Milliy tarbiyaning asosiy tamoyillari. Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitish
Yuklangan vaqt
2024-10-19
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
54,7 KB
Milliy tarbiyaning asosiy tamoyillari. Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini
o‘qitish.
Reja:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar.
2. Maktab o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik va ijtimoiy tamoyillar.
3. Maktab o‘quvchilari tarbiyasi metodlari. Didaktikaning asosiy tamoyillari.
4. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitish metodlari va texnologiyalari.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalash jarayoni o‘ziga xos tamoyillarga
asoslanadi. Bunda asosiy e’tibor boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy, yosh,
aqliy va ruhiy imkoniyatlariga qaratilishi kerak. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari tarbiyasida quyidagi pedagogik tamoyillarga asoslanish zarurat
hisoblanadi:
- bola shaxsini hurmat qilish;
- bolaning imkoniyatlarini hisobga olish;
- bolani yo‘naltirish;
- bolani ko‘niktirish.
Bu pedagogik tamoyillar o‘quvchilarning shaxsida mavjud bo‘lgan tug‘ma
his-tuyg‘ularni rivojlantirish bilan amalga oshiriladi.
Mazkur o‘rinda ushbu ko‘nikmalarning quyidagi mazmuniga e’tibor bering:
a) bola shaxsini hurmat qilish: bolaga xos xarakterni, qiliqlarni va intilishlarni
tabiiy qabul qilish;
b) bolaning imkoniyatlarini hisobga olish: bunda bolaning jismoniy, aqliy,
ruhiy va sensor xususiyatlarini bilish;
v) bolani yo‘naltirish: bolani fazilatlar, hislatlar va bilish jarayoni sari
yo‘naltirish;
g) bolani ko‘niktirish: bolani tarbiya olish, bilimni egallash va o‘zgalar bilan
ijtimoiy munosabatga kirishishga yo‘naltirish.
Bunday yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida amalga
oshiriladigan va suyaniladigan pedagogik tamoyillar o‘zlashtiriladi. Shu sababli
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ana shularni o‘zlashtirish tavsiya etiladi.
Mamlakatimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik
tamoyillarga asoslanish bo‘yicha o‘ziga xos tajribalar mavjud. Bu tajribalarning
negizini ilg‘or va fidoiy boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining faoliyati tashkil etadi.
Ta’lim tizimining barcha bosqichlariga nisbatan boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchilar
pedagogik tamoyillarga qat’iy amal qilishi bilan ajralib turadi. Shu sababli oliy
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagogik
tamoyillarni ko‘nikma va malaka sifatida o‘zlashtirishi shart. Buning uchun
Ustozlardan tushunmaganlarini va bilmaganlarini so‘rash, pedagogik va malakaviy
amaliyot davrlarida faol bo‘lish kerak. Pedagogik tamoyillarni o‘zlashtirish
jarayonida amaliyotda o‘rganganlarini sinab ko‘rish muhim o‘rin tutadi. Hozirgi
zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga
asoslanish muhim ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik va ijtimoiy
tamoyillar. Mamlakatimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashning
nazariyasi va metodikasi takomillashib bormoqda. Bunda milliy pedagogik tajriba
va halqaro ta’lim dasturlari talablariga asoslanish asosiy yo‘nalish hisoblanadi. Shu
jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik tamoyillarga
amal qilish samarali bo‘lishini ta’kidlash joiz.
Jahon Pedagogikasi fanida quyidagi psixofiziologik tamoyillar alohida
ta’kidlanadi:
1) o‘quvchilarning jinsini hisobga olish (o‘g‘il va qiz bolalarga xos bo‘lgan
fazilatlarni shakllantirish);
2) o‘quvchilarning jismoniy, aqliy va ruhiy uyg‘un rivojlanishini amalga
oshirish;
3) o‘quvchilarning tug‘ma layoqatlarini rivojlantirish;
4) o‘quvchilarning bilim olish va tarbiyalanish masalalari bo‘yicha estetik
didini shakllantirish.
Bularning barchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik
tamoyillarga asoslanish samarali ekanligini ko‘rsatadi. YUNESKO tomonidan
e’tirof etilgan “Pedagogika” darsligida (Sankt Peterburg, 2001) o‘quvchilarning
psixofiziologik
tamoyillarga
asosan
tarbiyalanishi
ularning
shaxsida
umummadaniylikni tarkib topishi tahlil qilib berilgan. Unga ko‘ra, psixofiziologik
tamoyillarga asoslangan tarbiya jarayoni natijasida o‘quvchi shaxsi madaniylashib
boradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik tamoyillar negizini
ularning shaxsida umummadaniylik ko‘nikmasini tartib toptirish tashkil etadi.
Hozirgi zamon pedagogik kontseptsiyaga ko‘ra, umummadaniylik ko‘nikmasining
asoslari quyidagilardan iborat:
- shaxs o‘z jamiyatidagi turli qadriyatlar va madaniy muhitlarga moslashtirilishi
lozim;
- shaxs madaniyatlararo muloqot ko‘nikmasini egallashi kerak;
- shaxs o‘zga xalqlarning urf-odatlari va turmush tarziga oid xususiyatlarni
hurmat qilish ruhida voyaga yetishi darkor.
Shu jihatdan mamlakatimizning boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning jinsi,
yoshi va anatomik imkoniyatlaridan qat’iy nazar ular ana shunday tamoyillar asosida
psixofiziologik jihatdan tarbiyalanishi lozim. Buning natijasida o‘quvchilarning
ongi, axloqi va jismida o‘ziga xos xususiyatlar, hislatlar hamda fazilatlar tarkib
topadi. Bu hol boshlang‘ich sinf bitiruvchilarini keyingi ta’lim bosqichlariga
tayyorlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Pedagog olimlarning umumiy fikricha, hozirgi zamon tarbiya jarayonida
psixofiziologik tamoyillarga asoslanish o‘quvchilarning biologik, fiziologik va
ijtimoiy shakllanishini tartibli asosda amalga oshiradi. Shu sababli keyingi besh yil
davomida
jahon
ta’lim-tarbiya
jarayonida
psixofiziologik
tamoyillarning
ustuvorligiga
ahamiyat
berilmoqda.
Bu
masalada
bizning
pedagogik
manbalarimizda ham tavsiyalar mavjud. Misol uchun, Ibn Sinoning “Donishnoma”
asarida bolalarni beshikdan boshlab to 12 yoshgacha psixofiziologik tamoyillar
asosida oila va ta’lim muassasasida tarbiyalash metodikasi ishlab chiqilgan. Oliy
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mazkur asar
bilan tanishishi taqozo etiladi.
Hozirgi zamon globallashuv sharoiti insonning ijtimoiylashuvini, ya’ni
jamoatchilik ichida yashash va faoliyat ko‘rsatishini ustuvor darajada belgilaydi.
Chunki insoniyat oldida turgan ijtimoiy muammolarni faqat ijtimoiy faol shaxslar
hal etishi ma’lum. Fransuz adibi Alber Kamyuning “Begona” asarida insoniyatning
birlashuvi o‘quvchilik davridan boshlanishi asoslab berilgan. Shu sababli bugungi
kunda butun dunyo ta’lim tizimida tarbiya jarayonida shaxsni ijtimoiylashuvi asosiy
masala sifatida olingan.
Bularning barchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida ijtimoiy
tamoyillarga asoslanishini taqozo etadi. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardan
iborat:
1) 7-11 yoshli shaxsning ongini ijtimoiylashtirish;
2) mazkur toifadagi o‘quvchilarda faollik, tashabbuskorlik va fidoiylik kabi
ijtimoiy fazilatlarni shakllantirish;
3) bu toifa o‘quvchilarni ijtimoiy munosabatlarga olib kirish;
4) o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmasini shakllantirish.
Mazkur tamoyillar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda muhiti
ahamiyatga ega. Bu o‘rinda ushbu tamoyillarning quyidagi mazmuniga e’tibor
bering:
a) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ongini ijtimoiylashtirish: bunda 7-11
yoshli o‘quvchilar ongida jamiyat ehtiyojlari, ideallari va maqsad-muddaolari
ularning imkonipyatiga mos ravishda tarkib toptirib boriladi;
b) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fazilatlarni shakllantirish: bunda ijtimoiy
fazilatlar o‘zgalarning manfaatini hisobga olishiga e’tibor beriladi, ya’ni faollik,
tashabbuskorlik, fidoiylik kabi fazilatlarda shaxs va o‘zgalarning manfaatlari uyg‘un
mujassam ekanligiga diqqat qilinadi;
v) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijtimoiy munosabatlarga olib kirish: bunda
o‘quvchilar sinfdoshlariga, maktab jamoasiga, o‘qituvchilarga va o‘zgalarga
nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga ko‘niktirib boriladi;
g) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy ko‘nikmasini shakllantirish:
bunda o‘quvchilarning jamoada va jamoatchilik orasida o‘zini tuta bilish
ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Aynan mana shunday yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
tarbiyasida ijtimoiy tamoyillarni tarkib toptirish ishi amalga oshiriladi. SHu sababli
oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari pedagogik
turkumdagi fanlar mashg‘ulotlarini chuqur o‘zlashtirishi va mustaqil ta’lim
imkoniyatlaridan oqilona foydalanishi tavsiya etiladi. Aslida pedagog kasbi mana
shunday ijtimoiy va pedagogik kompetensiyalarni o‘zlashtirishdan iborat. Hozirgi
zamon o‘quvchilari juda yoshlikdan boshlab ijtimoiylashga boshlaydi. Bunda
Internet tarmog‘ida berilayotgan axborotlarni o‘rni muhim. SHu sababli
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonini tartibga
solib borishi taqozo etiladi. Bunda aniq, gumanitar va tabiiy fanlarni o‘qitish
jarayonida, ayniqsa “Tarbiya” fanini o‘qitish vositasida o‘quvchilarning
ijtimoiylashuvini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Bugungi kunda boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari oldidagi eng muhim vazifa o‘quvchi tarbiyasida yangicha
yondashuvlarga tayanishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasi metodlari. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari tarbiyasida metodlarni belgilash va ularga asoslanish muhim
hisoblanadi. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy, yosh va ruhiy xususiyatlarini
hisobga olish;
- oddiydan murakkablikka qarab rivojlanadigan metodlarni tanlash;
- imkon qadar ta’lim jarayoni va pedagogik tajribalardan o‘tgan metodlarga
tayanish;
- zamonaviy texnik jihozlarga mos tushadigan metodlarni kengroq qo‘llash.
Bunday yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida oqilona
metodlarni tanlash imkonini beradi. Shu jihatdan bu o‘rinda eng muhim
metodlarning tahliliga e’tiboringizni tortamiz.
1. Ko‘niktirish metodi. Tarbiya jarayoni asosan rag‘batlantirish, ko‘niktirish
kabi usullarga tayanadi. Aksincha, avtoritar usullar tarbiyaning sifat samaradorligiga
salbiy
ta’sir
ko‘rsatadi.
Shu
ma’noda
boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilari
jamoaparvarlikka, o‘zgalarni hurmat qilishga va o‘zini tuta olishga ko‘niktirib
borilishi kerak. SHu tariqa ularning kelgusi faoliyati uchun bunday ko‘nikma muhim
o‘rin tutadi. Ko‘niktirish metodi tarbiya jarayonida ko‘ndirish, tarbiyalanuvchini
hurmat qilish va uni tinglash imkoniyatlarini beradi.
2. O‘rgatish metodi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida bu metod eng
muhim yondashuvlarni beradi. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
insoniylik, ezgulik, adolat kabi fazilatlarga o‘rgatilishi kerak. Buning uchun
o‘quvchilarda uchraydigan egoizm, tushunmaslik, noto‘g‘ri tushunish kabi illatlar
bosqichma-bosqich isloh qilib borilishi kerak. O‘quvchilarni tushunish ularni
fazilatlarga o‘rgatishning eng muhim yo‘lidir. Buning uchun o‘qituvchilar hamisha
o‘quvchilarni tushunishi taqoza etiladi.
3. Yo‘naltirish metodi. Bu metodga ko‘ra, o‘quvchilar ideal maqsad va
intilishlarga yo‘naltirilishi kerak. Bilim to‘g‘ri berilsa, tarbiya jarayonida
o‘quvchilarda ana shunday intilishlar tarkib topadi. Keyingi paytlarda pedagogik
ilmiy- tadqiqotlarimizda ideal maqsad va uning ahamiyatini tadqiq etish susaygan.
Aslida ideal maqsad o‘quvchilar ongida boshlang‘ich ta’limda shakllantirilishi
kutilgan samarani beradi. O‘quvchilarning qiziqishi, xohishi va istagi hisobga
olingan holda ideal maqsadlarga yo‘naltirilishi tarbiyaning sifatini oshiradi.
E’tibor berilsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida oddiy, lekin samara
beradigan metodlarga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida amal qilinayotgan tarbiya tamoyillari milliy va
umuminsoniy xususiyatlarga egaligiga e’tibor berish lozim. Shu sababli hozirgi
zamon boshlang‘ich ta’limi istiqbolli mo‘ljallab amalga oshirilayotganligi bilan
ajralib turadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida mazkur masalalarga e’tibor berish
va ta’lim tamoyillarini chuqur o‘zlashtirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari tarkibiga kiradi.
Didaktikaning asosiy tamoyillari. “Didaktika” atamasi grekcha bo‘lib,
o‘qitish va o‘rgatish ma’nolarini anglatadi. Didaktika deganda ta’lim nazariyasi
tushuniladi. Shu jihatdan didaktika pedagogikaning nimaga o‘qitish, nimani o‘qitish
va qanday o‘qitish kabi masalalariga javob beradi.
Didaktikaning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
1) didaktik vositalar va tarqatmalar: zaruriy jihozlar kompьyuter vositalari,
modellar va maketlar, ko‘rgazmalar va texnik vositalar;
2) didaktik materiallar: pedagogtomonidan tayyorlanadigan dars materiallari va
mustaqil ta’lim topshiriqlari.
Didaktikaning asosini qobiliyat tashkil etadi. Bunda bo‘lajak o‘qituvchilarning
qobiliyatini rivojlantirish ularni didaktik texnologiyalar bilan qurollantirish nazarda
tutiladi. Bu o‘rinda didaktikaning asosiy tamoyillarini taqdim etamiz.
Eng avvalo didaktika nazariyasi tamoyilini o‘zlashtirish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bugungi kunda didaktika nazariyasiga doir quyidagi kontsepsiyalar mavjud:
1) didaktik qomusiylik konsepsiyasi: bunda pedagogik ta’lim bo‘yicha to‘liq
ilmiy ma’lumot berish nazarda tutiladi;
2) didaktik pragmatizm konsepsiyasi: bunda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim
berishga asoslaniladi;
3) funksional materializm didaktik konsepsiyasi: bunda fanlarning o‘zaro
bog‘liqligi asosida ta’lim berishga ustuvor darajada qaraladi;
4) o‘qitishning manfaatli didaktik konsepsiyasi: bunda ta’lim oluvchilarning
xoxish istaklarini hisobga olgan holda ta’lim beriladi.
Didaktika nazariyasiga oid bu konsepsiyalar asosida o‘qitish jarayoni tashkil
etiladi.
Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri amaliyotdir. Bu tamoyil quyidagilarni
qamrab oladi:
1) dars maqsadini belgilash;
2) darsda eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llash;
3) ta’lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmasini rivojlantirishga e’tibor berish;
4) ta’lim oluvchilarning bilim va tarbiya darajasini baholab borish.
Bularning barchasi o‘qitishning maqsadli tashkil etish va unda ko‘zlangan
samaraga erishishning asosi hisoblanadi. Shu sababli “Tarbiya” fanini o‘qitish
didaktikasini ishlab chiqish zaruriyat bo‘lib turibdi. Mazkur masalada bizning
yondashuvimiz quyidagicha:
- “Tarbiya” fanini o‘qitishda tarbiyalanuvchining huquqlarini ustuvor bilish;
- mazkur fanni o‘qitishda eng ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarga
tayanish;
- har chorak so‘ngida fanning o‘qitish natijalarini monitoring qilib borish.
Bunday yondashuv asosida “Tarbiya” fanini o‘qitish didaktikasini maqsadli
shakllantirish imkoniyati mavjud.
Mazkur asoslar asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning yangilangan didaktikasini
ishlab chiqish imkoniyati bor. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 14-oktyabrdagi 235-sonli Qarori bilan tasdiqlangan
“Tarbiya” fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablari”ga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur
Malaka talablarining “Tarbiya” fanini o‘rganish bosqichlariga e’tibor bering:
Standart
darajasi
Ta’lim bosqichi
Darajaning nomlanishi
A2
Umumiy
o‘rta
ta’lim
4-sinf
bitiruvchisi
“Tarbiya”
fanini
o‘rganishning
tayanch
darajasi
E’tibor berilsa, “Tarbiya” fanini o‘rganishda boshlang‘ich sinflar tayanch
daraja hisoblanadi. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mazkur fanni
o‘zlashtirishda quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak:
- mas’uliyat va majburiyatga amal qiladi;
- hislarini anglaydi va nazorat qila oladi;
- mustaqil sog‘lom fikrlaydi;
- pul topish va sarflash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
- liderlik sifatini namoyon etadi;
- kreativ sifatlarini namoyon qila oladi va h.k.
Aynan mana shu malaka talablari asosida “Tarbiya” fanini o‘qitishning didaktik
asoslarini ishlab chiqish mumkin. Buning natijasida ushbu fanning didaktik asoslari
zamon talablari va fanning vazifalarini amalga oshirishga tayanch bo‘ladi.
“Tarbiya” fanini o‘qitish metodlari. Hozirgi zamon O‘zbekiston
boshlang‘ich ta’limida “Tarbiya” fanini o‘qitish metodlarini aniq belgilab olish
zaruriyat bo‘lib turibdi. Mazkur masalada bizning fikrimizcha, quyidagi o‘qitish
metodlari muhim o‘rin tutadi:
1) o‘qitishning innovatsion metodlariga tayanish;
2) “Tarbiya” fanini o‘qitishda eng oson va eng qulay metodlarga tayanish;
3) mazkur fanni o‘qitish jarayonida modellashtirishga asosiy e’tiborni qaratish.
Bu metodlar quyidagi mazmunlarga ega:
a) o‘qitishning innovatsion metodlari: axborot-kommunikatsion vositalariga
tayangan metodlar majmui;
b) eng oson va qulay metodlar: maktab sharoitiga mos tushuvchi va
o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga oluvchi metodlar majmui (tushuntirish,
o‘qitish, o‘rgatish, o‘zlashtirish, yo‘naltirish va h.k.);
v) “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida modellashtirish: bunda har bir dars
maxsus reja va maxsus metodlar hamda texnologiyalardan foydalangan holda
yangicha uslubda o‘tkazilishi nazarda tutiladi.
Bunday yondashuv asosida mazkur fanning o‘qitish metodlarini oliy
pedagogik ta’lim jarayonida o‘zlashtirish kutilgan samarani beradi. Shu sababli bu
borada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ustozlar bilan ishlash masalasiga
alohida e’tibor berish lozim.
Bugungi kunda “Tarbiya” fanini o‘qitishning metodlarini tanlashda
quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi:
- butun hayot davomida tarbiya olish;
- tarbiya bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirish;
- dunyoqarash va axloq uyg‘unligiga erishish;
- tarbiyalanuvchining ma’naviy, hissiy, iroda va aql tuyg‘ularini rivojlantirish.
Bunday yondashuv boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning o‘ziga
xos tamoyillarini tanlashga va samarali metodlarga asoslanishga yo‘l ochadi. Oliy
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich
ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodlari butunlay yangicha asosda bo‘lishini
anglab olishi lozim. Shu jihatdan ta’kidlangan metodlarni negizida quyidagi
yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi:
- o‘qitish va tarbiyaning qadriyatlarga asoslanishi;
- tarbiyalanuvchining iroda va aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish;
- tarbiyalanuvchida mustaqil fikr va ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish.
Bu omillar “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi”
o‘quv fanining asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan aynan tarbiya masalasida
milliy tajribaning ustuvorligiga ahamiyat beradi va o‘qitishning halqaro
tajribalaridan ijodiy foydalanadi.
Hozirgi zamon jahon Pedagogikasida tarbiya yo‘nalishi ko‘p hollarda elektron-
modulli tizimga o‘tmoqda. Bu tizim shaxs tarbiyasida zamonaviylik va amaliylikni
ilk rejaga qo‘yadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tarbiya
masalasida milliy va jahon xalqlari tajribasini uyg‘un o‘zlashtirishi taqozo etiladi.
“Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyalari. Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya”
fanini o‘qitishning eng ilg‘or texnologiyalariga asoslanish lozim. Shu ma’noda
bunday texnologiyalarning eng muhimlarini diqqatingizga taqdim etamiz.
1. O‘qitishning elektron-modulli texnologiyasi. Bu texnologiya an’anaviy va
noan’anaviy dars shakllarida kompьyuter asosida o‘qitishga tayanadi. Unga ko‘ra,
kompьyuterda maxsus dastur vositasida o‘qituvchi tomonidan dars materiallari to‘liq
tayyorlanadi va ta’lim oluvchilarning imkoniyatlariga qarab taqdim etib boriladi. Bu
texnologiyada dars materiallarini yangi ma’lumotlar asosida yangilab borish va
multimediyali axborotlarni berish imkoniyatlari mavjud.
2. O‘qitishning masofaviy ta’lim texnologiyasi. Bu texnologiyaga ko‘ra,
“Tarbiya” fani onlayn tarzida o‘qitiladi. Unda ta’lim oluvchilar bevosita virtual
aloqaga kirishadi. Ayni paytda, mazkur texnologiyada mustaqil ta’lim topshiriqlari
ko‘p bo‘lishi taqozo etiladi. Ta’lim oluvchilar aynan mustaqil ta’lim topshiriqlarini
bajarishi bilan fanni o‘zlashtiradi.
3. Ustoz-shogird texnologiyasi. Bu texnologiyaga ko‘ra, har bir o‘quvchi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga biriktiriladi. Bunda har bir o‘qituvchi o‘z
o‘quvchisining tarbiyalanish jarayonini kuzatib boradi va bu ishlarni “Tarbiya” fani
o‘qituvchisi muvofiqlashtiradi. Mavjud ta’limga oid me’yoriy hujjatlar asosida
o‘quvchisining tarbiyalanganlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar Maktab
rahbariyati tomonidan moddiy rag‘batlantirib boriladi. Mazkur texnologiya
boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishda eng muhim yondashuvlardan
hisoblanadi.
Hozirgi zamon oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘qitishning ana shu
innovatsion texnologiyalari amalga kiritilmoqda. Shu sababli “Tarbiya” fanini
o‘qitish texnologiyalari tanlanayotganligida ana shunday zamonaviy ta’lim va
tarbiya texnologiyalarini tanlashga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki
bugungi tarbiya jarayoni rivolanayotgan texnik vositalarga asoslanishi bilan muhim
ahamiyatga ega. Ayni paytda texnik vositalarga asoslangan texnologiyalar asosida
mazkur
fanni
o‘qitish
jarayonida
o‘quvchilarda
quyidagi
ko‘nikmalarni
shakllantirishga diqqat qilish kerak:
- o‘quvchilarga kompyuter, mobil aloqa vositasi o‘qishning va tarbiya olishning
tayanchi ekanligini tushuntirish;
- o‘quvchilarning texnik vositalardan bilim olish yo‘lida foydalanishga
o‘rgatish;
- texnik vositalarning imkoniyatlarini baholashda ularning axborot manbaiga
e’tibor berish madaniyatini shakllantirish.
Buning natijasida texnik vositalarga asoslangan texnologiyalardan “Tarbiya”
fanini o‘qitishda oqilona foydalanish malakasiga ega bo‘linadi.
E’tibor berilsa, “Tarbiya” fani didaktikasi butunlay yangicha yondashuvlar,
tamoyillar va texnologiyalarga asoslanadi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, mazkur
fanning didaktikasi o‘ziga xos tarzda va pedagogik tajribalarning ilg‘or
yondashuvlari asosida ishlab chiqilishi kerak. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim
jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “Tarbiya” fani didaktikasi
bo‘yicha tushuncha, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion
yondashuvlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar deganda
nimalarni tushunasiz?
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixofiziologik va ijtimoiy
tamoyillarini nimalar tashkil etadi?
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasi metodlari deganda nimalar
nazarda tutiladi?
4. Abu Ali Ibn Sinoning “Donishnoma” (Toshkent, 1990) asarini o‘qib
chiqing.
5. Didaktikaning asosiy tamoyillari deganda nimani tushunasiz?
6. “Tarbiya” fanini o‘qitish metodlarini nimalar tashkil etadi?
7. “Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyalarini bilasizmi?
1-4 -sinf “Tarbiya” darsliklarini o‘rganib chiqing.
Milliy tarbiyaning asosiy tamoyillari. Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini
o‘qitish
Reja:
1. Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari
2. “Milliy tarbiya” fani asoslari
3. “Milliy tarbiya” fanini o‘qitish zaruriyati
Tayanch tushunchalar:
Tarbiya, nazariya, fan, asos, me’yor, hujjat, o‘qitish, zaruriyat, qaror, bilim,
ko‘nikma, uquv, kompetensiya, amaliyot.
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonini amalga oshirish o‘ziga xos asosiy
tamoyillar
va
metodlarga
asoslanadi.
Mazkur
mavzuni
o‘zlashtirishda
quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar masalasini
aniqlab olish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida psixologik tamoyillarni belgilab
olish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida ijtimoiy tamoyillarni belgilash.
Bunday yondashuv e’tibor berilsa, uchta tamoyilga asoslanishi ma’lum
bo‘ladi. Bular pedagogik tamoyillar (bolaparvarlik, jismoniy yetuklik, aqliy
shakllanganlik), psixologik tamoyillar (ruhiy yetuklik, tasavvurga egalik,
xotiraning rivojlanganligi) va ijtimoiy tamoyillar (bolaning ijtimoiylashuvi, maktab
jamoasiga moslashuvi, faollik). Mazkur tamoyillar asosida boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarini tarbiyalash lozim bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’limda tarbiyaning quyidagi metodlariga asoslanish zaruriyat
hisoblanadi:
- tushuntirish;
- o‘rgatish;
- ko‘niktirish;
- odatlantirish.
Bunda tushuntirish metodi boshlang‘ich sinf o‘quvchisini ongini
shakllantirishga asoslanadi. O‘rgatish metodi mazkur toifadagi o‘quvchilarda
axloqiy fazilatlarni shakllantirishga tayanadi. Ko‘niktirish metodi boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida ijtimoiylikni tarkib toptirishni nazarda tutadi. Odatlantirish metodi
esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bilim olishga va axloqiy faol bo‘lishga
ko‘niktirishga asoslanadi. Bu metodlar vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
dastlabki bosqichda pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan tarbiyalanadi.
Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlarini o‘zlashtirishi
taqoza etiladi. Buning uchun o‘zlashtirilgan tarbiya tamoyillari va metodlari
pedagogik amaliyot davrida sinovdan o‘tkazilishi kerak.
Mavzu bo‘yicha tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlarini o‘zlashtiring.
1-topshiriq: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tarbiyasida pedagogik va
psixofiziologik tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligini jadvalda qayd eting:
№
Tarbiya qonuniyatlari
Tarbiyaning qaysi tamoyillari
asosida namoyon bo‘ladi
1
o‘quvchilarning jismoniy, aqliy
va ruhiy uyg‘un rivojlanishini
amalga oshirish
2
bolani ko‘niktirish: bolani tarbiya
olish, bilimni egallash va o‘zgalar
bilan ijtimoiy munosabatga
kirishishga yo‘naltirish
3
bolani yo‘naltirish: bolani
fazilatlar, hislatlar va bilish
jarayoni sari yo‘naltirish
4
o‘quvchilarning tug‘ma
layoqatlarini rivojlantirish
5
o‘quvchilarning bilim olish va
tarbiyalanish masalalari bo‘yicha
estetik didini shakllantirish
6
bolaning imkoniyatlarini hisobga
olish: bunda bolaning jismoniy,
aqliy, ruhiy va sensor
xususiyatlarini bilish
7
o‘quvchilarning jinsini hisobga
olish (o‘g‘il va qiz bolalarga xos
bo‘lgan fazilatlarni
shakllantirish);
8
bola shaxsini hurmat qilish:
bolaga xos xarakterni, qiliqlarni
va intilishlarni tabiiy qabul qilish;
2-topshiriq
“Tushunchalar tahlili” texnologiyasi asosida jadvalni to‘ldiring
TUSHUNCHA
TAHLILI
Tamoyil
Metod
Umummadaniylik
Pedagogik kompetensiya
3-topshiriq
Tizimli jadvalni to’ldiring
boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari tarbiyasida
quyidagi pedagogik
tamoyillarga asoslanish
zarurat hisoblanadi:
1
4
3
2
4-topshiriq
Matnni to‘ldiring
Jahon Pedagogikasi fanida quyidagi psixofiziologik tamoyillar alohida
ta’kidlanadi:
1. _____________________________________________________________
_____________________________________________
2. _____________________________________________________________
_____________________________________________
3. _____________________________________________________________
_____________________________________________
4. _____________________________________________________________
_____________________________________________
5-topshiriq
Hozirgi zamon pedagogik konsepsiyasiga ko‘ra, umummadaniylik
ko‘nikmasining asoslarini og‘zaki sanab bering.
Milliy tarbiyaning asosiy tamoyillari. Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya”
fanini o‘qitish
Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish o‘ziga xos metodlarga asoslanishi
bilan ajralib turadi. Shu sababli bu o‘rinda metodika-atamasining ma’no-mazmuni
va xususiyatlariga e’tibor berish lozim. Metodika deganda tarbiyalashning qulay,
oson va maqbul usullarga tayanish nazarda tutiladi.
Ushbu mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e’tibor berish samarali
hisoblanadi:
- didiaktikaning asosiy tamoyillarini o‘rganish;
- o‘ziga xos tarbiya metodlarini o‘zlashtirish;
- ushbu fanni o‘qitishning texnologiyalarini bilish.
Bunda didaktikaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- o‘qitish;
- o‘rgatish;
- tarbiyalash;
- shakllantirish.
Bu tamoyillar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bilim olish va tarbiyalanish
ko‘nikmasini shakllantirishga asos bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodlari o‘ziga xos
hisoblanadi. Bu metodlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
- namuna ko‘rsatish;
- ibrat bo‘lish;
- yo‘naltirish;
- tashabbuskorlikka o‘rgatish.
Mazkur metodlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qishga
bo‘lgan qiziqishi va ko‘nikmasi rivojlantiriladi.
Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanini o‘qitish texnologiyalari ham o‘ziga
xos
xususiyatlarga
ega
hisoblanadi.
Bunda
texnologiyalarni
tanlashda
o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish zaruriyatdir. Shu sababli quyidagi
texnologiyalar tavsiya etiladi:
- pedagogik texnologiyalar (noan’anaviy va an’anaviy shakllarda uyg‘un
o‘qita olish usullariga tayanish);
- axborot-kommunikatsion
texnologiyalari
(kompyuterli
texnologiya,
multimediyali texnologiya, animatsion vositalar).
Ushbu texnologiyalar asosida boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini
o‘qitish kutilgan samarani beradi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari oliy pedagogik ta’lim jarayonida mazkur fanni o‘qitishning
tamoyillari, metodlari va texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirishi lozim.
Mavzuni o‘zlashtirishda boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitishning
tamoyillari, metodlari va eng asosiy texnologiyalarini o‘zlashtiring, ularni konspekt
qiling.
1-Topshiriq:
Insert
usulidan
foydalanib
ishlash
qoidasi
1. Amaliy mashg‘ulot matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib
chiqing:
V – bilaman
+ - men uchun yangi ta’limot
- - men bilgan ta’limotni inkor qiladi
?
–
noaniq
(aniqlashtirish
talab
qiladigan)
qo‘shimcha
ta’limot.
2. Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring?
1-jadval
Mavzu savollari
V
-
+
?
1. Tarbiyaga
tushunchasiga ta’rif
bering?
1. Didaktikaning
asosiy tamoyillari
3“Tarbiya” fanini
o‘qitish
texnologiyalari
4. “Tarbiya” fanini
o‘qitish metodlari.
5. “Tarbiya” fanini
o‘qitish bo‘yicha
me’yoriy-huquqiy
hujjatlar.
2-Topshiriq: Bilim manbalariga ko‘ra “Tarbiya” fanini o‘qitish
metodlarining tasnifi va tavsifini 2-jadvalda keltiring.
2-jadval
Metodlar guruhining
nomi:
Metodlar nomi
Tavsifi