MILLIY TARBIYA KONSEPSIYASI

Yuklangan vaqt

2024-10-27

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

21,9 KB


 
 
 
 
 
 
MILLIY TARBIYA KONSEPSIYASI 
 
 
1.“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni. 
2. Konsepsiya tushunchasining mazmuni. 
3. Milliy tarbiya konsepsiyasi. 
4.Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati. 
 
 
 Tayanch so’zlar: Ta’lim to’g’risidagi qonun, Konsepsiya, Uzluksiz milliy 
tarbiya konsepsiyasi, tarbiya. 
 
 
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz 
mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi 
asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik 
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali 
kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi 
prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning 
yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va 
ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi 
asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya 
masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. Tarbiya tushunchasi 
millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, 
har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani 
izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa 
boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor 
MILLIY TARBIYA KONSEPSIYASI 1.“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni. 2. Konsepsiya tushunchasining mazmuni. 3. Milliy tarbiya konsepsiyasi. 4.Tarbiya konsepsiyasining tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati. Tayanch so’zlar: Ta’lim to’g’risidagi qonun, Konsepsiya, Uzluksiz milliy tarbiya konsepsiyasi, tarbiya. 1. Tarbiyaviy ishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati. Respublikamiz mustaqillikka erishgach ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun , “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishi ta’limni tubdan halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov o’zining bir qancha nutq va risolalarida istiqbolga erishishning yo’llari, tamoyillarini aniq va ravshan ko’rsatib bergan. Ayniqsa, “Istiqlol va ma’naviyat”, “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida”, “ Barkamol avlod orzusi ” kabi asarlarida jamiyatning ma’naviy jihatdan yangilanishi va rivojlanishi, tarbiya masalalari, ijtimoiy tarbiyaning aosiy negizlari bayon etilgan. Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo’lib, har xil tarzda izohlanib kelindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog’lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e’tibor  
 
qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning 
uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli 
sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya 
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. 
Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish 
jarayonidir.  
Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning 
asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot 
– yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu so’zlaridan 
ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. 
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va 
xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, 
ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda 
yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning 
jarayonlaridir. 
-arbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib 
yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. 
Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir 
balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham 
mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin. 
- Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, 
ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari 
asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat 
qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan 
shug’ullanadigan 
tarbiyaviy 
ishlar 
metodikasi 
fani 
falsafa 
fani 
bilan 
bog’liqdir.SHuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga olgan 
pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti  
Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida maʼnaviy tanazzulning asosiy omillari 
bo‘yicha qator izlanishlar olib bormoqda. Lekin bularning ichida eʼtiborsizdek 
tuyiladigan, biroq oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, yaʼni oilada 
farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik illati millatning maʼnaviy tannazulining asosi, desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. 
qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog’liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o’rganilmoqda. Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Tarixdan ko’pgina allomalarimiz tarbiyaga katta ahamiyat berib jamiyatning asosiy vazifalaridan deb bilishgan . ‘’Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir’’ A.Avloniyning ushbu so’zlaridan ham tarbiya naqadar muhum ijtimoiy jarayon ekanligini bilib olishimiz mumkin. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat bo’lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo’lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. -arbiya katta avlod tomonidan yosh avlodga berilaigan hayotiy tajriba bo’lib yosh avlodning ijtimoiy hayotga moslashishi uchun muhum ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib ‘’Agar katta avlod yo’qolib ketganida insoniyat yo’qolib ketmasdir balki lekin jamiyat rivojlanishi ancha sekinlashardi balki umuman yo’qolib ketishi ham mumkin’’ degan so’zlarni keltirishimiz mumkin. - Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa fani bilan bog’liqdir.SHuning dek bolalarga to’g’ri tarbiya berish sirlarini o’z chiga olgan pedagogika fani va bolalar ruxiy holati, diqqati, ong taraqqiyoti Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida maʼnaviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib bormoqda. Lekin bularning ichida eʼtiborsizdek tuyiladigan, biroq oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir omil, yaʼni oilada farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik illati millatning maʼnaviy tannazulining asosi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  
 
Oilada 
farzand 
tarbiyasiga 
eʼtiborsizlik 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish 
va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarorida ichki 
tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib 
borish vazifasi qo‘yildi. 
Yuqoridagi masalani nechog‘lik xavotirli va dolzarbligi to‘g‘risidagi 
mulohazalarni asoslashda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan 
bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil 
qilish, baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga 
taʼsirini o‘rganish va zarur maqsadli va manzilli tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan 
“Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish 
metodikasi” hamda “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” asosida joylarda 
o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin. Jumladan, mazkur 
tashxis ishlarida aholi orasida Ota-onalarning farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun 
nima xalaqit berayapti deb o‘ylaysiz? deb berilgan savolga Navoiy (60%), Jizzax 
(57,4%), Sirdaryo (57%), Samarqand (53%), Buxoro (44%) viloyati hamda Toshkent 
shahrida (50%) “ota-onalar tarbiya metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi oilaning 
masʼuliyatini anglamasligi” deb javob berishgan, bu ko‘rsatkichlar ota-onalarning 
farzand tarbiyasiga eʼtibor borasida masalani jiddiy o‘ylab ko‘rishlarini taqazo qiladi.  
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust 
kuni bo‘lib o‘tgan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va 
jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga 
bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida taʼlim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z 
bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida 
to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, 
hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga 
aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib 
bo‘lmaydi”, - deya alohida taʼkidladi.  
Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida 
amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq-
yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari 
Oilada farzand tarbiyasiga eʼtiborsizlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi qo‘yildi. Yuqoridagi masalani nechog‘lik xavotirli va dolzarbligi to‘g‘risidagi mulohazalarni asoslashda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga taʼsirini o‘rganish va zarur maqsadli va manzilli tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasi” hamda “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” asosida joylarda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin. Jumladan, mazkur tashxis ishlarida aholi orasida Ota-onalarning farzandiga yaxshi tarbiya berishi uchun nima xalaqit berayapti deb o‘ylaysiz? deb berilgan savolga Navoiy (60%), Jizzax (57,4%), Sirdaryo (57%), Samarqand (53%), Buxoro (44%) viloyati hamda Toshkent shahrida (50%) “ota-onalar tarbiya metodlarini bilmaydi va tarbiyadagi oilaning masʼuliyatini anglamasligi” deb javob berishgan, bu ko‘rsatkichlar ota-onalarning farzand tarbiyasiga eʼtibor borasida masalani jiddiy o‘ylab ko‘rishlarini taqazo qiladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida taʼlim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z bordi. Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “Maktab - bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Bu masalani davlat, hukumat va hokimlarning o‘zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak. Maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi”, - deya alohida taʼkidladi. Darhaqiqat, uzoq yillar davomida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, uzuq- yuluq jarayon bo‘lib kelganligi sir emas. Tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar asoratlari  
 
kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng 
muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.  
Shunday bir vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-
maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi 2019-yil 3- maydagi PQ 4307-sonli qarori ijrosini taʼminlash, 
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-
dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga 
oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorining chiqishi bu millat kelajagi, 
millat maʼnaviy taraqqiyoti uchun bir o‘ziga hos tarixiy voqelik bo‘ldi. Mazkur 
konsepsiya 8 ta bob va maʼnaviy tarbiyaning uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan 61 
ta maqsadli va manzilli tadbirlar rejasidan iborat bo‘lib, uning amalga oshirilishi 4 
bosqichdan iborat bo‘ladi. 
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasining asosi milliy tarbiyamiz, Unsur Ul 
Maoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Аbu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Аlisher 
Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Аbu Nasr Farobiy, Аbdulla Аvloniy, Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Аbdurauf Fitrat kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning maʼnaviy-ilmiy merosiga 
asoslangan. Аyni vaqtda dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasida sinovdan o‘tgan 
zamonaviy tarbiya texnologiyalaridan foydalanish Konsepsiyaning zamon bilan 
hamnafasligiga xizmat qiladi. 
“Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat 
masalasidur”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk darg‘asi Аbdulla Аvloniy. 
Konsepsiya ana shu hikmatga hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy 
yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy 
immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, 
innovatsion 
fikrlash, 
mehnatsevarlik 
bolalikdan 
boshlab 
bosqichma-bosqich 
rivojlantirib boriladi. Voyaga yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu 
fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham 
baxtli, farovon qiladi.  
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasi o‘zida dunyo pedagogik tajribasi va 
yutuqlarini mujassam etganligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining 
tarbiyaviy tavsiyalari, АQSh tajribasidan shaxs erkinligi, tadbirkorlik, muvaffaqiyatga 
erishishga intilish, Janubiy Koreyada yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallarni 
kundalik hayotda, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatchilikning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shunday bir vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019-yil 3- maydagi PQ 4307-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31- dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorining chiqishi bu millat kelajagi, millat maʼnaviy taraqqiyoti uchun bir o‘ziga hos tarixiy voqelik bo‘ldi. Mazkur konsepsiya 8 ta bob va maʼnaviy tarbiyaning uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan 61 ta maqsadli va manzilli tadbirlar rejasidan iborat bo‘lib, uning amalga oshirilishi 4 bosqichdan iborat bo‘ladi. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasining asosi milliy tarbiyamiz, Unsur Ul Maoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Аbu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Аlisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Аbu Nasr Farobiy, Аbdulla Аvloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Аbdurauf Fitrat kabi ulug‘ mutafakkirlarimizning maʼnaviy-ilmiy merosiga asoslangan. Аyni vaqtda dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasida sinovdan o‘tgan zamonaviy tarbiya texnologiyalaridan foydalanish Konsepsiyaning zamon bilan hamnafasligiga xizmat qiladi. “Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur”, degan edi milliy pedagogikamizning buyuk darg‘asi Аbdulla Аvloniy. Konsepsiya ana shu hikmatga hamohang bo‘lib, unda farzandlarimizda milliy yuksalishimiz uchun eng zarur fazilatlar: Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Voyaga yetgan o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayotga ana shu fazilatlari bilan kirib boradilar. Bu fazilatlari ularning o‘zlarini ham, xalqimizni ham baxtli, farovon qiladi. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasi o‘zida dunyo pedagogik tajribasi va yutuqlarini mujassam etganligi alohida taʼkidlandi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining tarbiyaviy tavsiyalari, АQSh tajribasidan shaxs erkinligi, tadbirkorlik, muvaffaqiyatga erishishga intilish, Janubiy Koreyada yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallarni  
 
singdirish, Yaponiyaning “xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim”, Xitoyning 
yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlarni tarbiyalashga 
qaratilgan pedagogik tajribalari o‘rganilgan.  
Konsepsiyada O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-
texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar, 
fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila, 
maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari, 
mahallalarning ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tariladi.  
Konsepsiya oldiga qo‘yilgan vazifalar: 
maʼnaviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini 
ishlab chiqish; 
tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanadigan, tadrijiylik va uzluksizlik 
tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; 
uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or 
yutuqlaridan samarali foydalanish; 
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini 
muntazam oshirib borish; 
oila, taʼlim muassasalari va mahalla, shuningdek, ommaviy axborot vositalari 
va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga 
qo‘yish; 
maʼnaviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga 
asoslanishdan iborat.  
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” Konsepsiyasi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: 
birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr: 1-davr – homila davri,  
2-davr – (bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr); 
ikkinchi bosqich – maktabgacha taʼlim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;  
uchinchi bosqich – umumiy o‘rta taʼlim tizimida (ikki davr: 1-davr –  
7 (6)-10 yosh boshlang‘ich sinf, 2-davr – 11-17 yosh o‘rta va yuqori sinflar); 
to‘rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band 
bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari 
tizimida (ikki davr: 1-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim bilan qamrab 
singdirish, Yaponiyaning “xarakterni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim”, Xitoyning yaxshilik, to‘g‘rilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan pedagogik tajribalari o‘rganilgan. Konsepsiyada O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy- texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar va uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetentsiyalar, fazilatlar asosida shakllantirish ishiga katta ahamiyat berilgan. Buning uchun oila, maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tariladi. Konsepsiya oldiga qo‘yilgan vazifalar: maʼnaviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; uzluksiz tarbiya tizimida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish; tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish; oila, taʼlim muassasalari va mahalla, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish; maʼnaviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishdan iborat. “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” Konsepsiyasi to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich – oilalarda (ikki davr: 1-davr – homila davri, 2-davr – (bola tug‘ilganidan 3 yoshgacha bo‘lgan davr); ikkinchi bosqich – maktabgacha taʼlim 3-6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr; uchinchi bosqich – umumiy o‘rta taʼlim tizimida (ikki davr: 1-davr – 7 (6)-10 yosh boshlang‘ich sinf, 2-davr – 11-17 yosh o‘rta va yuqori sinflar); to‘rtinchi bosqich – ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalari tizimida (ikki davr: 1-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy taʼlim bilan qamrab  
 
olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan 
yoshlar – 17-30 yosh, 2-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalarining 
o‘quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh). 
Konsepsiya ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar:  
- Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida Uzluksiz maʼnaviy 
tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Maʼnaviy 
tarbiya” respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish. 
- “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va 
o‘smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini 
yaratish. 
- Davlat taʼlim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda 
yoshiga mos tayanch maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, kompetentsiyalarni shakllantirish.  
- I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish. 
- Umumtaʼlim muassasalarining “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, 
qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish 
hamda amalga oshirish.  
- Аjdodlarimizning boy maʼnaviy merosini axloqiy fazilatlar majmui bo‘lgan 
milliy tarbiya anʼanalari, vositalari, shakllarini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz 
hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. To‘plangan tarbiyaviy 
meros asosida kitob va qo‘llanmalar, ko‘p jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni 
yaratish hamda chop etish. 
- Jamiyatda milliy tarbiya anʼanalari, qadriyatlarini tiklashga qaratilgan 
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish; 
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal 
etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish; 
- yoshlarda turli maʼnaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni 
shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta 
Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha vazifalar 
belgilab qo‘yilgan.  
Konsepsiyada bunga tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, tayanch 
fazilatlarni kafolatli loyihalashtirish va o‘rgatishda oila, maktabgacha taʼlim 
muassasasi hamda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini 
olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar – 17-30 yosh, 2-davr – o‘rta maxsus kasb-hunar, oliy taʼlim muassasalarining o‘quvchi-talabalari 15-22 (24) yosh). Konsepsiya ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar: - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi “Maʼnaviy tarbiya” respublika jamoatchilik kengashini tashkil etish. - “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” ruknida ota-onalar, pedagoglar, bolalar va o‘smirlar uchun darsliklar, adabiyotlar, mediamahsulotlar, ilmiy-metodik majmuasini yaratish. - Davlat taʼlim standartlari, o‘quv dasturlari va rejalari asosida o‘quvchilarda yoshiga mos tayanch maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, kompetentsiyalarni shakllantirish. - I-XI sinflar uchun “Tarbiya” fanini joriy qilish. - Umumtaʼlim muassasalarining “Tarbiya” fani o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish hamda amalga oshirish. - Аjdodlarimizning boy maʼnaviy merosini axloqiy fazilatlar majmui bo‘lgan milliy tarbiya anʼanalari, vositalari, shakllarini o‘rganish maqsadida mamlakatimiz hududlariga etnopedagogik ekspeditsiyalarni tashkil etish. To‘plangan tarbiyaviy meros asosida kitob va qo‘llanmalar, ko‘p jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish hamda chop etish. - Jamiyatda milliy tarbiya anʼanalari, qadriyatlarini tiklashga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish; - yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o‘rgatish; - yoshlarda turli maʼnaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish va shu kabi 61 ta Respublika va xalqaro miqyosidagi tadbirlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab qo‘yilgan. Konsepsiyada bunga tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, tayanch fazilatlarni kafolatli loyihalashtirish va o‘rgatishda oila, maktabgacha taʼlim muassasasi hamda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini  
 
to‘liq ishlatish va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish 
masalasi rejalashtirilgan. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasida tarbiya bolalar 
taʼlimdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi 
darajali ishga aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi 
hamda jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha taʼlim, maktab 
pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon 
talablariga javob bermayotganligi qayd qilinib o‘tiladi. Buning oqibatida yo‘l qo‘yilgan 
xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etayotganligi, ota-onalar, 
maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari bolalarga 
Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar nazariy maʼlumotlarga 
aylanib, bolalarning odatlariga aylanmayotganligi, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga 
erishmayotganligi natijasida yoshlarning Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik, 
mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari orasida tafovut namoyon 
bo‘layotganligi qayd qilinadi. 
Konsepsiyada tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmasligi, 
noto‘g‘ri tarbiyaning asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili tufayli 
yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan. 
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasidan 
tarbiyaning tizimli va uzviyligini taʼminlashda quyidagicha natijalar kutilmoqda: 
- konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz maʼnaviy tarbiya jarayonining tizimli 
tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida 
takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy 
immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, 
innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetentsiyalar bilan mustaqil 
hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.  
- oilalar, taʼlim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va 
qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning maʼnaviy kamol topishi uchun 
zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi.  
- jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korruptsiya, firibgarlik, 
ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, 
mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik, 
begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida masʼuliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar 
to‘liq ishlatish va ular orasida ilmiy-metodik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish masalasi rejalashtirilgan. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasida tarbiya bolalar taʼlimdan bo‘sh vaqtida amalga oshiriladigan qo‘shimcha yuklamaga – ikkinchi darajali ishga aylanib, buning oqibatida tarbiya uzuq-yuluq jarayon bo‘lib kelganligi hamda jamiyatning pedagogik madaniyati pasayib, maktabgacha taʼlim, maktab pedagoglari, ota-onalarning tarbiyaga oid pedagogik-psixologik bilimlari zamon talablariga javob bermayotganligi qayd qilinib o‘tiladi. Buning oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolardan eng ko‘p tarqalgani – og‘zaki tarbiya davom etayotganligi, ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, maktab o‘qituvchilari bolalarga Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik va boshqa fazilatlar nazariy maʼlumotlarga aylanib, bolalarning odatlariga aylanmayotganligi, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amalga erishmayotganligi natijasida yoshlarning Vatanga sadoqat, masʼuliyat, tadbirkorlik, mehr-oqibat haqida so‘zlari bilan yoshiga mos amallari orasida tafovut namoyon bo‘layotganligi qayd qilinadi. Konsepsiyada tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xatolar birdaniga ko‘rinmasligi, noto‘g‘ri tarbiyaning asoratlari oradan ko‘p yillar o‘tgach, jamiyatda inson omili tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarda ko‘rinishi mumkinligi qayd qilib o‘tilgan. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasidan tarbiyaning tizimli va uzviyligini taʼminlashda quyidagicha natijalar kutilmoqda: - konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz maʼnaviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetentsiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. - oilalar, taʼlim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning maʼnaviy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi. - jamiyatda jinoyatchilik, ekstremizm, terrorizm, korruptsiya, firibgarlik, ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘onchilik, egotsentrizm, axloqiy buzuqlik, oilaviy ajrimlar, mehr-oqibatning kamayishi, “ommaviy madaniyat”ga ko‘r-ko‘rona taqlid, loqaydlik, begonalashuv, o‘zibo‘larchilik, farzand tarbiyasida masʼuliyatsizlik, oilaviy qadriyatlar  
 
inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo‘lmagan 
yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat 
dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega bo‘ladi.  
- oila, taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota-
onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni 
o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan-
avlodga bezavol o‘tib borishi taʼminlanadi. 
- konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda maʼnaviy-axloqiy muhitning 
sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi.  
Farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga 
muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa maʼnaviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, 
yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida esa maʼnaviy 
tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli 
bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni maʼnan, ruhan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, 
tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan 
qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir.  
Nazorat savollari. 
1.Ta’lim to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan? 
2.Ta’lim to’g’risidagi qonunning yangi tahririda qaysi moddalarga ozgartirisglar 
kiritilgan? 
3.Konsepsiya o’z oldiga qayday maqsad qo’ygan? 
4.Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” Konsepsiyasi necha bosqichda amalga oshiriladi? 
 
inqirozi, el-yurt taqdiriga befarqlik kabi illatlar keskin kamayadi. Band bo‘lmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishga, kelajakka bo‘lgan ishonchi oshadi. Mamlakat dunyoda raqobatbardosh, boy inson kapitaliga ega bo‘ladi. - oila, taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, ota- onalarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz to‘g‘risida bilimlar shakllanadi, ularni o‘rganish, saqlash, targ‘ib qilish, o‘rgatish orqali milliy fazilatlarning avloddan- avlodga bezavol o‘tib borishi taʼminlanadi. - konsepsiyaning amalga oshirilishi jamiyatda maʼnaviy-axloqiy muhitning sog‘lom va barqaror bo‘lishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa maʼnaviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida esa maʼnaviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni maʼnan, ruhan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir. Nazorat savollari. 1.Ta’lim to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan? 2.Ta’lim to’g’risidagi qonunning yangi tahririda qaysi moddalarga ozgartirisglar kiritilgan? 3.Konsepsiya o’z oldiga qayday maqsad qo’ygan? 4.Uzluksiz maʼnaviy tarbiya” Konsepsiyasi necha bosqichda amalga oshiriladi?