“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy asoslari
Yuklangan vaqt
2024-10-19
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
329,1 KB
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy asoslari.
Reja:
1. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari.
2. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari.
3. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari. Oliy pedagogik ta’lim
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya”
fanini o‘qitishning huquqiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishi lozim.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari
quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-
sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich
tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 26-noyabrdagi
Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini
o‘qitishning davlat ta’lim standartlari, malakalari, o‘quv rejalari va dasturlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli Qarori;
- umumiy o‘rta ta’lim maktabalarining 1-11 sinflar uchun “Tarbiya” fani
darsliklari;
- “Tarbiya” fani o‘qituvchisining kitobi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bu
hujjatlarni o‘zlashtirishi va ularni kasbiy faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega
bo‘lishi kerak. Chunki mazkur huquqiy asoslar “Tarbiya” fanini maqsadli o‘qitishda
tayanch hisoblanadi. Ko‘pgina ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
muayyan fanni o‘qitishda huquqiy asoslarga tayanilganligi uchun kasbiy
muvaffaqiyatga erishgan. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bu huquqiy
asoslar mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlarning seminarlari
vositasida o‘zlashtirilishi shart.
“Tarbiya” fanini o‘qitish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
quyidagi tarbiya jarayoni amalga oshiriladi:
- o‘quvchilarni huquq tushunchalari bilan tanishtirish;
- o‘quvchilarning dastlabki bosqichda huquqiy ongini shakllantirish;
- o‘quvchilarni huquqiy munosabatlarga o‘rgatish;
- o‘quvchilarda o‘zgalar huquqini hurmat qilish ko‘nikmasini shakllantirish.
Bu ishlarni amalga oshirishda “Tarbiya” fani mashg‘ulotlarining amaliy
qismlarini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘tish tavsiya etiladi. Misol
uchun,
maxsus
muzeylarga
tashrif
chog‘ida
o‘quvchilarning
huquqiy
tushunchalarini shaklantirish imkoniyatlari yuqoriligi bilan muhim ahamiyatga ega.
Bunda o‘quvchilar muzey eksponatlari orqali ularni asrash, saqlash va ehtiyot qilish
kabi huquqiy tushunchalarga ega bo‘ladi.
Qishloq hududlarida joylashgan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
uchun mahalla fuqarolar yig‘inlarida mashg‘ulot o‘tkazish o‘quvchilarning huquqiy
ongini shakllantirishda qo‘l keladi. Chunki mahalla fuqarolar yig‘inlarida me’yoriy-
huquqiy hujjatlar va ish yuritish amaliyoti mavjud.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslari amaliyotga yo‘naltirilganligi
bilan o‘ziga xos xususiyatga ega. Mazkur fanning imkoniyatlaridan boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini maqsadli tarbiyalashda oqilona foydalanish fan o‘qituvchisi va
Sinf rahbarining asosiy vazifasidir.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari. Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslarini mashg‘ulotlarni an’anaviy va
noan’aviy shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda ayniqsa o‘qitishning
masofaviy, elektron-modulli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ayni paytda, mazkur fanni o‘qitishda ta’limning Dars shaklidan oqilona foydalanish
kutilgan samarani beradi.
Ta’limning Dars shakli quyidagi asoslarda tashkil etiladi:
- har bir dars “Tarbiya” fanining mavzulari bo‘yicha majburiy, rivojlantiruvchi
va tarbiyaga yo‘naltirilganlik shaklida tashkil etiladi;
- darsning quyidagi didaktik tuzilmasiga qat’iy amal qilish lozim:
a) har bir darsning maqsad va vazifasini aniq belgilab olish;
b) eng zaruriy topshiriqlarni ishlab chiqish va unda mavzu bo‘yicha
o‘quvchilarning bilim hamda ko‘nikmani o‘zlashtirishini belgilash;
v) mavzu materiallarini yangi ma’lumotlar va axborotlar bilan yoritish;
g) mashg‘ulot davomida amalga oshiriladigan suhbat yoki trening shakllarini
belgilash;
d) dars so‘ngida mashg‘ulotga yakun yasash;
e) o‘quvchilarga uy vazifasini berish;
- darsning mazmunini davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga qat’iy
rioya qilgan holda tashkil etish;
- har bir darsning o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lishiga erishish;
- har bir darsda zamonaviy texnik vosilardan unumli foydalanish.
E’tibor berilsa, boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy
asoslarida zamonaviy va texnologiyalarga asoslangan ta’limning Dars shaklidan
oqilona foydalanish samarali hisoblanadi. Bunda har bir darsning qiziqarli, esda
qolarli va samarali bo‘lishiga erishish tavsiya etiladi.
Hozirgi zamon Pedagogikasida bir necha dars shakllari e’tirof etilgan.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda bunday dars shakllaridan quyidagilari muhim o‘rin
tutadi:
a) didaktik dars – bunday darsda asosiy e’tibor mavzularning o‘quvchilar
tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishi va o‘quvchilar odob-axloqqa yo‘naltirilishiga
qaratiladi;
b) rivojlantiruvchi dars – darsning bu shaklida o‘quvchilarning bilim va
tushunchalarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi;
v) muammoli dars – bu dars shaklida har bir mavzu bo‘yicha muammolar ishlab
chiqiladi va ularning yechimini topish uchun o‘quvchilarga taqdim etiladi;
g) dasturli dars – bunday dars shaklida kolmpyuter dasturlari asosida
mavzularni o‘tish nazarda tutiladi.
E’tibor berilsa, mazkur dars shakllarining barchasi “Tarbiya” fanini o‘qitish
jarayoniga tatbiq etilishi mumkin. Buning uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlar
vositasida darslar tipologiyasini chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari. Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslarini bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari chuqur o‘zlashtirishi shart.
Mazkur ijtimoiy asoslarning eng muhimlari quyidagilar tashkil etadi:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiya ishini amalga oshirishda ularning
jismoniy, aqliy, sensor va ruhiy imkoniyatlarini qat’iy hisobga olish;
- tarbiya darslari va tarbiyaviy tadbirlarni qiziqarli, qulay va oson shakllarda
tashkil etish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasi jarayonida ularning huquqlari va
qiziqishlarini ustuvor bilish;
- o‘quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga ko‘niktirish;
- o‘quvchilarning
tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash
va
tashabbuskor
o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish;
- tarbiya ishida jazolash metodidan foydalanmaslik.
Bunday yondashuv ta’lim tizimimizdagi yangi “Tarbiya” fanini o‘qitishning
ijtimoiy asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan vositasida shaxsning va jamiyatning
tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoji amalga oshiriladi. Milliy va jahon halqlarining tarbiyaga
oid tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining manfaatlari
ustuvor qo‘yilsa kutilgan samarani beradi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari mazkur fan bo‘yicha oliy
ma’lumotli va professional o‘qituvchilar tayyorlashgi taqozo etadi. Shu sababli
mazkur “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” fani ishlab
chiqildi. Mazkur fan vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
quyidagi kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish nazarda tutiladi:
- “Tarbiya” fanining nazariy, metodologik, didaktik va texnologik asoslari bilan
talabalarni qurollantirish;
- tarbiya nazariyasining eng muhim jihatlari va metodlari bilan talabalarni
tanishtirish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashnirng pedagogik, psixologik va
ijtimoiy asoslari bo‘yicha talabalarga bilim berish;
- “Tarbiya” fani vositasida boshlang‘ich ta’limda amalga oshiriladigan tarbiya
jarayonini muvofiqlashtirish ko‘nikmasi bilan talabalarni qurollantirish.
Bularning barchasi oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarini “Tarbiya” fanini o‘qitishga tayyorlashda asos hisoblanadi.
Ayni paytda, mazkur fandan tashqari oliy pedagogik ta’lim jarayonida
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani ham o‘qitilmoqda. Ushbu fan vositasida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy tadbirlar bo‘yicha kompetensiyasi
shakllantiriladi. Shu ma’noda ushbu fan “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitish metodikasi” fani bilan integratsiyalashuvi taqozo etiladi.
Bugungi kunga qadar ta’lim tizimimizdagi asosiy kamchilik aniq, gumanitar
va tabiiy fanlarni o‘qitishda ijtimoiy asoslarni hisobga olmaslik bilan belgilanadi.
Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fani o‘qitishning ijtimoiy asoslarini
chuqur o‘zlashtirishi shart.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asoslarini nimalar tashkil etadi?
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari deganda nimalarni
tushunasiz?
3. “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari nimalardan iborat?
“Tarbiya” fanini o‘qitishning yuqori ta’kidlangan huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy
asoslarini o‘zlashtiring.
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy asoslari
“Tarbiya” fanini boshlang‘ich ta’limda o‘qitishda asosiy e’tibor uning amaliy
asoslariga qaratiladi. Chunki mazkur fanning negizini amaliy natijalar tashkil etadi.
Shu jihatdan ushbu mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya
etiladi:
- fanni o‘qitishning huquqiy asoslari;
- fanni o‘qitishning tashkiliy asoslari;
- fanni o‘qitishning ijtimoiy asoslari.
“Tarbiya” fanini boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning tashkiliy asoslarini
quyidagi hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining
2020-yil 14-oktabrdagi 235-sonli Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tarbiya” fani uchun
umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari” va “Tarbiya” fani bo‘yicha
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari”.
Bu hujjatlar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning huquqiy asosi
hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslari
quyidagi hujjatga asoslanadi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 6-iyuldagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya”
fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori. Ushbu hujjatga asoslan boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish
jarayoni tashkil etiladi.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning ijtimoiy asoslari
quyidagi hujjatga asoslanadi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 31-dekabrdagi 1059-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy
tarbiya Konsepsiyasi”. Bu konsepsiya boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitishning eng muhim ijtimoiy asosi hisoblanadi.
Ta’kidlangan hujjatlarni o‘rganing va konspekt qiling.
1-topshiriq: “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy asoslarini quyidagi
chizmada qayd eting:
1-chizma
2-topshiriq: “Tarbiya” fanini o‘qitishning tashkiliy shakllarini 1-jadvalga
muvofiq tavsiflang:
Didaktik dars
Rivojlantiruvchi
dars
Muammoli dars
Dasturli dars
“Tarbiya” fanini o’qitishning tashkiliy asoslari
“Milliy Tarbiya” fanini o‘qitishning amaliy asoslari
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori bilan yangi
“Tarbiya” fani joriy etildi.
Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada?
1. “Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi
va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.
2. 1–9-sinflarda – 2020/2021-o‘quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022-
o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
3. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq ta’limi”, Singapurning
“Fe’l-atvor va fuqarolik ta’limi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq ta’limi”
fanlari va darsliklari yaqindan o‘rganildi.
4. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr ko‘nikmalari deb nom olgan “yumshoq
ko‘nikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali o‘quvchida bilim berishdan tashqari
ko‘nikma shakllantiriladi.
5. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar va
mavzular o‘quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg‘otadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi
shakllantiriladi.
6. O‘quv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.
7.“Tarbiya” darsliklarida “role-model”, ya’ni “namuna keltirish” zamonaviy
pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda
yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi.
8. Bu yil sinov tariqasida 1-9 sinfgacha bo‘lgan darslik ustida bitta ijodiy
jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi o‘rtasidagi tafovut va takrorlanishlarni oldini
oldi va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishi ta’minlandi.
9. Darslik yorqin, rangli, illyustratsiyalarga boy va har bir bo‘limi o‘ziga xos
fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan
ta’minlangan. Har bir darslik uchun video, audio, media materiallar jamlashgan disk
beriladi.
10. Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lish eng avvalo to‘g‘ri
maqsad qo‘yishga bog‘liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning
ta’limotiga ko‘ra, hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishishni o‘rganish
ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich
bolada maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya
dasturiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1-sinfda o‘quvchi dastlab orzularini aniqlay
olishni o‘rgatilsa, 2-sinfda o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish ko‘nikmasi shakllantirildi.
3-sinfda o‘quvchida dasturni o‘zlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarini
amalga oshirishga harakat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. 4-sinfda
atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga sog‘lom munosabat bildira oladi, shaxs
sifatida o‘zini anglaydi va o‘z xatti-harakatlarini tahlil qiladi.
Yuqori sinflarda bu ko‘nikmalar shaklanib, o‘quvchi o‘z oldiga maqsad qo‘ya
olish, mustaqil fikrlash, o‘z faoliyatini tahlil qilish, to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi
ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.