“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning elektron-modulli shakli
Yuklangan vaqt
2024-10-19
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
16
Faytl hajmi
1,5 MB
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning elektron-modulli shakli.
Reja:
1. O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari.
2. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish.
3. Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligi.
O‘qitishning
elektron-modulli
shakli
xususiyatlari.
O‘zbekistonda
pandemiya kabi murakkab sharoitlarda ta’lim tizimining noan’anaviy shakllari kashf
etildi. Ta’lim va tarbiya berishning bunday shakllari pedagogikamiz tarixida ilk bor
qo‘llanildi. Shu jihatdan o‘qitishning elektron-modulli shakli noan’anaviy ta’lim
shakli hisoblanadi.
O‘qitishning elektron-modulli shakli quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
- texnik vositalarga tayanishi;
- kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan foydalanishi;
- virtual ta’lim berilishi;
- ta’limning asosiy qismini mustaqil ta’lim tashkil etishi;
- o‘qituvchi va ta’lim oluvchining teng faolligi.
E’tibor berilsa, o‘qitishning elektron-modulli shaklida ta’lim oluvchi asosiy
vosita hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalari
axborot-kommunikatsion vositalar bilan ta’minlanmoqda. Ayniqsa, umumiy o‘rta
ta’lim maktablarining eng chekka hududlardagi tuzulmalari ham bunday vositalar
bilan ta’minlanayotganligi o‘qitishning elektron-modulli shaklini amaliyotga jorriy
etish imkonini beradi.
O‘qitishning bu shakli asosan kompyuterga tayanganligi uchun ta’lim
oluvchilarda hoxish va qiziqish uyg‘otadi. Aynan mana shu xususiyatdan
foydalangan holda ta’lim va tarbiyani amalga oshirish samarali kechadi.
Shuningdek, o‘qituvchining ta’limiy faolligi oshadi. Chunki o‘qitishning bu shaklida
barcha o‘quv materiallari o‘qituvchi tomonidan kompyuter dasturiga joylashtiriladi
va zaruriyat tug‘ilganida o‘quv materiallarini boyitib boriladi. Shu sababli
o‘qitishning elektron-modulli shakli zamonaviy talablarga javob berishi bilan ajralib
turadi.
O‘qitishning elektron-modulli shakli hozirgi zamon Pedagogika fanida muhim
o‘rin tutadi. Bunga quyidagilar sabab hisoblanadi:
- bu o‘qitish shakli texnik vositalarga asoslanishi va texnik vositalarning
imkoniyatlaridan keng foydalanishi bilan ajralib turadi;
- o‘qitishning bu shaklida ta’lim oluvchi nisbatan mustaqil xarakat qiladi va
uning axborot olishi kengayadi;
- texnik vositalar asosida masofadan turib ta’lim berish imkoniyati ham mavjud;
- bularning
barchasi
o‘qitishning
elektron-modulli
shakliga
bo‘lgan
qiziqishning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Ayni paytda, o‘qitishning elektron-modulli shaklida asosiy e’tibor ta’lim
berishga qaratiladi. Buning natijasida ta’lim oluvchining tarbiyalanganlik darajasini
kuzatish cheklanadi. Shu sababli ta’lim beruvchi o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchini
tarbiyalab borishi taqozo etiladi. Bu borada ilmiy-nazariy va amaliy ishlanmalar
yaratilmoqda1.
O‘qitishning elektron-modulli shakli bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda o‘ziga xos
tajribalar mavjud. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasida oliy pedagogik ta’lim
jarayonida nisbatan ko‘proq elektron-modulli shaklidan foydalaniladi. Shu sababli
bu mamlakatda mazkur ta’lim shaklining o‘ziga xos shakllari va tushunchalari ishlab
chiqilgan. Bu o‘rinda ana shunday tushunchalardan eng muhimlarini e’tiboringizga
havola etamiz:
Elektron darslik – fanga oid materiallarni dinamik ravishda talqin qiluvchi va
maxsus dasturlardan foydalanib tuzilgan o‘quv adabiyoti;
Elektron uslubiy qo‘llanma – bu pedagogik tajribani umumlashtirish va uzatish
hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga
mo‘ljallangan o‘quv adabiyoti;
1 Қаранг: Мардонов Ш. Педагогика фанидан ўқитишнинг электрон-модулли дидактик таъминотини ишлаб
чиқиш технологияси. –Тошкент, 2021
Elektron shakldagi materiallar – bu elektron darslik, elektron o‘quv
qo‘llanmalar, elektron ma’ruza matnlari va laboratoriya ishlanmalari majmuidir.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari mazkur tushunchalarni o‘zlashtirishi
va kelgusi faoliyatida o‘qitishning elektron-modulli shaklidan foydalanish
ko‘nikmasini egallashi kerak.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda noan’anaviy ta’lim shakllaridan
foydalanish muhim o‘rin tutadi. Bu borada mazkur yangi fanning an’anaviy ta’lim
shakllaridan ko‘ra, noan’anaviy shakllari asosida o‘qitish asosiy vazifalarimizdan
hisoblanadi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish
quyidagilarga asoslaniladi:
- mazkur fanning har bir mavzusi o‘quv materiallari kompyuter dasturida
joylashtiriladi;
- o‘quv materiallarini joylashtirishda darslikda berilgan matnlardan tashqari
qo‘shimcha ma’lumotlar va axborotlar kiritiladi;
- o‘quv materiallarining oltmish-yetmish foizini mustaqil ta’lim topshiriqlari
tashkil etadi;
- o‘quvchilar aynan mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi bilan mavzularni
o‘zlashtirgan hisoblanadi;
- o‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasi virtual tarzda baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 26-oktabrdagi
Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tarbiya” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari”da
mazkur fanni o‘qitishda ta’limning eng zamonaviy shakllariga tayanish
belgilangan. Chunki bu fan shaxs hayotidagi eng muhim masala-tarbiyani amalga
oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 14-oktabrdagi
235-sonli Buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tarbiya fani uchun umumiy o‘rta
ta’limning davlat ta’lim standarti”da quyidagilar belgilangan:
-
“Tarbiya” fanining asosiy maqsadi ma’naviy barkamol va intellektual
rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat;
-
mazkur fan o‘qitish jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida
o‘quvchilarni tarbiyalaydi;
-
fan orqali kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasiga asoslaniladi va h.k.
E’tibor berilsa, “Tarbiya” fani bo‘yicha davlat ta’lim standartlari aniq
belgilangan. Shu sababli ushbu fan bo‘yicha elektron-modulli o‘quv materiallarini
tayyorlashda ularga asoslanish lozim bo‘ladi. Misol uchun, “ma’naviy barkamol”
tushunchasi bo‘yicha tayyorlanadigan elektron-modulli o‘quv materialida
ma’naviyat, barkamollik va ularning shaxs hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida
multimediyali, animatsion va tasvirli ma’lumotlarni tayyorlash taqozo etiladi. Shu
sababli “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shaklning imkoniyatlari keng
ekanligini ta’kidlash joiz. Bu o‘rinda namuna sifatida “Tarbiya” fani mavzularini
elektron-modulli shaklda o‘tish texnologiyasini keltiramiz.
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy tarbiyasi” mavzusi bo‘yicha
elektron-modulli ishlanma
O`qituvchi
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy tarbiyasi
Aqliy tarbiya zaruriyati
O’quvchilarga aqlni o’stiruvchi
topshiriqlar berish
Aqlni o’stiruvchi ta’sir vositalari
O’quvchilarning aqliy
imkoniyatlarini aniqlash
Aqliy tarbiya bo’yicha
pedagogik tavsiyalar
O’quvchilarga ijodiy
topshiriqlar berish
O’quvchilarga o’qiladigan
matnni tavsiya etish
Mavzular mantlarining
multimediyali shakli
Suhbat
O’quvchi
O’qitish vositalari
Bu elektron-modulli shakl o‘qituvchi tomonidan kompyuterda multimediyali
shaklda tayyorlanadi va unda o‘quvchilarga mustaqil ta’lim topshiriqlarini nisbatan
ko‘p foizda berishga asosiy e’tibor qaratiladi. O‘quvchilarning mavzuni
o‘zlashtirganlik darajasi ham kompyuter vositasida baholanadi.
Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligi. Boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektorn-modulli shakldan foydalanish
samaradorligi va uni kuzatib borish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bu o‘rinda
ushbu fanni elektorn-modulli shaklda o‘qitishning samaradorlik mexanizmlariga
e’tiboringizni tortamiz:
a) 1-sinfda “Tarbiya” fanini o‘qitishda kompyuterli multimediyali darslardan
foydalanish tavsiya etiladi;
b) 2-sinfda mazkur fanni o‘qitishda mavzularning kompyuter dasturida matni
beriladi va asosiy e’tibor o‘quvchilar bajaradigan mustaqil ta’lim topshiriqlariga
qaratiladi;
v) 3-sinfda bu fan bo‘yicha aqliy, jismoniy va ruhiy rivojlanishda ijobiy ta’sir
etadigan multimediyali va tasvirli darslar mavzular bo‘yicha tashkil etiladi;
g) 4-sinfda bu fan bo‘yicha tarbiyalanganlik darajasini belgilovchi
ko‘rsatkichlar asosida ko‘proq multimediyali mashg‘ulotlar olib boriladi va bunda
o‘quvchilarning faolligi, ularning yo‘naltirilganligi nazorat qilinadi.
Bunday yondashuv boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini elektorn-modulli
shaklda o‘qitish imkoniyatlaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Shu sababli
oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
o‘qitishning elektron-modulli shaklini chuqur o‘zlashtirishi asosiy vazifalardan
biridir.
Kezi kelganda eslatib o‘tish joizki, o‘qitishning elektron-modulli shakli
bo‘yicha ilmiy, nazariy va metodologik ishlanmalar juda kam yaratilgan. Bu borada
1. Mashg’ulot
vositalari
2. Auditoriyadan tashqari
mashg’ulotlar jihozlari
3. Maxsus mashg’ulot
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqlini o’stirish ko’rsatkichlari
ilmiy tadqiqotlar va o‘quv materiallari yaratish endi amalga oshrilmoqda. Shu
sababli pedagogik oliy ta’lim jarayonida “Ta’limning elektron-modulli shakli”
maxsus kursni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday kurslar o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
kurslarida ham o‘qitilishi dolzarb bo‘lib turibdi. Chunki o‘qitishning elektron-
modulli shakli murakkab sharoitlarda ta’lim va tarbiya jarayonini kutilgan darajada
amalga oshirish imkonini beradi. Bunday zamonaviy o‘qitish shakllarini
o‘zlashtirish har bir pedagogning burchidir.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish uchun
quyidagilarga e’tibor berilsa samarali hisoblanadi:
- maktabning texnik jihozlaridan oqilona foydalanish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompyuter bilan ishlash ko‘nikmasini
shakllantirish;
- o‘quv materiallarining qiziqarli va qulay bo‘lishiga erishish;
- imkon qadar axborot-kommunikatsiya vositalar bo‘yicha mutaxassislar
ko‘magidan foydalanish;
- o‘quvchilarning mavzularni mustaqil o‘zlashtirishiga ahamiyat berish.
Bunday yondashuv “Tarbiya” fanini elektorn-modulli shakldan foydalangan
holda o‘qitishning samaradorligiga olib keladi. Bugungi kunda barcha boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari texnik jihozlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Shu sababli
o‘qitish jarayoniga elektron-modulli kabi noan’anaviy ta’lim shakllarini tadbiq etish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. O‘qitishning elektron-modulli shakli xususiyatlari nimalardan iborat?
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish
deganda nimalarni bilasiz?
3. Elektron-modulli shakldan foydalanish samaradorligining asoslari
nimalardan iborat?
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning elektron-modulli shakli metodologiyasi
Elektron-modulli o‘qitish shakli kompyuter dasturi va texnologiyasiga
asoslanadi. Buning uchun o‘qituvchi tomonidan har bir mashg‘ulotlar uchun
loyihalar tayyorlanadi. Mashg‘ulotlar loyihalarida quyidagilar aks etishi kerak:
- mavzu bo‘yicha ma’lumotlar matnini berish;
- har bir mavzu bo‘yicha bir necha topshiriqlar majmuini ishlab chiqish;
- ishlab chiqilgan topshiriqlarda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy
yondashuvini hisobga olish;
- har bir topshiriqlarni jadvallar, diagrammalar va tasvirli shakllar bilan taqdim
etish;
- o‘quvchilar bilan virtual aloqaga kirishish.
“Tarbiya” fanini boshlang‘ich ta’limda o‘qitishda elektron-modulli shaklga
asoslanish uchun oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari quyidagilarni o‘zlashtirishi kutilgan samarani beradi:
- o‘qitishning elektron-modulli shakli asoslarini o‘zlashtirish;
- turli mavzular bo‘yicha elektron-modulli materiallar tayyorlashni o‘rganish;
- “Tarbiya” fanini elektron-modulli o‘qitish shaklida amalga oshirish
metodikasini egallash;
- elektron-modulli o‘quv materiallari tayyorlash ko‘nikmasi bilan qurollanish.
Hozirgi zamon oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik turkumdagi
fanlar vositasida o‘qitishning elektron-modulli shakli bo‘yicha yetarli ma’lumotlar
berilmoqda.
Quyidiga kitobni o‘qib chiqing: Mardonov Sh.Q. Pedagogika fanidan
o‘qitishning elektron-modulli didiaktik ta’minotini ishlab chiqish texnologiyasi. –
Toshkent, 2021
O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari”
mavzusidagi amaliy mashg‘ulot ishlanmasi
Amaliy mashg‘ulot
1. Ushbu amaliy mashg‘ulotdagi topshiriqlar bilan tanishish uchun ro‘yxatdan
o‘tishingiz lozim.
Familiyangiz:
Ismingiz:
Sharifingiz:
1-sahifa
Ta’lim jarayoni “FORMULA”si
DJ=M+Abf+Ab
DJ -
M -
Abf -
Ab -
*Kiritilayotgan so‘zlarni xatolarsiz va faqat kichik lotin harflarda yozing!!!
2-sahifa
1. Keys topshirig‘i: “Ta’lim jarayoni yaxlit hodisa sifatida”
Izoh: odatda formula deganda ko’z o’ngimizda matematik-fizik
hodisalar gavdalanadi. Biroq ta’lim jarayoni ham o’ziga xos
formulalardan foydalanish xususiyatiga ega. Quyidagi formulaga
e’tibor qarating va izohlang. Sizningcha, unda qanday ma’no ifoda
etilgan?
Quyida keltirilgan chizmaga e’tibor qarating. Unda grafik ifoda etilgan,
biroq unda aks etishi lozim bo’lgan jumlalar chizma ostida berilgan.
Mazkur jumlalarni shunday ketma-ketlikda joylashtiringki, natijada ta’lim
jarayoni tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi aniq
namoyon bo’lsin.
Raqam kiriting
Raqam kiriting
Raqam kiriting
Raqam kiriting
* Kiritilgan so‘z yoki jumlaning faqat raqamini kiriting!
Raqam kiriting
Raqam kiriting
Raqam kiriting
Raqam kiriting
Chizmada aks etishi lozim bo’lgan jumlalar: 1. Maqsad.2. Natija. 3.
O’qituvchi faoliyati. 4. Talaba faoliyati. 5. Mazmun. 6. Shakl. 7.
Metod. 8. Vosita.
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning elektron-modulli shakli metodologiyasi
3-sahifa
2. Ijodiy TEST Topshirig‘i
1. Gapni tugallang:
Barqaror, takrorlanuvchi, invariantli, tavsifga ega narsa-hodisa va
jarayonlarning ichki mavjud aloqalari
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
Didaktika
deganda ta’limiy hodisalarning namayon bo‘lishi va
rivojlanishi bilan shartlanadigan ichki mavjud aloqalar tushuniladi.
3. Gapni tugallang.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’ektiv, mavjud,
barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik deyiladi.
4. Nuqtalar o‘rniga kerakli jumlani topib qo‘ying.
o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga
binoan uning mazmuni, tashkiliy shakli va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich
qoidalardir.
5. Gapni tugallang.
Ta’lim tamoyillarini amalga oshirish texnologiyasi
6. Nuqtalar o‘rniga kerakli jumlani topib qo‘ying (o‘quv rejasi).
O‘quv shakllari, o‘quv predmetlari ro‘yxati va hajmini, ularning
o‘quv haftalari, yarim yilliklari bo‘yicha taqsimlanishini belgilaydigan, bo‘lajak
mutaxassislarni o‘quv predmetlari, kasbiy va umumiy tayyorgarligi orasida o‘zaro
bog‘liqlikni ta’minlovchi me’yoriy hujjat bu –
7. Gapni tugallang (darslik).
O‘quv dasturi va o‘qitishning maqsadiga mos holda biror o‘quv
predmeti haqida ilmiy bilimlarni aks etiruvchi kitob bu -
8. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying (o‘quv dasturi).
Ta’lim mazmuni, uni talabalar tomonidan o‘zlashtirishining eng maqbul
usullari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ hujjat bu -
9. Gapni tugallang (didaktika).
pedagogikaning “nimaga o‘qitish”, “nimani o‘qitish” va “qanday
o‘qitish” kabi savollarga javob izlovchi mustaqil tarmog‘idir.
10. Gapni tugallang (o‘qitish).
insonlar orasida yashash, hayot tumush kechirish va faoliyat
yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini
o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.
11. Gapni tugallang (qiziqish).
bilish xohishi asosida shakllanadigan jarayon bo‘lib, uning
yordamida ilmiy ijodiyotga kirib borish mumkin.
12. Gapni tugallang (Pedagogika).
ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Ularning mazmuni.
Usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fan.
13. Gapni tugallang (lider).
Pedagogik jamoada o‘zining shaxsiy sifat, fazilatlari bilan jamoa
a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan shaxs bu –
14. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying (o‘qitish jarayoni).
- tartibga solingan jarayon bo‘lib, ta’lim va o‘quv masalalarini hal
etishda va o‘quvchilarning (talabalarning) aqliy va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.
*Kiritilayotgan so‘larni xatolarsiz va faqat kichik lotin harflarda yozing!!!
4-sahifa
3. Ta’limning qonuniyatlarini o‘zlashtirishga doir topshiriqlar
1) ta’limning umumiy qonuniyatlariga doir topshiriqlar.
1.1. Quyidagilar orasidan ta’lim maqsadni belgilovchi qonuniyatlarni aniqlang.
jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi;
ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati;
o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi;
jamiyatning talablari va imkoniyatlari;
o‘quvchilarning yoshi va ta’lim olish imkoniyatlari;
pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari.
1.2.Quyidagi qonuniyatlarni ta’lim jarayonining qaysi tarkibiy qismiga tegishli
deb o‘ylaysiz?
1) avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar;
2) o‘tilayotgan material xususiyati va hajmi;
3) o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish;
4) o‘quvchilar bilim olishiga qobiliyatlari va ta’lim olish vaqti.
Bu qonuniyatlar ta’lim jarayonining qismiga tegishli.
1.3. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagi qaysi qonuniyatlarni hisobga
olish bilan bog‘liq?
ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga;
ta’limning ichki rag‘batiga;
ta’lim maqsadiga;
o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga;
ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga.
1.4.Quyidagi qonuniyatlaridan qaysilari ta’lim sifatini ta’minlashga hizmat
qiladi?
o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi;
ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi;
ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari;
avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar.
1.5. Ta’lim mazmunini belgilashda qaysi qonuniyatlarga amal qilish lozim?
ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari;
o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi;
ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati;
o‘quvchilarning yoshi va imkoniyatlari;
ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiya;
ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi.
2) ta’limning xususiy qouniyatlariga doir topshiriq.
I. Ta’lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish
ko‘nikmalariga:
ta’lim
samaradorligi
o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va
ko‘nikmalarini
o‘zlashtirish
samaradorligi
ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning
aqliy rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma
va
malakalarning
o‘zlashtirilish
hajmiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq
II. Ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv
faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi,
jadalligi
va
o‘ziga
xosligiga;
xotiraning
rivojlanganlik
darajasiga;
bilish
faolligi
darajasiga bevosita bog‘liq
III. Ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning
tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati o‘quv
jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning
samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning
soni va sifatiga bog‘liq
VI. Individning rivojlanishi u bevosita va
bilvosita muloqotda bo‘ladigan individlarning
rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual
muhit”ning mavjud holatiga, o‘zaro bir-biriga
o‘rgatishning
jadalligiga;
o‘qituvchi
va
o‘quvchilar
muloqotining
sifatiga
bevosita
bog‘liq
V. Ta’lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga,
o‘zining o‘quv majburiyatlariga munosabatlariga;
o‘quvchining
ishchanlik
qobiliyatiga;
o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv
mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy
tarbiya
va
mehnat
mashg‘ulotlarining
joylashtirilishiga bevosita bog‘liq
5-sahifa
1. Ta’limning mazmunli va tashkiliy – metodik tamoyillarini aniqlashga doir
chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar
1. Insonparvarlik.
2. Tabiat bilan uyg‘unlik.
3. Ko‘rgazmalilik.
4. Onglilik, faollik, ijodiylik.
5. Madaniyat bilan uyg‘unlik.
Quyida keltirilgan ta’lim tamoyillari bilan tanishing. Ularni maqsadiga
ko’ra ikki turga (mazmunli va tashkiliy metodik) ga ajrating.
6. Tushunarlilik.
7. Ilmiylik.
8. Ta’limning amaliyot bilan uyg‘unligi.
9. Izchillik, tizimlilik.
10. Tarbiyalovchi ta’lim.
11. O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish.
12. Oqilona talabchanlik bilan ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish.
Ta’limning mazmunli tamoyillari
Ta’limning tashkiliy-metodik
tamoyillari
*Javoblarning faqat raqamini vergul (,) bilan ajratgan holda kiriting! Masalan:
1,4,5,12.....