jems, tarbiyada pragmatizm, ya’ni 
tarbiyaning amaliy natijalarini ustuvor qo‘yishadi. Unga ko‘ra, shaxsga kelgusi 
faoliyatida zarur bo‘lgan bilim, fazilatlar va ko‘nikmalar  shakllantirilishi kerak.  
 
Mazkur masalalardan ma’lum bo‘ladiki, jahon xalqlari pedagogik tajribasida  
ko‘p hollarda tarbiyaning amaliy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda ham 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu tajribalarni o‘rganishi, 
o‘zlashtirishi va amaliy faoliyatda qo‘llay olishi taqozo etiladi. Shu sababli mazkur 
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fani vositasida 
jahon xalqlari pedagogikasining tarbiyaga oid tajribalarini o‘rganish masalasi va 
uning metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki hozirgi zamon 
xalqaro ta’lim dasturlari va talablari aynan Yevropa, Osiyo va Amerika qit’alarida 
yashovchi xalqlarning pedagogik tajribalariga asosan ishlab chiqilgan. Masalan, 
Sharq xalqlari pedagogikasidan Ustoz-shogird tajribasi butun dunyo xalqlari tarbiya 
jarayoniga tadbiq etilgan. 
“Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini o‘zlashtirish jarayonida “Tarbiya” fanining 
ilmiy-tadqiqot metodlarini ham o‘rganishi muhim ahamiyatga ega. Bu fanning 
metodlari Pedagogika fanining metodlaridan olingan bo‘lsa-da, biroq ular mazkur 
fan asosida kengroq ma’noda tushuniladi. Chunki tarbiya jarayonining xarakteri 
shuni taqozo etadi.  
Mamalakatimizda ta’sis etilgan “Tarbiya” fanining eng asosiy ilmiy-tadqiqot 
metodlari quyidagilardan iborat: 
- tarbiyaga oid pedagogik merosni o‘rganish; 
-  tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirish; 
- tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni bilish; 
- tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasining bo‘lishi. 
Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o‘rganish, manbalarni o‘zlashtirish va tajriba 
o‘tkazish asoslarida o‘rganiladi.  
Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda qo‘llaniladi. Biroq ushbu 
metodlardan “Tarbiya” fani ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilashda quyidagilarga 
alohida e’tibor beriladi: 
bo‘lgan savodxonlikni Alifbedan boshlash tizimini aynan Pistolotsi asoslab bergan. AQSH pedagoglari, masalan Jon Jems, tarbiyada pragmatizm, ya’ni tarbiyaning amaliy natijalarini ustuvor qo‘yishadi. Unga ko‘ra, shaxsga kelgusi faoliyatida zarur bo‘lgan bilim, fazilatlar va ko‘nikmalar shakllantirilishi kerak. Mazkur masalalardan ma’lum bo‘ladiki, jahon xalqlari pedagogik tajribasida ko‘p hollarda tarbiyaning amaliy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda ham bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shu tajribalarni o‘rganishi, o‘zlashtirishi va amaliy faoliyatda qo‘llay olishi taqozo etiladi. Shu sababli mazkur “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fani vositasida jahon xalqlari pedagogikasining tarbiyaga oid tajribalarini o‘rganish masalasi va uning metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki hozirgi zamon xalqaro ta’lim dasturlari va talablari aynan Yevropa, Osiyo va Amerika qit’alarida yashovchi xalqlarning pedagogik tajribalariga asosan ishlab chiqilgan. Masalan, Sharq xalqlari pedagogikasidan Ustoz-shogird tajribasi butun dunyo xalqlari tarbiya jarayoniga tadbiq etilgan. “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini o‘zlashtirish jarayonida “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini ham o‘rganishi muhim ahamiyatga ega. Bu fanning metodlari Pedagogika fanining metodlaridan olingan bo‘lsa-da, biroq ular mazkur fan asosida kengroq ma’noda tushuniladi. Chunki tarbiya jarayonining xarakteri shuni taqozo etadi. Mamalakatimizda ta’sis etilgan “Tarbiya” fanining eng asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat: - tarbiyaga oid pedagogik merosni o‘rganish; - tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirish; - tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni bilish; - tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasining bo‘lishi. Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o‘rganish, manbalarni o‘zlashtirish va tajriba o‘tkazish asoslarida o‘rganiladi. Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda qo‘llaniladi. Biroq ushbu metodlardan “Tarbiya” fani ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilashda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi:  
 
a) tarbiyaga oid pedagogik meros o‘rganilganda qadimdan kelayotgan tarbiya 
g‘oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish yo‘llariga alohida e’tibor beriladi; 
b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirishda 
tarbiyaviy yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o‘tganligi va bugungi kun 
talabalariga javob berishi masalalariga diqqat qilinadi; 
v) tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirishda aynan tarbiya masalasiga 
yo‘naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va murabbiy-o‘qituvchilarga 
qo‘yiladigan pedagogik talablarni o‘rganish va ularga amal qilish masalalariga 
e’tibor beriladi; 
g) tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo‘lish uchun 
talabalik davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didaktikasi va amaliyotini 
o‘zlashtirish bilan pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amaliy 
ko‘nikmalar bilan qurollanishga diqqat qilinadi. 
Bularning barchasi “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari bo‘yicha 
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish asoslari hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi taqozo 
etiladi: 
- tarbiya asoslarini o‘zlashtirishga qiziqish; 
- bolaparvarlik sifatiga ega bo‘lish; 
- muntazam o‘zi ustida ishlab borish; 
- o‘z tajribalarini ommalashtirish. 
Bular oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlarni o‘qish, 
tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari vositasida 
o‘zlashtiriladi.  Shu jihatdan hozirgi zamon talabalarining faol bo‘lishi taqozo etiladi. 
Misol uchun, bugungi kun talabalari zamonaviy texnik texnologiyalardan 
foydalanishni yaxshi bilishadi, ayni paytda, ular bilim olish masalasida faollashishi 
kerak.  
Mazkur ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda hozirgi oliy pedagogik ta’lim 
jarayonida quyidagi mashg‘ulotlarning turlari muhim ahamiyatga ega: 
- amaliy mashg‘ulotlar; 
- mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari; 
- o‘quv jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy tadbirlar; 
a) tarbiyaga oid pedagogik meros o‘rganilganda qadimdan kelayotgan tarbiya g‘oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish yo‘llariga alohida e’tibor beriladi; b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirishda tarbiyaviy yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o‘tganligi va bugungi kun talabalariga javob berishi masalalariga diqqat qilinadi; v) tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirishda aynan tarbiya masalasiga yo‘naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va murabbiy-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan pedagogik talablarni o‘rganish va ularga amal qilish masalalariga e’tibor beriladi; g) tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo‘lish uchun talabalik davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didaktikasi va amaliyotini o‘zlashtirish bilan pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amaliy ko‘nikmalar bilan qurollanishga diqqat qilinadi. Bularning barchasi “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish asoslari hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi taqozo etiladi: - tarbiya asoslarini o‘zlashtirishga qiziqish; - bolaparvarlik sifatiga ega bo‘lish; - muntazam o‘zi ustida ishlab borish; - o‘z tajribalarini ommalashtirish. Bular oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlarni o‘qish, tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari vositasida o‘zlashtiriladi. Shu jihatdan hozirgi zamon talabalarining faol bo‘lishi taqozo etiladi. Misol uchun, bugungi kun talabalari zamonaviy texnik texnologiyalardan foydalanishni yaxshi bilishadi, ayni paytda, ular bilim olish masalasida faollashishi kerak. Mazkur ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda hozirgi oliy pedagogik ta’lim jarayonida quyidagi mashg‘ulotlarning turlari muhim ahamiyatga ega: - amaliy mashg‘ulotlar; - mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari; - o‘quv jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy tadbirlar;  
 
- auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar. 
Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida mazkur mashg‘ulotlarni tashkil 
etish va amalga oshirish tizimini ishlab chiqish zaruriyat bo‘lib turibdi. Ayni paytda, 
amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish 
bilan ta’kidlangan ko‘nikmalarni kutilgan darajada o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. 
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanining 
ilmiy-tadqiqot metodlarini idrok etishda milliy va xalqparvarlik tamoyillariga asosiy 
e’tiborni qaratish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh. 
Shermatovning fikricha, bugungi kunda maktablarda amalga oshirilayotgan “tarbiya 
jarayoni umumxalq xususiyatiga ega bo‘lmoqda”.6 Buning ma’nosi shuki, 
umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Tarbiya” fani umumxalq xususiyatiga, 
ya’ni xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlar, odatlar va turmush-tarz madaniyati 
asoslariga tayanishi lozim.  
“Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy-
tadqiqot metodlarini shakllantirish va uni o‘zlashtirish tizimlarini belgilashda 
quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
- davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan vazifalarni 
birlamchi bilish; 
- pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o‘tgan metodlarni qabul qilish; 
- innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni ilmiy 
ishlanmadan o‘tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish; 
- o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan pedagoglarning individual tajribalarini 
amaliyot sifatida qabul qilish; 
- milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi g‘oyalarga 
asoslanish. 
Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilab 
olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda oliy pedagogik 
ta’lim jarayonida o‘qitilayotgan pedagogik turkumdagi fanlarning umumiy va 
individual ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud. Umuman bizning yondashuvimizga 
ko‘ra, “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
                                                          
 
6 Шерматов Ш. Ижро интизоми – жойлардаги ислохотлар самарадорлигининг асосий омили. // “Янги 
Ўзбекистон” газетаси 2021 йил 19 июнь сони 
- auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida mazkur mashg‘ulotlarni tashkil etish va amalga oshirish tizimini ishlab chiqish zaruriyat bo‘lib turibdi. Ayni paytda, amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarining topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish bilan ta’kidlangan ko‘nikmalarni kutilgan darajada o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini idrok etishda milliy va xalqparvarlik tamoyillariga asosiy e’tiborni qaratish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning fikricha, bugungi kunda maktablarda amalga oshirilayotgan “tarbiya jarayoni umumxalq xususiyatiga ega bo‘lmoqda”.6 Buning ma’nosi shuki, umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Tarbiya” fani umumxalq xususiyatiga, ya’ni xalqimizga xos bo‘lgan fazilatlar, odatlar va turmush-tarz madaniyati asoslariga tayanishi lozim. “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fanining ilmiy- tadqiqot metodlarini shakllantirish va uni o‘zlashtirish tizimlarini belgilashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi: - davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan vazifalarni birlamchi bilish; - pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o‘tgan metodlarni qabul qilish; - innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni ilmiy ishlanmadan o‘tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish; - o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan pedagoglarning individual tajribalarini amaliyot sifatida qabul qilish; - milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi g‘oyalarga asoslanish. Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilab olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitilayotgan pedagogik turkumdagi fanlarning umumiy va individual ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud. Umuman bizning yondashuvimizga ko‘ra, “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega 6 Шерматов Ш. Ижро интизоми – жойлардаги ислохотлар самарадорлигининг асосий омили. // “Янги Ўзбекистон” газетаси 2021 йил 19 июнь сони  
 
bo‘lishi shart. 
Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun muhim 
kasbiy kompetensiya hisoblanadi.  
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 
1.  Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? 
2.  “Tarbiya” fani asoslarini nimalar tashkil qiladi? 
3.  “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati nimalardan iborat?  
4.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-
sonli Qarorini o‘rganing. //www.ziyonet.uz.  
5.  O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar deganda nimalarni 
tushunasiz?  
6.  Jahon xalqlari pedagogikasida qanday tarbiyaga oid tajribalar mavjud?  
7. “Tarbiya” fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlarini nimalar tashkil etadi? 
O‘zbek pedagogika tarixida mavjud bo‘lgan tarbiyaga oid yondashuvlarni konspekt 
qiling. 
 
bo‘lishi shart. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun muhim kasbiy kompetensiya hisoblanadi. Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: 1. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? 2. “Tarbiya” fani asoslarini nimalar tashkil qiladi? 3. “Tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati nimalardan iborat? 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422- sonli Qarorini o‘rganing. //www.ziyonet.uz. 5. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar deganda nimalarni tushunasiz? 6. Jahon xalqlari pedagogikasida qanday tarbiyaga oid tajribalar mavjud? 7. “Tarbiya” fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlarini nimalar tashkil etadi? O‘zbek pedagogika tarixida mavjud bo‘lgan tarbiyaga oid yondashuvlarni konspekt qiling.