MILLIY URF-ODAT, QADRIYAT VA AN’ANALAR – TARBIYA ASOSI
Yuklangan vaqt
2024-10-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
20,8 KB
MILLIY URF-ODAT, QADRIYAT VA AN’ANALAR – TARBIYA ASOSI
Reja
1.Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish
2.Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri.
Tayanch tushunchalar: Tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaviy ishlar, tarbiya fani,
islohotlar, milliy tiklanish.
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va
barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va
zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni
o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish vazifasini izchil
davom ettirish mas’uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir. Ma’naviy-ruhiy sog‘lom
bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil oila mehnatining samarasi sifatida
qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy
qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz
hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni
judayam katta. Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida
erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy
taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat o‘zining milliy
qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar
kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va
jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan
videoselektor yig‘ilishida: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning
joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan
ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga
asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy
qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar. Xo‘sh qadriyatning
o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha
narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an’analarini
kelgusi avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali
izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin
dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni
oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil
turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning
hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati
haqida so‘zlashga hojat ham yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash,
uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini
saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil
etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun: Vatanga, ota-
onaga, o‘tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini
kengaytirish; burch, vijdon, insof, mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish;
do‘stlik,
o‘rtoqlik,
qo‘ni-qo‘shnichilik
munosabatlari
haqidagi
tasavvurlarni
kengaytirish hal qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki vazifadir. Estetik qadriyatlar
farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki go‘zalligini
shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun: bola ongida ota-
bobolarimizdan bizgacha yеtib kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va san’at
asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg‘usini
shakllantirish; go‘zallikka baho berish, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata
olish; tabiatning nozik, nafis go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni rivojlantirish talab
etiladi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga
bo‘linadi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina
emas, balki tuyg‘u hamdir. Insonda milliy ong Marufova Gulnora Maxmudovna,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari “Zamonaviy
oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish
masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 5 va
g‘urur bo‘lmasa, u o‘zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy
qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga, hammamiz yana bir
haqiqatni anglab yеtmoqdamiz, ya’ni faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson
qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglashi, erkin va ozod
jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib
obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Qadimdan bir
ma’naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqimizning, ayniqsa, bugungi mas’uliyatli
davrda aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g‘urur talab etiladigan bir
pallada yana ham yaqinroq va yana ham mehr oqibatliroq bo‘lishlari lozimligini
hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan
mazmun jihatdan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi.
Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va
intilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat
sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi.
Ulardan eng asosiylari – yеr yuzida ilm fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash,
xalqaro xavfsizlikni ta’minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza
qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, energiya
manbalari va oziq ovqat bilan ta’minlash, koinot va jahon okeani resurslarini
o‘zlashtirish, dunyo miqyosida ahamiyatga ega bo‘lgan nodir san’at asarlari, xalq
amaliy san’ati, me’morchilik va musiqiy asarlarni saqlash va kelgusi avlodga yеtkazish
kabi muammolar kiradi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan badiiy, me’morchilik
va ma’naviy asarlar har qanday dur-u javohirlardan ham qimmatliroq boylikdir. Ushbu
boyliklar asrlar davomida unga xizmat qilyapti. Eramizdan oldin Afina demokratiyasi
inqirozga uchraganida yunon faylasuflari qadriyat masalasini ko‘targan edi. Ular
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida birinchi bor “inson – oliy qadriyat”, deb
ko‘rsatdilar, olamdagi barcha jihatlarni “insoniylik mezoni” bilan o‘lchashni targ‘ib
etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa “qadriyat nima?”, degan savolga “har bir insonning
o‘zligini anglashi”, deb javob berdi. Qadriyatlarning shakllanish makoni bo‘lgan oila
va unga xos bo‘lgan qadriyatlar tizimi jamiyatning kelajagini belgilab beradi. Kelajak
avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yеtishtirishga intilish
bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z
farzandlarining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko‘rish uchun butun hayoti davomida
kurashadi, mehnat qiladi. Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini
ta’minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni sayqallaydigan, shu bilan birga, kelajak
nasllar qanday shaxs bo‘lib yеtishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya
o‘chog‘idir. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini
shakllantiradi. Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasining XIV bobi Oilaga
bag‘ishlangan bo‘lib, o‘zbek oilasi va munosabatlariga doir barcha masalalar
to‘laligicha hamda asosli huquqiy himoyani o‘zida mujassam etgan. Konstitutsiyada
o‘zbek oilasining shakllanishidan boshlab tomonlarning teng huquqliligi, nikoh
tuzishdagi erkin roziliklari, ota-onalar tomonidan bolalarning ta’minoti va tarbiyasi,
farzandlar tomonidan o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish kabi masalalar o‘z ifodasini
topgan. Shuni g‘urur va faxr bilan ta’kidlashimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining XIV bobi 66-moddasida: “Voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli
farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, – deb ko‘rsatilishi
aynan milliy qadriyatimizning qonunda aks etishidir. O‘zbek oilasining o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri oilada yoshi ulug‘ qariyalar – bobo va buvilarning yuksak mavqe
va martabaga egaligi bo‘lib, ular hamisha izzat-ikrom qilinadi, barcha masalalarda ular
bilan maslahatlashib, so‘ng ish boshlashga amal qilinadi. O‘zbek oilasiga xos mazkur
xarakterli xususiyatlarni alohida e’tirof etib o‘tishdan maqsad shuki, “oila
tarbiyasi”ning o‘ziga xos qirralari ana shundagina to‘la-to‘kis namoyon bo‘ladi. Bu
tarbiya jarayonida milliy-madaniy merosning qanday o‘rin tutishi, salmog‘i, ahamiyati
xususida asosliroq fikr yuritish imkoniyati paydo bo‘ladi. Jumladan, oilada erning
mavqeyi balandligi, ayol ham o‘zining haq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-
onani hurmat qilishini olaylik. Ko‘p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib
ketgan ushbu qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda.
Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni ta’sirlar
ko‘payib, ularning “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
materiallari to‘plami 6 inson va jamiyat hayotida salbiy oqibatlari misli ko‘rilmagan
darajada kuchayib bormoqda. Ayni shu davrda oilaning jamiyatdagi o‘rni juda
muhimdir. Vatan tuprog‘i oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning axloqiy qiyofasiga
salbiy ta’sir etadigan ba’zi noxushliklarni ota-onalar seza bilmog‘i lozim. Farzandlar
oilaviy axborot vositalari, matbuot, ilmiy anjuman yangiliklari, badiiy adabiyotlar
turlaridan foydalanishlari uchun oilada kerakli shart-sharoit yaratsak, oiladagi muhit
yanada yaxshilanadi. Bizningcha, Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan hozirgi
sharoitda milliy oilaviy qadriyatlarning o‘rni har qachongidan ham ortib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning
negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga
yеtkazuvchi qudratli omildir. Shunday ekan, oilada farzandlarimiz bolalik, o‘smirlik,
balog‘at sari borishlarida ibratli dovondan o‘tishi uchun farzandlarimizga to‘g‘ri yo‘lni
ko‘rsatguvchi bir mayoq bo‘laylik.[Marufova Gulnora Maxmudovna,Mahalla va oilani
qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari]
Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini
e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish
imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir,
ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini
o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”3
deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va
ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini
oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida
boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.
Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni
voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya
va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.
Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash,
umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish
hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri
baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat
ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni
yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi.Qadriyatlar ta’rifidan
kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy
qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar
bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini
yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida
umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-
odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar
majmuasidir.
Ta’lim tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy tarixiy hodisani ifodalaydi.
Umuman xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan
maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga jamiyatimizning iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy salohiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va
rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash
uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan
foydalanadi. Milliy tarbiya hayotning moxiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks
ettiradi.Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, ijodkor, iste’dodi
bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish
davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. Tabiatga,
jamiyatga qarash tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari yanada
mustahkamlanadi. jiga kata e’tibor bergan O’rta Osiyolik mashhur musiqachilar
orasidagi olim rBolaning Yoshi ulg’aygan sari bu faoliyat tobora ko’proq mustaqil
xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat va jamiyat turmushda uchraydigan hodisa va
sharoitlarni tushunishga ham idrok etib o’z atrofidagilarga munosabatda bo’lishiga
ko’nikib boradi.Umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tarbiyaning mazmuni va
tashkil etilishi quyidagi vazifalarda o’z aksini topadi;
1.Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi.
2. Tarbiyaning insonparvarlik qoidalari.\
3. Tarbiyaning hayot bilan va mehnat bilan bog’liqligi.
4. Tarbiyada milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlarining ustuvorligi.
5. O’quvchilarni yoshi, sinfi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish.
Musiqa san’atining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, insonning his-
tuyg’ularini, kechinmalarini o’ziga xos badiiy tilda ifodalaydi. O’quvchilarni
qiziqtiradigan, o’ziga jalb etadigan, zavqlantiradigan sharoit yaratadi. Ulardagi milliy
tarbiyaga oid his-tuyg’ularni o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Umumta’lim
maktablarining musiqa madaniyati darslarida umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi kuy-
qo’shiqlar yordamida hakllanadi.Bunday asarlarga DTS musiqa dasturiga kiritilgan
qo’shiq va tinglash uchun asarlarni misol keltirishimiz mumkin. “Salom maktab” Sh.
Yormatov musiqasi, “Paxtaoy” F. Nazarov musiqasi,”O’zbekistonim” Sh. Ramazonov
musiqasi, “Oy Vatanim” E.SHvarts musiqasi, “Ex orzular” N.Norxo’jayev musiqasi
kabi qo’shiqlar o’quvchilarda vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga xurmat
tuygularini tarbiyalaydi. Umumta’lim maktablarida umuminsoniy qadriyatlarni
o’quvchilarga tanishtirib borishni ahamiyati katta.Boshlang’ich sinflarda umuminsoniy
qadriyatlarni o’rganishda suhbat, hikoya, savol-javob va qo’shimcha adabiyotlardan
unumli foydalanish lozim. Umuminsoniy qadriyatlar asosida ommaviy kuy-
qo’shiqlarni o’rganishdan oldin ularga asar xususiyatini badiiy-g’oyaviy kelib chiqish
tarixi haqida qisqacha suhbat o’tkazish maqsadga muofiqdir. Umuminsoniy
qadriyatlarni o’rganishda boshqa fanlar bilan, masalan, adabiyot darslarida o’tiladigan
mavzular bilan bog’lab olib borish maqsadga muvofiqdir. To’rtinchi sinf o’quvchilari
bilan xalq musiqa san’atining asosiy xususiyatlari, ommaviy janrlari, an’analari haqida
tushuncha berib, ular uzoq tarixga ega ekanliklarini soda, ravon, yorqin ohangda ijro
etilishini tushuntirish shuningdek ularni ijro etadigan hofizlar, xonandalar, folklore
guruhlar haqida savol-javoblar o’tkazish kerak. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar
xalqimizning milliy iftixori hisoblanadi.
Asrlar davomida mehnat, kurash va ijod jarayonida u kishilarni ezgulikka
yetaklovchi ilhom manbai bo’lib kelmoqda. Musiqa tilsiz falsafa deb bejiz
aytilmagan.Inson qo’shiq bilan, musiqa bilan tirik. Kuy-qo’shiqlarsiz hayotning
mazmunini, atrofdagi go’zallikni tasavvur etish qiyin.Qo’shiq zavq ehtiyoji, eng
go’zal, eng oliyjanob orzu va hayotiy g’oya hayqirig’idir. Musiqa madaniyati darslarida
umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarni dunyoqarashi, musiqiy didini rivojlantiradi.
1. Umuminsoniy qadriyatlar o’quvchilarda milliy kuy-qo’shiqlarga ixlos uyg’otadi.
Ularni musiqiy qobiliyatlarini ritm tiyg’usini o’stirib, musiqiy o’quvi va didini o’stiradi
2. O’quvchilarda milliy merosimizga, ommaviy kuy-qo’shiqlarga, xalq aytimlariga
va u orqali Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.
3. Alla, lapar, terma qo’shiqlar vositasida o’quvchilarda badiiy ijodkorlik
qobiliyatlari o’sib boradi.Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida
o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob
bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish,
ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi.
O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita
idrok etadilar.
Maktabda o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali
o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi
bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda.
Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq
musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun
birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama
yorim” kabi kuy-qo’shiqlarni keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez
yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi
o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin
na’munalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi eng soda eng ixcham ravon yorqin
ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini
eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi
og’zaki ijro etiladi. Shuning uchun ham ohanglar bir-biriga payvastdir.Asrlar davomida
o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’y-marosim, kurash bayramlarida
insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan.Biz musiqa madaniyati darslarida
boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga
tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion
texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga
qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy
musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni
xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha
davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning
uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy
ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish
mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya
umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.Ta’lim tarbiya
uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs
ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli
bosqichga ko’tarishni taqozo etadi.Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining
maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh
avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yosh qadrlaydigan madaniy inson
sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga
bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish
musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli
o’quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish
maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va
vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.Musiqa
ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga
xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda
teng xuquqli fan hisoblanadi.Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars
mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini
oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars
mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir
o’qituvchi bilishi kerak. Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli
namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, musiqa
ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish
elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.Ikkinchidan
musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni “tili” bilan farq qiladi.
Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs badiiy harakatlar bilan
ifodalansa,
musiqiy
tovushlardan
vujudga
kelgan
ohang
vositasidan
foydalanadi.Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, ijobiy
ko’rsatmalar, kechinmalar uyg’otadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir dars
o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar
cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi bosqichlar bir-
biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy
mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi.
Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin xususiyatlari bo’lib
turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to’laligicha amalga
oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta’minlash, milliy
musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya
samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bu esa musiqani maktab hayotida o’quvchilar
qalbida keng o’rin egallashi va ularning ma’naviyatlarini shakllantirishga samarali
ta’sir ko’rsatadi.Hozirgi kunda barcha fan o’qituvchilari pedagog – tarbiyachi kadrlar
oldida dolzarb bo’lib turgan eng muhim vazifa yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasi
g’oyalarini singdirishda musiqa madaniyati faning ham imkoniyatlari juda boy va rang-
barangdir.
Nazorat uchun savollar
1.O’zbek milliy urf-odat va an’analarini sanab bering.
2.O’zbek milliy bayramlari va taomlarini aytib bering?
3. Milliy merosimizni o’quvchilarga nima uchun o’rgatishimiz lozim deb
o’ylaysiz