“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning noan’anaviy hamda masofaviy shakllari
Yuklangan vaqt
2024-10-19
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
110,2 KB
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning noan’anaviy hamda masofaviy shakllari.
Reja:
1. O‘qitishning noan’anaviy shakllari xususiyatlari. “Milliy tarbiya” fanini
o‘qitishda xorij tajribasidan foydalanish.
2. Milliy tarbiya fanini o‘qitishda individual uslublar.
3. Masofaviy ta’lim xususiyatlari. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitishda masofaviy
ta’limning o‘rni.
4. Masofaviy ta’lim vositasida “Milliy tarbiya” fanini o‘qitish samaradorligi.
O‘qitishning
noan’anaviy
shakllari
xususiyatlari.
Jamiyatning
rivojlanishida o‘qitishning noan’anaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etish jarayoni
kechmoqda. Noan’anaviy shakl deganda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar va
masofaviy ta’limning shakllari tushuniladi. Bunday ta’limning o‘ziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- o‘quv materiallarining erkin tanlanishi va ularning amaliyot bilan bog‘liqligi;
- ta’lim oluvchilarning erkin munosabatda bo‘lishi;
- ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarning faolligi;
- ta’lim va tarbiyada amaliy samaraga erishishning mavjudligi.
Shu sababli bugungi kunda o‘qitishning noan’anaviy shakllariga alohida e’tibor
berilmoqda. Misol uchun, ana shunday shakllardan biri auditoriyadan tashqari
mashg‘ulotlardir. Bunday mashg‘ulotlarning quyidagi turlari o‘qitish jarayonida
maqsadga erishish imkonini beradi:
- “Tarbiya” fani bo‘yicha maxsus kurslar, to‘garaklar va klublar tashkil qilish;
- muzeylar va sayohat maskanlarida tarbiya masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar
tashkil etish;
- jamiyatimizning eng mashhur kishilari bilan suhbatlar va uchrashuvlar tashkil
qilish;
- tarbiya
jarayonida
muvaffaqiyatga
erishayotganlarni
axborot-
kommunikatsion vositalari orqali namuna sifatida ko‘rsatib borish.
O‘qitishning bunday noa’anaviy shakllari ta’limning amaliy jihatini
kuchaytiradi.
Mazkur fanning noan’anaviy o‘qitish shakllaridan foydalanishda quyidagilarga
alohida e’tibor berish kerak:
- har bir mavzuni imkon qadar auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar vositasida
amaliy jihatdan mustahkamlash;
- mavzular bo‘yicha ta’lim oluvchilarning og‘zaki va yozma tashabbuslarini
hisobga olgan holda muntazam yangi ma’lumotlar bilan boyitib borish;
- mavzular bo‘yicha mutaxassislarning takliflari va ularning ishtirokidagi
mashg‘ulotlarni kengaytirib borish;
- mazkur fanning amaliy mashg‘ulotlarini noan’anaviy shakllarda o‘tkazish.
Bunday yondashuv “Tarbiya” fanini noan’anaviy shakllarda o‘qitish vositalari
hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, o‘qitishning noan’anaviy shakllari amaliyotga
yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida
mazkur fanni noan’anaviy o‘qitish shakllariga asosan ta’lim berish asoslari bo‘yicha
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yetarli darajada nazariy bilim va
ko‘nikma berish taqozo etiladi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, o‘qitishning
elektron-modulli tizimi sharoitida noan’anaviy mashg‘ulotlar shakllarini amaliy
mashg‘ulotlar vositasida tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman, amaliy
mashg‘ulotlarni noan’anaviy shaklda, ya’ni auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar
vositasida amalga oshirish samarali hisoblanadi. Shu jihatdan “Tarbiya” fanini
noan’anaviy shakllarga asosan talabalarga tushuntirish, ularning mazkur fan
bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish va tarbiya ishi jarayoniga tayyorlash amaliy
jihatdan kutilgan samarani beradi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda xorij tajribasidan foydalanish. “Tarbiya” fani
O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun mutlaqo yangi hodisa hisoblanadi. Shu sababli bu
fanni o‘qitishda xorij tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda
e’tiboringizga eng muhim xorij tajribalarini taqdim etamiz.
Buyuk Britaniyada tarbiya jarayoni psixologik qonuniyatlarga asoslanadi. Unda
tarbiyalanuvchilarda oliyjanoblik ko‘nikmasini shakllantirishga asosiy e’tibor
qaratiladi. Ayni paytda, ingliz tilining xalqaro tillardan biri ekanligidan foydalanib,
tarbiyalanuvchilar dunyoda kasbiy faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Germaniyada tarbiya jarayonida asosiy e’tibor ideal g‘oyalarga qaratiladi.
Bunda har bir yosh avlodda ideal g‘oya bo‘lishiga erishish uchun qisqa va aniq
tizimga ega tarbiya jarayoniga asoslaniladi. Shu sababli germaniyalik fuqarolar ko‘p
hollarda haqgo‘yligi bilan ajralib turadi.
Fransiya tarbiya jarayonida shaxsning estetik didini rivojlantirishga alohida
e’tibor beriladi. Bunda har bir frantsuz kishisi hamma narsadar estetik go‘zallik
izlash ruhi bilan voyaga yetkaziladi. Shu sababli Fransiyaning ta’lim tizimida
ma’rifatparvarlik g‘oyasi ustuvor hisoblanadi.
Italiya tarbiya jarayonida avlodlar bilan g‘ururlanish ruhi ustuvor qo‘yiladi.
Haqiqatan ham mazkur mamlakatdan yetishib chiqgan Suqrot, Aflotun, Aristotel va
Sitseronning insoniyat ta’limiga qilgan hizmati mashhurdir.
Saudiya Arabistonida tarbiya jarayonida shaxsning e’tiqodli bo‘lishiga alohida
e’tibor beriladi. Bunda shaxsda sog‘lom e’tiqod, diniy bag‘rikenglik va odamlarni
tushunuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan yosh avlod voyaga yetkaziladi.
Diqqat qilinsa, mazkur xorij tajribalaridan “Tarbiya” fanini o‘qitishda
foydalanish muqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda
amalga oshiriladigan “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida o‘qituvchi maqbul
hisoblagan xorij tajribasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Tarbiya bo‘yicha Yevropa va Osiyo xalqlari pedagogikasida umumiylik va
farqlilik jihatlari mavjud. Bunda insonni tarbiyalash, uni madaniylashtirish va
ijtimoiylashtirish jihatidan umumiylikka ega, ayni paytda, jismoniy, aqliy va axloqiy
jihatdan tarbiyalashda xorij tajribasida farqliliklar uchraydi. Misol uchun, AQSHda
asosan aqliy ko‘nikmalarni shakllarntirish va rivojlantirishga urg‘u beriladi, Osiyo
mamlakatlaridan islom diniga amal qiluvchi davlatlarda aqliy va axloqiy tarbiyaning
uyg‘unligiga asosiy e’tibor qaratiladi. Shu sababli “Tarbiya” fanini o‘qitishda xorij
tajribasidan foydalanish uchun quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
- aqliy, axloqiy, jismoniy, ruhiy va estetik tarbiyalarga doir muayyan
mamlakatning tajribasini o‘rganish hamda uning ilg‘or jihatlarini qabul qilish;
- xorij tajribasidan shaxsni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda
foydalanish;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasiga asosan xorijning
tarbiyaviy ishlar tajribasidan foydalanganda ijodiy yondashish;
- xorij mamlakatlarida o‘ziga xos tajribadan o‘tgan dinlararo bag‘rikenglik,
millatlaro totuvlik va elatlar hamda millatlarning qadriyatlarini hurmat qilish
ko‘nikmalarini qabul qilish;
- umuminsoniy
g‘oyalar
bo‘lgan
birodarlik
va
tinchliksevarlik
kompetensiyalarini shaxsda tarkib toptirishga e’tibor berish.
Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, “Tarbiya” fanimizning negizini ikki tamoyil
tashkil etadi: insonparvarlik va demokratlik. Bu tamoyillar mazkur fan vositasida
boshlang‘ich ta’limdayoq o‘quvchilar ongida singdirilishi va bunda xorijiy
mamlakatlarning tajribalarini hisobga olish zaruriyat hisoblanadi. Chunki dunyodagi
barcha xalqlar insonparvarlik va demokratlik qadriyatlarini birlamchi biladi hamda
tarbiya jarayonida ana shu tamoyillarni ustuvor darajada belgilaydi. Shu jihatdan
“Tarbiya” fani milliylik negizida umuminsoniylik tizimi g‘oyasiga asoslanadi. Bu
g‘oyani bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ko‘nikma sifatida qabul qilishi
kerak.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda individual uslublar. “Tarbiya” fanini o‘qitishda
individual uslublarning muhim o‘rni bor. Individual uslublar deganda mazkur fan
bo‘yicha o‘ziga xos usul, uslub va yondashuvlarga ega o‘qituvchilarning tajribasi
nazarda tutiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarini individual uslub bilan qurollantirish quyidagicha amalga
oshiriladi:
- o‘qitishning eng oson, maqbul va samarali uslublari bilan tanishtirish;
- pedagogik va malakaviy amaliyot jarayonida ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi
bilan tanishtirish;
- talabada mavjud bo‘lgan uslubni rivojlantirish;
- talabani o‘zi ustida ishlashga ko‘niktirish.
Bunday yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
individual uslubini shakllantirish imkoniyati mavjud.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda individual uslublarni o‘zlashtirish jarayoni
quyidagicha amalga oshiriladi:
- ilg‘or va tajribali o‘qituvchilarning o‘qitish uslublarini o‘rganib borish va
ularning mashg‘ulotlarida ishtirok etish;
- pedagogik adabiyotlar orqali mashhur o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganib
borish;
- malakaviy va pedagogik amaliyotlar davrida umumta’lim maktablari
o‘qituvchilarining mashg‘ulotlarida ishtirok etish;
- individual uslublar bo‘yicha izlanishlar olib borish.
- Bunday yondashuv bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘qitishning
individual uslublari bo‘yicha ko‘nikmani shakllantiradi.
- o‘qitishning individual uslubida mutaxassisning psixologik mahorati ham aks
etadi. Shu ma’noda har bir talaba o‘zining ruhiy tajribalari asosida individual uslub
bo‘yicha izlanishlar olib borishi kutilgan samarani beradi. Buning uchun
quyidagilarga amal qilish kerak:
- izlanish jarayonida ruhiy ko‘tarinkilikka amal qilish;
- o‘zi yoqtirgan individual uslubni o‘rganishga harakat qilish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik imkoniyatlari bo‘yicha
ma’lumotga ega bo‘lish;
- imkonqadar ijtimoiy psixologiya qoidalarini o‘rganish.
Bunday yondashuv o‘qitishning individual uslublarini o‘zlashtirishda qo‘l
keladi. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir mohir pedagog aynan individual izlanish
tufayli o‘zining o‘qitish uslubiga ega bo‘ladi. Pedagog olimlarning fikricha,
individual uslubga ega bo‘lish uchun 3 yil yetarli muddat hisoblanadi. Shu ma’noda
“Tarbiya” fanini o‘qitishda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining individual
uslubga ega bo‘lishidan jamiyat manfaatdor hisoblanadi.
O‘qitishning individual uslubi ta’lim va tarbiya jarayonida bir xillikni oldini
oladi hamda o‘qitish jarayonida turli xillikni tarkib toptiradi. O‘qitishning turli
uslublar, yondashuvlar va yo‘nalishlarga ega bo‘lishi ta’lim va tarbiyaning
samaradorligiga olib keladi. Shu sababli “Tarbiya” fanini o‘qitishda individual
uslublarning o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari individual uslublarni o‘zlashtirishi, bu
borada alohida izlanishlar olib borishi va Ustozlar maslahatidan oqilona foydalanishi
tavsiya etiladi.
Kuzatishlar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda o‘zining
individual uslubiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ko‘p. Ayni paytda, axborot-
kommunikatsion vositalar asosida ularning uslublarini targ‘ib qilish, pedagogik
turkumdagi o‘quv adabiyotlarida bunday o‘ziga xos uslublarni tahlilini berish va ana
shunday uslubga ega o‘qituvchilarning oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorligini
yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati
Chirchiq davlat pedagogika institutida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Chirchiq
shahri va viloyatning tumanlarida “O‘qish va matematik savodxonlik sinfi”,
“Pedagoglar sinfi”, “Kelajak o‘qituvchisi” kabi amaliy tizimlar tashkil etilgan.
Buning natijasida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning institut bilan hamkorligi talab
darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Natijada Toshkent viloyatining maktablarida faoliyat
ko‘rsatayotgan individual uslubiga ega o‘qituvchilarning tajribalarini targ‘ibot qilish
imkoniyatlariga ega bo‘linmoqda.
Shunday qilib, “Tarbiya” fanini o‘qitishda noan’anaviy shakllarning
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun oliy
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘qitishning
noan’anaviy shakllarini o‘zlashtirishi taqozo etiladi.
Masofaviy ta’lim xususiyatlari. Masofaviy ta’lim o‘qitishning o‘ziga xos
shakllaridan biri bo‘lib, unda ta’lim va tarbiya jarayoni virtual asosda amalga
oshiriladi. Pedagog olimlarning fikricha, masofaviy ta’limni quyidagilarga tayangan
holda amalga oshirish samarali hisoblanadi:
- televideniya orqali;
- radio orqali;
- kompyuter texnikasi vositasi orqali;
- ixtisoslashgan texnik jihozlar vositasida.
Masofaviy ta’limning bu vositalari murakkab sharoitlarda ham juda qo‘l keladi.
Misol uchun, COVID-19 pandemiya sharoitida mamlakatimiz ta’lim tizimida
televidenie orqali o‘qitish jarayoni tashkil etildi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
bunday ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qiziqish va hoxish bilan
ishtirok etdi. Ularning o‘zlashtirish darajasi ham qoniqarli bo‘ldi. Shu jihatdan
onlayn shakldagi masofaviy ta’lim kutilgan samarani beradi.
Masofaviy ta’limda quyidagilarga amal qilish birlamchi hisoblanadi:
- ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning faolligi;
- o‘quv materiallarining qulayligi va takomillashtirilib boruvchanligi;
- o‘qitishning
multimediya,
animatsiya
shakllaridan
foydalanishning
mavjudligi;
- matbuot vositalari orqali o‘quv materiallarini shakllantirish imkoniyatlarining
borligi;
- masofaviy ta’lim vositasida ta’lim va tarbiyani ommalashtirish.
Umuman, masofaviy ta’lim hozirgi zamon ta’lim va tarbiya jarayonining
zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu ta’lim shakliga dunyoning ko‘pchilik
mamlakatlari amal qilmoqda. Misol uchun, Birlashgan Millatlar Tashkilotining
tashabbusi bilan “Hayot davomida ta’lim olish” dasturi amalga kiritildi. Unga ko‘ra,
inson butun umri davomida ta’lim olishi mumkin va bu g‘oya O‘zbekiston
Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida ham aks etgan. Mazkur g‘oyani
amalga oshirishda masofaviy ta’lim asosiy o‘qitish shakli hisoblanadi. Shu jihatdan
“Tarbiya” fanini o‘qitishda ham masofaviy ta’limning muhim o‘rni bor. Masalan,
katta yoshli shaxsning tarbiyaga oid muammolari, savollari va murojaatlari aynan
masofaviy ta’lim vositasida hal etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining masofaviy ta’lim asoslarini chuqur
o‘zlashtirilishi taqozo etiladi.
Masofaviy ta’lim quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
1) masofaviy ta’lim o‘qishga ijobiy yondashuvni tarkib toptiradi;
2) pedagogik jarayoni maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yo‘nalish berishga
amal qilinadi;
3) metodologik, nazariy va uslubiy bilimlarni qulaylashtirilgan tarzda beriladi;
4) bilim faoliyatini mustaqil tashkil etishga amal qilinadi;
5) ta’limning turli axborotlarini topish va o‘zlashtirishga imkoniyat beriladi.
Shu sababli masofaviy ta’lim o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib
turadi. Mazkur ta’lim turining yagona kamchiligi shundaki, shaxsning
tarbiyalanganlik darajasini kuzatib bo‘lmaydi. Bunda faqat maxsus o‘rganishlar
vositasida shaxsning tarbiyalanganlik darajasini monitoring qilib borish imkoniyati
mavjud. Eng asosiysi, masofaviy ta’lim vositasida bilim berishni kuchaytirish bilan
shaxs tarbiyasida natijaga erishish mumkin.
Masofaviy ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi alohida tayyorgarlik ko‘rishi
lozim. Bunda o‘quv materiallarini tayyorlash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish
shakllarini ishlab chiqish va masofadan turib beriladigan ta’limning samaradorligiga
erishishga e’tibor berish muhim hisoblanadi. Buning natijasida ta’lim oluvchi
masofadan turib bilimlarni o‘zlashtiradi va o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqlarni bajarish bilan o‘zining bilim darajasini namoyon etadi.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalari rivojlanib borgan sari masofaviy
ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish amaliyotga kiritilmoqda. Shu sababli oldiy
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’limning bu
shakllarini kutilgan darajada o‘zlashtirilishi tavsiya etiladi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda masofaviy ta’limning o‘rni. “Tarbiya” fanini
o‘qitish jarayonida foydalaniladigan masofaviy ta’limning metodologik asoslarini
ishlab chiqish zaruriyat bo‘lib turibdi. Bunday metodologik asoslarning eng
muhimlari quyidagilardan iborat:
1)
masofaviy o‘qitishga kommunikativ yondashuv: bunda masofaviy ta’lim
jarayonida qatnashuvchilarning muloqotlari asosida o‘qitish jarayoni amalga
oshiriladi va o‘quv materiallari texnik vositalar asosida taqdim etiladi;
2)
masofaviy o‘qitishda nazoratni amalga oshirish: bunda masofaviy
ta’lim jarayonida ta’lim berishning o‘ziga xos shakllariga asoslaniladi va ta’lim
oluvchilarning o‘zlashtirish jarayoni virtual tarzda nazorat qilib boriladi;
3)
masofaviy o‘qitishning axborotli vazifasi: bunda masofaviy ta’lim
jarayonidagi o‘quv materiallari anketa, jadval, diagramma, gistogramma va
mulьtimediyalar shakllarda taqdim etiladi;
4)
masofaviy ta’limda o‘qitish vazifasi: bunda asosiy e’tibor o‘quv
fanining mavzularini modullar asosida o‘qitishga qaratiladi.
Bularning barchasi “Tarbiya” fanini masofaviy ta’lim vositasida o‘qitish
asoslarini tashkil etadi. Bu o‘rinda e’tiboringizni biz tomonimizdan ishlab chiqilgan
“Renessans” nomli kompyuterli texnologiyaga tortamiz.
HA
YO‘Q
O’qituvchi
O’quvchi
Кompyuter
O’quvchilarda pedagogik
konfliktlarning bartaraf
etilishini tekshirish
М1
М2
М3
М4
Maqsadga erishildi
Pedagogik
konfliktlar
bartafar
etildimi?
М5
М6
М7
Ma’lumotlar banki
Pedagogik konfliktlarni bartaraf
etish mezonlari
М8
М9
1-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida pedagogik konfliktlarni bartaraf
etishning “Renessans” kompyuterli texnologiyasi
Mazkur kompyuterli texnologiyadan masofaviy ta’limda foydalanish kutilgan
samarani beradi.
Masofaviy ta’lim vositasida “Tarbiya” fanini o‘qitish samaradorligi.
Hozirgi zamon ta’lim jarayonida “Tarbiya” fanini o‘qitishning samaradorligiga
erishish yo‘llari ishlab chiqilmoqda. Biz bu borada quyidagi yondashuvlarni taqdim
etamiz:
- umuta’lim maktablarida o‘qitiladigan “Tarbiya” fani mavzularini o‘zaro
bog‘liqlik va uzviylik tamoyillari asosida tuzish;
- mazkur fanning darsliklarini matniy chuqurlik va dizayn jihatidan estetika
talablariga mos ravishda tayyorlash;
- bu fanning boshqa fanlar vositasida amalga oshiriladigan tarbiya ishlarini
muvofiqlashtirib borish maqomiga erishish;
- “Tarbiya” fani o‘qituvchilarining bilimi va malakasini muntazam ravishda
oshirib borish;
- mazkur fan o‘qituvchilari va Sinf rahbarlarining tarbiyaga doir vazifalarini
maktab Nizomida aniq belgilab qo‘yish.
Bularning barchasi masofaviy ta’lim vositasida “Tarbiya” fanini o‘qitish
samaradorligiga olib keladi. Shu jihatdan o‘rta umumta’lim maktablarining
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonini virtual tarmoqlar orqali hamkorligini yo‘lga
qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati
Chirchiq davlat pedagogika institutida “Maktab-laboratoriya” tizimi yo‘lga
qo‘yilgan. Unda Toshkent viloyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga
oshirilayotgan o‘qitish jarayonining muammolari o‘rganib boriladi va buning
natijasida institutda “Pedagogik ta’lim iinovatsion klasteri” tuzilgan. Klaster
doirasidagi o‘rta umumta’lim maktablarining tajribasi targ‘ibot qilib borilmoqda.
“Tarbiya” fanini masofaviy ta’lim vositasida o‘qitishda quyidagilarga alohida
e’tibor berish lozim:
- ta’lim oluvchilarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzularni
o‘zlashtirishini virtual tarzda izchil nazorat qilib borish;
- fanning mashg‘ulotlarini to‘liq ko‘rgazmali virtual vositalar asosida o‘tkazish;
- tarbiyaga doir ilmiy-o‘quv ishlanmalarni taqdim etish;
- o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ota-onalar va jamoatchilik
vositasida o‘rganib borish;
- jamoatchilikning tarbiya ishida ishtirok etishiga erishish.
O‘qitishning masofaviy ta’lim vositasida ta’lim va tarbiya berish qulayliklarga
ega bo‘lib, unda ta’lim beruvchilar hamda ta’lim oluvchilar faol ishtirok etadi. Ayni
paytda, “Tarbiya” fanini masofaviy ta’lim asosida o‘qitishning metodologiyasini
ishlab chiqish taqozo etiladi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda quyidagi
hujjatlarga asoslanish shart:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi;
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar-2030” strategiyasi;
- “Tarbiya” fani uchun umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari;
- “Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablari;
- tarbiya bo‘yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning hulosalari.
Bunday yondashuv asosida “Tarbiya” fanini masofaviy ta’lim vositasida
o‘qitishning metodologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda masofaviy ta’limning bunday imkoniyatlaridan
foydalanish kutilgan samarani beradi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari masofaviy ta’limning turli shakllarini
o‘zlashtirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. O‘qitishning noan’anaviy shakllari xususiyatlari deganda nimalarni
tushunasiz?
2. “Tarbiya” fanini o‘qitishda qaysi xorij tajribalarini bilasiz?
3. Tarbiya fanini o‘qitishda individual uslublar qanday xususiyatlarga ega
bo‘ladi.
4. “Mening uslubim” mavzusida insho yozing.
5. Masofaviy ta’lim xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
6. “Tarbiya” fanini o‘qitishda masofaviy ta’limning o‘rni qanday?
7. Masofaviy ta’lim vositasida “Tarbiya” fanini o‘qitish samaradorligining
asolarini nimalar tashkil etadi?
8. Yuqorida taqdim etilgan masofaviy ta’limning kompyuterli texnologiyasini
o‘zlashtiring.
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning noan’anaviy hamda masofaviy shakllari
Hozirgi zamon O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limida o‘qitishning bir necha
shakllari amal qilmoqda. Shu jihatdan ushbu mavzuni o‘zlashtirishda o‘qitishning
noan’anaviy shakli asoslari, vositalari va usullarini o‘zlashtirishga e’tibor qaratish
tavsiya etiladi.
O‘qitishning noan’anaviy shakllari deganda darsdan tashqari mashg‘ulotlar,
shuningdek, masofadan turib amalga oshiriladigan virtual mashg‘ulotlar
tushuniladi. Bunda noan’anaviylik tushunchasi mavzularni tushuntirishda, ularni
o‘zlashtirishda va o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘rganilishida qat’iy qoidalarga
asoslanmagan mashg‘ulot ma’nosina anglatadi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishning noana’anaviy shakllarini o‘zlashtirishda
quyidagilarga e’tibor berish kutilgan samarani beradi:
- o‘qitishning noan’anaviy shaklida ko‘proq o‘quvchilar faolligiga tayaniladi;
- mashg‘ulotlar erkin va ixtiyoriy yondashuvlar asosida tashkil etiladi;
- mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligiga va tashabbuskorligiga alohida
e’tibor qaratiladi;
- ushbu fanni o‘qitishning noana’aviy shakli o‘qituvchi tomonidan kashf
etiladi va amalga oshiriladi.
O‘qitishning noana’aviy shakli quyidagilarni o‘zlashtirishga e’tibor berish
bilan ahamiyatga ega:
- tajribali o‘qituvchilarning individual o‘qitish uslublarini o‘rganib borish;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etish va amalga oshirish;
- o‘qituvchining o‘z tajribasiga tayanishi;
- o‘quv-texnik jihozlar va vositalardan oqilona foydalanish.
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitishning noana’aviy shakllari
murakkab sharoitlarda qo‘l keladi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitishning noan’anaviy shakllari
asoslari, usullari va vositalarini chuqur o‘zlashtirishi kerak.
O‘qitishning noan’anaviy shakli asoslarini konspekt qiling va o‘zlashtiring.
1-Topshiriq:
O‘qitishning
noan’anaviy
shakllari
afzalliklari
va
kamchiliklarini 1-jadvalda keltiring:
1-jadval
Afzalliklari:
Kamchiliklari:
2-Topshiriq: “Tarbiya” fanini o‘qitishda xorij tajribalarini milliy o‘qitish
tizimi bilan toifalang.
3-Topshiriq: “Venn diagrammasi”dan foydalanib o‘qitishning an’anaviy
va noan’anaviy shakllarining o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib bering
“Milliy tarbiya” fanini o‘qitishning noan’anaviy hamda masofaviy shakllari
O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limi jarayonida o‘qitishning yangi shakli
metodikasini rivojlantirib borish jarayoni kechmoqda. Shu sababli boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning masofaviy ta’lim shakli metodikasini
o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
- masofaviy ta’lim deganda kompyuter kabi texnik vositalar asosida virtual
tarzda amalga oshiriladigan o‘qitish jarayoni nazarda tutiladi;
- masofaviy ta’limda har bir mavzuning o‘quv materiallari bir necha variantda
o‘qituvchi tomonidan maxsus tayyorlanadi va kompyuter dasturiga kiritiladi;
- masofaviy ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchilar teng faol ishtirok etadi;
- masofaviy ta’limda mavzu materiallarining qiziqarli, qisqa va aniq bo‘lishi
shart;
- o‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayoni nazorat qilib boriladi va boshqariladi.
Farqli tomoni
Farqli tomomi
Umumiy (o‘xshash) tomoni