“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli
Yuklangan vaqt
2024-10-19
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
387,0 KB
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli.
Reja:
1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari.
2. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari.
3. Inklyuziv ta’lim asosida “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati.
Inklyuziv ta’lim xususiyatlari. Inklyuziv ta’lim o‘qituvchi bilan
o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv
ta’lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarga va to‘liq
imkoniyatga ega o‘quvchilarga teng ta’lim berish bilan o‘ziga xos xususiyatga ega
hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq “Mehribonlik uylari” o‘quv-
tarbiya muassasalari deb nomlandi. Shu sababli o‘quv-tarbiya muassasalarida
amalga oshiriladigan ta’lim ham inklyuziv ta’lim shakli hisoblanadi.
Inklyuziv ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish lozim:
- interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanadi;
- tabaqalashtirilgan o‘qitish amalga oshiriladi;
- individuallashtirilgan dasturlarga asoslaniladi;
- ta’lim oluvchilar guruhlarga bo‘lib o‘qitiladi.
Shu sababli ta’limning bu shakli ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
tez shakllantirilishi bilan e’tiborga loyiq.
Inklyuziv ta’limga quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar mavjud:
- jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni maxsus
o‘qitish;
- sensor tarbiyani amalga oshirish;
- ta’lim va tarbiya olish huquqini teng ta’minlash;
- mashg‘ulotlarga maxsus yondashish;
- mashg‘ulotlarni tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi.
Dunyo mamlakatlarida inklyuziv ta’limga alohida e’tibor beriladi. Bu borada
YUNESKO 1989-yili dunyo mamlakatlariga murojaat bilan chiqib, inklyuziv ta’lim
vositasida shaxsni ta’lim va tarbiyasini amalga oshirishni so‘radi. Chunki inklyuziv
ta’lim shakli shaxsning ta’lim va tarbiyaga oid huquqini to‘liq ro‘yobga chiqarish
imkonini beradi. Misol uchun, to‘liq nogironligi bo‘lgan bolalarni individual tarzda
oilada maxsus o‘qitish aynan inklyuziv ta’limning asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekiston pedagogik ta’lim jarayonida va ta’lim tizimida
inklyuziv ta’limning imkoniyatlariga tayaniladi. Bu borada pedagog olimlarimizning
bir qator ilmiy-tadqiqotlari mavjud. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ana shunday ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganishi va
inklyuziv ta’limning asoslarini o‘zlashtirishi tavsiya etiladi.
Inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan foydalanish uchun o‘qituvchi faol
bo‘lishi kerak. Ta’lim oluvchiga muntazam ravishda topshiriq berib borilishi, imkon
qadar topshiriqlarning yozma bo‘lishi va topshiriq natijalarini nazorat qilib borish
asosida inklyuziv ta’lim samaradorligiga erishiladi. Bularning barchasi inklyuziv
ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lishini
taqozo etadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida majburiy (mutaxassislik) fanlarini o‘qitishda
inklyuziv ta’lim shakllari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berish zaruriyat bo‘lib
turibdi. Bundan tashqari “Inklyuziv, masofaviy va integratsion ta’lim shakllari”
tanlov fanining ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bugungi
murakkab sharoitda ta’limning bu shakllari o‘qitish jarayonida juda qo‘l keladi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga inklyuziv ta’limning asoslari,
metodlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mustaqil ta’lim vositasida chuqur o‘rganish
tavsiya etiladi. Chunki inklyuziv ta’lim shaklini bilish davlatning ta’lim siyosatini
hammaga bir xil tatbiq etishda qo‘l keladi.
Inklyuziv ta’limning tez va qisqa muddatda amalga oshirish xususiyati uning
imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli bugungi kunda o‘quv-tarbiya muassasalari
uchun inklyuziv ta’limni tadbiq etish zaruriyat bo‘lib turibdi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari. Boshlang‘ich ta’limda
“Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslarini yaxshi bilish va bu ta’lim
shaklining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu
borada quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. Interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanish. Bu borada “Tarbiya” fanini
o‘qitishda imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘lib o‘qitilishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bunda quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:
- axborot-kommunikatsion texnologiyalar (multimediya, televideniya, virtual
aloqa va hokazo);
- kompyuterli texnologiya (darslar kompyuter vositasida o‘qitiladi);
- mustaqil ta’lim texnologiyasi (bunda o‘quvchiga topshiriq beriladi va
topshiriqning ijodiy bajarilganligiga ahamiyat qaratiladi).
Bu interfaol texnologiyalar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini maqsadli
o‘qitish imkonini beradi.
2. Tabaqalashtirilgan o‘qitish. Inklyuziv ta’limning bu asosidan boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda quyidagicha foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘ladi:
- imkon qadar o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi;
- har bir guruhga mavzular topshiriq sifatida beriladi;
- bajarilgan topshiriqlarning ijodiy yondashilganlik asosida baholash;
- guruhdagi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilib borish.
Tabaqalashtirilgan o‘qitishning bunday imkoniyatlari boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasida qisqa muddatda erishishda muhim o‘rin
tutadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari inklyuziv ta’limning
tabaqalashtirilgan tarzda o‘qitish shakllarini chuqur o‘zlashtirilishi taqozo etiladi.
3. Individuallashtirilgan o‘qitish. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitishda individuallashtirilgan o‘qitish shakli quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- har bir o‘quvchi bilan alohida ishlash;
- har bir o‘quvchining jismoniy va aqliy layoqatlarini rivojlantirish;
- jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan alohida ishlash;
- har bir o‘quvchining teng darajada tarbiyalanib borishini nazoratga olish.
Bu imkoniyatlardan boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanining har bir
mavzusini o‘qitishda foydalanish tavsiya etiladi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
- auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda;
- masofaviy ta’lim jarayonida;
- o‘quv-tarbiya muassasalarida;
- oilada;
- mahalla huzurlarida tashkil etilgan Ta’lim markazlarida;
- yoshlarning jamoatchilik tashkilotlarida.
E’tibor berilsa, bunday mashg‘ulotlar shakllarida shaxsning imkoniyatlaridan
qat’iy nazar ta’lim va tarbiyaga qamrab olinishi nazarda tutilgan. Shu jihatdan ana
shu shakllar vositasida “Tarbiya” fanini o‘qitish ham kutilgan samarani beradi.
Buning uchun oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari inklyuziv ta’lim asoslari bilan qurollantirilishi kerak. Shu ma’noda
“Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim asosida o‘qitishning metodologiyasini ishlab
chiqish dolzarb bo‘lib turibdi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda milliy va
jahon pedagogikasi tajribalariga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun,
Germaniya Respublikasida “Inklyuziv ta’lim markazi” faoliyat yuritmoqda. Bu
markaz vositasida mamlakatning imkoniyati cheklangan shaxslari ruhiy, sensor va
ijtimoiy jihatdan tarbiyalanadi. Markazning har bir umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida filiallari mavjud.
Bizning mamlakatimizda inklyuziv ta’limning o‘quv-tarbiya muassasalarida
amalga oshirish tajribasi mavjud. Ana shu tajribalar asosida “Tarbiya” fanini
inklyuziv ta’lim vositasida o‘qitish metodologiyasini ishlab chiqish mumkin.
Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati.
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini inklyuziv ta’lim asosida o‘qitish muhim
ahamiyatga ega. Bunda o‘qitish va tarbiya jarayonida quyidagilarga erishish
kuzatiladi:
- o‘quvchilarning faol bo‘lishi;
- o‘quvchilarda ijodiy fikrning tarkib topishi;
- o‘quvchilar layoqatining namoyon bo‘lishi;
- dars mavzularining qiziqarli o‘qitilishi;
- o‘qituvchi va o‘quvchining dars jarayonida teng va faol ishtirok etishi.
Bu imkoniyatlar boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini yangicha asoslarda
o‘qitish va uning samaradorligiga erishishda qo‘l keladi. Shu sababli inklyuziv
ta’limning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini egallash lozim.
Inklyuziv ta’limda tushuntirish, o‘rgatish va kuzatish metodlariga asoslanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida inklyuziv
ta’lim asoslarini chuqur o‘rganish tavsiya etiladi.
O‘quv-tarbiya muassasalarida “Tarbiya” o‘quv fanini o‘qitishda inklyuziv
ta’lim shaklining metodlari, texnologiyalari va yo‘nalishlariga tayanish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Shu sababli bu borada o‘quv adabiyotlarini yaratish dolzarb bo‘lib
turibdi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil fikrlash, ijodkorlik va
ko‘nikmalilik kompetensiyalarini “Tarbiya” fani vositasida shakllantirish samarali
hisoblanadi. Bunda ko‘proq inklyuziv ta’lim vositalariga tayanish amaliy natija
beradi.
“Tarbiya” fani umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining ichida muhim o‘rin
tutadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda ta’limning turli shakllariga asoslanish taqozo
etiladi. Inklyuziv ta’lim mazkur fanni butun jamiyatning yosh avlodini qamrab olish
imkonini beradi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, mamlakatimizning inklyuziv
ta’lim bo‘yicha o‘qituvchilarining tajribalarini ommlashtirish taqozo etiladi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. Inklyuziv ta’lim xususiyatlari nimalardan iborat?
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda inklyuziv ta’lim asoslari deganda nimalarni
tushunasiz?
3. Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning ahamiyati nimalar
bilan belgilanadi?
Quyidagi kitobdan inklyuziv ta’lim asoslarini o‘rganing: Xasanboyev J. va
boshqalar. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – Toshkent, 2009
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning inklyuziv ta’lim shakli
Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati
cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi?
O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja
qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi,
2025-yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv
ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik
bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir
sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
"Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va
bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati
cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam
ta’minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta’mirlanmagan
maktabga borishi kerak emas", – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi
Oybek Isoqov.
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat
umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat
xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin
imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda
o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020-yil 13-
oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya
berish
tizimini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi
prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular
uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan
uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim
tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib
borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida
yetarli ma’lumotga ega emas;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan
bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari
tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;
pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish
metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari
kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning
kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq,
sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3
ming nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020-yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda
3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin
o‘quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025-yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-
bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning
maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni
xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini
takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va
Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida
inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar
O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit,
o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja
qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning
o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p
bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
Shunday o‘qituvchilardan bir guruhi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maxsus
maktab internatidan Kun.uz'ga o‘z mulohazalarini yuborishdi.
Oqmurod Otamurodov, informatika fani o‘qituvchisi:
«Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun
umumta’lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba’zi
muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor
bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy
ta’limda tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.
Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak.
Maktablarda o‘qituvchilar qo‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan.
Ular o‘qituvchini tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom
bolalar bilan bir maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la
olish ehtimoli kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan
ko‘ra ko‘proq kuch sarflashi kerak bo‘ladi. SHu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul
qila olishi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun
esa avvalo ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan
bolaga dars o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola
tilini tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin.
Shuning uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga
o‘rgatish lozim».
Baxtiyor Hojiboyev, maktab psixologi:
«Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi,
jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim.
Stadionda boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa,
boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan
bo‘lsa, bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi.
Masalan, qizimning ko‘rish qobiliyatida muammolari bor edi, umumta’lim
maktabida 2-sinfgacha o‘qidi. Lekin uning dars qilishga qiziqishi so‘nayotganini
ko‘rdim. Maktabdan ham hech o‘rtoqlari bilan qaytmasdi, faqat o‘zimiz borib olib
kelardik. U ruhan boshqa tengdoshlari bilan yaqin bo‘la olmadi. Shundan so‘ng
qizimni mana shu ixtisoslashtirilgan maktabga olib keldim. Hozir yaxshi o‘qiyapti.
Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga
o‘qituvchi alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi
bor bolalar haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan
kulmaslik kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal
kuchsizroq ekanini tushunishmaydi.
Aslida, kattalar ham shunday. Yaqinda ko‘chada ishdan bir necha ko‘zi ojizlar
qaytayotgan edik. Orqamizdan kelayotgan ayollar bir-birimizni yetaklab
kelayotganimizni ko‘rib, «Mast bo‘lishsa kerak», deyishdi ovoz chiqarib. Jamiyat
hali nogironligi bor odamlar haqida to‘la ma’lumotga ega emas».
Inklyuziv ta’lim uchun to‘siqlar
Dilmurod Yusupov, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti, Taraqqiyot
tadqiqotlari instituti doktoranti:
«Birinchi navbatda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirishning
normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish kerak. Yangi tahrirdan o‘tgan «Ta’lim
to‘g‘risidagi» qonunda tarixda birinchi marta inklyuziv ta’lim tushunchasi kiritilgan
edi. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi, deb yozilgan, lekin hanuzgacha bunday tartib
ishlab chiqilmagan va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasi
ko‘pincha majburiy tavsiya sifatida ko‘riladi. Misol uchun, ota-ona nogironligi
bo‘lgan bolasini umumta’lim maktabida o‘qitmoqchi yoki maxsus maktab-
internatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsa, tibbiy mutaxassislarning xulosasi bunga yo‘l
qo‘ymasligi mumkin. Ammo bunday tartib Bola huquqlari to‘g‘risidagi
konventsiyasiga zid, chunki barcha bolalar ta’lim turini tanlash huquqiga ega.