MILLIY XALQ O‘YINLARI ASOSIDA BOLALARDA ODOB - AXLOQNI O‘RGATISH
Yuklangan vaqt
2025-01-17
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
51,3 KB
MILLIY XALQ O‘YINLARI ASOSIDA BOLALARDA ODOB - AXLOQNI
O‘RGATISH
MUNDARIJA:
KIRISH ......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY XALQ
O'YINNING AHAMYATI ................................................................................
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o'yinning o'rni ...............
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga milliy xalq o'yinlari asosida odob - axloqni
o'rgatish maqsad va vazifalari….........................................................
II BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING
MILLIY XALQ O'YINLARI ORQALI ODOB AXLOQNI O'RGATISH
YO'LLARI ..................................................................................
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalaning o'yin kompetensiyasini rivojlantirirish usuli
………….....................…..................................................................
2.2 Xalq o'yinlar orqal ibolalarda jismoniy barkamolikni tarbiyalash metodi
.........................................................................................................
2.3 Milliy xalq oyinlarni o'tkazish usuli................................................................
XULOSA ....................................................................................................................
ADABIYOTLAR RO’YXATI: ................................................................................
2
I BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY XALQ
O'YINNING AHAMYATI
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida o'yinning o'rni
Maktabgacha ta'lim uyg'un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun
kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirishda
juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan muassasadir. O'yin maktabgacha ta'lim
yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati bo'lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi.
O'yin bolaning o'quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay
darajada shakllanganligimi belgilab beradi. O'yin bolalarning jismoniy rivojlanishi,
maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy,axloqiy,
mehnat va estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Jamiyatning ma'naviy
takomillashuvi unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuni, shakl
va
mohiyatiga
bog'liqdir.
Shu
boisdan
ham
ta'limdagi
yangilanishni,
respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ta'lim tizimini
pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta'minlash zaruriyati
yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o'yin, har bir yosh bosqichda bolaning tevarak
atrofdagi hayotni va kishilar o'rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib
olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o'yin faoliyati
mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o'zgarib turadi. O'yin doimo o'zgarib
turganligi tufayli bola o'ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga,
kishilarga, narsalarga va o'ziga bo'lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl
jihatdan har doim o'zgarib turadigan o'yin jarayonida namoyon bo'ladi.
Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir
qancha shaxsiy fazilatlari o'yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O'yin jarayonidagi
bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning
turli sifat va fazilatlari o'yin jarayonida faqat namoyon bo'libgina qolmasdan, bunda
sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o'zlashtiriladi. Shuning uchun psixologik nuqtai
nazardan oqilona, ya'ni, to'g'ri tashkil qilingan o'yin bola shaxsini har tomonlama
3
o'stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida – sezish, idrok,
diqqat, xotira, tafakkur, hayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O'yin
o'z mohiyati jihatidan katta kishilarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlariga faol
taqlid
qilishdan
iborat
bo'lishi
tufayli
bolalarda
ma'naviy
sifatlarning
mustahkamlanishi uchun va odob-axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng
imkoniyatlar beradi.
Maktabgacha yoshdagi bola o'yin jarayonida shifokorlik yoki o'qituvchilik
rolini bajarayotgan bo'lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga
intiladi. Ular o'yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar
shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo'ladi. Bolalar uchun o'yin
mazmunining hech bir chegarasi yo'q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar
hayotini hamma tomonlarini o'z o'yinlarida aks ettira oladilar. O'yinning ahamiyati
bola shaxsining o'sib kamolotga yetishiga ta'sir ko'rsatishdin iboratdir. O'yin har bir
yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o'rtasidagi
munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi.
Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga, o'z-o'ziga munosabati o'zgarayotgan
o'yinda namoyon bo'ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (havas)lari bevosita
o'yinda ifodalanadi. O'yin bolalarning xayolparastligi tufayli narsalar va kishilar
dunyosini ular uchun ma'qul tomonga “o'zgartirish” imkoniyatini beradigan
faoliyatdir. Ma'lumki, bolalarning asosiy vaqti o'yin bilan o'tadi. O'yin maktabgacha
yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim vositasi, ularning asosiy
faoliyati bo'lib hisoblanadi. O'yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub'ekti sifatida
shakllana boshlaydi. O'yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-
psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini
o'ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muammolardan biridir. Bola
psixikasining taraqqiy etishida o'yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik
taraqqiyotini o'yin faoliyatisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Chunki, o'yin orqali bola
faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O'yin
orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o'rganibgina
4
qolmay, balki nutq so'zlashga, mustaqil fikrlashga, xayol qilishga, ijod qilishga,
muomala madaniyatiga o'rganadi.
Ko'pchilik psixologlar hamda pedagoglar o'yinning psixologik masalalari
bilan bevosita shug'ullanib, o'yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi
ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tganlar. Ma'lumki, o'yin bola uchun voqelikni aks
ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir.
Psixologlar adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o'ziga
xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritadilar:
1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o'zaro
muomalasiga qiziqadi;
2) bola rolli o'yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi, ifodali, jo'shqin xistuyg'uli
jihatlarini aks ettiradi;
3) rolli o'yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini
his etgan holda o'z istagini amaliyotga tadbiq qiladi;
4) kattalar hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida
namoyon bo'lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o'chmas iz
qoldiradi.
O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan
boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga
doimiy qilib kiritilgan. O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt
ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida
o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma`qul. Sayr
davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun
tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida
mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya
vositasi sifatida qo'llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.
Bolalar o'yinining o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni,
kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro
5
munosabatlarini aks ettiradi. O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro,
temir yo'l vagoni bo'lishi mumkin. Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi
o'ynasa ham u o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan
muloqot o'rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning o'rniga o'zi
gapiraveradi. So'z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o'yin
jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-
tuyg'u, kechilmalarini o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar
o'rnatilishiga, tevarakatrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga
yordam beradi.Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar
tomonidan taklif etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin
qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.
O'yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib
boradi. O'yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o'zining butun diqqatini o'yinga
qaratishi lozim. Bola o'ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari,
munosabatlari to'g'risidagi tasavvuri etarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida
kattalarga savol bera boshlaydi.
Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga
aniqlik kiritadi, boyitadi. Tarbiyachi o'yin orqali bolalarda ona-vatanga, o'z xalqiga
boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O'yin
orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to'g'rilik, o'zini tuta bilishlik kabi sifatlarni
tarbiyalaydi. O'yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo'lgan
munosabatini shakllantiruvchi o'ziga xos maktabdir. O'yinda bola kishilarning
axloqodob me`yorlarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.Tarbiyachi bolalar
o'yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin
jarayonida bolalar o'z xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda
o'rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o'rganadilar.
6
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga milliy xalq o'yinlari asosida odob -
axloqni o'rgatish maqsad va vazifalari
Jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanish tanda, bolalarda joriy qilingan
tartibga rioya qilish odatini hamda xalq o’yinlari bilan iloji bo’lsa xar kuni
muntazam ravishda Shug’ullanish ishtiyoqini uyg’otish, ularda maktab va uyda Shu
o’yinni bilan mustaqil shug’ullana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o’z
tengqurlari va o’zlaridan kichik bo’lgan bolalar jamoasida o’yinlarni tashkil qilish,
ularni birgalikda bajarishga o’rgatish lozim. O’quvchilarda xalq milliy
o’yinlariga mehr bilan, Shu o’yin natijalariga qiziqish bilan va sportchilar
erishadigan g’alabalariga havas bilan qarash tuyg’usini tarbiyalash lozim.
Milliy xalq o’yinlarini o’rganish jarayonida ahloqiy, aqliy, estetik va mexnat
tarbiyalarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Xalq
o’yinlarini bajarish chog’ida bolalar harakatida ijobiy (hamjihatlik, intizomlik,
kamtarinlik, mehribonlik) va ma’naviy fazilatlar (halollik, odillik, do’slik
tuyg’usi hamkorlik, zamon bilan hamnafas bo’lib ishlay olish qobiliyati,
topshiriqlarni mas’uliyat bilan bajarish) ni tarbiyalash, Shuningdek, irodaviy
xususiyatlar (jasorat, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan
yengish, chidamlik va hakozolar ) ni namoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va
imkoniyatlar vujudga keladi. To’g’ri tashkil qilingan milliy halq o’yinlari bolalar
aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyatlar yaratadi, zero, bunday vaziyatda asab
tizimining ham, boshqa barcha a’zolar tizimlarning ham faoliyat ko’rsatishi uchun
qulay sharoitlar paydo bo’lishi, shubhasiz.
Xalq milliy o’yinlarini o’rgatish jarayonida o’quvchilar xalqona an’analariga
sodiq holda yaxshi tarbiya ko’radi, o’rgangan narsalarini puxta eslab qoladi.
Bolalarda ruhiy jarayonlar (tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalar) ning,
Shuningdek, fikirlash faoliyatlari (kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash,
umumlashtirish va hakozolar) ning, barchasi rivojlana boshlaydi. Milliy o’yinlar
jarayonida erishilgan ilm va malakalardan ijodiy foyjalanish layoqatini bolalarda
tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim, chunki bunday layoqatga bolalar o’zlaridagi
ishchanlik, mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, hozirjavoblik kabi ezgu fazilatlaritufayli
7
erishadilar. Bolalarda ijobiy hissiyotlarni, odamlar bilan samimiy va quvnoq
munosabatda bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash, Shuningdek, yuz bergan salbiy ruhiy
holatlarni tez bartaraf qila olish layoqatini rivojlantirish nihoyatda muhim
ahamiyatga ega.
Buning zarurligi ijobiy hissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali
ta’sir ko’rsatishida, harakat malakalarining jadal va mustahkam shakllanishini
ta’minlashida ko’rinadi. 5
Milliy xalq o’yinlariga asoslangan jismoniy madaniyat estetik tarbiyani
amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xalq o’yinlarini bajarish jarayonida
estetik zavqni idrok qilish va o’ziga singdirishni, go’zallik, nafosat, ma’nodorlik,
qad-qomat, liboslar bejirimligi, o’z atrofidagi barcha narsalarni tuShunish,
to’g’ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o’z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikka
bo’lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va barcha hatti-harakatida
qo’rslik, dag’allikka aslo yo’l qo’yilmaslikni rivojlantirish lozim bo’ladi.Milliy
o’yinlar bilan shug’ullanish jarayonida mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda harakat malakalari shakllanadi, mehnat
faoliyati uchun zarur bo’lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi. Bolalarni mehnatga
tayyorlashda jismoniy madaniyatning, jumladan, xalq milliy o’yinlarining tutgan
o’rnini ularga tuShuntirish va bu tuShunchani ularning ongida shakllantirish g’oyat
muhim ahamiyatga ega.
Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq
o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi. Bu
vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina
muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika
jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg’ulotlarni tashkil etishning
turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o’yinlarida, barcha vositalari yaxlitligi
(kompleksi) dan foydalanish talab etiladi.
Harakatli o'yinlarning asosiy mazmunini harakatlarning va o'yinchilar
faoliyatining xilma-xilligi tashkil etadi. O'yinlarga to'g'ri rahbarlik qilinganda ular
organizmning yurak- qon tomir, muskul va nafas olish tizimlariga ijobiy ta ’sir etadi.
8
Harakatli o'yinlar funksional imkoniyatlarni oshiradi, harakatlarni bajarishda
tananing katta va kichik muskullarini ishga soladi, bo'g'inlar harakatchanligini
oshiradi. Harakatli o'yinlarning sog'lomlashtiruvchi ahamiyati haqida gapirilganda
o'yinlarning qish va yoz fasllarida toza havoda o'tkazilishi juda ahamiyatlidir. Toza
havoda o'tkaziladigan harakatli o'yinlar modda almashinuvini, organizmni yetarli
kislorod bilan ta ’minlanishini yaxshilaydi. Shuni ta ’kidlash lozimki, o'yin
davomida
holatlarning tez
o'zgarishi,
yuqori emotsionailik
boshqaruvni
qiyinlashtiradi. Shu sababii jismoniy harakatlarning optimalligini kuzatib borish
lozim.
Shug'ullanuvchilar
organizmga
moslashishi
uchun
muntazam
mashg'ulotlardagi o'yinlarni sekin-asta oshirib borish kerak. Harakatli o'yinlar
bolalar asab tizimiga ijobiy ta ’sir etishi lozim. Ma’lumki, aksariyat jismoniy tarbiya
o'qituvchilari harakatli o'yinlarni ikkinchi darajali deb hisoblashadi. Shu tufayli sport
o'yinlari, gimnastika, yengil atletika, kurash kabi darslarda harakatli o'yinlarni
nomigagina (yuzaki) tashkil qilishadi.
Harakatli o'yinlar uchun alohida ajratilgan (dasturda) soatlarni ham boshqa
turlarga qo'shib yuboradi. Shuningdek, milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy
pedagogic xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berishmaydi, ayrimlar hatto
eslamaydilar ham. Kuzatishiar, suhbatlar, rasmiy murojaatlarning natijalariga
asoslanilsa, umumta’lim o'rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari
hamda oliy o'quv yurtlarida o'zbek xalq milliy o'yinlaridan yetarli darajada
foydalanilmaydi. Chunki sof milliy o'yinlar to'plami hozirgacha ishlab chiqilmagan
yoki ular nashrda tayyorlanmagan. Mavjud bo'lgan “Harakatli o'yinlar”
to'plamlarida (adabiyot ro'yxatiga qarang) har xil millatlarga xos (tobe) bo'lgan
o'yinlar ko'proq berilgan va shu bilan birgalikda ular aralash- quralash holda
joylashtirilgan. Ta’kidlash lozimki, harakatli o'yinlar mazmunida barcha jismoniy
sifatlar mujassamlangan bo‘lsa-da, ularni turkumlarga ajratishda umumiy
mulohazalar berilgan. Shu sababdan keyingi nashrlarda to'plamlardagi milliy
harakatli o'yinlarni har bir jismoniy sifatlarga (tezlik, epchillik, kuchlilik
chidamlilik, egiluvchanlik va h.k) alohida ajratish lozim. Bu, o'z navbatida,
o'yinlarni darslarning turlari (gimnastika, yengil atletika, kurash, sport o'yinlari) va
9
sport mashg'ulotlarining mazmuniga moslashtirib, qo'llashda qulaylik yaratadi. Shu
bilan, birga, o ‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligiga qarab o'yinlarni tashkil ilish
imkoniyatlari yaratiladi.
E’tiborli tomonlardan yana biri shuki, tuman, shahar va viloyatlardagi malaka
oshirish hamda qayta tayyorlash kurs-seminarlari, institutlarda milliy harakatli
o'yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini keng ko'lamda izohlab berish,
tinglovchilarni yangi o'yinlarni yozib, ularni nashrga tayyorlash kabi faoliyatlarga
jalb etish lozim. Milliy harakatli o'yinlarning jamiyat va davlat oldidagi ahamiyatini
oshirish uchun aholining jismoniy tayyorgarliklarini yanada yaxshilash, o'quvchi-
yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini oshirish va boshqa sohalardagi
tadbirlarda mazkur muammolarni keng targ'ib qilish zarur.
10
II BOB MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA
BOLALARNING MILLIY XALQ O'YINLARI ORQALI ODOB AXLOQNI
O'RGATISH YO'LLARI
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalaning o'yin kompetensiyasini
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga
tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim
bolaning olti-yetti yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari
(yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun , bolalar bog‘chalari 3yoshdan 6-
7yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun) va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim
muassasalarida olib boriladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatori ta’lim-tarbiya
sohasida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 2011-yil respublikamizda
maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari,
tamoyillarini o‘z ichiga olgan “Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
Mazkur konsepsiya ko‘plab me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda
respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari
o‘z aksini topgan.
“O‘yin - o‘sib borayotgan bolaning tanasi uchun ehtiyoj. O‘yinda bolaning
jismoniy kuchi rivojlanadi, qo‘llari mustahkamlanadi, tanasi yanada moslashuvchan
bo‘ladi, aniqrog'i ko‘z, aql, zukkolik, tashabbuskorlik rivojlanadi ", deb yozgan edi
N.K. Krupskaya .
O‘yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, ularga turli xil
harakatlarni obyektlar, usullar va aloqa vositalari bilan o‘rgatish uchun kattalar
tomonidan qo‘llaniladigan bolalar faoliyati turlaridan biridir. O‘yinda bola shaxs
sifatida rivojlanadi, u psixikaning o‘ziga xos tomonlarini shakllantiradi, uning ta'lim
va mehnat faoliyati muvaffaqiyati, odamlar bilan munosabatlariga ham bog'liq
bo‘ladi. Masalan, o‘yinda bolaning shaxsiyatining bunday sifati jamoaviy
faoliyatning vazifalarini hisobga olgan holda harakatlarni o‘z-o‘zini tartibga solish
kabi shakllanadi. Eng muhim yutuq - bu bolalarda kirishimlilik tuyg'usini
egallashdir. Bu nafaqat bolaning axloqiy xarakterini tavsiflaydi, balki uning
11
intellektual sohasini sezilarli darajada qayta tashkil qiladi, chunki jamoaviy o‘yinda
turli g'oyalarning o‘zaro ta'siri, voqea mazmunini rivojlantirish va umumiy o‘yin
maqsadiga erishish mavjud. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy
muhim kompetensiyalari quyidagilar:
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni
tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-
tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish
mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari Bolaning
kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonining rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
O‘yin - buyumli, predmentli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni
anglashga yo‘naltirilgan jarayondir. O‘yin orqali bolalarga nafaqat xursandchilik
balki tarbiya va ta’lim ham berish mumkin. Har bir tarbiyachi o‘z mahoratidan kelib
chiqqan holda bolalarga turli mashg‘ulotlar orqali ta’lim beradi. O‘yin faoliyatining
turlari juda ko‘p. Ular ichida ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga
mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiruvchi o‘yin bu- Didaktik o‘yin
hisoblanadi.
Didaktik o‘yinlarning muhim belgilaridan biri undagi qoidalarning
mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy
aloqa mavjud. Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib
boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor
12
madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya
qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. O'qituvchi - pedagog didaktik
o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishda qizg'in tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda
quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:
✓ Didaktik o'yinli mashg'ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta'limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan
bo'lishi;
✓ Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag'ishlanib, ular o'yin
davomida hal qilishi;
✓ Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq
normalariga mos kelishi;
✓ O'yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi;
Mashg'ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak. Qoidali-harakatli o‘yinlar asosini bolaning
jismoniy rivojlanishiga qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish,
yugurish, sakrash, chirmashib chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o‘yin
mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o‘yinlar kelib chiqishiga ko‘ra:
a) Xalq milliy o‘yinlari
b) Mualliflik o‘yin turlariga bo‘linadi.
Har ikki o‘yin turida ham asosiy mezon- o‘yin qoidasi bo‘lib hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik,
qo‘rqmaslik, mardlik kabi oliyjanob fazilatlarni tarbiyalab boradi. Kichik yoshdagi
bolalar uchun o‘yin sujeti ochiq xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, “To‘pni quvla!”,
“To‘pni ushlab ol!”. Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yin maqsadi, qoidasi va o‘yinni
tashkil etish murakkablashadi. Shuningdek har bir o‘yin faoliyatida bolaning har
tomonlama qobiliyatlari rivojlanadi. Shuning uchun har bir tarbiyachi yosh
xususiyatlariga mos o‘yin tanlashi va bolalarga ta’lim –tarbiya berishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy sharoitida tarbiyachining
maqomi tubdan o‘zgarib bormoqda, uning ta’lim funksiyalari, shunga muvofiq,
13
uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning kasbiy mahorat darajasi
talablari o‘zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va
rivojlantirishning zamonaviy tizimida o‘zining shaxsiy salohiyatini safarbar qilish
qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo‘lgan ijodkor, mahoratli tarbiyachi talab
etiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda maktabgacha yoshdagi
bolalarning aksariyati ko‘p narsalarga noadekvat munosabatda bo‘lishadi, buning
asosiy sababi bola yetarli darajada shaxslararo munosabatga kiramasligini
takidlashimiz mumkin negaki, bolaning birinchi tarbiyachilari birinchi galda
televizor, zamonaviy gajjetlar, ekanligi oqibatida bola shaxsida boshqa odamlarning
his-tuyg‘ularini e'tiborsiz qoldirish holatlari bot bot uchrab turibdi , o‘z his-
tuyg‘ularini boshqarishga harakat qilmaydilar.
Bu asosan, juda kam komunikkatsiya qilish bilan bog‘liq. Ular qancha vaqtni
shunday o‘tkazishi, ota-onalari ularga qancha vaqt ajratishlari haqida ketmoqda .
Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy rivojlanish yetarli bo‘lmay
qolmoqda.
14
2.2 Xalq o'yinlari orqali bolalarda jismoniy barkamolikni tarbiyalash
metodi
Prezidentimiz. “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy etuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha
ta’lim tizimidan boshlanadi ” deb aytgan gaplari maktabgacha talim tashkilotlarida
asos bo‘lib xizmat qilmoqda.“Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan
maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiyestetik va jismoniy
hislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini
rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz–ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar,
bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish
uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat”. Ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish
maqsadida 2017- yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalq o‘yinlari bolalarning jismonan
barkamol bo‘lishiga xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari maktabgacha yoshdagi bolalarda
botirlik, epchillik, tezkorlik, muvozan’atni saqlash, qaddi-qomatni shakllantirish
kabi jismoniy sifatlarini rivojlantirishda juda samarali rol o‘ynaydi. Shuningdek,
maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy harakatli o‘yinlar orqali bolalarni mashq
qildirish quyidagi ijobiy aqliy sifatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Odob-axloq, topqirlik, ong osti rivoji, xotira, diqqatning rivojlanishi kabi
xislatlarni sayqal toptirishda va albatta sog‘liqni mustahkamlashda samarali vosita
bo‘lib kelmoqda. Xalq o‘yinlari bolaga barcha sohalarda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin:masalan jismoni,
intellektual hissiy va kommunikativ. Xalq o‘yinlari bolalar salomatligiga foyda
keltiradi, yurak qon tomir , nafas olish tizimini yaxshilaydi mushaklarini va
suyaklarini mustahkamlaydi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, shuni
ta’kidlash mumkinki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yetuk shaxs sifatida
rivojlanishi, hayotiy bilim va ko‘nikmalarining shakllanishida xalq o‘yinlar alohida
15
o‘rin egallaydi. Insoniyatning har tomonlama rivojlanishining umumiy tizimida bola
tarbiyasi muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha yoshdan boshlab salomatlik, jismoniy rivojlanish asoslari
qo‘yiladi,vosita ko‘nikmalari shakllanadi, jismoniy fazilatlarni tarbiyalash uchun
poydevor yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ketma-ket rivojlanib, jismoniy
tarbiya bilan katta zavq bilan shug‘ullanadilar. Ular, ayniqsa, xalq o‘yinlariga
qiziqishi katta. Xalq an’analari tadqiqotchisi V. M. Grigoryevning so‘zlariga ko‘ra,
“Xalq o‘yinlarining alohida ahamiyati shundaki, unda bola o‘z-o‘zini tarbiyalash
qobiliyatini namoyish etadi. U ataylab qabul qilingan rol qoidasi talab qiladigan
tarzda harakat qiladi. Bundan tashqari, o‘yinda o‘zini tutish qoidalariga rioya qilgan
holda, bola xohlagan narsasidan voz kechishi, o‘zini tutishi, xohlaganicha harakat
qilmasligi mumkin”degan edi. Bola o‘yin davomida tengqurlari bilan do‘stlashadi.
Y.A. Komenskiy o‘yinga quvnoq bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sharti sifatida
qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e’tiborli munosabatda bo‘lishni, ularga
oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi. O‘zbekiston Respublikasining
mashhur yozuvchisi Oybek o‘zining “Bolalik” qissasida xalq milliy sporti turlaridan
bo‘lgan “uloq o‘yini” ni juda yaxshi bayon qiladi: “Uloq” xalqning qadimiy o‘yini
hisoblanadi . Milliy xalq o‘yinlarining vujudga kelishi hamda taraqqiy etishi o‘sha
davrlarda kishilarning kuchli, chidamli, chaqqon va shijoatli bo‘lishi zamon talabi
bo‘lib kelgan. Milliy xalq o‘yinlari asrlar o‘tishi bilan murakkablashib, maxsus sport
turiga aylangan.
O‘yin – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatidir.
Rossiyalik pedagogi A.S.Makarenko aytganidek, o‘yin bola uchun bilish manba’idir.
O‘yin jarayonida bolalar egallay bilishlari qiyin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni
osongina o‘zlashtirib oladilar, narsalarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilib oladilar.
Ular tevarak-atrofdagi ko‘rgan narsalarini o‘yinda ifodalash orqali turli harakatlarni
bajaradilar, ya’ni yuradilar, yuguradilar, sakraydilar, o‘rmalaydilar, biron buyumni
irg‘itadilar. Natijada ularning qaddi-qomati, muskullari va sezgi organlari
rivojlanadi, organizmining hayot faoliyati yanada yaxshilanadi. O‘yinda bolaning
irodasi, o‘z harakatlarini o‘yin qoidasiga bo‘ysundira-olish ko‘nikmasi o‘sadi, u
16
o‘zini qo‘pol hatti-harakatlar qilishdan tiyadi, zarur bo‘lganda chaqqon harakat
qilishga o‘rganadi, oqibatda unda jismoniy sifatlar tarkib topadi. O‘zbek xalq
madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan o‘zbek xalq harakatli o‘yinlari jismoniy
madaniyat, yosh avlodni tarbiyalash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda
alohida o‘rin tutadi. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixida birinchi marta milliy o‘yin
namunalarining bayon etilishi, ulaming ta’rifi-tavsifi qomusiy allomalardan biri
Mahmud Qoshg‘ariy qalamiga mansubdir. Harakatli o‘yinlar inson faoliyatini
ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham yaxshi
bilishgan va kundalik turmushda ular bilan shug‘ullanishg amal qilishgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida milliy xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi
bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi, ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Bolalar orasida qo‘llanaoladigan va bolalar zavq bilan o’ynaydigan o‘yinlar:
1. Arqon tortish. Bu o‘yin bolalarda tez harakat qilishni, chaqqonlikni, sabr-
toqatlik bilan harakat qilishni tarbiyalaydi. O‘yin ko‘proq jamoa bo‘lib harakat qilish,
chidamlilik malakalarini oshirishga yordam beradi.
2.Oq terakmi, ko‘k terak. O‘yin tez yugurishni, diqqatni, sezgirlikni
rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin bolalarni ahil bo‘lib harakat qilishga, tezda
to‘g‘ri yo‘nalishni olishga o‘rgatadi. O‘yinni o‘ziga xos harakati tez yugurish va
zanjjiri uzish.
3.Tapur-tupir qaldirg‘och. Katta yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda
sezgirlik, idrok qilish, eshitish va qabul qilish, chidamkorlik, kuch, tezkorlik,
qayishqoqlikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakati sekin va
aniq yurishdir.
4.Echki bolalar. O‘rta yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat, sezgirlik
malakalarini tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda chaqqonlik, tezlik, chidamlilik,
koordinatsiya harakatlarini rivojlantiradi. О‘yinning asosiy harakati yugurish
hisoblanadi.
5. Qidirib top kichik yosh guruh bolalari uchun. O‘yin bolalarda diqqat-e’tibomi,
sezgirlik qobilyatlarini tarbiyalaydi. Bolalar bog‘chalarida bolalar turli yosh
guruhlariga bo‘linib, ulari kichik, o‘rta va katta guhurlar deb aytishga odatlanilgan.
17
Chunki bolalarning jismoniy holati, o‘sish darajasi, harakat malakalari va umuman,
tana a’zolaridagi funksiyalar vazifalari tarbiya jarayonlarini belgilaydi. Shunga
asosan, jismoniy tarbiyani tashkil qilishda guruhlardagi amaliy harakatlar bir-biridan
tubdan farq qiladi.
Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli va
mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda barcha bolalar bir xil rol
yoki harakat topshirig‘ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar –
qushchalar, tarbiyachi – ona qush bo‘ladi bajaradilar. 3 yoshli bolalar asta-sekin
yakka holda rollarni bajarishga o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki
ikkita bola avtomobil bo‘ladi).
O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham,
jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar
o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy
etishga ko‘ra murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha
murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa musobaqalaridan iborat jamoa
o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi
chaqqonlik,
tezkorlik,
chidamlilikni rivojlanishi,
harakat
ko‘nikmalrining
takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Milliy
xalq oʻyinlari maktabgacha yoshdagi bolalarga oʻzgacha xushnudlik ulashadi,
ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy
rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar boʻlib kamol
topishida katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqil yurtimiz kelajagi buyuk bo‘lishi eng avvalo farzandalari
salomatligiga bog‘liq sog‘lom yurt qudratli va boy bo‘ladi. O‘yin faoliyatida
diqqatni, idrokni rivojlantirish, ilgari hosil qilingan tasavvur, tushunchalar, mo‘ljal
olish singari xususiyatlarni yana ham aniqlashtirish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratiladi; o‘yinlar ijodiy tasavvurni, xotirani, fikrlashni, tafakkur faoliyatini yana
ham rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy
rivojlanishiga xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalarga yangi
18
bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Xalq о‘yinlarida bolaning har tomonlama
rivojlanishi, psixologik, bilish jarayonlari, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy
qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay,
balki bolaning xulq - atvoriga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati tufayli bola
nafaqat jismoniy balki ruhiy tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli bola baquvvat,
sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etish esa bolaning
estetik rivojlanishi, dunyoqarashini kengayishi, tabiatni his qilish, sezish kabilarni
hisiyotlari rivojlantiradi. Maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida bolalarning
harakat faoliyatini rivojlantirishning yoshga bog‘liq xususiyatlari o‘tkazilgan
tajribalar orqali aniqlandi va nazariy jihatdan asoslab berildi.
Maktabgacha
tarbiya
muassasalari
sharoitida
jismoniy
tarbiya
mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarni qo‘llash bolalarning harakat imkoniyatlarini,
jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, ularning kichik
maktab yoshi davriga o‘tish uchun tayyorgarligi sifatini oshiradi.
2.3 Milliy xalq oyinlarni o'tkazish usuli
19
Xalq milliy harakatli o`yinlari, raqslari va sport turlari singari o`zining bitmas-
tugalmas bilim va tajriba sarchashmasiga ega. Shu boisdan milliy harakatli
o`yinlarni o`rganish, keng jamoatchilik asosida tadqiq qilish, ularni o`quvchilarning
jismoniy madaniyati jarayoniga tadqiq etish, ayni muddaodir.
Milliy harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishning o`ziga xos tomonlari
mavjud. Shuning uchun ham, o`yinning nozik tomonlarini bilishning ahamiyati
kattadir.
O`yinning bolalarni o`yinga chaqirish va to`plash, o`yinni boshlash uchun
qur`a tashlash, o`yinni tamomlash kabi o`yin mazmunini to`liq ochib beradigan
o`ziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib sog’lomlashtirish, ta`lim-tarbiyaviy
vazifalarni, jismoniy sifatlarni (tezkorlik, chidamlilik, kuch, chaqqonlik va
boshqalarni) tarbiyalab bo`lmaydi. Xalqning mehr qo`ri bilan yaratilgan har bir
o`yini, o`yinning umrboqiyligi, unga qanday munosabatda bo`lishiga ham bog’liq.
Binobarin, o`yin har bir xalqning qalb ohanglari, hayol tashvishlar va quvonchlarni,
turmush tarzini, xususiyatlarini belgilaydi. Uni saqlab, e`zozlab, me`yoriga etkazib
o`ynay bilish faqat shu xalq vakiligagina xosdir. Birorta millat o`zgalar o`yinini,
ularchalik zavq-shavq bilan, ko`tarinki ruh bilan o`ynay olmaydi. Sababi har bir
millat o`ziga xos uslubga, xususiyatga ega. Bu esa shu millatga ona tabiat tomonidan
berilgan in`omdir, ne`matdir. Uni ko`r-ko`rona o`zgartirish mumkin emas,
o`zgartirishlarni turmushning o`zi taraqqiyot, rivojlanish, turmush tarzidan kelib
chiqib kiritib boradi.
Xalq og’zaki ijodini o`rganish va ilmiy adabiyotlar tahlili bolalarni o`yinga
chaqirish va o`ynovchilarni to`plash odat tusiga kirganligini, harakatli o`yinlarni
o`ynash uchun ma`lum belgilangan vaqt, joy tanlanmagan yoki maxsus hozirlik
ko`rilmaganligini ko`rsatadi. Ular qachon to`planishsa o`sha payt, o`sha vaqtda
o`yin o`ynalavergan. Shuning uchun ham o`yinlar boshlanishidan oldin bolalarni
yig’ish, ularni bir joyga to`plashda har bir bolaning jonbozlik, tashabbus ko`rsatishi
talab qilingan.
Bolalar buni juda yaxshi bilishadi, ular o`rtog’ini uydan chaqirib olish yo`lini
qidiradilar. Bu haqda G.Jahongirov o`zining “O`zbek bolalar folklori" nomli
20
risolasida juda yaxshi to`xtalgan: Ular uch-to`rtta bo`lib, o`rtog’ining hovlisiga
boradilar, ko`chada turib chaqira boshlaydilar.
Masalan, qizlar dugonalarini chaqiradilar
-Kel, o`rtoq, kurchoq-kurchoq o`ynaylik!
-Yur, bekinmachoq o`ynaymiz!
O`g’il bolalar o`rtog’ining laqabini aytib chaqirishi mumkin:
-Laylak, chiq o`ynaymiz!
Ba`zi joylarda o`yinga quyidagicha chaqiriladi:
-Tokchaga bug’doy sepuvdim,
Undimikino, unidimikin?
Mashrabboy uydan chiqmaydi,
yotdimikino, yotdimikin?
Ayrim joylarda esa keskinroq, murosasizroq ravishda chaqiriladi:
-Tomda tovuq qolarmu,
Ayvoningdan otarmi?
O`yin yoqmas bolalar.
Nomozshomdan qotarmu?
Kel-ho, kel!
Dangasalik qilib ko`chaga chiqishga eringanlarga darhol tanqidga uchraydi,
bolalar ularni mustaqillikka, dadil bo`lishga undaydilar:
-Keragida paxta bor,
Uyqung kelsa yotaver.
Onang qurg’ur qo`ymaydi,
Mushday qorning to`ymaydi?
Kel-ho, kel!
Agar chaqiriluvchi qiz bola bo`lsa, u birmuncha muloyim ohangda
chaqiriladi. Mabodo, qizning onasi o`gay bo`lib, qiziga yomon qarashini dugonalari
bilguday bo`lsa ham, termada „o`gay ona" so`zi ishlatilmaydi, imo-ishora bilan o`z
noroziligini ifoda qiladilar
-Oylar oydin ho bo`libdi, dugona,
21
o`ynagingiz kelibdi,. dugona,
Yoki onang qo`ymaydimi, dugona,
Mushtak qoring to`ymaydimi, dugona?
Shuncha chorlovdan keyin ham chiqishmasa, ularning nomiga kesatiq so`zlar
aytiladi, o`yinyoqmas qizlar esa kampirlarga o`xshatiladi:
Kip botti, oyijon momo yotdi,
Yotishi bilan uyg’onmay qopti!
Bolalar bir-birlarini qo`shiq aytib, o`ynagani chaqirganlar. Bunday o`yinlar
xalq ichida chorlamalar deb yuritiladi. Bu o`yin chorlov kechirmalarini ayni bir
vaziyatga bog’liq holda ifodalaydi va o`yinga da`vat etish, chaqirish, to`plash
vazifasini bajaradi:
Bola bo`lsang, kelaver,
o`ynab-o`ynab kelaver.
Kel-ho, kel!
Kel-ho, kel!
Chorlamalar, asosan, hayqirib aytiladi, bu esa bolalardagi o`ynash ishtiyoqini
oshiruvchi alanga kabi ta`sirchan vositadir.
O`yinga chaqirish va tashkil qilishning turlari, shakllari juda ko`p, biz faqat
ayrim namunalarinigina keltirdik. Uning asosiy vazifasi bolalarni o`yinga da`vat
qilish, qalblarini qitiqlash, undash, esga solish va ularning qiziqishlarini
kuchaytirishdan iboratdir.O`yinni boshlash uchun qur`a tashlash.
Xalq harakatli o`yinlarining asosiy shartlaridan biri qur`a yoki chek tashlash
bo`lib, u bo`lajak o`yinning haqqoniy, shiddatli, qizg’in o`tishiga kafolat beradi.
Xar bir o`yinning jiddiy baxs, musobaqa usulida olib borilishida chek tashlashning
tarbiyaviy ahamiyati kattadir. CHek tashlash haqidagi ma`lumot Mahmud
Koshg’ariyning mashhur „Devon-u lug’atit turk" kitobida bayon qilingan. Ushbu
kitobda bu so`z “chekashdi" ma`nosida berilgan. Boshqa bir sahifada chek
tashlashning izohi “qur`a” ma`nosida berilgan: „U barmoqlar bilan qur`a tashlab,
lolyini sinadi". Bundan tashqari, uning „suriladi" ko`rinishi ham mavjud. Vaholanki,
chek tashlashdan, “surilishdan” maqsad — toleyini sinab ko`rmoqdir. Bolalarning
22
qur`a tashlashdan asosiy maqsadi, o`yinni kim, qaysi biri oldin boshlashi kerakligini
aniqlashdir.
Milliy xalq harakatli o`yinlarini boshlash uchun, asosan, chek tashlashning
to`rt xil usulidan foydalaniladi: 1) og’zaki; 2) biror buyumni tashlash; 3) biror
buyumni yashirish; 4) sanoq termalari.
Qur`a tashlashning og’zaki usuli ham mavjud bo`lib, u o`yin boshlanishidan
oldin bolalar ikki guruhga bo`linganda qo`llaniladi. Avval bolalar tomonidan ikkita
bola o`yinboshi qilib tayinlanadi. So`ngra yig’ilgan bolalar bir juftdan bo`lishib, bir-
birlariga “ot qo`yib”, o`yinboshilar oldiga kelishadi. O`yinboshilar belgilangan
joyda turishib ularning so`zlarini tinglashadi. Ikki bola baravariga yoki birontasi:
-ona, ona, kim ona? deydi.
-men ona yoki biz ona, - deb o`yinboshilar aytadilar, bolalar:
-sizga osmondagi oy kerakmi, kishnab turgan toy kerakmi? Ikki o`yinboshi kim
birinchi tanlab olishi kerakligini o`zaro
oldindan kelishib oladilar va birinchi o`yinboshi aytadi:
-menga kishnab turgan toy kerak.
-unday bo`lsa, kishnab turgan toy men bo`laman!
-bu yoqqa o`t, bizdan ekansan! - deydi birinchi o`yinboshi.
Ikkinchi o`yinboshiga esa “osmondagi oy” o`tadi.
Yoki:
-kimga anor, kimga o`rik? - deyiladi.
Endi ikkinchi o`yinboshining “anor” yoki “o`rik” tanlash navbati keladi.
Shunday qilib, bolalar xayollariga qanday buyum, qurol, narsa, hayvon,
parranda, qush nomi kelsa, o`zlarini shuning nomi bilan belgilaydilar:
-kimga qalpoq, kimga telpak?
-suvmi, moymi?
-qirg’iymi, lochin?
-tulkimi, bo`ri?
Ba`zan chiroyli sh`riy lavhalar ham to`qishadi:
-laylak keldi yoz bo`ldi, Qanoti qog’oz bo`ldi.
23
-biz ikki - guli lola.
-kimga gul-u, kimga lola?
Bolalar xarakter xususitlariga ko`ra qaytarishni yoqtirmaydilar, shuning
uchun noyob so`zlarni ishlatishga harakat qiladilar. O`yinboshilarni fikran
chalg’itish maqsadida o`z nomlarini “qiyshiq qo`yib” olishlari ham mumkin:
-kimga “man”, kimga “san”? - deyishadi. Birinchi o`yinboshi “man”ni
tanlasa, „san"ni tanlaganlar keyingi navbatda o`yinga kirishadi. Masalan, o`yin
navbatini aniqlash uchun bitta bola o`ynovchilardan 8-10 metr uzoqlikda teskari
turib, bir qo`lini musht, bir qo`lini shop (qilich ma`nosida) qilib, balandga ko`tarib
turadi. Ikkala o`yinboshi o`zaro kelishib, biri “musht”ni, ikkinchisi “shop” ni
tanlaydi.
-mushtmi, shop! - deyishadi o`yinboshilar. Turgan bola bir qo`lini tushiradi,
qaysi qo`l pastga tushirilsa, ya`ni “musht” pastga tushsa, o`yinni “musht” degan
birinchi bo`lib boshlab beradi.
“Danakni yashirish” o`yinida bir dona danakni o`yinchilardan biri kaftiga
yashiradi, o`yinboshilardan qaysi biri danakni topsa, o`shaning guruhi o`yinni
boshlaydi.
O`yinboshini aniqlashning boshqa usuli — tayoqcha, gugurt cho`pi yoki
o`yinchilar soniga qarab maydondagi qurigan o`tlardan shuncha cho`p teriladi.
Ularning o`lchami tenglashtiriladi, cho`plardan biri kaltaroq bo`lishi kerak.
Hammasi kaftga jamlanib, bir uchi teng qilib birlashtiriladi, ikkinchi uchi
ko`rsatilmaydi. Bolalar navbat bilan kelib, bittadan cho`pni tortadilar. Kim kalta
cho`pni tortib olsa, o`sha o`yinboshi bo`ladi. Shu o`yinni boshqacha yo`sinda tashkil
qilish ham mumkin. Masalan, bir necha bo`lak qog’oz parchalari olinib, bittasiga
biron belgi qo`yiladi, so`ngra ular cho`ntak, xalta yoki do`ppi ichida aralashtiriladi.
Kim belgi qo`yilgan qog’oz parchasini olsa, o`sha o`yinboshi hisoblanadi.
Agar, o`yinga besh kishi yig’ilgan bo`lsa, qur`a tashlashning eng oddiy va tez
usulini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Kimdir sezdirmasdan barmog’ining birini
ohak, rangli qalam bilan bo`yaydi, kaftini musht holatida teskari ushlab
to`planganlar oldiga keladi. „Barmoqning birini och!, deb o`ynovchilarga taklif
24
qiladi. Xar bir o`ynovchi navbat bilan barmoqlarini ochadi. Kim bo`yalgan
barmoqni topsa, o`yinni o`sha boshqaradi.
Agar bo`yalgan barmoq ochilmay qolsa, taklif qilgan kishi o`yinboshi bo`ladi.
Ilgarilari, ko`pincha, tanga tashlab ham toleyini sinab ko`rishgan va bu quyidagi
usulda bajarilgan. Bosh barmoq ustiga tanga qo`yilib, osmonga qaratib chertiladi,
tushayotgan payti ushlanib, kaftga yashiriladi va so`raladi:
-burgutmi, teskarisi? (Burgut tanganing tasviri tushirilgan tomoni, teskarisi uning
orqa tomoni). O`yinchi tanganing bir tomonini tanlaydi. Kaft ochiladi, kim osmonga
qarab turgan tomonini tanlagan bo`lsa, o`yin navbati o`shaniki bo`ladi.Yoki tanga
bo`lmasa, yapaloq tekisgina tosh yoki kesak topib, uning bir tomonini namlash
kerak. So`ngra yuqoriga irg’itish lozim, o`yinni kim boshqarish kerakligini aniqlash
zarur. “YOmg’irmi, tog’ora?”, deb so`raladi. U yomg’ir desa, demak namlangan
tomon yuqoriga qarab tushishi lozim, tog’ora esa quruq, quyoshli ob-havoni
bildiradi. Yoki kichkina buyumni bir kaftda yashirib, ikkalasini ham oldinga cho`zib
so`raladi: “O`ngidami, chapida?” Agar sherik yashirilgan buyumni topsa, u o`yinni
boshlaydi, topmasi o`zi boshlaydi.
D.Frezerning ma`lum qilishicha, eramizdan uch ming yil ilgari ham turli
marosimlar, har xil aqida, e`tiqodlar yilning ma`lum kunlari, kishilarning,
mollarning soni bilan bog’liq sirli raqamlar mavjud bo`lib, ular hanuzgacha turli xil
vazifalarni bajarib keladilar. Ularni o`zbek xalq ertaklari, dostonlarida, maqol va
rivoyatlari, osori atiqalarida ko`plab uchratish mumkin. Zero, o`yin vaqtida raqamlar
uchrasa-da, lekin sirli raqam ishlatilmaydi, aksincha, sanoq so`zlariga qofiya tarzida
ishlatiladi. Masalan, o`yinboshi bolalar yashirinib bo`lgunicha sanab turadi: bir, ikki,
uch, to`rt, besh, etti - kettim! Bu o`rinda “etti” - kutish muddati bildi, yashirinishga
ulgursang ham, ulgurmasang ham, qidirishni boshladim! - degan ma`noni anglatadi.
O`yinni tamomlash
O`zbek xalq milliy harakatli o`yinlarining hamma turlariga juda ham puxta
ishlov berilgan. O`yinga chaqirish, uning boshlanishi, undan keyin o`yinning
tugashi. Bularning barchasi bir ipga tizilgan marjon shodalariga o`xshaydi. O`yin
tugagandan keyingi holat ham jozibali talqin qilingan.
25
Bolalar o`yin tugashida turlicha so`zlar bilan tarqalishni odat qilishgan:
-uy-uyiga, tepa to`yiga!
-uy-uyiga, to`ppa to`g’ri to`yiga!
-uy-uylikka, tepa tullikka!
-bir xo`rozim bor, u ham uyquga!
Xalqimizning nodir durdonalari bo`lgan milliy xalq harakatli o`yinlari va
sanoq termalarini topish, jamlash va uni amaliyotga tadbiq qilish qadriyatlarimiz va
ma`naviyatimizni tiklashdagi zarur vazifalardan biridir. Chunonchi, xalq harakatli
o`yinlarini aynan o`z holicha o`ynash bolalarga zavq-shavq beribgina qolmay,
ma`naviy boyliklarimizga hurmat bilan qarashni, ularni e`zozlashni va saqlay
bilishni ham o`rgatadi.
Xulosa
Xulosa o'rnida aytish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalar o'yin faoliyati
bilan birga ta'limiy mashg'ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya
yoshi davridagi ta'limiy mashg'ulotning asosiy mazmuni bolani atrof muhitdagi
26
narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og'zaki nutqni lug'at
boyligi, tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to'g'ri so'zlashlikka
o'rgatish, bog'lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum
tushunchalarga ega bo'lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san'at, qirqib yopishtirish, rasm,
loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilish materiallar bilan ishlash,
musiqa va boshqa mazmundagi mashg'ulotlarga qaratilgan bo'ladi, bu esa bolani
aqliy jihatdan maktab ta'limini egallashga tayyorlash imkonini beradi.
Shuningdek, Xmilliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni
hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda
harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar. Buni
bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog YA.N.Komenskiy ham o’z
vaqtida ta’kidlagan edi. Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan
ajralib turadi. Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga
soluvchi yurish-turish shakllarining to’g’riligini talab etadi.Bolalarning bu yoshida
tormozlanish va qo’zg’alish jarayonlarini muvozanatligini yuzaga keltirishda
kattalar talabining tizimliligi va o’zini tuta bilishga odatlantirish katta rol
o’ynaydi. 2Milliy o’zbek o’yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o’quvchilari sevib,
maroq bilan o’ynamoqdalar. Bunday o’yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas,
balki hovlilar va bog’, parklarda dam olish soatlarida o’ynaladi. Muhim sifatlarni
rivojlantirishga mo’ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga doir
bayon qilingan material ko’proq o’yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni tuShuntirish
va faol dam olish uchun qisqacha pauzalar bo’lgan kichik dozada uzluksiz bajariladi.
O’yin mashqlaridan keyin bo’shashtiradigan, ohista yuriladigan mashqlarni yoki
diqqat-e’tiborini o’stiradigan mashqlarni berish lozim.
Xalqning
sog’lig’ini
mustahkamlash
O’zbekistondagi
jismoniy
madaniyatning asosiy vazifasidan biridir. Istiklol davrida, ayniqsa, sport va jismoniy
tarbiyaga e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Jismoniy tarbiya oldida
jismoniy madaniyat va sportni xalqimizning hayotiga ko’proq singdirish; yoshlarni
mustaqillik ruhida tarbiyalashda jimoniy tarbiya va sportning barcha turli-tuman
shakllaridan, jumladan, xalq an’analaridan keng foydalani, insonlarning sog’ligini
27
yaxshilash vaularni Ona Vatan mudofaasiga tayyorlash va Shu singari katta vazifalar
turibdi. Xalqimizning milliy o’yinlari esa ana Shu maqsadda keng qo’llanib
kelinayotgan muhim jismoniy va sport vositalaridan biridir. Shuning uchun xalq
milliy harakatli o’yinlariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati yanada yaqqol
ko’rinmoqda.
Qadriyatlarga e’tibor qaratish sharq xalqlari madaniyatining juda ko’p
unsurlari (elementlari) ni saqlab qolishga va ulardn amaliy foliyatda foydalanishga
imkoniyat yaratiladi. qadimgi mahalliy xalqlarimiz uchun an’anaviy milliy o’yinlar
va milliy bellaShuvlar qachonlardir ular hayotining ajralmas bir qismi bo’lgan, ular
xalq marosimlarida, rasm-rusumlarda va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida
faoliyat ko’rsatib kelgan, mustahkam o’rin olgan jismoniy madaniyatning, rasm-
rusumlarida va mustaqil bir soha sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan, mutahkam o’rin
olgan. Jismoniy madaniyatning bunday o’ziga vositalar yordamida bobolarimiz
o’sib kelayotgan avlodda chaqqonlik, epchillik, kuchlilik va sabr-toqat kabi
xususiyatlarni shakllantirganlar. Farzandlarini hayot qiyinchiliklariga vatabiatning
qiyinchiliklariga nisbatan bardoshli, baquvvat qilib tarbiyalaganlar.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – T.:”O’zbekiston”, 2017 yil. -488b.
2. Mirziyoyev SH. M. “ Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda davom etamiz” T.O’zbekiston nashriyoti 2016 yil
28
3. TA’LIM
TO‘G‘RISIDA.
O‘zbekiston
Respublikasining
Prezidenti
Sh.
Mirziyoyev Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr,O‘RQ-637-sonli qarori.
4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida qo'yiladigan davlat talablari.
- T./2018.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli
qaroriga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”.
6. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti. Vazirlar Mahkamasining
802-son qarori. 2020-yil 22 dekabr.
7. Maktabgacha
pedagogika.
F.R.Qodirova,
SH.Q.Toshpo’latova,
N.M.Kayumova,M.N.A’zamova . Toshkent-2019
8. Maktabgacha pedagogika. SH.Sodiqova. Toshkent- 2013
9. Valixo‘jayeva F.B. Talabalarni maktabgacha ta’lam muassasalarida bolalarga
estetik ’narbiya berishga tayyorlash. Ped.fan.nom.... dis. avt. 2005. — 7-b.
10. “Maktabgacha ta’lim” jurnali. 2016 yil
11.Azizova Z. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda qo'g'irchoq teatri vositasida
axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish. -Т., 2010.
12. “ Maktabgacha pedagogika” Sh. Sodikova. Toshkent - 2013
13. Boboyeva D.R. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o'stirish jarayonida
ertaklar asosida atrof-muhit bilan tanishtirish /llmiy to'plam. - Т.: Nizomiy nomidagi
TDPU. 2000. - 103-105-b.
14. .Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг креатив
қобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in
Educational Sciences, 2(1), 778-782.
15.Norquzieva. MEnsuring professional stability of future teachers in pedagogical
activity European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences
16. Usmanova Saodat Erkinovna. (2021). Formation of spiritual and moral qualities
of preschoolers on the basis of public education. Middle European Scientific
Bulletin, https://doi.org/10.47494/mesb.2021.11.421
29
17.
Усманова
Саодат
Эркиновна
Возможности
Использования
Мультимедийных Компьютерных Программ В Развитии Детей Дошкольного
Возраста. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=46438589
18. Jumayeva malika aliyevna, & buriyev jamshid jumanazarovich. (2021). The role
of activity in the upbringing and development of the child . International Journal of
Philosophical Studies and Social Sciences, 1(2), 126–129. Retrieved from
https://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss/article/view/40
19. Jumayeva Malika Aliyevna. (2021). Independent musical activity in preschool
organizations. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(1),
9–10. Retrievedm from https:/ /openaccessjournals.eu /index.php/jedic /article/view
/16
20. Aliyevna, J. M. (2021). The Social Activity of the Educator with the Family.
European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 12, 401-403. Retrieved
from http://ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/338
21. Shoturayevna, U. L. (2021). Development of Creative Competence of Educators
in Preschool Educational Institutions. European Journal of Life Safety and Stability
(2660-9630),
12,
395-
397.
Retrieved
from
http://ejlss.indexedresearch.org/index.php/ejlss/article/view/336
22. Radjabova G.M. The educational value of oral folk art for preschoolers //
European research № 1(75) / Сб. ст. по мат. «European Research: Innovation in
Science, Education and Technology/Европейские научные исследования:
инновации в науке, образовании и технологиях»: LXXV межд. науч.-практ.
конф. (Лондон. 16 марта, 2022). С.
23. Berdieva M.M. Increasing the research activity of a pupil of a preschool
organization // European research № 1(75) / Сб. ст. по мат. «European Research:
Innovation in Science, Education and Technology/Европейские научные
исследования: инновации в науке, образовании и технологиях»: LXXV межд.
науч.-практ. конф. (Лондон. 16 марта, 2022). С.
24. Berdieva Kh.M. Functions of the organization of advanced training of teachers
in the field of education // European research № 1(75) / Сб. ст. по мат. «European
30
Research: Innovation in Science, Education and Technology/Европейские
научные исследования: инновации в науке, образовании и технологиях»:
LXXV межд. науч.-практ. конф. (Лондон. 16 марта, 2022). С.
25. Utasheva L.Sh. Introducing preschoolers to the world of fiction // European
research № 1(75) / Сб. ст. по мат. «European Research: Innovation in Science,
Education and Technology/Европейские научные исследования: инновации в
науке, образовании и технологиях»: LXXV межд. науч.-практ. конф. (Лондон.
16 марта, 2022). С. {см. сборник}.
26. Usmonova S.E. Plot construction as a means of developing the creative abilities
of children // European research № 1(75) / Сб. ст. по мат. «European Research:
Innovation in Science, Education and Technology/Европейские научные
исследования: инновации в науке, образовании и технологиях»: LXXV межд.
науч.-практ. конф. (Лондон. 16 марта, 2022). С.